Научная статья на тему 'YO’LOVCHI, BAGAJ VA YUK TASHISH SHARTNOMASINI TARTIBGA SOLUVCHI ASOSIY QOIDALAR'

YO’LOVCHI, BAGAJ VA YUK TASHISH SHARTNOMASINI TARTIBGA SOLUVCHI ASOSIY QOIDALAR Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
129
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yo'lovchi tashish shartnomasi / yuk tashish shartnomasi / “Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g ‘risida”gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni / yo’lovchi / tashuvchi / “Avtomobil transporti to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni / Havo kodeksi. / passenger transportation agreement / cargo transportation agreement / Law of the Republic of Uzbekistan “On the contractual and legal framework for the activities of business entities” / passenger / carrier / “On road transport” / Law of the Republic of Uzbekistan / Air Code.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — N. Xushbokova

Ushbu maqolada yo’lovchi, bagaj va yuk tashish shartnomasini tartibga soluvchi asosiy qoidalar, ularni fuqarolik-huquqiy munosabatlarda tutgan roli va ahamiyati, ushbu shartnomaning turlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinishi, huquqiy belgilari, shartnoma taraflarining huquqlari va javobgarlik masalalari, tashish shartnomasini ixtiyoriy tarzda o‘zgartirish, tashish shartnomasini majburiy ravishda o‘zgartirish, narxni o‘zgarish tartibini qo‘llash, yo‘lovchi, bagaj va yuk tashish shartnomasining asosiy shartlari bilan qisqacha tanishib chiqamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

BASIC RULES GOVERNING THE CONTRACT FOR THE CARRIAGE OF PASSENGERS, BAGGAGE AND CARGO

This article discusses the basic rules governing the contract for the carriage of passengers, baggage and cargo, their role and significance in civil law relations, the types of this contract and the regulation of other regulatory legal documents, legal features, issues of the rights and obligations of the parties, voluntary change of the contract, mandatory changing the contract of carriage, applying the procedure for changing the price, let's briefly review the main terms of the contract for the carriage of passengers, baggage and cargo.

Текст научной работы на тему «YO’LOVCHI, BAGAJ VA YUK TASHISH SHARTNOMASINI TARTIBGA SOLUVCHI ASOSIY QOIDALAR»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

YO'LOVCHI, BAGAJ VA YUK TASHISH SHARTNOMASINI TARTIBGA

SOLUVCHI ASOSIY QOIDALAR Xushboqova Nigora G'ayrat qizi

Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti Yurisprudensiya ta'lim yo'nalishi 3-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7011934 Annotatsiya. Ushbu maqolada yo'lovchi, bagaj va yuk tashish shartnomasini tartibga soluvchi asosiy qoidalar, ularni fuqarolik-huquqiy munosabatlarda tutgan roli va ahamiyati, ushbu shartnomaning turlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinishi, huquqiy belgilari, shartnoma taraflarining huquqlari va javobgarlik masalalari, tashish shartnomasini ixtiyoriy tarzda o'zgartirish, tashish shartnomasini majburiy ravishda o'zgartirish, narxni o'zgarish tartibini qo'llash, yo'lovchi, bagaj va yuk tashish shartnomasining asosiy shartlari bilan qisqacha tanishib chiqamiz.

Kalit so'zlar: yo'lovchi tashish shartnomasi, yuk tashish shartnomasi, "Xojalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to'g 'risida"gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni, yo'lovchi, tashuvchi, "Avtomobil transporti to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni, Havo kodeksi.

ОСНОВНЫЕ ПРАВИЛА, РЕГУЛИРУЮЩИЕ ДОГОВОР ПЕРЕВОЗКИ

ПАССАЖИРА, БАГАЖА И ГРУЗА Аннотация. В данной статье рассмотрены основные правила, регулирующие договор перевозки пассажира, багажа и груза, их роль и значение в гражданско-правовых отношениях, виды этого договора и регулирование иными нормативными правовыми документами, юридические признаки, вопросы прав и обязанностей сторон, добровольное изменение договора, обязательное изменение договора перевозки, применение процедуры изменения цены, кратко ознакомимся с основными условиями договора перевозки пассажира, багажа и груза.

Ключевые слова: договор перевозки пассажира, договор перевозки груза, Закон Республики Узбекистан «О договорно-правовых основах деятельности хозяйствующих субъектов», пассажир, перевозчик, «Об автомобильном транспорте», Закон Республики Узбекистан, Воздушный кодекс.

BASIC RULES GOVERNING THE CONTRACT FOR THE CARRIAGE OF

PASSENGERS, BAGGAGE AND CARGO Abstract. This article discusses the basic rules governing the contract for the carriage of passengers, baggage and cargo, their role and significance in civil law relations, the types of this contract and the regulation of other regulatory legal documents, legal features, issues of the rights and obligations of the parties, voluntary change of the contract, mandatory changing the contract of carriage, applying the procedure for changing the price, let's briefly review the main terms of the contract for the carriage ofpassengers, baggage and cargo.

Keywords: passenger transportation agreement, cargo transportation agreement, Law of the Republic of Uzbekistan "On the contractual and legal framework for the activities of business entities", passenger, carrier, "On road transport", Law of the Republic of Uzbekistan, Air Code.

KIRISH

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Iqtisodchilarning e'tirofiga ko'ra, transport jamiyat iqtisodiy organizmining muhim qon tomirlaridan biridir. Zero, transport uzoqni yaqin, og'irni yengil qiluvchi vositadir. Bu g'oya, ayniqsa, bozor munosabatlari sharoitida yanada teranlashmoqda. Aynan transport yo'lovchi, bagaj va yuk tashishni amalga oshirishning zarur vositasi bo'lib qolmoqda.Bozor munosabatlari transportdan foydalanishni huquqiy tartibga solishga keskin ta'sir ko'rsatdi. Masalan, avtomobil transporti sohasidagi ko'plab xususiy korxonalar vujudga keldi. Ilgarigi "davlat rejasi shartnomaviy munosabatlarning asosi sifatida o'z mavqeyini yo'qotdi. Yuk va yo'lovchilar tashish shartnomalari bozor munosabatlarida transport korxonasi bilan mijozlar o'rtasidagi munosabatlarni rasmiylashtiruvchi asosiy huquqiy vosita bo'lib qoldi". TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Amaldagi FKning 709-moddasiga ko'ra, yo'lovchi, bagaj va yuk tashish tashish shartnomalari asosida amalga oshiriladi.Yo'lovchi, bagaj va yuk tashish shartnomasiga ta'rif berishdan oldin ularning turlarini aytib o'tish kerak, chunki bu shartnomaning tushunchalari uning turiga qarab farqlanadi. Yo'lovchi, bagaj va yuk tashish shartnomasining quyidagi asosiy ikki turi mavjud:

1) yo'lovchi tashish shartnomasi;

2) yuk tashish shartnomasi.

O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 710-moddasida yo'lovchi tashish shartnomasiga quyidagicha ta'rif beriladi:

"Yo'lovchi tashish shartnomasi bo'yicha tashuvchi yo'lovchini, yo'lovchi bagaj topshirgan bo'lsa - bagajni ham belgilangan manzilga eltib berish hamda bagajni olishga vakolat berilgan shaxsga topshirish majburiyatini oladi.

Bunda yo'lovchi belgilangan yo'l haqini, bagaj topshirgan bo'lsa, bagaj tashish haqini ham to'lash majburiyatini oladi".

Yo'lovchi tashish shartnomasida taraflardan biri tadbirkorlik faoliyati yuritganligi uchun bu shartnoma xo'jalik shartnomalari turkumiga kiradi. Binobarin, unga nisbatan 1998-yil 29-avgustda qabul qilingan "Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to'g 'risida" gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining normalari ham tatbiq etiladi.Yuqoridagi normadan ko'rinib turibdiki, yo'lovchi deganda, tashuvchi xizmatidan foydalanuvchi jismoniy shaxs tushuniladi, bagaj deganda esa transportda jo'natish uchun hozirlangan narsalar, yo'lovchining o'zi bilan birga bo'lgan (shaxsiy) yukini tushunamiz.

Tashuvchi esa — bu ma'lum haq evaziga yo'lovchi va bagajni belgilangan manzilga eltuvchi shaxs.

Shuni ta'kidlash kerakki, Fuqarolik Kodeksining tashish shartnomasiga bergan ta'rifi umumiydir, ya'ni Kodeks normalari bu sohani umumiy normalar tarzida tartibga soladi. Amalda tashish shartnomalariga doir tegishli transport tashkilotlarining o'z normalari mavjud. Ularda, xususan, yo'lovchi va bagaj tashishning o'ziga xos, sohaning maxsus xususiyatlarini hisobga olib, ta'rif beriladi. Masalan,

O'zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi Havo kodeksiga asosan yo'lovchi va bagaj tashish shartnomasiga quyidagicha ta'rif beriladi:

"Havo transportida tashish shartnomasiga binoan tashuvchi yo'lovchi va uning qo'l yukini chiptada ko'rsatilgan parvozni amalga oshirayotgan havo kemasidan joy berib, belgilangan manzilga eltib qo'yish majburiyatini, yo'lovchi qo'l yukini topshirgan bo'lsa -qo'l yukini belgilangan manzilga yetkazib, uni yo'lovchiga yoki yo'lovchi tayinlagan

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

shaxsga topshirish majburiyatini oladi. Yo'lovchi belgilangan tarif bo'yicha parvoz-uchish, yuk tashuvchi belgilagan me'yordan ortiq qo'l yuki bo'lgan taqdirda esa - qo'l yuki uchun ham haq to'lash majburiyatini oladi" (O'zbekiston Respublikasining Havo kodeksi, 98-modda1).

TADQIQOT NATIJALARI

Yo'lovchi tashish shartnomasining asosiy xususiyati shundaki, bunda tashish bo'yicha xizmatlardan foydalanuvchi taraf bo'lib fuqaro qatnashadi. Bu esa tegishli ustav va nizomlarda ko'rsatilgan yo'lovchi huquqlaridan tashqari, fuqaro yana FK va "Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi qonunda ko'rsatilgan huquqparga ham egaligani bildiradi.

Yo'lovchi va bagaj tashish shartnomasining huquqiy belgilari quyidagilardan iborat: birinchidan, shartnoma konsensual harakterga ega, ya'ni bilet yoki bagaj kvitansiyasi olingandan so'ng shartnoma tuzilgan hisoblanadi,

yo'lovchi esa tashuvchidan o'z majburiyatlarini bajarishini talab qilish huquqiga ega bo'ladi;

ikkinchidan, bu shartnoma ikki tomonlama shartnoma hisoblanadi, ya'ni taraflarning har biri muayyan. huquq va majburiyatlarga ega.

Shartnoma yozma shaklda tuziladi. Yo'lovchi chiptani qo'lga kiritgani shartnoma tuzilganligini tasdiqlovchi hujjat vazifasini o'taydi;

uchinchidan, yo'lovchi tashish shartnomasi haq baravariga tuziladigan shartnoma hisoblanadi, ya'ni yo'lovchi tashuvchi xizmatidan foydalangani uchun haq to'laydi.

Tashish shartnomasining ikkinchi turi yuk tashish shartnomasidir. Yuk tashish shartnomasi bo'yicha yuk tashuvchi jo'natuvchi tomonidan o'ziga ishonib topshirilgan yukni belgilangan manzilga yetkazib berish va uni olishga vakolat berilgan shaxsga (oluvchiga) topshirish, yuk jo'natuvchi esa yukni tashib berganlik uchun belgilangan haqni to'lash majburiyatini oladi.

Yuk tashish shartnomasida yuk tashuvchi sifatida faqat tegishli litsenziya olgan shaxslargina qatnasha oladilar. Masalan, "Avtomobil transporti to'g'risida"gi qonunning 13 -moddasi, Havo kodeksining 96- moddalariga ko'ra, avtomobilda tashish, havo transportida tashish Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan maxsus qoida va tartiblarga muvofiq, ruxsatnoma (litsenziya) asosida amalga oshiriladi. Jumladan, bunday shartnomalarning ishtirokchilari temir yo'lda - temir yo'l korxonasi; daryo va dengiz transportida — paroxodchilik; havo transportida — havo transporti qorxonasi; avtomobil transportida -avtoxo'jaliklar yoki avtokolonnalar bo'ladi.

Yuk tashish shartnomasining huquqiy belgilari quyidagilardan iborat:

birinchidan, yuk tashish shartnomasi real shartnoma hisoblanadi, ya'ni yuk tashuvchi jo'natuvchi tomonidan o'ziga ishonib topshirilgan yukni belgilangan manzilga yetkazib berish va uni olishga vakolat berilgan shaxs (oluvchi)ga topshirish, yuk jo'natuvchi esa yukni tashib berganlik uchun belgilangan haqni to'lash majburiyatini oladi. Bunday yuk tashish shartnomasi shartlari tegishli transport hujjatlarida, aytaylik, temir yo'l, daryo va havo transportida - transport yukxatida, dengiz transportida- transport yukxati yoki konosamentda; avtomobil transportida - tovar- transport yukxatida yoki boshqa xil aktlarda va hujjatlarda rasmiylashtariladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Jo'natuvchiga transport yukxati yoki boshqa tashish hujjatini tuzish va berish bir vaqtning o'zida shartnoma tuzilganligining tasdig'i bo'lib xizmat qiladi (O'zbekiston Respublikasi FK, 711-modda 2-bandi). Demak, yuk tashish shartnomasi yozma shaklda tuziladi.

ikkinchidan, yuk tashish shartnomasi ham odatda, ikki tomonlama shartnomalar turkumiga kiradi. Shartnoma taraflarning har biri uchun muayyan huquq va burchlar tug'diradi;

uchinchidan, yuk tashish shartnomasi haq baravariga tuziladi, chunki jo'natuvchi yoki oluvchi yuk tashuvchiga yukni belgilangan manzilga yetkazib berganligi uchun haq to'laydilar.

Tashish shartnomasining har ikki turida ham tashish shartlari, shuningdek, taraflarning ularni tashish bo'yicha javobgarligi, agar FKda, transport ustavlarida va kodekslarda, boshqa qonunlarda va ularga muvofiq chiqarilgan qoidalarda boshqacha tartib belgilanmagan bo'lsa, taraflarning kelishuvi bilan belgilanadi.Biz yuqorida ko'rib o'tgan shartnoma turlari shartnomaning taraflariga qarab farqlanadi, ya'ni masalan, yo'lovchi va yuk tashish shartnomasida uning taraflari sifatida bir tomondan yo'lovchi (jismoniy shaxs) va ikkinchi tomondan transport tashkiloti tashuvchi sifatida ishtirok etsa, yuk tashish shartnomasida bir tomonda yuk jo'natuvchi va ikkinchi tomonda yuk tashuvchi ishtirok etadi. Bulardan tashqari, tashish qanday yo'llar bilan amalga oshirilishiga qarab ham quyidagi uch turga:

ichki qatnov bo'yicha yuk va yo'lovchilar tashishga; xalqaro qatnov bo'yicha yo'lovchi va yuk tashishga; to'g'ri - aralash qatnov bo'yicha yo'lovchi va yuk tashishga bo'linadi.

MUNOKAMA

Ichki qatnov bilan yo'lovchi va yuk tashish deganda, bir transport korxonasi harakat qiladigan chegarada, aniqrog'i, mamlakat doirasida tashish tushuniladi. Aytaylik, Toshkent temir yo'l chegarasidagi bir bekatdan shu yo'l chegarasidagi boshqa bir bekatga yuk va yo'lovchilar tashish. Shahar hududida harakat qiladigan transportlarda yo'lovchi va yuk tashish ham shu turga kiradi.

Xalqaro qatnov bo'yicha yo'lovchi va yuk tashish deganda, O'zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlar o'rtasida amalga oshiriladigan tashish tushuniladi. Aytaylik, Toshkentdan Moskvagacha temir yo'l korxonalarining ishtirokida tegishli transport hujjati bilan yo'lovchi va yuklar tashish.

To'g'ri-aralash qatnov bo'yicha yo'lovchi va yuklar tashish deganda, bir necha transport va korxonalarning ishtirokida yagona transport hujjati bilan yo'lovchi, bagaj va yuk tashish tushuniladi.Mazkur turdagi shartnomalaming o'ziga xos xususiyatlaridan biri uning predmetidir, ya'ni shartnomaning predmeti tovar yoki jo'natilayotgan moddiy boyliklar bo'lmay, balki transport korxonasining ikkinchi taraf (mijoz) ga ko'rsatadigan transport xizmatidir.

Vaziyatdan kelib chiqib, tashish shartnomasi majburiy yoki ixtiyoriy ravishda o'zgartirilishi mumkin. Shartnomani o'zgartirish narx o'zgarishiga olib keladi.

Tashish shartnomasini ixtiyoriy tarzda o'zgartirish. Yo'lovchi talabi bilan tashish shartnomasini o'zgartirish, ixtiyoriy ravishda o'zgartirilish hisoblanib, ushbu o'zgartirish tashish yo'nalishining, xizmat ko'rsatish toifasining yoki tarifining o'zgarishiga sabab bo'lishi mumkin.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Agar yo'lovchi tashish shartnomasining har qanday shartini ixtiyoriy ravishda o'zgartirmoqchi bo'lsa, bu to'g'risida tashuvchini xabardor qilishi lozim:

• reysni;

• uchish sanasini;

• yo'nalishni;

• xizmat ko'rsatish toifasini;

• tashish uchun chiptaning muddatini va boshqalar.

Bunda tashuvchi tashish shartnomasining yangi shartlari bo'yicha tarifni hisoblashi

kerak:

• agar tashish qiymati oshadigan bo'lsa, yo'lovchi o'rtadagi farqni to'lashi kerak.

• agar tashish qiymati pasaysa, tashuvchi yo'lovchiga farqni qaytarishi kerak.

Ixtiyoriy tarzda yo'lovchi tomonidan xizmat ko'rsatish toifasi o'zgartirilganda, yo'lovchi bagajni xizmat ko'rsatish toifasini o'zgartirish normalariga ko'ra bepul olib o'tish huquqiga ega. Tashish shartnomasini majburiy ravishda o'zgartirish

Tashish shartnomasi yo'nalishning istalgan manzillarida, quyidagi hollarda majburiy ravishda o'zgartiriladi:

• yo'lovchi band qilingan joyga tashuvchining aybi bilan tutash qatnovga kela olmaganida;

• tashuvchi band qilingan joyni yo'lovchiga berish imkoniyatiga ega bo'lmaganida;

• tashuvchi qatnovni bekor qilganida;

• tashuvchi qatnovni parvozlar jadvaliga muvofiq ravishda bajara olmaganida;

• tashuvchi yo'lovchi uchun to'xtash va qo'nish manzillarida to'xtashni bajara olmaganda.

Tashishning majburiy ravishda o'zgartirilishi tashishning boshlanish vaqti va (yoki) muddati, tashuvchining, tashish yo'nalishining, xizmat ko'rsatish toifasining o'zgartirilishiga sabab bo'lishi mumkin.

Narxni o'zgarish tartibini qo'llash

Tashish bilan bog'liq belgilangan tariflar va yig'imlarning miqdoriga o'zgartirishlar kiritilgan taqdirda, ushbu o'zgartirishlar ular kiritilgunga qadar tuzilgan tashish shartnomalariga tashish boshlanish vaqtiga qadar tatbiq etilmaydi.

Agar tashish boshlanishiga qadar yo'lovchining roziligi bilan tashish shartnomasiga o'zgartirish kiritilgan taqdirda, yangi tashish sanasidagi tarif va yig'imlarning miqdori asosida qaytadan chipta rasmiylashtiriladi. XULOSA

Yo'lovchi va bagaj tashish shartnomasining asosiy shartlari bilan qisqacha tanishib chiqamiz.

1. ASOSIY QOIDALAR

1.1. Ushbu shartnoma bo'yicha amalga oshiriladigan tashuvga (xalqaro, ichki yoki xalqaro tashuv doirasidagi ichki aviatashuv) quyidagi hujjatlar:

- Xalqaro havo transportida tashish bilan bog'liq ayrim qoidalarni birxillashtirish haqida konvensiya (Varshava konvensiyasi, 1929);

- Gaaga bayonnomasi (Xalqaro havo transportida tashish bilan bog'liq ayrim qoidalarni birxillashtirish haqida konvensiyaga o'zgartirishlar kiritish to'g'risidagi bayonnoma, 1955-y.);

- 1929-yil 12-oktyabrda Varshavada imzolangan va 1955-yil 28-sentabrda Gaagada tuzilgan bayonnoma bilan o'zgartirilgan, xalqaro havo transportida tashish bilan bog'liq ayrim qoidalarni

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

birxillashtirish to'grisidagi konvensiyani o'zgartirish haqida 1975-yildagi 1 , 2 v a 4 - sonli Monreal bayonnomalari;

- Shartnoma bo'yicha tashuvchi bo'lmagan shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan havo transportida xalqaro yuk tashish bilan bog'liq ayrim qoidalarni birxillashtirish uchun 1929-yildagi Varshava konvensiyasiga qo'shimcha konvensiya. Gvadalaxara 1961-y.;

- O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilangan qoidalar va javobgarlik cheklovlari qo'llaniladi.

Tashuvchining javobgarligiga har qanday cheklovlar yoki istisnolar tashuvchining agentlari, ishchilari yoki vakillariga, shuningdek, havo kemalari tashuvchi tomonidan foydalanilgan har qanday shaxsga, bunday shaxsning agentlari, xodimlari yoki vakillariga nisbatan qo'llaniladi.

1.2. Ushbu shartnoma bo'yicha amalga oshiriladigan tashuv va tashuvchi ko'rsatadigan xizmatlar, bu 1.1-bandda bayon etilganlarga zid bo'lmagam darajada, tashuv va xizmatlar uchun to'lanadigan tariflar qoidalariga, shuningdek tashuv shartlari hamda tashuvchi tomonidan belgilangan va ushbu shartnomaning bir qismi hisoblangan tashuvga oid qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi....

1.22. Yo'lovchi, shartnoma amal qilish muddati mobaynida istalgan vaqtda - yo'lovchiga joy bron qilingan havo kemasi jo'nashidan oldin, marshrutdagi punktlardan birida havo tashish shartnomasini bekor qilishga va butun summani yoki tashuvchining tarif qoidalarida belgilangan tartibda tashish uchun to'langan summaning bir qismini olishga haqli. Parvoz ixtiyoriy ravishda bekor qilingan taqdirda, yo'lovchidan jarima yig'imi (neustoyka) undirilishi mumkin, uning miqdori tashish uchun to'lanadigan tarif shartlariga bog'liq.

1.23. Agar yo'lovchi tashish marshrutining biron bir qismida o'zi uchun ajratilgan o'rindiqdan foydalana olmasa, u bu haqda vakolatli agenti bilan bog'lanib Tashuvchini xabardor qilishi shart. Agar yo'lovchi buni qilmagan bo'lsa, u uchun bron qilingan o'rindiqdan foydalanmagan parvoz uchgandan so'ng, transport yo'nalishining keyingi barcha bo'limlari yo'lovchini ogohlantirmasdan bron qilish tizimi tomonidan avtomatik ravishda bekor qilinadi.

1.24. Summani qaytarish chiptani sotib olingan paytdan boshlab, agar tashish marshrutning biron bir uchastkasida bajarilmagan bo'lsa, yoki tashuvning birinchi bosqichida jo'nab ketgan kundan boshlab bir yil mobaynida, agar tariflarni qo'llash qoidalarida va Tashuvchining boshqa qoidalarida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo'lmasa, bir yil ichida amalga oshiriladi.

1.25. Pul mablag'lari yuk tashish uchun to'lovni amalga oshirgan shaxsga qaytariladi, agar bunday shaxs boshqacha buyruq bermagan bo'lsa. Yo'lovchi yuridik shaxs yoki homiy tomonidan to'lov amalga oshirilgan aviatashuvdan bosh tortsa, pul mablag'lari faqat shu yuridik shaxs yoki homiyga qaytariladi.

2. YO'LOVCHILAR UCHUN MUHIM XABARLAR

2.1. Davlat soliqlari va bojlari to'g'risida

Chipta narxi davlat ma'muriy organlari va aeroportlar tomonidan tashuvchilarga qo'llaniladigan soliqlar, bojlar va yig'imlarni o'z ichiga olishi. Chipta narxining katta qismini tashkil etishi mumkin bo'lgan usbu soliqlar va yig'imlar chiptadagi maxsus ajratilgan joyda (TAX ustuni) alohida ko'rsatilishi. Yo'lovchidan chiptani sotib olishda to'lanmagan soliq yoki bojni to'lashi talab qilinishi mumkin.

2.2. Tashuvchi javobgarligi cheklanganligi to'g'risida

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

"Uzbekistan Airways" AJ qatnovlarida tashish uchun Varshava konventsiyasi, 1956-yildagi Gaaga va 1975-yildagi Monreal bayonnomalari hamda O'zbekiston Respublikasi Havo kodeksi bilan belgilangan quyidagi javobgarlik chegaralari (doirasi) qo'llaniladi:

- yo'lovchining o'limi yoki sog'lig'iga zarar yetkazilishiga nisbatan 16 600 ta Maxsus o'zlashtirilgan huquqlar (MO'H). Istisno AQShga/dan tashuvlarga yoki AQShda kelishilgan to'xtash punkti bo'lgan tashuvlarga nisbatan qo'llaniladi, bu yerda AQSh qonunchiligiga muvofiq, belgilangan javobgarlik doirasi 75 000 AQSh dollaridan kam bo'lishi mumkin emas.

2.6. Qo'l yuki

Yo'lovchi o'z javobgarligi ostida qo'l yukini samolyot saloniga olib kirishi mumkin. Bunday qo'l yukining og'irligi ekonom klass yo'lovchilari uchun 8 kg va biznes klass yo'lovchilari uchun 10 kg dan oshmasligi kerak. Yo'lovchi o'z javobgarligi bilan qo'l yukini samolyot saloniga olib kirishi mumkin. Qo'l yuki bo'laklarining og'irligi quyidagilardan oshmasligi kerak:

- Mail line l reyslarda ekonom klass yo'lovchilari uchun 8 kg va biznes klass yo'lovchilari uchun 10 kg;

- Low cost reyslarda ekonom-klass yo'lovchilari uchun 5 kg.

Qo'l yukining uch tomonlama o'lchov yig'indisining maksimal hajmi - 115 sm dan oshmasligi kerak.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Yo'lovchi o'zi bilan birga havo kemasi salonida belgilangan qo'l yukini tashish me'yoridan ortiq bo'lgan, parvoz vaqtida unga zarur bo'lgan quyidagi buyumlarni olib ketishi mumkin:

- ayollar sumkasi, erkaklar portfeli yoki hujjatlar uchun papka;

- parvoz vaqtida o'qish uchun bosma nashrlar;

- bolalar ovqatlari va bolalar sayohat beshigi;

- soyabon yoki hassa;

- palto, plash yoki boshqa tashqi kiyim;

- pled;

- guldasta;

- harakatlanadigan nogironlar aravachasi va harakatlanish uchun boshqa asboblar, agar ular safar davomida harakatlanishi cheklangan yo'lovchiga kerak bo'lsa;

- og'irligi 5 kg dan va uch tomonlama o'lchami 115 sm dan oshmaydigan Duty-free do'konidan xarid qilingan buyumlar solingan bitta sumka.

2.7. Shikoyat va da'vo arizalarini berish muddatlari to'grisida xabarlar

Mahalliy tashuvlarda Tashuvchiga nisbatan yozma da'volar olti oy ichida berilishi mumkin. Ushbu muddat quyidagicha belgilanadi:

- bagajning kamomadi yoki shikastlanishi hamda uni yetkazib berishdagi kechikish uchun kompensatsiya talabi to'g'risidagi da'volar - bagaj topshirilgan kundan boshlab;

- bagaj yo'qolgani uchun kompensatsiya talabi to'g'risidagi da'volar - bagaj belgilangan joyga yetib kelishi kerak bo'lgan kundan boshlab;

- qolgan barcha hollarda - da'vo qilish uchun asos bo'lgan hodisa yuz bergan kundan boshlab.

Xalqaro tashuvlarda Tashuvchiga nisbatan yozma da'volar quyidagi hollarda taqdim etilishi mumkin:

- olingan bagaj shikastlangan yoki unda kamomad bo'lgan taqdirda - darhol, lekin shikastlanish yoki kamomad aniqlanganda bagaj qabul qilingan kundan boshlab 7 kundan kechiktirmay;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

- yetkazib berishda kechikishlar bo'lgan taqdirda - oluvchining ixtiyoriga bagajni topshirish kunidan boshlab 21 kundan kechikmay;

- bagaj yo'qolganda - havo kemasining belgilangan manzilga yetib kelgan kundan yoki tashish tugagan kundan boshlab ikki yil davomida.

Belgilangan muddatda bayon qilingan yozma da'vo bo'lmasa, tashuvchiga da'vo ko'rsatilmaydi.

Tashuvchiga havo tashishdan kelib chiqadigan da'volar havo kemasi belgilangan joyga yetib kelganidan ikki yildan kech bo'lmaganda yoki havo kemasi kelishi kerak bo'lgan kundan boshlab, yohud tashish to'xtatilgan kundan boshlab va da'vogar tanloviga ko'ra: tashuvchi joylashgan, transport shartnomasi tuziladigan tegishli agentlikka ega bo'lgan joyda, tayinlangan joyning tegishli havo kemasida berilishi kerak.

Tashuvchi quyidagi hollarda yo'lovchining yoki uning qonuniy vakilining talabini qondirishdan bosh tortishga haqli:

- manfaatdor shaxs yetkazilgan zarar to'g'risida zarur dalillarni keltira olmasa;

- aviakompaniyaning tashish shartnomasi shartlarini bajarishi va yetkazilgan zarar o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri sababiy bog'liqlik bo'lmasa;

- yo'lovchining bagajiga zarar yetkazilishiga yo'lovchining bagajidagi mulk sabab bo'lsa;

- tashuvchi yo'lovchining beparvo harakatlari va ehtiyotsizligi uning sog'lig'iga yoki yukiga zarar yetkazilishiga yoki ko'payishiga sabab bo'lganligini isbotlasa;

- bagajni tashish paytida yetkazilgan zarar quyidagilar tufayli yuzaga kelsa:

- tashuvchi jo'nash, tranzit yoki boradigan mamlakatning amaldagi davlat organlari qonunlari, qoidalari, buyruqlari, talablariga rioya qilganligi va / yoki rioya qilmaganligi sababli;

- yo'lovchining bagajni yetarli yoki noto'g'ri qadoqlashi;

- tashuvchi mulkida havoda tashish taqiqlangan, tashuvchi qoidalarida belgilangan predmetlar va narsalarni kiritilishi;

- ma'lum sifat, xususiyat yoki nuqsonga ega, bagajda tashiladigan narsalarga xos;

- bagajga yetkazilgan zarar tashuvchiga bog'liq bo'lmagan har qanday sabab tufayli sodir bo'lsa hamda tashuvchi va uning vakolatli shaxslari qasddan qilgan harakatlari yoki beparvoliklari tufayli shunday zarar yetkazilganini istisno qilganda, tashuvchi va uning vakolatli shaxslari tomonidan zararni bartaraf etish bo'yicha barcha zarur bo'lgan choralar ko'rilganligi yoki ularni qabul qilib bo'lmasligi isbotlansa.

2.8. Bagajdagi xavfli predmetlar va moddalar.

Xavfsizlik nuqtai nazaridan, xavfli predmetlar, agar maxsus ruxsatnomalarda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, tekshirilgan bagajda yoki tashiladigan bagajda bo'lmasligi kerak.

Havo transportida tashish taqiqlangan xavfli predmetlar haqida batafsil ma'lumot tashuvchi tomonidan o'zinig rasmiy saytida, tashuvlarni sotish agentlarida, maxsus ma'lumot materiallarida taqdim etiladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

REFERENCES

1. O^ro^OBa M.B. MK TarnHffl fflapTHOMacu TyfflyHnacu Ba Ma3MyHH. MycraKH.nY36eKHCTaH: XYKYK ^aanapHHHHr go.raap6 MyaMMO^apH. -T.: Oanca^a Ba XYAYKHHCTHTyTH. 1997. - 94 6;

2. Y36eKHCT0H Pecny6.nHKacHHHHr Oy^apo^HK KogeKCH. (2021-Man 1-MapTrana 6y^raH y3rapTHffl Ba KyfflHMna^ap 6u^aH). Y36eKHCTOH Pecny6^HKacu ^OHyH ^y^^aT^apu Mat^yMOT^apu mh^hh 6a3acu www.lex.uz(pacMHH MaH6a) acocuga. TofflKeHT ."Yuridik adabiyotlar publish" 2021;

3. https://lex.uz/ru/docs/-18942;

4. https://lex.uz/rn/acts/-55594;

5. https://lex.uz/docs/-4704;

6. https://lex.uz/uz/docs/-22964;

7. https://advice.uz/oz/document/1113;

8. https://www.uzairways.com/uz/tashuv-bitimi-shartlari

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.