Научная статья на тему 'BOLА HUQUQLАRI INSTITUTI TUSHUNCHАSI VА ZАMONАVIY HUQUQ TIZIMIDАGI OʼRNI'

BOLА HUQUQLАRI INSTITUTI TUSHUNCHАSI VА ZАMONАVIY HUQUQ TIZIMIDАGI OʼRNI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
43
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
oilaviy huquqiy va fuqarolik huquqiy munosabatlar nisbati / voyaga yetmagan ota-ona / voyaga yetmagan bola / yuridik fakt / shaxsiy nomulkiy huquqlar / mulkiy huquqlar. / ratio of family legal and civil legal relations / minor parent / minor child / legal fact / personal non-property rights / property rights.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Sharaxmetova, Umida Shaakbarovna

Bola huquqlarini taʼminlash va himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yoʼnalishlaridan biridir. Bolaning shaxsiy va mulkiy huquqlarini tan olish, ularga rioya qilish, himoya qilish va undan kelib chiqadigan munosabatlarni tegishli darajada tartibga solish davlatimiz ijtimoiy va iqtisodiy hayotining barcha sohalarini rivojlantirishning muhim sharti boʼlmogʼi zarur. Maqolada bola huquqlari instituti huquqning qaysi sohasiga tegishli ekanligi haqidagi savolni ochiq qoldiradi, chunki hozirgacha ham muhim va asosiy masala oila va fuqarolik huquqi oʼrtasidagi munosabatlarga oidligi chuqur tahlil qilinadi Maqolada amaldagi qonunchilikda bola huquqlarini tartibga solish bilan bogʼliq ilmiy-amaliy muammolarni har tomonlama tahlil qilingan.Ularni hal etish yoʼnalishlarini belgilab olish fuqarolik va oila qonunchiligining tegishli boʼlimini takomillashtirish uchun muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega ish boʼlib xisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE CONCEPT OF CHILD RIGHTS INSTITUTE AND ITS PLACE IN THE MODERN LEGAL SYSTEM

Ensuring and protecting children's rights is one of the priorities of state policy. Recognition of the personal and property rights of the child, compliance with them, protection and appropriate regulation of the relations arising from it should be an important condition for the development of all spheres of the social and economic life of our country. The article leaves open the question of which field of law the institution of child rights belongs to, as it is still an important and fundamental issue the relationship between family and civil law. The article comprehensively analyzes the scientific and practical problems related to the regulation of children's rights in the current legislation. Determining the directions for solving them is considered to be an important theoretical and practical task for improving the relevant section of civil and family legislation.

Текст научной работы на тему «BOLА HUQUQLАRI INSTITUTI TUSHUNCHАSI VА ZАMONАVIY HUQUQ TIZIMIDАGI OʼRNI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

BOLA HUQUQLARI INSTITUTI TUSHUNCHASI VA ZAMONAVIY

HUQUQ TIZIMIDAGI O'RNI

Sharaxmetova Umida Shaakbarovna,

Toshkent davlat yuridik universiteti Fuqarolik huquqi kafedrasi professori, yuridik fanlar nomzodi E-mail: [email protected]

ANNOTATSIYA

Bola huquqlarini ta'minlash va himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yo 'nalishlaridan biridir. Bolaning shaxsiy va mulkiy huquqlarini tan olish, ularga rioya qilish, himoya qilish va undan kelib chiqadigan munosabatlarni tegishli darajada tartibga solish davlatimiz ijtimoiy va iqtisodiy hayotining barcha sohalarini rivojlantirishning muhim sharti bo'lmog'i zarur. Maqolada bola huquqlari instituti huquqning qaysi sohasiga tegishli ekanligi haqidagi savolni ochiq qoldiradi, chunki hozirgacha ham muhim va asosiy masala - oila va fuqarolik huquqi o'rtasidagi munosabatlarga oidligi chuqur tahlil qilinadi

Maqolada amaldagi qonunchilikda bola huquqlarini tartibga solish bilan bog'liq ilmiy-amaliy muammolarni har tomonlama tahlil qilingan.Ularni hal etish yo 'nalishlarini belgilab olish fuqarolik va oila qonunchiligining tegishli bo 'limini takomillashtirish uchun muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega ish bo 'lib xisoblanadi.

Kalit so'zlar: oilaviy huquqiy va fuqarolik huquqiy munosabatlar nisbati, voyaga yetmagan ota-ona, voyaga yetmagan bola, yuridik fakt, shaxsiy nomulkiy huquqlar, mulkiy huquqlar.

ABSTRACT

Ensuring and protecting children's rights is one of the priorities of state policy. Recognition of the personal and property rights of the child, compliance with them, protection and appropriate regulation of the relations arising from it should be an important condition for the development of all spheres of the social and economic life of our country. The article leaves open the question of which field of law the institution of child rights belongs to, as it is still an important and fundamental issue - the relationship between family and civil law.

The article comprehensively analyzes the scientific and practical problems related to the regulation of children's rights in the current legislation. Determining the directions for solving them is considered to be an important theoretical and practical task for improving the relevant section of civil and family legislation.

SJIF 2024 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

Key words: ratio of family legal and civil legal relations, minor parent, minor child, legal fact, personal non-property rights, property rights.

Huquq nazariyasida huquq tizimi huquq sohalari, kichik tarmoqlari va institutlarga bo'linadi. Huquq sohasi - bu bir xil ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalarning alohida yig'indisidir. A.S.Pigolkin ta'kidlaganidek, huquq sohasi - "ijtimoiy munosabatlarning ma'lum, sifat jihatidan alohida sohasini tartibga soluvchi va odatda muayyan huquqiy ta'sir vositalarini talab qiladigan huquqiy normalarni o'z ichiga olgan huquq tizimining eng yirik va nisbatan mustaqil bo'limi bo'lib hisoblanadi. A.S. Pigolkin huquqning 15 tarmog'ini, jumladan, fuqarolik va oilaviy huquqni mustaqil huquq sohalari sifatida ko'rsatadi, V.V. Lazarev va S.V. Lipenning ta'kidlashicha, turli davrlarda ta'limot turli xil huquq tarmoqlarini - 10 dan 15 gacha yoki undan ko'pni ajratgan3. O'z navbatida, huquq instituti muayyan turdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalarning alohida guruhidir. Bu boradagi tadqiqotlar kabi mahalliy olimlar tomonidan ham olib borildi: L.M.Burxonova [1-26], Qoraqodjaeva O.R. [27-32], Shorahmetova U.Sh. [33-40], Qoraqodjaeva D.M. [41-56] va boshqalar.

Oila huquqining eng muhim institutlaridan biri bu- bola huquqlari institutidir. A.I. Zagorovskiy ta'kidlaganidek, "Oila ittifoqi uch turdagi munosabatlarni o'z ichiga oladi: er-xotin, ota-onalar va bolalar o'rtasidagi, vasiylar va homiylar o'rtasidagi munosabatlar. Qonun bilan tartibga solingan holda, ular oila huquqining uchta institutini yaratadilar: nikoh, ota-onalar va bolalar, shuningdek, vasiylik va homiylik". Oila huquqi tizimi haqidagi zamonaviy g'oyalar eng aniq ifodalagan L.M. Pchelintseva, unga ko'ra "oila huquqi tizimi umumiy va maxsus (maxsus) qismlarni o'z ichiga oladi. ...Oila huquqining alohida qismiga har biri muayyan turdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi juda ko'p institutlar kiradi. Bularga quyidagilar kiradi: ... ota-onalar va bolalarning huquq va majburiyatlari (bolalar nasl nasabini belgilash, voyaga yetmagan bolalarning huquqlari, ota-onalarning huquq va majburiyatlari).

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Biroq, yuqoridagi fikrlar bola huquqlari instituti huquqning qaysi sohasiga tegishli ekanligi haqidagi savolni ochiq qoldiradi, chunki hozirgacha ham muhim va asosiy masala - oila va fuqarolik huquqi o'rtasidagi munosabatlarga aniq yechim topa olmadi. Bir qator olimlar oila huquqini fuqarolik huquqining bir kichik tarmog'i deb hisoblaydi. Ushbu yondashuv G.F. Shershenevich tomonidan aniq ochib berilgan.: "Oila, nikohni markaziy o'ringa qo'yib emas, balki mulk, shartnomalar,

KIRISH

SJIF 2024 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

vasiyatnomalar bilan bir tarafga qo'yish kerak. Shunday ekan, oila huquqi nafaqat mulkiy, balki shaxsiy huquqiy ham fuqarolik huquqining bir qismi bo'lishi kerak, deb o'ylaymiz.

Biroq, fanda qarama-qarshi pozitsiya ham uchraydi. Bu pozitsiyani V.A. Dozortsev "Oila huquqi asosan nomulkiy munosabatlarni tartibga soladi va shuning uchun oilaviy munosabatlar fuqarolik huquqi doirasidan chiqib ketadi... oila huquqi tarkibiga kiruvchi mulkiy munosabatlar tovar-pul emas, ular fuqarolik huquqiga xos bo'lgan iqtisodiy aylanmaga xizmat qilmaydi. Oila a'zolarining mulkiy munosabatlari (alimentlarni to'lash) asosiy munosabatlar emas va ularning o'zaro shaxsiy munosabatlaridan kelib chiqib hosila xarakter kasb etadi". Ammo O'zbekiston Respublikasi oila huquqining mustaqil tarmog'i sifatida undagi quyidagi o'ziga xos xususiyatlarga ega:

1) Faqat fuqarolar oilaviy munosabatlar sub'ekti bo'lishi mumkin;

2) oilaviy huquqiy munosabatlar o'ziga xos yuridik faktlardan kelib chiqadi: nikoh, qarindoshlik, onalik, otalik, farzandlikka olish, bolani homiylik ostidagi oilada tarbiyalash uchun qabul qilish, fuqarolik huquqi esa shartnomalar va boshqa bitimlar, majburiyatlar, sud qarorlari, davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, hujjatlari kabi yuridik faktlar bilan tavsiflanadi.

3) oilaviy munosabatlar, qoida tariqasida, uzoq muddatli bo'lib, begonalarni emas (fuqarolik huquqidagi kabi), balki qarindoshlarni bog'laydi;

4) oilaviy munosabatlar ularning ishtirokchilarining qat'iy individuallashuvi, boshqa shaxslar tomonidan ushbu munosabatlarda almashmasligi bilan tavsiflanadi;

5) o'z mazmuniga ko'ra, oilaviy munosabatlar asosan shaxsiy va keyingina mulkiy munosabatlardan tashkil topgan;

6) oilaviy munosabatlar shaxsiy-ishonchga asoslangan xususiyatga ega, chunki ularda asosiy o'rinni oila a'zolarining shaxsiy aloqalari egallaydi. Bu xususiyatlarni inkor etmagan holda, oila huquqi fuqarolik huquqining kichik tarmog'i bo'lgan qarama-qarshi fikrga qaraganda kamroq ishonchli ko'rinadi. Ushbu xulosani quyidagi fikrlar bilan tasdiqlash mumkin: Oila huquqi mustaqil huquq sohasi emas, chunki XX asrning 90-yillari o'rtalarida qonunchilikni isloh qilish jarayonida oila huquqidan norma va institutlarning bir qismi fuqarolik huquqiga o'tdi. Bu o'zgarish vasiylik va homiylik institutida (O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida vasiylar va homiylarga qo'yiladigan talablar to'g'risidagi normalar saqlanib qoldi, bolaning huquqlari, o'z oilasi yoki vasiylar / homiylar tomonidan tarbiyalangan va bolalarga nisbatan tayinlangan vasiylar / homiylarning o'ziga xos huquq va majburiyatlari ko'rsatilgan); fuqarolik holati qoidalari o'zgarmasligini tasdiqladi. Bu holat fuqarolik va oilaviy huquq sub'ektlarida ularning bosqichma-bosqich yaqinlashishi bilan

SJIF 2024 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

tavsiflangan o'zgarishlar ro'y berayotganidan dalolat beradi, bunda bir tarmoqning ayrim institutlari uyg'un ravishda boshqa tarmoqqa "birlashadi". Fuqarolik huquqi (boshqalar qatorida) ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishning predmeti bo'lib, uning sub'ektlari faqat fuqarolar bo'lishi mumkin, masalan: qonun bo'yicha meros, bu yerda faqat fuqarolar vasiyat qiluvchi va merosxo'r bo'lishi mumkin; vasiyatnoma bo'yicha merosxo'rlikda faqat fuqaro vasiyatnoma yozish shaklida bir tomonlama bitim tuzishi mumkin va boshqalar.

Oilaviy huquqiy munosabatlar, fuqarolik huquqiy munosabatlar kabi shartnomalardan (nikoh shartnomasi, aliment to'lash to'g'risidagi kelishuv, alohida yashayotgan ota-onaning ota-onalik huquqlarini amalga oshirish to'g'risidagi kelishuv va boshqalar), bitimlardan (er-xotinning umumiy mulkini tasarruf etishga er yoki xotinning roziligi, davlat ro'yxatidan o'tkazilishi talab etiladigan bitim, qonun hujjatlarida majburiy notarial shakl belgilangan bitim); sud qarorlari (otalikni belgilash, bobolar, buvilar va nabiralar, nevaralar va boshqalar o'rtasidagi aliment munosabatlari), davlat organlari yoki o'zini o'zi boshqarish organlarining hujjatlaridan kelib chiqishi mumkin. Misol tariqasida hal qiluvchi shartda tuzilgan bitimlarni keltirishimiz mumkin. Agar taraflar huquq va majburiyatlarning bekor qilinishini uning sodir bo'lishi yoki kelmasligi ma'lum bir shartga bog'liq qilib qo'ygan bo'lsa, bitim shartli bo'lib hisoblanadi. (FK 104-moddasining 2 qismi). Shunday qilib, bitimda ko'rsatilgan holat(shart) yuzaga kelgunga qadar, bitim taraflarining huquq va majburiyatlari mavjud bo'ladi va shuning uchun huquqiy munosabatlar davom etadi. Masalan, ijaraga beruvchi nikohga kirgunga qadar turar joyni ijaraga berishi va bu holat qachon sodir bo'lganligi noma'lum bo'lgunga qadar, davom etadi, ya'ni uy-joy haq evaziga ijaraga berish davom etuvchi huquqiy munosabatlarni keltirib chiqaradi.

Oila huquqida deyarli barcha munosabatlar davomiy xarakterga ega, degan tushuncha, fikrimizcha, haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Nikoh munosabatlari shubhasiz davom etadi, chunki nikoh faqat er yoki xotinning biri vafot etishi, yoki ulardan birining vafot etgan deb e'lon qilinishida yoki nikohdan ajratilganda tugatiladi (Oila kodeksining 7 bobi). Qonun ma'lum bir shart asosida nikoh tuzishga yo'l qo'ymaydi, ayniqsa nikohni oila qurish maqsadisiz qayd etish, ya'ni soxta nikoh uning haqiqiy emasligiga olib keladi. (Oila kodeksining 49-moddasi 2-qism). Shuningdek, er va xotinning mulkiy munosabatlari, er-xotin mol mulkining qonuniy rejimi amal qilganda davomiy hisoblanadi va nikoh tugitilganda u ham tugatiladi.Agar er-xotin mol mulkining shartnomaviy tartibi amal qilganda yoki ular o'rtasida mol -mulkni bo'lish to'g'risida kelishuv bo'lganida, uning davomiyligi ushbu shartnoma yoki kelishuvda belgilangan shartlarda begilanadi. Ushbu xulosa oilaviy munosabatlarning

SJIF 2024 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

fuqarolik munosabatlaridan ajralmasligini yana bir bor ta'kidlaydi. Umuman olganda, nikoh shartnomasi fuqarolik va oila huquqining birligini yorqin isbotlaydi.

Ota-onalar va bolalar o'rtasidagi munosabatlar davomiy hisoblanadi.Oila kodeksining 11-bobida nazarda tutilgan ota-onalik huquqlari, bolalar o'n sakkiz yoshga to'lganda, shuningdek, voyaga yetmaganlarning nikoh munosabatiga kirganida va voyaga yetgunga qadar to'liq muomala layoqatiga ega bo'lishlari natijasida va qonun bilan belgilangan boshqa hollarda tugatiladi.

Voyaga yetgan bolalarning mehnatga layoqatsiz ota-onalari o'rtasidagi munosabat davomiy, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 66-moddasiga ko'ra, voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o'z ota-onalari haqida g'amxo'rlik qilishga majburdirlar. Bu munosabatlar ota-onaning hayotlik vaqtiga qadar davom etadi.

Fuqarolik kodeksining 314-modasiga binoan, boshqa shaxslarga o'tishi mumkin bo'lmagan huquqlar mustahkamlangan. Unga ko'ra, kreditorning shaxsi bilan chambarchas bog'langan huquqlarning, xususan alimentlar to'g'risidagi va hayotga yoki sog'liqqa yetkazilgan zararni to'lash to'g'risidagi talablarning boshqa shaxsga o'tishiga yo'l qo'yilmaydi. Oilaviy huquqiy munosabatlar sub'ektlarining almashinishiga yo'l qo'yilmaydi, degan tezis bilan qo'shilish qiyin. Nikoh munosabatlarda sub'ektlarning almashinuviga yo'l qo'yilmasligi tabiiy, chunki yangi nikohga kirish uchun oldingi nikohni tugatish kerak (O'zR OKning 47-moddasi), va yangi nikohga kirish munosabatlar almashtirishga emas, balki yangi nikoh munosabatlarining paydo bo'lishiga olib keladi. Biroq, oila huquqida sub'ektlarni almashtirish mumkin bo'lgan munosabatlar mavjud. Bunday munosabatlarga misol sifatida bolani vasiylikka, homiylikka, oilaga tarbiyaga berish yoki farzandlikka olish, bolani ta'lim muassasiga joylashtirish bo'lishi mumkin. Axloqiy va tarbiviy g'oyalar bilan bog'liq bo'lgan mavzu ushbu tadqiqot doirasidan tashqarida bo'lganligi sababli, biz faqat ba'zi hollarda bunday munosabatlarda shaxsni tarbiyalash uchun mas'ul bo'lgan sub'ektning almashtirilishini ta'kidlaymiz. Oilaviy munosabatlarda shaxsiy nomulkiy munosabatlar ustunlik qiladi, degan fikr shubhasizdir, ammo bunday munosabatlarning aksariyati axloq, odob va odat normalari bilan tartibga solingan holda umuman huquqiy tartibga solinmaydi. Bundan tashqari, Fuqarolik kodeksining 9-moddasining 3-qismiga binoan, fuqarolik huquqlarini amalga oshirish boshqa shaxslarning huquqlarini hamda qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart. Fuqarolik huquqiy munosabatlari ishtirokchilarining halol, oqilona va adolat bilan harakat qilishi tamoyilini nazarda tutadi. Bu tamoyil ko'proq axloqiy xarakter kasb etadi. Fikrimizcha, oilaviy munosabatlardagi bu tamoyil fuqarolik-huquqiy munosabatlarga qaraganda amaliy jihatdan yanada muhimroqdir, chunki

SJIF 2024 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

aynan oilada, er-xotin, ota-onalar va bolalar, shuningdek, boshqa qarindoshlar o'rtasidagi munosabatlarda oilani mustahkamlashdan, oilaviy munosabatlarni o'zaro muhabbat, ishonch va hurmat, hamjihatlik, bir-biriga yordam berish hamda oila oldida uning barcha a'zolarining mas'ulligi hissi asosida qurishdan, biron-bir shaxsning oila masalalariga o'zboshimchalik bilan aralashishiga yo'l qo'ymaslikdan, oila a'zolari o'z huquqlarini to'sqinliksiz amalga oshirishini hamda bu huquqlarning himoya qilinishini ta'minlashdan iboratligi Oila kodeksining 1-moddasining 2-qismida o'z aksini topgan. Shuningdek, oila huquqi normalarida belgilangan ayrim shaxsiy nomulkiy huquqlar huquqiy tartibga solishning imkoni yo'q. M.V. Antokoltskayaning ta'kidlashicha, "bunday munosabatlarga nisbatan qonun, ularning boshlanishi va tugashining faqat tashqi chegaralarini belgilaydi: nikoh shartlari, nikohni tugatish va otalikni belgilash, ota-ona huquqlaridan mahrum qilish va boshqalar"; "ba'zi umumiy imperativ cheklovlarni, shaxsiy oilaviy munosabatlar amalga oshiriladigan umumiy asoslarni belgilaydi, ammo ularning mazmuni huquqiy tartibga solish doirasidan tashqarida" deb hisoblaydi.

Shuni e'tiborga olish kerakki Oila kodeksining 5-moddasida oila huquqi oila a'zolari o'rtasidagi shaxsiy nomulkiy va mulkiy munosabatlarni tartibga soladi, lekin qonun bilan tartibga solinadigan barcha shaxsiy nomulkiy va mulkiy munosabatlar ham oila qonunchiligi bilan tartibga solinmaydi.

Meros munosabatlari, shartnoma munosabatlari (Oila kodeksida to'g'ridan-to'g'ri ko'rsatilganlar bundan mustasno (masalan, T.Yu. Sinelnikovaning so'zlariga ko'ra, "Rossiya Federatsiyasining Oila kodeksi faqat er-xotinlarning nikoh shartnomasi bilan belgilanadigan mulkiy munosabatlarini tartibga solishi kerak, chunki Rossiya Federatsiyasi Oila Kodeksining 8-bobidagi "Er-xotin mulkining shartnomaviy rejimi" normalari fuqarolik qonunchiligida mavjud emas, chunki ularning vujudga kelishi nikoh tuzish va er-xotinning o'z mulkiga nisbatan irodasi namoyon bo'lishi bilan bog'liq yuridik faktlarga bog'liq"), majburiyatlar (aliment undirish miqdori va tartibi bundan mustasno).

Fikrimizcha, aliment majburiyatlari fuqarolik majburiyatlari bo'lsa-da, chunki ular boshqa fuqarolik-huquqiy majburiyatlardan kelib chiqishi, o'zgarishi va tugatilishi asoslari bo'yicha ham, ijro etish tamoyillari bo'yicha ham farq qilmaydi, ayniqsa Fuqarolik Kodeksining 344-moddasi alimentni undirish to'g'risidagi da'volarni hisobga olishni, shuningdek, fuqaroning sog'ligiga shikast yetishi yoki uning vafoti munosabati bilan yetkazilgan zararni to'lash haqidagi talablari hisobga o'tkazilmasligi va Fuqarolik Kodeksining 347-moddasi alimentlarga nisbatan majburiyatlar xususida yangilashni amalga oshirishga yo'l qo'yilmasligi fuqarolik qonunchiligi bilan tartibga solinadi. Demak, shaxsiy nomulkiy yoki mulkiy

SJIF 2024 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

munosabatlarning ustunligi huquq sohasining mustaqilligini belgilovchi mezon bo'la olmaydi.

Barcha oilaviy munosabatlarni shaxsiy ishonchga asoslangan deb ta'riflab bo'lmaydi. Agar bola va ota-onaning biridan alohida yashashsa, ushbu ota-ona bolani ta'minoti majburiyatidan ozod bo'lmaydi. Bunday vaziyatda vaziyatda bolaga ixtiyoriy ta'minot berishi shaxsiy ishonch, ixtiyoriy munosabatlaridan dalolat beradi. Biroq, Oila kodeksi aliment undirishning sud tartibini ham nazarda tutadi va Fuqarolik protsessual kodeksining 171-moddasiga binoan sud buyrug'i voyaga yetmagan bolalar uchun alimentlar undirish to'g'risidagi tartibini nazarda tutadi (FPKning 170, 171,172, 173 moddalari).

Oila kodeksining 117-moddasida er-xotinning bir-biriga ta'minot berish majburiyatlari belgilangan va ushbu moddaning 1-qismiga ko'ra, er-xotin bir-biriga moddiy yordam berishi shartligi mustahkamlangan. Bu esa shaxsiy ishonch munosabatiga emas, balki imperativ xarakterga egaligidan dalolat beradi va qonun bunday yordam berishdan bosh tortilgan taqdirda, yordamga muhtoj, mehnatga layoqatsiz er yoki xotin, shuningdek xotin homiladorlik davrida va o'rtada bola tug'ilgan kundan boshlab uch yil davomida, o'rtadagi nogiron bola o'n sakkiz yoshga to'lguncha yoki bolalikdan I guruh nogironi bo'lgan o'rtadagi bolaga qaragan yordamga muhtoj er (xotin) yordam berishga qodir bo'lgan xotin (er)dan sud tartibida ta'minot (aliment) olish huquqiga ega ekanligini qat'iy mustahkamlaydi.

Shu bilan birgalikda fuqarolik huquqida shaxsiy ishonchga asoslangan munosabatlar o'rin egallaydi. Masalan, topshiriq shartnomasi, (FK 817-831-moddalari) ushbu shartnomaning o'ziga xos xususiyati uning fidutsiar xarakterga egaligida, ya'ni shaxsiy ishonchga asoslanganligida namoyon bo'ladi.Bundan tashqari, fidutsiar xarakteri ushbu shartnoma hatto tegishli sabablarni ko'rsatmasdan ham, uni bajarishdan bir tomonlama rad yetish imkoniyatida eng aniq namoyon bo'ladi. Bundan tashqari, boshqa ko'plab misollar mavjud: masalan, mualliflar va ijrochilar bilan tuzilgan barcha shartnomalar shaxsiydir. Fuqarolik kodeskining 37- bobi pudrat shartnomasining turlariga, ya'ni ilmiy-tekshirish, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrati shartnomalariga bag'ishlangan. Fuqarolik kodeksining 694-moddasi 1-qismiga binoan, pudratchi ilmiy tekshirish ishlarni shaxsan o'zi olib borishi shartligi mustahkamlangan. Demak, sub'ektlar o'rtasida rivojlanayotgan munosabatlarning tabiati ham oila huquqini mustaqil tarmoq sifatida tasniflash mezoni bo'la olmaydi.

Xorijiy davlatlar qonun hujjatlarining tahlili shuni ko'rsatadiki, (Fransiyaning Fuqarolik kodeksi (Napoleon kodeksi) va Germaniya Fuqarolik Kodeksi kontinental huquq tizimiga mansub davlatlardan Germaniya va Frantsiya oila huquqini fuqarolik

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

huquqining kichik tarmog'i sifatida belgilaydi va bu davlatlardagi oilaviy munosabatlar fuqarolik huquqi normalari bilan tartibga solinadi.

Yuqoridagilarga asoslanib, oilaviy munosabatlar ba'zi fuqarolik-huquqiy munosabatlarga, masalan, meros munosabatlariga, shuningdek, intellektual faoliyat natijalarini yaratish va ulardan foydalanishdan kelib chiqadigan munosabatlarga xos bo'lgan darajada o'ziga xos xususiyatga ega degan xulosaga kelishimiz mumkin.

Oilaviy-huquqiy va fuqarolik-huquqiy munosabatlar o'rtasidagi farqlar ularni birlashtiruvchi xususiyatlar kabi muhim va ko'p emas, bu oilaviy munosabatlarni fuqarolik-huquqiy tartibga solish predmetiga kiritish imkonini beradi. Oilaviy munosabatlarning o'ziga xosligi ushbu munosabatlarni tartibga soluvchi qoidalar majmuini huquqning alohida sohasi sifatida tasniflash uchun yetarli emas, lekin bu munosabatlarni oila huquqini fuqarolik huquqining yana bir kichik tarmog'i deb hisoblash uchun yetarli deb hisoblaymiz. Ushbu o'zaro bog'liqlikka ko'ra, bola huquqi instituti bolaning, ya'ni o'n sakkiz yoshga to'lmagan voyaga yetmagan shaxslarning huquqlarini mustahkamlovchi va ularni tan olishdan kelib chiqadigan munosabatlarni tartibga soluvchi o'zaro bog'liq huquqiy normalarning nisbatan alohida guruhi sifatida, amalga oshirish va himoya qilish ham fuqarolik huquqi sohalariga tegishli bo'lishi kerak.

O'z navbatida, Fuqarolik kodeksining 17-moddasida mustahkamlangan shaxslarning fuqarolik huquqiy layoqati mazmunini tashkil etuvchi sub'ektiv huquqlar, Fuqarolik Kodeksining 99-moddasi va Oila kodeksining 11-bobida mustahkamlangan bolaning shaxsiy va mulkiy huquqlari, umumiy va maxsus sifatida dialektik birlikda mavjud deb hisoblash mumkin. M.V. Antokoltskaya fikriga ko'ra, "Oila kodeksining mavjudligi fuqarolik huquqi doirasidagi oilaviy munosabatlarning taniqli o'ziga xos xususiyatlaridan, oila qonunchiligining mustaqilligidan va alohida Oila kodeksini saqlash zarurligidan dalolat beradi".

Fikrimizcha, oilaviy munosabatlarning yuqoridagi tahlili shuni ko'rsatdiki, ularning o'ziga xosligi fuqarolik huquqi doirasidan tashqarida alohida tartibga solishni talab qilmaydi, chunki oila a'zolari o'rtasida vujudga keladigan mulkiy munosabatlar o'zining huquqiy mohiyatiga ko'ra fuqarolik munosabatlaridan farq qilmaydi.

XULOSA

Bola huquqlari, boshqa oilaviy munosabatlardan farqli o'laroq, sifat jihatidan o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lmasa ham, qonun chiqaruvchi tomonidan alohida e'tiborga loyiqdir. Hozirgi vaqtda bolaning mulkiy huquqlari Fuqarolik Kodeksida aniq jamlangan va ota-onalarning yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslarning harakatlariga bog'liq bo'lgan ushbu huquqlarni amalga oshirish tartibi va mazmuni

SJIF 2024 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

turlichadir. Bolalarning sub'ektiv huquqlarini noto'g'ri amalga oshirishning mavjud holatlari, boshqa sabablar qatorida, ota-onalarda ham, voyaga yetmaganlarda ham ushbu huquqlar to'g'risida tegishli ma'lumotlarning yetishmasligi bilan bog'liq.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Umumiy o'rta ta'lim to'g'risida" 15.03.2017 yildagi 140-son Nizomning 2-bobi, 8-bandiga muvofiq, davlat ta'lim standartlariga muvofiq har bir shaxsning ta'lim va tarbiya olishdagi konstitutsiyaviy huquqini ro'yobga chiqarish umumiy o'rta ta'limning maqsadi hisoblanadi deb mustahkamlangan. Shu jihatdan, o'rta maktab o'quvchilari uchun "O'zbekiston Respublikasida voyaga yetmaganlarning huquqiy maqomi" fanni kiritish maqsadga muvofiq hisoblaymiz. Bunday taklif juda dolzarbdir, chunki bola huquqlari O'zbekiston Respublikasining 140 dan ortiq qonun hujjatlari va boshqa huquqiy hujjatlarida aks ettirilganligi, ularni professional bo'lmagan auditoriya uchun o'rganishni qiyinlashtiradi. Ushbu vaziyatdan yangi kodifikatsiyalangan akt - Bola huquqlari to'g'risida kodeks qabul qilishni taklif etamiz. U bola huquqlarining butun doirasi, shu jumladan ijtimoiy, madaniy, tashkiliy huquqlar, bolalar huquqlari va ijtimoiy huquqlarini o'z ichiga oladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Бурханова Л. М. Вопросы совершенствования правового регулирования нематериальных благ как особого объекта гражданского права в проекте новой редакции Гражданского кодекса Республики Узбекистан. - 2021.

2. Бурханова Л. М. Защита средств индивидуализации в сетях Интернет посредством доменных имен. - 2019.

3. Бурханова Л. Юридическая природа международного коммерческого арбитража: международный и национальный аспекты //Перспективы развития международного коммерческого арбитража в Узбекистане. - 2023. - Т. 1. - №. 1. - С. 77-84.

4. Features of determining the legal nature and issues of improving the power supply contract as the basis of the production and maintenance infrastructure of the economy of the Republic of Uzbekistan

L Burkhanova, L Achilova, U Shorahmetova - AIP Conference Proceedings, 2023

5. Nurimova S. A., Burkhanova L. M. TYPES OF OBJECTS OF INTELLECTUAL PROPERTY PROTECTION ON THE BASIS OF THE INTERNATIONAL TRIPS AGREEMENT: FEATURES OF LEGAL REGULATION //E Conference Zone. - 2023. - С. 29-34.

6. Rakhimova L., Burkhanova L. M. Evolution of legal regulation of blogger status on the Internet: international and national aspects //Academic International

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

Conference on Multi-Disciplinary Studies and Education. - 2023. - Т. 1. - №. 5. - С. 134-138.

7. Zarinakhon P., Burkhanova L. M. FEATURES OF LEGAL REGULATION OF SURROGACY: INTERNATIONAL AND NATIONAL ASPECTS //International Conference on Management, Economics & Social Science. - 2023. - Т. 1. - №. 2. -С. 9-13.

8. kizi Rakhimova L. S., Burkhanova L. M. The history of the appearance of bloggers and the specifics of their activities on the Internet //Eurasian Research Bulletin. - 2023. - Т. 20. - С. 59-64.

9. Yusupova N. S., Burkhanova L. M. Khadicha Sulaymonova-The First Woman Academician Lawyer //Eurasian Research Bulletin. - 2023. - Т. 20. - С. 47-50.

10. Yusupova N. S., Burkhanova L. M. Khadicha Sulaymonova-The First Woman Academician Lawyer //Eurasian Research Bulletin. - 2023. - Т. 20. - С. 47-50.

11. Бурханова Л. М. ОСОБЕННОСТИ ПРЕПОДАВАНИЯ КУРСА «ГРАЖДАНСКОЕ ПРАВО» С ПРИМЕНЕНИЕМ ИНТЕРАКТИВНЫХ И ИННОВАЦИОННЫХ МЕТОДИК: ВОПРОСЫ ТЕОРИИ И ПРАКТИКИ ПРИМЕНЕНИЯ //Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. - 2023. - Т. 3. - №. 3. - С. 1195-1207.

12. Burkhanova L. CONSTITUTIONAL AND LEGAL WAYS TO PROTECT INTELLECTUAL PROPERTY //Евразийский журнал академических исследований. - 2022. - Т. 2. - №. 5. - С. 373-380.

13. Burkhanova L. M., Articova V. A. FEATURES OF THE LEGAL REGULATION OF THE MISSING ABSENCE OF INDIVIDUALS IN CIVIL LAW OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN: THE CONCEPT AND BASIS FOR ESTABLISHING THE FACT OF THE OBSESSIVE ABSENCE //Евразийский журнал академических исследований. - 2022. - Т. 2. - №. 1. - С. 41-47.

14. Бурханова Л. М. Burkhanova LM //ББК 74.03 я43 С69. - 2021. - С. 37.

15. Бурханова Л. М. НОРМАТИВНО-ПРАВОВОЕ РЕГУЛИРОВАНИЕ ОБЕСПЕЧЕНИЕ ЗАНЯТОСТИ В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН: ОСОБЕННОСТИ НАЦИОНАЛЬНОГО РЕГУЛИРОВАНИЯ //Материалы VII Международной научно-практической конференции «Актуальные проблемы социально-трудовых отношений», посвященной 60-летию основания Института социально-экономических исследований ДФИЦ РАН. - 2019. - С. 118-120.

16. Legal Regulation of the Paid Service Contract in the Civil Law of the Republic of Uzbekistan, and Some of the Improvement Issues

17. LM Burkhanova - Perm U. Herald Jurid. Sci., 2013

SJIF 2024 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

18. Legal Characteristic of Private Property of Separate Forms of Legal Persons during the Period of Uzbekistan Transition to Market Relations

19. Бурханова Л. Юридическая природа международного коммерческого арбитража: международный и национальный аспекты //Перспективы развития международного коммерческого арбитража в Узбекистане. - 2023. - Т. 1. - №. 1. - С. 77-84.

20. Sharaxmetova U. Issues of improving the regulation of circumstances preventing marriage in family law //Review of law sciences. - 2017. - Т. 1. - №. 2. - С. 10.

21. Шорахметова У. Ш. Никох тузиш шартларига риоя килмаслик окибатларини белгиловчи конунчиликни такомиллаштириш муаммолари (Проблемы усовершенствования законодательства, устанавливающего последствия невыполнения условий заключения брака): дис. - 2009.

22. ДМ Караходжаева, ЛМ Бурханова. ВОПРОСЫ РЕГЛАМЕНТАЦИИ ИНСТИТУТА ВЕЩНЫХ ПРАВ В СФЕРЕ ПРОВОДИМЫХ В УЗБЕКИСТАНЕ ИННОВАЦИОННЫХ ПРЕОБРАЗОВАНИЙ. УЧЕТНО-АНАЛИТИЧЕСКИЕ ИНСТРУМЕНТЫ ИССЛЕДОВАНИЯ ЭКОНОМИКИ РЕГИОНА, 243-248.

23. Караходжаева, Дилором Мамировна. "Общие вопросы гражданско-правовой ответственности юридических лиц в Республике Узбекистан." INTERNATIONAL CONFERENCES. Vol. 1. No. 19. 2022.

24. Караходжаева Д. Новые механизмы защиты частной собственности как основа улучшения инвестиционного климата //Обзор законодательства Узбекистана. - 2019. - №. 1. - С. 34-35.

25. Садуллаев К., Караходжаева Д. Крипто активы как объект гражданских прав и их оборотоспособность //Общество и инновации. - 2021. - Т. 2. - №. 4/S. - С.

26. Mamirovna K. D. On the issue of the formation of the Concept for the reform of civil law regulation of property rights and other property rights in the Republic of Uzbekistan //Eurasian Research Bulletin. - 2023. - Т. 16. - С. 51-57.

27. Dilorom K., Burkhanova L., Sharakhmetova U. Features of determining the legal status of legal entities in the draft new version of the civil code of the republic of Uzbekistan and the need to introduce new institutions in the legislation: Theoretical developments and proposals //European Journal of Molecular & Clinical Medicine. -2020. - Т. 7. - №. 2. - С. 2151-2161.

28. Караходжаева, Д. М., & Бурханова, Л. М. (2021). Особенности осуществления реформ частной собственности на землю в Республике Узбекистан. Science and Education, 2(5), 1083-1096.

66.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.