Научная статья на тему 'HUQUQBUZARLIKLARNING MAXSUS PROFILAKTIKASI TADBIRLARINIISHLAB CHIQISH TARTIBI'

HUQUQBUZARLIKLARNING MAXSUS PROFILAKTIKASI TADBIRLARINIISHLAB CHIQISH TARTIBI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
15
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
Maxsus profilaktika / huquqbuzarliklar / shart-sharoitlar / ichki ishlar.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Eshnazarov Mehriddin Jo‘rayevich

Ushbu maqolada huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasi tadbirlarini ishlab chiqish tartibi haqida huquqshunos olimlar fikrlari va amaldagi qonunchilik taxlil qilingan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «HUQUQBUZARLIKLARNING MAXSUS PROFILAKTIKASI TADBIRLARINIISHLAB CHIQISH TARTIBI»

HUQUQBUZARLIKLARNING MAXSUS PROFILAKTIKASI TADBIRLARINI ISHLAB CHIQISH TARTIBI

Eshnazarov Mehriddin Jo'rayevich

Yuridik fanlar bo'yicha falsafa doktori (PhD) https://www.doi.org/10.5281/zenodo.10555852

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 16th January 2024 Accepted: 22th January 2024 Online: 23th January 2024

Ushbu maqolada huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasi tadbirlarini ishlab chiqish tartibi haqida huquqshunos olimlar flkrlari va amaldagi qonunchilik taxlil qilingan.

KEY WORDS

Maxsus profilaktika,

huquqbuzarliklar, shart-

sharoitlar, ichki ishlar.

Respublikamizda ayrim turdagi huquqbuzarliklar profilaktikasini takomillashtirish maqsadida, ularning sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, bartaraf etish, ayrim toifadagi shaxslarga profilaktik ta'sir ko'rsatish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi "Huquqbuzarliklar profilaktikasi to'g'risida"gi qonunining 9-moddasida ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalar tizimida yetakchi sub'ektlardan biri sifatida ko'rsatib o'tilgan.

Qonunning ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlari keltirilgan 10-moddasida ham maxsus profilaktikani amalga oshirishga doir ayrim vazifalar qayd etilgan. Xususan, unga ko'ra ichki ishlar organlari:

faoliyati taqiqlangan tashkilotlarga va diniy-ekstremistik yo'nalishdagi guruhlarga aloqador bo'lgan shaxslarni aniqlaydi, ularga nisbatan chora-tadbirlar ko'radi;

pasport-viza rejimiga, fuqarolar va yuridik shaxslar tomonidan o'qotar qurolni saqlash qoidalari hamda tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni ta'minlaydi.

Biroq ushbu vazifalar umumiy mazmunga ega bo'lib, ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar maxsus profilaktikasi faoliyatini aniq va to'liq maqsadga yo'naltirilishini ta'minlash imkonini bermaydi. Chunki, qonunning 24-moddasi 1-qismiga ko'ra, huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasi deganda, ayrim turdagi huquqbuzarliklar profilaktikasiga, bu turdagi huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etishga, ayrim toifadagi shaxslarni aniqlash va ularga profilaktik ta'sir ko'rsatishga qaratilgan maxsus tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga doir faoliyat tushuniladi.

Ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir vakolatlarida esa huquqbuzarliklar maxsus profilaktikasini ta'minlashga doir chora-tadbirlar yetarlicha belgilab berilmagan.

é

Ws,

Vaholanki, qonunning 24-moddasida ayrim turdagi huquqbuzarliklar yoki shaxslar toifasi deganda, ma'lum bir hududda muayyan davrda boshqalariga nisbatan ko'paygan huquqbuzarliklar turi yoki shaxslar toifasi nazarda tutilmoqda. Mazkur holat qonunda ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlari huquqbuzarliklar profilaktikasining qonunda nazarda tutilgan profilaktik chora-tadbirlari mazmuni, tizimi va doirasini hisobga olmasdan shakllantirilgan degan xulosani keltirib chiqaradi.

Qonunchilikdagi mazkur bo'shliqni O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining buyrug'i1 bilan tasdiqlangan "Ichki ishlar organlari tomonidan huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish tartibi to'g'risidagi Nizom"da bartaraf etishga harakat qilinib, ichki ishlar organlari huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasini mavsumiy yoki kriminogen vaziyatdan kelib chiqib, respublika, mintaqa yoki tuman (shahar) miqyosida yoxud alohida kichik hududlar va ob'ektlarda amalga oshirishi, shuningdek ular tomonidan ayrim turdagi huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish, ayrim toifadagi shaxslarni aniqlash va ularga profilaktik ta'sir ko'rsatishga qaratilgan maxsus profilaktik tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi mumkinligi bilan bog'liq ba'zi qoidalar belgilab berilgan bo'lsa-da, ammo bu boradagi faoliyatning huquqiy mexanizmi batafsil bayon etilmagan.

Bu esa o'z navbatida, ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar maxsus profilaktikasi faoliyati samaradorligiga ham salbiy ta'sirini ko'rsatmasdan qolmayapti.

Buni Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlari faoliyatining 2022-yil yakunlari bo'yicha ish ko'rsatkichlari misolida ham ko'rish mumkin. Xususan, viloyatda yil davomida piyodalarni urib yuborish jami yo'l-transport hodisalarining 46 foizini (462/216) tashkil etib, oqibatda 145 nafar (146) odamlar vafot etgan hamda 446 nafari (477) jarohatlangan. Sodir etilgan 462 ta yo'l-transport hodisalarining har uchinchisi (131 ta) o'lim holati bilan yakunlangan. Bunday hodisalar Angor (8/16) va Termiz (7/12), Boysun (9/12), Uzun (5/7) tumanlarida oshgan.

Ko'rinib turibdiki, viloyatda 2022-yil davomida sodir etilayotgan yo'l-transport hodisalarining tahlili haydovchi va piyodalarda yo'llarda harakatlanish madaniyatini shakllantirish, yo'l-patrul naryadlarini qo'shimcha ravishda onlayn tizimida ishlovchi radar uskunalari bilan jihozlash, chorrahalarga svetoforning taqiqlovchi ishoralariga bo'ysunmaslik qoidabuzarliklarini aniqlovchi kameralar o'rnatish, shaharlardagi serqatnov chorrahalarni to'liq radar uskunalari bilan jihozlash kabi masalalarni to'liq qamrab olgan va maqsadi viloyatda sodir etilayotgan yo'l-transport hodisalarining barvaqt oldini olishga qaratilgan kompleks maxsus profilaktik chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish va huquqbuzarliklar profilaktikasi amaliyotiga tatbiq etish zaruratini keltirib chiqaradi.

Garchi Surxondaryo viloyatida 2022-yil mobaynida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda jinoyatchilikka qarshi samarali kurashishda huquqni muhofaza qilish organlari va jamoat tashkilotlarning o'zaro hamkorlikda amalga oshirishi lozim bo'lgan ishlarning Yo'l xaritasi ishlab chiqilib, viloyat hokimi, prokurori, ichki ishlar va davlat soliq organlari boshliqlari tomonidan tasdiqlangan va ijroga yo'naltirilgan bo'lsa-da, biroq uni to'laqonli, ta'sirchan maxsus profilaktik tadbir sifatida tan olish qiyin. Chunki, bu kabi yo'l xaritalari

1 O'zbekiston Respublikasi IIVning 2017-yil 12-iyuldagi "Ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi bo'linmalari faoliyatini tashkil etish tartibi to'g'risidagi yo'riqnomani tasdiqlash haqida"gi 151-son buyrug'i // URL: http://www.lex.uz (murojaat vaqti: 15.01.2024).

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 5.685 www.in-academy.uz

amalda huquqbuzarliklar profilaktikasining umumiy profilaktikasi turi doirasida ishlab chiqilib, amalga oshiriladigan dasturlar sifatida baholanishini ko'rish mumkin.

Maxsus profilaktik tadbirlar esa puxta o'ylab ishlab chiqilishi, sub'ektlar o'rtasida vazifalarning aniq taqsimlanishi, maxsus profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirilishining tezkorligi va muayyan aniq ob'ektga yo'naltirilganligi kabi bir qator o'ziga xos xususiyat va afzalliklarga ega2.

Zero, huquqbuzarliklar profilaktikasining ma'lum bir turini amalga oshirish orqali erishib bo'ladigan natijaga, boshqasi bilan erishib bo'lmaydi. Aynan shuning uchun ham, milliy qonunchiligimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi to'rtta turga ajratilgan.

Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar maxsus profilaktikasi faoliyatini takomillashtirish zarurati mavjud. Aks holda, "Huquqbuzarliklar profilaktikasi to'g'risida"gi qonunning huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasini amalga oshirish tartibi belgilangan 4-bobida belgilangan vazifalarni bajarish, talab va shartlarga amal qilish imkoniyati cheklanganicha qolaveradi. Vaholanki, Ye.S.Zaremba jinoyatlarining maxsus-kriminologik profilaktikasini tashkil qilishda ichki ishlar organlari faoliyatini takomillashtirishning asosiy yo'nalishlaridan biri3 deb hisoblaydi.

Buning uchun, birinchidan, "Huquqbuzarliklar profilaktikasi to'g'risida"gi qonunning ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlari belgilangan 10-moddaning sakkizinchi va to'qqizinchi xatboshilarini quyidagi tahrirda bayon etish:

"ushbu Qonun 24-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan holatlar bo'yicha profilaktik ta'sir ko'rsatishga qaratilgan maxsus tadbirlarni ishlab chiqish;

ushbu Qonun 24-moddasining 2-qismida belgilangan asoslar yuzaga kelganda, huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasini amalga oshirish";

ikkinchidan, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2017-yil 25-avgustdagi 191-son buyrug'i bilan tasdiqlangan "Ichki ishlar organlari tomonidan huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish tartibi to'g'risidagi Nizom"ga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritib, unda ichki ishlar organlari tomonidan huquqbuzarliklarning maxsus profilaktik tadbirlarini ishlab chiqish, shartli nomlash, toifalash va amalga oshirishning to'liq huquqiy mexanizmini belgilash;

uchinchidan, huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasi nafaqat ichki ishlar organlari tomonidan, balki "Huquqbuzarliklar profilaktikasi to'g'risida"gi qonunning 9-moddasida keltirilgan barcha sub'ektlar tomonidan amalga oshirilishini nazarda tutib, ushbu sub'ektlarning ham huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlarini ko'rish talab etiladi.

Yuqorida ilgari surilgan takliflar birinchidan, "Huquqbuzarliklar profilaktikasi to'g'risida"gi qonun va qonunosti hujjatlardagi maxsus profilaktika bilan bog'liq huquqiy bo'shliq va ziddiyatlarni bartaraf etishga; ikkinchidan, ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar maxsus profilaktikasi faoliyatida profilaktik tadbirlarni ishlab chiqish

2 Eshnazarov M.J., Xo'jaqulov S.B. Huquqbuzarliklar maxsus profilaktikasining o'ziga xos xususiyatlari va afzalliklari // О^Ье^оп Respublikasi Milliy gavrdiyasi Harbiy-texnika axborotnomasi. - T., 2019. - № 3. 57-61.

3 Заремба Е.С. Криминологическая характеристика уличной преступности (по материалам тюменской области): Автореферат диссертации на соискание ученой степени кандидата юридических наук. - Тюмень, 2011. - С. 17.

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 5.685 www.in-academy.uz

samaradorligini oshirishga; uchinchidan, huquqbuzarliklar maxsus profilaktikasini amalga oshiruvchi sub'ektlarning maxsus tadbirlarni ishlab chiqish faoliyatini tashkiliy-huquqiy mexanizm bilan ta'minlashga xizmat qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.