Научная статья на тему 'HUDUDIY IQTISODIY-EKOLOGIK TIZIM TAVSIFI VA UNING BARQARORLIGI'

HUDUDIY IQTISODIY-EKOLOGIK TIZIM TAVSIFI VA UNING BARQARORLIGI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
353
35
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Iqtisodiy-ekologik tizimlar / barqaror rivojlanish / iqtisodiy va ekologik tizimlar uzviyligi / iqtisodiyotning fundamental muammosi. / Economic and ecological systems / sustainable development / integration of economic and ecological systems / fundamental problems of the economy.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Raxmonazarov, Paxlovon Yigitalievich

Intellektual resurslardan foydalanmay, innovatsiyalarni faol qo‘llamay iqtisodiyotni muvozanatli o‘sishni hamda iqtisodiy-ekologik tizimlarning barqaror rivojlantirishni amalga oshirib bo‘lmaydi. Albatta barqaror rivojlanish zamirida mavjud resurslardan samarali foydalanish yotadi. Xususan, iqtisodiy tizimni rivojlanishi o‘z navbatida yuqori darajadagi resurslarni sarf etishni talab qiladi. Bu esa, ekologik tizim barqarorligiga salbiy ta’sir etadi. Shu bois, umumiy holda barqaror rivojlanishni o‘rganish iqtisodiy va ekologik tizimlar uzviyligini alohida qarab o‘tishni talab etadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DESCRIPTION OF THE TERRITORIAL ECONOMIC AND ECOLOGICAL SYSTEM AND ITS SUSTAINABILITY

Without the use of intellectual resources and the active use of innovations, balanced economic growth and sustainable development of economic and ecological systems are impossible. At the heart of sustainable development, of course, is the efficient use of available resources. In particular, the development of the economic system, in turn, requires a high level of resources. This has a negative impact on the sustainability of the ecosystem. Therefore, the study of sustainable development in general requires a special consideration of the interdependence of economic and ecological systems.

Текст научной работы на тему «HUDUDIY IQTISODIY-EKOLOGIK TIZIM TAVSIFI VA UNING BARQARORLIGI»

Scientific Journal Impact Factor

HUDUDIY IQTISODIY-EKOLOGIK TIZIM TAVSIFI VA UNING

BARQARORLIGI

Raxmonazarov Paxlovon Yigitalievich

Farg'ona politexnika instituti

ANNOTATSIYA

Intellektual resurslardan foydalanmay, innovatsiyalarni faol qo 'llamay iqtisodiyotni muvozanatli o'sishni hamda iqtisodiy-ekologik tizimlarning barqaror rivojlantirishni amalga oshirib bo'lmaydi. Albatta barqaror rivojlanish zamirida mavjud resurslardan samarali foydalanish yotadi. Xususan, iqtisodiy tizimni rivojlanishi o 'z navbatida yuqori darajadagi resurslarni sarf etishni talab qiladi. Bu esa, ekologik tizim barqarorligiga salbiy ta'sir etadi. Shu bois, umumiy holda barqaror rivojlanishni o'rganish iqtisodiy va ekologik tizimlar uzviyligini alohida qarab o 'tishni talab etadi.

Kalit so'zlar: Iqtisodiy-ekologik tizimlar, barqaror rivojlanish, iqtisodiy va ekologik tizimlar uzviyligi, iqtisodiyotning fundamental muammosi.

Without the use of intellectual resources and the active use of innovations, balanced economic growth and sustainable development of economic and ecological systems are impossible. At the heart of sustainable development, of course, is the efficient use of available resources. In particular, the development of the economic system, in turn, requires a high level of resources. This has a negative impact on the sustainability of the ecosystem. Therefore, the study of sustainable development in general requires a special consideration of the interdependence of economic and ecological systems.

Keywords: Economic and ecological systems, sustainable development, integration of economic and ecological systems, fundamental problems of the economy.

Без использования интеллектуальных ресурсов и активного использования инноваций невозможно сбалансированный экономический рост и устойчивое развитие экономических и экологических систем. В основе устойчивого развития, конечно же, лежит эффективное использование имеющихся ресурсов. В частности, развитие экономической системы, в свою очередь, требует большого количества ресурсов. Это отрицательно сказывается на устойчивости экосистемы. Следовательно, исследование устойчивого

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

Scientific Journal Impact Factor

развития в целом требует особого рассмотрения взаимозависимости экономических и экологических систем.

Ключевые слова: экономические и экологические системы, устойчивое развитие, интеграция экономических и экологических систем, фундаментальные проблемы экономики.

"Barqaror rivojlanish" tushunchasi atrof-muhit va rivojlanish bo'yicha Xalqaro komissiya (Brutland Komissiyasi) tomonidan 1987 yilda kiritilgan. "Barqaror rivojlanish" bu joriy ehtiyojlarni kelgusi avlod talab ehtiyojlarini xavf-xatarga qo'ymagan holda qondirishdan iboratdir. Yuqorida ta'kidlab o'tganimizdek, iqtisodiy va ekologik tizim o'zaro bir butun holda amal qiladi, ya'ni, biri ikkinchisisiz natija bermaydi. Chuqur, o'rganadigan bo'lsak, barqaror rivojlanish iqtisodiyotning fundamental muammosini hal etishga qaratilgan [1-7].

Mazkur fundamental muammoni hal etish bilan bog'liq qarashlarning rivojlanishi natijasida barqaror rivojlanish konsepsiyasi yuzaga keladi. Barqaror rivojlanish konsepsiyasi jamiyatning uch faoliyat sohasining, ya'ni, ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik faoliyatlar birlashishi natijasida paydo bo'lgan [8-11].

Ekologik nuqtai-nazardan barqaror rivojlanish biologik va fizik tizim barqarorligini o'z ichiga oladi. Bunda, asosiy e'tibor ekologik tizimlarni o'zgarishlarga moslashishini ta'minlashdan iborat. Tabiiy resurslarni ishlatilishi, atrof-muhit ifloslanishi va biologik turlarni yo'qolishi ekologik tizimlarni o'z-o'zini tiklash imkoniyatini yo'qotadi [12-19].

Zamonaviy bosqichda ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarning rivojlanishida barqarorlik va muvozanatlikni boshqarish masalasi muhim o'rin tutmoqda. Shu o'rinda, barqaror va muvozanatli rivojlanishning muhim va nisbatan kam o'rganilgan jihati bu ekologik barqarorlikni ta'minlash hamda boshqarish hisoblanadi.

Iqtisodiy-ekologik tizimning barqarorligini boshqarish bu tizimning tashqi ta'sir natijasida ichki muhit elementlari orasidagi muvozanatni mustaqil ta'minlash imkoniyatidir [3]. Umumiy holda, tashqi muhitning salbiy ta'sirlari sharoitida tizim o'z elementlarining hususiyatlari, sifat va miqdor xossalarini hamda o'zaro aloqadorligini saqlay olishini boshqarish tushuniladi. Boshqacha aytganda, tizim noqulay tashqi ta'sirda o'z vazifalarini zaruriy darajada bajarsa barqaror boshqarilayotgan hisoblanadi [4]. Iqtisodiy-ekologik tizimlarning sifat tavsifi ekologik, iqtisodiy, ijtimoiy va institusional tarkiblardan tashkil topadi hamda ularning o'zaro aloqalaridan iboratdir [21-24].

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Hududiy iqtisodiy-ekologik tizimning tarkibiy tuzilishi va ularning o'zaro aloqasini bir butun holda o'rganish barqaror rivojlanishni samarali boshqarish orqali ta'minlash uchun zarur. Jumladan, ular iqtisodiy, ekologik hamda ijtimoiy bo'limlardan tashkil topadi va ularning barqarorligi asosida umumiy holda samarali boshqarish bilan barqarorlik ta'minlanadi.

Tizim tarkibidagi ekologik unsurlar barqarorligi atrof-muhitning ifloslanishi va ishlab chiqarish hamda iste'mol chiqindilarini yo'qotish (utilizatsiyalash) darajasini to'g'ri boshqarishga bog'liq. Ekologik barqarorlik tabiiy-iqtisodiy barqarorlikdan farqlanib, bunda iqtisodiyotning tabiiy resurslar bilan ta'minlanganlik darajasi hisobga olinib baholanadi. O'z navbatida, ekologik barqarorlik tashqi muhitning doimiy o'zgarishlardagi omillari ta'sirida o'zini doimiylik muvozanatini saqlashi bilan belgilanadi. Ekologik yondashuv zamirida iqtisodiyotda tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanishga qaratilgan boshqaruv qarorlari yotadi.

Iqtisodiyotdagi tabiiy resurslarning mavjudligi ishlab chiqarish salohiyatini belgilab beradi. Shunday bo'lsada, undan foydalanishda innovasion usullarni keng joriy etish barqaror rivojlanish sharti hisoblanadi. O'z navbatida, iqtisodiy barqarorlik ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanilishiga bog'liq bo'ladi. Iqtisodiy barqarorlikning keng miqyosli tasnifi jahon bozoriga aniq turdagi tovar va xizmatlar taklifming mavjud darajasi bilan belgilanadi. Jumladan, iqtisodiy barqarorlik ekologik muvozanatni saqlagan hamda buzmagan yohud ekologik soflikni oshirgan holda iqtisodiy o'sishni ta'minlashga qaratilgan.

Iqtisodiy-ekologik tizim bu o'zaro bog'liq tuzilmalarning (iqtisodiy va ekologik) umumiy maqsadga erishish uchun o'zaro ta'sirli jarayoni bo'lib, tizim harakati mazkur bog'lanish asosida rivojlanadi. Iqtisodiy-ekologik tizim bilan bog'liq tadqiqotlarni ko'rsatishicha, mazkur masala makrodarajada o'rganilishi bilan birga, hududiy darajada (ma'muriy-hududiy birliklar, yoki ularning guruhi va mintaqalari yoki boshqa belgilari bo'yicha tasnifiy birliklaridan) ham tahlil etiladi.

Turli olimlar tomonidan berilgan tariflar turlicha bo'lsada, ularning diqqat markazida jamiyat iqtisodiy rivojlanishi va atrof-muhitning o'zaro ta'siri hamda o'zaro bog'liqligi nazarda tutiladi. Bunda asosiy e'tibor iqtisodiy-ekologik tizim ostida hududning iqtisodiy va tabiiy resurs komponentlarini o'zaro aloqasi va bog'liqligini ifodalovchi tuzilmani tushunish lozim. Iqtisodiy-ekologik tizimlarni geografik joylashuvi bo'yicha global, hududiy, mahalliy turlarga ajratish mumkin. Iqtisodiy-ekologik tizimning global darajasi ekologik yo'naltirilgan ijtimoiy-iqtisodiy shakli bo'lib, uning asosiy maqsadi barqaror rivojlanish hisoblanadi.

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 11

educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

XULOSA

Bizning fikrimizcha, yuqoridagi olimlarning bergan ta'rif va tasniflari asosida keng miqyosli mualliflik ta'rifini berish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Bizningcha, iqtisodiy-ekologik tizim bu ko'p qamrovli murakkab tushuncha bo'lib, uning tarkibiga kiruvchi xo'jalik sub'ektlari tomonidan takror ishlab chiqarishni amalga oshirishda moddiy-texnik, mehnat, moliyaviy, tabiiy resurslar, tovar va xizmatlarni takror ishlab chiqarish yo'nalishida samarali boshqarish jarayonidir. Shuningdek, tizim takror ishlab chiqarish sharoitlarini shakllanishini ham o'z ichiga oladi. Iqtisodiy-ekologik tizimlar boshqaruv jarayonida iqtisodiy va ekologik tizimlarning birligi sifatida qaralib, jamiyat va atrof-muhit yaxlitligidan tashkil topadi.

REFERENCES

1. Гизатуллин, Х. Н., & Троицкий, В. А. (1998). Концепция устойчивого развития: новая социально-экономическая парадигма. Общественные науки и современность, (5), 124-130.

2. Мунасингхе, М., & Круз, В. (1995). Экономическая политика и окружающая среда. Опыт и выводы. Публикации Всемирного банка по проблемам окружающей среды. Вып. 10. Вашингтон, округ Колумбия.

3. Малышев, А. А., & Солодков, Н. Н. (2014). Факторы, влияющие на устойчивость эколого-экономической системы. Нива Поволжья, (1 (30)).

4. Резник, Г. А., & Малышев, А. А. (2008). Экономические методы и инструменты управления эколого-экономической системой. In Социально-экономические проблемы развития предприятий и регионов: сборник статей VIIмеждун. научно-практической конференции (p. 66).

5. Tuychieva Odinaxon Nabiyevna. (2021). Economic potential of enterprises and its essence. Academicia Globe: Inderscience Research, 2(6), 49-53. https://doi.org/10.17605/OSF.IO/R7FN8

6. The economy of the enterprise (firm). Textbook / Ed. rof. O.I .Volkova and Assoc. O..V Devyatkina. M .: INFRA-M, 2007.-601s

7. Камбаров, Ж. Х. (2016). Задачи управления рисками на предприятии. Журнал научных публикаций аспирантов и докторантов, (5), 8889.

8. Tuychieva, O. N. (2020). On the problem of training competitive personnel for the digital economy. Theoretical & Applied Science, (5), 701-707.

9. Камбаров, Ж. Х., & Акрамова, С. С. (2016). Анализ современных моделей корпоративного управления. Журнал научных публикаций аспирантов и докторантов, (3), 9-14.

Scientific Journal Impact Factor

10. Tuychieva, O. (2019). Questions of increasing economic efficiency of production. Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(8), 105-108.

11. Kambarov, J. X., & Maxmudova, N. J. K. (2016). Zadachi upravleniya riskami na predpriyatii. Jurnal nauchnbix publikatsiy aspirantov i doktorantov, (5), 88-89.

12. Rakhmonazarov, P., & Akhunova, M. (2019). Theoretical aspects of sustainable development of regional economic ecosystems and assessment methods. Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(8), 136-143.

13. Камбаров, Ж. Х. (2016). Инкирозга карши инновацион механизмни такомиллаштириш. Экономика и финансы (Узбекистан), (4).

14. Туйчиева, О. (2021). Zamonaviy biznes-ta'limni rivojlantirish masalalari. Ицтисодиёт ва таълим, (3), 202-205.

15. Камбаров, Ж. Х. (2019). Ишлаб чикариш рискларининг бошкаришнинг саноат ривожланишига таъсири масалалари. Экономика и финансы (Узбекистан), (9).

16. Рахмоназаров, П. Й., & Халилов, А. (2018). Пути совершенствования организацией управления эколого-экономическими системами территории. Актуальная наука, (11), 26-28.

17. Камбаров, Ж. Х., & Комилжанов, Ш. И. (2020). Кадровые проблемы в сфере туризма. Вопросы науки и образования, (3 (87)).

18. Kambarov, J. X., & Kuchkarov, D. (2019). Влияние бренда на торговую политику компании. Theoretical & Applied Science, (5), 277-280.

19. Rakhmonazarov, P. Y., & Usmonov, A. A. Analysis of ecological indicators of territories.

20. Камбаров, Ж. Х. (2010). Совершенствование тактики и стратегии антикризисного управления на промышленных предприятиях. Биржа-Эксперт.

21. Камбаров, Ж. Х. (2012). Совершенствование экономического механизма антикризисного управления на малых производственных предприятиях. Дис. к. э. н.-Т.: ТДИУ, 2012. 156 б. Т.: ТДИУ, 2012. 156 б.

22. Kambarov, J. X., & Kuchkarov, D. (2019). Influence of brand on the company's trade policy. ISSJ Theoretical & Applied Science, 5(73), 277-280.

23. Rakhmonazarov, P. (2021). Evaluation of efficiency of management of sustainable development of economic and ecological systems. Актуальные научные исследования в современном мире, (2-7), 63-67.

24. Камбаров, Ж. Х., & Умаров, У. П. (2010). Совершенствование механизма антикризисного управления на предприятиях на основе инноваций.

Т, (9), 29.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.