Научная статья на тему '“LIBOS DIZAYNI TA’LIMIDA EKOLOGIK – INNOVATSION MATOLARNING AHAMIYATI VA ZAMONAVIY MODA – KOSTYUM DIZAYN SANOATIGA TADBIQ ETISHNING ISTIQBOLLARI”'

“LIBOS DIZAYNI TA’LIMIDA EKOLOGIK – INNOVATSION MATOLARNING AHAMIYATI VA ZAMONAVIY MODA – KOSTYUM DIZAYN SANOATIGA TADBIQ ETISHNING ISTIQBOLLARI” Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
715
81
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ekologik material / barqaror moda / alternativ / vegan / charm / ekstrakt / etik moda / innovatsiya / barqaror to`qimachilik / toksik / kimyoviy moddalar. / Eco-friendly material / sustainable fashion / alternative / vegan / leather / extract / ethical fashion / innovation / sustainable textile / toxic / chemicals.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Yusupova Shohista Maqsud Qizi, Xodjayeva Umida Muratovna

Maqolada moda sanoatining ekologik barqarorlikka ta’siri, natijalari, kamchiligi va uning alternativ yechimlari o`rganilgan. Ekologik, innovatsion matolarning rivojlanishi, ahamiyati, afzalliklari keltirib o`tilgan. Etik va barqaror moda dizaynining tahlili, rivojlanish ahamiyati bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

"THE IMPORTANCE OF ECOLOGICAL AND INNOVATIVE FABRICS IN CLOTHES DESIGN EDUCATION AND PROSPECTS FOR APPLICATION TO MODERN FASHION IN THE COSTUME DESIGN INDUSTRY"

The article examines the impact of the fashion industry on environmental sustainability, its results, shortcomings and alternative solutions. The development, importance and advantages of ecological, innovative fabrics are described. An analysis of ethical and sustainable fashion design, the importance of development is explained.

Текст научной работы на тему «“LIBOS DIZAYNI TA’LIMIDA EKOLOGIK – INNOVATSION MATOLARNING AHAMIYATI VA ZAMONAVIY MODA – KOSTYUM DIZAYN SANOATIGA TADBIQ ETISHNING ISTIQBOLLARI”»

"LIBOS DIZAYNI TA'LIMIDA EKOLOGIK - INNOVATSION MATOLARNING AHAMIYATI VA ZAMONAVIY MODA - KOSTYUM

DIZAYN SANOATIGA TADBIQ ETISHNING ISTIQBOLLARI"

Yusupova Shohista Maqsud qizi 2-kurs magistrant, Nizomiy nomidagi TDPU

Xodjayeva Umida Muratovna, Dotsent, Kamoliddin Behzod nomidagi MRDI

Annotatsiya. Maqolada moda sanoatining ekologik barqarorlikka ta'siri, natijalari, kamchiligi va uning alternativ yechimlari o^rganilgan. Ekologik, innovatsion matolarning rivojlanishi, ahamiyati, afzalliklari keltirib o^tilgan. Etik va barqaror moda dizaynining tahlili, rivojlanish ahamiyati bayon etilgan.

Kalit so'zlar: Ekologik material, barqaror moda, alternativ, vegan, charm, ekstrakt, etik moda, innovatsiya, barqaror to^qimachilik, toksik, kimyoviy moddalar.

Аннотация: В статье исследуется влияние индустрии моды на экологическую устойчивость, его результаты, недостатки и альтернативные решения. Дается описание развития, важности и преимуществ экологичных инновационных тканей. Анализ этичного и устойчивого дизайна моды, важность развития объясняется.

Ключевые слова. Экологичный материал, устойчивая мода, альтернатива, веган, кожа, экстракт, этическая мода, инновация, экологичный текстиль, токсичные вещества, химические вещества.

Abstract. The article examines the impact of the fashion industry on environmental sustainability, its results, shortcomings and alternative solutions. The development, importance and advantages of ecological, innovative fabrics are described. An analysis of ethical and sustainable fashion design, the importance of development is explained.

Key words. Eco-friendly material, sustainable fashion, alternative, vegan, leather, extract, ethical fashion, innovation, sustainable textile, toxic, chemicals.

KIRISH

Kostyum dizayn sanoatida barqaror to'qimachilik innovatsiyalari tez suratlarda rivojlanmoqda. Bozorga kirib kelayotgan yangi matolar mavjud variantlarga qaraganda ekologik jihatdan ancha barqaror va ishlash sifatiga ega. "Pinatex" kabi yuqori sifatli matolar - bu ushbu kostyum dizayn sanoatining innovatsion to'qimachilik mahsulotlarining saralaridan hisoblanadi. Maqolada aynan

shu barqaror modaning ekologik tola va matolari tahlil qilindi. Ushbu qiziqarli va

240

Scientific Journal Impact Factor

barqaror alternativlar yordamida resurslarni ko'p sarflaydigan paxta va plastik otkazuvchan poliesterdan uzoqlashish mumkin. Shu kunlarda kiyim-kechak do'koniga borilganda, shunisi aniq-ki, kiyimlarning aksariyati paxtadan, poliesterdan yoki ikkalasining aralashmasidan tayyorlangan bo'ladi. Qimmatroq do'konlarda esa zig'ir va junni topish mumkin, ammo aksariyat hollarda kostyum dizayni sanoati hozirgi kunda kiyimlarni tikish mumkin bo'lgan bir nechta matolargagina ega holos.

Bu holat esa yaqin yillarda o'zgarishi mumkin. To'qimachilik dunyosida ajoyib kashfiyotlar amalga oshirilmoqda. Dizaynerlar va ixtirochilar har bir kir yuvish (poliester) bilan plastik mikrofiber ifloslanish dispersiyasi (yoyilishi) yoki ko'p miqdorda suv va pertistidlar (masalan, paxta) talab qilmaydigan yanada ekologik matolarni yaratish metodlarini kashf etmoqdalar.

Yangi moda standartini joriy etilish jarayoni va tasdiqlanishi, ya'ni moda sikllarining almashishi, "moda innovatsiyasi" hisoblanadi.

Bizning kiyimlarimiz qanchalik barqaror holatdaligi aslida, ularning aksariyati ular nimadan tayyorlanganiga bogliqligidadir. Materiallar, matolar -insoniyatning eng qadimgi texnologiyalaridan biri, ammo ularning aksariyati "hayvonot, o'simlik yoki mineral"lardan biz kiyadigan kiyim-kechak, poyabzal va aksessuarlarga aylanib, ulkan miqdordagi resurslarni sarf etadi.

Matoning hayot siklida neft, quruqlik va suvdan tortib pestitsidlar, kimyoviy vositalar va bo'yoqlargacha bolgan son-sanoqsiz manbalardan foydalaniladi. E'tibor bilan o'ylab qaralsa, qanday qilib paxmoq paxta, g'adir-budur yog'och va gouey moylari teriga yaxshi ta'sir ko'rsatadigan va kunni yorqinlashtiradigan silliq, yumshoq, rang-barang matolar bo'lib qolishi mumkin, aslida, bu matolarni haridor qoliga tushgunga qadar boshqaradigan qollar mavjud.

Mazkur maqolani tahlil qilish jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik va obyektivlik usullaridan keng foydalanildi. Bugungi kunda "Libos dizayni ta'limida ekologik - innovatsion matolarning ahamiyati va zamonaviy moda - kostyum dizayn sanoatiga tadbiq etishning istiqbollari" ning ahamiyati haqida tahlil olib borildi. Maqolani yoritish jarayonida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning tarixi va ma'naviy merosini o'rganishga oid bergan uslubiy ko'rsatmalari hamda, M.V. Kokovinaning "Эко дизайн на стыке наук. Дизайн костюма, матераловедение, бионика, культурология, экология" nomli asari metodologik nazariy-uslubiy asos bo'lib xizmat qildi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA.

Scientific Journal Impact Factor

MUHOKAMA VA NATIJALAR.

1970 yillarda texnologik inqilob negativi natijasida insoniyat oldida "real ekologik xavf' to'g'risida muammolar yuzaga kela boshlandi. Loyihalashni printsipial yangi ekologik nuqtai nazaridan yaratish, dizayn sanoati oldida mutlaqo yangi vazifalarni vujudga keltirdi. 1980 yilda dizaynda qat'iyan yangi kontseptsiyalar muqim o'rnashdi: "alternativ dizayn", "metaforik dizayn", "antifunktsionalizm", "yangi dizayn", ular dizaynni sotsiomadaniyat funktsiyalarning asosi deb hisoblanadi.

"Tabiiy muhitning inqirozi dunyoviy jarayonga aylandi, u inson faoliyatida keskin o'zgarishlarni talab qiladi. Ekologik krizis odamzotdan maqsadga erishish uchun vositalarni va usullarni qayta ko'rib chiqishga talab qiladi, chunki muammolar faqat moddiy sabablari emas, balki ruhiy sabablari tasirida ham sodir boladi. "Ekologik loyihalash"ning aniq chegarasi yo'q - dizaynda har qanday yo'nalish ekologik bolishi mumkin, ular ekologik etika printsiplarini davo qiladi va insonni tashqi muhit bilan uyg'un munosabatda bo'ladi.

Kostyum dizaynerlar ijodida ham ekologik muammolar inobatga olina boshladi. Dastlab 1970 yillar oxiri-1980 yillar boshida "ekologik uslub" paydo bolishi bilan ekologik mavzu ro'y berdi, modaga tabiiy toladan, asosan zig'ir va ip matolar, tabiiy ranglar, qolda ishlangan bezaklar va boshqalar kirib keldi. 1993-1994 yillarda "ekologik uslub" yana modaga kirdi. Ammo, ekologik muammolarni kiyim dizayniga ta'siri uni loyihalash printsiplarida katta o'zgarishlarni ro'y berishiga olib keldi."1

Dizaynning ekologik yo'nalishlari quyidagilar:

- iste'molni ekologizatsiyalash;

- yangi "ekologik" material va texnologiyalarni qidirish;

- ongni ekologizatsiyalash;

- inson va madaniyatning ekologiya bilan bogliq muammolarini yechish.

Iste'molni ekologizatsiyalash. "Sivilizatsiyali" inson haddan tashqari moddiy

boyliklarini iste'mol qilishi ekologik krizisni ro'y berish sabablaridan biridir. Talabning o'sishi yangi ehtiyojlarni paydo bo'lishiga sabab bo'ldi, shu bilan birga yaqinda bazilar uchun bashang bolgan buyumlar koplar uchun kundalik buyumga aylanib qoldi. Yangi talablarning paydo bolishi va ularni qondirish tabiiy tizimga shikast etkazib, global ekologik krizisga olib keldi. Dunyoda o'tqazilgan ko'p ilmiy tadqiqot ishlari natijasida quyidagi xulosa ayon boldi: turmush sifati va iqtisodning

1 "Kostyum dizayni" fanidan ma'ruza matni, Joldasov Furqat, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti,

Nukus, 2019.

Scientific Journal Impact Factor

o'sish surati, iste'mol hajmi va insonning oz turmushi bilan mamnun bo'lishi bilan bevosita bog liqlik yo'q. Demak, turmush tarzini o'zgartirishga eng muhim yo'nalish - bu "iste'molni ekologizatsiyalash", ya'ni iste'molni oqilona kamaytirish, mutanosib ekologik iste'mol me'yorlarni tarqatish va uzoq vaqt davomida foydalanadigan buyumlarga qaytish. Iste'molni ekologizatsiyalash muammosi dizayn vazifalarini quyidagicha o'zgarishiga olib keldi:

- dizayn mollarni iste'mol qilishni kamaytirish;

- materiallar va texnologiyalarni qaytadan ko'rib chiqish;

- iste'molning yangi tarkibini tuzish.

Iste'molning ekologik to'g'ri uslubini yaratish faqat uni kamaytirishni nazarda tutmasdan, balki ekologik xavfsiz buyumlar bilan foydalanishga yo'naltirish, ular bezarar va chiqindilarsiz texnologiyalar qollanib ishlangan bolishi lozim.

Iste'molchilar to'g'ri muamola etishi uchun ekologlar quyidagi yo'nalishlarni tavsiya etadilar:

- iste'molni kamaytirish;

- ekologik bezarar buyumlar foydasiga talabni yo'naltirish;

- ekologik samarali buyumlarni harid etish;

- retsirkulyatsiya, ya'ni chiqindilarni qayta ishlash maqsadida utilizatsiya

etish;

- ekologik masalalar bo'yicha shikoyat va noroziliklar bildirish;

- buyumlarni o'rashni (upakovkasini) kamytirish dasturlari - jildini ortiqcha qatlamlarini yo'qotish, kerakli jild elementlarini qayta foydalanishni maksimalizatsiyalash; va h.k.

Ishlab chiqarishni ekologizatsiyalash. Bu yo'nalish texnologik jarayon bilan bogliq quyidagi muammolarni yechadi:

- tabiiy boylikni tejash;

- bezarar va chiqindisiz texnologiyalarni qollash;

- buyumlar bilan qayta foydalanish;

- ekologik "aylanish" bilan shug'ullanish.

Kostyumda ushbu muammolar quyidagicha yechiladi:

- birinchidan, tashqi muhitda o'zlashtirilmaydigan sun'iy sintetik materiallardan foydalanmaslik, chunki ularni ishlab chiqarilishi tashqi muhitni iflos qiladi va insonni sogligiga putur yetkazadi (masalan, statik elektrni to'playdi);

Scientific Journal Impact Factor

- sintetikaning o'rniga ana'naviy tabiiy materiallardan foydalanish tavsiya

etiladi.

Masalani yechishda tabiiy materiallarning o'rnini bosuvchilar kiyimda qanday qo'llanilishi kerakligi to'g'risida bir ma'noli javob yo'q. Yangi xossali, ayniqsa yuqori ekspluatatsion xossalaridan tashqari o'zi irish xossasiga (biodegradabli) ega bo'lgan materiallarni va ekologik toza mahsulotni ishlab chiqarish maqsadida bezarar va chiqindisiz texnologik jarayonlarni yaratish perspektiv deb hisoblanadi.

"Alternativ ekonomika"ning tarafdorlari ekologik ishlab chiqarishda qiziqarli g'oyani tavsiya etadilar. Ularning fikri bo'yicha xom ashyoni minimal talafotini ta'minlaydigan mukammal texnologiyaga asoslanish zarur va aholini kichkina guruhining talablarini qondirish uchun buyumlarni kam seriyali ishlab chiqarish, ular resurslarni katta tejamligiga olib keladi, chunki faqat kerakli mahsulot ishlanadi. Mantiqqa zid ravishda uslublar ko'pligi, loyihalash differentsiatsiyasi, bir xil buyumlarni ommabop seriyali ishlab chiqarishdan ancha tejamli bo'lib chiqadi.

O'z qadriyatlar asosida materiallarni tanlash. Modadagi materiallar va tolalar murakkab masala ekanligi ma'lum. Ekologik toza materiallar ro'yxati statik emas va doimiy ravishda rivojlanib boradi, chunki kun sari ko'p tadqiqotlar va ma'lumotlar paydo bo'ladi. Albatta, tovar belgilari nafaqat materiallarga tegishli bo'lishi kerak. Masalan, organik paxtadan foydalanadigan, ammo yetkazib berish zanjiridagi issiqxona gazlari chiqindilari, to'qimachilik chiqindilari yoki mehnat huquqlari muammolarini hal qilmaydigan brend eng yaxshi amaliyotdan yiroq, ammo eng barqaror materiallardan foydalanish yaxshi asosdir.

Tezkor modadan tortib to paxtagacha bizning atrof-muhitimizga va boshqa turlarga salbiy ta'sir ko'rsatadigan modani iste'mol qilish usullari ro'yxati juda uzoq davom etadi. Kam iste'mol qilish, qayta ishlash va ta'mirlashdan tashqari, barqarorroq kiyim va to'qimachilik mahsulotlarini toppish mukin. Yangi kiyim sotib olish kerak bolganda, qaysi matolarga e'tibor berish zarur. Ushbu maqolada bayon etilgan ekologik innovatsion material yoki yangilik, bu barqaror hayot tarziga yordam berishi mumkin.

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 1. "Pinatex" (Pinateks)

1-rasm. Ananas barglari.

Pinateks asosini tashkil etadigan xom ashyo ananas hosilining qo'shimcha mahsulotidir. Pinateks - bu Filippinda yetishtirilgan ananas barglaridan tayyorlangan material. Uning ishlab chiqarilishi an'anaviy teriga qaraganda ancha barqaror va umuman jonivorlardan foydalanilmaydi.

Pinateks matosi qo'shimcha suv yoki kimyoviy moddalarni talab qilmaydi, chunki u qoldiqlar ya'ni - ananasning qolgan barglaridan paydo bo'ladi. Masalan, buning uchun suv kamroq va yovvoyi hayot uchun ekologik jihatdan toksik bo'lgan zararli kimyoviy moddalar talab qilinmaydi. Barglarning qoldiqlari qayta ishlanib, o'g'it yoki biomassa uchun ishlatiladi. Har yili 40 ming tonnaga yaqin barglar ishlab chiqariladi va ularning aksariyati yoqib yuboriladi yoki chirishga qoldiriladi. Tolalar barglardan olinadi va charmga ajoyib tarzdagi alternativga, noto'qima matoga aylanadi. Bu plastmassa asosidagi vegan terisidan yaxshiroq, deb ta'kidlash mumkin, chunki u biologik parchalangan va qazilma yoqilg'isidan tayyorlanmaydi. Hozirda ushbu material Londondagi birinchi vegan mehmonxonalar to'plamini qoplash uchun ishlatilmoqda.

* - 2

i *

t J -

Hf

2-rasm. Pinatexning hayot sikli.

"Pinateks asoschisi doktor Karmen Xijosa Filippinda charmning ommaviy ishlab chiqarilishining atrof-muhitga zarar etkazishining keng tarqalganiga guvoh

245

bolgan. Bu doktor Xijosani ijtimoiy va ekologik jihatdan mas'uliyatli, charmni keng miqyosda takrorlashi mumkin bo'lgan noto'qimaa to'qimachilik mahsulotlarini yaratishga olib keladi, bu esa natijada atrof muhitga minimal ta'sir ko'rsatishi mumkinligi isbotini ko'rsata boshlaydi. U yetti yil davomida Pinateksni barcha bilgan va ma'qul ko'rgan mahsulotga aylantirish bo'yicha tadqiqotlar olib borgan va u nihoyatda noyob to'qimachilik mahsulotlarini doimiy takomillashtirish bilan shug'ullanib kelmoqda."2

Dizaynerlar pineteksni yaxshi ko'radilar, chunki u rulonli bolib, ular tartibsiz shakldagi hayvon terilari yordamida hosil bolgan chiqindilar sonini kamaytiradi. U bardoshli, yengil va unda kashta tikish va chop etish oson.

Dezeenning habar berishicha: "Terining taqqoslanadigan miqdoriga nisbatan kam yuk bosgan va baho qiymati kam bolgan Pinateksning bir kvadrat metrini yaratish uchun taxminan 480 barg ketadi."3

Ananas barglaridan hamda qishloq xojligi chiqindilaridan foydalanish, atrof-muhitga minimal ta'sir ko'rsatadigan fermer jamoalarini yetishtirish uchun keng miqyosli savdo sanoatini yaratishning imkoniyatini beradi.

Pinateksni tayyorlanish jarayonida, ananas barglari yig'ib olingach, ananas barglaridan dekortikator - o'simlik tolalari va yog'och kabi xom ashyolardan po'stloq yoki qobiqni olib tashlaydigan mashina yordamida tolalar olinadi. Bu jarayonda hech narsa isrof qilinmaydi, chunki biomassaning qoldig'i bioyoqilg'i yoki tabiiy o'g'it sifatida ishlatilishi mumkin.

2 "Barqaror dizayn va etik modada 5 innovatsion tolalar", https://medium.com/@madetrade/5-innovative-fibers-in-ethical-fashion-and-sustainable-design-29f4f613 8ddf

3 "Ananas barglaridan tayyorlangan alternative char - Pinatex", https://www.dezeen.com/2016/06/09/pinatex-ananas-anam-vegan-leather-alternative-ethical-recycled-pineapple-leaves-sustainable-materials-design-camper

246

Ekstraktsiya qilingan bu ananas barglari tolalari keyinchalik noto'qima to'r sifatida ishlab chiqarishdan oldin degum - ya'ni qaynatib ajratib olinadi. Keyinchalik moslashuvchan, ammo bardoshli materialni yaratish uchun noto'qima to'r Ispaniyaga tayyor mahsulotga aylantirish uchun yuboriladi.

7-rasm. Tugatish jarayoni 8-rasm. Pinatex tayyœ

mahsulot holati

Yakuniy mahsulot Pinateks nomli ananas terisidan olingan mato bolib, hozirda butun dunyo dizaynerlari tomonidan teriga alternativ sifatida ishlatilyabdi, undan poyabzal, aksessuarlar va qoplamalar ishlab chiqarishda keng foydalanilmoqda.

Pinateks mahsulotidan foydalangan brend sifatida Tooche - Latviyadagi mohir hunarmand, har bir poyafzalni ehtiyotkorlik bilan qo'l mehnatida yaratadigan poyabzalchilardan poyabzal brendi sifatida mashhur. Hunarmandlar uchun yashash harajatlari qoplanadigan bu brend, har bir poyabzalni tabiiy jun va pinateks kabi ekologik toza tabiiy materiallardan ishlab chiqaradi.

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

9-rasm. Tooche brendining Pinatex mahsulotidan ishlab chiqargan

poyabzallari.

Hugo boss krossovkalari va Pinateks.

"Dunyoga mashhur Hugo BOSS brendi mas'uliyatli moda dizaynida dadil qadam tashlaydigan yangi krossovkalarni taqdim etdi. Cheklangan modellar ananas barglari tolalaridan tayyorlangan, teriga innovatsion alternativ bolgan Pinateks bilan yaratildi. Natija esa sayyorada minimal iz qoldiradigan va nafis BOSS ko'rinishini beradigan erkaklar va ayollar uchun poyabzal kollektsiyasi dunyoga keldi.

10-rasm. Hugo BOSS krossovkasi.

Detal tafsilotlariga e'tibor berilsa, 'Vegan' poyabzalida paxtaning organik shnurlari bilan birgalikda, yengil qayta ishlangan TPU tagligi mavjud. Har bir tus tabiiy ravishda bo'yalgan bolib, ushbu yangi kumush uslub, ishlatiladigan komponentlar miqdorini kamaytirish uchun poyabzalga folga termal biriktirish orqali yaratilgan."4

4 "Pinatex shoes from BOSS. Innovation meets responsible design" https://www.hugoboss.com/uk/men-vegan-shoes/

248

Scientific Journal Impact Factor

11-rasm. Pinatex matosidan Hugo BOSS krossovkasini tayyorlash printsiplari.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Diqqat bilan qarasa, krossovka tayyorlash haqidagi mahoratni hosilni to tayyor mahsulotga aylangunga qadar bilib olish imkoni mavjud. Mavjud qishloq xojligining ikkinchi darajali mahsuloti, ushbu noyob to'qimachilik mahsulotlarini yaratish uchun ishlatiladigan ananas barglari, yetishtirish uchun qo'shimcha resurslarni talab qilmaydi va fermer jamoalariga qo'shimcha daromad keltiradi.

H&M - Ongli ekslyuziv.

12-rasm. Pinatex mahsulotidan tayyorlangan H&M brendi kurtkasi.

"H&M brendining ushbu mahsuloti metallik qoplamali sun'iy charm -pinateks bilan ishlov berilgan parcha matodan naqshli kalta kurtkasi bolib, yoqaning old qismi molniya taqilmali va tepa qismi strazlar (sun'iy qimmatbaho toshlar) bilan dekorativ parchinlangan. Uzun yenglarida esa molniya bilan manjetga ishlov berilgan. Astar qismi qayta ishlangan poliesterdan tikilgan. Pinateks bu qishloq xojligidan qolgan ananas barglari tolalaridan tayyorlangan innovatsion materialdir. Undan dizayn sanoatida charmga alternativ sifatida foydalanish mumkin."5

5 https://www2.hm.com/en_us/productpage.0737623001.html

249

Scientific Journal Impact Factor

Barqarorlik - bu ma'lum vaqtdagi trendli so zlardan ancha ko proq ahamiyatni kasb yetadi. Barqarorlikning uchta asosiy elementi:

- iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish;

- atrof-muhitni muhofaza qilish;

- ularning har biri boshqalarga nisbatan ko'rib chiqilishi kerak.

Barqarorlik juda muhim, chunki u dunyodagi xilma-xillik va ekotizimlarni

turli yoglar bilan himoya qilish bilan odamlarning hayot sifatini saqlaydi, tabiiy resurslarni muhofaza qilish, energiya tejashni ta'minlash, chiqindilar miqdorini kamaytirish, qayta ishlash va qayta ishlatish bilan kelajakka va iqtisodiyotga sarmoyalar kiritadi. Zamonaviy va xavfsiz sanoat muhiti inson huquqlarini hurmat qilish, ijtimoiy adolatni ta'minlash va barqarorlik doirasida mehnat huquqlarini himoya qilish orqali yaratiladi. Ekologik ishlab chiqarish shunchaki shov-shuv emas, balki barqarorlikni ta'minlashning asosiy yondashuvlaridan biridir. Bu energiya va xom ashyoning samarasiz ishlatilishiga olib keladigan ifloslanishni keltirib chiqaradigan jarayonlar va texnologiyalarni aniqlash, takomillashtirishga muhtoj bolgan nuqtalarni aniqlash va toza ishlab chiqarish imkoniyatlarini amalga oshirishni oz ichiga olgan tizimli yondashuv demakdir.

Dizayn sanoati va to'qimachilik mahsulotlarining umrbod ekologik ta'siriga ishlab chiqarish usullaridan tashqari xom ashyo, ularning kelib chiqishi va mahsulotning chidamliligi ta'sir qiladi. Umumiy sur'atda to'qimachilik mahsulotlarini xom ashyodan foydalanish va ularning atrof-muhitga ta'siri, kimyoviy, energetik, suvdan foydalanish, qadoqlash va qattiq chiqindilarni ishlab chiqarish, yoqimsiz hidlarning paydo bo'lishi va shovqin bilan ifloslanishi tufayli juda hayratlanarli o'zgarishlarga olib kelishi tabiiy. Dunyo aholisining yaxshilanishi va turmush darajasining yaxshilanishi tufayli to'qimachilik iste'molining ko'payishi, to'qimachilikning ekologik ta'siri bilan bir qatorda, ushbu sanoatning ekologik ko'rsatkichlarini yaxshilashni talab qiladi. Shu ma'noda, barqarorlik kontsepsiyasi to'qimachilik sohasida tashvishga soladigan masalaga aylanib ulgurgan.

To'qimachilik dunyodagi eng barqaror bolmagan mahsulotlardan biri bolishi mumkin. Xom ashyoni yetishtirishdan yoki uni neftdan tortib to ishlab chiqarish, sotish va yo'q qilishgacha bo'lgan butun umr davomida ular jiddiy muammo tug' dirishi mumkin.

Organik va ekologik toza matolar savdosining hayot siklining turli bosqichlarida iste'molchilar uchun ham, ishlab chiqaruvchilar uchun ham foydalar

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor

bor. Bunday eko matolarning talabi tobora ortib borayotganligi sababli, dizaynerlarning ushbu sohaga kirib borishi uchun katta imkoniyatlar mavjud.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROYXATI: (REFERENCES)

1. М.В.Коковина, "Эко дизайн на стыке наук. Дизайн костюма, матераловедение, бионика, культурология, экология." Сборник трудов международный научно-практической конференции "Инновации и дизайн".

2. Н.Ю.Митрофанова, "Современное текстильное искусство в поисках новых форм, смыслов и средств выразительности." Вестник Академии русского балета им. А. Я. Вагановой, 2019 г.

3. Ю.В.Назаров, В.В.Попова, "Инновационный текстиль. Основные виды и области применения." Международный научно-исследовательский журнал,

4. "Kostyum dizayni" fanidan ma'ruza matni, Joldasov Furqat, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti, Nukus, 2019.

5. Sandy Black, "The Sustainable Fashion Handbook", 2012.

6. Kirsi Niinimaki, "Sustainable Fashion in a circular economy", 2019.

7. Ritu Pandey, Pintu Pandit, Amarish Dubey, "Sustainable solutions for fashion & textile industry", 2020.

8. Eleonora Trivellin, Giuseppe Lotti, Marco Marseglia, Elisa Matteucci, "Textile Historical Sustainability and Innovative Textile Products", 2020.

9. https://www.dezeen.com/2016/06/09/pinatex-ananas-anam-vegan-leather-alternative-ethical-recycled-pineapple-leaves-sustainable-materials-design-camper/

2020 г.

2016 г.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.