Tabiat va jamiyat dialektikasning o'ziga xos jihatlari
Iqlas Nogaibayev Almagambetovich tayanch doktorant, Qoraqalpoq davla universiteti
Nukus, O'zbekiston
Особенности диалектики природы и общества
Ыклас Ногаибаев Альмагамбетович, докторант, Каракалпакский государственный университет
Нукус, Узбекистан
The peculiarities of the dialectic of nature and society
Iqlas Nogaibayev Almagambetovich basic doctoral student, Karakalpak State University
Nukus, Uzbekistan
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada tabiat va jamiyat dialektikasining mazmuni va o'zgachaliklari ko'rsatilgan. Tabiat va jamiyat munosabatlarin o'ziga xos taraflari tizimli o'rganilgan. Tabiat va jamiyat qonunlari va ularning bugungi kundagi holati tahlil qilingan.
АННОТАЦИЯ
В статье раскрывается содержание и особенности диалектики природы и общества. Систематически изучаются особенности взаимоотношений природы и общества. Анализируются законы природы и общества и их современное состояние.
ABSTRACT
This article describes the content and features of the dialectic of nature and society. The peculiarities of the relationship between nature and society have been systematically studied. The laws of nature and society and their present state are analyzed.
Kalit so'zlar: tabiat, jamiyat, dialektika, munosabat, qonun, tizim, ekologiya, ekologik borliq.
Ключевые слова: природа, общество, диалектика, отношение, закон, система, экология, экологическое бытие.
Keywords: nature, society, dialectics, attitude, law, system, ecology, ecological being.
Kirish(introduction)Insonyat jamiyati tarixda tabiatga munosabati qanday bolganligi, hozirda va kelajakda qanday bolish masalasi "tabiat va jamiyatning" o'zora tasir dialektikasin o'rganish orqali tuchunsak boladi. Sababi "tabiat va jamiyat" tizimi o'z ora dialektik bog'lig' bo'lib, bu dialektik bo'glig'lik uzoq o'tmishga bo'rib taqaladi.
Jahon jamiyatshiligining rivojlanishi hozirgi holatida global ekologik krizis xavfi kuchayishi bilan ajralib turadi, bu ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, maʼnaviy muammolarini eshishda asosiy to'siq bo'lib va yerdagi harakatning eng ijtimoiy formasi o'limiga olib kelishi mumkin. Insoniyat "tabiat-jamiyat" tizimi rivojlanishining eng ahamiyatli bosqichiga yetib keldi, bu esa jamiyatning borlig'ining birmuncha muammolarini va uning tabiiy muhit bilan o'zaro tasirini qayta o'ylashni talab qiladi. Inson faoliyati intensivlashining kuchayishi bilan uning atrof muhitga tasir darajasi har 12-15 yilda ikki baravar ko'paydi, siyosiy voqealarning rivojlanishi bilan sotsial-tabiiy munosabatlar mazmuni, jamiyatning borgan sari kuchayib borayotgan tasiri tabiat uning tarkibidagi o'zgarishlar va ekologik munosabatlarning buzilishi, tabiat-jamiyat ortasidagi dinamik muvozanat buzildi. Buning sababi jamiyatning rivojlanishi bilan sur'ati tabiiy muhit o'zini-o'zi rivojlantirish va qayta ishlab chiqarish tezligiga nisbatan keskin tez. Shuning uchun global ekologik krizis xavfi kuchayib barmoqda, bu xavfli, tezlashtirilishi harakatga va ijtimoiy rivojlanishning yomon oqibatlariga olib kelishi mumkin[1, Issue 3]. Demak, jamiyat va tabiat ortasidagi bog'liqlik ularning bir butunligida yanada ularning tasir qilishda ko'rinadi. Insoniyat jamiyati paydo bo'lishi bilan tabiatda birdan o'zgarishlarni keltirib chiqargani yoq. Shuning uchun tabiat va jamiyat ortasidagi o'zgarishlar sababi inson faoliyatining takomillashishdan, insoniyat jamiyati tabiat qonunlariga befarq munosabatda bo'lishdan ko'rishimizga bo'ladi.
Methods. Jamiyat va tabiat o'zaro dialektik qonunlar orqali bog'langan bo'lib bu qonuning buzilishi qarama-qarshi jarayoni keltirib chiqarishi mumkin. Lekin, tabiat va jamiyat qonunlari bir-biridan farqlanadi. Tabiat qonunlari yer yuzida insoniyat paydo bo'lmasidan oldinda bor bo'lgan. Tabiat qonunlari- turli tizimlardagi umumiy, takroriy, barqaror munosabatlarni tasvirlaydi. Ular ongsiz kuchlar sifatida, stixiyali tarzda harakat qiladi.
Tabiat umumiy qonunlariga: tabiatdagi umumiy bog'liqlik, bir butunlik, tizimli, evolyutsion rivojlanish qonuni, barqaror va o'zgaruvchanlik, materiya va energiyaning bir turdan ikkinchisiga o'tish qonuni va boshqalar kiradi.
Tabiatning yakka qonunlariga-( jonli tabiat qonunlari) fizika, ximik, geografik, gidrologik, astronomik va boshqalarini, (jonli tabiat qonunlari) biologik, genetik, mikrobiologik, tibbiy va boshqa qonunlari ko'rsatish mumkin. Yana, (jonli va jonsiz tabiatning munosabatlari asosidagi qonunlar) ekologik qonunlarni ko'rsatish mumkin[2,58 б]. Asos sifatida tabiatni olib qaraymiz, sababi jamiyatning ekologik borlig'i tabiat bilan bog'liq. Chu sababli ekologik borlig'ing buzilishi inson faoliyatida.
Jamiyat va tabiat ikki tarafdan tashqi va ichki o'z-ora dialektik bog'langan. Birinchisi, inson jamiyatining obyektiv real olamiga bo'lgan munosabati. Bunda tabiiy dunyo. Ikkinchisi, insoniyat yaratgan yasalma tabiat bilan tabiiy tabiat aniqroq ekologik borliq nazarda tutiladi. Tabiat va jamiyat dialektikasi bu obyektiv jarayon bo'lib, unda o'z-ora qarma-qarshi va qarshiliklardan iborat.
Tabiat biz materiallik olam deb hisoblaydigan bo'lsak chu materiallikning bir bo'lagi jamiyat. Materiya harakatining belgili bir holati jamiyat tabiatning bir butunligini tashkil qiladi. Ular o'z-ora bog'langan holatda dialektik birlikni tashkil qiladi. Bu birlik pastdagi holatda ko'rinadi:
Birinchisi, jamiyat o'zining uzoq tarixiy evolyutsion jarayoni tabiat hosili sifatida yuzaga keladi. Bunda tabiat bir butunlik sifatida ko'rinishga ega bo'ladi.
Ikkinchisi, jamiyat tabiatsiz yashashi mumkin emas. Tabiatdan inson ajralib keta olmaydi. Jamiyatning qay darajada tashkillanishi uning atrof muhiti, aniqroq tabiat belgilab beradi.
Uchinchidan, ularning moddiyligida, tabiatda, jamiyatda obyektiv holatda yashaydi.
To'rtinchidan, ular ortasida birlik umumiy rivojlanish qonunlarini ko'rib chiqish orqali tushuntiriladi. Demak, tabiat va jamiyat ortasidagi dialektik birlik bo'lishi bilan birga, ularning qonunlari bir-biridan farqlanadi.
Birinchidan, tabiat qonunlari stixiyali xususiyatga ega, jamiyat qonunlari ongli, maqsadga yo'naltirilgan turda amalga oshiriladi.
Ikkinchidan, tabiat qonunlari umrboqiy, jamiyat qonunlari insoniyatning umr surishi bilan bog'liq.
Uchinchidan, tabiat dinamik qonunlar bilan birga statik qonunlar bo'lib, jamiyatda statik qonunlar yuz beradi.
To'rtinchidan, tabiat qonunlarini bilishda qiyinchiliklar tug'dirmaydi buni bir tabiatdagi daraxtning o'sishi orqali tabiat qonunini bilsak bo'ladi. Jamiyat qonunlarini bilish qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Sababi jamiyat odamlarning birgalikdagi hayot kechirishi oqibatida paydo bo'lgan odamlar ortasidagi o'z ora munosabatlarning bir butun tizimi[3, 203-b]. Agarda biz tabiatni dialektik qonunlar orqali tushuntirsak "tabiat-jamiyat" son va sifat birligi va chu birlikni paydo etib turgan o'lcham ekologik borlig'ini paydo etadi. Vaqt o'tishi bilan insoniyat faoliyati rivojlanishi o'zining yashab turgan atrof muhitiga aniqroqg'i ekologik borlig'iga xavf tug'dira boshladi. Buni biz jamiyatning tabiat bilan munosabatidagi tarixini o'rganish orqali o'rgansak bo'ladi.
Jamiyatning tabiatga munosabatini insoniyat tarixi qarashidan qaraganda quyidagi bosqichlarga bo'lish mumkin: kishilik jamiyatning tabiatga nisbatan oddiy munosabat shakli- ekologik tizimni buzmaydigan kishilarning soddalashtirilgan hayot tarsi. Garchand ibtidoiy kishilik jamiyati formatsiyasi odamlarning Yer kurrasida paydo bo'lishidan (5-6 mln yil avval) to sinfiy jamiyat yuzaga kelganga qadar bo'lgan ijtimoiy tarixni o'z ishiga oladi. Ibtidoiy jamoada ishlab chiqarish kuchlari va mehnat qurollarining takomillashmaganligi uchun ham ularning hayot tarsi tabiatning bir qismi sifatida kechgan. Tabiiy muhit holati esa organizmlar, xususan, odamlar uchun nisbatan qulay darajada bo'lgan.
Kishilarning ibtidoiy jamoa bo'lib yashash davrida ham odamlar o'zlarning faoliyati tabiatga qanday taʼsir etayotganligi haqida o'ylab ko'rganlar va ularning hayotiy zarur ehtiyojlari hisoblangan tabiiy obyektlarni saqlab qolishga uringanlar.
Ekolog-huquqshunos olimlar jamiyatni tabiatga bo'lgan munosabat shaklilarini uch ko'rinishda ifoda etadilar-oddiy, iqtisodiy va ekologik. Lekin jamiyatda, ayniqsa, tabiat qonun va qonuniyatlarning vaqt mobaynida o'zgarib borishi inqilobiy tarzda emas, balki evolyutsion tarzda kechmoqda.
Jamiyatning tabiatga nisbatan oddiy-iqtisodiy munosabat shakli-ekologik tizimlarning kam va kichik hududlarda buzilishiga olib keladigan kishilarning hayot tarsi. Sinfiy jamiyat shakllana borgan sari, kishilar soni va ishlab chiqarish qurollarining mukammallashishi, tabiat va jamiyat ortasidagi munosabatlarning yangi oddiy-iqtisodiy shaklini yuzaga keltirgan.
Jamiyatning tabiatga nisbatan iqtisodiy munosabat shakli-iqtisodiy madaniylashgan kishilarning o'z moddiy va maʼnaviy ehtiyojlarini qondirish uchun gina, atrof tabiatni isteʼmolchilik psixologiyasi pozitsiyasidan turib foydalanish natijasida atrof tabiiy muhitning ifloslanishi, tabiiy resurslarning kamayishi va tabiiy tizimlarning o'zgarishiga olib kelgan hayot tarzi. Kishilarning bunday hayot tarzi ekologik tizimlarni kata maydonlarida va keng(global) miqyosida buzdi. Bunda asosan insonlar o'zlarining moddiy va maʼnaviy ehtiyojlarni qondirish uchun tabiatni o'zining faoliyati obyektiga aylantiradi. Birinchi galda iqtisodiy manfaat asosiy bugun hisoblanadi. Albatda, bunday munosabat tufayli insoniyat bugungi kunda o'zning yashab turgan ekologik borlig'iga xavf tug'dirishi orqasida insoniyat o'zining borlig'iga xavf solmoqda.
Jamiyatning tabiatga nisbatan iqtisodiy-ekologik munosabat shakli- mavjud ekologik tizimlarni saqlab qolish darajasidagi kishilarning hayot tarzi. Bunda kishilarning har qanday shakldagi ekologik harakatlari davlat tomonidan to'laligicha qo'llab-quvvatlanadi[4, 9 b].
Result. Bugungi kunda ekologik borlig'imiz krizis holatda, uni katastrofa holatiga olib kelmas uchun hozirgi vaqtda ekologik munosabatlarni tizimli yo'lga qo'yishimiz va jamiyatning tabiatga nisbatan ekologik munosabatni shakllantirishimiz zarur. Jamiyatning ekologik munosabatida atrof muhitni himoya qilish, tabiiy resurslarni ratsional foydalanish va ekologik siyosatni to'g'ri yolga qo'yish bilan ekologik borlig'imizni yaxshilashga qaratiladi. Umuman ekologik borlig'imizda krizis holatini keltirib chiqarmash uchun biz ekologik madaniyatli tabiatga munosabatni shakllantirishimiz zarurligini ekologik borlig'imizning o'zi ogohlantiradi. Buni biz BMT Bosh kotibi Antonio Guterrishning dunyoni ogohlantirish orqali anglasak bo'ladi. Sayyora holatidagi nutqda u karbonat angidrid chiqindilarini kamaytirishga chaqirdi. Guterrishning aytishicha, bu borada muayyan qadamlar har bir davlat tomonidan hukumat va biznes darajasida amalga oshirilishi kerak, aks holda butun sayyora zarar ko'radi.
Guterrish dunyodagi ekologik vaziyatni tanqidiy deb atadi. Uning so'zlariga ko'ra, insoniyat tabiat bilan "o'z joniga qasd qilish" urushini olib bormoqda, uni to'xtatish kerak. "Bizning sayyoramiz vayron bo'ldi. Ilm-fan shuni aniq ko'rsatadiki, agar qazib olinadigan yoqilg'ini ishlab chiqarish hozirgi kundan boshlab 2030 yilgacha yiliga 6 foizga kamaytirilmasa, vaziyat yana-da yomonlashadi ", - deydi Guterrish. BMT 2030 yilga kelib atmosferaga chiqariladigan gaz chiqindilarini 45 foizga qisqartirish bo'yicha maqsadga erishmoqchi. Guterrishning aytishida, uglerod izini yo'q qilish uchun koalitsiya tuzish tashkilotning kelasi yilgi asosiy maqsadi bo'ladi. "Birgalikda harakat qilmasdan, biz bu asrda haroratning uchdan besh darajagacha ko'tarilishi yo'lida bo'lishimiz mumkin edi", deb ogohlantiradi u[5, https://www.ng.ru/world]. Bu fikrlar jamiyatning ekologik borlig'i emas, dunyoning ekologik borlig'i xavf ostida ekkanligi yana bir marta isbotlamoqda. Bizdan tabiat insoniyat jamiyatidan axloqiy munosabatda bo'lishimizni talab qilmoqda. Sababi dunyoda hamma narsa bir-biri bilan bog'liq, tabiiy muhit, inson va jamiyat bir butun tizim. Hayvonot va o'simlik dunyosiga yetkazilgan zarar biosferamizga xavf salmoqda. Shuning uchun tabiatga befarq munosabatda bo'lish tabiiy tizimning yo'q etilishi axloqsizlik[6, 269-с].
Conclusion.Odam hayoti biologik turi sifatida atrof muhit bilan tabiiy bog'liq. Bu bog'liqlik qay darajada bo'lishi insonning tabiat bilan munosabatida aks etadi. Sababi bugungi kunda ekologik borlig'imiz insoniyatni saqlab qo'lishi bilan bog'liq ekkanligini isbotlamoqda. Biz tabiat va jamiyat munosabatlarda bir butun tizimni yo'lga qo'yishimiz uchun ekologik masallarga axloqiy yechimlarga quloq burishimiz zarur. Bugungi kunda biz tabiatni texnik nazarda tushunishimiz va ekologik borlig'imiz krizis holatida texnik jihatdan yechim izlashimiz noo'rin. Tabiatning tizimli holatda bo'lishi- insoniyat hayot kechirish asosi. Biz tabiatni texnik faoliyati tasiri astida biz o'zimizni emas, kelajak avlodimizni xavf ostida qoldirmoqdamiz. Chu asosda ekologik borlig'imizning rangba- rangligini asrab qolishimiz uchun insoniyatga bugungi kunda axloqiy masʼuliyatli bo'lishimizni talab qiladi.
Adabiyotlar ro'yxati; Библиографические ссылки; References:
1. Philosophical and methodological aspects of the interaction of natural environment and man BERDIMURATOVA A.K MUKHAMMADIYAROVA A.J International Journal of Pharmaceutical Research | Jul - Sep 2020 | Vol 12 | Issue 3
2. Бердоқ номидаги ҚОРАҚАЛПОҚ ДАВЛАТ УНИБЕРСИТЕТИНИНГ АХБОРОТНОМАСИ № 1-2 (6-7) 2010 58 б
3. A.K.Berdimuratova Filosofiya Nókis 2010-jil. 203-bet
4. Asqar Nig,atov Ekologiyaning nazariy asoslari Toshkent- 2013 9 b
5. https://www.ng.ru/world/2020-12-02/6_8029_ecology.html
6. Горлов Анатолий Алексеевич Социальная экология Москва 1998 269-с