INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
© G.T. Eshbaeva 1B_
1 O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Nukus filiali, Nukus, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: maqolada qoraqalpoq xalq musiqa san'atining tadqiqot tarixi va hozirgi davrdagi o'rganilish jarayonlari haqida so'z yuritilgan. Qoraqalpoq xalq musiqasi ijtimoiy-madaniy hayotimizning bir qismi hisoblanadi. Xalqimizda bolaning tug'ilgandan boshlab, to umrining oxirigacha hayoti va hissiyotlari milliy musiqamizni eshitish bilan xarakterlanadi. Milliy musiqamizning tarakqiyot tadriji uning tarixi bilan mustahkam bog'liqdir. Xalq musiqasi ijro jihatidan o'ziga xos xususiyatga ega bo'lib, qoraqalpoq xalqining san'atida katta o'rin tutgan.
MAQSAD: qoraqalpoq xalq musiqasi boy tarix va boy madaniyatga ega. Bu janrning shakllanishi, rivojlanishi va zamonaviy holati haqida ko'proq bilish uchun tadqiqot tarixi va rivojlanish jarayonlarini ko'rib chiqish muhimdir. Quyida Qoraqalpoq xalq musiqasining tadqiqot tarixi va rivojlanishining asosiy bosqichlari haqida qisqacha ma'lumot berilgan.
MATERIALLAR VA METODLAR: qoraqalpoq xalq musiqasini o'rganishda qo'llanilgan materiallar va metodlar tadqiqotning sifatli va to'liq bo'lishini ta'minlash uchun juda muhimdir. An'anaviy va zamonaviy ijrochilik namunalarini audio va video shaklda yozib olish. Arxiv audio yozuvlarini qayta tiklash va tahlil qilish. Bu metodlar va materiallar yordamida Qoraqalpoq xalq musiqasi haqida chuqurroq tushuncha hosil qilinadi va uning rivojlanish bosqichlari hamda hozirgi davrdagi holati haqida to'liq tasavvurga ega bo'lish mumkin.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: Qoraqalpoq xalq musiqasini o'rganish natijasida quyidagi asosiy jihatlar aniqlangan: Tarixiy Kontekst: Qoraqalpoq xalq musiqasi asosan og'zaki an'analarga asoslangan va uzoq vaqt davomida yozma shaklda qayd etilmagan. Bu musiqiy asarlar ko'proq marosimlar, urf-odatlar va kundalik turmushning ajralmas qismi bo'lgan. XX asr boshlarida Sovet Ittifoqi davrida xalq musiqasining to'plami va tadqiqotlari boshlangan. Bu davrda ko'plab qoraqalpoq musiqiy asarlarini yozib olish va nashr qilishga e'tibor qaratilgan. Musiqiy Asboblar: An'anaviy musiqiy asboblar, jumladan dombra, qobiz, dutor va boshqalar, qoraqalpoq xalq musiqasining asosini tashkil etadi. Ushbu asboblar orqali ijro etilgan musiqiy asarlar xalqning urf-odatlari va turmush tarzini aks ettiradi. Tadqiqot natijalari qoraqalpoq xalq musiqasining boy merosini va uning zamonaviy davrdagi ahamiyatini tasdiqlaydi. Bu musiqiy merosni saqlash, rivojlantirish va kelajak avlodlarga yetkazish uchun ko'proq tadqiqotlar va amaliy ishlar olib borilishi zarur.
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
XULOSA: Qoraqalpoq xalq musiqasining boy tarixi va hozirgi davrdagi ahamiyati bo'yicha olib borilgan tadqiqotlar quyidagi asosiy xulosalarni keltirib chiqardi. Qoraqalpoq xalq musiqasi xalqning boy tarixiy va madaniy merosi bo'lib, uning saqlanishi va rivojlanishi muhim ahamiyatga ega. Ushbu tadqiqot natijalari qoraqalpoq xalq musiqasining qadr-qimmatini ochib beradi va uning zamonaviy davrdagi dolzarbligini ko'rsatadi. Tadqiqotlar va amaliy ishlar davom ettirilib, bu boy merosning kelajak avlodlarga yetkazilishi uchun mustahkam poydevor yaratilmoqda.
Kalit so'zlar: xalq musiqasi, tadqiqot tarixi, taraqqiyot jarayoni, zamonaviy musiqa, xalq ijodiyoti.
Iqtibos uchun: Eshbaeva G.T. Hozirgi davr qoraqalpoq xalq musiqasi: tadqiqot tarixi va tarakqiyot tadrijidan. // Inter education & global study. 2024. №4(1). B.349-357.
СОВРЕМЕННОМ КАРАКАЛПАКСКОЙ НАРОДНАЯ МУЗЫКА: ПОСЛЕДОВАТЕЛЬНАЯ ИСТОРИЯ И ИССЛЕДОВАНИЯ ИССЛЕДОВАНИЙ_
© Г.Т. Ешбаева 1Н
1 Нукусский филиал Государственного института искусства и культуры Узбекистана, Нукус, Узбекистан_
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: в статье обсуждается история исследований народной музыки Каракалпака и текущих процессов исследования. Народная музыка Каракалпака является частью нашей социокультурной жизни. От рождения ребенка в нашем народе жизнь и чувства его жизни характеризуются слышимым нatsiональной музыкой. Развитие нашей нatsiональной музыки тесно связано с его историей. Народная музыка имеет уникальные характеристики с точки зрения упражнений и сыграла отличную роль в искусстве людей Каракалпака.
ЦЕЛЬ: каракалпакская народная музыка имеет богатую историю и богатую культуру. Чтобы узнать больше о становлении, развитии и современном состоянии этого жанра, важно рассмотреть историю процессов исследования и развития. Ниже приводится краткая информация об истории исследования и основных этапах развития каракалпакской народной музыки.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: материалы и методы, использованные при изучении каракалпакской народной музыки, имеют большое значение для обеспечения качества и полноты исследования. Аудио и видеозапись традиционных и современных образцов исполнения. Реставрация и анализ архивных аудиозаписей. С помощью этих методов и материалов формируется более глубокое представление о каракалпакской народной музыке, и можно получить полное представление об этапах ее развития и современном состоянии.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: в результате изучения каракалпакской народной музыки были выявлены следующие основные аспекты: Исторический контекст: Каракалпакская народная музыка основана преимущественно на устных традициях и долгое время не записывалась в письменной форме. Эти
© intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE 4 (1)
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
музыкальные произведения были неотъемлемой частью многих ритуалов, обычаев и повседневной жизни. В начале 20 века, во времена Советского Союза, начался сбор и исследование народной музыки. В этот период внимание было сосредоточено на записи и издании многих каракалпакских музыкальных произведений. Музыкальные инструменты: Традиционные музыкальные инструменты, в том числе домбра, кобиз, дутор и др., составляют основу каракалпакской народной музыки. Музыкальные произведения, исполняемые с помощью этих инструментов, отражают обычаи и образ жизни народа. Результаты исследования подтверждают богатое наследие каракалпакской народной музыки и ее значение в современности. Необходимы дополнительные исследования и практическая работа, чтобы сохранить, развить и передать это музыкальное наследие будущим поколениям.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: Проведенные исследования богатой истории каракалпакской народной музыки и ее значения в современный период позволили сделать следующие основные выводы. Каракалпакская народная музыка представляет собой богатое историческое и культурное наследие народа, и его сохранение и развитие имеют важное значение. Результаты данного исследования раскрывают ценность каракалпакской народной музыки и показывают ее актуальность в современное время. Исследования и практическая работа продолжаются, создавая прочную основу для передачи этого богатого наследия будущим поколениям.
Ключевые слова: народная музыка, история исследований, процесс развития, современная музыка, народное искусство.
Для цитирования: Ешбаева Г.Т. Современном каракалпакской народная музыка: последовательная история и исследования исследований // Inter education & global study. 2024. №4(1). С. 349357.
MODERN KARAKALPAK FOLK MUSIC: CONSISTENT HISTORY AND RESEARCH RESEARCH_
© Eshbaeva T. Gulbaxar1H
1Institute of Art and Culture of Uzbekistan Nukus branch, Nukus, Uzbekistan_
Annotation
INTRODUCTION: the article discusses research history of Karakalpak artistic art and the current learning processes. Karakalpak folk music is part of our socio-cultural life. One of the birth of the child from the birth of our people is characterized by hearing the nationalism of the nationalism and emotions of his life. The development of the national Mysicia is strongly related to its history. Folk music has a unique characteristics in terms of exercise and played a great role in the art of Karakalpak people.
AIM: Karakalpak folk music has a rich history and rich culture. To learn more about the formation, development and current state of this genre, it is important to consider the
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 4 (1)
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
history of the research and development processes. Below is brief information about the history of the study and the main stages in the development of Karakalpak folk music.
MATERIALS AND METHODS: the materials and methods used in the study of Karakalpak folk music are of great importance to ensure the quality and completeness of the study. Audio and video recordings of traditional and modern performance samples. Restoration and analysis of archival audio recordings. With the help of these methods and materials, a deeper understanding of Karakalpak folk music is formed, and one can get a complete understanding of the stages of its development and current state.
DISCUSSION AND RESULTS: as a result of the study of Karakalpak folk music, the following main aspects were identified: Historical context: Karakalpak folk music is based primarily on oral traditions and has not been recorded in written form for a long time. These musical works were an integral part of many rituals, customs and everyday life. At the beginning of the 20th century, during the Soviet Union, the collection and research of folk music began. During this period, attention was focused on the recording and publication of many Karakalpak musical works. Musical instruments: Traditional musical instruments, including dombra, kobiz, dutor, etc., form the basis of Karakalpak folk music. Musical works performed with the help of these instruments reflect the customs and way of life of the people. The results of the study confirm the rich heritage of Karakalpak folk music and its significance in modern times. More research and practical work is needed to preserve, develop and pass on this musical heritage to future generations.
CONCLUSION: the conducted research into the rich history of Karakalpak folk music and its significance in the modern period allowed us to draw the following main conclusions. Karakalpak folk music represents the rich historical and cultural heritage of the people, and its preservation and development are of great importance. The results of this study reveal the value of Karakalpak folk music and show its relevance in modern times. Research and practical work continue, creating a solid foundation for passing on this rich heritage to future generations.
Key words: folk music, research history, development process, modern music, folk art.
For citation: Eshbaeva T. Gulbaxar. (2024) 'Modern karakalpak folk music: consistent history and research research', Inter education & global study, (4(1)), pp. 349-357. (In Uzbek).
Musiqa inson hissiyotlariga kuchli ta'sir ko'rsatadigan muhim manbai hisoblanadi. Musiqa odamlarning hayotini, mavjudlikka bo'lgan munosabatini, musiqiy tovush ranglari orqali turli xil ichki tajribalarni aniq tasvirlaydi. Xalqimizning o'tmishi va bugungi kunini chuqurroq anglashga, milliy qadriyatlarimizga hurmat hissini shakllantirishda milliy musiqa san'ati unsurlari muhim omildir.
Qo'shiq tinglab mungga botasan, qo'shiq tinglab kayfiyating ko'tariladi, lekin qay holatda bo'lmasin yaxshi qo'shiq inson qalbida nurli tuyg'ular uyg'otadi. Yaxshi qo'shik
© intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE 4 (1)
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
insonga inson ekanligini eslatadi, hayotga umid ko'zi bilan qarashga undaydi, faraxli kunlarga yetaklaydi.
Musiqa inson ruhiyatini ajralmas qismidir. Musiqa milliy urf-odat va qadriyatlarimizning o'ziga xos unsurlari mujassamlashgan bo'ladi. Har bir xalqning o'z milliy xalq musiyqiy ohanglari, qo'shiqlari va cholg'u sozlori bo'ladi.
U inson qalbining ruhiy quvvatlanishida, komil inson bo'lib shakllanishida o'z ta'sirini sezilarli o'tkazadi. U bashariyatning hamisha ijodiy yo'ldoshi bo'lib, uning quvonchli, shod-u hurram, hattoki, qalbiga hasrat to'lgan, tushkunlikka tushgan vaqtlarida ham madad beradi, taskin beradi.
Xalq qo'shiqlari, mumtoz va zamonaviy musiqalar yoshlar hayotida to'siqlarini yengib o'tishga, odamlarning turmush tarzini tiklashga yordam beradi. Milliy musiqa musiqa san'atining eng qadimiy va shu bilan birga, halq ommasiga keng tarqalgan, uning turmushiga chuqur singib ketgan sohalaridan biridir. Musiqa ham real voqelikni aks ettiradi.
Musiqa - turli tovushlar bilan obraz yaratib beruvchi, g'oyaviy emotsional mazmunga ega bo'lgan san'atlarning bir turi. Bu holatlarni musiqa estetikasi fani o'rganadi. Chunki u musiqa san'atining keng va chuqur ma'nodagi mohiyati, badiiy shakl-shamoyillar va singdirish uslublarini o'rganadigan fan[1:12].
Musiqashunoslik va musiqiy ma'rifiy faoliyat musiqa san'atini o'rganish va targ'ib etishga yo'naltirilgan. Musiqa tarixchilari, tanqidchilari, nazariyotchilari, targ'ibotchilari, musiqa ma'rifati bilan shug'ullanuvchilar musiqa haqidagi fanlarni o'rganishadi[2:11]. Mazkur sohadagi tadqiqotlar tari xva hozirgi davr xalq musika san'atini o'rganishda ham katta axamiyat kasb etadi.
Xalq musiqasi asnosida yaratilgan milliy musiqalarining asosi uzoq o'tmishdan moziy sado kabi yangrab, xalqning hayotiy kechinmalarini o'zida aks ettirib, madaniy meros sifatida e'tirof etiladi. Xalq o'zining boshidan kechirgan har xil tarixiy voqealarga boy turmush tarzini, ma'naviy ko'ngil kechinmalarini va xalq psixologiyasini qo'shiqlar orqali ifoda qilgan. Qo'shiqlarda oddiy xalqning umr haqiqati roy-ro'st ko'rinadi. Og'ir davrlar vaqtida yaratilgan bu kabi ijod namunalari o'zining qadr-qiymatini hozirga qadar yo'qotmagan. Xalq o'z qo'shiqlariga hurmat bilan qaragan va qadrlab saqlay olgan. Ajdodlarimizga ruhiy madad baxshida qilgan og'zaki xalq ijodiyoti namunalarining hisobi yo'q, desak mubolag'a bo'lmaydi. Filologiya fanlari doktori N.Dao'qaraev: "Qoraqalpoq xalqi - o'zining qayg'uli kunlarida ham, quvonchli kunlarida ham qo'shiqsiz, soz-suhbatsiz, og'zaki poeziyasiz yashay olmadi[3:138]", - deya ta'kidlab o'tgan.
Yaxshi musiqa hamma vaqt milliydir, shuning uchun ham u sarhadlarni tan olmaydi. Millatning ruhi ramzida jahon kezadi. Qo'shiqchiligimizda ming yillik moziydan kelayotgan haftalab ko'ylanadigan xalq dostonlari-yu eng ixcham haqqonalar, maqomu termalar mavjud, barchasida milliy ruh bo'rtib turadi. Bugungi o'zbek qo'shiqchiligining eng yaxshi namunalari asosan shu milliy zamindan ozuqa oladi[4:17].
Hozirgi davr qoraqalpoq xalq musiqasining tarakqiyot tadriji ham tarixi ham o'z tarixiy tarakqiyot bosqichlarini bosib o'tgan. Qoraqalpoq xalq musiqasining tarixiy tarakqiy
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
jarayonlari xalq ijodiyotining shakllanishi bilan uzviy bog'liq bo'lgan. Qoraqalpoq xalq ijodiyotini yozib olish va nashr etilishida mahalliy olimlar A.Begimov, N.Dao'qaraev, Q.Ayimbetov, O.KojurovIarning mehnati katta samara bergan. Ular bu asarlarni baxshi, jirov, qissaxon, tarixchi-etnograf va xalq vakillaridan yozib olgan. Bu asarlar orasida ijro etilgan har bir doston, jirov asarlarida milliy musiqamiz bosh tamoyil hisoblangan. Mazkur ijod mahsullarining unsurlari negizida shakllangan xalq musiqasi xalqimiz orasida qadim zamonlardan beri keng tarqalgan. Qo'shiq insonga tug'ilgan vaqtidan boshlab yo'ldosh bo'lgan.
Qoraqalpoq xalq qo'shiqlarini yig'ish va nashr etish, ilmiy tadbiq etish sobiq Ittifoq davrida boshlangan. Mazkur ishlarni amalga oshirishda Q.Ayimbetov, N.Dao'qaraev, N.Japaqov, I.Sag'itov, Q.Maqsetov, A.Tajimuratov, M.Nizamatdinov, O'.Erpolatov, N.Kamalovlar xalq qo'shiqlarini yig'ish, nashr etish va ilmiy tabdiq etishda katta hissa qo'shgan. Ulardan A.Tajimuratov revolyusiyagacha davrdagi xalq qo'shiqlarini, N.Kamalov ikkinchi jahon urushi davridagi, M.Nizammatdinov urushdan keyingi davrdagi, O'.Erpolatov urushdan avvalgi davrdagi xalq qo'shiklarini maxsus yo'nalishda tadqiq qilganlar. Istiqlol yillarida xalq qo'shiqlarini S.Bao'etdinova, hozirgi davr qoraqalpoq urf-odat qo'shiqlarini S.Qazaqbaevlar o'rgangan. Keyingi yillarda yangi davrga oid yaratilgan xalq qo'shiklarini ilmiy jihatdan o'rgangan Yu.Paxratdinov bo'ldi. Bu mehnatlar xalq qo'shiqlarini chuqur o'rganishda nihoyatda katta ahamiyatga egadir.
Rus olimi A.Belyaev 1903 yili Sankt-Peterburg universitetida beshinchi kurs talabasi bo'lgan paytida folklor namunalarini yig'ish va tadqiq qilish ishlari bilan qoraqalpoq ovullarini kezib chiqqan va xalqning ko'shiqga ishtiyoqini, ijrochilik mahoratini ko'rib, tan berib "Qoraqalpoqlar - dala bulbullari[1:5]" - deya ta'rif bergan. Bu haqiqat ekanligini ko'rgan olimlar bizning xalqimiz milliy musiqa unsurlari, milliy qo'shiqlar bilan yashashiga, qo'shiq bilan dunyodan o'tishiga asoslanib aytgan bo'lsa, ne ajab.
Ikkinchi Jahon urushi yillari Respublika markazi bo'lgan To'rtkul shahriga kelgan Kiev Konservatoriyasining professori G.I.Komponees (1946-1973-yillargacha mehnat qilgan) va V.G.Shafrannikov Qoraqalpoq xalq merosini saqlab qolishda va milliy musiqa san'atini tarakqiy etishiga o'z hissalarini qo'shdi. Jumladan, 100ga yaqin qoraqalpoq xalq kuylarini fol'klor ekspeditsiya jarayonlarida yozib olindi va V.Belyaevning tahriri ostida to'plam ko'rinishida nashr etildi. Hamda ushbu kuylar asosida V.Shafrannikov yangi musiqiy asarlar yaratishga muvaffaq bo'ldi. Xususan, to'plamning 18 ta kuyi musiqa asboblari - bayan va akkordeon uchun qayta ishlanib, "Narodnaya muzbika karakalpakii" nomi bilan Moskvada nashr yuzini ko'rdi. Aynan V.Shafrannikov Qoraqalpog'iston ijodkorlari tomonidan jahon musiqa janrlari va shakllarini o'zlashtirish uchun mutaxassislarni jalb qilgan va hozirgi zamon kompozitorlarlik maktabini poydevoriga asos solgan shaxslardan biri hisoblanadi[6:130].
Insonning musiqa faoliyati asosan uch bosqichda amalga oshiriladi: ijod, ijro va tinglash (uquv). Har bir bosqichda asarning mazmun va shakli o'zgacha ko'rinishga ega bo'ladi. Ijod bosqichida badiiy g'oya va shakl muallif ongida mushtarak holda tug'iladi. Ijro jarayonida shakl va mazmun ijrochi tomonidan uning dunyokarashi, estetik tasavvurlari,
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
shaxsiy tajriba va maxoratiga mos ravishda o'zgartiriladi. Musiqa ixlosmandlari ham ijro etilayotgan asarni o'zlarining xususiy didi, hayotiy va badiiy tajribasiga asoslanib qabul qilishadi[7:7].
Tarixiy taraqqiyot davomida xalq mumtoz musiqasi, an'anaviy kasbiy musiqa, xalq bastakorlik yo'llari, shuningdek, folklor - havaskorlik musiqiy merosi singari shaklan va usluban bir-biriga yaqin ijrochilik ko'rinishlari bir-birini to'ldirib kelgan. Ushbu musiqiy merosimiz bugungi kunimizda ham ma'naviy madaniyatimizning bir bo'lagi sifatida namoyon bo'lmoqda[8:300].
Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoev ham qoraqalpoq musiqa san'ati xaqida: "Jizzax, Sirdaryo viloyatlariga paxta terimiga chiqqanlarimizda, ishdan keyin, kechqurinlari gulxan atrofida qoraqalpoq qizlarimiz, yigitlarimiz Kunxo'ja, Ajiniyoz, Berdaq kabi shoirlardan she'r o'qib, qo'shiq aytib, raqsga tushganlarida barchamiz qoyil qolar edik. Men o'shanda "Bo'zatov", "Aydinlar", "Dem bermes" degan qoraqalpoq xalq qo'shiqlarini birinchi marta eshitib, o'zimni bamisoli sehrlanib qolgandek his qilganimni hozir ham yaxshi eslayman... Qoraqalpoq diyori o'zining dunyoda o'xshashi yo'q, betakror san'ati bilan barchamizni hayratga solib keladi[9:9]", - deya ta'kidlab o'tgan edi.
"Bilasizlarmi, madaniyat bilan yaqin bo'lgan insonning dunyoqarashi madaniyatli bo'ladi. Uning umri uzoq bo'ladi... Ashula bilan seni ishingda o'n baravar baraka bo'ladi. Odamning chehrasida mehr paydo bo'ladi", - degan pirhimmat so'zlari ham musiqa san'atining ayniqsa milliy musiqaning inson hayot tarziga nechog'lik bog'lik ekanligini tasdiqlaydi.
Haqiqattan ham, qoraqalpoq milliy musiqa san'ati asrlar davomida sayqallanib, zamonlar o'tsa hamki o'zining ohangraboligi va dilga yaqin sozlarining jilkorligini yo'qotmasdan durdona darajasida bizgacha yetib kelgan. Endi bu asarlarni yoshlar hayoti va tarbiyasiga olib kirish, yoshlarga eshittira olish vazifasi tom ma'noda biz kabi yosh ijodkorlarning zimmasidagi ham qarz, ham farz, shu bilan birga sharafli vazifadir.
Qoraqalpoq kompozitorlarning asarlarini o'rganish orqali asarlardagi o'ziga xos musiqa xarakteristikasini teran anglay olishimiz mumkin. 1938 yili Qoraqalpog'istonda musiqa san'atini yanada rivojlantirish maqsadida bir qator ijodkorlar ish olib bordilar. Jumladan, kompozitor D.Tumanyan xalq kuylarini qayta ishlab, fortepiano, skripka, violonchel cholg'ulari ijro qilishga moslashtirdi.
1940 yili O.Kojurov tarafidan nashrga tayyorlangan "Qoraqalpoq xalq tvorchestvosi" nomli to'plamida qoraqalpoq xalq qo'shiqlaridan namunalar bosilib chiqdi. 1951-yili N.A.Baskakov I jildida Qoraqalpoq xalq qo'shiqlarining ko'p namunalariga xalq orasidan 20-40 yillarda yig'gan materiallarini kiritgan.
1950 yillarning boshida qoraqalpoq xalq qo'shiqlarini tadqiqotlash bo'yicha yangi davr boshlandi. Bu uch tomdan iborat "Qoraqalpoq adabiyoti tarixining ocherklari" nomli N.Dao'qaraevning doktorlik dissertatsiyasi bo'ldi. 1959 yili Fanlar Akademiyasining tarkibida Qoraqalpog'iston filialining tuzilishi, uning tarkibida tarix, til va adabiyot institutining tashkillashtirilishi, uning ichida qoraqalpoq folklori sektorining paydo bo'lishi 1950 yilning oxiri 1960 yilning boshidan boshlab qoraqalpoq folklorini yig'ish, nashr qilish,
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
tadqiqotlash, folklor ilmi sohasida yuqori momonlikdagi mutaxassislarni tayyorlashda yangi davr ochib berdi.
1950-1960 yillari ham qoraqalpoq milliy musiqasi tarakqiyoti uchun o'zgarish va yangiliklarga to'la davrlar bo'ldi. Qoraqalpoq musiqasida yirik janrlarning paydo bo'lishi kompozitor J.Shamuratov bilan A.Xalimovning ijodida yaqqol ko'zga tashlanadi. Mazkur janrlarning milliy musiqamizga ta'siri va o'rganilishiga rus kompozitorlarining simfoniya, kantanta va konsert asarlari namuna sifatida xizmat qilgan. Hususan, A.Xalimovning ijodi milliy musiqamizning tadqikot ishlari va rivojlanish istiqbollari sifatida hozirgacha alohida e'tirof etiladi.
Qoraqalpoq xalq musiqasining tadqiqot tarixining bitta maqola, nomzodlik dissertatsiya, o'quv ko'llanma, darslik bilan to'laqonli yoritib bo'lmaydi. Qoraqalpoq xalq musiqasi tarixiy davrlarni bosib o'tib, hozirgi davrda ham tarakqiyot tadrijidadir.
Musiqani nafaqat insonning aqliy va jismoniy etukligiga samarali ta'sir qilish vositasi sifatida, balki uning tabiatiga ham ta'sirini o'rgandilar. Vaqt o'tishi bilan musiqiy ta'lim jarayonida ilg'or g'oyalar, boy tajribalar qo'llanilib, musiqani bastalash rivojlandi. Bugungi kunda donishmandlarimizning musiqiy ta'lim tizimini shakllantirish va amalga oshirishda nazariy asoslari sohaning fundamental negizi bo'lib xizmat qilmoqda. Har bir bastakor aslan har bir yangi ijodini xalq musiqasining nafis ohanglaridan foydalangan holdagina yuksak did bilan bastalaydi. Bu yosh avlodni ma'naviy tarbiyalashning muhim vositasi bo'lib xizmat qiladi. Darhaqiqat, hozirgi davr qoraqalpoq musikasi negizida katta va kichik mumtoz asarlar paydo bo'lmokda. Prezidentimizning "2020-2023 yillarda Qoraqalpog'iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori Qoraqalpog'istonda milliy madaniyat va san'atning yangi bosqichga ko'tarilishiga sabab bo'ldi. Mazkur qarorga binoan, Nukus shahrida mutlaqo yangi inshoot - Qoraqalpog'iston opera va balet teatri binosi qurilishini 2023-2024 yillardagi investitsiya dasturiga kiritish ko'zda tutilgan[10:48] va amalga oshirildi. Bu xam hozirgi davr koraqalpoq musiqasi tarakqiyoti uchun katta tas'ir ko'rsatdi. Davlatimiz tomonidan qabul kilinayotgan qarorlar zaminida ham milliy musiqa san'atining tarakqiyoti mujassam.
Chunonchi, Prezidentimizning 2022 yil 2 fevralda "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori milliy musiqamiz taraqqiyotida yangi istiqbolli davrni boshlab berdi. Mazkur qaror bilan 2022/2023-o'quv yilidan boshlab umumiy o'rta ta'lim muassasalarida o'quvchilarga milliy musiqa cholg'ularidan kamida bittasini chala olish mahorati o'rgatiladi va bu natija ularning shahodatnomasida qayd etiladi. 10130 ta maktab, 323 ta bolalar musiqa maktabi, 826 ta madaniyat markazi 7 turdagi milliy cholg'ular bilan 3 to'plamdan ta'minlanadi. Buning uchun davlatimiz tomonidan 205 mlrd so'm ajratilgan edi. 2022/2023 o'quv yilidan boshlab ta'lim muassasalarida o'quvchi va talabalarning musiqiy bilim va ko'nikmalarini oshirish, ularning qalbida milliy musiqa san'atimizga bo'lgan muhabbatni shakllantirishga qaratilgan ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Jumladan, yoshlarimizning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, kamida 150 ta eng yaxshi milliy qo'shiqlarni karaoke yordamida ijro qilish uchun qayta ishlashi va ta'lim
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
muassasalari (tanaffus paytida), aéroport, temir yo'l va avtovokzallar, savdo-ko'ngilochar majmualar, madaniyat va istirohat bog'lari, xiyobonlar, mehmonxonalar va boshqa tashkilotlarning lokal tarmoqlari orqali eshittiriladigan va tashrif buyuruvchilarning ruhiyatiga ijobiy ta'sir qiladigan milliy kuylardan iborat musiqiy albomlarni tayyorlash va ommalashtirish ishlariga (mualliflik huquqlariga rioya qilgan holda) alohida e'tibor qaratildi. Qarordan ko'zlangan maqsad millatimiz ko'zgusi bo'lgan milliy musiqa san'atimizni xalqimiz orasida va dunyoda keng targ'ib qilish, yoshlarimizning musiqiy savodxonligini ko'tarishga asosiy e'tibor qaratishdir. Bu kabi ijobiy islohotlar qisqa vakt ichida o'zining ijobiy samarasini berishi aniq. Bir jihatdan qoraqalpoq xalk musiqasiga oid ko'plab tadqiqot ishlari olib borilgan bo'lsa xam tulokonli yoritib berilgan deya ayta olmaymiz. Hozirgi davr qoraqalpoq xalq musiqasi tarakqiyot davrida bo'lsa xam u ertangi kuni tarixga aylanadigan jarayondir. Shu sabab milliy musiqamizning taraqqiyot davrini davriy o'rganish, tahlil qilish va yangidan-yangi tadqiqotlar o'tkazish, xulosalar chikarish musiqashunoslik ilmi oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. Шарипова Г., Ходжаева З. Мусина укитиш методикаси. - Т.: "НИФ МШ". 2020. 136 б.
2. Кодиров р. Мусика психологияси. - Т.: Мусика, 2005. 80 б.
3. Нацирова А. Каракалпак музыка тарийхы. - Ташкент: "Сано-стандарт". 2018. 384 б.
4. Fойиб Б., Зрмух,аммад К. Яна келар сен кутган бах,ор.//жур. Гулистон №10. 1989 й. УзКМК нашриёти. 32 б.
5. Нацирова А. Каракалпак музыка тарийхы. - Ташкент: "Сано-стандарт". 2018. 384 б.
6. М. Азизхонова., Э.Кобилова. Ёшларни мусикий маданияти ва маънавиятни шакллантиришда мусикий тарбиянинг ах,амияти. "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 1. March 2022.
7. Злмуродова Г. Мусика санъати ва унинг бизнинг х,аётимиздаги урни //жур. Таълим фидойилари №1. 2022. - Тошкент. (4-8 б).
8. Хамидов Ш. Мусика маданияти ва унинг х,аётдаги урни. Таълим ва инновatsiон тадкикотлар (2021 йил Махсус сон). Бухоро (299-303).
9. Мирзиёев Ш. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халкимиз билан бирга курамиз. Тошкент: "Узбекистан" НМИУ, 2017. - 488 б.
10. Турдиев К. Камров кенг олинса, хизмат сифати яхшиланади. - Тошкент: Силвер стар принт, 2022. 48 б.
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОР1М^1Я ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
^Eshbaeva Gulbaxar Turdibaevna, dotsent v.b. [Ешбаева Гулбахар Турдибаевна, и. о. доцент], [Eshbaeva Е. Gulbaxar, assistant professor]; manzil: Qoraqalpog'iston Respublikasi, Nukus shahri, Qoraqalpog'iston ko'chasi raqamsiz uy [адрес: Город Нукус, Республика Каракалпакстан., ул. Каракалпакстан, дом без номера], [address: Karakalpakstan, house without number, Karakalpakstan street, Nukus]; E-mail: eshbaevagulbaxar@gmail.com, ORCID 0000-0002-9131-9695