Научная статья на тему 'HOLNI IKKINCHI DARAJALI BO‘LAK SIFATIDA TASNIFLASH'

HOLNI IKKINCHI DARAJALI BO‘LAK SIFATIDA TASNIFLASH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
59
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
hol / holat belgisini ifodalovchi gap bo‘lagi / ikkinchi darajali bo‘laklar / maqsad / sabab / shart / miqdor-daraja / payt va o‘rin

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Nilufar Nematillayevna Zubaydova

Mazkur tadqiqotda hol kategoriyalarining barcha turlariga atroflicha to‘xtalib, uning hamma turlarini lisoniy metodlar asosida yoritishga imkoniyat yo‘qligi uchun, faqat o‘rin holli gaplarni va o‘rin holining deyktik holatlarini komponentlarga ajratib tahlil qilish va gapdagi har bir sintaktik birliklarning differensial sintaktik-semantik belgilarini hamda ularning variantlarini qiyosiy tahlil qilish bilan cheklanamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «HOLNI IKKINCHI DARAJALI BO‘LAK SIFATIDA TASNIFLASH»

HOLNI IKKINCHI DARAJALI BO'LAK SIFATIDA TASNIFLASH Nilufar Nematillayevna Zubaydova

SamDChTI Ingliz tili nazaiyasi va adabiyoti kafedrasi https://doi.org/10.5281/zenodo.1081499 7 Annotatsiya. Mazkur tadqiqotda hol kategoriyalarining barcha turlariga atroflicha to 'xtalib, uning hamma turlarini lisoniy metodlar asosida yoritishga imkoniyat yo 'qligi uchun, faqat o 'rin holli gaplarni va o 'rin holining deyktik holatlarini komponentlarga ajratib tahlil qilish va gapdagi har bir sintaktik birliklarning differensial sintaktik-semantik belgilarini hamda ularning variantlarini qiyosiy tahlil qilish bilan cheklanamiz.

Kalit so'zlar: hol, holat belgisini ifodalovchi gap bo'lagi, ikkinchi darajali bo'laklar, maqsad, sabab, shart, miqdor-daraja, payt va o'rin

Abstract. In this study, due to the fact that there is no possibility to cover all types of case categories based on linguistic methods, only locative clauses and deictic cases of locative case are separated into components and differential syntactic analysis of each syntactic unit in the sentence. we limit ourselves to the comparative analysis of semantic symbols and their variants.

Keywords: case, part of the sentence expressing the sign of condition, secondary clauses, purpose, cause, condition, quantity-level, time and place

Аннотация. В данном исследовании, в связи с тем, что нет возможности на основе лингвистических методов охватить все виды падежных категорий, проводится разделение на компоненты только локативных придаточных и дейктических падежей локативного падежа и проводится дифференцированный синтаксический анализ каждой синтаксической единицы в предложении. мы ограничимся сопоставительным анализом смысловых символов и их вариантов.

Ключевые слова: падеж, часть предложения, выражающая признак условия, второстепенные предложения, цель, причина, условие, количество-степень, время и место.

Ma'lumki, ikkinchi darajali bo'laklardan biri bo'lgan hol haqida tilshunoslikda turli xil ta'riflar mavjud, shulardan ayrimlarini keltiramiz: "hol fe'l ifodalagan ish-harakat yoki holat belgisini ifodalovchi gap bo'lagidir" [Admoni V.G.; 230] yoki "hol - gap bo'lagi bo'lib, kesimga hamda aniqlovchiga yoki boshqa hollarga daxldor bo'lib, odatda u harakat belgisini yoki belgining belgisini ifodalaydi" [Jigadlo V.N., Ivanova I.P., Iofik L.L., 291; Krusinga E.A.]. B.A.Ilishning fikricha, ingliz tilida "adverbial modifier" ikkinchi darajali bo'laklardan hol deb atash unchalik mos atama emas. "Adverbial" deganda ikki xil tushuncha mavjud, lekin ikkalasi ham ko'zlangan maqsadni anglatmaydi. Birinchidan, hol har doim ravish bilan ifodalanadi degan tushuncha noto'g'ri, chunki hol turlicha morfologik vositalar yordamida ifodalanadi. Ikkinchidan, "adverbial" atamasi, ya'ni hol har doim fe'lni aniqlaydi degan tushuncha ham noto'g'ri, bu holatda ham hol gap tarkibida sifat, ravish, ot yoki fe'l kabilar yordamida ifodalangan gap bo'lagini anglatishga xizmat qiladi [Ilyish B.A., 233; Sweet H. A]. Mana shu keltirilgan turli xil ta'rif-tavsiflarda kamchiliklar bo'lishiga qaramasdan ular hozirgi kunga qadar sintaksisga doir darslik va o'quv qo'llanmalarda takrorlanib kelinmoqda. Shu bilan birga ayrim grammatikalarda holning boshqacha ta'riflarini uchratish mumkin: "ish-harakatning bajarilishidagi turli holatlar - maqsad, sabab, shart, miqdor-daraja, payt va o'rinni bildiradigan ikkinchi darajali bo'lak hol deb ataladi. Hol asosan harakatni ifodalovchi bo'lak kesimga tobe bo'ladi" [Bo'ronov J.B., 231; Krusinga E.A ., 214].

O'zbek tili grammatikalarida ham "hol to'ldiruvchidan keyingi ikkinchi darajali bo'lak bo'lib, ish harakatning belgi sifatini, uning bajarilish usulini, shu bajarilish bilan bog'liq bo'lgan o'rin, payt, sabab, maqsad, shart-sharoit, miqdor-daraja kabi xususiyatlarni ko'rsatadi. Demak, hol ish-harakatni biror jihatdan tasvirlaydigan xarakterlaydigan bo'lakdir", degan ta'riflar keltiriladi [167, 146].

A.I.Smirniskiyning ta'kidlashicha, an'anaviy grammatikalarda "hol kategoriyasi atroflicha aniqlanmagan kategoriyadir". Uning ta'biri bilan aytganda, "o'rin holi va payt holi har xil bo'lgani bilan voqeaning sodir bo'lish makoni va zamonini tavsiflaydi". Haqiqatan ham o'rin va payt hollarida namoyon bo'luvchi ma'nolarni tarz holi bilan qiyoslanganda gapda ifodalanuvchi jarayonning sodir bo'lish o'rnini yoki paytini, shartini kabilarni ifodalamasdan harakatning o'zida bevosita sodir bo'ladigan holatni o'zida aks ettiradi. Chunki u aniq jarayonning tavsifi hisoblanib, u aniqlovchiga yaqin turadi [Smirniskiy A.I., 223-225].

Tilshunoslarning aksariyat ko'pchiligining fikrlariga qaraganimizda holni tasniflashda, ularning tasnifi bir-biriga mos kelmaydi. Nemis tili misolida S.I.Alatorsevning ta'kidlashicha: "to'liq qoniqarli umumiy qabul qilingan holning tasnifi yo'q" [Alatorsev S.I., 3]. Haqiqatdan ham L.R.Zinder va T.V.Stroevalar tasnifi: "обстоятельство места, времени, причины, следствия, образа действия" [Zolotova G.A., 278], bunga E.I.Shendelstarz holini yana kichik guruhlarga ajratadi: обстоятельство с семантикой качества, количества, сравнения, средства, орудия, а также сопутствующее обстоятельство" [Shendels Ye.I., 305]. V.G.Admoniesa «...обстоятельство меры и степени, образа действия, места, времени, общей соотнесенности, причины и условия, цели, деятеля, орудия и средства действия» [Admoni V.G., 279].

Rus tilshunosligida ham hol kategoriyasi turlicha talqin etilmoqda. Masalan: V.N.Migrinning ta'kidlashicha, hol ifodalaydigan ma'nolarga adverbial bog'lanish mos kelmaydi, uning tarkibidan atributiv aloqa tushunchasini chiqarishga to'g'ri keladi. Chunki atributiv aloqa bilan bog'langan elementlar aniqlovchini ifodalaydi. Quyidagi birikmalarda ham громко кричать, быстро бегать ish harakatning sifat belgisini anglatganligi uchun ham fe'l aniqlovchisi deyish mumkin [Migrin V.N., 48-49].

Ye.S.Skoblikovaning fikricha, "hol ikkinchi darajali bo'laklarning bir necha mustaqil turkumlarini birlashtiradi, ularning har biri ma'no va grammatik jihatdan o'ziga xos xarakterlanadi [Skoblikova Ye.S., 181-182].

Hol gapning strukturaviy-semantik komponenti sifatida quyidagi xususiyatlarga ega bo'lgan ikkinchi darajali bo'lak hisoblanadi: hol ravish, ravishdosh, otli kelishik, predlogli kelishik shakllari yordamida ifodalanadi, gapda turlicha o'rinlarda uchraydi, ayniqsa postpozitsiya holatida, aniqlanmish so'zi bilan bitishuv va kuchsiz boshqaruv yordamida bog'lanadi, odatda fe'l bilan ifodalangan so'zga tobedir [Babayseva V.V., 126-127].

Yuqorida qayd etilgan fikrlardan tashqari ikkinchi darajali bo'laklarni jumladan, holni ham mantiqiy-grammatik jihatdan tushunishga e'tibor berilmoqda. R.N.Popov, D.V.Volkova, L.Ya.Maloviskiy, A.K.Fedorovlarning fikricha, ikkinchi darajali bo'laklarni ajratishda strukturaviy -semantik tamoyiliga asoslanishni ta'kidlab shunday yozadi: 1) til birliklarining shakli va mazmuni mosligi, har qanday til birligining strukturaviy-semantik jihatdan birligi va o'zaro bog'liqligi; 2) sintaktik birliklarning o'zaro munosabati va sistemali aloqalarini hisobga olishdir [Popov R.N., Volkova D.P., Maloviskiy L.Ya., Fedorov A.K., 320]. Bunday qarashda holni uning ma'nosiga qarab ikkiga bo'lish mumkin: 1) hol ma'nosini xarakterlovchi guruh, bunga tarz holi, harakatning bajarilish usuli, hamda ish harakatining sifatini yoki sonini ifodalovchilar; 2) asliy hol ma'nosini

ifodalovchilar, ya'ni o'rin, payt, sabab, maqsad, shart hollari kabilardir. Keyingi chop etilgan o'zbek tili grammatikasida hol deb "harakatning bajarilishi, holatning yuzaga kelishi, shu bilan bog'langan shart, sabab, maqsad, payt, o'rin, miqdor-darajalar asosida shakllanadi", degan ta'riflar keltirilgan [G'ulomov A., Asqarova M., 116-117].

Umuman olganda, holga doir berilgan bunday xilma-xil ta'riflar bu gap bo'lagining atroflicha o'rganilmaganligidan dalolat beradi. Holni ikkinchi darajali bo'lak sifatida mazmun va shakl jihatdan tasniflashda ham tillararo bir xillik yo'qligining guvohi bo'lamiz. Masalan: nemis tili grammatikalarida miqdor-daraja, tarz, o'rin, payt, sabab, shart, maqsad, vosita va ish-harakat vositalari, faolliklarga bo'lsa [Admoni V.G., 351], o'zbek tilida o'rin, payt, sabab, shart, maqsad, shart-sharoit, miqdor daraja [167, 146], boshqasida esa ravish, o'rin, payt, sabab, maqsad, miqdor-daraja, shart va to'siqsizlik [G'ulomov A., Asqarova M.,] kabi turlarga ajratiladi. Ingliz tilida esa o'rin, payt, tarz, miqdor-daraja, sabab, maqsad, natija, shart, to'siqsizlik [Jigadlo V.N., Ivanova I.P., Iofik L.L. , 298] kabi turlarga ajratib tasnif qilinmoqda. Rus tili grammatikasida hol quyidagi turlarga bo'linadi: обстоятелmство образа действия, меры и степени, места, времени, причины, цели, условий и уступки и т.д. [Valgina N.S., 139].

Yuqoridagi faktlar va mulohazalardan ma'lum bo'lishicha, tilshunoslikda hol kategoriyasini tasniflash va turlarga ajratishda bir xillik sezilmaydi. Bu esa tilshunoslikda hol va uning tasnifi hali ham bahstalab masala ekanligidan, hali ham u o'z echimini to'liq topmagan kategoriya ekanligidan dalolat beradi.

Nazarimizda, bunday kamchiliklarning asosi gap tahlilida aniq lisoniy metodlar asosida yoritilmaganligi bilan izohlanadi. Tilshunoslikda ma'lum bir tilning leksik, morfologik va sintaktik qatlamlarini bir-biridan farqlab tahlil qilish nazardan chetda qolayotganligi ham bunday xilma-xillikning kelib chiqishiga sabab bo'lmoqda [Muxin A.M., 52].

REFERENCES

1. Usmonov U. Gap tahliliga yangicha yondashuv // Xalqaro ilmiy-anjuman materiallari. SamDChTI ning 10 yilligiga bag'ishlanadi. - Samarqand: SamDChTI nashri, 2004. B. 106107

2. Сафаров Ш.С. О функциях падежей, предлогов и послелогов в лексических и синтаксических конструкциях // В кн.: Романо-германская филология и сопоставителное изучение языков. Самарканд: 1978, С. 80-88

3. Мухин А.М. Лингвистический анализ. Теоретические и методологические проблемы. Ленинград: Наука, 1976. - 282 с.

4. Мухин А.М. Морфологические и синтаксические категории // Исследования по языкознанию: К 70 - летию члена корреспондента РАН А.В.Бондарко // отв.ред. С.А.Шубик. - Санкт-Петербург: Изд-во С.Петербургского ун-та, 2001. С. 51-55.

5. Мухин А.М. Синтаксемный анализ и проблемы уровней языка. Ленинград: Наука, 1980. - 304 с.

6. Мухин А.М. Системные отношения переходных глаголных лексем. Ленинград: Наука, 1987. - 232 с.

7. Мухин А.М. Структура предложений и их модели. Ленинград: Наука, 1968. - 230 с.

8. Мухин А.М. Функционалный анализ синтаксических элементов (на материале древнеанглийского языка). Москва - Ленинград: Наука, 1964. - 232 с.

9. Мухин А.М. Функционалный синтаксис. Функционалная лексикология. Функционалная морфология. Санкт-Петербург: 2007. - 198 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.