Научная статья на тему 'OLMOSH SO‘Z TURKUMI VA UNING O‘RGANILISHI'

OLMOSH SO‘Z TURKUMI VA UNING O‘RGANILISHI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
4678
262
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
til / badiiy matn / olmosh / kishilik olmoshlari / ko‘rsatish olmoshlari / belgilash olmoshlari / bo‘lishsizlik olmoshlari / so‘roq olmoshlari / gumon olmoshlari / o‘zlik olmoshi / leksik ma’no / semantik ma’no

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Husniya Zaynalova Abduraxmon Qizi, Yoqutxon Nuraliyeva Baxtiyorovna

Badiiy nutq o‘zining keng qirraligi bilan boshqa nutq turlaridan ajralib turadi. Badiiy nutqda tildagi barcha so‘zlar o‘zining butun imkoniyatlari bilan ishtirok etadi, shu jumladan olmoshlar ham badiiy nutqda o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Bu maqolada olmoshlarning o‘rganilishi, badiiy matndagi leksik-semantik xususiyatlari atroflicha tahlil etiladi, olmoshlarga xos bo‘lgan nutqiy imkoniyatlar va ularning tahlili ilmiy asosga qo‘yiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OLMOSH SO‘Z TURKUMI VA UNING O‘RGANILISHI»

-ôûmsHsô^^

Husniya Zaynalova Abduraxmon qizi

Farg'ona viloyati Farg'ona tumani 48-umumiy o'rta ta'lim maktabi Ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Yoqutxon Nuraliyeva Baxtiyorovna Farg'ona viloyati Farg'ona tumani 48-umumiy o'rta ta'lim maktabi Boshlang' sinf o'qituvchisi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7480521

Anotatsiya: Badiiy nutq o'zining keng qirraligi bilan boshqa nutq turlaridan ajralib turadi. Badiiy nutqda tildagi barcha so'zlar o'zining butun imkoniyatlari bilan ishtirok etadi, shu jumladan olmoshlar ham badiiy nutqda o'ziga xos o'rin egallaydi. Bu maqolada olmoshlarning o'rganilishi, badiiy matndagi leksik-semantik xususiyatlari atroflicha tahlil etiladi, olmoshlarga xos bo'lgan nutqiy imkoniyatlar va ularning tahlili ilmiy asosga qo'yiladi.

Kalît so'zlar: til, badiiy matn, olmosh, kishilik olmoshlari, ko'rsatish olmoshlari, belgilash olmoshlari, bo'lishsizlik olmoshlari, so'roq olmoshlari, gumon olmoshlari, o'zlik olmoshi, leksik ma'no, semantik ma'no.

So'zlovchi yoki yozuvchi biror shaxs, predmet, belgi miqdor haqida yozar yoki gapirar ekan, shu predmet, hodisa, miqdor yoki belgining nomini bildiruvchi so'zni takrorlay berishdan qochadi. Ularni m a'nodosh boshqa so'zlar bilan almashtiradi. SHunday hollarda ko'pincha ot, sifat, sonlarning ekvivalenti sifatida olmoshlar qo'llaniladi. [ 1, B. 122-bet]

1. Kishilik olmoshlari shaxs olmoshi deb ham yuritiladi, chunki shaxsga ishora qiladi. Shaxs olmoshining qo'llanishida ayrim o'ziga xosliklar bor. Shaxs o'z ma'nosidan tashqari ko'chgan holda qo'llanishi mumkin. [2, B. T. 228-bet]

Kishilik olmoshlari shaxslarga nisbatan ishlatiladi. Ba'zan kishilik olmoshlari shaxsni ifodalashi bilan birga, ko'rsatish ma'nosini ham bildiradi. Shunga ko'ra, kishilik olmoshlarini ikkiga bo'lish mumkun:

1. Sof kishilik olmoshlari (men, sen, biz, siz);

2. Kishilik - ko'rsatish olmoshlari (u, ular) sof kishilik olmoshlari faqat shaxsni ko'rsatuvchi, ular so'zlovchi va tinglovchini ifodalovchi olmoshlardir.

Kishilik-ko'rsatish olmoshlari deb nomlangan olmoshlar tarixan ham, hozir ham shaxslarga nisbatan qo'llangan, grammatik jihatdan shaxs otlari vazifasini bajargan. SHu bilan birgalikda, qo'llanishidagi faollik ulardagi uslubiy imkoniyatlaxning toboro kengayib borganligida ham ko'rinadi. Ya'ni ularning qo'llanish doirasi kengayib, ma'lum shaxsni ko'rsatishdan tashqariga chiqib, ma'nolarida ko'chim sodir bo'lishi

kuzatiladi. Bir shaxsni ifodalovchi olmoshning ikkinchisining o'mida qo'llanilishi, son jihatdan almashinish, ya'ni birlik o'mida ko'plik shaklining ishlatilishi, olmoshlarning, xususan, kishilik olmoshlarining funksional uslublar aro qo'llanilishi va chegaralanishi shular jumlasidandir. [3, B. 95-bet]

Matnlarda alohida maqsadlardan kelib chiqib, biz olmoshi men olmoshining o'mida yakka shaxsga nisbatan qo'llanadi.

Shunaqa. Biz ham ko'chada qolgan emasmiz! - tanishlarimni ko'rib qo'y degandek, maqtanmoqchi bo (ldi Nargiza (H. Karimov Burgut changalida).

So'roq olmoshi.

So'roq olmoshlari orqali so'zlovchi nutq jarayonida ishtirok etuvchilardan o'ziga ma'lum bo'lmagan narsani aniqlab bilishga intiladi.

So'roq olmoshlari shaxsga (kim?) predmetga (nima?), belgiga (qaysi?), (qanday?), miqdorga (necha? qancha?), vaqtga (qachon?), maqsad va sababga (nega? nimaga?) va o'riniga (qayer?) munosabat anglatadi.

Hozirgi o'zbek tilida so'roq olmoshlaridan kim shaxslarga nisbatan, nima predmetlarga nisbatan ishlatilishi normal holat hisoblanadi. Kim olmoshining o'mida nima olmoshining qo'llanishi og'zaki so'zlashuv nutqi uchaun xos hodisadir. Bunday holatning badiiy asar tilida uchrashi, bir tomondan, og'zaki so'zlashuv nutqi elementlari sifatida izohlansa, ikkinchi tomondan, u badiiy asar kamchiligi sifatida ham qaralishi kerak. Chunki yozuvchilar adabiy tilni pishiruvchi, silliqlovchilardir. [ 4, B.. 123-bet]

Ba'zi so'roq olmoshlari qo'shma gapda nisbiy so'z vazifasida kelgani uchun so'roq-nisbiy olmoshlari deb nomlanadi: Sen nimani so'rasang, nimani istasang, o'shani muhayyo qilamiz. Suv qancha ko'p bo'lsa, ekinlar shunchayaxshi o'sadl

-Ularga jinoiy guruhni fosh etishda bizga qancha ko'p yordam berishsa, jazolari shuncha yengil bo'tíshi haqida aytilgan (H. Karimov "Burgutlar changalida"65-bet). Ergash gapda kelgan bunday so'roq olmoshlari so'roq ma'nosini yo'qotgan bo'ladi.

O'zbek tilida qo'llanadigan so'roq olmoshlari asosan quyidagi xususiyatlarga

ega:

Kim olmoshlari shaxslarga nisbatan qo'yiladi. Bu olmoshning qo'llanishida quyidagi xususiyatlar bor:

1. Shaxsga nisbatan so'roqni ifodalagani uchun ot xarakterida keladi va otlar kabi egalik va kishilik qo'shimchalarini qabul qiladi. Mening kimim bor? Ayrim vaqtda juftlanib kelib shaxslarning kimligini aniqlash uchun qo'llaniladi. Juftlanib kelganda har ikkisi birlikda yoki oldingisi birlikda keyingisi ko'plik formasida qo'llanilishi mumkun.

2. Nisbiy so'z vazifasida kelganda ma'noni kuchaytirish uchun -ki yoki -da, + kim yordamida qo'shib ishlatiladi.

3. Kim olmoshi -sa qo'shimchasini olib otga ko'chadi: kimsa. Bu so'z hech, har so'zlari bilan kelishi yoki -siz qo'shimchasini olishi mumkun. Kim olmoshi gapda ko'pincha ega, kesim, to'ldiruvchi, ba'zan aniqlovchi va hol bo'lib keladi.

4. Nima olmoshi takrorlanib, har ikkinchisi bir xil shakillarida yoki oldingisi birlikda, keyingisi ko'plik qo'shimchasini oigan holda keladi.

Nima so'zi ba'zan ne shaklida yolg'iz, yo takrorlangan holda:

a) predmetga nisbatan qo'llanilgan nima so'roq olmoshi o'rniga ishlatiladi;

b) predmet belgisini ifodalovchi qanday olmoshiga yaqin vazifada yoki gapning mazmuniga qarab yomon, ko'p degan ma'nolarda ishlatiladi. Odamlar g'urur, chegarasiz tnanmansirash tufayli ne-ne kulfatlarga duchor bo'lmagan deysiz

So'roq olmoshi faqat so'rash ma'nosini yuzaga chiqarmaydi, ma'noni bo'rtirish (kimki), (nimaki), ritorik so'roq, taajjub kabi ma'nolarni ham ifodalaydi.1

Nega kerak edi, shu chiroy, shu o %

Shu yoniq yulduzni ko 'zga yashirmoq?

Nega lablaringdan husn oldiyoqut,

Nega siynang bo'ldi qor tig'iday oq? (H. Olimjon Ofeliyaning o'limi)

Ko'rsatish olmoshlari shaxs, narsani va ularning belgisini, bir turdagi narsalardan bittasini ajratib ko'rsatish, ta'kidlash uchun xizmat qiladi. Qaysi so'rog'iga javob bo'ladi. Ko'rsatish olmoshlariga bu, shu, o'sha, mana bu, mana shu, ana shu, ana u olmoshlari kiradi.

Shu asnoda kattakon bir sag'ananing ichidanmi, naryog'idanmi allaqanaqa bir tovush eshitildi-yu, hayal oHmay nimadir kelib Unsinningyelkasiga minib oldi, aftidan, bo'g'moqchi bo'lib qo7 uzatdi (A. Qahhor Dahshat)

Ko'rsatish olmoshlari so'zlovchi bilan ko'rsatilayotgan narsa sodir bo'lgan vaqtga qarab ishlatiladi, ma'nolari hamisha asosda aniqlanadi. Bu olmoshi so'zlovchiga ancha ayon, so'zlovchiga nisbatan ancha yaqin masofada turgan yaqindagi eslatadigan narsa, voqeani ko'rsatishga xizmat qiladi.

Bu yerning o'zida unga "Said Jalobconi sohibqiron" deb nom beriladi (A. Qahhor Bashorat

Shu olmoshi ham, bu olmoshi kabi ma'noga ega, ammo shu olmoshida ta'kid ma'nosi kuchli. Shu kuni kechasi, yotar mahalida, To'xta buvini vahima bosdi... (A. Qahhor Kampirlar sim qoqdi).

Shokirxo 'ja qandolatchi asal qiyom qildirayotganda qozoniga ammamning jo'jasi tushib ketgandi, shu jo'janiyalaganman... (A, Qahhor Anor)

U olmoshi esa so'zlovchiga nisbatan ancha uzoqda turgan yoki ancha ilgari eslatib o'tilgan narsalarni ko'rsatadi. O'sha ko'rsatkich olmoshi so'zlovchiga ilgaridan ma'lum bo'lgan, ilgari eslatib o'tilgan narsa, vaqt yoki hodisaning ajratib ko'rsatishga xizmat qiladi.

1 R.Sayfullayeva, B.Mengliyev va boshqalar Hozirgi o'zbek adbiy tili. T.2009. 228-bet

- O'sha asalningpuliga anor ham berar edi (A. Qahhor Anor).

Ko'rsatish olmoshlariga mana, ana so'zlari qo'shib ishlatiladi.

Mana shu, mana bu, ana shu kabi olmoshlar yaqin masafadagi narsani ajratib ko'rsatadi. Uning vaqt masofa jihatdan so'zlovchiga yana ham yaqinligini ta'kidlaydi. Ana u, ana o'sha olmoshlari esa ancha uzoqda turgan yoki oldindan ma'lum narsalarni ko'rsatadi.

Mana shunday vaqtlarda til qotib og'izda aylanmay qoladi, mabodo, aylansa, mushtning xizmatini qiladi (A. Qahhor Anor).

Qani endi ana shunday shiddatli va qaltis daqiqalarda o'sha Qurbonovday mard, qo'rqmas insonlar bilan yonma-yon bo'lsang, ularga ko'ksingni qalqon qilsang! Lekin ana shunaqangi fursat nasib etarmikan menga, hayotda?! (H. Karimov "Burgutlar changalida" 176-bet).

Belgilash olmoshi. Har so'zi belgilash olmoshi bo'lib, ko'pincha so'roq olmoshi bilan birikib keladi va qo'shma belgilash olmoshini yasaydi. Jamlik ifodalovchi olmosh predmet, shaxs, belgiga nisbatan yig'indini, to'dani ifodalaydi: hamma, barcha, barí, butun.

Bo'lishsizlik olmoshlari. Inkor olmoshlari ma'no jihatdan belgilash olmoshlarining zidi bo'lib, barcha predmet yoki belgiga nisbatan inkor ma'nosini-bo'lishsizlikni bildiradi. Bu olmoshlar ishtirok etgan gapning kesimi inkor shaklida kelib, gap inkor gap hisoblanadi. So'roq olmoshlari hech so'z bilan birikib kelganda so'roq olmoshlarining ma'nosi o'zgarib, shaxs (hech kim), predmet (hech nima), miqdor (hech qancha), belgilovchi so'zlar hosil qiladi. Hech kim olmoshi inkor gaplar tarkibida uyushgan boiaklarning umumlashtiruvchi so'zi vazifasida ham kela oladi.

Hech nima olmoshi predmet yoki voqea - hodisaga nisbatan inkorni bildiradi.

Hech nima olmoshi (predmet) ham ko'pincha otlar o'rnida kelib, otlarga xos egalik va kishilik qo'shimchalarini oladi.

Hech qanday olmoshi predmet belgisiga nisbatan inkorni bildiradi: Saidaning yuzida hech qanday o'zgarishyo(q edi (A. Qahhor).

-Shunaqa, hech kim hech narsani ko'rmaydi, eslolmaydi, qotillar bemalol ayshni surib yuraveradi (H. Karimov "Burgutlar changalida "64-bet).

Hech qanday so'zi paytga nisbatan inkor ma'nosini bildiradi. Gapda ravish o'rnida qo'llaniladi - ish harakatning yuzaga kelmaganini bildiradi. Kimsa so'zi ham bo'lishsizlik olmoshi o'rnida qo'llanilib shaxsga nisbatan inkor ma'nosini bildiradi.

Gumon olmoshi muayyan predmet, shaxs, belgi yoki harakat xususida o'ta muhim tushunchani bildiradi. So'roq olmoshi bilan qo'shilib keladigan (alia- va -dir) birligi ushbu olmoshga noaniqlik ma'nosini kiritadi. Gumon olmoshlari asosan ot va sifat o'rnida qo'llaniladi.

Kimdir chuqur xo'rsindi, boshqa biri peshonasini siladi, kimdir bo'ynini cho'zgancha galma-galdan ularning qo 'liga qarashga urindi (H, Karimov "Burgutlar changalida" 184-bet)

Allanima olmoshi o'rnida ba'zan xos ma'no vazifasida allanarsa olmoshi ham qo'llaniladi.

Allakim olmoshi shaxslarga nisbatan noaniqlik ko'rsatadi. Allaqanday (allaqanaqa) olmoshi predmetning belgisi noaniq ekanligini ko'rsatadi.

Noaniqlik shakli -dir ko'plik, egalik va kishilik qo'shimchalaridan so'ng qo'shilib ketadi. Nimadandir mulohza qilib, hech narsa demadi (A. Qahhor)

Kim, nima olmoshlariga qo'shilib, noaniq shaxs yoki predmentni ifodalaydi. Samantoyev kotiba qizdan kimnidir chaqirtirdu (S. Qahhor Taxmina yoxud daydi qizning daftari 175-bet)

Qanday so'ziga qo'shilib, noaniq belgini ifodalaydi. Ko'pincha bu xildagi gumon olmoshi belgini ifodalovchi so'zlar oldida keladi.

Qayer, qayoq so'zlariga qo'shilib, o'ringa nisbatan noaniq belgini ko'rsatadi. Buning uchun bu so'zlar o'rin kelishlari qo'shimchasidan birini qabul qilgan bo'lishi shart.

To'ng'ich akasi qayoqlardandir taqinchoqlar olib kelib topshiradi, goho taftish o'tkazib turadi (H. Karimov Burgutlar changalida 71-bet)

Qachon so'zi -dir bilan birga kelib paytga nisbatan noaniqlikni bildiradi. Qachondir urgandim unga boshlarim, Poydevor bo'libdi cho'tir toshlarim. (I. Mirzo "Qachondir" she'ri)

Birov so'zi ko'pincha begona, boshqa, notanish, noaniq odam, kimdir degan ma'noni ifodalaydi.

Maymunni dodxoning o'zi olib kelmagandir, birovdan berib yuborgan! (A. Qahhor Dahshat)

Qaysidir olmoshi ham noaniq belgiga ishora qiladi, noaniq paytni, miqdorini ham ifodalashi mumkin.

Qaysidir xalqda shunday maqol bor: bu dunyo qo'riqlovchilar va qo'riqlanadiganlar dunyosidir! (H. Karimov Burgutlar changalida 62-bet%

Olmosh so'z turkumini o'rganishda badiiy matnlarga murojaat qilish orqali ularning o'ziga xos uslubiy jihatlari yanada namoyon bo'lishini kuzatish mumkin.

So'zlar o'ziga xos leksik-semantik belgilariga ko'ra ma'lum guruhlarga bo'linadi, ya'ni so'zlarni turkumlarga ajratishda ularning leksik-semantik belgilari asosga olinadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Shomaqsudov A,, Rasulov I va boshqalar O'zbek tili stilistikasi, Toshkent, O'qituvchi 1983.122-bet

2. Sayfullayeva R., Mengliyev B. va boshqalar Hozirgi o'zbek adbiy tili. T. 2009.228-bet

3. Yusupova O. Kishilik olmoshlarining ayrim ftraksional-uslubiy xususiyatlari. // O'zbek tili va adabiyoti 2008. 5-son 95-bet

4. Shomaqsudov A,. Rasulov I va boshqalar O'zbek tili stilistikasi, Toshkent, O'qituvchi 1983. 123-bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.