Научная статья на тему 'SHE’RIY ASARLARDA OLMOSHLARNING QO‘LLANILISHI'

SHE’RIY ASARLARDA OLMOSHLARNING QO‘LLANILISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
768
187
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
til / badiiy matn / olmosh / kishilik olmoshlari / siz olmoshi / sen olmoshi / leksik ma’no / semantik ma’no

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Husniya Zaynalova Abduraxmon Qizi, Sevara Barotova Akbarali Qizi

Badiiy nutq o‘zining keng qirraligi bilan boshqa nutq turlaridan ajralib turadi. Badiiy nutqda tildagi barcha so‘zlar o‘zining butun imkoniyatlari bilan ishtirok etadi, shu jumladan olmoshlar ham badiiy nutqda o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Bu maqolada sen va siz olmoshlarning badiiy matndagi leksik-semantik xususiyatlari atroflicha tahlil etiladi, olmoshlarga xos bo‘lgan nutqiy imkoniyatlar va ularning tahlili ilmiy asosga qo‘yiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHE’RIY ASARLARDA OLMOSHLARNING QO‘LLANILISHI»

SHE'RIY ASARLARDA OLMOSHLARNING QO'LLANILISHI

Husniya Zaynalova Abduraxmon qizi

Farg'ona viloyati Farg'ona tumani 48-umumiy o'rta ta'lim maktabi Ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Sevara Barotova Akbarali qizi Farg'ona viloyati Farg'ona tumani 48-umumiy o'rta ta'lim maktabi Ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7348407

Anotatsiya: Badiiy nutq o'zining keng qirraligi bilan boshqa nutq turlaridan ajralib turadi. Badiiy nutqda tildagi barcha so'zlar o'zining butun imkoniyatlari bilan ishtirok etadi, shu jumladan olmoshlar ham badiiy nutqda o'ziga xos o'rin egallaydi. Bu maqolada sen va siz olmoshlarning badiiy matndagi leksik-semantik xususiyatlari atroflicha tahlil etiladi, olmoshlarga xos bo'lgan nutqiy imkoniyatlar va ularning tahlili ilmiy asosga qo'yiladi.

Kalit so'zlar: til, badiiy matn, olmosh, kishilik olmoshlari, siz olmoshi, sen olmoshi, leksik ma'no, semantik ma'no.

Nazmiy asarlarda so'z mazmunan his-hayojonga yo'g'rilgan, nihoyatda tiniqlashgan, teranlashgan bo'lishi shart. Har bir so'z shakl-shamoilga, rang-bo'yoq, "maza", salmoq va ohangga ega bo'lishi kerak. Shuning uchun poetik nutq o'ziga xos nutq bo'lib, bu o'ziga xoslikini lirikaning predmeti keltirib chiqaradi. She'riyatga xos hissiy fikrlash, monologik nutq uning so'z poetikasi ham o'ziga xos olamni yaratadi. Bu olamni yaratishda so'z turkumlari muhim o'rinni egallaydi. Garchi ot, sifat, fe'l singari so'z turkumlarining poetik kengligi olmoshlarda uchramasa-da, olmoshlar ham o'zining semantik-stilistik xususiyatlari bilan she'riy nutqda o'ziga xos ahamiyat kasb etadi. She'riy nutqda olmoshlar sinonimiyasidan, she'riy, tarixiy variantlaridan keng foydalanganlik holatiga duch kelamiz. Bu nutqni g'aliz qilmaydi, aksincha, she'riyat talabidan kelib chiqadi va bu holat ba'zan muhim stilistik vazifani ado etishga xizmat qiladi.

Dunyo bo'ldi chamanim manim,

O'zbekiston, Vatanim manim (A.Oripov).

Bu matndagi "manim" shakli "men" olmoshining shevaviy variantidan olingan. Lekin bu holat she'rda hech qanday g'alizlik tug'dirmagan, aksincha, ajayib ruh bag'ishlab turibdi.

Badiiy asarlarda biz olmoshining ham bizim shaklida qo'llanilishini kuzatish mumkin.

Turonlik - unvonimiz, turkistonli shonimiz,

Vatan - bizim jonimiz, fido o'lsun qonimiz. (Cho'lpon.)

Ba'zan olmoshlar nutqda ko'p takrorlansa uslubiy jihatdan g'alizlik kelib chiqadi,lekin she'riyatda bunday holat kuzatilmaydi. Shu takror o'ziga xos ta'kid, kuchaytirish vazifasini bajaradi.

Qani o'sha kuychi, xayolchan yigit?

Nechun ko'zingda yosh turib qolding lol.

Nechun qora libos, sochlaringda oq,

Nechun bu ko'klamda senparishonhol? (Zulfiya "Bahor keldiseniso'roqlab")

She'riyatda olmoshlar takrori har qanday o'rinda ham kelib o'ziga xos stilistik vazifani bajaradi.

Xalq og'zaki ijodida ham olmoshlar keng qo'llanadi bu esa olmoshlarning vazifa ko'lami nihoyatda serqamrov ekanligidan dalolat beradi. Masalan, bitta bu olmoshning qo'llanish chastotasiga e'tiboringizni qaratsak. Shu holatning o'zi yuqoridagi fikrimizning yaqqol isboti bo'lib, hizmat qiladi. Bu olmoshi Alpomish dostonida 1069 marta, uning bu varianti esa 466 marta, Ravshan dostonida bu olmoshi 139 marta, Rustamxon dostonida 282 marta qo'llangan. Lug'atda bu olmoshi eng ko'p qo'llangan so'zlar qatorida turibdi. [ 1, B. 124] Mana shu dalilning o'zi olmoshlarning nutqdagi o'rni ancha faolligidan dalolat beradi. Shu o'rinda aytish kerakki, adabiy til me'yorida mavjud bo'lmagan man, san, ul, alar, na, ne, nechuk, nechun, undoq, bundoq, shundoq, munday, kimsa, har kimsa, bir kimsa, nechundir, faqir, kamina, janob, banda, hech banda, allanechuk, nechundir, qandoq olmoshlari she'riyat talabi bilan, ba'zan qofiya talabi bilan, ko'tarinki nutqni ta'minlash individual nutq xosil qilish, tantanavor ruh hosil qilish uchun poetik nutqda keng qo'llaniladi.

Xalq og'zaki ijodida ham ko'proq bugungi kunda sheva varianti deb o'rganiladigan olmoshlar yoki tarixiy shakl deb o'rganiladigan olmoshlar keng uchraydi.

Ba'zan poetik nuqda olmoshlar kuchaytirish ma'nosini ham o'zida ifodalaydi. Bu hodisa ayniqsa Cho'lpon ijodida ko'p uchraydi. Cho'lponning "Buzilgan o'lkaga" she'rida 43 o'rinda olmoshlardan foydalanilgan. So'roq olmoshlarining takror qollanilishi, lirik qahramoning his-hayajonini kuchliroq ifodalashga xizmat qilib, she'rga emotsional ma'no yuklagan. Allegoriya san'atini yuzaga keltirib, she'rga ajoyib ohang bag'ishlagan.

Sening qattiq sir-bag 'ringni ko 'p yillardir ezganlar,

Sen bezsang-da, qarg 'asangda ko 'kragingda kezganlar

Sening erking tuprog 'ingda hech haqqi yo 'q xo 'jalar,

Nega seni bir qul kabi qizg 'anmasdan yancharlar?

Nega sening qalin tovushing "ket" demaydi ularga?

Nega sening erkli ko 'ngling erk bermaydi qullarga?

Nega tag'in tanglaringda qamchilarning kulishi?

Nega sening turmushingda umidlarning o 'lishi?

Negayolg'iz qon bo 'lmishdir ulushing?

Nega buncha umidsizdir turishing?

Nima uchun ko 'zlaringda tutashguvchi olov yo 'q?

Nima uchun tunlaringda bo 'rilarning qorni to 'q?

Nima uchun g'azabingni uyg'otmaydi og'u-o 'q?

Nima uchun borlig'ingda bu daraja buzg'unlik?

Nima uchun o 'ch buluti sellariniyog'dirmas?

Nima uchun kuch tangrisi bor kuchi-la soldirmas?

(Cho'lpon "Yana oldim sozimni") She'rning 24 o'rinida so'roq olmoshlaridan foydalanilgan. Ulardan 1 tasi qaysi olmoshi, 3 tasi qayerda olmoshi, 9 o'rinda nima uchun olmoshi, 11 o'rinda nega olmoshi qatnashgan.

Cho'lpon she'rlarida so'roq olmoshlarining turli variantlarini kuzatish mumkin. Nima uchun olmoshining o'rnida na uchun varianti qo'llanadi. Masalan:

Na uchun ularning tovushlarida

O 'tgan asrlarning ohangi yig 'lar?

Na uchun yozmishning o'ynashlarida

Har yurish ko 'nglimni ishtardek tig 'lar? ("Amalning o'limi" she'ri)

"Go'zal" she'rida ham olmoshlarning uslubiy xususiyatlari yaqqol ko'zga tashlanadi. Bizga ma'lumki, kishilik olmoshlarining I va II shaxslari shaxsga ishora qiluvchi olmoshlardir. Ammo poetik nutqda ko'pincha ular predmetlar tilidan ham qo'llanadi. She'rda 8 o'rinda men olmoshi qo'llanilib, 4 o'rinda predmetlar (yulduz, oy, shamol, kun) tilidan, 4 o'rinda lirik qahramon tilidan qo'llanilgan. Biz olmoshi bir o'rinda yulduzlar tilidan ishlatilgan.

Qorong 'u kechada ko 'kka ko 'z tikib,

Eng yorug' yulduzdan seni so 'raymen.

Ul yulduz uyalib boshini bukub,

Aytadi: men uni tushda ko 'ramen.

Tushimda ko 'ramen - shunchalar go 'zal,

Bizdan-da go'zaldir, oydan-da go'zal! (Cho'lpon "Yana oldim sozimni" 381-bet). Bunda u ko'rsatish olmoshining tarixiy ul variantidan foydalanilgan.

Olmoshlarning o'ziga xos yana bir jihati possesiv munosabat ifodalay olishidir. Possesiv munosabatlar kishilik olmoshlari hamda bor bo'lmoq yordamchi fe'lining -dir ko'rinishi orqali hosil bo'ladi: men Zarifaman, biz insondirmiz. [2, B. 90]

Poetik nutqda ham posessivlik munosabatini kuzatishimiz mumkin. Bizning ilmiy ishimiz badiiy asalardagi olmoshlar bo'lganligi sababli o'zlik olmoshlari vositasida qarashlilik ifodasiga to'xtaldik xolos.

Go 'zal qushlar! Mening munda borligim,

Hech sababsiz qo 'rqitadir sizlarni!

Sira qo 'rqmang! Sayray bering erkinlab,

Ko'nglingizda yashirin yotgan sirlarni! (Cho'lpon Yana oldim sozimni kitobi "Odam va qush" she'ridan 446-bet)

Maydon qani, mardi maydonlar qani?

Bakovullar qani, farmonlar qani?

Belda belvog'i borpolvonlar qani?

O 'zimning holimga o 'zim hayronman (I.Mirzo "Bog'dodpolvonlari" she'ri).

O'zimning holim tarzidagi atributivlik konstruktsiyasi orqali posessivlik munosabati ifodalanmoqda.

Alisheг Navoiyning "FaAod va Shirin" dostonida Shirinning FaAodga yozgan maktubida quyidagi jumlaga ko'zimiz tushadi:

Nedur ahvoling, ey zori g'aribim,

Visolim, davlatidin benasibim. Bu yerda nedur olmoshi nimadir olmoshining qisqargan ko'rinishi. Qanday olmoshi o'rnida qo'llangan. So'roq olmoshlarining biri o'rnida ikkinchisining faol qo'llanishi tarixan ham mavjud bo'lgan.

Mumtoz adabiyotda chiston janrida so'roq olmoshlarining tarixiy shaklini ko'p kuzatishimiz mumkin.

Ul nadurkim, sabzto 'nlik, yozyog'ochning boshida,

Qish yalang 'och aylagay barcha xaloyiq qoshida.

Barcha qushlarning so 'ngoki ichida

Ul na qushdurkim, so 'ngoki toshida. (Yong'oq)

Uvaysiyning bu chistonida nadurkim, na so'roq olmoshlari, u ko'rsatish olmoshining tarixiy shakli ul dan foydalanilgan. Hoziïgi she'riyatimizda yaratilayotgan chistonlarda olmoshlarning tarixiy shaklini kuzatish mumkin.

U nadirkim doimo davron kezar,

Barcha olam ichra sargardon kezar,

Yo 'q qarori, bir umr g'ayratdadir,

Elga rizq bermoq uchun hikmatdadir. (A. So'fiyev Hozirgi o'zbek adabiy tili. Akademik litseylarning 2-bosqich talabalari uchun darslik 117-bet).

Nadirkim so'roq olmoshi she^ talabidan kelib chiqqan holda emotsional ta'siï ko'rsatish funksiyasini bajargan.

Xulosa qilib shuni aytamizki, olmoshlarning poetik nutqda qo'llanishi juda faol bo'lib ularning uslubiy xususiyatlari yaqqol namoyon bo'ladi. Bunda ularning tarixiy shakllari, variantlari va turli dialektlardagi formalarini kuzatish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. D.O'rinboyeva O'zbek xalq dostonlari tilining chastotali lug'ati. - Toshkent, 2006.

2. Z.Shukurova. O'zbek tilida egalik kategoriyasi.// O'zbek tili va adabiyoti. 2014.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.