INGLIZ VA O'ZBEK TABIIY ILMIY MATNLARIDA MAKON VA ZAMON DEYKSISINING IMPLISIT HOLATLARI
Ilmiy matnlar o'ziga xos uslubi bilan badiiy matndan farlqanadi. Xususan ilmiy matnlarda matnning pragmatik mohiyatini belgilovchi vositalar so'zlashuv vaqtida ishlatiladigan vositalardan birmuncha farq qiladi. Mazkur maqolada tabiiy fanlarga oid ingliz va o'zbek tillaridagi ilmiy matnlarda deyksisning implitsit tarzda qo'llanishi va buning qanday ko'rinishda va shaklda berilishi misollar yordamida ifoda etilgan.
Kalit so'zlar: ilmiy matn, deyksis, implisit, zamon deyksisi, makon deyksisi, muallif, adresat.
Scientific texts differ from artistic texts by their unique style. In particular, in scientific texts, the tools that determine the pragmatic essence of the text are somewhat different from the tools used during conversation. In this article, the implicit use of deixis in scientific texts in English and Uzbek languages related to natural sciences and how it looks and is expressed with the help of examples in both languages.
Keywords: scientific text, deixis, implicit, time deixis, space deixis, author, addressee.
Muallifning subyektiv qarashini ifodalash uchun xizmat qiladigan har xil sathlarga oid lisoniy birliklarning bir qator turlarga egaligi so'zlovchi (muallif)ni implicit ko rsatishi ilmiy janrga xos bo lishi haqidagi farazni tasdiqlaydi. Malumki implitsit holatdagi vositalar tarkibiga muallifning o quvchini harakatga bilvosita undashini korsatadi [4, 43\.Pyrethroid insecticides are the most widely used agents for indoor pest control. Those developed since the early 1970s have improved photo stability and minimal volatility, which have enabled their successful use in widespread agricultural applications (EHP, Feb, 2010. - P754).
Mazkur misolda those korsatish olmoshi ozidan olding gapdagi soz birikmaga anaforik aloqada kelib deyksisning implisit qollanilishiga misol bola olayapti.
Ilmiy muloqotda buyruq mazmunida axborot berilganda, harakat bajaruvchining diqqat markazida turadigan faoliyat natijalari ta kidlanadi. Matn muallifi o z fikrini bevosita yoki bilvosita so'roq tarzida ifodalash bilan o'quvchining bildirilayotgan axborotni tahlil qilishga hamda mulohaza jarayonida bor bilim va
Munisa Mamadiyor qizi Bozorova
SamDChTI assistent o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
tajribasidan foydalanishga undaydi. Oqibatda, qabul qilingan
October 5-6
axborot oquvchi uchun umumiy bilim majmuasining ma'lum qismi sifatida shakllanishiga imkon yaratadi [3,15].
Malumki, matn qismlari aloqasi uch korinishda yuzaga keladi. Matn bolagining ozidan oldingi qismdagi element bilan aloqadorligi anafora hodisasini yuzaga keltirsa, ushbu bolakning keyingi kontekst bilan aloqasi esa kataforani hosil qiladi. Lekin matn bolagi bir paytning ozida oldingi va keyingi kontekstlar bilan mazmuniy aloqada ham bolishi mumkin. Bu holatda diafora yoki diaforik aloqa yuzaga keladi [1,18]:.Due to their great reactivity nitrogen oxides only reside for a very short time in atmosphere and their concentration consequently show strong temporal and spatila fluctuations(New AG international, Sept, 2010. -P. 47).
Mazkur gapda their olmoshi dastlab kataforik holatda kelib ozidan keyingi otni ifodalasa, keyingi gapda anaforik holatda qo llanilgan. Ushbu turdagi aloqalarni voqelantiruvchi vositalar esa grammatik shakllar hamda lugaviy birliklardir. Korsatish olmoshlari deyktik ishoralar hamda anaforik aloqalar uchun asosiy vosita hisoblanadi. Korsatish olmoshlarining oziga xos vazifasi yozma matnlarda faoliyat subyektining bevosita ifodalanamasligida yaqqol ko rinadi [2,169]. Ilmiy maqolalarda ularning kopincha korsatish anaforik olmoshlar rolida qollanilishi isbot qilingan. Ilmiy matnlar uchun anafora hodisasining eng mahsuldor ekanligini oldingi bobda korib chiqqan edik. Shundan malumki, ilmiy matnlarda korsatish olmoshlari anaforik aloqani ta'minlovchi vositalardan biridir. Ko rsatish olmoshlari anaforik ishorada shaxs- sonda ma'lum guruhdagi otlar bilan birikadi va odatda keyin nima ifoda etilishini korsatadi [3, 9].
Ingliz tilida this/that va these/those ko rsatish olmoshlari anaforik holatda keluvchi va deyksisni implisit tarzda korsatuvchi vositalardir: The work involved in removing and replacing the deteriorated woodchips can only be done at limited times when training is not in progress. This inevitably leads to a disregard for work efficiency and economy (Agricultural research, Sep, 2010.-P.17).
If agriculture is understood to include the burning of tropical rain forests and savannas for purposes of land use change, then its contribution to the anthropogenic greenhouse effect amounts to approximate 30%. These emissions hold a large abatement potential (Plant Research and Development, 1996.№56. - P.38).
Ko'rsatish olmoshlari predmet yoki voqea- hodisalarni ularga xos bolgan barcha xususiyatlar yaxlitligida ifodlab, bayonning aniqligiga ziyon yetkazmasdan fikrni qisqaroq ifodalashni ta'minlaydi. Korsatish olmoshlari matn shaxs- subyektini implisit korsatish bilan bir qatorda, ilmiy mazmundagi fikrni tejamli va aniq bayon qilishga, xabarning eng muhim orinlarini faollashtirishga imkon yaratadi [6, 125].
Ozbek tilida korsatish olmoshlari sirasiga shu, bu, u, osha olmoshlari kiritiladi. U, bu, shu, osha predmet yoki voqeani ajratib, takidlab korsatish uchun xizmat qiladi. Ular shu ma nosi bilan bir- biriga yaqinlashsa, ba zi ma no
boyoqlari ayrim jihatlari bilan farq qiladi.
October 5-6
U olmoshi predmetning so'zlovchidan bu va shu olmoshlari ko'rsatgan masofaga nisbatan uzoqroq masofada turganligini yoki voqeaning nutq momentiga nisbatan ancha ilgari yuz berganligini ko'rsatadi [5,89]. Ilmiy matnlarda u olmoshi anaforik holatda qo'llanilganda o'zidan oldingi berilgan predmetning referenti vazifasini bajaradi:
Organizmning irsiyati va oлzgaruvchanligi bir- biriga qarama- qarshi xossalar bolishiga qaramasdan, ular o^zaro chamabarchas bog^langandir (Genetika asoslari, 2005, №3. B. 15).
Shu olmoshi ko'rsatilayotgan shaxs, predmet yoki hodisaning so'zlovchi va tinglovchiga oldindan malum ekanligini ifodalaydi. Shu olmoshi o'zbek tilidagi ilmiy matnlarda eng ko'p qo'llaniluvchi olmosh sanaladi, sababi bu olmosh o'zidan oldingi kelgan gapning yoki o'zidan keyingi gapning o'rindoshi bo'lib, ergash gapning bir bo'lagi sifatida kela oladi:Atom kimyoviy elementning eng kichik zarrachasi bo'lib, shu elementning barcha kimyoviy xossalarini o 'zida mujassam qiladi (K.Rasulov Umumiy kimyo, 1998. B.10).
Ko^p yilik o^t o^simliklarning hayot siklini o^rganishda o^simlik urugл mahsuldorligining yoshiga qarab ozgarib borishni kuzatish ham diqqatga sazovordir. Shu maqsadda mazkur turning populyatsiyasidagi barcha individlarining yoshi aniqlanadi (Agroilm, 2012, №4(20). B. 35).
Matn subyekt /adresatini to'g'ridan - to'g'ri atamasdan, uni implisit ko'rsatish til tizimining leksik hamda leksik- grammatik birliklari vositasida o'quvchi diqqatini muallif nuqtayi nazariga qaratish imkonini beradi. Bu birliklar deyktik vazifani amalga oshrish bilan bir paytda, gap bo'laklari va qismlarini mantiqiy bog'lash, lisoniy dalillarning bir- birini taqozo qilishi hamda ketma- ketligini ko'rsatadi.Shu orqali, ulardan eng muhimlarini ajratadi va bayon qilinayotgan masalani tushunishni osonlashtiradi [2, 172].
Matnda so'zlovchi shaxsga implisit ishora qilish xususiyatini nafaqat this/ these, that/those kabi ko'rsatish olmoshlari bilan balki here/there, now/then singari o'rin va payt ravishlari bilan ham yoritiladi. Bunda o'rin va payt pavishlari voqea va predmetni nutq obyektiga nisbatan makon va zamonda joylashuvini ko'rsatish vositasi sifatida namoyon bo'ladi. Chunki shunday holatlar orqali muallif muayyan ko'rsatish ma'nosidagi so'zlar yordamida muloqot vaziyatini yaratgan holda, o'quvchi diqqat e'tiborini tadqiqot jarayoniga "yaqinlashtirishga" harakat qiladi. Bunda ko'rsatish olmoshlari bilan o'rin va payt ravishlari katta ahamiyatga ega [3, 10].Ingliz tilidagi bu kabi deyksisning implisit ko'rsatish holatlari now, then, past, present ravishlari orqali ifodalanadi: Now some of the first evidence that long term exposures also are a culprit has been published by a team of Massachusetts researchers(EHP, Jan, 2007. - P.541).
Past research indicates that sufficient winter- hardiness is available in ICARDA conservedgermlasm (Icarda Annual Report, 2004. P.21).
O'zbek tilida esa zamon deyksising implisit tarzda
qo'llanilishi hozir, hozirda, ayni vaqtda kabi ravishlar yordamida
October 5-6
beriladi: Hozirgi kunga kelib Samarqand kimyo korxonasi kimyogarlari tomonidan azot-fosforli o^g^it ya^ni yangi nitratli kalsiy fosfat o^g^iti ishlab chiqarishni yaxshi yolga qo^yilgan (O^zbekiston qishloqxojaligi, 2014, №2. B 34).
Makon deyksisining implisit qo llanilishi ingliz tilida here/there ravishlari yordamida amalga oshiriladi, biroq ular bunda matnning ichidagi malum bir soz, gap yoki abzatsga ishora qiladi: Epidemiologic studies suggest that there may be n association between environmental exposure to persistent organic polluatants and diabetes. (EHP, Jan, 2007. - P.526).
None of the articles examined here included such a statement. (EHP, Jan, 2007. -
O zbek tilida xuddi shu vazifalar ijrosini mazkur so zi bajara oladi: Biz mazkur ishimizda otlar o^rtasida ko^p tarqalgan oyoqlarning distal bo^-g^imlaridagi surukali aseptikyalliglanishlarni davolash va oldini olish chora va tadbirlarini ishlab chiqishni maqsad qilib oldik(Immunologiya, 2006, №6 (26). B.24).
Shaxsni yashirin ko rsatish so zning mazmunini, uning semantik va sintaktik aloqalarini tahlil qilish jarayonida ayon boladi. Shaxs- subyektni implisit korsatishning kopgina vositalari ilmiy uslubning kommunikativ yonalishiga mos tushadigan boshqa vazifalari bilan hamohang bo lishini taminlaydi. Ko rsatish omoshlari eng ko p qollaniladigan shunday vositalardan bolib, ular anaforik qurilmalar hosil qilgan holda, matnning ichki aloqalarini taminlaydi [3, 12].
Ilmiy matnda ko rsatish olmoshlari o zlariga xos bo lgan farqlash va ajratish vazifalarini amalga oshiradi. Birinchi holatda, ular gap elementlarini, xususan, turdosh obyektlarning nomlarini chegaralsh imkonini beradi. Ikkinchi holatda esa ko rsatish olmoshlar gap elementlarining o xshashligini ko rsatgan holda, xabarning ayrim o rinlarini ta kidlab, matn qismlari yaxlitligiga putur yetkazmasdan uni bo laklarga bo'lishga sharoit yaratadi [5,124].
Ilmiy uslubda muallif o quvchini bevosita harakatga undash maqsadida implisit holatdagi vositalarni qollaydi. Deyktik vositalarning implisit qollanilishi ham shular jumlasidandir. Ilmiy uslubda anaforik aloqada kelib deyksisni implisit tarzda korsatuvchi vositalar tarkibiga korsatish olmoshlari kiritiladi. Ular ozidan oldingi gap yoki oldingi gapdagi biror iboraning referenti bolib kela oladi. Bu holat ingliz va ozbek tillari uchun ham xosdir. O zbek tilidagi ko rsatish olmoshlari implisit tarzda qollanganda ularning mano farqliklari ingliz tilidan anchagina farqlanadi. Oquvchi diqqatini berilayotgan matn mazmuniga qaratish maqsadida zamon va makon deyksislari implisit tarzda qollaniladi, biroq bunda ular ramziy manoda ifodalanadi. Ilmiy matnda ko rsatish olmoshlari o zlariga xos bo lgan farqlash va ajratish vazifalarini amalga oshiradi. Birinchi holatda, ular gap elementlarini, xususan, turdosh obyektlarning nomlarini chegaralash imkonini beradi. Ikkinchi holatda esa ko'rsatish olmoshlar gap elementlarining o'xshashligini ko'rsatgan
P.531).
holda, xabarning ayrim o rinlarini ta kidlab, matn qismlari
October 5-6
yaxlitligiga putur yetkazmasdan uni bolaklarga bolishga sharoit yaratadi. REFERENCES
1. Данилова Н.К. Прагматическая функция дейксиса в тексте / Н.К.Данилова // Функционально-семантические аспекты языка: Межвуз. сб. - Куйбышев, 1989. -С.
2. Сафаров Ш. Прагмалингвистика. - Т.: «Узбекистан миллий энциклопедияси» давлат илмий нашриёти, 2008. - 285b.
3. Шерматов А.А. Инглиз илмий - техник матнда дейксиснинг ифодаланиши: Филол. Фанл. Номз.. ..автореф. - Тошкент: УзМУ, 2008. - 22б.
4. Шерматов А.А. Талабаларга илмий- техник матнларда дейксиснинг нолисоний ифодаланиш хусусиятларини ургатишга доир // Хорижий филология, 2011. №2. -
5. Узбек тили стилистикаси (укув кулланма) / Тузувчилар: А.Шомаксудов, И.Расулов, РДунгуров, Х,.Рустамов. - Тошкент, 1983.- 248б
6. Ehlich K. Scientific Texts and Deictic Structures // The Pragmatics and Comprehension of Written texts. - Berlin.: Mouton de Gruyter, 1992. - P.208.
7. Komilova, N. K., Hudayberganova, R. T., Murtazaev, I. B., Abdinazarova, H. O., & Madaminov, Z. H. (2019). Economic and geographic problems of improvement of industrial sectors and local structure of Uzbekistan. J. Advanced Res. L. & Econ., 10, 1916.
8. Обидов, У., Усманов, М., & Мадаминов, З. (2020). ФАРFОНА ВОДИЙСИДА ЩЛИМИЙ ВА ГИДРОЛОГИК ТАД^ЩОТЛАРНИНГ ОЛИБ БОРИЛИШИ. ОБЩЕСТВА УЗБЕКИСТАНА, 196.
9. Madaminov, Z. K. (2020). PRODUCTION AND CONSUMPTION OF GOODS OF PEOPLE'S CONSUMPTION AS AN OBJECT OF GEOGRAPHICAL RESEARCHES. Экономика и социум, (1), 61-63.
10. Мадаминов, З. Х., Салиджанов, С. О., & Сабиров, Т. С. (2019). ТЕРРИТОРИАЛЬНЫЕ УСТРОЙСТВА ДЛЯ ПРОИЗВОДСТВА ТОВАРОВ НАРОДНОГО ПОТРЕБЛЕНИЯ В СИСТЕМЕ ПРИРОДА-НАСЕЛЕНИЕ-ХОЗЯЙСТВО (НА ПРИМЕРЕ КОМПЛЕКСНОЙ АГРОПРОМЫШЛЕННОСТИ). Экономика и социум, (10), 481-484.
11. Мадаминов, З. Х. (2019). ГЕОГРАФИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ ПОТРЕБЛЕНИЯ НАСЕЛЕНИИ. Экономика и социум, (10), 485-488.
16-21.
Б. 43-45.
October 5-6