INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
OLMOSHLARNING FUKSIONAL-STILISTIK XUSUSIYATLARI Obidjonov Xojimurod Xudoyberdi o'g'li
Andijon davlat universiteti Filologiya fakulteti II bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6635653
Anotatsiya. Ushbu maqolada mustaqil so 'z turkumlaridan biri hisoblangan olmoshlarning funksional-stilistik xususiyatlari haqida ma 'lumotlar berilgan. Kishilik olmoshlarning semalari ham keltirilgan bo 'lib, bu semalar misollar orqali izohlangan.
Kalit so'zlar: ijobiy baho ottenkasi, salbiy baho ottenkasi, hurmat, kamtarlik, g'ururlik semalari.
ФУНКЦИОНАЛЬНО-СТИЛИСТИЧЕСКИЕ СВОЙСТВА БРИЛЛИАНТОВ
Аннотация. В данной статье представлена информация о функционально-стилистических особенностях рифм, являющихся одной из самостоятельных групп слов. Есть также семафоры личных местоимений, которые объясняются примерами.
Ключевые слова: положительная оценка, отрицательная оценка, уважение, смирение, гордость.
FUNCTIONAL-STYLISTIC PROPERTIES OF DIAMONDS
Abstract. This article provides information on the functional and stylistic features of rhymes, which are one of the independent word groups. There are also semaphores of personal pronouns, which are explained with examples.
Keywords: positive evaluation, negative evaluation, respect, humility, pride.
KIRISH
Badiiy uslub har bir ijodkorning mustaqiligi belgisidir. Bu belgi zamirida san'atkorning voqelikka munosabat, estetik prinsiplarni, ijodiy nazariyasi mujassamlashadi. Til vositalari ana shu o'ziga xoslikni namoyon etuvchi muhim omil hisoblanadi. Bunda til vositalari faqat tasvirlovchi unsurlar bo'lib qolmasdan, balki voqeaikka munosabat ko'lami ko'rsatuvchi badiiy tadqiq etilayotgan voqea-hodisalarni bosh g'oya atrofiga uyushtirib asarga yaxlitlikm baxsh etuvchi omil ham hisoblanadi. Demak, badiiy asarda til faqat tashqi belgi-shakl bo'lib qolmasdan, mazmunga ham daxldor aniqrog'i uni uyushtiruvchi va yorituvchi vosita hisoblanadi.
Til elementlarining ijtimoiy muhitda tanlab ishlatilishi va ularni tilshunoslikda ilmiy-amaliy tahlil qilish zaruriyati stilistikada yangi soha funksional-stilistikani vujudga keltirdi. Badiiy asarda so'z qo'llash ijodning janr xususiyatlari bilan chambarchas bog'liqdir. Demak, boshqa xoslangan uslublardagi kabi badiiy uslubda so'z qo'llash ham lisoniy va nolisoniy qonuniyatning uzviy bog'liqlikni taqoza etadi. Ayni chog'da mana shu holatlarning zamirida san'atkorning ijodiy pozitsiyasi mujassamlashadi.Badiiy ta'sir hayotning hamma sohasini qamraydi. Shuning uchun bunda umumiy leksika ham, chegaralangan so'zlar ham keng ravishda qo'llaniladi. Bu jihatdan badiiy adabiyot tili ro'znoma tiliga o'xshab ketadi. Chunki ro'znomada ham hayotning nihoyatda keng ko'lami ifoda qilinganidan turli sohaga oid so'zlar qo'llanadi. Ammo ro'znoma materiali asos e'tibori bilan publisistik uslubga mansub bo'lsa, badiiy adabiyot tili, badiiy uslubga xosdir. Badiiy uslub esa timsoliylik zuhr etadi. To'g'ri ro'znomadan ham timsollilik ishlatiladi. Ammo badiiy ijoddagi timsol muhokamaga undaydi, voqelikni yanada chuqurroq, yanada kengroq bilib olishga imkon yaratadi. Qisqa bayon etilgan maskur dalildan
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
maqsad olmoshlarning ham shunday xususiyatini ifodalash uchun xizmat qilib kelayotganligini uqtirishdan iborat. Kishilik, qisman o'zlik va ko'rsatish turlari insonni xarakterlash uchun ishlatiladi.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Olmoshlarning boshqa turlari esa o'zgacha uslubiy xususiyatlarni ro'yobga chiqarish uchun xizmat qiladi. Bayon etilganlar asosida ko'rsatilgan olmoshlarning uslubiy xususiyatlarini ikki xil nuqtai nazardan ko'rib chiqish lozimligi ayon bo'ldi:
1) Ijobiy baho ottenkasi; 2) Salbiy baho ottenkasi. Bunday xususiyatlar matnlar asosan badiiy matnlarda nomoyon bo'lishini ta'kidlab o'tamiz. Ijobiy baho ottenkasi. O'zbek tilida ijobiy so'zi Maqul, maqul deb topilganligini ifodalovchi, maqullovchi, yo'qlovchi, maqtovchi ma'nosini ifodalaydi. U narsa predmetlarning ham shaxslarning ham shunday xususiyatlarini ifodalash uchun ishlatiladi. Dastlab ta'kidlash lozimki, bunday ijobiy xususiyat olmoshlarning quyidagi semalarida o'z ifodasini topgan.
I. Hurmat semasi. Kishining qadr-qimmatiga ega ekanligini, e'zozga, ehtiromga loyiqligini ifodalash maqsadida olmoshlarning siz turidan bot-bot foydalanib kelinmoqda. Bunday xususiyat ko'pincha poetik uslubda o'z ifodasini topmoqda. Quyidagi misollar fikrimizni tasdiqlay oladi.
Quloq soling menga, yaxshi qiz biroz, dilimni ochmoqchi bo 'layapman sizga. (A.Oripov). Hurmat semasining ro'yobga chiqarilishida o'zlik olmoshidan ham foydalanilayotganligi diqqatga sazovor dalillardan biridir. Chunki mazkur olmosh ham asliy ma'nosida nomunativlik vazifasini bajarishi bilan bir qatorda uslubiy ahamiyat kasb etadi. Asosan, og'zaki nutqda qo'llanadigan birlik va ko'plik shakllaridagi o'z so'zi ana shunday xususiyatga egadir. Ular ko'pincha shaxslarga nisbatan shunday ma'noda qo'llab kelinmoqda. Misollarga murojaat qilamiz:
a) Movunlarimiz ancha chaqqon odamlar, lekin o 'zingizning yo 'qligingiz bo 'lak-da. (U.Nazarov).
Tengsiz bu holatda to 'ymasdan sira, yaratganning o 'zi tashlardi nigoh (A.Oripov).
b) Aybga buyurmayiz o 'zlarini qayerdan so 'raymiz? Biz Toshkentdan, ota (U.Nazarov). Ayniqsa poetik nutqda o'zi so'zi majoziy qo'llanib, narsa-predmetlar (ko'pincha mavhum)ni ifodalovchi so'zlarga nisbatan ham qayd etilgan vazifada ishlatiladi.
Zo 'r qudrat emasmi hayot o 'zi ham, Yashil novdada ham uning kuchi bor. (A.Oripov). TADQIQOT NATIJALARI
Mana so'zlari yakka holida ham ko'rsatish olmoshlari vazifasini bajarib keladi. Ayni shunday olmoshlar hurmat ma'nosini ifodalash maqsadida ham ishlatiladi. Biroq bu o'rinda shuni ta'kidlash lozimki, faqat ko'plik shakldagina shunday ma'noni ifodalay oladi. Fikrimizni quyidagi misollar bilan tasdiqlaymiz: -Kecha kelgan mehmonni ko'rmoqchiydim. U ketib qoldimi? Manalar o 'sha mehmon.
II. Kamtarlik semasi. Maqtanishni o'zidan yiroq tutadigan, manmanlikka berilmaydigan, mag'rurlanmaydigan kishilarning xislatlarini reallashtirishda ot va sifat turkumiga doir so'zlardan kengfoydalanishi bilan bir qatorda mazkur ma'noni ro'yobga chiqarishda olmoshlarning ham kamtarona hissasi borligini ta'kidlash lozim. Chunki, ayni shunday ma'no, asosan, men va biz olmoshlarining o'zaro botiniy munosabatida voqealanadi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
MUHOKAMA
Men olmoshi so'zlovchi shaxsning o'zini bildiradi, so'zlovchi shaxsni ko'rsatadi. Nutq jarayonida ayni shu ma'noni ifodalash maqsadida biz olmoshidan ham foydalanayotganligi aniq dalildir. Uslubiy ahamiyatga molik shu tarzdagi qo'llanish, ko'pincha, yozma nutqqa xos ekanligini ta'kidlash lozim. So'zlovchi kimsa tomonidan qo'llanilgan maskur olmosh birinchidan, uning nutqining individuallashtirilishiga olib keladi. Masalan: - muborak bo'lsin, Maqsun aka. To 'y bo 'lsa, mana biz bel bog 'labhizmat qilamiz. Nima kamchiliklar bor, ayting! (N.Do'st). o'lay agar, sizda ko'nglim yo'q, meni To'ychi urishmaysiz, dedi Kamol. Bizni kampirning yuraklari juda ham tor. (O.Muxtor). Hamma artislar telpak kiygan, biz do 'ppida (M.Do'st). misollardan biz olmoshining yakka shaxs ma'nosidagi men olmoshi bilan almashtirib ishlatilganligi nutqning og'zaki uslubga oid ekanligini ko'rsatib turibdi. Shu bilan birga ta'kidlash lozimki, mazkur misollarda hurmat ma'nosi ham ifodasini topgan deb o'ylaymiz. Mana bu misolda esa biz olmoshining faqat kamtarlik ma'nosia qo'llanilganligini ta'kidlaymiz:
- Endi, bizning bu ishlarga dahlimiz ham qolmadi, - dedi Elmonov jilmayib- bundan buyog 'i shu yerda jimgina ishlabyotipmiz. (M.Do'st).
III. G'ururlik semasi har qanday kishi o'zinign mehnatidan, biror ishni qoyillatib bajarganligida, kimlargadir naf tekkanligidan va boshqa ijobiy xatti-harakatlaridan o'zining qadr-qimmatini e'zozlash maqsadida g'ururona so'zlaridan foydalanamiz. Shunday maqsadda nutq jarayonida kishilik olmoshlarining ayrim turlaridan ham foydalanishdiki, bu ularning o'ziga xos uslubiy qiymatini belgilash imkonini beradi. Birinchi gapda men olmoshining shunday xususiyati haqida to'xtab o'tmoqchimiz. Mazkur olmoshning qanday uslubiy xususiyatlarga ega ekanligi xususida yuritilgan so'z edi.Shu bilan birga ta'kidlash lozimki, men olmoshi g'ururlik, mag'rurlik semalari bilan ham o'ziga xos uslubiy ahamiyatga egadir. Quyidagi misollarga e'tibor beraylik:
- Oyijon, sizga bir gap aytaymi?- dedi Jamshid miyig'ida kulguchi bilan. - Tanlov zo'r o'tdi. Unda kim g 'olib bo 'ldi deng. Bu men ekanman.
XULOSA
Demak, olmoshlarning har ikkala nutq turida xilma xil funksional uslubiy vazifalarda qo'llanishini ularning turli uslublarga xosligi bilan belgilash mumkin. Bundan tashqari badiiy uslubda olmoshlar, tarixiy, shevaviy variyantlari bilan olinib badiiy asarlarda o'ziga xos vazifa bajaradi. Tilning ijtimoiy vazifasi haqida gapirar ekanmiz, akademik V.V.Vinogradov Tilning aloqa, xabar va ta'sir kabi muhim ijtimoiy vazifalari ajratilganda til strukturasi umumiy planida quyidagi uslublar chegaralangan bo'lishi mumkun: kundalik maishiy uslub (aloqa vazifasi), kundalik xizmatga doir rasmiy hujjat va ilmiy (xabar vazifasi), publitsistik va badiiy estetik (ta'sir vazifasi) tarzida qayt etgan fikrlari badiiy matnlarda til vazifalarini tahlil etishda muhum ahamiyatga egadir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
1. Samadov Q. O'zbek tili uslubiyati. Guliston. 1992.
2. O'zbek tilining izohli lug'ati. Toshkent. I tom. 1981.
3. Karimov S. O'zbek tilining badiiy uslubi. Samarqand. 1992.