NUMERATIV TURG'UN BIRIKMALARNING STILISTIK XUSUSIYATLARI
Bahodir Abdimital o'g'li Abdirasulov
SamDChTI o'qituvchisi [email protected]
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada uslub, muloqot va uning amalga oshirilish turlari va xususiyatlari yuzasidan tahlillar olib borilgan. Frazeologik birliklarning uslubiy va stilistik xususiyatlari ingliz va o'zbek tillaridagi misollar bilan yoritilgan.
Key words: son komponentli frazeologik birliklar, uslub, muloqot, uslubiy bo'yoqdor va uslubiy betaraf frazeologik birliklar.
Kirish. P. Y. Solodubning ta'rifi ko'ra "Uslub bu - umumiy tilni, uning leksik-frazeologik, sintaktik, morfologik, fonetik tizimlarini alohida shaxs va jamiyatning boshqa a'zolari bilan muloqotga kirishuvchi, qiziqish va faoliyat turlari umumiy bo'lgan odamlar guruhi tomonidan foydalanishdir". [5, 152]
Muloqot har qanday tilning eng muhim funksiyasidir. Ammo u o'ziga xos xususiyatga ega bo'lgan funksiyalarda amalga oshirilishi mumkin: 1) og'zaki muloqot, tor ma'noda: axborot almashinuvi, suhbat (dialog yoki polilog); 2) xabar, axborot -og'zaki yoki yozma shakldagi hikoya; 3) ma'lumotni uzatish jarayonida tinglovchilar yoki o'quvchilarga hissiy-baholovchi yoki estetik ta'sir. Nutq faoliyatining ushbu uch turi zamonaviy o'zbek adabiy tilining so'zlashuv va kitobiy uslublarini ajratish uchun asos bo'lib xizmat qiladi.
Frazeologik birliklarning uslub va ekspressiv bo'yoq jihatidan farqlanishi shu bilan izohlanadiki, tildagi uslublarning har biri ma'lum mazmunni ifodalash uchun so'zlovchilar tomonidan tanlab olingan maxsus til vositalari va uslublariga ega. Tilning har qanday uslubida u yoki bu frazeologik birlikning ustun qo'llanilishi va shu bilan bog'liq bo'lgan ekspressiv xususiyatlari ana shu farqlarning mohiyatini tashkil etadi.
N.M. Shanski frazeologik birliklarni stilistik xususiyatlariga ko'ra quyidagi guruhlarga ajratgan:
- uslubiy betaraf;
- so'zalashuv uslubiga xos;
- badiiy uslubga xos;
- arxaik va tarixiy frazeologik birliklar. [6, 23].
Asosiy qism. Son komponentli frazeologik birliklar bu tarkibida son va miqdorni ifodolovchi birliklardan iborat bo'lgan frazeologik birliklar hisoblanadi. Masalan: birni ko 'rib fikr qil, birni ko 'rib shukur qil, yeti o 'Ichab bir kes.
Frazeologik birliklarning qo'llanilish sohasasi va doirasi ularni stilistik guruhlarga ajratilishda inobatga olingan. Ko'p frazeologik iboralarning qo'llanilishi ma'lum darajada tilning ma'lum bir uslubi doirasi bilan cheklangan: - (to have mercy on someone - to let the soul go to repentance (mehr-shavqat qilish), think twice, cut once (yetti o'ylab bir kes) - so'zlashuv uslubiga,
- spring torrents - spring waters (umrning bahori, qaynoq), to go to one's eternal rest -to fall asleep eternal sleep (abadiy uyqudan uyg'onish)- badiiy uslubga xos;
- to kill two birds with one stone (bir o'q bilan ikki quyonni urish)-uslubiy betaraf).
Ko'pgina frazeologik birliklar nafaqat obyektiv voqelikning u yoki bu hodisasi, balki so'zlovchining norozilik, mehr, kinoya, ritorika kabi munosabatlarini ham bildiradi.
Uslubiy betaraf frazeologik birliklar. Uslubiy betaraf birliklar tilning barcha uslublarida keng tarqalgan va qo'llaniladi. Ularda hech qanday xususiylik yo'q: from the bottom one's heart - from the bottom of my heart (chin ko'ngildan), to keep one's word
- keep the word (so'zida turish, gapini ustidan chiqish), secret vote - secret ballot.
So'zlashuv uslubiga xos frazeologik birliklar - bu asosan og'zaki nutqda ishlatiladigan so'zlarning doimiy birikmalari. "Ular majoziy xarakterga ega va shunday ekspressiv bo'yoq bilan ajralib turadi (mehribonlik, haqoratlash, istehzoli, kamsituvchi xususiyatlarga ega): to take the edge off one's hunger (dardiga malham bo'lish)- to freeze the worm, to play a dirty upon smb- put a pig. first off - birinchi navbatda, darhol
one of the boys - odami, kimnidir guruhiga tegishlilikni ifodalaydi double in brass - ikkita sohani egasi, ikkita vazifani bajaruvchi on cloud seven (nine) - o'zida yo'q xursand, yettinchi osmonda uchyapdi one in the eye for smb - kimgadir qasd qilish, ko'ziga cho'p suqish to pull a fast one - aldash, qo'ynini puch yong'oq bilan to'ldirish to hit on all six- juda yaxshi ishlash, bekami ko's. Bu idioma mashina dvigatelidagi 6 slindirning ham birdek yaxshi ishlashidan metoforik usul bilan ko'chirilgan
not to matter a sixpence - bir chaqaga qimmat the same old sixpence- hamma narsa o'z xolida
Badiiy uslubga xos frazeologik birliklar barqaror asosan yozma nutqda qo'llaniladigan so'z birikmalaridir. Ular foydalanilish sohasi yozma nutq bo'lib ekspressivis rang berish, bo'yoqdorlik bilan farqlanadi. c
Second thoughts are the best - so'zma so'z tarjimasi, ikkinchi o'y eng yaxshi-Yetti o'lchab bir kes
A fool may throw a stone into a well which a hundred wise men cannot pull out - Bir ahmoq quduqqa tashlagan toshni yuzta aqlli ham olib chiqolmas -Bitta ahmoq quduqqa tosh tashlasa, O'nta aqllini ovora qiladi
Ninth wave - To'qqiz muqaddas raqam sifatidagi mifologik tushunchasidan dengiz bo'roni paytidagi eng kuchli va xavfli to'lqin
A fifth column - dushmanning yashirin ayg'qochilari nisbatan ishlatiladi A sealed book - sirli vaziyat yoki holatni anglatadi
No simile runs on all fours - taqqoslash har doim nisbiy, taqqoslash hech qachon aniq bo'lmaydi
Beware of a man of one book - ishning ustasi bilan bahslashayotganda ehtiyot bo'ling. (so'zlashuv uslubiga xos: Sen o'qigan kitoblarni, men yozganman)
To see with half an eye - ko'rinib turgan holat, buni ko'r ham ko'radiku
With both hands - tayyor, hozir
To be on both sides of the fence - tamomila aksi
Make both ends meet- pulni tejab ishlatish
To have it both ways - bir vaqtning o'zida ikki ish harakatni bajarish Not to think twice - ikkilanmasdan biror narsa qiling, O'ychi o'ylaguncha tavakkalchi ishini bitirar
A hudredper cent - aniq, ishonchli.
Arxaik va tarixiy frazeologik birliklar - voqealik bilan birga faol qo'llanishdan chiqqan frazeologik birliklar. at bay - hunted down -umidsizlik, be at smb.'s beck and call - to be always ready for services -har doim yordamga shay.
as phony as a three- dollar bill - soxta yoki yolg'on, AQSh da 3 dollarlik yo'q shu sababli ushbu idioma soxtalik ma'nosida ishlatiladi. deep six - juda uzoqqa yo'qolib ketish everything in sevens and elevens - hammasi joyida bunch of fives- besh, musht
Ko'pgina frazeologik iboralar obyektiv voqelikning u yoki bu hodisasini nomlabgina qolmay, balki so'zlovchining ushbu hodisaga ma'lum munosabatini bildiradi. Shuning uchun frazeologik birliklarning stilistik farqlanishi haqida gapirganda, insoniy muloqotning boshqa sohalarida emas, balki eksklyuziv foydalanish natijasida ega bo'lgan hissiy xususiyatlari haqida gapirish kerak.
Ekspressivlik - frazeologik birliklarning tushunchalarini jonli, vizual, rang-barang ifodalash, uning semantik mazmuni shiddatini, belgining eng yuqori darajasini, harakat shiddatini ko'rsatish. Lukyanova ekspressivlikni "ma'lum bir belgining sifat va miqdoriy namoyon bo'lishini ko'rsatadigan frazeologik birliklar ma'nosining tarkibiy qismi" deb ta'riflaydi [4, 84].
Ekspressivlik va hissiylikning mavjudligi yoki yo'qligi nuqtai nazaridan A.V. Kunin frazeologik birliklarning uchta sinfini ajratadi: neytral, ekspressiv va ekspressiv-hissiy, ular ikkita stilistik qatlamda uchraydi: badiiy va so'zlashuv uslublarida [3, 123]. to scatter to the four winds - hamma (to'rt) tomonga tarqalib ketish to think twice - puxta o'ylash
Neytral ya'ni betaraf frazeologik birliklarga hissiy bo'yoqdorlikka ega bo'lmagan birliklar kiradi. Bunday frazeologik birliklar bizning ishimizda keltirilmagan. Ekspressivlik hissiyot bilan chambarchas bog'liq.
Sonli komponentli ko'pgina frazeologik birliklar emotsional komponentga ega. A.V. Kunin hissiyotning quyidagi ta'rifini beradi: bu lingvistik refraksiyadagi emotsionallik, ya'ni odamning his-tuyg'ulari, kayfiyati va kechinmalarini til yoki nutq vositalari bilan ifodalashdir [3, 178].
Ifodasiga qo'shimcha ravishda ijobiy, salbiy, istehzoli, tantanali, hazil va boshqalar hissiy rangga ega bo'lgan birliklar ekspressiv-hissiy iboralar deyiladi.
Ushbu tadqiqotga ko'ra, tahlil qilinayotgan frazeologik birliklar orasida eng ko'p uchraydigan hissiy salbiy bo'yoqqa egadir birliklar tashkil qiladi. "Salbiy baholi so'zlarning ustunligi ko'rinishidan ijobiylik odatiy hol sifatida qabul qilinishi bilan bog'liq. Inson doimo kamchiliklarni, xatolarni bartaraf etish bilan shug'ullanishi kerak. Shuning uchun bu uning uchun juda muhim va tilda mustahkam aks etadi" [2, 160].
Salbiy hissiy rangga ega bo'lgan frazeologik birliklar quyidagi turlarni o'z ichiga
oladi:
- between two fires - ikki o't orasida, -not worth three straws - bir chaqaga qimmat, -ten a penny - suv tekin, juda arzon,
-fall between two stools - qiyin vaziyatda qolish; ikki qayiq boshini tutgan suvga g'arq bo'lar,
-a double- edged weapon - kaltakni bir uchi tegadi,
-double Dutch - menga qorung'i,
-six and half a dozen - ikki o'n besh bir o'ttiz,
Quyidagi frazeologik birliklar ijobiy hissiy bo'yoqga misol bo'la oladi:
- the better half - eng yaqin do'st bu xotin,
- a four-minute man - notiq, birinchi jahon urushi davrida odamlarni jangga chorlovchi notiqqa ushbu atama ishlatilgan,
- make the best of two (both) worlds - har tomonlama yaxshi, ikki dunyo salovati. I have the best of both worlds: a wonderful family and a great job. Mening omdadim har tomonlama kelgan: ajoyib oilam va yaxshi ishim bor.
- to take courage in both hands - jasoratli, tavakkaldan qo'rqmaydigan. Yuqoridagi frazeologik birliklardagi ijobiy yoki salbiy bahoni semantik birlikning
tarkibiy qismlaridan bilish mumkin: not worth; better; not worse; best of two; courage.
Xulosa. Ingliz frazeologiyasi bu barqaror so'z birikmalarining eng murakkab birikmasi bo'lib, ularning stilistik diapazoni neytral va umumiy adabiy burilishlardan tortib jargon-vulgarizmlargacha o'zgaradi.
Har bir frazelogik xalqning hayot tarzini jarayonida paydo bo'lgan shu sababli, frazeologik birliklar o'ziga xos madaniyatni ifodalaydi. Son komponentli frazeologik
birliklarning tarkibidagi son va miqdorni ifodalovchi birliklar ikki tilda turli leksik birliklar bilan ifodalanishi mumkin. Misol uchun ingliz tilidagi a dozen soni o'zbek tilidagi o'n ikki raqamiga to'g'ri keladi, lekin o'zbek tilida o'n ikki soni hech qanday stilistik xususiyatga ega emas. Shuning uchun o'zbek tilida ushbu birlikni o'n yoki o'nlab sonini muqobil sifatida olishimiz mumkin. Shuni ta'kidlash mumkinki, har qanday komponent tarkibidagi frazeologik birliklarning funktsional va stilistik xususiyatlari, ularning baholash va emotsional-ekspressiv xususiyatlari bilan belgilanadi.
REFERENCES
1. Umarxo'jayeva M. E. "Umumiy tilshunoslik" Andijon-2010, 85
2. Девкин В. Д. Немецкая разговорная речь: Синтаксис и методика.- М.: Высшая школа, 1979. - 253 с.
3. Кунин А.В. Курс фразеологии современного английского языка. - М.: Высшая школа, 1986.- 380 с.
4. Лукьянова Н.А. Экспрессивная лексика разговорного употребления. -Новосибирск: Наука, сиб. отд-е, 1989. -230 с.
5. Солодуб Ю.П., Альбрехт Ф.Б. Современный русский язык. Лексика и фразеология (сопоставительный аспект). - М.: Флинта. Наука, 2002. - 264 с.
6. Шанский Н.М. Лексикология современного русского языка. - М.: Просвещение, 1972. - С. 201.
7. Аслонова, Ш. И. (2020). ПРОБЛЕМЫ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ В ОБУЧЕНИИ МОЛОДЁЖИ В ВЫСШИХ УЧЕБНЫХ ЗАВЕДЕНИЯХ. Интернаука, (21-1), 59-60.
8. Madaminovich, T. I. (2017). THE LINGUISTIC PECULIARITIES AND APPROPRIATE METHODS OF TRANSLATION. Восточно-европейский научный журнал, (12-4 (28)), 52-53.
9. ШВАЧКО, Е. В. (2017). Научные школы. Молодежь в науке и культуре XXI в.: материалы междунар. науч.-творч. форума. 31 окт.-3 нояб. 2017 г./Челяб. гос. ин-т культуры; сост. ЕВ Швачко.-Челябинск: ЧГИК, 2017.-394 с. ISBN 978-5-94839629-3.
10. Madaminovich, T. I., Khusanovich, K. B., Akhatovna, K. O., & Kholmamatovna, B. L. (2019). Features of the system of formation of compensatory competence among agricultural students as a means of filling in professional terminology. International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering, 5(11), 2202-2206.
11. Тухтасинов, И. М. (2014). НАЦИОНАЛЬНО-КУЛЬТУРНАЯ СПЕЦИФИКА СЛОЖНЫХ СЛОВ, ВЫРАЖАЮЩИХ ВНЕШНОСТЬ И ХАРАКТЕР ЧЕЛОВЕКА (НА МАТЕРИАЛЕ АНГЛИЙСКОГО И УЗБЕКСКОГО ЯЗЫКОВ). Paradigmata poznanf, (3), 74-78.
12. Тухтасинов, И. М. (2011). Сопоставительный анализ описания внешности человека в английском и узбекском языках (стилистический ракурс). Вестник Московского государственного лингвистического университета. Гуманитарные науки, (630), 105-110.
13. Тухтасинов, И. М. (2010). Продуктивные модели сложных слов, обозначающих внешние признаки человека в современном английском языке. Молодой ученый, (5-2), 47-50.
14. Ugli, A. Y. R. (2021). Gastronomic discourse: linguoculturological and translation aspects. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(8), 62-66.
15. Аззамов, Ю. Р. (2021). ГАСТРОНОМИК КОМПОНЕНТЛИ ФРАЗЕОЛОГИК БИРЛИКЛАРНИНГ ЛИНГВОМАДАНИЙ ХУСУСИЯТЛАРИ. МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА, 4(5).