Научная статья на тему 'GUMON OLMOSHLARINING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI'

GUMON OLMOSHLARINING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
3821
66
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
so’roq olmoshlari / noaniq shakl / egalik / kelishik va ko’plik affikslari.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Xojimurod Xudoyberdi Ogli Obidjonov

Ushbu maqolada olmosh so’z turkumining ma’noviy guruhiga kiruvchi gumon olmoshlarining leksik-semantik xususiyatlari haqida gap boradi va gumon olmoshlarining hosil qilinishi usullari haqida nazariy ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «GUMON OLMOSHLARINING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

GUMON OLMOSHLARINING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI

Xojimurod Xudoyberdi o'g'li Obidjonov

Andijon davlat universiteti Filologiya fakulteti III bosqich talabasi

Ushbu maqolada olmosh so'z turkumining ma'noviy guruhiga kiruvchi gumon olmoshlarining leksik-semantik xususiyatlari haqida gap boradi va gumon olmoshlarining hosil qilinishi usullari haqida nazariy ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: so'roq olmoshlari, noaniq shakl, egalik, kelishik va ko'plik affikslari.

Gumon olmoshlari so'zlovchi uchun noaniq narsa, shaxs yoki uning belgisi, miqdorini bildiradi va so'roq olmoshlariga alla- hamda -dir affiksini, ba'zan esa har ikkalasini qo'shish yordamida hosil qilinadi. 1 Gumon olmoshlari bir necha yo'l bilan yasaladi:

I. Alla elementi ayrim so'roq olmoshlari bilan qo'shilib, qator gumon olmoshlarini yasaydi: allakim, allanima, allaqanday, allaqaysi, allaqancha, allanecha kabi.

II. Gumon olmoshi ko'pincha so'roq olmoshlariga -dir elementini qo'shish orqali hosil qilinadi. Bu shakldagi gumon olmoshlari ot, sifat, ravish xarakterida bo'ladi: kimdir, nimadir, qandaydir, qaysidir, qachondir, qayergadir, qayerdandir, qaydandir kabilar.

III. Birov so'zi birgalik sonni yasovchi -ov affiksining bir soniga (bir-ov) qo'shilishidan hosil qilingan va asosan gumon olmoshlari kabi ma'no ifodalaydigan so'zdir. Bu olmosh quyidagi ma'nolarni ifodalaydi:

a) kimligi noma'lum, qandaydirbir shaxs, noaniq odam, kimdir degan ma'noni ifodalaydi. Masalan: Birni birov beradi, Ko'pni- mehnat. (Maqol). Birov bilganini maqtar, birov - ko'rganini. (Maqol). Birov borkim, boru-bor bo'lsa ham yo'q, Birov borkim, yo'g'u - yo'q bo'lsa ham to'q. (Habibiy);

b) boshqa bir shaxs o'zga, begona ma'nosini ifodalaydi. Masalan: Bolaxonada ikkalamiz turganimizni tag'in birov ko'rib qolmasin. (Hamza). Birovning ko'ngliga zo'rlik bilan egalik qilib bo'lmaydi. (S.Ahmad);

v) ba'zi so'zi bilan kelib, o'zgalar, boshqalar, begonalar kabi ma'nolarni ifodalaydi. Masalan: Ba'zi birovlar ushlashib qo'lini, Topolmay ovora bo'larlar yo'lini. (Qo'shiqdan).

IV. Ba'zi so'zi ko'plik affiksini olib, gumon olmoshi vazifasida kela oladi: ba'zi

1 Muhiddinova X va boshqalar. Hozirgi o'zbek adabiy tili. - Toshkent. 2006. 127-bet.

2 Sapayev Q. Hozirgi o'zbek tili. - Toshkent. 2009. 180-bet.

ANNOTATSIYA:

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

odamlar, ba'zi gaplar, ba'zi joylar kabi. Ba'zi so'zi ''kimdir, allakim'' degan ma'nolarni ifodalaydi. Masalan: Buni eshitib ba'zilar qotib-qotib kular, ba'zilar bo'g'ilar edi. (A.Qahhor). Xotinlarning ba'zilari qiziqqanlaridan chachvonlarini qiya ochib, Yo'lchiga yashirincha mo'ralashadi. (Oybek).

V. Falon so'zi narsa, shaxs yoki voqea-hodisa, ular haqidagi biror xususiyat, belgini aniq bildiruvchi so'zlar o'rnida qo'llanib, noaniq tasavvurni bildiradi. Masalan: Falon vaqtda kelaman desa, tamom, kelmasdan qo'ymasdi. (O'.Umarbekov). Falon hovlida bo'yi etgan qiz bor, degan gapni eshitib, ko'zimiz o'ynar, lekin yuzini ko'rmasdik. (P.Tursun).

Gumon olmoshlari ham ot o'rnida almashib kelsa, son, egalik va kelishik qo'shimchalari bilan qo'llanishi mumkin. Masalan: Toshxon derazadan allakimlarni ko'rdi (Uyg'un) gapida allakimlarni gumon olmoshi bo'lib, u ko'plik va tushum

-5

kelishigi bilan turlanib kelgan.

Biror xususiyat yoki hodisaning, jarayonning miqdoran juda ortiqligini, yuqori darajada ekanligini bildiradi. Masalan: Eng yomoni - shaharda qovun yetishmayotgan ekan, bir tilimi falon pul emish. (X.To'xtaboyev). Siniqchiga yuborishni o'zim ham bilaman. U falon pul so'raydi. (S.Siyoyev).

Badiiy asarlarda uslubiy nuqtai nazardan bu so'z faloncha shaklida ham ishlatiladi. Masalan: Shu bilan birga yerdan olinadigan hosilni faloncha deb chegaralab ham bo'lmaydi. (Gazetadan)

Falon so'zi -chi affiksini olib, shaxsni aniq atamasidan, uning ismi o'rnida ishlatiladi. Masalan: Falonchi, ota-onasi bo'lmasa ham, o'ksimay o'sdi, deyishadi. (O'.Hoshimov). Yozganda ham, falonchini maqtayman, degan o'yim bo'lgan emas. (M.M.Do'st)

Eski o'zbek tilida gumon olmoshlarining quyidagi shakllari istemolda bo'lgan: kimsa, kimarsa, neersa, biragu, birav, falan. Gumon olmoshlarining bir guruhi shaxsga nisbatan, boshqa guruhi narsa, jonivor, voqea-hodisalarga nisbatan qo'llanadi, ba'zilari har ikkala ma'noda ham qo'llanadi. Gumon olmoshlarining ko'pchiligi kelishik qo'shimchalari bilan ham ishlatiladi, ayrimlariga ko'plik va egalik affikslari ham qo'shilishi mumkin. Olmoshdan leksik ma'no emas, balki mavhum grammatik ma'no anglashiladi. Har bir lug'aviy leksemalar turkumining o'z so'roq olmoshlari bo'ladi:

1) ot so'roq olmoshlari: kim-, nima;

2) sifat so'roq olmoshlari: qanday, qanaqa, qaysi;

3) son so'roq olmoshlari: necha, qancha, nechtadan, nechanchi;

4) ravish so'roq olmoshlari: qachon, nega, nimaga, nechuk, qanday qilib, qay tarzda;

3 Mirtojiyev M. Hozirgi o'zbek tili. - Toshkent. 1992. 122-bet.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

5) fe'l so'roq olmoshlari: nima qildi, nima qiladi, nima qilayotir.

Gumon olmoshlari so'roq olmoshlari orqali quyidagicha hosil qilinadi:

1) so'roq olmoshi oldiga alla- affiksoidini qo'shib:

a) ot so'roq olmoshiga: allakim-, allanima-,

b) sifat so'roq olmoshiga: allaqanday, allaqaysi,

d) son so'roq olmoshiga: allaqancha, allanechanchi,

e) ravish so'roq olmoshiga: allaqachon kabi;

2) so'roq olmoshi oxiriga -dir gumon yuklama-affiksini qo'shib:

a) ot so'roq olmoshiga: kimdir, nimadir,

b) sifat so'roq olmoshiga: qandaydir, qaysidir,

d) son so'roq olmoshiga: qanchadir, nechanchidir;

e) ravish so'roq olmoshiga: qachondir, negadir, nimagadir kabi.

-dir asli gumon yuklamasi bo'lgani sababli ot so'roq olmoshiga sonlovchi va turlovchi affiksdan keyin qo'shiladi: kimlargadir kabi.

Allanechuk olmoshi ko'picha harakatning noaniq holatga yuzaga kelishi, tushunarsiz holda sodir bo'lishni ko'rsatadi. Bu olmosh holat ravishi vazifasini o'taydi. Juda yarashdi, opcha, - dedi novcha yigit, allanchuk ishshayib (N.Qilichev). Ba'zan allanechuk so'zi noaniq belgi ma'nosini ham ifodalaydi.

Allaqancha olmosh miqdorga nisbatan noaniqlikni bildiradi: U kishi tog' yo'lidan allaqancha yo'l bosishi kerak (Said Ahmad). Allaqancha olmoshi ham paytga nisbatan belgining ortiq ekanligini, ko'pligini bildiradi: Otasining o'lganiga va o'zi shaharga kelib allaqancha vaqt o'tdi.

Noaniq olmoshi ko'pincha so'roq olmoshlariga -dir qo'shimchasi qo'shilishi orqali hosil qilinadi, kimdir, nimadir, qandaydir, qaysidir. Noaniqlik shakli -dir ko'plik, egalik va kelishik qo'shimchalaridan so'ng qo'shilib ketadi. Nimadandir mulohza qilib, hech narsa demadi (A.Qahhor). Qora qo'ylardadir yer rangi-shafoq. Qorigan qayg'lar sudranar g'ijim. (R. Parfi). Kim, nima olmoshlariga qo'shilib, noaniq shaxs yoki predmentni bildiradi: Yo'lakda safozanning kimgadir shang'illagani eshitildi, so'ngra eshik ochib o'zi kirib keldi.(X.Sultonov). Qanday so'ziga qo'shilib, noaniq belgini ifodalaydi. Ko'pincha bu xildagi gumon olmoshi belgini ifodalovchi so'zlar oldida keladi. ... qandaydir jiddiy bir gapni qizishib muhokama qilishardi.(Said Ahmad).

Nutqimizda kamina, faqir, kishi kabi so'zlar ot turkumiga kirsa ham, tantanavor vaziyatlarda so'zlovchining kamtarligini ko'rsatish maqsadida men kishilik olmoshi o'rnida, ba'zan esa birgalikda qo'llanib kelishi mumkin. Shuning uchun ular ot-olmoshlar deb ataladi. Masalan: Tor hovlida o'tiraverib diqqinafas

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489

OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 2 I ISSUE 6 I 2022

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

bo'lib ketarkansan kishi. (Oybek) To'g'ri, kaminaning ishlarida kamchilik ko'p. (O.Yoqubov)4

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Sapayev Q. Hozirgi o'zbek tili. - Toshkent. 2009. 180-bet.

2. Muhiddinova X va boshqalar. Hozirgi o'zbek adabiy tili. - Toshkent. 2006. 127-bet.

3. Mirtojiyev M. Hozirgi o'zbek tili. - Toshkent. 1992. 122-bet.

4 Muhiddinova X va boshqalar. Hozirgi o'zbek adabiy tili. - Toshkent. 2006. 127-bet.

550

UZBEKISTAN | www.caajsr.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.