Научная статья на тему 'RAVISH LEKSEMALARNING BELGI ANGLATISH XUSUSIYATLARI TO‘G‘RISIDA'

RAVISH LEKSEMALARNING BELGI ANGLATISH XUSUSIYATLARI TO‘G‘RISIDA Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
80
38
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ravish / leksma / baho / ravish leksema / harakat va holat / belgi / fe’l leksema. / Adverb / lexeme / evaluation / adverb lexeme / action and state / sign / verb lexeme.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ibragimova Ehtiyot Ismailovna

Ravish leksemasining harakat belgisini anglatishi, fe’l leksemaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanishi, shuningdek, ravish leksemalarda shaxs bahosining ifodalanishi va uning ko‘rinishlari haqida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ABOUT THE FEATURES OF THE SIGN EXPRESSION OF ADVERBIAL LEXEMES

The article considers the representation of the adverb lexeme as a sign of action, the direct connection of the verb with the lexeme, as well as the expression of personality assessment and its manifestation in the lexemes of the adverb.

Текст научной работы на тему «RAVISH LEKSEMALARNING BELGI ANGLATISH XUSUSIYATLARI TO‘G‘RISIDA»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

RAVISH LEKSEMALARNING BELGI ANGLATISH XUSUSIYATLARI

TO'G'RISIDA

Ravish leksemasining harakat belgisini anglatishi, fe'l leksemaga to'g'ridan-to'g'ri bog'lanishi, shuningdek, ravish leksemalarda shaxs bahosining ifodalanishi va uning ko 'rinishlari haqida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: Ravish, leksma, baho, ravish leksema, harakat va holat, belgi, fe'l leksema.

О ХАРАКТЕРИСТИКАХ ЗНАЧИМОГО ДЕЙСТВИЯ РАСШИРЕННЫХ

ЛЕКСЕМ

АННОТАЦИЯ

В данной работе обсуждаются мнения о том, что лексема речи означает признак действия, глагол напрямую связан с лексемой, а также выражение оценки человека в речевых лексемах и ее проявлениях.

Ключевые слова: Наречие, лексема, оценка, наречная лексема, действие и состояние, знак, глагольная лексема.

ABOUT THE FEATURES OF THE SIGN EXPRESSION OF ADVERBIAL

LEXEMES

ABSTRACT

The article considers the representation of the adverb lexeme as a sign of action, the direct connection of the verb with the lexeme, as well as the expression of personality assessment and its manifestation in the lexemes of the adverb.

Keywords: Adverb, lexeme, evaluation, adverb lexeme, action and state, sign, verb lexeme.

Harakatning belgisini anglatadigan leksemalarga ravish leksemalar turkumi deyiladi. Ravish leksemaga shakl o'zgarishi xos emas, shunga ko'ra fe'l leksemaga to'g'ridan - to'g'ri bog'lanadi. Ravish turkumi doirasiga kiruvchi leksemalar belgi anglatish xususiyatlariga egaligiga ko'ra sifatga yaqin turadi. Sifat predmet belgisini

Ibragimova Ehtiyot Ismailovna

Farg'ona davlat universiteti filologiya fanlari nomzodi, dotsent

ANNOTATSIYA

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

bildirsa, ravish leksemalar ish - harakat va holat belgisini bildirishi bilan farqlanib turadi, ya'ni u ko'pincha fe'lga bog'lanib keladi.

Kishilar tomonidan bajariluvchi ish-harakat qay tarzda, qay holatda va qaysi maqsadlarda amalga oshirilayotganligi ravish leksemalar orqali ifodalanadi. Shu bilan birga bu leksik birlikda ish - harakat bajaruvchisiga baho berish ishorasi ham sezilib turadi. Masalan :

Endi buyog'iga Polvon ko'zim ko'r, qulog'im kar deb yashashga majbur. Qiyin, juda qiyin bundoq qilish. Na iloj! (S.Ahmad. Azroil o'tgan yo'llarda).

Shu payt Gulandom kelib qoldi. Qaynotasi bilan yig'lab ko'rishdi. U endi o'zini oldirgan, ko'zi taglarida, iyagining pastida mayda ajinlar paydo bo'lgan. Avvalgi shiddati yo'q. Yig'idan ho'l bo'lgan kipriklari orasida ilgari chaqnab turadigan o't so'ngandek edi. Ovozi ham so'lg'in. Shu bir oy ichida so'lib, ertangi taqdiridan umidini uzgan aftodahol bir alfozda edi.(S.Ahmad. Azroil o'tgan yo'llarda).

Berilgan misollardagi "ko'zim ko'r, qulog'im kar", "yig'lab", "chaqnab turadigan o't so'ngandek", "so'lg'in", "umidini uzgan aftodahol" kabi so'z va so'z birikmalarida ish - harakat va holat belgisi baho orqali namoyon etilgan.

Ravish leksemalarda shaxs bahosining ifodalanishi uning quyidagi ko 'rinishlarida mavjud:

1.Holat bildiruvchi ravish leksemalarda shaxs bahosining ifodalanishi: asta, sekin, arang, zimdan, botirlarcha, do'stona, ko'r- ko'rona, majburan, nari -beri kabi. Siz o'shami? ifodasi A.Qodiriyning "O'tgan kunlar" romanidagi juda nozik va dilbar holat muhri sifatidagi replika-tasvirdir, uni romanning "Kutilmagan baxt" bobida o'qiymiz: ...Titragan va qovjiragan bir tovushda:

- Nega qochasiz?! Nega qaramaysiz?! - dedi bek, Kumushbibi shu choqqacha qaramagan va qarashni ham tilamagan edi. Majburiyat ostida, yov qarash bilan sekingina dushmaniga qaradi... Shu qarashda birmuncha vaqt qotib qoldi. Shundan keyin bir necha qadam bosib Otabekning pinjiga yaqin keldi va esankiragan, hayajonlangan bir tovush bilan so 'radi:

- Siz o 'shami?

- Men o 'sha! - dedi bek. Ikkisi ham bir-birisiga beixtiyor termulishib qoldilar.

Misoldagi "esankiragan ", " hayajonlangan ", "majburiyat ostida ", "yov qarash

bilan ", " sekingina " so 'zlari orqali holatga chiroyli baho berilgan.

E.Vohidov "Qit'a"sida chiroyli so'z o'yini qilish asosida nozik kulgi, hajvni yuzaga keltirish uchun foydalangan:

Qalbga istarsan shifo gar, bo 'l yomon so 'zdan yiroq

Korvalol ichmoq kerakmas, kar va lol bo 'lmoq kerak.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(9), September, 2023

Omonimlar asosida yuzaga keladigan ohangdoshlikdan badiiy matnda alohida poetik aktuallashuv vositasi sifatida foydalaniladi. Shaklan bir, ammo ma'nosi tamoman farqli so'zlar birdaniga diqqatni tortadi, ma'nan kengayadi. Quyidagi misollarda bunga ishonch hosil qilish mumkin: Do'stlar eshigimni yuz bora qoqar, Eshik qoqmay kirar maktub bir qizdan. Goho jonga yoqar, goh jonni yoqar...

Yolg'izman... (I.Mirzo, "Yolg'izman" she'ri) Misollardagi "kar" va "lol", "yoqar" leksemalaridan ham holatga berilgan baho munosabatini ko'rish mumkin.

Uning ko'zlari muloyimgina suv ustiga og'dilar, ariqning musaffo tiniq suvi yovvoshgina oqib kelar, Kumushbibining qarshisiga yetganda go 'yoki uning ta 'zimi uchun sekingina bir charx urib qo 'yar, o 'z ustida o 'tirgan sohiraning sehriga musaxxar bo'lgan kabi tag'in bir kattaroq doirada aylangach, ohistagina ko'prik ostiga oqib ketar edi (A.Qodiriy, "O 'tgan kunlar" romani).

Ayyorlikda uchchiga chiqqanman deb maqtansam yolg'on emas (Oybek). ...O'zim shu baytni yakkaxonlik qilmoqdaman: Dardi yo'q - kessak, ishqi yo 'q - eshshak! (A.Qodiriy, "Dardiyo 'q - kessak, ishqiyo 'q - eshshak" hangomasi).

Og'zaki nutqda turli sabablarga ko'ra ayrim so'zlar, asosan, o'zlashma so'zlarni buzib talaffuz qilish holatlari mavjud. Bunday xato so'zlovchining o'zlashgan so'z imlosini to'g'ri tasavvur qilmasligi, boshqa millatga mansubligi, paronimlarni farqlamasligi natijasida yuzaga keladi, deb izohlash mumkin. Badiiy asarda bu usuldan qahramon nutqini individuallashtirish hamda ifodani og'zaki - jonli nutqqa yaqinlashtirish maqsadida foydalaniladi. Bunda so'zlovchining individual talaaffuziga xos xususiyatlar grafik qayd qilinadi, yozuvdagi bunday qayd "grafon" deb ham yuritiladi. Ayrim o'rinlarda kulgi qo'zg'atish maqsadida ham so'zlar atayin buzib talaffuz qilinadi va o'sha tarzda yozilib, holatga ijobiy yoki salbiy baho beriladi. Masalan:

Ortiq jizzaki ko'rinmaslik uchun bos-i-iq tovush bilan dedi... (P.Qodirov). Uzo-oq yo'l, ahyo-onda bir keladi, qato-or imoratlar, o'yla-ab tursam, o'g'lim, dunyoni ishi qiziq (A.Muxtor)

Holat bildiruvchi ravish leksemalardan asta leksemasining (O'TIL.1 tom, B.60) besh xil ma'noda qo'llanishi ko'rsatib o'tilgan. Shundan sekin, shoshmasdan, shoshilmasdan avaylab, imillab ma'nolarida qo'llanganda baho munosabati yuzaga keladi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

Imillab yurish, ish qilish, harakatlanish salbiy baho uchun asos bo'ladi. Chunki imillashning o'zida denotativ jihatdan salbiylik ma'nosi mavjud. Masalan: Sust musulmondan, cho'rt kofir afzal. (Maqol)

Diniy e'tiqodimizga ko'ra musulmon kishi g'ayridinlardan, kofirlardan, ustun qo'yilgan. Hech qachon musulmondan kofir afzal deb ayta olmaymiz. Lekin imillab harakat qilish, sustkashlikka yo'l qo'yish yaxshi emasligi e'tiborga olinib, shartta ish qiladigan, dadil harakatga ega bo'lgan kofirning musulmondan yuqori qo'yilishi musulmonga nisbatan salbiy baho berilishiga asos bo'lmoqda.

Kofir leksemasi musulmon kishilariga nisbatan qo'llansa, salbiy baho ma'nosini beradi. Ammo bu o'rinda cho'rt kofirning afzal qo'yilishi sust musulmondan kofirda mavjud bo'lgan salbiylik ma'nosidan ham yuqori salbiy baho berilayotganini ko'rsatmoqda.

Payt ma'nosini ifodalovchi ravish leksemalarda shaxs bahosi: dastlab (boshladi), erta, kech kabi.

Erta va kech antonimik juftlik hosil qiluvchi ravishlarda ham mantiqiy jihatdan ijobiy hamda salbiy baho semasi anglashiladi.

Ushbu o'rinda baho berish uchun betaraf (nol) ko'rsatkichga ega deb olingan ravishda ham ijobiy baho ifodalash imkoniyati mavjud ekanligini mantiqan his qilamiz. Ularni "keldi" fe'l leksemasi bilan bog'lanishidan hosil bo'lgan ma'nolarini ko'rib o'taylik: erta

Said ishga vaqtida keldi. kech

Saidning ishga kelishining o'zida ham ijobiy baho berish uchun asos bor. Chunki inson bor ekan, uning biron - bir foydali mehnat bilan shug'ullanishi ijobiylik kasb etadi. Endi Saidning ishga belgilangan vaqtdan erta kelishligi ijobiy bahoni kuchaytirsa, belgilangan vaqtdan kech qolishi esa ijobiy bahoni salbiy bahoga aylantirishga xizmat qilmoqda. Yuqorida aytganimizdek, ishga kelishlikda, mehnat bilan shug'ullanishlikda ijobiylik mavjud ekan, unga o'z vaqtida, belgilangan muddatda kelishlik ham Saidga ijobiy baho berishga yordam bermoqda.

Agar izohlanayotgan ravish leksemalar "ketdi" harakat ma'nosini anglatuvchi fe'l leksemasi bilan bog'lansa, unda mayoriy holatning buzilishi ko'zga tashlanadi: erta

Said ishdan vaqtida ketdi. kech

Erta va kech ketishlik salbiy baho bersa, vaqtida kelishlik neytral baho bilan birga ijobiy bahoni ham berish imkoniyatiga ega bo'lmoqda.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

Demak, ravish leksemalar orqali shaxslarga beriladigan bahoning ijobiy, neytral yoki salbiy ma'no anglatishi o'zi bog'lanib kelayotgan so'zdan anglatilayotgan denotativ ma'nosi bilan ham bog'liq bo'lar ekan.

Maqsad ma'nosini bildiruvchi ravish leksemalarda shaxs bahosi: ataylab, jo 'rttaga, qasddan kabi.

Inson bajarayotgan ish-harakatni ixtiyoriy ravishda, biror maqsadni ko'zlab, amalga oshiradi. Bu mantiqiy jihatdan ijobiy bahoni keltirib chiqaradi. Maqsad ma'nosini anglatuvchi jo'rttaga, ataylab, atay ravish leksemalari sinonimik qatorni hosil qiladi. Boshqa sinonimlarda bo'lgani kabi qaysidir bir ma'no nozikligi bilan ajralib turish xususiyatlari ham borki, buni quyidagi misol orqali ko'rishimiz mumkin:

Atay sizni ko'rgani keldim.

Ataylab sizni ko'rgani keldim.

Jo'rttaga sizni ko'rgani keldim.

Keltirilgan misoldagi atayin, ataylab ravish leksemalari so'zlovchining obyektga ijobiy munosabatini anglatsa, jo'rttaga esa "g'ashga tegish uchun" degan ma'noni anglatib, salbiy baho oydinlashishiga olib kelmoqda.

Qasddan leksemasi ham maqsad ma'nosini anglatuvchi ravish leksema hisoblanib, undagi ko'proq adovat, kek, qasos, o'ch olish kabi semalardan biri kontekst tarkibida yuzaga chiqadi.

Maqsad ma'nosini ifodalovchi ravish leksemalarda salbiy baho berish imkoniyati ko'proq ekanligi ko'zga tashlanadi

Sababni anglatuvchi ravish leksemalarda shaxs bahosi: noiloj, chorasiz, kuyganidan, ilojsizlikdan kabi.

Poyezd Toshkentga yaqinlashgan sari Qunduzxonning yuragi qattiqroq ura boshladi. Bundan ikki yil avval shu stansiyadan unga oq yo 'l tilab qolgan ona endi yo'q. U o'tgan yili bahorda tug'ruqxonada o'lgan. Qunduzxon noiloj vagondan tushdi va qadrdon mahallasi tomon yo 'l olddi... (S.Ahmad. Mehribon)

Yana bir misol:

Vaqt juda tez o'tardi. U dushdan chiqib artinayotganda ham " bu xotin kim, nega muncha mehribonchilik qiladi?" degan savol miyasidan nari ketmasdi.... Uning ko'zi oldida yana ona gavdalandi. Ona qiziga xomush termilar, nimadir demoqchi bo'lgandek lablarini juftlab turardi. Qunduz ko'z yoshlaridan ho'l bo'lib ketgan yostiqni surib qo'yib, o'ng yonboshiga ag'darilgan edi, devorda, zarhal ramkadan kulib qarab turgan onasining suratiga ko'zi tushdi. U chorasiz ahvolda qolgan edi. (S.Ahmad. Mehribon)

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

Sabab ma'nosi yordamida baho munosabati "noiloj", "chorasiz" ravishlari yordamida qahramonning salbiy holati tasvirlangan. Daraja - miqdor ravish leksemalarda shaxs bahosi.

Ma'lumki, "tirnoq" so'zi ham polisemantik leksema bo'lib, ko'chma ma'nolaridan biri "farzand"dir. Quyidagi parchada bu so'z asosiy va ayni ko'chma ma'nosi bilan qo'llangan, natijada bu so'z poetik jihatdan aktuallashgan: Do'st, tirnoqqa zor bo'lma, ko'rmagil tirnoqcha g'am, Har yili ko'ztumorlar osilsin beshigingga (I.Mirzo, "Ramazon" she'ri). Berilgan parchada "tirnoqcha" so'zi yordamidagi ko'chma ma'noda daraja-miqdor ravishi misolida baho munosabatini kuzatish mumkin. Birinchi "tirnoqqa" leksemasi "farzand" ma'nosida, ikkinchi "tirnoqcha" so'zi daraja-miqdor ravishi ma'nosida qo'llangan.

Umuman olganda, ravishning mano turlari orasida baho munosabati holat manosini anglatuvchi ravishlarda ko'p uchraydi degan xulosaga keldik.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Ibragimova E. O'zbek tilida ironiya va ironik mazmun ifodalashning usul hamda vositalari. Filol. fanlari nomz... avtoref. -T., 2002.

2. Iskandarova SH. O'zbek tili leksikasini mazmuniy maydon sifatida o'ganish (SHaxs mikromaydoni): Filol. fanlari d-ri ... avtoref. -T., 1999.

3. Mamadalieva M.A. O'zbek tilida nominativ birliklarning konnotativ aspekta. Filol.fanlari nomzodi ... dis. avtorf. — T., 1998

4. Rasulov R. Ijobiy munosabat ifodalovchi ruhiy holat fellari haqida.//Til va adabiyot ta,limi.-2003№1 B.27-31.

5. Sobirov A.SH. O'zbek tilining leksik sathini sistema sifatida tadqiq etish: Filol. Fan. d — ri dis. ... avtoref. — T., 2005.

6. Sobirov A.SH. Uzbek tilining leksik sathini sistemalar sistemisi tamoyili asosida tadqiq qilish.-T.: Manaviyat,2004.-B. 107.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.