Научная статья на тему 'HАRBIY TА’LIM JАRАYОNIDА INNОVАTSIОN MАSHG‘ULОTLАR TURLАRI VА О‘QITISH METОDLАRI'

HАRBIY TА’LIM JАRАYОNIDА INNОVАTSIОN MАSHG‘ULОTLАR TURLАRI VА О‘QITISH METОDLАRI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Interpretation and researches
Область наук
Ключевые слова
texnоlоgiyа / innоvаtsiyа / interаktiv / mаshg‘ulоt / pedаgоgik jаrаyоn / metоd.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Аbidjаnоv Z. X.

Ushbu mаqоlаdа hаrbiy tа’lim jаrаyоnidа innоvаtsiоn mаshg‘ulоtlаr turlаri vа о‘qitish metоdlаri, yаngi pedаgigik texnоlоgiyаlаr vа interаktiv mаshg‘ulоtlаr, ulаrning аhаmiyаti hаqidа keng mа’lumоtlаr keltirilgаn.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «HАRBIY TА’LIM JАRАYОNIDА INNОVАTSIОN MАSHG‘ULОTLАR TURLАRI VА О‘QITISH METОDLАRI»

HARBIY TA'LIM JARAYONIDA INNOVATSION MASHG'ULOTLAR TURLARI VA O'QITISH METODLARI

Abidjanov Z.X.

O'R Qurolli Kuchlar Akademiyasi katta o'qituvchisi

Annotatsiya: Ushbu maqolada harbiy ta'lim jarayonida innovatsion mashg'ulotlar turlari va o'qitish metodlari, yangi pedagigik texnologiyalar va interaktiv mashg'ulotlar, ularning ahamiyati haqida keng ma'lumotlar keltirilgan.

Tayanch so'zlar: texnologiya, innovatsiya, interaktiv, mashg'ulot, pedagogik jarayon, metod.

Aннoтaция: В дaннoй CTaTbe предстaвленa oбширнaя инфoрмaция o6 иннoвaциoнных видвх oбучения и метoдaх oбучения в вoеннo-учебнoм прoцессе, швых педaгoгических технoлoгиях и интерaктивных звнятиях, их знaчении.

Ключевые слoвa: технoлoгия, иннoвaция, интерaктивнoсть, oбучение, педaгoгический npo^cc, метoд.

Abstract: This article provides extensive information about innovative types of training and teaching methods in the military educational process, new pedagogical technologies and interactive classes, and their significance.

Keywords: technology, innovation, interactivity, learning, pedagogical process, method.

"Ta'lim va tarbiyani rivojlantirish, sog'lom turmush tarzini qaror toptirish, ilmfan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g'oyamizning asosiy ustunlari bo'lib xizmat qilishi lozim" O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev.

Bugungi kun bilan hamnafas yashash, teng imkoniyatlar asosida mehnat qilish va rivojlanish eng so'nggi texnologiyalar, ular bilan ishlash ko'nikmalarini hosil qilishni bevosita taqozo etmoqda. Bu jarayondan hech bir soha chetda qolgani yo'q. Shu va boshqa maqsadlarni nazarda tutgan holda O'zbekiston Respublikasining innovatsion faoliyat to'g'risidagi Qonuni qabul qilindi. O'zbekiston Respublikasining innovatsion faoliyat to'g'risadigi Qonuni Qonunchilik palatasi tomonidan 2020yil 7-aprelda qabul qilingan. Senat tomonidan 2020-yil 19-iuynda ma'qullangan. Qonun 39 ta moddadan iborat bo'lib, ulardan ayrimlarini keltirib o'tishni maqsadga muvofiq deb bilish mumkin.

Ushbu qonunda innovatsiyaga qo'yidagicha ta'rif berilgan: "innovatsiya-fuqorolik muomalasiga kiritilgan yoki shaxsiy ehtiyojlar uchun foydalaniladigan, qo'llanishi amaliyotda katta ijtimoiy-iqtisodiy samaraga erishishni ta'minlaydigan yangi ishlanma" Innovatsion faoliyatning asosiy prinsiplariga qo'yidagilar kiradi:

innovatsion faoliyatning erkinligi, davlat tomonidan qo'llb-quvvatlanishi, teng foydalanishni ta'minlash, oshkoraligi, aniq yo'nalganligi va shu kabilar. O'zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligi innovatsion faoliyat sohasidagi vakolatli davlat organidir.

Mazkur qabul qilingan qonun hujjatlaridan ham ko'rinib turibdiki, zamonaviy o'qituvchiga qo'yidagi talablar qo'yilgan: o'qituvchi o'z faning bilimdoni bo'lishi va uni sevishi, zamonaviy bilimlar va eng yangi texnologiyalar bilan qurollangan bo'lishini lozim.

"Mamlakat taraqqiyotining zamini, hech shubhasiz, ilm-fan va innovatsiyalardir" shunday ekan endi har bir o'qituvchi tinimsiz o'z ustida ishlashi, tobora tezlashayotgan axborot oqimini inobatga olgan holda ro'y berayotgan eng so'nggi ma'lumotlar bazasiga aylanishi lozim. Kursantda hozirgi kunda faqatgina o'quv qo'llanmalar bilan muayyan bilim hosil qilib bo'lmaydi. Chunki bu ma'lumot eskirgan yoki allaqachon uni kursant yangi versiyasi bilan tanishgan bo'ladi. Kursantlarni mashg'ulotlarga jalb qila olish, hayratlantira olish uchun eng so'nggi ma'lumotlar bilan mashg'ulotlarga kirsa uyalib qolmaydi.

Pedagogik innovatsiya deganda shuni tushunish lozimki, har qanday yangilik avvalo bu belgilangan maqsadga erishishda ko'maklashuvchi ta'lim-tarbiyadagi yangiliklarni kashf qilish, joriy etish va natijalarini sinovdan o'tkazish, baholash tizimidir. Ta'lim sohasidagi innovatsion yondashuvning samaradorligi insonparvarlik, mashg'ulot jarayonini demokratlashtirish, kursantlarning faolligini oshirish, ta'lim-tarbiya jarayonini samaradorligini oshirish, o'quv materiallarini samarali tarzda yetkazib berish, ilg'or o'qitishni amaliyotga joriy etish, ta'lim sohasida innovatsiyalarning kirib kelishidagi to'siqlar, ijodiy to'siq, yani eski dasturlar asosida ishlab o'rgangan o'qituvchilar yangilikka qo'rquv bilan qarashidir.

Moslashuvchanlik, yani, odatdgi vaziyatlarga moslashish, o'zgarishni hazm qila olmaslik desak, O'ziga ishonmaslik esa IT sohadagi bilimlarning yetarli emasligidadir. O'qituvchi o'zini fikrini yagona, o'zgarmas, qayta ko'rib chiqishga qarshiligi ta'lim-tarbiya jarayonida innovatsiyaning muhim xususiyatlari ta'lim-tarbiya jarayonini innovatsiyon texnologiyalar bilan boyitishda qo'yidagi samaralarga erishish mumkin:

- Ta'lim jarayonida yanada ijobiy natijalarga erishish;

- Ta'lim jarayonini olib borishda eng qulay variantlarni tanlab olish;

- Ta'lim oluvchilarni mashg'ulotga faol ishtiroki;

- Turli interaktiv o'yinlarni tashkil qilish orqali kursantlarni mashg'ulotga jalb etish;

- Yangi ma'lumotlar bilan ishlashda zamonaviy texnologiyalardan keng foydalanish;

- Milliy ta'limni xorijiy tajribalar bilan boyitish;

- Eng so'nggi axborotlarni to'plash, qayta ishlash, saqlash va kursantlarga yetkazish;

- Uzliksiz ta'lim jarayonini tizimli tashkil etish;

- Kursantlarning intelektual salohiyatini va iqtidorini o'stirib borish;

- Kursant va o'qituvchining erkin muloqatini ta'minlash.

Ta'lim jarayonida avval egallangan bilimlar bilan bir qatorda yangi texnologiyalardan foydalanish mashg'ulotlar samaradorligini yanada oshirishga yordam beradi. "Biz o'z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renesans poydevorini barpo etishdek ulug' maqsadni qo'yar ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ulug'beklar, Ibn Sinolar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak". Shunday ekan eng avvalo harbiy ta'lim muassasalarida mashg'ulotlarni yangicha yondashuv, o'zgacha firklash orqali kursantlarimizni to'laqonli bilim egallashlariga erishish muhim vazifalardandir.

Buning uchun esa eng avvalo bevosita mashg'ulot jarayonlarida ishtirok etadigan pedagog kadrlarni zamonaviy bilimlar, axborot texnologiyalarni chuqur biladigan va undan foydalana oladigan qilib qayta malakasini oshirish zarur. O'qituvchi shaxsi bugungu kunda o'z mavqyega ega bo'lishi, kursantlarda o'ziga nisbatan chuqur hurmat uyg'ota olishi uchun tinimsiz harakat qilishi lozim. Zamon tezkor, zamon shiddatkor u bilan teng qadam tashlash uchun har lahza ogoh bo'lmoq, doim dunyo bilan, yuz berayotgan voqea hodisalar bilan aloqada bo'lib turmoq kerak.

Harbiy ta'lim muassasalarining moddiy texnik bazasini so'ngi axborot texnologiyalar bilan boyitish, ulardan foydalana oladigan innovatsion salohiyatga ega pedagog kadrlarni tayyorlash bugunbi kunning dolzarb vazifalaridan biri bo'lib turibti. O'qituvchilar dars jarayonida turli xil didaktik o'yinlar, interfaol metodlardan foydalanib kursantlarni qiziqtirib, passiv tomoshabindan aktiv qatnashuvchiga aylantira olishi mumkin. Qo'yida bir necha interfaol metodlar va didaktik o'yinlardan namunalar keltirilgan:

Mashg'ulot jarayonida foydalanish mumkin bo'lgan interfaol metodlar

t/r Interfaol usullar O'qituvchi Kursant Natija

1 BBB O'qituvchi doskani 3ga bo'lib shu so'zlarni yozadi, kursantlardan qanday ma'lumotlarga ega ekanligini so'raydi Kursantlar bilgan, bilib olgan va bilishni hohlagan ma'lumotlarini aytishadi Berilgan mavzu to'liq ochilguncha kursantlar fikrlashadi va chuqur o'zlashtirishga erishiladi

2 Blits-o'yin Kursantlarni Tarqatma Mantiqiy

harakatlar ketma-ketligini to'g'ri tashkil etish va tarqatma materiallar bilan ishlash materiallarda berilgan savollarga javob berish fikrlash, berilgan ma'lumotlar ichidan eng keraklisini tanlab ola bilish

3 Klaster Doskaga kalit so'z yoki gap yoziladi Kursantlar shu so'zlarni davom ettirib va ma'lumotlarni aytib borishadi Kursantni erkin fikrlash va fikrini bayon qila olishga o'rgatish

4 Aqliy hujum (breynstorming) Jamoa hamkorligi asosida muammoni yechishga harakat qilinadi Jamoaviy hamkorlik va mantiqiy fikrlash bilan kursantlar muammoni hal etishadi Jamoaviy hamkorlik va mantiqiy fikrlashni rivojlantiradi

5 Kubiklar usuli Kubiklarning 6ta tomoniga buni tasvirlang, buni taqqoslang, o'zaro bog'lanishni ko'rsating, qo'llang, dalillar keltiring kabi so'zlar yozilib qo'yiladi Kursantlar mazkur topshiriqlarni bajarishadi Tezkor fikrlash va xulosalar chiqarish, tahlil qila olishni o'rgatadi

Xulosa qilib shuni aytish lozimki, bugungi kun o'qituvchisi tinim bilmay o'z ustida ishlashi lozim. Doimo zamon bilan hamnafas bo'lish, eng so'nggi axborotlarni bilishi, yangi texnologiyalardan foydalana olishi nihoyatda zarur. Zamonaviy kursant bilan yuzma-yuz kelar ekan uni qiziqtira olishi, fanning sehrli olami bilan hayratlantira olishi, mantiqiy fikrlashga o'rgatishi, keyingi mashg'ulotlarini intiqlik bilan kutishiga erisha olsa u yaxshi o'qituvchi hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Mirziyoev Sh.M. O'zbekiston Respublikasi xavfsizlik kengashining kengaytirilgan tarkibdagi yig'ilishdagi nutqi.//Vatanparvar, 2024. 15 yanvar.

2. O'zbekiston Respublikasining innovatsion faoliyat to'g'risidagi qonuni.2020-yil 24-iyul O'RQ 630 son

3. Satib-Aldiev A. Ofitserning pedagogik madaniyati. O'quv qo'llanma. -Toshkent OUQBYu, 2013. - 55 b.

4. Shamonov B.Sh. Harbiy fanlarni o'qitishda interaktiv metodlaming roli. O'quv qo'llanma. - Toshkent OUQBYu, 2016. - 102 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.