Научная статья на тему 'MATEMATІKA FANІNІ O‘QІTІSHDA ІNNOVATSІON TEXNOLOGІYALARNING TUTGAN O‘RNI'

MATEMATІKA FANІNІ O‘QІTІSHDA ІNNOVATSІON TEXNOLOGІYALARNING TUTGAN O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
8
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta’lіm tіzіmі / anіq fanlar / matematіka / іnnovatsіon talіm texnologіyalarі / іnterfaol metodlar / talіm. / система образования / точные науки / математика / инновационные образовательные технологии / интерактивные методы / образование.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — A A’zamqulov, Y. Anvarjon

ushbu maqolada matematіka fanіnіng o‘qіtіlіshіda іshlatіladіgan yangіcha pedagogіk texnologіyalar va іnterfaol metodlar haqіda ma’lumotlar berіlgan bo‘lіb, ushbu jarayonda іnnovatsіon va pedagogіk texnologіyalarnі qo‘llashnіng ahamіyatі haqіda so‘z yurіtіlgan. Bajarіlgan іlmіy іshlarnіg tahlіlі, statіstіk malumotlar, іlmіy xulosa va taklіflar ham bayon etіlgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN MATHEMATICS TEACHING

в данной статье представлена информация о новых педагогических технологиях и интерактивных методах, используемых в преподавании математики, а также о важности использования инновационных и педагогических технологий в этом процессе. Также описан анализ выполненных научных работ, статистические данные, научные выводы и предложения.

Текст научной работы на тему «MATEMATІKA FANІNІ O‘QІTІSHDA ІNNOVATSІON TEXNOLOGІYALARNING TUTGAN O‘RNI»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© A. A'zamqulov1^, Y. Anvarjon2^_

12 Denov tadbirkorlik va pedagogika Instltutl, Denov, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: ushbu maqolada matematika fanining o'qitilishida ishlatiladigan yangicha pedagogik texnologiyalar va interfaol metodlar haqida ma'lumotlar berilgan bo'lib, ushbu jarayonda innovatsion va pedagogik texnologiyalarni qo'llashning ahamiyati haqida so'z yuritilgan. Bajarilgan ilmiy ishlarnig tahlili, statistik malumotlar, ilmiy xulosa va takliflar ham bayon etilgan.

MAQSAD: matematika fanini o'qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning maqsadlari quyidagilar:

- nnovatsion texnologiyalar o'quv jarayonini yanada samarali va tushunarli qiladi. Vizual va interaktiv materiallar orqali o'quvchilar matematik tushunchalarni yaxshiroq o'zlashtiradilar.

- Yangi texnologiyalar, ayniqsa, interaktiv vositalar va o'yinlashtirish usullari o'quvchilarning darsga bo'lgan qiziqishini oshiradi. Bu usullar o'quvchilarni faol ishtirokchi sifatida jalb qiladi va ularning motivatsiyasini oshiradi.

- exnologiyalarni ta'lim jarayoniga integratsiya qilish o'quvchilarning zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash ko'nikmalarini rivojlantiradi. Bu ko'nikmalar kelajakda ularning mehnat bozorida raqobatbardosh bo'lishiga yordam beradi.

MATERIALLAR VA METODLAR: matematika fanini o'qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish uchun kerakli materiallar va metodlar quyidagilardan iborat:

Kompyuterlar va planshetlar: O'quvchilar va o'qituvchilar uchun internetga ulangan zamonaviy kompyuterlar va planshetlar, bu qurilmalar interaktiv va multimediya materiallarini ishlatish imkonini beradi.

Interaktiv doskalar: Matematika darslarini interaktiv tarzda o'tish uchun zarur bo'lgan asbob-uskunalar. Ular yordamida o'qituvchi va o'quvchilar matematik tushunchalarni vizual va dinamik tarzda ko'rsatishi mumkin.

Projektorlar: Darsliklarni, prezentatsiyalarni va vizual materiallarni ko'rsatish uchun kerak.

Matematika dasturlari: GeoGebra: Geometriya, algebra, statistik va boshqa matematik faoliyatlarni interaktiv tarzda ko'rsatish uchun. Murakkab matematik hisob-kitoblar va simulyatsiyalar uchun. Wolfram Alpha: Matematik ma'lumotlarni tez va oson topish uchun.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

MUHOKAMA VA NATIJALAR: matematika fanini o'qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish ta'lim jarayonini sezilarli darajada yaxshilaydi. Bu metodlarning qo'llanilishi o'quvchilarning darsga bo'lgan qiziqishini oshirish, bilimlarni samarali o'zlashtirish, hamda o'qitish sifatini oshirishda muhim rol o'ynaydi. Quyida ushbu texnologiyalarning muhokamasi va erishilgan natijalar haqida batafsil ma'lumot keltiriladi.

XULOSA: matematika fanini o'qitishda innovatsion texnologiyalarni qo'llashning ahamiyati juda katta. Ushbu texnologiyalar nafaqat ta'lim sifati va samaradorligini oshiradi, balki o'quvchilarning qiziqishini va motivatsiyasini ham oshiradi. Shuningdek, shaxsiylashtirilgan ta'limni ta'minlab, har bir o'quvchining individual ehtiyojlariga mos yondashuvni qo'llash imkoniyatini yaratadi. Shu sababli, matematika fanini o'qitishda innovatsion texnologiyalardan keng va samarali foydalanish ta'lim tizimini yanada rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega.

Kalit so'zlar: ta'lim tizimi, aniq fanlar, matematika, innovatsion talim texnologiyalari, interfaol metodlar, talim.

РОЛЬ ИННОВАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИИ В ОБУЧЕНИИ МАТЕМАТИКЕ_

© А. Азамкулов1Н, Ю. Анварджон2Н

12 Институт предпринимательства и педагогики Денова, Денов, Узбекистан_

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в данной статье представлена информация о новых педагогических технологиях и интерактивных методах, используемых в преподавании математики, а также о важности использования инновационных и педагогических технологий в этом процессе. Также описан анализ выполненных научных работ, статистические данные, научные выводы и предложения.

ЦЕЛЬ: целями использования инновационных технологий в обучении математике являются: инновационные технологии делают образовательный процесс более эффективным и понятным. Студенты лучше усваивают математические понятия с помощью визуальных и интерактивных материалов; новые технологии, особенно интерактивные инструменты и методы геймификации, повышают интерес учащихся к уроку. Эти методы вовлекают студентов в качестве активных участников и повышают их мотивацию; интеграция технологий в учебный процесс развивает у студентов навыки работы с современными технологиями. Эти навыки помогут им быть конкурентоспособными на рынке труда в будущем.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: необходимыми материалами и методами использования инновационных технологий в обучении математике являются:

Iqtibos uchun: A'zamqulov.A, Anvarjon.Y. Matematika fanini o'qitishda innovatsion texnologiyalarning tutgan o'rni-. // Inter education & global study. 2024. №5. B.100-108.

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №5

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Компьютеры и планшеты: Современные компьютеры и планшеты, подключенные к Интернету для студентов и преподавателей, позволяют использовать интерактивные и мультимедийные материалы.

Интерактивные доски: оборудование, необходимое для интерактивных уроков математики. С их помощью преподаватели и ученики могут наглядно и динамично демонстрировать математические понятия.

Проекторы: необходимы для показа учебников, презентаций и наглядных материалов.

Математическое программное обеспечение: GeoGebra: для интерактивного отображения геометрии, алгебры, статистики и других математических действий. Для сложных математических расчетов и моделирования. Wolfram Alpha: быстро и легко находить математическую информацию.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: использование инновационных технологий в преподавании математики существенно улучшает учебный процесс. Использование этих методов играет важную роль в повышении интереса учащихся к уроку, эффективном усвоении знаний, повышении качества преподавания. Ниже приводится обсуждение этих технологий и подробности достигнутых результатов.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: использование инновационных технологий в обучении математике очень важно. Эти технологии не только повышают качество и эффективность образования, но и повышают интерес и мотивацию учащихся. Он также обеспечивает персонализированное обучение, позволяющее использовать подход, адаптированный к индивидуальным потребностям каждого учащегося. Поэтому широкое и эффективное использование инновационных технологий в преподавании математики важно для дальнейшего развития образовательной системы.

Ключевые слова: система образования, точные науки, математика, инновационные образовательные технологии, интерактивные методы, образование.

Для цитирования: Азамкулов А., Анварджон Ю. Роль инновационных технологий в обучении математике.// Inter education & global study. 2024. №5. С. 100-108.

THE ROLE OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN MATHEMATICS TEACHING

© Akhtamkul Azamkulov1®, Anvarjon Yusupov2®

12 Denov Institute of Entrepreneurship and Pedagogy, Denov, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: this article provides information about new pedagogical technologies and interactive methods used in teaching mathematics, as well as the importance of using innovative and pedagogical technologies in this process. An analysis of

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 5

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

completed scientific work, statistical data, scientific conclusions and proposals are also described.

AIM: the goals of using innovative technologies in teaching mathematics are: innovative technologies make the educational process more effective and understandable. Students learn math concepts better through visual and interactive materials; new technologies, especially interactive tools and gamification methods, increase student interest in the lesson. These methods involve students as active participants and increase their motivation; integration of technology into the educational process develops students' skills in working with modern technologies. These skills will help them be competitive in the job market in the future.

MATERIALS AND METHODS: the necessary materials and methods for using innovative technologies in teaching mathematics are: computers and Tablets: Modern computers and tablets connected to the Internet allow students and teachers to use interactive and multimedia materials; interactive whiteboards: equipment needed for interactive math lessons. With their help, teachers and students can demonstrate mathematical concepts clearly and dynamically.

DISCUSSION AND RESULTS: the use of innovative technologies in teaching mathematics significantly improves the educational process. The use of these methods plays an important role in increasing students' interest in the lesson, effectively mastering knowledge, and improving the quality of teaching. Below is a discussion of these technologies and details of the results achieved.

CONCLUSION: the use of innovative technologies in teaching mathematics is very important. These technologies not only improve the quality and efficiency of education, but also increase the interest and motivation of students. It also provides personalized learning, allowing for an approach tailored to each student's individual needs. Therefore, the widespread and effective use of innovative technologies in teaching mathematics is important for the further development of the educational system.

Key words: education system, exact sciences, mathematics, innovative educational technologies, interactive methods, education.

Oxirgi besh yilda mamlakatimiz talim tizimidagi islohotlar, jumladan, aniq fanlarga bo'lgan alojida etibor va shular qatorida matematika fanini rivojlantirish bo'yicha olib borilayotgan islohotlar o'zining yuqori rivojlanish darajasiga o'tmoqda. Bunga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Matematika ta'limi va fanlarini yanada rivojlantirishni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasining V.l. Romanovskiy nomidagi matematika instituti faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori[1], O'zbekiston Respublikasi

For citation: Akhtamkul Azamkulov1, Anvarjon Yusupov2. (2024) The role of innovative technologies in mathematics teaching, Inter education & global study, (5), pp. 100-108. (In Uzbek).

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Prezidentining "Matematika sohasidagi ta'lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori[2], Vazirlar Mahkamasining "Oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida matematika fanidan Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro olimpiadani o'tkazish to'g'risida"gi qarori[3], Vazirlar Mahkamasining "Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro fizika va matematika maktab-internatini tashkil etish to'g'risida"gi qarori yuqoridagi so'zlarimizning yaqqol isbotidir.

Zamonaviy o'qituvchining jamiyatni axborotlashtirish sharoitida ishlashga tayyorligini belgilab beradigan quyidagi axborot-kommunikativ salohiyatlar muhim hisoblanadi. Kompyuterli ta'lim jarayonida ta'lim o'quvchi va kompyuter orasidagi munosabatlarga ko'ra tashkil etiladi, boshqariladi, nazorat qilinadi. Kompyuterli ta'limni tashkil etish - o'quvchi bilan o'quv materiali o'rtasidagi bog'lanishni kompyuter vositasida yo'lga qo'yish. O'quvchi bilan o'quv materiali o'rtasidagi bog'lanishni tashkil etish uchun ta'lim loyihalanadi. O'quvchilarning o'quv ishlarini tashkil etish, ular faoliyatini rag'batlantirish tegishli vositalar asosida modellashtiriladi[4].

Matematika fanlarini o'qitishga yangi texnik vositalar, shu jumladan, kompyuter va boshqa axborot texnologiyalarining jadal kirib kelayotgan hozirgi davrida fanlararo uzviylikni ta'minlash maqsadida informatika fani yutuqlaridan foydalanish dolzarb masalalardan biridir. O'quvchining individual farqi uning aqliy qobiliyati, maxsus tayyorgarligi, o'qish qobiliyati, o'zlashtirishi, qiziqishi va boshqa shu kabi ko'rsatkichlarda aniq bilinadi

Ushbu fanlarni umumiy o'rta ta'limda o'qitish, o'quvchilarning ta'limiy va tarbiyaviy tayyorgarligidagi o'rni yuqori darajada bo'lib, ular hayotga mustaqil kadr sifatida qadam qo'yadilar. Keyingi faoliyatlarida albatta kompyuterlar yordamida amaliy ishlarni bajarishlariga to'g'ri keladi. Buning uchun o'quvchilarning informatikadan olgan bilim, ko'nikma va malakalari, ayniqsa, kompyuterning amaliy dasturlaridan foydalanish darajasi yuqori bo'lishi lozim. Informatikani o'qitish va undagi amaliy dasturlardan foydalana olishga o'rgatish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Amaliy dasturlarni o'qitish mazmunini kasb-hunar sohalaridan kelib chiqqan holda belgilash, shu mazmunga mos o'quv- metodik materiallar majmuasini ishlab chiqish va o'quvchilarga zamonaviy o'qitish metodlaridan foydalanib etkazib berish asosiy vazifalardan biridir.

Ma'lumki, matematika fani - abstrakt fan. Uning mazmuni boshidan oxirigacha inson tasavvurining va mantiqiy tafakkurining mahsulidan iborat. Fanning bunday abstrakt tuzilishi, o'zini-o'zi boyitib borishi, ya'ni yangidan-yangi matematik tushunchalar va ularning xossalarini ma'lum xossalardan hosil qila olish imkoniyati qadimdan insonning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qilib kelgan. Hatto matematik masalalarni echish musobaqalari o'tmishda inson aqlini peshlash vositasi bo'lgan. Shundan kelib chiqadigan bo'lsak, matematika fanining eng asosiy vazifasi aynan o'quvchilarni o'ylashga, to'g'ri mantiqiy fikrlashga va mushohada yuritishga o'rgatishdan iborat ekanligi oydinlashadi. Hech qaysi fan matematika fanichalik o'quvchilarni o'ylashga va fikrlashga majbur qila olmaydi. Matematika darslarida turli tuman masala, muammo va jumboqlarini echish orqali o'quvchilar to'g'ri fikr yuritish, mantiqiy fikrlashni o'rganadilar. Insonning mantiqiy fikrlay olish

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

layoqati (qobiliyati yoki kompetentsiyasi) uning eng muhim hayotiy ehtiyojlaridan biri hisoblanadi. Inson miyasi ishlashdan to'xtar ekan, uning hayvondan farqi qolmaydi. Xullas, bir faylasuf ta'biri bilan aytganda, matematika - aql gimnastikasidir. Yoshlik chog'idan turli-tuman matematik masalalarni echish orqali o'quvchilar hayotiy muammolarni yechishga va turmushda uchraydigan muammoli vaziyatlarida to'g'ri qarorlar qabul qilishga tayyorgarlik ko'radilar.

Avvalo, Arifmetika o'qitish predmeti sifatida ancha oldin paydo bo'lgan va maktab taiimida mustahkam o'rin egalladi. Arifmetika o'qitish metodikasi esa ancha keyin yaratildi. XVIII asr oxiriga qadar arifmetika metodikasi mustaqil o'quv qo'llanmasi sifatida mavjud emas edi. Arifmetika o'qitish metodikasi rivojlanishiga Rossiyada Pyotr I ko'rsatmasiga binoan tashkil qilingan (1701 y.). Possiyada birinchi umumiy ta'lim maktabi bo'lmish "Matematika va navigatsion fanlar maktabi" bunga turtki bo'ldi.

1703-yilda matematika va navigatsion maktab uchun maxsus ravishda Leontiy Filippovich Magnitskiy "Arifmetika, sirech nauka chislitelnaya" nomli darslik yaratdi. Bu o'z davri uchun ajoyib kitob edi. XVIII asrning birinchi yarmi davomida bir qancha avlod arifmetikani shu kitob bo'yicha o'rgandi.

Matematika o'qitish metodikasi va daslabki manbalarni alohida o'rganish jarayonida XVIII asrning birinchi yarmidan boshlab matematika o'qitish metodikasiga doir masalalar bilan shveysariyalik I. G.Pestolatsiy (1746-1827) o'zining "Son to'g'risida ko'rgazmali o'qish"asarida, rus olimlaridan akademik S.E. Gurev (1760-1813), XVIII asming birinchi va ikkinchi yarmidan esa N.I. Lobachevskiy (1792-1856), I.N. Ulyanov (1831-1886). L.N. Tolstoy (1828-1910) va atoqli metodist-matematik S.I.Shoxor-Trotskiy (1853-1923), A.N. Ostrogradskiy va boshqalar shug'ullandilar va ular matematika faniga ilmiy nuqtai nazardan qarab, uning progressiv asoslarini ishlab chiqqanlari aniqlandi. Masalan, A.N. Ostrogradskiy «Ong kuzatishdan keyin paydo bo'ladi, ong real, mavjud olamga asoslangan» deb yozgan edi[5].

Matematikaning ta'limiy texnologiyasini innovatsion modellashtirish deganda belgilangan vaqtda va mavjud sharoitda belgilangan maqsadni amalga oshirish va bashorat qilingan o'quv natijalariga erishishni kafolatlaydigan ta'limning eng maqbul shakli, vositasi, usuli, metodikasi va texnologiyasining majmui tushuniladi[6].

Matematika fanlarini o'qitishga yangi texnik vositalar, shu jumladan, kompyuter va boshqa axborot texnologiyalarining jadal kirib kelayotgan hozirgi davrida fanlararo uzviylikni ta'minlash maqsadida informatika fani yutuqlaridan foydalanish dolzarb masalalardan biridir. Kompyuter texnikalarini ta'lim muassasalariga tatbiq etish, o'qitish jarayonini optimallashtirishga keng yo'l ochib beradi. Keyingi o'n yillikda matematika fanini o'qitishda kompyuterlardan foydalanish bir necha asosiy yo'nalishlarda olib borildi. Bularga kompyuter yordamida bilimni baholash, turli tipdagi o'rgatuvchi dasturlarni ishlab chiqish va rivojlantirish, bilishga oid matematikaviy o'yinlarni ishlab chiqish va boshqalar kiradi.

Matematika o'qitishda kompyuterlarni qulayligini yana bir yo'nalishi ayrim o'quv holatlarini modellashtirishdir. Modellastirilgan dasturlardan foydalanishning maqsadi, o'qitishning boshqa usullari qo'llanganda tasavvur qilish, ko'z oldiga keltirilishi qiyin bo'lgan

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

materiallarni tushunarlibo'lishini ta'minlashdan iborat. Modellashtirish yordamida o'quvchilarga ma'lumotlarni grafik rejimda kompyuter multimediasi ko'rinishida taqdim qilish mumkin. Shu boisdan ular matematikani chuqur o'rganish va o'quv jarayonida sezilarli darajada mustaqillik namoyon etishga moyil bo'ladilar.

Ta'lim texnologiyasining innovatsion modeli quyidagilarni o'z ichiga oladi: matematika fanini o'qitish maqsadlarini aniq belgilash; o'quv fani nazariy va amaliy materialni tanlash hamda uni o'quvchilarga etkazishning yo'llarini aniqlash; o'quv fani aniq mavzuning tayanch tushuncha va iboralarni ajratish; o'qishga qiziqtirishga yo'naltirilgan usul va texnologiyalarni belgilash; o'quv jarayonini yakka va jamoa holda tashkil etishni tashkillashtirish; o'quv mashg'ulotlarini rejasini va loyihalarini tuzish; unga asoslangan holda o'quv faoliyatidan oldindan kutilayotgan natijalarni aniqlash; kutilayotgan natijalarga erishish uchun zarur bo'lgan pedagogik vazifalarni belgilash.

Ushbu fannii o'qitish va o'rganish jarayonida quyidagi natijalarga erishiladi: o'qitish natijasida ta'lim oluvchi egallashi va u tomonidan bajarilishi lozim bo'lgan harakatlar o'qituvchiga erishilgan natijalarni ob'ektiv baholash imkonini beradi; ta'lim oluvchining dastlabki bilimlarini aniqlanadi; o'quv mashg'ulotlari loyihalarini tuzib chiqiladi; teskari aloqani yo'lga qo'yadi va ta'lim vositalarini, ya'ni tezkor so'rov, savol-javob, o'quv topshirig'i natijalari taqdimotini baholashni aniqlaydi; loyihaviy faoliyat natijasini jadval ko'rinishda, ya'ni o'quv jarayoni innovatsion ta'lim texnologiyasi modeli ko'rinishida rasmiylashtiradi; o'quv mashg'ulotida ta'lim texnologiyasini rejalashtirishni texnologik xarita ko'rinishida amalga oshiradi.

Dars va o'quv mashg'uloti texnologik xaritasi-har bir o'quv mashg'ulotida ta'lim texnologiyasi tuzilishining jarayonli ya'ni, protsessual bayoni aks etgan hujjat bo'lib, u o'quv mashg'ulotini o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan faoliyat ketma-ketligining mazmunini yoritib beradi va o'quv jarayonini tashkiliy-didaktik ta'minotini ishlab chiqadi hamda uni texnologik xaritaga ilova ko'rinishida rasmiylashtiradi[7].

Ilmiy-texnika taraqqiyoti jadallashgan hozirgi davrda o'qitish samaradorligi, asosan, ta'lim oluvchining o'qitish jarayonidagi o'rni, o'qituvchining unga bo'lgan munosabatiga bog'liq bo'ladi. Bunday sharoitda o'qitish texnologiyasining ikki turini ajratib ko'rsatish mumkin: avtoritar va shaxsga yo'naltirilgan.

Avtoritar texnologiyada o'qituvchi yagona "subyekt" sifatida namoyon bo'ladi, ta'lim oluvchilar esa faqatgina "ob'ekt" vazifasini bajaradi, xolos[8].

Umuman olganda interfaol metodika o'zining umumiy vazifalarini hal qilishi bilan birga yosh toifasi va fan tarmog'ida tanlanishiga ko'ra turli qobiliyatlarni rivojlantirishi bilan xarakterlanadi.

Xususan, matematika fanini o'qitishda olib boriladigan mashg'ulotlarda ham interfaol metodlardan foydalanish mumkin. Masalanl: «Aqliy hujum », «Klaster», «Bingo», «BBB», «Marra tomon olg'a», «Jadvalli test», «Og'zaki diafilm», «Xatolarni top», kabi metodlardan foydalanish mumkin.lnterfaol mashg'ulot o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasida o'zaro faol ishtirok etadigan mashg'ulot,bu jarayon hamkorlikda kechadi.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Interfaol metodlarning qo'llanishi majburiy matematika darsi jarayonini beixtiyor psixologik o'yin yoki musobaqaga aylantirib,barcha o'quvchilarni bir oz bo'lsada, o'z fikrlarini keng ommaga izhor etishga,umuman sinfda kechayotgan bahs-munozaralarga befarq bo'lmasdan ,faol ishtirok etishga undaydi. Interfaol metodlarning mohiyati o'qitish jarayonida o'quvchi faolligini oshirish,o'quvchini pedagogik faoliyatning markaziy figurasiga aylantirishdan iboratdir. Maqsadi-demokratik jamiyatningfaol fuqorolarini tarbiya qilish. Bunday metodlarni qo'llash orqali o'qituvchi o'quvchini o'z fikrini shakllantirishga,ifodalashga,maqbul yo'lni tanlash va buning uchun ma'suliyat his etishga o'rgatadi. O'qituvchi har bir foydalanadigan interfaol usuli o'quvchiga nima berishini oldindan ko'ra olishi va darsni to'g'ri tashkil qilishi kerak. Demak, siz qo'llamoqchi bo'lgan interfaol usulini tanlab bo'lgach,o'zingizga kerakli rasm, tarqatma material, ko'rgazmalardan keragini tayyorlab,konvertga solib qo'yib, mavzularni o'rgatishda ishlatishingiz lozim.[9].

Bunda ta'lim oluvchining tashabbuskorligi va mustaqilligi kamayadi, o'qitish majburiy tarzda amalga oshiriladi. Odatdagi an'anaviy o'qitish, avtoritar texnologiyaga taalluqlidir. Bunday ta'lim jarayoni pedagog olim Ya.A.Komenskiy tomonidan ifoda etilgan didaktika tamoyillariga asoslangan bo'lib, unda o'qitishning sinf-dars tizimida tashkil etishni nazarda tutiladi.

Hozirgi kungacha ham dunyo miqyosida keng tarqalgan o'qitishning sinf-dars tizimi quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi: yoshi va tayyorgarlik darajasi taxminan bir xil bo'lgan talablar asosida sinf (guruh) tashkil etiladi; sinf (guruh, oqim) yagona o'quv reja, o'quv dasturlari va mashg'ulotlar jadvali asosida shug'ullanadi; mashg'ulotlarning asosiy birligi dars bo'lib, har bir dars bitta fanning bitta mavzusiga bag'ishlanadi va o'qituvchi tomonidan boshqariladi; o'quv darsliklari asosan uy ishlari uchun qo'llaniladi.

"Yetkazib berish" tamoyiliga asoslanadigan "An'anaviy usullar" agarda, bo'lajak mutaxassisning va o'qitiladigan fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda hamda qo'llaniladigan o'rni to'g'ri tanlanilsa bugungi kunda ham ularning ahamiyati beqiyosdir.

XXI asr boshida ta'lim tizimini jiddiy modernizatsiya qilish zaruriyati ayon bo'lib qoldi. An'anaviy ta'lim eskirganligi bois, zamonaviy ta'lim tizimida o'qitishni tashkil qilish uchun didaktikning yangi shakllariga zaruriyat foyda bo'ldi. O'qitishni tashkil qilishning yangi shakllaridan biri an'anaviy o'qitishning asosi bo'lgan shaxsga yo'naltirilgan yondashuv hisoblanadi.

Hozirgi davrda ta'lim jarayonida "Shaxsga yo'naltirilgan yondashuv" atamasi ilmiy-pedagogik jamoatchilik orasida keng tarqalgan bo'lib, bu tushuncha avval bo'lmagan, deb tasdiqlab bo'lmaydi. Ta'lim tizimi doimo o'zining eng muhim vazifasi deb nafaqat o'qitishni, balki shaxsni rivojlantirishni, shuningdek o'qitishda o'quvchining bilim, ko'nikma va malakalarini, individual qobiliyatlarni va shaxs sifatlarini hisobga olish zarurligini takidlab kelingan.

Shuni alohida aytish mumkiniki, axborot kommunikatsiya tizimining ulkan darajada rivoj topib borayotgan bir davrda pedagoglar texnika va tehnologiyani chuqur bilishi, tahlil qila olishi va yangilik yaratish darajasida ilmli va mahoratli bo'lishi lozim. Buning uchun darsni tashkil etish jarayonida barcha bilim oluvchilarga soda, tushunarli va oson bo'lgan

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

usullarni tanlashi va qo'llay olishi, ko'rgazmali qurollardan foydalanishi, pedagogik texnologiyalardan to'g'ri va samarali foydalanishi maqsadga muvofiq deb o'ylayman. Pedagog yaratuvchanlik asosida matematika va boshqa shu turga mansub fanlar bo'yicha darsni qiziqarli tashkil qila olsa, o'quvchi yoshlar ham fanga bo'lgan qiziqishi va sifatli, samarali bilim olishi oshib boraveradi.

Bir so'z bilan aytganda hozirgi zamonaviy axborot va texnologik muhit inqilobi amalga oshayotgan bir paytda talim sohasidagi zamon talablariga mos ish olib borisboorishbir soha vakilining pedagogik va shaxsiy vazifalaridan hisoblanadi. Jumladan umumiy o'rta talim, oliy talim darajasidagi barcha fanlarni o'qitishda integratsiyaning innovatsion meyoriy talablar asosida yo'lga qo'yilishi biz yuqorida so'z yuritgan matematika fanini o'qitish borasida ham yangi tajriba bo'lib xizmat qiladi. Innovatsion talim texnologiyalarining matematika fanini o'qitish jarayonida qo'llanilishi malaka va pedagogik mahorat nuqtai nazaridan ham o'quvchilarning dunyo qarashini rivojlantirishga xizmat qiladi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Bakirova N. Yu, Saydalieva F.X. Metodika prepodavaniya matematiki. Uchebnoe posobie. - Tashkent 2008.

2. Boxodirova Maloxat Usmanaliyevna "Matematika fanini o'qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o'rni va ahamiyati" Ta'lim fidoiylari jurnali 04.2022.

3. Muxamedova G.R, Toxirov J. Matematika fanini kasbiy soxalarga yo'naltirib o'kitish metodikasi. Metodik qo'llanma. TDPU 2012Tojiev, M., Barakaev, M., Xurramov, A., Matematika o'qitish metodikasi // O'quv qo'llanma.-Toshkent: Fan va texnologiya, 2016.

4. S. Alixonov "Matematika o'qitish metodikasi" darslik Toshkent-2011.

5. Tojiev, M., Ziyomuhamedov, B., Usmonov, B. Sh., Xurramov, A. J., O'qituvchi faoliyatini loyihalash // Monografiya.-Toshkent: TURON-IQBOL, 2017.

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 09.07.2019 yildagi PQ-4387-son.

7. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 07.05.2020 yildagi PQ-4708-son.

8. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 26.08.2018 yildagi 686-son.

9. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 19.03.2020 yildagi 171-son.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

HAkhtamkul Azamkulov, Anvarjon Yusupov, Boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi matematika fani o'qituvchisi, [Ахтамкул Азамкулов, Анварджон Юсупов, Учитель математики кафедры методики начального образования,], [Akhtamkul Azamkulov, Anvarjon Yusupov, Mathematics teacher, Department of Primary Education Methodology]; manzil: O'zbekiston, Denov sh., Uychi ko'chasi, 316-uy [адрес: Узбекистан, Узбекистан, ул. Уйчи, 316, г. Денов.], [address: Uzbekistan, 316, Uychi st., Denov city] E-mail: [email protected], E-mail: [email protected]

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.