Научная статья на тему 'KURSANTLARNING O‘ZGA TILLARGA QIZIQISHINI ORTTIRISH MAQSADIDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH'

KURSANTLARNING O‘ZGA TILLARGA QIZIQISHINI ORTTIRISH MAQSADIDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
61
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ilmiy / ijodiy / ta’lim / rivojlantiruvchi / pedagogik texnologiya / izlanish / yangilik. / scientific / creative / educational / developmental / pedagogical technology / research / innovation.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Jo‘Raboyeva Mohidil Maxmadaliyevna

Mazkur maqolada kursantlarni o‘zga tillarga qiziqishini orttirishga xizmat qiladigan pedagogik texnologiyalar haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USE OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES TO INCREASE STUDENTS' INTEREST IN FOREIGN LANGUAGES

This article discusses pedagogical technologies that serve to increase students' interest in foreign languages.

Текст научной работы на тему «KURSANTLARNING O‘ZGA TILLARGA QIZIQISHINI ORTTIRISH MAQSADIDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH»

KURSANTLARNING O'ZGA TILLARGA QIZIQISHINI ORTTIRISH MAQSADIDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

Annotatsiya. Mazkur maqolada kursantlarni o'zga tillarga qiziqishini orttirishga xizmat qiladigan pedagogik texnologiyalar haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: ilmiy, ijodiy, ta'lim, rivojlantiruvchi, pedagogik texnologiya, izlanish, yangilik.

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ ДЛЯ ПОВЫШЕНИЯ ИНТЕРЕСА УЧАЩИХСЯ К ИНОСТРАННЫМ ЯЗЫКАМ Аннотация. В данной статье рассматриваются педагогические технологии, служащие повышению интереса учащихся к иностранным языкам.

Ключевые слова: научная, творческая, образовательная, развивающая, педагогическая технология, исследование, инновация.

USE OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES TO INCREASE STUDENTS' INTEREST IN FOREIGN LANGUAGES Abstract. This article discusses pedagogical technologies that serve to increase students' interest in foreign languages.

Key words: scientific, creative, educational, developmental, pedagogical technology, research, innovation.

Hozirgi kunda har bir sohada yangilanish jarayoni ketayorgan bir paytda ta'limni isloh qilish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan, ta'lim sifatini oshirish maqsadida unga innovatsion texnologiyalarni joriy etish birlamchi qilib belgilandi. Hozirgi zamon yoshlari aqliy kamolotining rivojlanib borayotganligi, ularning ilm o'rganishga chanqoqligi, mustaqil fikrlashi va ilmiy - ijodiy izlanishlari, yangiliklar va kashfiyotlarga nisbatan cheksiz qiziqishi va ta'lim mazmuniga talabchanligi, kursantning o'z ustida ishlashga, malakasini oshirib borishiga va ongini yanada rivojlantirishiga, ta'lim tizimidagi barcha yangiliklardan xabardor bo'lib borishi kerakligi asosiy motiv bo'lib xizmat qilmoqda.

So'nggi yillarda pedagogika faniga, ta'lim tizimiga shiddat bilan kirib kelayotgan yangi pedagogik texnologiyalar, innovatsiyalar, yangi-yangi pedagogik psixologik tushunchalar, interfaol metodlarni ta'lim beruvchi tomonidan o'zlashtirilib va qo'llanib borilishi, ta'lim mazmunini tubdan o'zgartirib yubordi desak, mubolog'a bo'lmaydi. Zamonaviy o'qituvchi o'z o'quvchilarini fanga ijodkorlik nuqtai nazari bilan qarashlarini tashkil qilishi, ularda izlanuvchanlik xususiyatlarini shakllantirishi va albatta, yangi pedagogik texnologiya usullaridan foydalangan holda darsni tashkil etishi kerak bo'ladi. Buning uchun esa har bir o'qituvchi bir necha yangicha ta'lim usullarini yaxshi bilishi lozim bo'ladi. TADQIQOT METODI VA METODOLOGIYASI

Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o'qituvchi va kursant faoliyatiga yangilik, o'zgarishlar kiritish bo'lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol usullardan

Jo'raboyeva Mohidil Maxmadaliyevna

Chirchiq oliy tank qo'mondonlik muhandislik bilim yurti Tillar kafedrasi rus tili o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.6817223

KIRISH

SCIENCE AND INNOVATION 2022

№ 3

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

foydalaniladi. Kursantlarni fanlarga qiziqtirishda va dars samaradorligini oshirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan, bunda yuqorida ta'kidlaganimizdek, kursant qiziqishini, uning qobiliyati va yosh xususiyatlarini hisobga olish darkor. O'qituvchi shularni hisobga olgan holda darsga o'zgartirish kiritishi va interfaol usullardan foydalanishi mumkin bo'ladi. Ta'lim jarayonini innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etish kursantda o'z iqtidorini namoyon qilishiga va fanga bo'lgan munosabatini yanada yaxshilashga, unda yangilik yaratishga bo'lgan qiziqishni yanada orttiradi.

Interfaol metodlar ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarflamay, qisqa vatq ichida yuksak natijalarga erishish maqsadini nazarda tutadi. Dars moboynida ma'lum nazariy bilimlarni kursantga yetkazish, unda ayrim faoliyat yuzasidan ko'nikma va malaka hosil qilish, ma'naviy sifatlarni shakllantirish, kursant bilimini nazorat qilish hamda baholash o'qituvchidan yuksak mahorat va tezkorlik talab qiladi. Bu borada o'qituvchi darslarda foydalanishi mumkin bo'lgan ayrim pedagogik vositalar: ta'kidlovchi savollar, bunda kursantning bergan savoliga qarab, uning fikrlash darajasini aniqlash mumkin. O'qituvchi muqobil, kursantini faollikka chorlovchi savollar orqali sinfda ijodkorlik, izlanuvchanlik, qiyoslash, o'xshashlik va farqini topish singari xususiyatlarni rivojlantiruvchi muhitni yaratadi. Savollar berish bilan birgalikda kursantlarda fikrlashga majbur qiluvchi savollar tuzish qobiliyatini ham shakllantirib boradi. Hozir biz interfaol metod va usullarni sanab o'tamiz: aqliy hujum, klaster, mustaqil xat, Venn diagrammasi, harakatli ma'ruza, o'zaro ta'lim, muallifga savollar, "Bilaman, bilishni xohlayman, bilib oldim", insert, bahs-munozara, sinkveyn, qadriyatlar tizimi, debat, hamkorlikda izlanish, argumentlash, esse va boshqalar.

Insert - lokal darajadagi pedagogik texnologiya bo'lib, kursantlar tomonidan o'quv materialidagi asosiy g'oya va faktik materiallarni anglashiga zamin yaratish maqsadida qo'llaniladi.Kursantlarni insert yordamida ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish uchun ularga o'rganiladigan o'quv materiallari va maxsus jadval tarqatiladi.

Kursantlar har bir jumlani o'rganib chiqib, maxsus jadvalga, muayyan belgilar asosida belgilash tavsiya etiladi.

Agar jumlada berilgan ma'lumot shu kungacha o'zlashtirilgan bilimlariga mos kelsa,

"Bilaman" - V, agar ma'lumotlar tushunarli va yangi bo'lsa, u holda "Ma'qullayman" +, agar ma'lumotlar kursantlar o'zlashtirgan bilimlarga mos kelmasa, u holda "O'rganish lozim" -, kursantlar o'quv materillarini o'zlashtirishda qiyinchilik his etsa, u holda "Tushunmadim" ? belgisini qo'yadi.

Insertda foydalaniladigan maxsus jadval

T/R Bilaman V Ma'qullayman + O'rganish lozim Tushunmadim ?

1

2

3

4

TADQIQOT NATIJASI VA MUHOKAMA

Ta'lim - tarbiya jarayonida insertdan foydalanish quyidagi talablarga amal qilinishi:

1. Kursantlar kichik guruhlarga ajratilishi, lekin insert vositasida dastlab har bir kursant yakka tartibda ishlashi va jadvalni to'ldirishi, guruh a'zolari belgilangan muddatda ishlashni yakunlaganlaridan so'ng, flkrlarni taqqoslashi;

2. O'quv bahsi orqali kichik guruh a'zolarining jadvaldagi belgilarining bir xil bo'lishini ta'minlashi, ya'ni jadvaldagi keyingi ikki ustun bo'yicha bir xillikka erishishi;

3. O'qituvchi o'quv materiali asosida tuzilgan savol - topshiriqlari va kichik guruh a'zolarining jadvaldagi belgilari asosida o'quv bahsini tashkil etishi lozim.

"Zakovatli zukko" metodi - metod o'z xohishlariga ko'ra shaxsiy imkoniyatlarini sinab ko'rish istagida bo'lgan o'quvchilar uchun qulay imkoniyatni yaratadi. Ular o'qituvchi tomonidan berilgan savollarga qisqa muddatlarda to'g'ri va aniq javob qaytara olishlari zarur. Savollarning murakkablik darajasiga ko'ra har bir savolga qaytarilgan to'g'ri javob uchun rag'batlantiruvchi ballar belgilanadi. Bularning belgilanishi kursantlarning shaxsiy imkoniyatlari to'g'risida aniq tasavvurga ega bo'lishlarini ta'minlaydi. Metod kursantlar bilan yakka tartibda, guruhli, ommaviy ishlashga birdek qo'llanilishi mumkin.

Skarabey - interaktiv texnologiya bo'lib, u kursantlarda fikriy bog'liqlik, mantiqiy xotiraning rivojlanishiga imkoniyat yaratadi. Qandaydir muammoni hal qilishda o'z fikrini ochiq va erkin ifodalash mahoratini shakllantiradi. Mazkur texnologiya o'quvchilarda mustaqil ravishda bilimning sifati va saviyasini xolis baholash, o'rganilayotgan mavzu haqidagi tushuncha va tasavvurlarni aniqlash imkonini beradi. U ayni paytda turli g'oyalarni ifodalash hamda ular orasidagi bog'liqliklarni aniqlashga imkon yaratadi. Skarabey texnologiyasi har tomonlama bo'lib, undan o'quv materialining turli bosqichlarini o'rganishda foydalaniladi.

Yuqorida ko'rib o'tgan metodlarimiz kursantlarning salohiyatini yuksaltirib, mantiqiy fikrlashga undaydi va va ularni ma'naviy yetuk, barkamol shaxslar etib tarbiyalashga xizmat qiladi.

5. Vaxitova N.M., Nesgorova V.M. Boshlang'ich sinf o'qituvchilari uchun qo'llanma. -

XULOSA

REFERENCES

1. Ishmuhamedov R. O'quv jarayonida interfaol uslublar va pedagogik

texnologiyalarni qo'llash uslubiyati. - T.: RBIMM, 2008.

2. Ibragimov X. Pedagogika nazariyasi. - T.: 2008.

3. Ziyomuhamedov. B., Abdullayeva Sh. Pedagogika. - T.: 2000

4. Ochilov. M. Yangi pedagogik texnologiyalar. - T.: 2003

T.:2006

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.