Научная статья на тему 'OLIY HARBIY TA’LIM MUASSALARIDA KURSANTLARNI O‘QITISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING ROLI'

OLIY HARBIY TA’LIM MUASSALARIDA KURSANTLARNI O‘QITISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING ROLI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

53
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
pedagogik texnologiya / dars / interfaol metodlar / kursant / ofitserpedagog / nutq / ta‟lim / tarbiya / pedagogical technology / lesson / interactive methods / cadet / officer-pedagogue / speech / education / upbringing

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — muinov Alisher musinovich

Mazkur maqolada harbiy kadrlarni o„qitishda pedagogik texnologiyalar to„g„risida umumiy tushuncha, ulardan foydalanish masalalari, pedagogik texnologiyalarni qo„llashda ta‟lim beruvchilarning roli hamda kursantlardning nutqini rivojlantirsh haqida so„z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article discusses the general understanding of pedagogical technologies in the training of military personnel, the issues of their use, the role of educators in the use of pedagogical technologies, and the development of cadets' speech.

Текст научной работы на тему «OLIY HARBIY TA’LIM MUASSALARIDA KURSANTLARNI O‘QITISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING ROLI»

OLIY HARBIY TA'LIM MUASSALARIDA KURSANTLARNI O'QITISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING ROLI

Alisher Musinovich Muinov

Chirchiq oliy tank qo'mondonlik muhandislik bilim yurti Gumanitar fanlar kafedrasi

katta o'qituvchisi, dotsent

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada harbiy kadrlarni o'qitishda pedagogik texnologiyalar to'g'risida umumiy tushuncha, ulardan foydalanish masalalari, pedagogik texnologiyalarni qo'llashda ta'lim beruvchilarning roli hamda kursantlardning nutqini rivojlantirsh haqida so„z yuritilgan.

Kalit so'zlar: pedagogik texnologiya, dars, interfaol metodlar, kursant, ofitser-pedagog, nutq, ta'lim, tarbiya.

ABSTRACT

This article discusses the general understanding of pedagogical technologies in the training of military personnel, the issues of their use, the role of educators in the use of pedagogical technologies, and the development of cadets' speech.

Keywords: pedagogical technology, lesson, interactive methods, cadet, officer-pedagogue, speech, education, upbringing

KIRISH

Mamlakatimizda olib borilayotgan harbiy islohotlar tufayli Qurolli Kuchlarimiz uchun yuqori malakali mutaxassislarni, yuksak intellektual, ma'naviy-axloqiy salohiyatga ega bo'lgan ofitser kadrlarni tayyorlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Harbiy sohada bosqichma-bosqich olib borilayotgan islohotlarning pirovard maqsadi - Qurolli Kuchlarimiz nafaqat infrastrukturalarning tuzilmasi, qurol-yarog„, harbiy texnika hamda miqdor jihatdan hozirgi zamon talablariga javob beradigan harbiy xizmatchilar, balki mamlakat mudofaa qobiliyatini belgilab beruvchi muhim omillardan bo'lmish shaxsiy tarkibning ta'lim-tarbiyasiga ham katta e'tibor qaratilmoqda. Prezidentimiz - Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo'mondini Sh.M.Mirziyoyev o„z ma'ruzalarida "Ayni vaqtda, aytish joizki, ko'rilayotgan chora tadbirlarga qaramasdan, harbiy kadrlarni tayyorlash tizimi zamon talablariga to'liq javob bermaydi. ...harbiy o'quv yurtlaridaz amonaviy shart-sharoitlarni xo'ja ko'rsinga yaratganimiz yo„q. ...Aksincha, kursantlarimiz va tinglovchilarimiz ta'lim sohasida eng ilg„or,

November, 2023

innovatsion bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishi zarur. Mana, bizning asosiy maqsadimiz", - deb harbiy kadrlarni tayyorlashga alohida e'tibor qaratgan edi. 2022 -2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasida ham "zamonaviy jang va harbiy mojarolar hamda xorijiy armiyalarning ilg'or tajribasini o'rganish asosida qo'shinlar jangovar shayligi va tayyorgarligini rivojlantirish, qo'shinlar tayyorgarligi intensivligi va sifat darajasini oshirish, mashq va mashg'ulotlarni tungi sharoitlarda o'tkazishni bosqichma-bosqich ko'paytirib borish, qo'shinlarning rahbar lavozimlarida xizmat qiladigan harbiy xizmatchilar uchun malaka talablarini zamon talablariga mos ravishda ishlab chiqish, qo'shinlarning rahbar lavozimlariga nomzodlami tanlash, kadrlar zaxirasini yaratish, ulami maqsadli ravishda tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish" kabi muhim vazifalar belgilangan [1].

Harbiy xizmatchilarning yurtimizda va uning tashqarisida sodir bo'layotgan ijtimoiy-siyosiy hodisalarga, millatlararo munosabatlar xususiyatlariga, umuminsoniy hamda milliy qadriyatlarga nisbatan munosabati ijtimoiy muhitni harakatlantiruvchi kuchni o'zida mujassamlashtiradi. Ayni damda harbiy xizmatchilarimizning jamiyatga, yakka shaxsga nisbatan munosabati ehtiyojlarida, hohish-istaklarida, qiziqishlarida, xulq-atvor motivlarida, iymon-e'tiqodda, qarashlarida, g'oyalarida, eng muhimi kursantlarimizga ta'lim va tarbiya berishlarida, o'qitishning sifat va samaradorligini oshirish jarayonlarida, o'quv mashg'ulotlarini yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o'qitishda, ularning ijtimoiy-siyosiy ongi va madaniyatini shuningdek, muomala madaniyati hamda nutq madaniyatini o'stirishda o'z ifodasini topadi. Bo'lajak ofitser, kursantlarning har qanday nutqi ma'lum bir maqsadga qaratilgan tashqi ko'rinishi hisoblanadi. Albatta, bu nutq kursantlarga yetib borib, ma'lum bir ta'sir ko'rsatsagina, uni yaxshi nutqqa ega bo'lgan inson desa bo'ladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Harbiy ta'lim muassasalarida har bir pedagog-o'qituvchi nutqining har tomonlama tekis bo'lishi uchun o'z oldiga ma'lum talablarni, ya'ni nutqning asosiy sifatlarini, xususiyatlarini egallashni maqsad qilib qo'ymog'i lozim. Ularni egallash esa aslida har bir pedagog-o'qituvchining, shaxsiy tarkib bilan ish olib borayotgan ofitser-murabbiylarning madaniy saviyasiga, ongiga, ruhiyatiga va bevosita bilimiga bog'liqdir. Ofitser, proffesor-o'qituvchi dars jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llagan holda mazmunan boy, kursantlar uchun aniq va to'liq ifodalangan, ravon nutq bilan ular ongiga yetkazib bera olsa, kursantlarning qiziquvchanliklarini har

November, 2023

414

tomonlama rivojlantirishga qaratilsa, o'qitishning sifat va samaradorligi yanada yuksak darajaga ko'tariladi. Umuman zamonaviy pedagogik texnologiyalar o'quv jarayoni, ya'ni ofitser-pedagogning pedagogik faoliyati bilan, uning tarkibi, vositalari, usullari va shakllari bilan eng ko'p darajada bog'langan [2].

Shu sababli zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida dars o'tish jarayonida kursantning ijodiy qobiliyatlarini o'stirishi, ularning aqliy salohiyatini kengaytirishi, ilmiy va ma'naviy dunyoqarashini tarkib toptirishi va har bir yangilikni to'g'ri qabul qila olish qobiliyatini shakllantirishi, eng muhimi, ularning nutqini o'stirishga ham alohida e'tibor qaratilishi lozim. Zamonaviy dars qiziqarli va mazmunan boy bo'lishi uchun ofitser-o'qituvchi va talaba-kursant o'rtasidagi o'zaro hamkorlikka asoslangan ijobiy munosabatlar, dars mashg'ulotida foydalaniladigan metod va vositalarning to'g'ri tanlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Dars mashg'ulotini samarali tashkil etish va boshqaruv o'quv metodik ta'minot to'liq va talab darajasida bo'lishini taqozo etish bilan birgalikda mashg'ulot jarayonida unumli va mohirona foydalanishi lozim bo'lgan metod va vositalarning to'g'ri tanlanishi bilan xarakterlanadi.

Ayni davrda ta'lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar - tizimli yondashuvlar asosida o'qitishning shakllarini qulaylashtirish, uning natijasini kafolatlash va obyektiv baholash uchun zarur bo'lgan inson salohiyati hamda texnik vositalarning o'zaro hamkorligini namoyish qiladi. Ta'lim maqsadlarini oydinlashtirish, o'qitish va o'zlashtirish jarayonlarida qo'llaniladigan usul, metod va vositalarlarni xilma-xillash, ta'lim va tarbiya jarayonlari mazmunini chuqurlashtirish-bular hammasi ta'lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish demakdir. Vaholanki, takomillashtirishning chegarasi, ya'ni oxiri yo'q, deyiladi. Shunday bo'lgach, pedagogik texnologiyalar ham, pedagogik mahorat ham sarhadsiz tushunchalardir. Bu borada qancha ko'p izlanilsa va qanchalik tashabbuskorlik bo'lsa-shunchalik kamdek tuyulaveradi.

Oliy harbiy ta'lim muassasalarida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda zamonaviy o'qitish usullar, innovatsion texnologiyalarning o'rni va roli benihoya kattadir. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahoratga oid bilim, tajriba va interfaol usullarning qo'llanilishi o'quvchi-kursantlarni chuqur bilimli, yuksak intellektual salohiyatga ega bo'lgan yuqori malakali mutaxassis bo'lib yetishishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.

Ma'lumki har bir dars, mavzu, o'quv predmetining o'ziga xos texnologiyasi mavjuddir, ya'ni o'quv jarayonidagi pedagogik texnologiya-bu yakka tartibdagi jarayon bo'lib, o' o'quvchi-kursantning ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo'naltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir.

November, 2023

415

Bugungi kunda barcha ta'lim muassasalarida o'qitishning sifat va samaradorligini yanada oshirish va takomillashtirish maqsadida turli xildagi faol va interfaol metodlardan foydalanish mutaxassislar tomonidan turlicha talqin qilinib, tegishli tavsiyalar berilmoqda. Shu bois ham, an'anaviy ta'lim metodlari bilan birga noan'anaviy ta'lim metodlaridan - faol va interfaol metodlardan foydalanish dars samaradorligini oshirishning muhim shartlaridan biridir. Interfaol metodlar talabada ijodiy qobiliyatni shakllantirish yanada erkin fikrlashga, va eng muhimi talaba-kursantlarning nutq faoliyatini o'stirishda xizmat qiladi [3]. Kursantlar bunday turdagi faol va interfaol metodlardan foydalanganda, yangi bilim va tushunchalarni tez va mustaqil o'zlashtirib oladilar hamda o'z nutqini doimiy va muntazam ravishda boyitib borishga, o'zini-o'zi nazorat qilishga, nutq faoliyatiga jiddiy e'tibor berish lozimligini anglab yetadilar. Ko'p yillik pedagogik tajriba hamda ilmiy psixologik tadqiqot natijalarilari shu narsani ko'rsatadiki, faol va interfaol metodlardan mashg'ulot jarayonida keng foydalanishda qo'yidagi asosiy elementlarga va muhim talablarga amal qilish lozim bo'ladi:

- dars o'quv dasturi asosidagi ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsad hamda vazifalarni hal qilishga qaratilgan bo'lmog'i lozim;

- darsning maqsadi va vazifalari amaliyotdagi tajribalarga asoslanib tanlangan, sinovlardan o'tib, o'zini oqlagan metodlar qo'llanilganda to'liq hal qilinishi muhim ahamiyat kasb etadi;

- metod axloq-odob meyorlariga mos kelishi barkamol shaxsni tarbiyalash mezonlariga asoslangan bo'lishi zarur;

- metodning tarkibiy qismlari mantiqiy ketma-ketlikka ega bo'lishi kerak;

- interfaol metodlardan foydalanganda didaktik tamoyillarga amal qilgan holda eng kam vaqt sarflashga erishish lozim.

Demak, har bir o'qituvchi innovatsiyalarning mohiyatini to'la tushungan holda o'z faoliyatiga izchil tatbiq eta olsa ta'lim jarayoni ham sifat ham samaradorlik nuqtai nazardan taraqqiy etadi. Bu esa o'z navbatida ta'lim tizimining rivojini ta'minlaydi va bilim berishda ta'limning eng muhim jabhalaridan hisoblanib, Oliy harbiy ta'lim muassasalarida yetishtirilayotgan kadrlar, har jihatdan yetuk, salohiyatli va mukammal bilimga ega bo'lishi jamiyat va davlatning, unda istiqomat qiluvchi fuqarolarning xavfsiz yashashi, faoliyat yuritishida munosib o'rin tutadi.

Harbiy pedagog yoki ofitser kursantlarning ta'lim-tarbiyasiga, huquqiy ongi va huquqiy madaniyatining qay darajada rivojlanganligiga, ularning ongiga milliy istiqlol ruhini singdirishlarida, Vatan to'yg'usini yanada mustahkamlagan holda tarbiyalanishiga jiddiy e'tibor berish bilan birgalikda ularda nutqning aniqligi, mantiqiyligi va

November, 2023

416

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

ifodalanganligiga ham e'tiborni qaratishlari muhimdir. Kursantlar nutqning aniqligi bu qo'yidagi o'ziga xos tomonlarida namoyon bo'ladi:

- mustaqil fikrini to'g'ri ifodalashi;

- nutqda ravonlikning mavjud bo'lishi;

- fikr sodda va tushunarli tilda bayon etilishi;

- kursantlarning nutqida aniqlik, ya'ni - bu so'zning o'zi ifodalayotgan -voqelikka mutlaqo mos va muvofiq kelishidir.

Kursantlar nutqining mantiqiyligi esa qo'yidagi holatlarda namoyon bo'ladi:

- nutqning mantiq qonunlariga mos bo'lishi;

- nutqda mazmuniy bog'liqlik mavjud bo'lishi;

- nutqda qo'llanayotgan har bir so'z o'z ma'nosida va o'rnida qo'llanilishi;

- nutqning mantiqiyligi, ya'ni kursantlar nutqida bayon etilgan fikrning qismlari va alohida fikrlarning o'zaro mutanosibligi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, mashg'ulot jarayonida kursantlar imkon darajasidan kelib chiqqan holda yakka tartibda yoki guruhchalarga bo'lingan holda ishlashlari ular o'rtasida ma'lum bir mavzu asosida bahs-munozaraga yoki o'z fikrini erkin ifoday olishga undaydi. Darsning bu tarzda tashkil qilinishi kursantlarda nutqning xususiyatlaridan aniqlik, mantiqiylik va ifodalanganlik kabi xususiyatlari bo'yicha mustaqil ravishda xulosalar chiqarishlariga imkon yaratadi.

Shunday qilib, shuni ta'kidlash kerakki, harbiy pedagog o'ziga xos kasbiy bilim, ko'nikma hamda pedagogik mahoratga ega bo'lsagina dars jarayonida qo'llanilayotgan zamonaviy pedagogik texnologiyalar kursantlarning fikrlash va anglash qobiliyatiga, nutqining ravon, ifodali, sodda mazmunliligiga zamin yaratadi. Shuning bilan birga, ularning kasbiy faoliyatlariga yanada qiziqish uyg'otadi hamda o'qishiga, ilm-fan chuqqilarini mukammal darajada egallashlariga harbiy va kasbiy qobiliyatlarini shakllantirishlariga va jamiyat taraqqiyotining rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatishi muqarrar.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-sonli "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni // www.lex.uz.

2. Yo'ldoshev J.G', Usmonov S.A. Pedagogik texnologiya asoslari. - T.: "O'qituvchi", 2004. - 248 b.

XULOSA

November, 2023

3. Bespalko V.P. Pedagogika i progressivniye texnologii obucheniya. - M.: Izd. Instituta professionalnogo obrazovaniya Ministerstva obrazovaniya Rossii, 1995. -68 b.

4. Abdullayeva R.M, Ochilova G.O, Musaxanova G.M. Pedagogika. Psixologiya. O'quv qo'llanma. T.TDIU. 2019. - 172 b.

November, 2023 Multidisciplinary Scientific Journal

418

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.