Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSIDA DIDAKTIK O‘YINLARDAN FOYDALANISHNING O‘RNI'

BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSIDA DIDAKTIK O‘YINLARDAN FOYDALANISHNING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
187
33
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
didaktika / ona tili / interfaol / so‘z tuzilishi / texnologiya / metod / ta’lim / gap / so‘z tuzilishi / badiiy o‘qish.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Atajanova Inobat Komiljon Qizi

mazkur maqolada boshlang‘ich sinflarda ona tili darslarini olib borishda pedagogik didaktik o‘yinlardan foydalanishshning ijobiy ahamiyati yoritib berilgan. Shuningdek, ona tili darsi jarayonida erishilgan yutuq va kamchiliklarga to‘xtalib ularning еchimiga tavsiya va xulosalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSIDA DIDAKTIK O‘YINLARDAN FOYDALANISHNING O‘RNI»

BOSHLANG'ICH SINF ONA TILI DARSIDA DIDAKTIK O'YINLARDAN

FOYDALANISHNING O'RNI Atajanova Inobat Komiljon qizi

Urganch davlat pedagogika instituti magistranti @iatajanovagmail.com +998915744841 https://doi.org/10.5281/zenodo.10112939

Annotatsiya. mazkur maqolada boshlang'ich sinflarda ona tili darslarini olib borishda pedagogik didaktik o'yinlardan foydalanishshning ijobiy ahamiyati yoritib berilgan. Shuningdek, ona tili darsi jarayonida erishilgan yutuq va kamchiliklarga to'xtalib ularning echimiga tavsiya va xulosalar berilgan.

Kalit so'zlar: didaktika, ona tili, interfaol, so'z tuzilishi, texnologiya, metod, ta'lim, gap , so'z tuzilishi, badiiy o'qish.

Аннотация. в данной статье подчеркивается положительная ценность использования педагогических дидактических игр при проведении занятий по родному языку в начальных классах. Также обсуждаются достижения и недостатки урока родного языка и даются рекомендации и выводы по их решению.

Ключевые слова: дидактика, родной язык, интерактив, структура слова, технология, метод, обучение, речь, структура слова, художественное чтение.

Abstract. this article highlights the positive value of using pedagogical didactic games in conducting native language classes in elementary grades. Also, the achievements and shortcomings of the mother tongue lesson are discussed and recommendations and conclusions are given for their solution.

Keywords: didactics, native language, interactive, word structure, technology, method, education, speech, word structure, artistic reading.

"Ta'lim dunyoni qutqaruvchi eng kuchli qurol" degan edi Afrika xalqlari etakchisi Nelson Mondella. Bu so'zlar oddiy bir jumla emas, balki qanchadan qancha insonlar taqdiri bilan bog'liq tushuncha sanaladi. Inson dunyoga kelar ekan, uning boshqa mavjudodlardan ajratib turadigan, odob-axloq, tarbiya va ilmiy dunyoqarashlari mavjud. Ushbu tushunchalarning barchasi ta'limda mujassamdir.

Bugun davlatimizning ta'lim tizimi, nihoyatda katta islohotlar markazini egallab turibdi. Hurmatli yurtboshimiz uzluksiz ta'lim tizimining har bir bosqichini ham moddiy, ham ma'naviy tomonlama modernizatsiya qilinishiga o'zi bosh qosh bo'lib, islohotlar etakchisi sifatida dunyo ommasining olqishlariga sazovor bo'lmoqda.

Dunyo pedagogika sohasining etuk olimlari bolaning bilim olishida eng muhim davr bu boshlang'ich ta'lim ekanligini hisobga olsak, boshlang'ich sinflarda o'tiladigan darslar o'z mohiyati, maqsad va vazifalariga ko'ra ta'lim tizimida alohida o'rin tutadi. "Agar mendan sizni nima qiynaydi? deb so'rasangiz, farzandlarimizning ta'lim va tarbiyasi deb javob bergan edi hurmatli yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev.

Negaki ularning zaminida savodxonlik va axloqiy-ta'limiy tarbiya asoslari turadi. Shuning uchun ham boshlang'ich ta'lim darslariga o'quvchilar qiziqishini oshirishga alohida e'tibor berish lozim. Chunki bolalar boshlang'ich sinflardanoq «dars» degan muqaddas so'zdan bezib qolmasliklari lozim. Bugungi kunda o'quvchilarni darsga bo'lgan qiziqishlarini oshirish uchun tajribali o'qituvchilar turli didaktik o'yinlardan foydalanishmoqda.

Didaktik o'yin o'rganilayotgan voqea va hodisalarning immitatsion modeli yaratilishi sohasidagi alohida bir faoliyatdir. O'yinning boshqa faoliyat turlaridan farqi shundaki, uning predmeti inson faoliyatidir. Didaktik o'yinda faoliyatning asosiy turi hamkorlikdagi o'quv faoliyatidir. Didaktik o'yinlarning boshqa faoliyat turlaridan farqlanadigan muhim belgilari uning tarkibi qat'iyligidir.

Didaktik o'yinlarning tarkibiy kompanentlari quyidagilar:

1) o'yin mantiqi;

2) o'yinning harakati;

3) o'yin qoidasi;

O'yin mantiqi asosan uning sarlavhasida aks etadi. O'yin harakati jarayonida o'quvchilarning bilish faolligini oshirishga, o'quvchilarning o'z qobiliyatini namoyon qilishiga, o'yin maqsadiga erishish uchun o'z bilim, ko'nikma va malakalarini qo'llashga imkoniyat yaratiladi. O'yin qoidasi o'yin jarayonini to'g'ri tashkil etishga yordam beradi. U o'quvchilar xulquni o'zaro munosabatlarini tartibga soladi.

Chex pedagogi Ya.A. Komenskiy o'yinni bola faoliyatining asosiy shakli ekanligini ta'kidlab o'yinni bola faoliyatining asosiy shakli ekanligini, aynan o'yin bolaning tabiati va qiziqishlariga mos kelishini ta'minlaydi degan edi. Olim o'yin bolaning aqliy qobiliyatlarini har tomonlama o'stirishi, uning atrof-tevarak haqidagi tasavvurlarini kengaytirishi, nutqini o'stirishini ta'kidlaydi.

Shuningdek, tengdoshlari bilan birgalikdagi o'yin uni tengdoshlari ga yaqinlashtiradi.

Ona tili darslarida didaktik o'yinlar bilan dars sifatini oshishiga xizmat qiladi. Ona tili darsi inson tafakkurining qay darajada ekanligini ko'rsatuvchi va o'zi xizmat qiluvchi millat yoki elat tarixidan guvohlik beruvchi qimmatli manba bo'lib, o'zida xalqning minglab yillar davomida to'plagan bilish tajribasini, uning urf - odatlari va etnik ideallarini, milliy xarakteri vataraqqiyot yo'lini aks ettiradi. Tilda mavjud bo'lgan va o'zaro aloqalarda faol qo'llaniluvchi lug'aviy birliklarning funksional xususiyati insonning voqelikni, voqelik faktlarini, hodisalarni atash uchun xoslanganligi bilan belgilanadi. Jamiyat hayotining muntazam ravishda taraqqiy etib borishi bevosita insonning tabiat va jamiyatda sodir bo'layotgan o'zgarishlarga munosabati, o'z ijtimoiy layoqati va tavsifi, jamiyat taraqqiyotida tutgan o'rni, hayot tarzi kabilarga chambarchas bog'liq. Bu aloqadorlik til taraqqiyotini, uning lug'aviy sathi yangi birliklar hisobiga tobora boyib, yangi tushunchalarni anglatuvchi so'zlarning paydo bo'lishiga olib keladi. Nutqning u yoki bu ko'rinishi uchun xoslangan bunday birliklarning til tizimida tutgan o'rnini aniqlash, ularning so'zlovchi kommunikativ maqsadiga bog'liq holda qo'llanish imkoniyatlarini ochib berish til va jamiyat, til vatafakkur, til va nutq munosabatlarining mazkur masala bilan aloqador muhim tushunchalar ekanligidan dalolat beradi.

Didaktik interfaol metodi asosida ko'rib chiqamiz.

Ta'lim jarayonida o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasidagi faollikni oshirish orqali ularning o'zaro harakati ta'sir ostida bilimlarni o'zlashtirishni kafolatlash, shaxsiy sifatlarni rivojlanishiga xizmat qiladi.Ushbu usullarni qo'llash dars sifati va samaradorligini oshirishga yordam beradi. Uning asosiy mezonlari-norasmiy bahs-munozaralar o'tkazish, o'quv materialini erkin bayon etish, mustaqil o'qish,o'rganish, seminarlar o'tkazish, o'quvchilarni tashabbus ko'rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo'lib ishlash uchun topshiriq, vazifalar berish, yozma ishlar bajarish va boshqalarda iborat. Interfaollik, bu - o'zaro ikki kishi

faolligi, ya'ni, bundan o'quv- biluv jarayoni o'zaro suhbat tariqasida dialog shaklida (kompyuter aloqasi) yoki o'qituvchi va o'quvchilarning o'zaro muloqotlari asosida kechadi.

Interfaollik - o'zaro faollik, harakat, ta'sirchanlik, o'quvchi - o'qituvchi, suhbatlarida sodir bo'ladi. Interfaol metodlarning bosh maqsadi bu o'quv jarayoni uchun eng qulay muhit va vaziyat yaratish orqali o'quvchining faol, erkin, ijodiy fikr yuritish, uni ehtiyoj, qiziqishlari, ichki imkoniyatlarini ishga solishga muhit yaratish.

Bunday darslar shunday kechadiki, bu jarayonda bironta ham o'quvchi chetda qolmay, eshitgan, o'qigan, ko'rgan bilgan fikr mulohazalarini ochiq oydin bildirish imkoniyatlariga ega bo'ladilar. O'zaro fikr almashish jarayoni hosil bo'ladi. Bolalarda bilim olishga havas, qiziqish ortadi, o'zaro do'stona munosabatlar shakllanadi . Interfaol ta'lim o'z xususiyatiga ko'ra didaktik o'yinlar orqali evristik (fikrlash, izlash, topish) suhbat asosida dars jarayonini loyihalash orqali muammoli vaziyatni hosil qilish va echish orqali kreativ - ijodkorlik asosida axborot kommunikatsion texnologiyalar yordamida amalga oshirish metodlarini o'z ichiga oladi. Axborot kommunikatsion texnologiyalar asosida ta'lim o'z navbatida kompyuter dasturlari yordamida o'qitish, masofadan o'qitish, internet tarmoqlari asosida o'qitish, media - ta'lim metodlaridan iborat. Boshlang'ich ta'limda o'quvchilarning yosh hususiyatlari, savodxonlik darajalari, shaxsiy tabiatlariga ko'ra didaktik o'yinlar orqali evristik suhbatlar loyihalashtirish asosidagi metodlar keng qo'llanilmoqda. Agar o'qitish jarayonida har bir o'quvchi o'zining o'zlashtirish imkoniyati darajasida topshiriqlar olib ishlaganida u yuqori sifat va samaradorlikni ta'minlagan bo'lar edi. Bunday holatni faqat tabaqalashtirgan ta'lim orqaligina amalga oshirish mumkin. Endi ta'lim jarayonlarini didaktik o'yinlar orqali amalga oshirish haqida fikr yuritamiz: Interfaol o'yinli metodlar o'quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan. Ular o'quvchi shaxsidagi ijodiy imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish va rivojlantirishning amaliy echimlarini aniqlash va amalga oshirishda katta ahamiyatga ega. Interfaol o'yinlarning asosiy turlari: intellekual (aqlli) va harakatli hamda aralash o'yinlardan iborat. Bular o'quvchilarda aqliy, jismoniy, axloqiy, ma'naviy, ma'rifiy, psixologik, estetik, badiiy, tadbirkorlik, bunyodkorlik, mehnat, kasbiy ko'nikmalarni rivojlanishiga yordam beradi. Bu metod o'quvchini ichki imkoniyatlarini ishga tushishiga, o'ylashga, erkin fikr yuritishga, muloqotga, ijodkorlikga etaklaydi. Ayniqsa, unda atrof -muhit, hayotni bilishga qiziqish ortadi, uchragan qiyinchilik, to'siqlarni qanday engish va tanqidiy fikrlash ko'nikmalarini shakllantiradi. Ta'lim - tarbiya jarayonida asosan o'quvchilarda ta'lim olish motivlarini, ularni turi yo'lanishlardagi qobiliyat va qiziqishlarini oshiradigan, biror kasbga moyilliklarini ko'rsatadigan, interfaollikkka asoslangan didaktik o'yinlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Interfaol o'yinlar nazariy, amaliy, jismoniy, rolli, ishchanlik va boshqa yo'nalishdagi turlarga ajratiladi. Ular o'quvchilarda tahlil qilish,hisoblash, o'lchash, yasash, sinash, kuzatish, solishtirish, xulosa chiqarish, mustaqil qaror qaabul qilish, guruh yoki mustaqil jamoa tarkibida ishlash,nutq o'stirish, til o'rgatish yangi bilimlar olish faoliyatlarini rivojlantiradi. Umumiy o'yinlar nazariyasiga ko'ra, mavjud barcha o'yin turlarini tasniflashga ularni funksional, mavzuli, konstruktiv, didaktik , sport va harbiy o'yinlarga ajratiladi. Bularning bari o'quvchilarga fanlararo bog'liqlikni o'rgatish orqali ularda olam tuzilishini ilmiy asoslarini to'liq idrok etish va ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, ijodiy tafakkurlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.Boshlang'ich sinflarning o'qish darslari o'z mohiyati, maqsad va vazifalariga ko'ra ta'lim tizimida alohida o'rin tutadi. Negaki uning zaminida savodxonlik va axloqiy-ta'limiy tarbiya asoslari turadi. Shuning uchun ham boshqa predmetlar ta'limini o'qish ta'limisiz tasavvur qilib bo'lmaydi.

Uzluksiz ta'limning boshqa bosqichlaridan farqli o'laroq, boshlang'ich sinflarning o'qish darslarida o'quvchilarning o'qish malakalarini shakllantirish, asar matni ustida ishlash ta'limning didaktik maqsadi hisoblanadi. U turli mavzudagi matnlar ustida ishlash orqali ma'naviy-ahloqiy, adabiy-estelik tarbiya bilan chambarchas bog'lab olib boriladi. Darsliklardagi har bir mavzu uchun tanlangan matnlarning janriy rang-barangligiga, poetik mukammalligiga, o'quvchilarning bilim darajasi va yosh xususiyatlariga mos kelishiga alohida e'tibor qaratiladi. O'quvchilar darsliklar yordamida o'zlashtiriladigan bilim, ko'nikma va malakalarining kelajak hayotda zarur bo'lishini tushunib etishishlariga erishish o'qituvchilar oldidagi muhim vazifalardandir.

Shuni unutmaslik kerakki, har bir ta'limiy vazifani bajarishning aniq va ilmiy metodik usullari mavjud bo'lib, ular zamonaviy o'qitish usullari bilan boyitib borilmoqda. Bu vazifalar boshqalari bilan o'zaro bog'liq holda va sinfdan tashqari o'qish mashg'ulotlari jarayonida hal qilinadi. Ona tili inson xayotida muhim ahamiyatga ega. Til va adabiyot orqali inson borliq, jamiyat haqida bilimga ega bo'ladi, o'qishni bilmagan odamning ko'zi ojiz kishidan farqi yo'q. Boshlang'ich sinfda ona tili faoliyati barcha predmet darslarida amalga oshiriladi. Bilim berish bilan o'quvchi shaxsi tarbiyalanib boradi. V.A.Suxomlinskiy bu haqida shunday deydi: «Bolalar dunyoni va o'z-o'zini bila borish bilan birga katta avlodlar yaratgan moddiy va ma'naviy boyliklar uchun o'zining mas'ulligini oz-ozdan bila borishlari kerak. Bolaga yaxshilik va yomonlikni to'gri ko'rish imkonini berish kerak. Yaxshilik unda quvonch, zavq, hayajon, ma'naviy go'zallikka ergashish ishtiyoqini hosil qiladi; yomonlik qahr-g'azab, murosasizlik uyg'otadi, haqiqat va adolat uchun kurashga chorlovchi ma'naviy kuchga to'ldiradi. (1-4 sinf "Ona tili" da berilgan asarlar misolida ochib beriladi). Izlanish metodi. Bu metod asardagi voqea va tafsilotlar asosida o'qvivchilarga savoltopshiriqlar tuzishda, qahramonlarga baho ber-ishda keng qo'llaniladigan usuldir. Ona tili darslarida reproduktiv metod keng qo'llaniladi. Masalan, o'qituvchi dastlabki darslarda o'zi asar matnini qismlarga bo'ladi, yozuvchi yoki shoirning aytmoqchi bo'lgan muhim fikriga o'quvchilar diqqatini jalb qiladi, uni aniqlab ko'rsatadi, o'quvchilar bilan birga tasvir vositalariga yuklatilgan ma'noni ochib, o'quvchilarga ko'maklashadi. Bularning bari o'quvchilar uchun bir ko'rsatma vazifasini o'taydi. Shundan so'ng o'quvchilar o'qituvchining ko'rsatmalari yordamida yuqorida ko'rsatib o'tilgan vazifalarni o'zlari mustaqil ravishda bajaradilar. Xulosa o'rnida ona tili darslarida didaktik o'yin va metodlarning o'rni o'quvchining bilim olish jarayonida fanga qiziqtirish va dunyoqarashini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Yuqorida ta'kidlangan metodlardan tashqari, boshlang'ich sinf o'qish darslarida zamonaviy pedagogik texnologiya usullaridan "Aqliy hujum", "Tarmoqlash", "Guruhlar bilan ishlash" va "Blis texnologiyasi" kabilardan ham foydalanish yaxshi samara beradi. Shuni ta'kidlab o'tish kerakki, har bir darsda qanday didaktik metoddan foydalanish, darsda qanday usullarni qo'llash o'qituvchi tomonidan oldindan belgilab olinishi va puxta ishlab chiqilishi kerak.

REFERENCES

1. Mirziyoyev.Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik-har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. Toshkent -O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil yakunlari va 2017-yil istiqbollariga bag'ishlangan majlisdagi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti nutqi. //Xalq so'zi gazetasi, 2017-yil. 16-yanvar, № 11.

2. O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017-yil, 6-son, 70- modda.

3. A.I.HAYITOV. Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi (Uslubiy qo'llanma). TOSHKENT - 2021.

4. Azizxo'jayeva N.N. Pedagogik texnolofiyalar va pedagogik mahorat. Toshkent. 2006.

5. Бикбаева Н.У., Сидельникова Р.И., Адамбекова Г.А. Бошлангич синфларда математика укитиш методикаси. -Т.: Укитувчи, 1996. -512 б.

6. Mavlonova R., Rahmakulova N. Boshlang'ich ta'limni integratsiyalash. Toshkent 2011-y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.