Научная статья на тему '"HALQA" ASARIDA ISLOM DINI UCHUN KURASH (ABDULLOH OBRAZINING TAFSILOTLARI MISOLIDA)'

"HALQA" ASARIDA ISLOM DINI UCHUN KURASH (ABDULLOH OBRAZINING TAFSILOTLARI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1188
47
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kema / Xitoy / ayol / urush / qurol / bola / iymon / kitob / BCC / dengiz. / ship / China / woman / war / weapon / child / faith / book / BCC / sea.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ozoda Odiljon Qizi Abdullayeva, Bobur Yangiboy O‘G‘Li Hakimov

“Halqa” qissasidagi voqealar oxirgi yuz yillikda bo‘lib o‘tadi. Va asarda Hind ummonidan suzib borayotgan “Urtvatul vuqso” kemasida ming nafar yo‘lovchilar ichidan ikkita jurnalist suhbati bilan boshlanib, musulmonlarning qanchalik diniga sodiqligini, qancha chidab bo‘lmas qiyinchiliklarni boshidan o‘tkazsa ham o‘z dinidan kechmaganligiga tassanolar aytadi. Va asar so‘ngida er-xotin jurnalistlar ham, “Islom” dinini qabul qilishadi. “Qahramonlar qismati sizni goh Malayziya, goh Hind ummoni, goh Hind o‘lkasi, Afg‘on sahrolari, qadim Turkiston zamini, Bolqon yarimoroli va uyg‘ur diyorlariga yetaklaydi.”Asarda Abdulloh ismli yigitni hayoti haqida gap ketar ekan, siz kitobdan boshingizni ko‘tarolmay qolasiz. Kitobga shunaqangi bog‘lanasizki voqealar sizni o‘zingiz bilan yuz berayotganday tuyiladi go‘yo. Iymon va kufr, mo‘min va shayton orasidagi kurash, zolimning halokati, mazlumning saodati haqida hikoya qiladi. Unda iymonli insonning hayot mashaqqatlarini yengib g‘olib bo‘lishi, matonatning yuksak mukofoti haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE STRUGGLE FOR ISLAM IN "THE RING" (ON THE EXAMPLE OF THE DETAILS OF ABDULLAH'S IMAGE)

The events of The Ring take place over the last century. And in the play, two journalists from a thousand passengers aboard the Urtwatul Vuqso, sailing across the Indian Ocean, tell the story of how devout Muslims are and how unbearable they have been. And at the end of the book, a couple of journalists also convert to Islam. "The fate of the heroes leads you to Malaysia, the Indian Ocean, the Indian subcontinent, the Afghan deserts, the land of ancient Turkestan, the Balkan Peninsula and the Uighur lands." You will not be able to. You connect to the book in such a way that it feels like something is happening to you. It tells the story of faith and disbelief, the struggle between the believer and the devil, the destruction of the oppressor, and the happiness of the oppressed. It speaks of the believer's victory over the hardships of life and the high reward of perseverance.

Текст научной работы на тему «"HALQA" ASARIDA ISLOM DINI UCHUN KURASH (ABDULLOH OBRAZINING TAFSILOTLARI MISOLIDA)»

"HALQA" ASARIDA ISLOM DINI UCHUN KURASH (ABDULLOH OBRAZINING TAFSILOTLARI MISOLIDA) Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi Bobur Yangiboy o'g'li Hakimov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6591686 Annotatsiya. "Halqa" qissasidagi voqealar oxirgi yuzyillikda bo'lib o 'tadi. Va asarda Hind ummonidan suzib borayotgan "Urtvatul vuqso" kemasida ming nafar yo'lovchilar ichidan ikkita jurnalist suhbati bilan boshlanib, musulmonlarning qanchalik diniga sodiqligini, qancha chidab bo'lmas qiyinchiliklarni boshidan o'tkazsa ham o'z dinidan kechmaganligiga tassanolar aytadi. Va asar so'ngida er-xotin jurnalistlar ham, "Islom" dinini qabul qilishadi. "Qahramonlar qismati sizni goh Malayziya, goh Hind ummoni, goh Hind o'lkasi, Afg'on sahrolari, qadim Turkiston zamini, Bolqon yarimoroli va uyg'ur diyorlariga yetaklaydi. "Asarda Abdulloh ismli yigitni hayoti haqida gap ketar ekan, siz kitobdan boshingizni ko'tarolmay qolasiz. Kitobga shunaqangi bog'lanasizki voqealar sizni o'zingiz bilan yuz berayotganday tuyiladi go'yo. Iymon va kufr, mo'min va shayton orasidagi kurash, zolimning halokati, mazlumning saodati haqida hikoya qiladi. Unda iymonli insonning hayot mashaqqatlarini yengib g'olib bo'lishi, matonatning yuksak mukofoti haqida so'z boradi. Kalit so'zlar: kema, Xitoy, ayol, urush, qurol, bola, iymon, kitob, BCC, dengiz.

THE STRUGGLE FOR ISLAM IN "THE RING" (ON THE EXAMPLE OF THE DETAILS OF ABDULLAH'S IMAGE) Abstract. The events of The Ring take place over the last century. And in the play, two journalists from a thousand passengers aboard the Urtwatul Vuqso, sailing across the Indian Ocean, tell the story of how devout Muslims are and how unbearable they have been. And at the end of the book, a couple of journalists also convert to Islam. "The fate of the heroes leads you to Malaysia, the Indian Ocean, the Indian subcontinent, the Afghan deserts, the land of ancient Turkestan, the Balkan Peninsula and the Uighur lands." You will not be able to. You connect to the book in such a way that it feels like something is happening to you. It tells the story of faith and disbelief, the struggle between the believer and the devil, the destruction of the oppressor, and the happiness of the oppressed. It speaks of the believer's victory over the hardships of life and the high reward of perseverance.

Keywords: ship, China, woman, war, weapon, child, faith, book, BCC, sea.

БОРЬБА ЗА ИСЛАМ В "РИНГЕ" (НА ПРИМЕРЕ ДЕТАЛЕЙ ОБРАЗА АБДУЛЛЫ) Аннотация. События «Кольца» происходят в прошлом столетии. А в пьесе два журналиста из тысячи пассажиров на борту «Уртватул Вуксо», плывущего по Индийскому океану, рассказывают историю о том, насколько набожны мусульмане и какими невыносимыми они были. А в конце книги пара журналистов тоже принимает ислам. «Судьбы героев ведут вас в Малайзию, Индийский океан, Индийский субконтинент, афганские пустыни, земли древнего Туркестана, Балканский полуостров и уйгурские земли». Вы подключаетесь к книге таким образом, что вам кажется, что с вами что-то происходит. В нем рассказывается история веры и неверия, борьбы между

верующим и дьяволом, уничтожения угнетателя и счастья угнетенных. Он говорит о победе верующего над жизненными невзгодами и о высокой награде стойкости.

Ключевые слова: корабль, Китай, женщина, война, оружие, ребенок, вера, книга, ВСС, море.

KIRISH

Ilohiy kitoblarda aytilishicha so'z, dunyodagi barcha narsalarning asosidir. Rivoyat qiladilarki "Tangri kunlarning birida "Yaral"-deya xitob qiladilar va shu so'z kuchi bilan butun olam va undagi jamiki narsalar yaratiladi. So'z ana shunday cheksiz qudratga ega.Har qanday insonning hayotida juda katta ahamiyatga ega bo'lgan badiiy adabiyot ana shunday ilohiy qudratga ega so'z bilan ish ko'radigan san'at turidir.Shuning uchun badiiy adabiyotn-so'z san'ati deb ataymiz. San'atning bir qancha turlari mavjud: haykaltaroshlik, rassomlik, naqqoshlik va hakazo. Bu san'at turlari bir taraflamadir, yani narsani hozirgi holatini ifodalaydi. Adabiyot esa hozirgi holatini qanchalik ishonarli aks ettirsa, uning o'tmishini ham, kelajagini ham shunchalik ta'sirchan va jonli aks ettira oladi.Badiiy adabiyotda tasvirlanayotgan hayot bizga taaluqli bo'lmasa ham, biz shu asar qahramonlari bilan go'yo taqdirdosh bo'lib qolamiz. Badiiy asar hissiyotimizga, tuyg'ularimizga ta'sir qiladi, yuragimizni bezovta qiladi. Kitob varaqlari ichidan qahramonlarning holatiga befarq bo'ladigan odam atrofidagi tirik kishining dardu-quvonchlariga loqayd bo'la olmaydi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METADOLOGIYA

"Halqa" bu asarni o'qir ekanmiz kishida yozuvchi Akrom Malik bilan bir marotaba bo'lsa ham uchrashib bu asar haqida suhbatlashish istagi tug'iladi. Asarni shunaqangi zavq bilan o'qiysiz-ki, shunday vaqtlar bo'ladi qahramonlarga rahmingiz keladi. Ular bilan birga yig'laysiz, ularni quvonchiga sherik bo'lasiz va dinimiz uchun qanchadan qancha qurbonlar shahid ketganligining guvohi bo'lasiz. Asar boshida "Urvatul vuqso" kemasidagi ming nafar musulmonlar bilan suhbat olib borish niyatida bo'lgan er-xotin BCC telekanalining "Maxsus loyihalar bo'limi" xodimlari Jozef va Annadir. Jozefning taklifi bilan "Islomiy ruhiyat" nomli loyihasi uchun musulmonlar bilan suhbat uyishtiradi. Kitobda Xitoy mamlakati va Uyg'ur eli o'rtasida "Islom" dini uchun bo'lib o'tgan kurashlar e'tiborimizni o'ziga tortadi. Asar qahramonlaridan biri Abdulloh ham ota onasi, oilasi bilan, urush oqibatlarida Turkiya davlatiga ko'chib keladilar. Ko'chib kelish vaqtida ancha qiyinchiliklarga duch keladi. Abdulloh voyaga yetib, kompyuter sohasida ish olib borish uchun vataniga boradi. Va mehmonxonaga joylashadi. Ertasiga bir xitoylik uyg'urlik xizmatkorni nohaqdan kaltaklayotganligini ko'radi va chidab tura olmay xitoylik xizmatkorni turtib yuboradi, xitoylik yiqilib boshi yoriladi xolos. Abdulloh uchun qora kunlar boshlanadi. O'z vatanida bo'lib turli xildagi qiynoqlarga duch keladi. Zindonga tashlanar ekan, arzimas ayblar bilan uni mixlar teskari qilib qoqilgan xonaga tashlashi odamni larzaga keltiradi. Abdulloh mix qoqilgan xonaga tushadi-yu og'riqdan oyog'ini teshib o'tgan mixlarning og'rig'idan ingraydi, lekin baqirmaydi. Bu insonni vahshiylarcha xo' rlash hisoblanadi nazarimizda.

NATIJALAR

Hozirda tagiga chizib o'qiladigan , insonni junbushga keltiradigan jumlalarni kiritib o'tamiz: "Va odamlar orasida Allohning roziligini tilab jonini sotadiganlar bor! Alloh asa bandalariga shafqatlidir!" Abdullohni keyingi kameraga yuboradi. Abdulloh sensiz tig'lar oyog'iga, kaftiga, butun tanasiga "g'irch-g'irch" sanchilayotganini sezib, orqaga qarab emakladi. Emakladiyu

og'riqdan ingrab, qotib qoldi: Kameraning polida tig'dor uchi tepaga qarab uzun mixlar qoqib tashlangan. Mixlar qimirlashga ham, turib qolishga ham qo'ymaydi: tananing xohlagan joyiga sanchiladi, qon oqizib halok etishi mumkin. Abdulloh harakatsiz qoldi. U qimirlagani sari jarohati ko'payib, azoblanishini sezdi. Hozir uning idrokida jonini himoyalashdan bo'lak xayol ko'rinmaydi.xayol ko'rinmaydi.Bu qiynoqlarni ko'rib odam qo'lidan kelmasa kerak bunaqa qiynoqlar deb o'ylaysiz. Abdulloh eng og'ir qamoqxonada besh yil dan so'ng chiqadi besh yildirki issiq suv ham uning tanasiga tegmaganligi guvohi bo'lamiz. Abdulloh qamoqdan chiqar ekan qizlarni ayollarni kiyinishiga e'tibor beradi, ayollar va qizlar kiyib yurgan kiyimlar erkaklarni to'g'ridan to'g'ri shaxvatga chorlayotganday-ku deb o'ylaydi. Asar qahramoni qancha qiyinchilik ko'rmasin qancha mashaqqatlarni boshidan o'tkazmasin dinidan bir daqiqa ham voz kechmaydi va mana shunday insonlar borligidan faxirlanib ketasiz asarni o'qir ekansiz asar qahramonlariga muhabbatingiz ortadi.

XULOSA

Hali yosh bo'lishiga qaramasdan o'z ijodi bilan ko'pgina muxlislar yig'a olganligi tahsinga sazovardir. "Halqa" asari haqida xulosa qilib shuni aytishimiz kerakki asar "Islom" dini haqida bo'lib, bu dinni qanchalik sof ekanligi va qiyinchiliklar vaqtida ham o'z dinidan voz kechmagan hamda Islom diniga kirgan insonlar haqida yozilgan asarni qo'lingizga olar ekansiz, asarni o'qib bo'lganingizgacha tinchimaysiz qahramonlar haqida ularni kechmishlari haqida o'ylayverasiz. Va kitobni qanday tugatib qo'yganingizni sezmaysiz.

Adabiyotlar

Halqa (Matn):adabiy-badiiy/Akrom Malik-Toshkent: "Factor press" NMK, 2021- 544b Nurbek Alimov "Jahon adabiyotining eng buyuk asarlari" Karimov, N. (2008). XX asr adabiyoti manzaralari. - T.: O'zbekiston. Abdullayeva, O. O. (2021). Abay ijodini o'rganishda savol va topshiriqlar ustida ishlash. Academic research in educational sciences, 2(3), 4-9.

Abdullayeva, O. O. (2021). Ibroyim Yusupov ijodi asosida o'quvchilarnmg vatanparvarlik tuyg'ularini o'stirish. Academic research in educational sciences, 2(3), 176-180.

Botirboyev, F. P., Abdullayeva, O. O., & Shermatova, U. S. (2021). O'ljas Sulaymonov ijodini o'rganishda savol va topshiriqlar ustida ishlash. Academic research in educational sciences, 2(4), 2013-2018. https://doi.org/10.24411/2181- 1385-2021-00834 Abdullayeva, O. (2021) Badiiy asarlarning inson ruhivatiga ta'siri. Scientific progress, 1(5), (pp. 272-275)

Abdullayeva, O. O. Q, (2021). O'zbek tilini o'qitishda zamonaviy texnoloyiyaiaming o'rni. Scientific progress, 1(5)

Abdullayeva, O. O. Q. (2021). ADABIYOT DARSLARINI TASHKIL ETISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH. Студенческий вестник, 16(161)

10. Abdullayeva, O. O. Q. (2021). OTLARNING BIRLIK VA KO'PLIKDA QO'LLANILISHINI O'RGATISH. Scientific progressed)

11. Abdullayeva, O. O. Q. (2021). XALQARO TADQIQOTLAR VA ULARNING ADABIYOT FANIDA TUTGAN O'RNI. Scientific progressed)

12. Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva. (2021) O'lmas Umarbekov hayoti va ijodini o'rganishda interfaol metodlar bilan ishlash. Science and education,2(5)

1. 2.

3.

4.

5.

6.

7.

9.

13. Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva. (2021) Saida Zunnunova hayoti va ijodini o'rgatishning samarali usullari. Science and education, 2(5)

14. Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva. (2021) Said Ahmad hikoyalarini o'rganishda interaktiv metodlar. Science and education, 2(6)

15. Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva. (2021) Umumiy o'rta ta'limda ertak o'qitish metodikasi. Scientific progress, 2(2)

16. Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva. (2021) Chingiz Aytmatovning "Oq kema" asarini o'qitishda interaktiv usullar. Scientific progress, 2(2).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.