Научная статья на тему 'HALIMA XUDOYBERDIYEVA ASARLARINING LINGVOPOETIK XUSUSIYATLARI'

HALIMA XUDOYBERDIYEVA ASARLARINING LINGVOPOETIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
32
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
She’riyat / lingvopetika / poetika / she’r / ijod / folklore / she’r / qo‘shiq.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Raxmatullayeva N.E.

Ushbu maqolada Halima Xudoyberdiyeva asarlarining lingvopoetik xususiyatlari haqida ilmiy fikrlar bayon etilgan. Ilmiy fikrlar faktlarga asoslanib yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «HALIMA XUDOYBERDIYEVA ASARLARINING LINGVOPOETIK XUSUSIYATLARI»

Raxmatullayeva N.E.

NamMQI o'zbek tili va adabiyot kafedrasi o'qituvchisi

HALIMA XUDOYBERDIYEVA ASARLARINING LINGVOPOETIK

XUSUSIYATLARI

Annotatsiya. Ushbu maqolada Halima Xudoyberdiyeva asarlarining lingvopoetik xususiyatlari haqida ilmiy fikrlar bayon etilgan. Ilmiy fikrlar faktlarga asoslanib yoritilgan.

Kalit so'zlar - She'riyat, lingvopetika, poetika, she'r, ijod, folklore, she'r, qo 'shiq.

Rakhmatullayeva N.E.

teacher

Uzbek language and literature department

NamMQI

LINGUOPOETIC CHARACTERISTICS OF HALIMA KHUDOYBERDIYEVA'S WORKS

Abstract. This article presents scientific opinions about the linguopoetic features of Halima Khudoyberdiyeva's works. Scientific opinions are explained based on facts.

Key words - Poetry, linguistics, poetics, poem, creativity, folklore, poem,

song.

Tildagi fonetik va leksik so'zlami qo'llash bir qancha osonlikni va ravonlikni ta'minlaydi. Badiiy asarning eng muhim bosqichi til bo'lar ekan, biror asarni yuksak darajada ko'tara olishda uni ishlatayotgan odamni qay muloqotdan foydalanayotgani va qaysi ifoda maqsadlarni ishlatayotgani eng muhim xusisiyati xisoblanadi, biror ijodkorni tilini o'rganar ekanmiz dastavval eng e'tibor berishimiz kerak bo'ladigan narsa uning tilimiz rivojiga o'z asarlari bilan qanday ta'sir o'tkazayotgani bo'ladi. Badiiy asarning bosh unsuri so'z, umuman, til ekan, ana shu asarning chinakam san'at darajasiga ko'tara olishida uning tili, muallifning til vositalarini qay darajada qo'llay olishi asosiy omildir. Adabiyotimizda iz qoldirgan har bir ijodkor asarlarining tilini o'rganish, birinchidan, adibning mahoratini o'rganish, shu bilan birga, tilimiz rivojiga uning asarlari tili ta'sirini, tadqiqotning esa tilshunosligimiz taraqqiyotiga qay darajada ta'sir ko'rsatayotganligini belgilash ehtiyojidan kelib chiqadi. Tabiiyki, badiiy asarni lingvopoetik tahlil qilishning bir qator tamoyillari mavjud. Badiiy matn lingvopoetikasi muammosini o'zbek tili materiallari asosida mufassal tadqiq etgan M.Yo'ldoshev lingvopoetik tahlilning quyidagi asosiy tamoyillarini ko'rsatadi:

1) shakl va mazmun birligi asosida yondashuv;

2) makon va zamon birligidan kelib chiqish;

3) umumxalq tili va adabiy til munosbati asosida baholash;

4) badiiy matnga badiiy-estetik yaxlitlik sifatida yondashuv;

5) badiiymatnda poetik aktuallashgan til vositalarini aniqlash;

6) badiiy matndagi eksplitsitlik va implitsitlik nisbatini aniqlash;

7) badiiy matndagi intertekstuallik mexanizmlarining lisoniy va semantik xususiyatlarini aniqlash.

Lingvopoetika lingvistik poetikaning qisqargan shakli bo'lib, badiiy asarlarda qo'llanilgan lisoniy birliklar: fonetik, morfemik, leksik va boshqalarning badiiyestetik vazifalarini, tilning konnotativ funksiyasini o'rganadi. Boshqacha aytganda, lingvopoetika tilshunoslikning badiiy nutqni o'rganuvchi bo'limidir.

Ma'lumki, Halima Xudoyberdiyeva she'riyati lingvopoetikasi haqida fikr yuritadigan bo'lsak, uning she'rlarida ritm, ohangdorlik eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Shoiraning o'ziga xos ifoda usuli,xalq og'zaki ijodiga xos ko'p ma'nolilik,xalq qo'shiqlariga yaqin ohangdorlik, sinonimlardan o'z o'rnida, to'g'rivaunumli foydalanish mavjud bo'lib, uning she'rlariga o'zgacha ruh, ritm mahorat bilan singdirib yuborilgan, natijada adabiy til bilan jonli tilning qorishiq holda kelishi,shoira ijodining jozibaliligi, soddaliligi va tushunarliligini ta'minlagan.Shoira she'rlarida emotsional-

ekspressivleksikaningmanbasihisoblangan sinonimlardan qanchalik ustalik bilan keng foydalanganligini uning she'rlari tahlilida yaqqol ko'rishimiz mumkin:

Toza yurak tovonlarda toptalgan mahal,

Azal ko'z yosh qayg'u g'amgayem bo'lib kelgan.

Makr-u hiylabijg'igan bu dunyoda azal,

Qo'zichoqlar bo'rilarga yem bo'lib kelgan.("Bo'rilar esshigida" 21-bet)

Ushbu she'rda qo'llangan qayg'u -g'am,makr-u hiyla so'zlari o'zaro sinonimlikni hosil qilgan bo'lib, sinonimlarning bu holatda ishlatilishi lirik qahramon tuyg'ularining asl holatini ochib berishga xizmat qiladi.

"Qayg'u -boshga tushgan ruhiy azob, g'am, musibat" (O'TIL.I,223-bet), "G'am-so'zi esa arabcha so'zdan olingan bo'lib, qayg'u, hasrat, g'am alam degan ma'nolarni bildiradi. (O'TIL.I,434-bet).

Keyingi misralarda qo'llanilgan makr-so'zi arabchadan olingan bo'lib hiyla, nayrang, aldov ma'nolarini ifodalasa, unga sinonim bo'lib kelgan makr so'zi ham arabcha so'z hisoblanib, makkorlik, ayyorlik ma'nolarida keladi. Shoira ushbu sinonimlarni yonma yon qo'llash bilan she'rning jozibadorligini yanada oshirgan. O'z davrida haqiqat deb kurashgan qahramon makr-u hiyla to'la dunyoda qayg'u g'amga yem bo'layotgani va bu kurashga otlangan qahramon doimo bo'rilarga yem bo'lib kelayotgani o'z ifodasini topgan. Ota dunyo, bu o'ylarni o'zing hal qil yech,Bolalaring ehtiyot qil har cho'pdan, xasdan.Loqayd bo'lmay sharsharaning toza suvin ich,Bilib-bilmay kimdir uni loyqalatmasdan.("Xayollarim parday to'zg'ir",48-bet)

Misralaráa qo'llanilgan: "Cho^-forecha daгxt, yog'och, xoda, novda, shox bo'lagi..." (O'TIL,525-bet) ma'nosini ifodalasa, "Xas-xashak, shox-shabba, quгuq shoxcha, quгuq o'simlik poyasi" (O'TIL,387-bet) ma'nolarini anglatadi. Ketma-ket keltiгilgan bu ma'nodosh so'zlaг she'ming ifoda mazmunini ochib berish bilan birga unga emotsional-ekspressivlik ham bag'ishlashga xizmat qilgan.Ko'гinadiki, Halima Xudoyberáiyeva she'гlaгida emotsional ekspгessiv leksikaning biriamchi manbasi bo'lgan sinonimlaгdan keng foydalanilgan.Shoira she'гlaгining lug'aviy taгkibi juda boy va rang-barang bo'lib,ulaгda so'zlaming o'гinsiz takroгi uchramaydi.Bunga esa shoira aynan sinonim so'zlaгdan mohiгona foydalanganligi tufayli eгishgan.She'гiyatda sinonimlaming bu kabi to'g'ri va o'гinli isЫatilishiasaгqimшativaqiymatinioshiгishgaxizmatqilgan.Shoiгaning sinonimlami o'гinli qo'llashda quyidagi maqsadlaг ham to'laqonli yuzaga chiqqan:

•Badiiy ifodaning ta'sirchanligini oshiгish;

•So'zlami takгoг ishlatishdan qochish;

•Uslubning ravonligi;

•Fikmi aniq,lo'nda,ixcham ifodalash;

•O'zbek tilining lug'at ta^ibi boy ekanini namoyish etish;

•Misralami vaznga solish,qofiya hosil qilish,tuгli badiiy san'atlami yuzaga keltirish va h.o.

Sinonim^ tilning lug'at taгkibini boyitishga xizmat qiladi, badiiy adabiyot namunlarida tasvirlanayotgan lavha, timsol, voqea-hodisalaming ta'sirchan, jozibali, ohangdoг bo'lishiga olib keladi. Shoira Halima Xudoyberáiyeva ayni Ыг ma'noni bildiгuvchi biгdan oгtiq til biriilarini muayyan maqsadni ko'zlab qo'llagan va o'z maqsadiga to'laqonli erishgan desak mubolag'a bo'lmaydi.Badiiy adabiyot insonning olamini boyitadi, ruhiyatini tarbiyalaydi, qalbimiz va ongimizda odamiylik hislarini parvarishlaydi.Xuddi shunday tilning boyligi va nutqning jozibadoriigi, ta'siгchanligini ta'minlashda sinonimlaming ahamiyati katta. Sinonimlar muhim tasviroy vosita sifatida badiiy manzaralar yaratishga, lirik qahramon holatini, ichki kechinmalarini yoritishga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Yo'ldoshev M.Badiiy matn lingvopoetikasi. T-Fan.2008

2.Hojiyev A.Tilshunoslik teгminlaгining izohli lug'ati.T-Fan 2002 3.O'zbek tili leksikologiyasi. T-Fan 1981

4.H.Xudoyberdiyeva. Osoyishta shamT-O'zbekiston,20178.O'zbek tilining izohli lug'ati 1-tom.

"Экономика и социум" №2(117)-1 2024

www.iupr.ru

602

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.