Научная статья на тему 'BADIIY ASAR LINGVOPOETIKASINING NAZARIY MASALALARI (XORIJ, MDH HAMDA RESPUBLIKA MIQYOSIDA)'

BADIIY ASAR LINGVOPOETIKASINING NAZARIY MASALALARI (XORIJ, MDH HAMDA RESPUBLIKA MIQYOSIDA) Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

49
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
lingvopoetika / kontekstual tahlil / kognitiv tahlil / qiyosiy-chog‘ishtiruv tahlili / induktiv tahlil / pragmalingvistika

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Aziza Dilmurodqizi Uralova

Badiiy asarning lingvopoetik unsurlarini qiyoslash va filologik metodlar asosida o‘rganish ilmiy izlanishda maqsad qilib olingan. Izlanish davomida olib borilgan kontekstual tahlil filologiyaning matnshunoslik, kognitiv tahlil pragmalingvistika, qiyosiy-chog‘ishtiruv tahlili qiyosiy lingvistika hamda induktiv tahlil asosida erishilgan natija esa lingvistika kabi sohalarning rivojiga o‘z hissasini qo‘shadi. Barcha rivojlanayotgan davlatlar bugungi kunda o‘z tilshunosligining korpusini ishlab chiqayotgan bir davrda lingvopoetika sohasidagi izlanishlar ham bevosita ham lingvistika ham adabiyotshunoslikning ma’lum sohalarining hali aniqlanmagan qirralarini topishda samarali yordam beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BADIIY ASAR LINGVOPOETIKASINING NAZARIY MASALALARI (XORIJ, MDH HAMDA RESPUBLIKA MIQYOSIDA)»

BADIIY ASAR LINGVOPOETIKASINING NAZARIY MASALALAR (XORIJ, MDH HAMDA RESPUBLIKA MIQYOSIDA)

Aziza Dilmurod qizi Uralova

Denov tadbbirkorlik va pedagogika institute O'zbek tili va adabiyoti 1-kurs magistranti https://orcid.org/0009-0003-9103-4184

ANNOTATSIYA

Badiiy asarning lingvopoetik unsurlarini qiyoslash va filologik metodlar asosida o'rganish ilmiy izlanishda maqsad qilib olingan. Izlanish davomida olib borilgan kontekstual tahlil filologiyaning matnshunoslik, kognitiv tahlil pragmalingvistika, qiyosiy-chog'ishtiruv tahlili qiyosiy lingvistika hamda induktiv tahlil asosida erishilgan natija esa lingvistika kabi sohalarning rivojiga o'z hissasini qo'shadi. Barcha rivojlanayotgan davlatlar bugungi kunda o'z tilshunosligining korpusini ishlab chiqayotgan bir davrda lingvopoetika sohasidagi izlanishlar ham bevosita ham lingvistika ham adabiyotshunoslikning ma'lum sohalarining hali aniqlanmagan qirralarini topishda samarali yordam beradi.

Kalit so'zlar: lingvopoetika, kontekstual tahlil, kognitiv tahlil, qiyosiy-chog'ishtiruv tahlili, induktiv tahlil, pragmalingvistika.

KIRISH

Bugungi globallashuv davrida har bir xalq, har qaysi mustaqil davlat o'z milliy manfaatlarini ta'minlash, bu borada avvalo o'z madaniyatini, azaliy qadriyatlarini, ona tilini asrab-avaylash va rivojlantirish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratishi tabiiydir. Badiiy asarning linvopoetik tahlili tilning nazariy tomonlari, ijtimoiy funksiyalari va inson ma'naviyatining in'ikosi ekanini bir butun holda tasavvur etishimizga imkon yaratadi. Chunki lingvopoetika o'z mazmun-mohiyatiga ko'ra filologiya sohasi tarmoqlarini o'zida mujassamlashtirishga, uning bir butunligini ta'minlashga qaratilgandir. "O'zbek tilining davlat tili sifatida nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni ham ayni tilshunosligimiz rivojini ko'zlamoqda. Lingvopoetik tahlil jarayoni faqat yozuvchining tili va uslubi haqida ma'lumot berish bilan chegaralanmaydi, balki asar yaratilgan davr tilining o'ziga xosligi, yozuvchining so'z boyligi, til vositalarining ifodalanish usullari, badiiy tasvir vositalarining til faktlari vositasida aks ettirilishi, umuman, tilni uning barcha sathlari yuzasidan tahlil qilishdan iborat bo'ladi. Shu o'rinda davlatimiz rahbari so'zi bilan aytadigan bo'lsak, " davlat

December, 2023

30

tilining sofligini saqlash, uni boyitib borish va aholining nutq madaniyatini oshirish" bizning ustuvor maqsadimizdir. Bugungi globallashuv jarayonida har bir davlat o'z ona tilining korpusini yaratish muammosi ustida va tilshunosligining har bir sohasini yuksaltirish borasida bosh qotirmoqda. Ayni damda o'zbek tilshunosligida chog'ishtirish -dek//day affiksini ko'makchi, yuklama yoki ravish tarkibiga berish yuzasidan mavjud bo'lgan muammoga badiiy adabiyotdan aniq misollar keltirilib, faqat bir guruhga taalluqli ekanligi isbotlangan. Bundan tashqari romanda keltirilgan frazemashakllar xalq nutqidagi frazemashakllar bilan o'zaro qiyosiy-chog'ishtiruv tahlili asosida qiyoslanib, o'zbek tili izohli frazeologik lug'atidan joy olmagani aniqlangan. Bu kabi yangi frazemalarning aniqlanishi, tilshunosligimiz korpusi yaratilayotgan bir davrda frazeologiyani boyitishga xizmat qiladi. Izlanishning dolzarbligi esa aynan yuqoridagi unsurlarning hamda o'zbek tilshunoslari o'rtasida munozaralarga sabab bo'layotgan o'xshatish-chog'ishtirish affiksi -dek//day qo'shimchasi to'g'risidagi turli qarashlarga barham berish mazkur ish davomida aniqlanishi Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan farmonning quyidagi bandlariga muvofiqdir: "ilmiy asoslangan yangi so'z va atamalarni iste'molga kiritish, zamonaviy atamalarning o'zbekona muqobillarini yaratish va bir xilda qo'llanishini ta'minlash, geografik va boshqa toponimik obyektlarga qonun hujjatlariga muvofiq nom berilishi borasidagi faoliyatni monitoring qilish va muvofiqlashtirish ustuvor vazifadir".

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Mamlakatimizda badiiy adabiyot tiliga qiziqish va uni tahlil qilish o'zbek tilshunosligining muhim masalalaridan bin sifatida 60-yillarda keng quloch yozdi. Bu yangi soha lingvopoetika deb nom oldi va ushbu sohada faoliyat yurutuvchilar soni ham tobora ortib bordi. Bugungi kunda o'zbek tilshunoslari ham mazkur sohada yetakchi o'rinlarda desak, mubolog'a bo'lmaydi. Ma'lumki, globallashuv va integratsiyalashuv jarayonida ilm-fan oldiga misli ko'rilmagan darajada dolzarb masalalarni qo'ydi. Endilikda badiiy matnni har tomonlama chuqur tadqiq qilish, undagi lingvistik, stilistik va semantik qirralarini o'rganish jarayoni tusini oldi. Badiiy matndagi lingvistik elementlari muhokama qilish negizida undagi qo'llanilgan metafora, maqol, so'z o'yini, masal, tashbeh singari shakl va mazmun bilan bog'liq muammolar jahon tilshunos olimlarining oldiga qator vazifalarni bajarishga keng yo'l ochdi. Avvalo lingvopoetika nima? -degan savolga javob berish lozim. Mazkur savolga tilshunos Z.Sh.Ashurova shunday javob beradi: "Bu soha badiiy matnni til sathlari negizida tadqiq qilishni masalaning bir qirrasini qamrab olishi tabiiy. Negaki, tilning benihoya keng

December, 2023

31

imkoniyatlarini ishga solib, undagi leksik birliklar bo'ladimi, grammatik birliklar bo'ladimi, grammatik birlilar bo'ladimi barchasini qamrab olish nazarda tutiladi. Lingvopoetik tahlil usuli shundan iboratki, badiiy matndagi ijodkorning individual uslubiga xos qirralarini kashf etish bilan birgalikda so'z va gap ma'nolarining o'zaro yaxlitligi, birikuvini tadqiq qilishni nazarda tutadi". " Angliya adabiyotida xizmatkor (oqsoch) obrazini yaratishda lingvopoetik vositalar" ilmiy maqolasi mualliflari A.A.Kasimov hamda S.O.Tursunova lingvopoetika borasida shunday fikrni ilgari suradilar: "Lingvopoetika lingvistik poetikaning qisqargan shakli bo'lib, badiiy asarlarda qo'llanilgan lisoniy birliklarning (fonetik, morfemik, leksik va boshq.) badiiy-estetik vazifalarini, tilning konnotativ (ko'chma) ma'nosini o'rganadi. Boshqacha aytganda, lingvopoetika tilshunoslikning badiiy nutqni o'rganuvchi bo'limidir. Badiiy nutq badiiy adabiyotning bayon qilish vositasi sanaladi" Demak, Z.Sh.Ashurova lingvopoetika badiiy matn tahlili, A.A.Kasimov hamda S.O.Tursunova esa badiiy nutq o'rganiladigan bo'lim sifatida qaramoqda. Mazkur soha uchun ikkinchi ta'rif bir qadar to'g'ri va aniqligi bilan birinchi farazdan ustunroqdir.

Badiiy asar tilini o'rganar ekanmiz tilshunoslikdagi barcha sohalar unda aks etganiga guvoh bo'lamiz. "Muhammad Yusuf ijodidagi folklorizmlar lingvopoetikasining o'rganilish masalalari"mavzusida izlanish olib borgan G.T.Djamalxodjayeva lingvopoetikaga bir sifatida qarash kerak ekanlini ta'kidlaydi. Albatta har bir yo'nalish bir butun tizim vazifasini o'taydi, uning uzviy bog'liq jihatlarini ko'zdan qochirmaslik kerak. Xorijlik olim I.A.Shmul "Lingvopoetika-bu filologiyaning bir sohasi bo'lib, unda badiiy matnning stilistik jihatdan belgilangan til birliklari va ularning vazifalari hamda muayyan g'oyaviy-badiiy mazmunni yetkazish va badiiy-estetik qirralarini aniqlash tushuniladi", degan faraz tarafdori bo'lgan. Bu fikrdan shunday xulosa qilishimiz mumkinki, badiiy asarda til birliklarining vazifalarai bevosita namoyon bo'ladi. 1947-yilda A.L.Belich o'zining tilshunoslik fanlarining tasnifiga bag'ishlangan maqolasida til faktlarining grammatik tavsifida ma'no umumiyligi asosida bog'langan va muayyan sintaktik-semantik yaxlitlik tarzida namoyon bo'ladigan gaplarning bugun zanjiriga alohida o'rin berilishi lozimligiga va bu "matn" tushunchasining yuzaga kelishi uchun hal qiluvchi ahamiyatga molik ekanligiga e'tiborni qaratgan, ana shunday gaplar zanjiridagi o'zaro munosabat va aloqalarni tilshunoslikning sintaksis bo'limida o'rganishning maqsadga muvofiqligini ta'kidlagan. A.L.Belich butun mohiyat gaplarda ekanligiga urg'u bermoqda. Rus tilshunosi Ye.B.Borisova qayd etishicha: "Keyingi paytlarda filologiya sohasi vakillari badiiy matnni tahlil qilish bilan bog'liq masalalarga qiziqishi ortib bormoqda.

December, 2023

32

Lingvopoetik jihatidan tadqiq qilishga intilish borasida maqola, monografiya va yirik-yirik darsliklar fikrimiz yorqin dalilidir. Shunday bo'lsa-da, mazkur tadqiqotlar tipologik, semiotik, lingvopragmatik stilistik akspektda tadqiq qilinish masala mohiyatini oydinlashtiradi. Bugungi kunda badiiy matnning mohiyatini izohlamasdan turib, chuqur va keng qamrovli o'rganish mumkin emasligi barchaga ma'lum". Demak, badiiy matnning nozik va eng muhim qirralarni qayta idrok etish borasida ijodkor badiiy olamini har tomonlama chuqur dalolatlash imkonini beradi. Olima Ye.Borisova diqqatni qaratayotgan asosiy e'tibor shaxs individul xususiyatlarida aks ettirilgan badiiy matn tabiatida ma'nolar maydoni narsa va buyum nomlarining hamda o'xshatish va badiiy-tasvir vositalarini to'g'ri, asosli qayd etishga mantiqiy urg'u berilmoqda. V.Jermunskiy "Poetikaning vazifalari" nomli ishida A.A.Potebnya asarlardagi, garchi uning yaxlit kontseptsiyasida e'tirozli o'rinlar ko'p bo'lishiga qaramay, poetikani til haqidagi umumiy fan - lingvistika bilan yaqinlashtirishdan iborat metodi o'ta samarador ekanligiini va shuning uchun e'tirof etilganligini alohida ta'kidlaydi.

A.S.Golovkina o'z ilmiy izlanishi davomida bog'li nutq masalasiga alohida to'xtalib o'tib, kelib chiqishi haqida shunday deydi: "Bog'li nutq yaxlit nutqiy asar, matnni o'rganish, ya'ni matnga gap -period -yanada yirikroq parcha yaxlit butunlik tarzidagi darajalanishda yondashish antik davrdan-Aristotel va uning izdoshlaridan boshlangan" Pragmatika ya'ni tag ma'nolarga e'tiborini qaratgan xorijlik olim V.Kononenko adabiy nutqni tartibga soluvchi qoidalar tizimi sifatida lingvopoetika sohasidagi zamonaviy tadqiqotlar gumanitar fanlarning umumiy rivojlanishini aks ettiruvchi nazariya va yondashuvlarni tahlil qilishni, yangi bilimlarni to'plashni o'z ichiga olishi borasida o'z qarashlarini bayon etgan. Har bir adibning asarinini lingvistik tahlil qilar ekanmiz, avvalo uning nutqiy platformasini aniqlashimiz lozim. Nutqiy platforma haqida aniq ma'lumotlar S.Abdelhameed, N.F.Alefirenko, Z.Kh.Shakhputova kabi olimlar ijodida uchraydi. Mazkur tushuncha ikki tomonlamadir. Ya'ni bu platformalar adibga ham uning asarini tadqiq qiluvchiga ham tegishlidir. Tilshunos M.B.Kadirova ham o'z nutqiy platformasi markazi deya ingliz hamda o'zbek tillaridagi hurmat kategorioyasining lingvopoetik xususiyatlarini tanlagan. Bu kabi aniq dalillardan shunday xulosa qilish mumkinki, lingvopoetika keng qamrovli sohadir. Har bir tilshunos uning ma'lum qisminigina tahlil qilishga qodir. Shu jumladan, M.Halyna poetik fonetika sifatida qarab, uning she'riy jihatlarini, A.Haroutyunian esa og'zaki matnni yaratish va idrok etish mexanizmlari: mavzu, submavzu va g'oya jihatidan lingvistika va psixolingvistika bilan bog'lagan holda, O.M.Naboka nutq bo'lagi va stilistik figuralar nuqtai nazaridan, L.O.Kushnir siyosiy nutq va

December, 2023

33

siyosiy hayotda bajaradigan funksiyalari yuzasidan, V.Gumashyan esa og'zaki va yozma matnning barcha turlarini konnotatsiya nuqtayi nazaridan lingvopoetik tahlil qilishni asos qilib olgan. Bu qarashlar xorijlik va mahalliy olimlarning lingvopoetika borasidagi turli fikrlaridir. Ulardagi farqli va mushtarak fikrlar mazkur izlanishda muhokama tarzida ko'rsatib berildi.

Tadqiqotda turli metodlardan foydalanilgan. Shu jumladan, asarning matniy tuzilishida har bir qahramonning harakterini ochuvchi mikromatnlar tanlanib, kontekstual tahlil metodi orqali analiz qilingan. Bu analiz orqali individning psixologiyasi aniq faktlar yordamida oydinlashtiriladi.

So'z ma'nolarining ko'chish usullariga asardan olingan kontekstlar yordamida kognitiv metod qo'llangan, ya'ni uning modeli sifatida voqelikni tushunish-pragmatik model orqali qaysi ma'noni batafsil ochishga qaratilgani aniqlangan. Asardagi frazeologik birliklar xalq nutqi bilan o'zaro qiyosiy-chog'ishtirish metodi asosida tahlil qilingan. Bunda o'z ona tilimiz etalon vazifasini o'tagan bo'lib, ya'ni asarda mavjud frazeologik birlik nutqimizdagi frazeologik birlik bilan solishtirilgan. Natijada tilimizda ommalashgan ammo lug'atlarimizdan joy olishga ulgurmagan frazema shakllar aniqlangan. Albatta yangi frazeologik birliklar tilimiz korpusining frazema shakllari qatorini bir qadar oshishiga xizmat qiladi.

O'xshatish-chog'ishtirish unsurlarining grammatik, leksik turlari induksiya metodi asosida tahlil qilinib, ularga doir tilshunosligimizdagi turli xususiy qarashlar o'rganildi. Bu turlilikdan esa umumiy bir fikr asosida ularning guruhi aniqlanib, tilshunosligimizdagi bir kichik muammoga barham berildi. Bu jarayonda ham etalon vazifasini o'zbek tilshunosligining bugungi hamda tarixiy shakli bajardi.

Umuman olganda, badiiy asar tilini o'rganish keng qamrovli jarayon, u nafaqat adabiyotshunoslikka oid badiiy g'oya, fikr, umumiy obrazlilik, individuallik, badiiy mahorat, balki tilshunoslikka oid semiotika, konnotatsiya, pragmatika kabi tushunchalarni umumlashtiradi, kognitiv fan sohalari bilan ham bog'lanib, o'zining tahlil doirasini bilish, tushunish, idrok etish, tahlil qilish, lisoniy tafakkur, lisoniy ong, lisoniy faoliyat, lisoniy shaxsiyat kabi tushunchalar bilan ham kengaytirib boradi.

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, izlanish davomida kontekstual tahlil, kognitiv tahlil, qiyosiy-chog'ishtiruv tahlil hamda induktiv tahlillardan unumli foydalanildi. Tadqiqotning nazariy ahamiyati shundaki, kontekstual tahlil filologiyaning matnshunoslik, kognitiv tahlil pragmalingvistika, qiyosiy-chog'ishtiruv tahlili qiyosiy lingvistika hamda induktiv tahlil asosida erishilgan natija esa lingvistika kabi sohalarning

December, 2023

34

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

rivojiga o'z hissasini qo'shadi. Tadqiqotning amaliy ahamiyati oliy o'quv yurtlaridagi talabalarga matnning pragmalingvistik xususiyatini ochishga doir mavzuda, ma'lum lingvistik muammoni xususiylikdan umumiylikka qarab aniqlashga doir mavzuda, ya'ni, asosan lingvistikaning bugungi muammosi bo'lgan qo'shimchalar guruhini aniqlashga doir yanglish fikrdan to'g'ri fikrni topishda qo'l keladi. Bundan tashqari bu kabi izlanishlar jamlanmasi lingvopoetika sohasini tilshunosligimizning korpusini yaratishda samarali ahamiyati borligini isbot qilib, oliy o'quv yurtlarida bu sohaning mustaqil fan sifatida o'tilishi darkor ekanligini ko'rsatmoqda.

REFERENCES

1. O'zbek tilining davlat tili sifatida nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni.21.10.2019-yil. PF-5850-son; 1-bet. https://lex.uz/docs/-4561730

2. Mamlakatimizda o'zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlar to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni. 20.10.2020 yil. PF-6084-son; 1-bet. https://lex.uz/docs/-

3. O'zbek tilining davlat tili sifatida nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora -tadbirlari to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni.21.10.2019 -yil. PF-5850-son; 2-bet. https://lex.uz/docs/-4561730

4. Z.Sh.Ashurova, .K.Ivanova. Mustaqillik davri turkman bolalar adabiyoti lingvopoetikasi//Economy and Innovation Volume: 34//2023.499-503-bet. https ://www. gospodarkainnowacje.pl/index.php/issue_view_32/article/view/1314/12

5. A.A.Kasimov, S.O.Tursunova. Angliya adabiyotida xizmatkor (oqsoch) obrazini yaratishda lingvopoetik vositalar//Zamonaviy adabiyotda ilm-fan va texnologiyalar; 2//2023 https://inacademy.uz/index.php/zdift/article/view/16590/n502

6. D.Y.Yusupova. Shoira Halima Xudoyberdiyeva she'riyati tilini o'rganish zarurati.//Filologiya fanlari doktori Hamid G'ulomovich Ne'matov tavalludining 80 yilligiga bag'ishlangan Filologik tadqiqotlar:muammo va yechim mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya.291-293-bet. https://interscience.uz/index.php/zamonaviy-fan-va-talim-tarbiya-m/article/view/330/297

7. G.T.Djamalxodjayeva Muhammad Yusuf ijodidagi folklorizmlar lingvopoetikasining o'rganilishi//Oriental Art and Culture Scientific-Methodical Journal.4//2023.398-402-bet.

5058351

22

December, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

https://cyberleninka.ru/article/n/muhammad-yusuf-ijodidagi-folklorizmlar-lingvopoetikasining-o-rganilish-masalalari/viewer

8. Saxarova.Y.A. изобразительно-выразительный потенциал когнитивной

https://www.dissercat.com/content/izobrazitelno-vyrazitelnyi-potentsial-kognitivnoi-metafory-na-materiale-khudozhestvennoi-pro/read,

9. Stebunova.K.K, когнитивно-дискурсивные механизмы фразеологической номинации в близкородственных и неблизкородственных языках// автореферат. Белгород-2014,c-1-23. https://www.dissercat.com/content/kognitivno-diskursivnye-mekhanizmy-frazeologicheskoi-nominatsii-v-blizkorodstvennykh-i-nebli

10. Sharishova N.V. Когнитивно-метафорическая репрезентация концептуальных структур Life/Жизнь и Death/Смерть в поэтическом дискурсе (на материале поэзии Дилана Томаса и Сильвии Плат)// автореферат. Белгород-2020.c-1-24. https ://www.dissercat.com/content/ko gnitivno -metaforicheskaya-reprezentatsiya-kontseptualnykh-struktur lifezhizn-i-deathsmert

11. I.Mkhitaryan. The Linguostylistic and the Linguopoetic Study of Metaphor in D. H. Lawrence's Sons and Lovers//Armenian Folia Anglistika.pg-60-64 file:///C:/Users/User/Downloads/The Linguostylistic and the Linguopoetic Study of %20(1).pdf

12. Шмуль И.А. Лингвопоэтическая стратификация художественных текстов и изучение индивидуального авторского стиля: На материале произведений Шекспира. Автореф. кандидат фил.наук. -М. 2001. -С.3

13. S.Abdelhameed, N.F.Alefirenko, Z.Kh.Shakhputova. Ethno-cultural Aura of Language Images in the Light of Cognitive Linguopoetics//RUDN Journal of Language Studies, Semiotics and Semantics.14//2023.pg-189-207.

метафоры//автореферат.

Москва-2015

г.c-1-23.

December, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.