Научная статья на тему 'HABIB SA DULLA IJODIDA NAMANGAN TASVIRI.'

HABIB SA DULLA IJODIDA NAMANGAN TASVIRI. Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
4
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Research Focus
Область наук
Ключевые слова
Namangan tongi / gullar hidi / Namangan olmasi / Mirishkorlar mehnati / mashrab / qasida / madhiya. / Наманганское утро / запах цветов / наманганские яблоки / работа Миришкоров / машраб / касыда / гимн.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Ahmadjon Muxtorjonov

Ushbu maqolada Habib Sa dulla ijodida Namangannining tasviri va shoirni o z tug ilib o sgan joyiga nisbatan muhabbati bayon qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ПРЕВОСХОДНЫЕ ОБРАЗЫ ХАБИБА СА ДУЛЛЫ.

В данной статье описывается образ Намангани в творчестве Хабиба Садуллы и любовь поэта к месту своего рождения.

Текст научной работы на тему «HABIB SA DULLA IJODIDA NAMANGAN TASVIRI.»

HABIB SA'DULLA IJODIDA NAMANGAN TASVIRI.

Ahmadjon Muxtorjonov

Namangan muhandislik-qurilish instituti magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10597527 Anotatsiya: Ushbu maqolada Habib Sa'dulla ijodida Namangannining tasviri va shoirni o'z tug'ilib o'sgan joyiga nisbatan muhabbati bayon qilinadi.

Kalit so'zlar: Namangan tongi, gullar hidi, Namangan olmasi, Mirishkorlar mehnati, mashrab,qasida, madhiya.

Har kimsa,borki qanday yutuqqa erishmasin, qanchalik baland shoxsupaga ko'tarilmasin, o'z ona yurti, tug'ilib o'sgan yeridan qarzdor bo'ladi. Bu qarz garchi ulkan va uzib bo'lmas bo'lsada, banda o'zi egallagan martaba, ilm va salohiyati ila unga foydasi tegsa, o'la o'lguncha uni sevib, ardoqlasa, shunda bu qarz nisbatan olinganda uzilgan bo'ladi. Yurtini doimo dilida saqlagan, unga bo'lgan muhabbatini har doim pirma'no so'zlarga ko'chirgan shoir Habib Sa'dulla bo'ladi:

Tun kulrang etagin yig'ishtirmoqda Asriy chinorlarning yaproqlaridan.

Gul atri omuxta olma hidiga, Tutar yo'lovchining dimog'laridan.

Ayni pishiqchilik, so'ritoklarda Oltinrang husayni ko'rsatar jamol. Anvoyi nashvati, sarxil noklardan Butoqlar egilmish go'yo majnuntol.

O'xshashi topilmas bog'ko'cha ko 'rkin, Go'yo ma'mur davr dasturxoni bu. Bog'bon qalbi kabi saxiy va to'kin, Mirishkor mehnatin chin nishoni bu.

Tambalar olinar darvozalardan, Tashrif buyurmoqda axir qutli tong. Tongotar pallasi bog'ko 'chalarda, Gulzorlarda besas ajib bir ohang. Shoirning "Namangan tongi" deya atalgan ushbu she'rida chin ma'noda Namangandagi tongi ko'rinish she'riy tarzda tasvirlab berilmoqda.

Tun kulrang etagin yig'ishtirmoqda Asriy chinorlarning yaproqlaridan.

Gul atri omuxta olma hidiga, Tutar yo'lovchining dimog'laridan. Tunning davri o'tdi. Yangi kunning ilk tongi Namanganda boshlanmoqda. Oxirlab borayotgan tun o'rnini tongga almashar ekan, atrofda kulrang hiralik o'rnini bejirim, hayotbaxsh quyosh nurlari egallamoqda.

Azaldan Namanganni "olmalari" mazasi, go'zalligi va hushbo'y hidi jihatidan xalq orasida ma'lum va mashxur hissoblanadi. Shoir ham aynan shuni moxirlik bilan, o'sha mashxur olmalar hidini gul hidiga aralashib, omuxta bo'lib atrofga sochilishi, har qanday yo'lovchini dimog'ini ochishini aytmoqda.

Ayni pishiqchilik, so'ritoklarda Oltinrang husayni ko'rsatar jamol. Anvoyi nashvati, sarxil noklardan

Butoqlar egilmish go'yo majnuntol.

Namangan-har tamoni daryo-yu tog'liklardan iborat serhosi vodiyning bir qismi. Asli, olmasi bilan mashxur viloyatning har qaysi qismida, moxir dehqonlar tomonidan yetishtirilgan uzumning har turi, nashvati va sarxil noklarini topishingiz mumkin. Ba'zi yerlarda esa meva solgan daraxtlar huddi majnuntoldek, hosilini ko'tarolmay yerga egilib qolishadi.

O'xshashi topilmas bog'ko'cha ko 'rkin, Go'yo ma'mur davr dasturxoni bu. Bog'bon qalbi kabi saxiy va to'kin, Mirishkor mehnatin chin nishoni bu.

Namanganda, hatto ko'chalardagi yo'l cheti, ariqlar atrofidagi kichik joylar ham qolmay, mehnatkash kishilar tomonidan ro'zg'or yoki kelib-ketuvchilarga salqinlik beruvchi turfa xil daraxtlar o'tqaziladi. Dasturxonlarning to'kinligi, shirin-shakarga boyligi, harki ko'ngil istaganini unda topmoq darkorligigi ham , davrimizni oqil siyosati, qalbi toza bog'bon saxiyligi, mirishkorni mehnatidan desak bo'laveradi.

Tambalar olinar darvozalardan, Tashrif buyurmoqda axir qutli tong. Tongotar pallasi bog'ko 'chalarda, Gulzorlarda besas ajib bir ohang.

Tong Namanganga kirib kelar ekan, kechalari berkitilgan darvozalar, bomdod vaqti kirishi bilan ochiladi. Har ko'cha, har uyda qut va barakaga, erta turishga chaqiruvchi xo'rozning qichqirig'i, bedananing tovushi tezda yangraydi. Gulzorlardagi chigirtkalar tovushi tinib, atrof qushlarning chug'ur-chug'uriga burkanadi.

Shoir ushbu she'rida Namangandagi oddiy tongni qanday boshlanishi tasvirlasa, "Namangan uchun" she'rida Namangan nomini ajoyib so'z o'yini ila kuylaydi :

Ko'kka ko'tarmadim Men seni maqtab, Qo'shiqlar bitmadim sha'ningga. Bagring tark etmadim Misoli mashrab.

Ya'ni Namangan asli dasht-u, so'zda jannat bo'lgan fayzi yo'q, yerlardan emaski, shoirlar uni ortiqcha maqtashsa, u haqida laganbardorlik ila qo'shiqlar kuylashsa. Lekin shoir, Namanganini yurakdan sevgani uchun, Mashrabdek boshqa yerga uzoq vaqt keta olmasligini yozmoqda.

Singib ketdim jismu joningga. Mensiz ham ayondir Elda shavkating, Zarurmas madhiya bitmog'im. Olamga yoyay deb Shonu shuhrating Shartmipoytaxtlarga ketmogim?!

Shoir Namanganda tug'il, Namanganda o'sdi,shon-shuxrat topdi. Ezgu va quvonchli vaqtlarni ham, qayg'uli kunlarni ham Namangan bilan qarshi oldi. Tom ma'noda u bilan jismi bir bo'lib ketdi. Endi, shundoq ham xalq orasida mashxur Namangan she'r ila madh etishga asli majbur emas. Men falonchi yaxshi yurt farzandiman, deya Toshkentlarga borib, jar solaman deya, bilaks, Namanganni ya'na sog'inishi kerakmi?

Olislarda yurib Qo'msab, sog'inib,

Sha'ningga yozmasdan qasida.

O'zing baxsh aylagan Qalbim cho'g'ini Xizmatingga qildim baxshida.

Olislarda yurib, Namanganni sog'inib, qasida bitkandan, shoir elida qolmoqlikni to'g'ri deb bilmoqda. Garchi she'r va qancha ko'p misralar bitmasa ham, doimo shoir qalbining to'ri Namanganniki, uni o'la o'lguncha hizmatini qiladi.

Sening farzandingman, Saodatim — shu!

Demasman, Sen yo men — yagona. Ovoza etmasman, Sevgim va tuygum Muhtoj emas maqtovga, ona!

Habib Sa'dulla uchun Namangan farzandi bo'lish baxt va saodatdir. Dunyoda Habibdek shoir bisyordir, Namangandek yirik shaxarlar ko'pdir. Biroq Namanganni "Namangan" qilib turgan o'sha Mashrta, o'sha So'fizoda, o'sha Habib bo'ladi. Ulug' shoirlar-u olimlarga belanchak bo'lgan, bu "onaga" hamma guvoh, maqtov esa shart emas!

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Sh.Ermanbetova, Habib Sa'dulla, Namangan, 2012

2. Habib Sa'dulla ijodiga oid ilmiy maqolalar

3. Internet ma'lumotlari: daryo.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.