Научная статья на тему 'SAMAR BONU VA HUVAYDO IJODINING UYG’UNLIGI'

SAMAR BONU VA HUVAYDO IJODINING UYG’UNLIGI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
134
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
:devon / shajara / she’riyat / iste’dod / mushtaraklik

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Mashhura Aktam Qizi Toshquvatova

Ushbu maqolada 19-asrda yashab ijod qilgan shoira Samar bonu ijodi bilan uning bobosi Huvaydo ijodi uyg’unligiga bag’ishlanadi. Shuningdek, Shoira g’azallarining mavzu mohiyati jihatidan Huvaydo ijodidan farqli jihatlari ham o’rganilib tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SAMAR BONU VA HUVAYDO IJODINING UYG’UNLIGI»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-209-213

SAMAR BONU VA HUVAYDO IJODINING UYG'UNLIGI

Mashhura Aktam qizi Toshquvatova

SamDU talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada 19-asrda yashab ijod qilgan shoira Samar bonu ijodi bilan uning bobosi Huvaydo ijodi uyg'unligiga bag'ishlanadi. Shuningdek, Shoira g'azallarining mavzu mohiyati jihatidan Huvaydo ijodidan farqli jihatlari ham o'rganilib tahlil qilinadi.

Kalit so'zlar:devon,shajara,she'riyat,iste'dod,mushtaraklik.

KIRISH

Taniqli olim To'xtasin Jalolovning " O'zbek shoiralari " asarida shoira Samar bonu ijodi haqidagi dastlabki ma'lumotlar berilgan. O'sha paytgacha shoira shaxsiyatiga oid bir qancha ma'lumotlarda xatoliklar kuzatilgan. Samar bonu bilan shoir Salohiddin Soqibni Huvaydoning nevaralari deb xato qilishgan. Keyinchalik shoir Salohiddin Soqibning" Huvaydo" devoni topilganida ular orasidagi shajaraviy bog'liqlik oydinlashdi. Buni shoir quyidagi she'ridan bilib olishimiz mumkin:

Bul kitobi xudo Huvaydoni, O'g'lidur O'sh shahri eshoni, Turbati xalqqa ziyoratgoh, Sarmazor oni der Ibodulloh, Xolmuhammad xalifa qutbi zamon, Oning o'g'li Sirojiddin eshon, Va laqabi she'rida Sirojiydur, Shuarolarning she'ri tojidur. Soqibi xastadil Salohiddin Valadi Mavlaviy Sirojiddin.

Bu she'rdan Samar bonu Huvaydoning nevarasi emas, chevarasi ekanligi oydinlashadi. E'tibor qaratadigan bo'lsak Huvaydo boshlab bergan ijod yo'li keyinchalik avlodlari tomonidan bir necha asr mobaynida davom ettirilgan. Uning davomchilaridan biri Samar bonu hisoblanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Huvaydo tasavvuf tariqatining naqshbandlik oqimiga mansub bo'lib, otasining

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-209-213

vafotidan so'ng shu oqimning rahbari bo'lib qolgan.Shuningdek, u baytlarida o'z qarashlarini aks ettirishga harakat qilgan. Olam go'yo bir oyna (mir'ot), inson qaysi tarafga boqmasin, unda xudoning jamolini ko'radi. Insonning o'zi ham xudoning bir zarrasi, inson o'z ijodkori xudoga oshiq.Unga yetish uchun riyozat chekib, ma'naviy kamolotga erishsa, qalbi pokiza bo'lsa, xudoning ma'vosi(o'rni) pokiza dil bo'lishi mumkin. Huvaydoning quyidagi baytida mana shu falsafiy tushunchaning yorqin ifodasini ko ' ramiz:

Jon uyin pokiza qilg'il, qolmasun gardu g'ubor-Men eshittim g'ayibdin: pokiza dil ma'voyin do'st.

Biroq so'fiylarning fikricha yorga, do'stga tiriklay yetib bo'lmaydi. Yorga yetish, uning vasliga vosil bo'lish uchun o'lish - fano bo'lish shart.

Samar bonu ijodi ham Huvaydo ijodi silsilasida davom etgan bo'lib, ushbu falsafiy oqim ham katta tasir ko'rsatgan. Lekin ijodiga chuqurroq nazar tashlasak, she'rlarida tasavvufdan ko'ra o'sha zamondagi nohaqliklar ustidan isyon tuyg'ularini uchratamiz:

Bonu aytur bu olamda, ki g'amsiz yurmadim hargiz, Bu dunyo davrini shodmonu xandon surmadim hargiz, Jahonda yurdimu turdim, necha chektim jafolarni, Jafosin ko'rdim, ey do'stlar, vafosin ko'rmadim hargiz. Jahonda har balo bo'lsa baham bo'ldi g'arib boshim, Sitam birla alamlarni surub yondirmadim hargiz...

Darhaqiqat, shoiraning bu alamli misralarida musulmon olamidagi ko'p Bonularning dilidagi , tilidagi alamlari kuyga solingan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Radifgo'ylik Sharq klassik adabiyotida chuqur tomir yoygan, keng tarqalgan adabiy an'ana. O'zbek va Tojik adabiyoti tarixida bu an'ana ayniqsa keng quloch yoygan. 19-asr Farg'ona va Xorazm shoirlarining Navoiyga ergashishi, shaklda shu ulug' san'atkorga taqlid qilishi mohiyat e'tibori bilan 19-asrning 15-asr bilan radifgo'yligi edi.

Radifgo'ylik-bir shoirning boshqa shoir g'azaliga, uning vaznini qofiya, radiflarini saqlagan holda, shu ruhda javob g'azal yozishdan iborat bir san'atdir.

Samar bonu ijodi Huvaydo ijodiga qisman o'xshashlikni quyidagi misollarda ochiq ko'rishinggiz mumkin.

Huvaydo:

Ayladim ishqing aro, ey sho'x, afg'on o'zga nav,

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-209-213

Aylag'ondek el aro Majnuni hayron o'zga nav.

Gul yuzungni, g'uncha og'zingni ko'rub ko'nglum qushi, Aylamas parvoyi gulzoru guliston o'zga nav.

Bonu:

Keldi bul kun qoshima noz ila jonon o'zga nav, Qomati ra'nosi chun sarvi xiromon o'zga nav.

Aydim: ey jonim, qadam qo'y diyda giryonim uza,

Xush kelibdursen dedim taxti Sulaymon o'zga nav.

Huvaydo:

Zulayxoyi zamon, ishq ofati davrondurur ul sho'x, Malohat misri ichra Yusufi Kan'ondur ul sho'x,

O'tubdur bu jahondin Shirinu uzgo ham Layli, Alardek nozanin simin badan Chimyondurur ul sho'x.

Bonu:

G'arib jonimg'a qildi har kuni yuz ming jafo ul sho'x, Vafoni izladim andin, bo'lubdur bevafo ul sho'x. Zulayxoyi Zamonida tug'uldi misri O'sh ichra, Menga ul Yusufi Kan'on kabi qo'ydi baho ul sho'x.

Yuqorida keltirilgan misollarni bir-biriga taqqoslab ko'rgan har bir ziyrak o'quvchi Bonu badiiy kamolotining qaysi zinasida ekanini darhol payqaydi. Bu jihat izohga muhtoj emas.

Huvaydoning havasini keltirgan "Sho'x" Shirin va Layli kabi "nozanin", "simin badan", buning ustiga chimyonlik, ya'ni shoirning hamqishloq qizi, Bonu g'azalida kuylagan "Sho'x" shoiraning hamshahri-"Misri O'sh ichra"(O'sh shahrida) tug'ilgan Yusufdek go'zal yigit. Bu she'rlardagi jug'rofiy aniqlik, jinsiy tafovut -ba'zilarning : "shoiralar erlar ovozini takrorlaydi, ularning g'azallarida qaysi jins haqida so'z borayotganini bilib bo'lmaydi", degan fikrlarni rad qiladi.

Samar Bonuning quyidagi g'azalida ham bobolari qatorida Huvaydoni tilga olganligini va unga bo'lgan hurmatini ham sezishimiz mumkin.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-209-213

Meros dedim bobomlardin Ilohi sayyida Qul Xoja Ahmad, Aningdek yaxshilardin bo'lsa behad.

Ilohi hurmati ul Xoja Hofiz, Menam bo'lsam ruboiy ichra mahfuz.

Ilohi hurmati Amir Alisher, Baharqqi So'fi Olloyordek er.

Ilohi hurmati u Shamsi Tabriz, Meni bu yerda rasvo qilmag'aysiz.

Ilohi rohati dildur Huvaydo, Bobom nisbatlari qilg'aymu shaydo.

Tasadduq men bo'lay, sultoni olam, Chimyon xalqiga sizdur mukarram.

Meros dedim bobomlardin ruboiy, Qolib meros bu so'zlarning matoi.

So'nggi bobom bu O'shda Sarmazori, Tasadduq ruhingizdin qil madori.

Bahaqqi ruhinggizni ayladim yod, Ruboiy aytib ko'ngulni ayladim shod.

Otamlar Mavlaviy Yorkentda hazrat, Ruboiy ayttim qilib onlarni hurmat.

Mening haqqimmudi so'z so'zlamoqqa, Ruboiy boqib men ko'zlamoqqa.

Otamlar hurmatidin so'zladim so'z,

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-209-213

Ruboiy mashg'ulidurman shabu ro'z.

G'aribu pur alam bir soddadurman, Ruboiy aytib bu dunyodin yengilman.

XULOSA

Bu g'azaldan shuni anglashimiz mumkinki Samar Bonuning bor ajdodlari shoirlik bilan shug'ullangan. Nafaqat g'azal balki ruboiy yozish bilan ham mashhur bo'lganligini bilishimiz mumkin. Bu g'azalda shoir Huvaydoni alohida tilga olib uning ham ruboiy yozishini aytib o'tadi. Shoir Huvaydo bilan Samar Bonu ijodi ko'p tomonlama o'xshashdir. Aniqrog'i , shoira Samar Bonu shoir bobosi Huvaydoning ijodini davom ettirgan deyishimiz mumkindir.

REFERENCES

1.To'xtasin Jalolovning "O'zbek shoiralari"

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.