Научная статья на тему 'NOZIK QALBNING UMMON QADAR TERAN IJODI'

NOZIK QALBNING UMMON QADAR TERAN IJODI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
76
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Usmon Nosir / she’rlar / vatan / go‘zal tabiat / mehr.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Rajapova Xulkaroy

Mazkur maqolada o‘zbek adabiyotining taniqli va xalqchil shoiri, mohir tarjimon Usmon Nosirning boy ijodi haqida fikrlar bayon etilgan. Yurtparvar shoirning otashin she’rlari to‘g‘risida mulohazalar bildirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «NOZIK QALBNING UMMON QADAR TERAN IJODI»

NOZIK QALBNING UMMON QADAR TERAN IJODI Rajapova Xulkaroy

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlato'zbek tili va adabiyoti universiteti Ona tili va

adabiyoti ta'limi fakulteti talabasi

hulkaroyraj apova@gmail .com https://doi.org/10.5281/zenodo.8051965 Annotatsiya. Mazkur maqolada o'zbek adabiyotining taniqli va xalqchil shoiri, mohir tarjimon Usmon Nosirning boy ijodi haqida fikrlar bayon etilgan. Yurtparvar shoirning otashin she 'rlari to'g'risida mulohazalar bildirilgan.

Kalit so'zlar: Usmon Nosir, she 'rlar, vatan, go'zal tabiat, mehr.

Adabiyotni otashin va uyg'oq qalbli insonlargina chuqur his qila olishadi. Haqiqiy ijod esa nihoyatda zalvarli yukki, bu vazifani bajarish, ijod qilish har kimga ham emas. O'zbek she'riyatida o'z ijodi bilan dillarga haqiqat, ezgulik urug'ini ekib ketgan shunday shoirlar borki, nafsilamrini aytganda, ularning ijodi - yuksak e'tirofga munosib. Ular o'z she'rlari bilan har bir insonning dil uyi bo'sag'asidan hatlab, kirib borganlar. Aynan shunday ijodkorlardan biri, shubhasiz, Usmon Nosirdir. Turob To'la o'zining zamondosh shoiri haqida shunday yozadi: "Usmon Nosir she'riyatimizga shamolday kirib keldi. Balki bo'ronday! U shunday to'polon va to'lqin bilan keldiki, uncha-muncha she'riy uslub va ijodni to's-to's qilib yubordi. Uni o'zimizda "O'zbekning Lermontovi", Moskva gazetalarida "Sharqda Pushkin paydo bo'libdi", - deb yozishdi." [1. https://kh.davron-uz saytida O'tkir Rashidning Usmon Nosir haqida yozganlari va shoirning she'rlari yoritilgan.] Usmon Nosir! O'zining nomini mangulikka yozib ketgan shoir! U - she'riyatda oddiy so'zlarning ham go'zal tasvirini chiza olgan shoir. U o'ynoqi ohangda she'rlar yoza olgan shoirdir. Usmon Nosir bir ijodida she'rni yurakning "chashma suvi"ga qiyoslab, 1933-yilda quyidagicha o'tli she'r yozadi: Sen yuragimning chashma suvi sen, Sen ko'zlarimning gavhar nurlari. Sening bahongni kim so'rasa, de:

"Bahom umrimning bahosiga teng!" [2. Usmon Nosir "Tanlangan asarlar" 17-bet] Ijod uning uchun butun bir hayot! Ijod qilish Usmon Nosir uchun oldida turgan yuksak vazifa, buyuk xizmatdir. U o'sha vazifani az tahti dil bajarib, umrning bahosiga teng she'rlar yozib qoldirdi.

Daydib ketgan o'g'lingni kechir, Emgim keldi; mehringdan ichir, Mast bo'layin chaqaloq kabi...

To'ysin o'g'lingning tashna qalbi! [3.Jadid adabiyoti namoyandalari "Usmon Nosir" 47 -bet] Yuraklarda po'rtana qo'zg'aguvchi yoniq satrlar! Yuqoridagi misralarda shoir onasiga murojaat qilyapti. Demak, eng qimmat va eng arzon tuyg'u mehr deganlaridek, ko'n gil doim mehr istaydi. Insonning ko'nglidagi gul mehr suvi bilan sug'orilsagina, yashnay oladi. Hayot tashvishlaridan horib, charchab qolgan shoirning qalbi onaning mehriga tashna! Har bir ona - o'z farzandining qalbshunosi! Yuragidan yurak, ustuxonidan ustuxon berib, farzand dunyoga keltirgan onalar dilbandi uchun har nega tayyor. Usmon Nosirning bu she'rini o'qigan o'quvchi shoirning yurak kechinmalarini anglabgina qolmay, onani ulug'lashni ham o'rganajak!

Usmon Nosir quyidagiday sodda va samimiy she'rlari bilan xalqning yuragidan joy olgan

edi:

Charos kabi qop-qora ko'zing,

Ko'zlaringga oy berkinibdi. (Jadid adabiyoti namoyandalari. "Usmon Nosir" 38 -

bet). Oyning ko'zga berkinishi chaqnoq va kulib turgan ko'zga ishoradir. Xo'sh, bu yerda sho ir "chaqnoq ko'z" desa bo'lmasmidi? Yo'q! Chunki, chiroyli o'xshatishlar bo'lmasa she'rning she'rligi qayerlarda qolib ketadi? Mana - uning uyg'oq qalbi! Yoki: Oyni cho'miltirgan tinch tunlaringni

Tushimda ko'rganda ne qilarman, o? (.Jadid adabiyoti namoyandalari "Usmon Nosir" 68-bet). Yuqoridagi parcha 1935-yilda yozilgan "Dengizga" she'ridan olingan parcha hisoblanadi. Bu otash satrlarda oyning aksi dengiz suvida jilolanishi tasviri chizilyapti. Dilni zabt etuvchi she'rlar... Yoki bo'lmasa:

Tiniq suvda cho'kib yotar osmon... Men qarab qoldim,

Keng nafas oldim. (.Jadid adabiyoti namoyandalari "Usmon Nosir" "Korab" she'ridan parcha 65-bet). Bu she'r ham o'ynoqi ohangda. Oddiy bo'yoqlardan foydalanib, gulogun ranglarga to'la manzara rasmini chizib qo'yyapti she'rlarida Usmon Nosir. Shuning uchun ham u xalqchil ijodkor bo'lolgan. Va VATANning muqaddasligini ham anglay olgan. She'rlarida ham vatanparvarlik ruhi ustun turadi:

Agar darkor bo'lsa har choq, Chorlasa, Vatan, Qo'lyozmalarimni tashlab,

Shinel kiyaman. (Jadid adabiyoti namoyandalari "Usmon Nosir" 53-bet) Bu she'ri bilan hozir ham o'quchini VATANni sevishga da'vat etadi. To'g'ri, yurtni darrov sevib qolib bo'lmaydi. Elga bo'lgan sevgi yillar sayin ulg'ayib boraveradi. Inson o'z tuprog'iga qay darajada mehr qo'ygani u qiladigan amallarda zuhurlanib boraveradi. "Lekin, siz bilan bizga Alloh O'zbekiston deb atalgan tuprog'ida oltin gullaydigan, qishlarida bahor shivirlaydigan, tog' desa tog'i bor, bog' desa bog'I bor, har tong bulbullar madhini o'qib tamom qilolmaydigan yurtni Vatan qlib bergan ekan, biz bundan o'zimizni BAXTLI deb bilmog'imiz kerak", - degan edi O'zbekiston Qahramoni Ozod Sharafiddinov o'zining "O'lsam ayrilmasman quchoqlaringdan" nomli maqolasida. Vatan obodligi yo'lida, avvalo, dilni obod qilish lozim. "Haqiqiy shoirlar har qachon o'z yurtlarining timsoli bo'ladilar. Ular o'z yurtlarining daryolariga, o'z osmonlarining bulutlariga, o'z tog'lariing mingashma cho'qqilariga, o'z yo'llarining karvonlariga va o'z onalarining chaqaloqlariga o'xshaydilar." (https ://kh.davron -uz saytida Ibrohim G'afurovning Usmon Nosir haqida yozgan "Qismatning ovozi" maqolasi yoritilgan.) Usmon Nosir ham ana shunday haqiqiy shoir edi: Yurt ustida yosh to'kar osmon, yosh to'kar osmon. Yig'lab o'tirmadik qayg'u yeb. Mamlaktni tiklagani ketdik, tiklagani ketdik,

Bu bog'larning bog'boni - biz! - deb. (Usmon Nosir "Tanlangan asarlar" 27-bet) Xalqning tashvishini o'ylab yashash darkor. Chunki, har bir inson insoniylik burchidan kelib chiqqan holda, el haqida qayg'urmog'i kerak. Qolgani esa sekin-asta bo'lajak! Hayot qozonida qaynab, ancha qiyinchiliklarni tatigan Usmon: Yig'lab o'tardim ko'chalardan,

Ko'z yoshimni shimgan yer guvoh,

- deydi "Qora satrlar" she'rida. (Usmon Nosir "Tanlangan asarlar" 29-bet). Uning ashki oddiy ashk emas. Achchiq va g'amnok ashk... Yoki Murmanskda yozgan "Baliqchi" she'ridan bir parcha:

Xayol - dengiz, men - baliq,

Qalbimda nayim choliq... (Usmon Nosir "Tanlangan asarlar" 58-bet). Dengiz tubsizlikdan iborat. Undagi turfa baliqlar, dur-u javohirlarning bormi hisobi? Shuning uchun xayolni dengizga, o'zini esa xayolot dengizidagi bir baliqqa mengzaydi shoir. U adabiyot ixlosmandlari uchun teran ijod qilgan o'zbek shoiri. Nozik qalbga ega bo'lgan ijodkorning she'rlari ana shunday samimiylikka yo'g'rilgan. "Uning sevgisi butun va bo'linmas. Usmon Nosirning she'rlari nurdan to'qilgan. Ular ichdan nurlanib turadilar", - deya yozadi Ibrohim G'afurov. (https://kh.davron-uz saytida Ibrohim G'afurovning Usmon Nosir haqida yozgan "Qismatning ovozi" maqolasidan.) Aslida, yozilgan har bir she'r - shoirning bolalari. Qog'oz esa shu bolalarni yo'rgaklaydi. Bugun shoir qog'ozga o'ralgan she'rlari bilan ko'ngillarda yashayapti va yashashda davom etajak! "Bargdek uzilib" ketgan shoirni bugun bog'i unutmadi, muallif "Bog'im" she'rida yozgani yanglig': She'rlarim yangrab qolur -Bir umrga o'lmayman! Hayotimning davomi -Kelajagimga homiy, O'rnimga bog'bon bo'lur -

Bir umrga o'lmayman! (Jadid adabiyoti namoyandalari "Usmon Nosir" 62-bet)

Shoir boy ijodi bilan tirik! Qisqa umrni mazmunli yashab o'tdi. Bugun ma'naviy hayotga

qaytdi.

Muxtasar so'z o'rnida aytganda, Usmon Nosir o'zining "kelajak obidasin" qurgan shoirdir:

Kelajagim obidasin qurgan insonman!

O'sha jonman, o'sha qonman va o'sha shonman. (Jadid adabiyoti namoyandalari "Usmon Nosir" 62-bet).

REFERENCES

1. https://kh.davron-uz saytidagi ma'lumotlar

2. Usmon Nosir "Tanlangan asarlar". She'rlar, poemalar, tarjimalar, dramalar. T.: "O'zSSR Davlat badiiy adabiyot nashriyoti" 1959. 128 b.

3. Jadid adabiyoti namoyandalari Usmon Nosir. She'rlar, dostonlar, tarjimalar. T.: "Zabarjad media" 2022. 114 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.