Научная статья на тему 'Guruh rahbarining sinfdan tashqari o’tkaziladigan ish shakllari'

Guruh rahbarining sinfdan tashqari o’tkaziladigan ish shakllari Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
436
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
pedagog / guruh rahbari / pedagogik jamoa / buyuk o’qituvchilar / jamoat tashkilotlari / sinfdan tashqari individual shakllar

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Asilbek Sherali O’g’li Jo’rayev

Bu maqolada sinf rahbarining darsdan tashqari o‘tkazadigan ish shakllari to‘g‘risida atroflicha so‘z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Guruh rahbarining sinfdan tashqari o’tkaziladigan ish shakllari»

Guruh rahbarining sinfdan tashqari o'tkaziladigan ish

shakllari

Asilbek Sherali o'g'li Jo'rayev Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti

Annotatsiya: Bu maqolada sinf rahbarining darsdan tashqari o'tkazadigan ish shakllari to'g'risida atroflicha so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: pedagog, guruh rahbari, pedagogik jamoa, buyuk o'qituvchilar, jamoat tashkilotlari, sinfdan tashqari individual shakllar

Forms of the group leader's work outside the classroom

Asilbek Sherali oglu Jorayev Tashkent State University of Uzbek Language and Literature named after

Alisher Navoi

Abstract: In this article, there is a detailed discussion of the forms of work of the class leader outside the classroom.

Keywords: pedagogue, group leader, pedagogical team, great teachers, public organizations, individual forms outside the classroom

Pedagog - inson qalbining muhandisidir. Bu fikr ayni haqiqat. O'z kasbining fidoiysi bo'lmish ustoz bola manfaatlarini to'g'ri yo'naltiradi va zaruriy ko'nikmalarni shakllantiradi.

Avvalambor o'qituvchining o'zi doimo bilimini to'ldirishi, boshida saqlangan ma'lumotlarni yangilab turishi kerak. Va agar o'qituvchi o'z ustida ishlamasa talabalar, hattoki maktab o'quvchilari ham bunday murabbiydan ko'ra internetni afzal ko'rishlari tabiiy. Temir ham bir joyda tursa zanglaydi, suv ham idishda uzoq muddat tursa ayniydi. Shunday ekan, yuqoridagi fikr ayni haqiqat. Bugungi kun o'qituvchisi o'z ustida tinimsiz ishlashi va yangiliklarni doimiy qo'llay olishi zarur.

Guruh rahbari nafaqat sinfda undan tashqarida ham o'quvchi bilan tashkiliy ishlar o'tkazadi. Sinfdan tashqari ishlar o'quvchilarni barkamol shaxs sifatida shakllantirish va ularni hayotga tayyorlashda keng imkoniyatlar yaratadi. Sinfdan tashqari ishlarga o'quvchilar bilan o'tkaziladigan va ularga tarbiya hamda bilim berishga qaratilgan turli xil mashg'ulotlar tizimi kiradi. Bunday mashg'ulotlar pedagogik jamoa, sinf rahbari, yoshlar tashkilotlari rahbarligi va bolalarning o'z-o'zini boshqarish tashkilotlari tomonidan darsdan tashqari vaqtda uyushtiriladi. O'quvchilarning sinfdan tashqari

ishlarni tashkil etishda o'quvchilar saroylari, yosh texniklar, yosh tabiatshunoslar, yosh sayyohlar klubi va maktabdan tashqari boshqa muassasalar katta yordam beradi. Sinfdan tashqari ishlarning asosiy shakllari sifatida ommaviy ishlar (maktab klublaridagi tadbirlar, kecha, munozara va tanlovlar o'tkazish, viktorina va ko'rgazmalar uyushtirish, tabiat qo'yniga, maktab va muzeylarga ekskursiyalarga chiqish), to'garak ishlari (o'quvchilarning turli to'garaklar, sport seksiyalari, ansambllardagi qatnashishlari), mustaqil ishlar (o'quvchilarning sinfdan tashqari o'qishi, kolleksiya to'plashi, texnika, musiqa, tasviriy san'at, chizmachilik va shu kabilar bilan bilan mustaqil shug'ullanishi)ni ko'rsatish mumkin.

Bu jarayonda o'qituvchi o'quvchiga darsda o'tilgan mavzularni chuqur tushuntirish bilan birga kelajakda shug'ullanuvchi mashg'ulotiga yo'nalish berishi mumkin. Eng muhimi bu jarayonda o'qituvchi o'quvchi vaqtini foydali va unumli sarflanishiga va mashg'ulotlarning o'quvchi uchun qiziqroq bo'lishiga erishadi.

Guruh bilan ishlaganda o'quvchi uchun dars mashg'ulotining foydali bo'lishi bilan birga qiziq bo'lishi ham amaliy ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan bu borada sinfdan tashqari mashg'ulotlarda ham bunga albatta ahamiyat berish lozim deb hisoblayman. O'quvchiga tanlov imkoniyatini berish va bu tanlovda natijaga erishishiga yordam berish o'qituvchi vazifasidir.

Yaxshi o'qituvchi va ajoyib o'qituvchi o'rtasidagi farq nimada? Yaxshi o'qituvchi, o'quvchining qobilyatini chegaralargacha rivojlantiradi. Tabiiiyki buyuk o'qituvchilar bu chegarani darhol ko'radi (Mariya Kallas).

Menimcha barcha mutafakkirlar ta'limni beshikdan boshlash kerak degan xulosaga kelishgan. Bizdagi asosiy vazifa o'quvchilarni aqliy mehnatga o'rgatishdan iborat va bu vazifa ob'ektni o'zidan ko'ra muhimroqdir. Yaxshi o'qituvchi albatta bu borada o'quvchiga yordam bera oladi. Lekin, ajoyib o'qituvchi nafaqat yordam bera oladi. Balki, bu chegaradan o'tib ketishda unga ko'makdosh bo'la oladi. Shundagina jamiyatda o'z chegarasidan o'tib ketuvchi avlodni shakllantirish mumkin. Bunga faqatgina o'qituvchilar mehnati orqaligina yetishish mumkin.

Yuqoridagi fikrda mutafakkirlar ta'limni beshikdan boshlash kerak deb aytishmoqda. Bu g'oyaga ko'ra insonning birinchi ustozi uning ota-onasi. Ular bolaga ilk murabbiy bo'lishar ekan o'qituvchilar o'quvchi bilan ishlashda albatta ota-onalar bilan hamkorlik qilishi maqsadga muvofiq. Guruhdan tashqari ishlashda ham bu masalaga albatta urg'u berish lozim deb hisoblayman. Guruhdan tashqari ish shakllari o'zi qanday tashkil etiladi? Jamoat tashkilotlari o'quvchilar bilan darsdan tashqari vaqtlarda olib boriladigan xilma-xil mashg'ulotlarni o'qituvchilar yordamida tashkil qiladilar. Sinfdan tashqari ishlar o'z mazmuniga ko'ra juda xilma-xil: ijtimoiy-siyosiy, ilmiy, ijtimoiy foydali, badantarbiya-sog'lomlashtirish ishlari bo'ladi. Sinfdan tashqari ishlar uch xil shaklda: ommaviy, to'garak va individual shakllarda tashkil qilinadi.

Ommaviy shakllar: ertaliklar, maktab kechalari, bolalar bayramlari, ko'riklar, quvnoqlar va topqirlar to'garagi, sayr, sinf va maktab muzeylari, bolalar ishlarining ko'rgazmalari va hokazolar. To'garak shakllari: maktabdagi har bir to'garak o'zining doimiy ish kunlari va soatlariga ega bo'lishi lozim. To'garakda qat'iy intizom bo'lishi: to'garak a'zolari mashg'ulotlariga kechikmasdan kelishlari, to'garak topshiriqlarini batartib bajarishlari, to'garakning moddiy boyliklarini ehtiyot qilishlari kerak.

Sinfdan tashqari individual shakllar: har bir o'quvchi mayl va qobiliyatlarining rivojlanishiga yordam beradi. Bu ishda sinfdan tashqari o'qish katta ahamiyatga ega. Maktabda har bir sinf uchun sinfdan tashqari o'qish dasturi bor. O'quvchining nima o'qiyotgani va o'qigan narsalarini qanday idrok qilayotganini o'qituvchi bilishi juda muhim. Shuning uchun o'qituvchining sinfdan tashqari o'qishga rahbarligi eng yaxshi kitoblarni targ'ib qilish va o'quvchilarda o'qilgan darsliklarni to'g'ri, chuqur idrok etishni rivojlantirishdan iborat.

Yuqorida bildirilgan fikrlarga ko'ra guruhdan tashqari o'tkaziladigan ish shakllari albatta jamoat tashkilotlari o'quvchilar bilan darsdan tashqari olib boruvchi xilma xil mashg'ulotlar to'plami. Shunday tashkil qilingan mashg'ulotlar albatta o'qituvchi va ota-ona hamkorlik qilgani ma'qul. Chunki, bu mashg'ulotlar o'quvchiga nafaqat qo'shimcha bilim beradi, balki, kelajakda o'zi shug'ullanuvchi kasb tanlashiga ham yordam beradi.

Bundan kelib chiqadigan bo'lsak bu ta'lim muassasasining ichki va tashqi imkoniyatlariga ham bog'liq. Bu borada ta'lom muassasasi eng to'g'ri qarorni chiqaradi. Bundan ko'rinib turibdiki, guruh rahbarining muhim vazifalaridan biri o'quvchining o'qishga bo'lgan havasini, e'tiqodini va qobilyatini rivojlantirish. Kelajakda egallashi zarur bo'lgan kasb-hunarga layoqatini va qiziqishini o'stirish.

Bundan tashqari o'qituvchi o'quvchining yosh va ruxiy xususiyatlarini rivojlantirishi va ularning salomatligini ham himoya qilishi zarur.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak o'qituvchi o'z o'quvchilarini shaxs sifatida o'rganishi, ularga alohida e'tibor qaratishi, individual maslahat bera olishi, guruhda va guruhdan tashqarida uning qobiliyatlarini kuchaytirishga yordam berishi va o'zining qirralarini ko'rsata olishi zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. G.Shodmonova, N.D.Ibragimova, R. Xojimuhammedova. "Tarbiyaviy ishlar metodikasi"

2. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti B.X.Hodjayev.

3. Manzura Murodjon qizi Mansurova "Guruh rahbarining sinfdan tashqari o'tkaziladigan ish shakllari" SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME3 ISSUE4 2022 ISSSN: 2181-1601

4. Mohinabonu Hasan qizi Hamroyeva "Guruh rahbarining sinfdan tashqari o'tkaziladigan ish shakllari" SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME3 ISSUE4 2022 ISSSN: 2181-1601

5. Гайдаров, С. А. (2023). ТАРИХ ДАРСЛАРИДА САНЪАТ АСАРЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ УСУЛЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(1/2), 92-96.

6. Аслонов И. (2022) «Бобурнома» бадиий - психологик тасвир муаммоси объекти сифатида. O'zMU xabarlari. Toshkent - 2022. №1/5.

7. Aslonov Ilhom Nizomovich. (2022) The Problem of Artistic - Psychological Image in Boburnoma. Eurasian Scientific Herald. Volume 7| April, 2022. ISSN: 27957365.

8. Aslonov Ilhom Nizomovich. (2022) Appearance of Zahiriddin Muhammad Bobur in "Boburnoma"Central Asian journal of theoretical and applied sciences Volume: 03 Issue: 06 | Jun 2022 ISSN: 2660-5317.

9. Sattorov V.N (2023). Umumiy pedagogika fani taraqqiyotining ustuvor yo'nalishlari. ORIENTAL RENAISSANCE: INNOVATIVE, EDUCATIONAL, NATURAL AND SOCIAL SCIENCES,3, 710-719. (2023)

10. Sattorov V.N (2023). Umumiy pedagogika fanini o'qitishda inovatsialar. ORIENTAL RENAISSANCE: INNOVATIVE, EDUCATIONAL, NATURAL AND SOCIAL SCIENCES,3, 734-745 (2023).

11. Sattorov V.N (2022). Methods of shaping the culture of the teacher. Journal of Educational Discoveries and Lifelong Learning. vol 3 no.02. 36-41 (2022). ISSN (online): 2776-0995

12. Sattorov V.N (2023). Indicators of Pedagogical Competence and its Effectivenss. International Journal of Inclusive and Sustainable Education. vol 2 no.02. 86-88. (2023). ISSN(e): 2833-5414

13. Arapbaeva Damegul Kurbanovna, Amirova Bibisara Aubakirovna. Personal Psychological Adaptation and its Characteristics. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION. VOL. 2. NO 2. 2023. -P. 68-70.

14. Hamroyeva, M. H. Q. (2022). GURUH RAHBARINING SINFDAN TASHQARI O'TKAZILADIGAN ISH SHAKLLARI. Scientific progress, 3(4), 309312.

15. Razzaqovna, A. K., & Atabekovna, R. U. (2022). BOSHLANG 'ICH SINFLARDA SINFDAN TASHQARI TARBIYAVIY ISHLARNING AHAMIYATI. " Uchinchi renessansda ilmiy-amaliy tadqiqotlarning dolzarb muammolari" mavzusidagi onlayn konferensiyasi, 1(8), 65-67.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.