GURUH RAHBARINING SINFDAN TASHQARI O'TKAZILADIGAN ISH
SHAKLLARI
Mohinabonu Hasan qizi Hamroyeva
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi
ANNOTATSIYA
Pedagog - inson albining muhandisidir. O'z kasbini sevadigan o'qituvchi bolaning manfaatlarini to'g'ri yo'naltirishga, qurulish uchun zarur ko'nikmalarni shakllantirishga qodir.
Tayanch so'zlar. Pedagog, o'quvchi, internet, daxildorlik, barkamol shaxs, imkoniyat, tajriba, sarmoya, natija.
Darhaqiqat, biz butun umrimiz davomida o'rganamiz, kimdir o'z tajribasiga yana kimdir boshqalarning xatolarini o'rganishga vaqt sarflaydi. Xo'sh sizningcha bu qanchalik to'g'ri?
O'qituvchi eng kuchli, mas'uliyatli vazifa ustida ishlamoqda - u insonni shakllantiradi. Zero, pedagog - inson qalbining muhandisidir.
O'z kasbini sevadigan o'qituvchi bolaning manfaatlarini to'g'ri yo'naltirishga, qurulish uchun zarur ko'nikmalarni shakillantirishga qodir.
Ishlatilgan kalit zanglamas deganlaridek; fikrlashdan, faollikdan, ilm olishdan, daxldorlikdan hech qachon to'xtamaslik kerak. Bir so'z bilan aytganda ilm bir joyda turmaydi!
Avvalombor o'qituvchining o'zi doimo bilimini to'ldirishi, boshida saqlangan ma'lumotlarni yangilab turishi kerak. Va agar o'qituvchi o'z ustida ishlamasa talabalar, hattoki maktab o'qituvchilari ham bunday murabbiydan ko'ra internetni afzal ko'rishadi.
Yaxshi o'qituvchi va ajoyib o'qituvchi o'rtasidagi farq nimada?
Yaxshi o'qituvchi, o'quvchining qobilyatini chegaralargacha rivojlantiradi. Tabiiiyki buyuk o'qituvchilar bu chegarani darhol ko'radi (Mariya Kallas).
Menimcha barcha mutafakkirlar ta'limni beshikdan boshlash kerak degan xulosaga kelishgan. Bizdagi asosiy vazifa o'quvchilarni aqliy mehnatga o'rgatishdan iborat va bu vazifa ob'ektni o'zidan ko'ra muhimroqdir.
SHunday ekan bizda guruh rahbarlarining nafaqat sinfda balki, sinfdan tashqari ish shaklllarida ham o'zgacha mazmun jamlashi lozim.
Sinfdan tashqari ishlar — umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quv tarbiyaviy ishining tarkibiy qismi, o'quvchilarning bo'sh vaqtini tashkil etish shakllaridan biri. Sinfdan tashqari ishlar o'quvchilarni barkamol shaxs sifatida shakllantirish va ularni hayotga tayyorlashda keng imkoniyatlar yaratadi. Sinfdan tashqari ishlarga o'quvchilar bilan
o'tkaziladigan va ularga tarbiya hamda bilim berishga qaratilgan turli xil mashg'ulotlar tizimi kiradi. Bunday mashg'ulotlar pedagogik jamoa, sinf rahbari, yoshlar tashkilotlari rahbarligi va bolalarning o'z-o'zini boshqarish tashkilotlari tomonidan darsdan tashqari vaqtda uyushtiriladi. O'quvchilarning sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda o'quvchilar saroylari, yosh texniklar, yosh tabiatshunoslar, yosh sayyohlar klubi va maktabdan tashqari boshqa muassasalar katta yordam beradi. Sinfdan tashqari ishlarning asosiy shakllari sifatida ommaviy ishlar (maktab klublaridagi tadbirlar, kecha, munozara va tanlovlar o'tkazish, viktorina va ko'rgazmalar uyushtirish, tabiat qo'yniga, maktab va muzeylarga ekskursiyalarga chiqish), to'garak ishlari (o'quvchilarning turli to'garaklar, sport seksiyalari, ansambllardagi qatnashishlari), mustaqil ishlar (o'quvchilarning sinfdan tashqari o'qishi, kolleksiya to'plashi, texnika, musiqa, tasviriy san'at, chizmachilik va sh.k. bilan mustaqil shug'ullanishi)ni ko'rsatish mumkin.
Maksim Gorkiyning aytishicha: " Insonga bilim zarurligini isbotlash uni ko'rishning foydaligiga ishontirish bilan barobardir "
Bundan xulosa qilib aytishimiz mumkinki yuqorida bildirilgan fikrlar, ...olingan iqtiboslar..., ko'rsatilgan amaliy mashg'ulotlar shu bilan birga bilim uchun ajratilgan har qanday ( vaqt, sabr, sarmoyalar...) kun kelib albatta natija beradi.
Sinf rahbari sinfdagi barcha ishlarni, jumladan tarbiyaviy ishlarni ham rejalashtiradi. Reja asosida esa o'quvchilarga aqliy, axloqiy, vatanparvarlik, huquqiy, iqtisodiy, mehnat, nafosat, ekalogik, jismoniy tarbiya berish, o'quvchilarni shaxsiy ozodalikka o'rgatish orqali ularda nafislikni, go'zallikni, nafosat tarbiyasini amalga oshiradi.
Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil qiladi, bunda aqliy, axloqiy, vatanparvarlik, huquqiy va boshqa tarbiyalar bo'yicha belgilangan ishlar va tadbirlar, kasbga yo'naltirish ishlari, sinfdan tashqari o'qishni tashkil qilish, o'qilgan asarlar yuzasidan suhbatlar o'tkazish, sinfda adabiy ko'rgazma tashkil qilish, sinfda ko'rgazmali tashviqot ishlarini olib borish (sinf burchagi, devoriy gazetalar, plakatlar chiqarish, sinfni mazmunli bezash, ekologik burchak tashkil qilish va boshqalar) ishlarini amalga oshiradi.
Sinf rahbarininng vazifalari
Sinf rahbarining asosiy vazifasi-o'quvchilarning ahil guruhlarini, aniq maqsadga yo'naltirilgan ishchan jamoani tashkil qila olish va ularnI ta'lim-tarbiyali shaxslar, kelajagi buyuk davlatning haqiqiy egalari, komil insonlar etib voyaga yetkazishdir.
Sinf rahbarlari o'quvchilariga mehribon bo'lishi, ularning o'sib-ulg'ayishlarini pedagogik kuzatuvlar asosida nazorat etishi, yordamga muhtoj o'quvchilarga yakka holda yondosha olishi lozim. Shu asosda ular qalbida milliy g'urur, vatanparvarlik, mehr-muruvvat, mas'uliyat, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik kabi xislatlarini uyg'otadi.
Sinf rahbari ishini o'quvchilarning yosh xususiyatlarini va umumiy rivojlanish darajalarini, qobiliyatlarini hisobga olgan holda, keng qamrovli tarbiyaviy ishlar va aniq mezonlar asosida tashkil etadi.
Jumladan: Oquvchilarni Milliy g'oya va ma'naviyat asoslari ruhida tarbiyalash yonalishida;Oquvchilarni vatanga fidoiylik, davlat ramzlariga sadoqat, milliy g'oya ruhida tarbiyalash;
Oquvchilar ongiga o'zi tug ilib ulg'aygan yurtiga, buyuk ajdodlarimiz merosi va xalqimizning bugungi bunyodkorlik ishlariga yuksak ehtirom tuyg'ularini singdirish, yurti-mizda bunyod etilayotgan inshootlar, ma'rifat maskanlari bilan tanishtirib borish;
Sinfda o'quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyat-lar ruhida tarbiyalash muhitini yaratish, tarbiya jarayoniga boy madaniy merosimiz, milliy odob-axloq me'yorlarini tatbiq etish, mehnatga ijodiy munosabatni tarbiyalash;Oquvchilarni o zbek va boshqa xalqlarning madaniy, tarixiy, milliy an'analariga hurmat ruhida tarbiyalash;
Sinfdan tashqari ishlar deganda - maktab o'qituvchilari yoki chetdan taklif qilingan mutaxassislar rahbarligi ostida maktabda darsdan tashqi vaqtda o'quvchilar o'rtasida yo'lga qo'yiladigan va olib boriladigan talim-tarbiya ishlari nazarda tutiladi. Maktabdan tashqari ishlar o'quvchilar bilan olib boriladigan, maxsus tashkil etilgan muassasalar tomonidan uyushtiriladigan talim-tarbiya va madaniy ishlardan iboratdir.
Bu ishlarni olib borish tartibi O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida" gi Qonunining II bob 17-moddasi "Maktabdan tashqari ta'lim" ni tashkil etish masalasini aniq belgilab bergan: "Bolalar va o'smirlarning yakka tartibdagi ehtiyojlarni qondirish, ularning bo'sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat birlashmalari, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar, madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo'nalishlarda maktabdan tashqari ta'lim muassasalarni tashkil etishlari mumkin" Maktabdan tashqari ta'lim muassasalariga bolalar, o'smirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari, bolalar-o'smirlar sport maktablari, san'at maktablari, musiqa maktablari, kutubxonalar, sog'lomlashtirish muassasalari va boshqa muassasalar kiradi.
Oquvchilar bilan olib boriladigan sinfdan va maktabdan tashqi ishlarga talim-tarbiya jarayoning ajralmas tarkibiy qismidir. U darslarda olib boriladigan o'quv-tarbiya ishlarini mustahkamlab va to ldirib borishi bilan birgalikda o'quvchilarni pedagogik tasir ostiga tola ravishda jalb etishga hamda dars uchun ajratilgan vaqt ichida amalga oshirilishi qiyin bolgan yoki butunlay iloji bolmagan bir qancha muhim tarbiyaviy vazifalarni hal qilishga yordam beradi.
Qiziqish va intilishlarini darslarda, masalan, fizika darslarida, yetarlicha qondirish mumkin emas. Bu vazifani o quvchilar bilan ularni qiziqtirgan masalalar bo yicha darsdan tashqi mashg'ulotlar o'tkazish yo'li bilangina maqsadga muvofiq ravishda hal qilish mumkin.
REFERENCES
1. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat engilmas kuch. T.; Ma'naviyat, 2008.
2. Karimov I.A. Barkamol avlod O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. -T.: «O'zbekiston» 1997.
3. A.K. Munavvar. Oila pedagogikasi.-T., ,,O'qituvchi'', 1994.
4. Khaydarov, S. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. In Conference Proceedings (pp. 41-43).
5. Davrenov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA DAVLATI TARIXINI AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).
6. Narmatov, D., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA ISPANIYA XV-XVII ASRLARDAGI TARIXI. Scientific progress, 1(6).
7. Elguzarov, B. B. O. G. L., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA MITANNI DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6), 616-619.
8. Erkinov, A. S. O., & Haydarov, S. (2021). YUNON-BAQTRYA PODSHOLIGINING IJTIMOYI TUZIMI, XO'JALIGI VA MADANIYATI. Scientific progress, 1(6), 620-622.
9. Nematov, M. D. O., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI ORGANISHDA SHUMER-AKKAD DAVLATCHILIGINING ORNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).
10. Ermatov, F., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA 1870-1914 YILLARDA ANGLIYANING O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(6).
11. Do'Stmurodov, S., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA XVI-XVIII ASRLARDA HINDISTONNI O'RGANISH. Scientific progress, 1(6).
12. Mengboyev, S. N., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA URARTU PODISHOLIGINING O'RNI. Scientific progress, 1(6).
13. Asqarov, N. S. O., & Haydarov, S. (2021). ARAB XALIFALIGINING POYTAXTI BAG'DODNING TANAZZULGA YUZ TUTISHI. Scientific progress, 1(6).
14. Ro'Zmetov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA SOSONIYLAR DAVLATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).
15. Tulaboyev, D., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA MESOPATAMIYANING TARIXI VA DINI: O'RNI HAMDA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).
16. Хдйдаров, С.А., (2022). Захриддин Мухаммад Бобур: бир кулда муйкалам-у, бир кулда тож. Scientific progress, 3(3).