Научная статья на тему 'GURUH RAHBARINING SINFDAN TASHQARIDA O'TKAZILADIGAN ISH SHAKLLARI.'

GURUH RAHBARINING SINFDAN TASHQARIDA O'TKAZILADIGAN ISH SHAKLLARI. Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
2248
101
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Guruh rahbari / yaratuvchanlik / motivator / maslahatchi / qiziqtira olishlilik.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Manzura Murodjon Qizi Mansurova

Ushbu maqolada "Guruh rahbari kim? U qanda vazifalar olib borishi va sinfdan tashqari faoliyatlar shakllari yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «GURUH RAHBARINING SINFDAN TASHQARIDA O'TKAZILADIGAN ISH SHAKLLARI.»

GURUH RAHBARINING SINFDAN TASHQARIDA O'TKAZILADIGAN ISH

SHAKLLARI.

Manzura Murodjon qizi Mansurova

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti

talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada "Guruh rahbari kim? U qanda vazifalar olib borishi va sinfdan tashqari faoliyatlar shakllari yoritib berilgan.

Tayanch so'zlar. Guruh rahbari, yaratuvchanlik,motivator, maslahatchi, qiziqtira olishlilik.

Guruh rahbari maktabda va keng jamoatchilik orasida sinf o'quvchilarining (ota-onalari bilan birgalikda) tarbiyalanganlik darajasiga javobgar shaxs hisoblanadi. Ta'lim muhitida o'qituvchining ro'li juda xilma-xildir.Sinfda u o'qituvchi tanqidchi, intizomchi, motivator, namuna va maslahatchi bo'la olishi kerak. Shu tufayli, o'qituvchining ishi sinfdan tashqari boshqa ro'llarni ham qamrab olishi shubxasiz. Ko'plab guruh rahbarlari yaxshi munosabat o'rnatish uchun yoki boshqa bir sabablarga ko'ra sinfdan tashqari ish faoliyatlarini ham olib borishni o'z zimmalariga oladilar. Sinf rahbarining o'quv muhitidan tashqaridagi ro'llariga quyidagilar kiradi: murabbiy, tadbir-bayramlar homiysi, repititor va maslahatchi.

O'qituvchi maslahatchi sifatida. Ko'plab maktablarda o'quvchilarning maktabdagi muvaffaqiyatiga ta'sir qiladigan o'quvdan tashqari muammolarni hal qilish uchun maslahatchilar ishlashi mumkin. Biroq sinf rahbarlar o'z talabalariga maslahatchi bo'lib xizmat qiladilar. Negaki, o'quvchi maktab maslahatchisidan ko'ra, allaqachon yaqin munosabat o'rnatgan sinf rahbariga muammo va holatini tushuntirishni afzal ko'radi. Deyarli har kuni o'quvchilar bilan muloqotda bo'lganligi sababli, ularning muammolarini eng avvalo ilar tushunib yetadilar, muqobil yechim topa oladilar. Ayrim maktablarda sinf rahbar bir vaqtning o'zida repetitor sifatida ish olib boradi. Hatto uzoq yerda joylashgan kichik maktablarga ham e'tibor kuchayganligi sababli, darsdan so'ng repititorlik qilishlariga imkon yaratildi. Maktabdan tashqari repititorlik qilish o'quvchilarning muvaffaqiyatlariga erishish ehtimolini oshiradi.

Aksariyat o'qituvchilar o'zlarining kundalik o'qituvchilik vazifalari bilan juda band. Bularga sinfdan tashqari qo'shimcha ish shakllari qo'shilsa, mas'uliyat bilan yondashib ishga to'lib toshgan kunlarini yakunlaydilar.

Ta'lim tarbiya va uning natijalari uning qay darajada tashkil etilganligi va uning oxiri qanday samara bilan tugashiga bog'liq. Bu bog'liqlik esa guruh rahbarining qay darajada ish faoliyatini olib borayotganiga bog'liq. Bilamizki, guruh rahbarlar har kuni

iloji boricha har bir talabaning kunlik faoliyatini kuzatishga, hech birini chetdan qoldirmaslikka intilishadi. Misol uchun : kunlik davomat olishlar, darsga kechikib kelish sabablari, sog'ligi , hayotida ro'y berayotgan muammo-qiyinchilikka , har bir fan o'qituvchiis bilan talabaning ishtirokini so'rashga befarq bo'lmaydilar. Ular doimo harakatda, ijodda turadilar va shu bilan talabalar qalbining muhandisiga aylanadilar. Aks holda esa oddiy bir hunarmand misol bo'lib qolishlari mumkin.

Guruh rahbari o'z ishini rivojlantirishda, talabalarning ehtiyojlarini, rivojlanish darajasini, jamoa taraqqiyot bosqichlarini, faolligini va imkoniyotlarini hisobga olishi kerak.

Eng ilg'or, yaxshi guruh rahbarining quyidagilar rejasining asosini egallagan bo'ladi: Guruh rahbarining guruh bilan olib boradigan ishlarining asosiy yo'nalishlari bo'limi. Bu bo'lim "Guruhni tashkil etish", "G'oyaviy axloqiy tarbiya", "Mehnat tarbiyasi va kasb tanlashga yo'llash", "Oila va jamoatchilik bilan hamkorlik" kabi asosiy moslamalarni o'z ichiga oladi. Agar biz bu bo'limlarning har biriga to'xtalib,oydinlashtiramiz. Guruhni tashkil etishda talabalarning o'z-o'zini boshqarish organlari ishiga pedagogik rahbarlikni taminlashdir. Bunda sinf yoki guruh majlislarini tashkillab o'tkazish, faollar bilan ishlash ko'zda tutiladi. Mehnat tarbiyasi va kasb tanlashga yo'naltirish talabalar uchun o'qish o'quv ishini oqilona tashkil etish, o'z-o'ziga xizmat, ijtimoiy foydali mehnat,texnik ixtirochilar, kasb tanlash ishlarini tashkil etish bilan bog'liq tadbirlar yoritiladi. Kechalar, estafetalar, kitob anjumani, suhbat o'tkazish, ko'rilgan kino yoki spektakl bo'yicha muhokama qilish,havaskorlar to'garagiga qo'shiq, badiiy o'qish tanlovi, rasmlar ko'rigi, muzey ko'rgazmalarga borish, "Talabalar va yoshlar musiqasi haftaligini, kino teatrlarga borish bulaning hammasini estetik tarbiya masalasining mazmunini tashkil etadi. Guruh rahbar shularni bilgan holda, o'z talabalari bilan ishtirok etadi.

Oila va jamoatchilik bilan ishlash bo'limida esa oila va o'quv yurtining talabalariga qo'yadigan axloqiy talablarni ishlab chiiqshga qaratiladi, ota-ona va jamoatchilikning guruh hayotini va faoliyatini tashkil etiladigan suhbat, maruza,anjumanlarnkng mavzulari kimning oilasiga borish, boshqa bir qator ishlar aniqlashtiriladi.

Qolaversa,guruh rahbarlari shu guruhda dars berayotgan fan o'qituvchilari o'rtasida, o'quvchilari o'rtasida ,o'quv yurti bilan oila o'rtasida talabakarga nisbatan yagona talablar o'rnatilishiga erishadi, ota-onalarga pedagogik bilimlar tarqatib, oila bilan o'quv yurti o'rtasidagi aloqani mustahkamlanadi.

Bundan ko'rinib turibdiki ,Guruh rahbarining muhim vazifalaridan biri talabaning o'qishga bo'lgan havasini,e'tiqodini, qobilyatini rivojlantirish, kasb-hunarga bo'lgan layoqatini, yosh va ruhiy xususiyatlarini rivojlantirish, har bir o'quvchining bo'lgusi hayoti rejalarini amalga oshirish, talabalarning salomatligini muhofaza qilishdan iboratdir.

Xulosa qilib aytish joizki, guruh rahbarining asosiy faoliyatlarini har bir talabani shaxs sifatida o'rganish, ularning guruhda tarbiyalanishini tashkil etish, talabalarning bilim tarbiyasini oshirish va ularning tartib intizomini mustahkamlash, guruhdan tashqari ishlar olib borish(tanlovlar, ko'ngil ochar joylarga borish), talabalarning ota-onalari bilan ishlash va o'zidagi ko'p qirrali tarbiyani namuna sifatida ko'rsata olish.

REFERENCES

1. G. Shodmonova, N.D Ibragimova, R.Xojimuhammedova. "Tarbiyaviy ishlar metodikasi"( Metodik qo'llanma)

2. Teaching and learning outside the classroom: personal values, alternative pedagogies and standards

3. Umumiy pedagogika nazaryasi va amaliyoti. B.X.Hodjaev.

4. Khaydarov, S. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. In Conference Proceedings (pp. 41-43).

5. Davrenov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA DAVLATI TARIXINI AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

6. Narmatov, D., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA ISPANIYA XV-XVII ASRLARDAGI TARIXI. Scientific progress, 1(6).

7. Elguzarov, B. B. O. G. L., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA MITANNI DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6), 616-619.

8. Erkinov, A. S. O., & Haydarov, S. (2021). YUNON-BAQTRYA PODSHOLIGINING IJTIMOYI TUZIMI, XO'JALIGI VA MADANIYATI. Scientific progress, 1(6), 620-622.

9. Nematov, M. D. O., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI ORGANISHDA SHUMER-AKKAD DAVLATCHILIGINING ORNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

10. Ermatov, F., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA 1870-1914 YILLARDA ANGLIYANING O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(6).

11. Do'Stmurodov, S., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA XVI-XVIII ASRLARDA HINDISTONNI O'RGANISH. Scientific progress, 1(6).

12. Mengboyev, S. N., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA URARTU PODISHOLIGINING O'RNI. Scientific progress, 1(6).

13. Asqarov, N. S. O., & Haydarov, S. (2021). ARAB XALIFALIGINING POYTAXTI BAG'DODNING TANAZZULGA YUZ TUTISHI. Scientific progress, 1(6).

14. Ro'Zmetov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA SOSONIYLAR DAVLATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

15. Tulaboyev, D., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA MESOPATAMIYANING TARIXI VA DINI: O'RNI HAMDA AHAMIYATI. Scientific progress, 7(6).

16. Хдйдаров, С.А., (2022). Захриддин Мухаммад Бобур: бир кулда муйкалам-у, бир кулда тож. Scientific progress, 3(3).

17. https://fayllar.org/10-mavzu-talim-muassasasi-tarbiyaviy-tizimida-guruh-rahbarinin.html

18. https://goaravetisyan.ru/uz/stoit-li-stanovitsya-starostoi-gruppy-slozhno-li-byt-starostoi-kakaya/

19. https://www.tandfonline.com/doi/full/10.1080/03004270903206141.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.