SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4/2), April, 2023
QISHLOQ YOSHLARINI SOG'LOM TURMUSH TARZIGA O'RGATISHDA
TRENERLARNING O'RNI
Maqolada qishloq yoshlari o'rtasida sog'lom turmush tarzini shakllantirishda sport maktablari ya'ni BO'SMlarning o'rni hamda undagi murabbiy-o'qituvchi (trener)larning faoliyat yoritildi.
Kalit so 'zlar: sport, qishloq yoshlari, sport maktablari, BO 'SMlar, murabbiy-o 'qituvchi, trener, sog 'lom turmush tarzi.
In the article, the role of sports schools, i.e. sports schools, and the activities of their trainers were highlighted in the formation of a healthy lifestyle among rural youth.
Key words: sport, rural youth, sports schools, secondary schools, coach-teacher, trainer, healthy lifestyle.
Mamlakatimizda kelajagimiz egalarini har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish borasida olib borilayotgan ibratli ishlar ko'lami kundan-kunga salmoqli ko'rinishga ega bo'lib boryapti. Bu borada Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar misolida qaraydigan bo'lsak, yurtimizda barpo etilayotgan muhtasham sport saroylari, ularda yaratilayotgan shart-sharoitlar yoshlarimiz qalbida jismoniy tarbiya va sportga nisbatan mehrni oshirishda muhim omil bo'lyapti.
E'tiborli tomoni so'nggi yillarda mamlakatimizning nafaqat markazlarida balki chekka-chekka tumanlari, qishloqlarida zamonaviy sport majmualarni qurib foydalanishga topshirilishi yaxshi an'anaga aylanib bormoqda.
Sog'lomlashtirish maqsadidagi harakatlarni bajarish o'zining xususiyatlariga ko'ra vujudimiz a'zolarining funksional imkoniyati bilan bog'liq. Chunki sog'lom turmush tarzi (STT) jismoniy madaniyati sohibi o'z organizmi a'zolarining xizmati xolatini, uning darajasini - shug'ullanganligi (mashqlan ganligi)ni bilimay o'ziga ortiqcha jismoniy talablar qo'yishi holati o'quvchini mashg'ulotlardan bezdiradi.
Jismoniy mashqlar bilan shug'ullanish mashg'ulotlarida mashqlanganlikni aniqlash uchun jismoniy madaniyat amaliyotida yurak-tomir tizimi faoliyati ko'rsatkichlarini aniqlash bilan amalga oshiriladi. Shug'ullanganlik darajasi yurakni
Mirkobilov Xusanboy
Farg'ona davlat universiteti Jismoniy madaniyat yo'nalishi 2-bosqich talabasi
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
KIRISH
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4/2), April, 2023
qisqarishi sur'ati (YQS)si orqali namoyon bo'ladi va unga oid bilimlar ta'lim tizimi o'quv dasturlaridan joy olmagan.
Yoshlarning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanishlari uchun qulay imkoniyatlar yaratib berish maqsadida tashkil etilgan Bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasi tomonidan to'rt yil davomida juda katta bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Bugun mamlakatimizning qaysi hududiga bormang, jamg'arma mablag'lari hisobiga bunyod etilgan zamonaviy sport inshootlariga ko'zingizga tushadi. Nafaqat shaharlaru-tumanlar markazlarida, qolaversa, uzoq qishloqlarda ham barcha sharoitlarga ega bo'lgan sport majmualari bunyod etilmoqda. Agar o'tgan yillar bilan taqqoslasak, 2018 yilda (106 tadan 75 tasi) 85 foiz qishloq joylarda qurilganligi; 2019 yilda (120 tadan 93 tasi) 88 foiz qishloq joylarda kurilganligi; 2021 yilda (153 tadan 128 tasi) 90 foiz qishloq joylarga qurilganligi; 2022 yilda (164 tadan 137 tasi) 95 foiz qishloq joylarga qurilganligi hamda ob'yektlardan 149 tasi ya'ni 86 foiz qishloq joylarda qurilishi ko'zda tutilganligidan yildan-yilga qishloq joylarga e'tibor tobora ortib borayotganligi ko'rinib turibdi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Bolalar va o'smirlar sport maktablari maktabdan tashqari o'quv muassasalari sifatida o'quvchi talab yoshlar tarkibidan sportga layoqati bolalardan yuqori sport mahoratiga ega bo'lgan sportchilarni tayyorlash maqsadini qo'yadi. Shu asnoda o'quvchilarning sog'ligini mustahkamlash va har tomonlama jismoniy rivojlantirish, jismoniy tayyorgarligini oshirish va yuqori sprot mahoratiga erishtirish bilan bog'liq quyidagi qator vazifalarni hal qiladi.Ular:
a) o'quvchilarni har tomonlama jismonny gayyorgarligini va salomat ligipi mustahkamlash uchun baza yaratish bilan yuqori malakaga ega bo'lgan yosh sportchilarni tayyorlash;
b) shug'ullanuvchilardan jamoatchi yuriqchilar va sport hakamlarini tarbiya lashni ta'minlash;
v) umumiy ta'lim maktablari, akademik-lisyeylar, kasb-hunar kollejlari, gimnaziyalarda o'quvchi-talabalarni jismoniy mashqlar va sport bilan ommaviy shug'ullanishlari uchun turtki tarzidagi yordamni yo'lga qo'yishdan iborat.
Bu vazifalar turli tipdagi, turli xildagi o'quv guruhlarida, ta'lim olish yiliga qarab sport maktablari uchun konkretlashtiriladi, o'quv dastur lari, sport tayyorgarligi e'tiborga olinib o'quv muassalari shug'ullanuv chilardan jamoatchi-yo'riqchilar, jamoatchi sport hakam(sudya)lari tayyorlanadi, ommaviy-sport va sog'lomlashtirish ishlarini tashkillashga yordam beradi.
Bolalar va o'smirlar sport maktablari Respublika Xalq ta'limi, Kasa ba uyushmalari jismoniy tarbiya va sport qo'mitalarining ko'rsatmalari asosida umumiy
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4/2), April, 2023
ta'lim maktablari, shahar va qishloq fuqarolari yig'inla rining, yashash joylari, uy boshqarmalari, sport bazalari, sport inshoat lari, suv havzalari va boshqa idora, tashkilotlari qoshida tashkillanadi.
Sport maktablarini ochishning asosiy sharti o'quv-trenirovka mashg'u lotlarini o'tkazish uchun maktab ochishni maqsad qiluvchi tashkilotning o'z bazasi yoki ijaraga olingan sport bazasiga ega bo'lishi, idoralari va yordamchi xo'jaliklar uchun binolari, shuningdek, rahbar, murabbiy-o'qituvchi kadrlar hamda moliyaviy ta'minlovga ega bo'lishi kerak.
BSM va BO'qishloq joylaridan sport maktablarining tarkibidatayyorlov va boshlang'ichhamda boshqa o 'quv mashg'ulotlari guruhlaritarkib toptiriladi. Bu bilan maktablarning sport ishlarida yuqori ko'rsatkichlarga erishishi uchun zarur shartlarni hisobga olib mukammal o'quv sport guruhlarini yuzaga keltirish imkoniyati yuzaga keltiriladi.
Qishloq joylaridagi sport maktablari hamda o'smirlar olimpiya zahiralarini tayyorlashga ixtisoslashgan sport maktablari alohida yoki sport bazasi va yuqori malakali murabbiy-o'qituvchilar (trenerlar) bilan ta'mnlangan, malakali sportchilar tayyorlash ishlarida yuqori ko'rsatkichlarga erishgan bolalar va o'smirlar sport maktablari qoshida ham tashkillanishi mumkin.
Qishloq joylaridagi sport maktablarida hal qilinadigan vazifalar bilan bir qatorda olimpiya zahiralariga ixtisoslashgan sport maktablari oldiga aniq maqsad qilib -sportning u yoki bu turi bo'yicha mamlakat terma jamoalariga yuqori malakali sportchilar tayyorlab berish maqsadi qo'yiladi.
Belgilangan vazfalar qishloq joylaridagi sport maktablari, olimpiya zahiralariga ixtisoslashgan olimpiada zahiralari sport maktablari faoliyatining asosiy ko'rsatkichi hisoblanadi. Bunday maktablar sportning bir yoki bir necha aralash turi uchun mo'ljallanib ochilishi mumkin.
Sport maktablarida boshlang 'ich, tayyorlov, o 'quv guruhlari va sport bo 'yicha belgilangan darajadagi mahoratga ega bo'lgan guruhlar tashkillanadi. Maktablarga rahbarlik faqat boy tajribaga ega bo'lgan oliy ma'lumotli soha mutaxasisi (yoki soha bakalavri, magistri)-bolalar bilan ishlash tajribasiga ega bo'lgan direktor tomonidanboshqariladi.
Maktabdagi barcha ishlarni tashkillashga direktormas 'uldir. Maktab direktoridan tashqari bu o'quv muassasalarida quyidagi ish o'rni:o 'quv ishlar bo 'limi mudiri (direktor o'rinbosari), tarbiyaviy va uslu biy ishlarni boshqarish va takomillashtirish uchun bosh yo 'riqchi, uslubi yotchi, yo 'riqchi-uslubiyotchi hamda murabbiy-o 'qituvchilarning ish shtatibilan komplektlanadi.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4/2), April, 2023
Ularning faoliyati - ota-onalar qo'mitasi, maktabni tashkillash uchun mas'ul o'quv korxonasi yoki maktabni tashkillovchi tashkilotning kasaba uyushmasi vakilidan iborat maktabning "Pedagoglari kengashi "boshqaradi.
Pedagoglar kengashi tarkibida agar maktab bir necha sport turlari bo'yi cha o'quv-trenirovka mashg'ulotlarini tashkillash uchun mo'ljallangan bo'lsa, sport turlari bo'yicha "murabbiylar kengashi" ham faoliyat ko'rsatadi.
O'quv guruhlarida sarkor (boshliq)lar saylanadi. Ular sarkorlar (boshliq, kapitanlar) kengashiga birlashtiriladi. Kengashlar (boshliq, kapitan)lar bilan o'z-o'zini boshqaruvchi organ bo'lib, maktab ichidagi musoba qalar, bayram va kechalarni tashkil qilish va o'tkazishda ishtirok etadi, devoriy gazeta chiqaradi, maktabda tartib-intizomni saqlashni nazorat qiladi.
Meditsina nazorati - vrachlik jismoniy tarbiya dispanserlari, ular bo'lmagan taqdirda hududning poliklinikasi vrach nazorati bo'limida amal ga oshiriladi. Maktabning har bir o'quvchisi uchun belgilangan shakldagi tibbiy nazorat kartasi to'ldiriladi va ular maktabning tibbiyot xodimi xonasida yoki vrachlik jismoniy tarbiya dispanserida (hududiy poliklinikalarda) saqlanadi.
Sport maktablarining tashkiliy - xo'jalik ishlari xujjatlari quyidagilarni o'z ichiga oladi:
1) tasischi tashkilotining tashkiliy, o'quv, ommaviy, sport, tarbiyaviy, targ'ibot -tashviqot ishlari, ishchilar malakasini oshirish, o'quvchilarga tib biy yordam ko'rsatish, ota-onalar va umumta'lim maktablari bilan ishlash, moliya-xo'jalik faoliyati va o'quv yili masalalarni o'z ichiga olgan, tasdiq langan, istiqbolli va yillik ish rejalari;
2) murabbiy-o'qituvchilar va maktab ishchilarining yuqori tashkilot tomonidan tasdiqlangan tarifikasiya ro 'yxati, ish haqi tabelllari;
3) tashkilotlar, kroxonalar va boshqa tashqaridan kelgan va ularga chiqarilgan, yuborilgan hujjat va xatlarni ro 'yxatga olish daftari;
4) maktab jismoniy madaniyati va sporti tarixi va sport rekordlarini ro 'yxatga olish daftari;
5) sport mahorati darajalari(razryadi) va jamoatchi sport hakamlari, qatnashgan, o'tkazilgan tadbirlar va musobaqalarning bayonnomalari, ularni hisobotini olib borish daftarlari;
6) maktab o'quvchilari umumiy, sport turlari va o'quv guruhlar bo'yicha ro'yxatlari, ularning shaxsiy kartalari (o'qishga qabul qilish haqidagi ariza, foto surati, shaxsiy kartochkalari, vrach nazorati kartasi);
7)maktab ishchi xodimlarining shaxsiy delolari;
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4/2), April, 2023
8) buyruqlar, pedagogika kengashi bayonnomalari, mehnat daftarcha larini ber ish, ishonch qog'ozlari va boshqa hujjatlar yuritiladi.
O'quvchilar kontingenti, o'quv guruhlar soni va yillik dars soatlari har yili 1 oktyabrgacha tasdiqlanadi.
O'quvchilarni tayyorlov shuningdek, o'quv-mashq qilish guruhlariga qabul qilishularning arizasi, ota-onasining, maktab va boshqa o'quv muossasalarining rahbarlarini rozilik xati (yo'llanmasi)ni talab qilish bilan amalga oshiriladi. Bundan tashqari, yashash joyidagi poliklinika vrach-pediatrining yozma ravishdagi ma'lumotnomasi talab qilinadi.
Sport maktablariga qabul qilinadigan o'quvchilar "umumiy jismoniy" va "maxsus tayyorgarlik" bo'yicha belgilangan sinov me'yoriy normalarini topshiradilar. Bundan tashqari, "o'quv-trenirovka" guruhlariga va "yuqori sport mahorati guruh"lariga shug'ullnish uchun qabul qilinayotganlar o'z sport ixtisosligi bo'yicha ham nazorat - tekshiruvidan o'tadilar.
O'quv-tarbiya jarayoni(trenirovkalar) jismoniy tarbiya va sport qo'mi tasi, halq ta'limi boshqarmasi tomonidan tasdiq langan dasturlar asosida, sport maktablari uchun 46 haftalik (o'zgarib turadi) o'qitish, mashq qilish mashg'ulotlari va sog'lom lashtirish - sport lagerlarida, haftalik mashqla nish mashg'ulot larini o'tkazish hamda o'quvchilarning aktiv dam olish davri dagi shaxsiy rejalarini hisobga olgan holda bajariladi.
Bolalar va o'smirlar sport maktablari va ixtisoslashgan Olimpiya zahiralari sport maktablari (IOZSM)ning o'qitish, mashq qilish mashg'u lotlarining asosiy shakllari quyidagicha:
1. Nazariy mashg'ulotlar: o'quv kinofilmlari, kinogrammalar, kinokalsovka va boshqalarni ko'rish;
2. Shaxsiy reja bo'yicha mashg'ulotlar o'tkazish: sport maktablarida o'tkaziladigan lozim bo'lgan tashkilot tomonidan tasdiqlangan kalendar rejadagi sport tadbirlariga muvofiq musobaqalar va uchrashuv matchlarida ishtirok etish;
3. Sog'lomlashtirish-sport lagerlarida va o'quv-trenirovka mashg'ulotlari yig'inlarida shug'ullanish jarayoni;
4. O'quv-trenirovka guruhlarida, ixtisoslashgan sport va oliy sport mahorati mashg'ulotlarini o'tkazishda asosiy murabbiy-o'qituvchidan tash qari umumiy jismoniy tarbiya, akrobatika, gimnastika va sportning boshqa turlari bo'yicha murabbiy-o'qituvchilarni jalb qilish mumkin. Bu mashg'u lotlar ma'lum guruh uchun belgilangan rejimda, o'quv-mashq qilish soati chegarasida o'tkaziladi.
Sport maktablarida o'quv-trenirovka mashg'ulotlarini o'tkazish guruh lari uchun quyidagi hujjatlar tuziladi:
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(4/2), April, 2023
1) sport turlari bo'yicha o'quv rejalari va o'quv dasturlari;
2) umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik bo'yicha qabul qilish me'yorlari, nazorat va bitirishda topshiriladigan yakuniy me'yor lar majmuasi, o'tkazilgan sinov bayonnomalari va jadvallar;
3) o'quvchilarni o'quv-mashq qilish guruhlarida tayyorlash bo'yicha istiqbolli reja, mahoratini takomillashtirish va oliy sport mahorat guruhlari o'quvchilari-sportchilarning shaxsiy va ikki yillik muddatga tuzilgan o'quv trayenirovka mashg'ulotlarining rejalari(oylik, kvartal, yillik);
4) bo'lim va guruhlarda o'quv materiallarini o'qitishjadvali;
5) o'quv ishlarini hisobga olish jurnali;
6) haftalik mashg'ulotlar jadvali.
Yosh sportchilar bilan tarbiyaviy ishlar maktab direktori tomonidan tasdiqlangan, yagona reja asosida tashkillanadi. Tarbi yaviy ishlar o'quv-trenirovkalari, musobaqalar, mashg'ulotlardan bo'sh vaqtlarida uzluksiz, taxminan quyidagi rejaga kiritilgan tarbiyaviy mavzular asosida olib borilishi mumkin:
- sport maktabi o' quvchilarning tashabbuskor j amoalari;
- o'zbek sportchisining ma'naviy qiyofasi;
- o'zbek sportchisining shonli an'analari;
- yosh sportchilarni maktab ota-onalar qo'mitasi ko'magida jamoat uchun foydali ishga, shuningdek, moddiy-sport bazasini mustahkamlash (tamirlash,qurish) ishlariga jalb qilish;
- sport maktablari o'quvchilarini o'zi tahsil olayotgan umumta'lim maktablari va boshqa o'quv yurtlarida ommaviy sport ishlarini tashkil etishga jalb etish.
- tarbiyaviy maqsadda sport maktablariga tantanali qabul qilish, sportchilikka bag'ishlangan qasamyodni tashkillash, sport darajasining oshirilishiga bag'ishlangan marosimlarni yo'lga qo'yish va boshqalar rejalashtirilishi mumkin .
Sport maktablari o'quvchilari bilan olib boriladigan ma'naviy, tarbiyaviy ishlar salmog'ini orttirish uchun nomdor, ko'zga ko'ringan sportchilar, Mehnat qahramonlari, mehnat va Ulug' Vatan urushi qatnashchilari bilan uchrashuvlarning tarbiyaviy ishlar rejasidan joy olishi qayd qilingan rejaning amaliy ahamiyatini oshiradi.
Ko'pchilik maktabdan tashqari muassasalar faoliyati muassasa tasis chining nizomiga muvofiq yo'lga qo'yadi.
Mamlakatimizda hozir amalda qo'llanilayotgan «O'zbekiston Respublikasi bolalar va o'smirlar sport maktablari uchun nizom» Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 23 sentyabrdagi 211-sonli qarori asosida O'zbekiston Respublikasi
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4/2), April, 2023
Davlat byudjetidan moliyalashtirilgan Sport maktablari to'g'risidagi Nizom hozirgacha o'z kuchini yo'qotgani yo'q.
Nizomda Bolalar-o'smirlar sport maktablari - maktabdan tashqari ixti soslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasi bo'lib, ularni Xalq ta'limi tizimi, mudofa, ichki ishlar, qishloq xo'jaligi, sog'liqni saqlash vazirliklari, aloqa, temir yo'l transporti, Kasaba uyushmalari va boshqa muassasalar tomonidan turli xillarini tashkillash mumkinligi qayd qilingan. Ular:
A) kompleksli BO'SMlari, ular bir necha sport turi bo'yicha mashg'ulotlarni yo'lga qo'yadi.
B)mutaxassislashtirilgan BSM va BO'SM (olimpiada zahiralari-OZBO'SMlari, oliy sport mahorati (OSM maktablari)lari, birnecha sport turi bo'yicha mashg'ulotlarni yo'lga qo'yadi. Ma'muriy boshqarilishi nuqtai nazaridan hamda o'quvchilarni qabul qilishiga qarab tumanlar, shaharlar, viloyatlar va Respublika maktablari deb guruhlanadi.
OZBSM (SDYUSHOR) mavjud BO'SMlari bazasida yuqori sport klassi fikasiyasiga erishgan sportchi bolalarni to'plash evaziga tashkillanadi. Agar o'zining bazasi, binosi bo'lmasa tajribaga boy va yuqori malakali sport murab biylari mavjud bo'lgan maktablar bazasi tashkillanadi. OZBSMning asosiy maqsadi-yuqori malakali, mahoratli sportchilarni viloyat respublika terma jamoalari uchun tayyorlashdan iborat. Bu maktablarda oliy mahorat guruhlarini, o'quv guruhlarini esa BO'SMlarda ochishga ruxsat berilishi mumkin. Respublika Madaniyat va sport ishlari Vazirligi va boshqa mahkamalarning, vazirliklari bilan kelishib va ularni tashabbusi bilan alohida «Oliy sport mahorati maktabi» OSMM ham tashkillash mumkin.
BO'SMlariga qabul qilish qoida bo'yicha umumiy ta'lim maktablarining jismoniy madaniyat o'qituvchilari yoki shu maktabning jismoniy mad aniyat jamoa sini yo'llanmasi bilan amalga oshiriladi. Albatta o'quvchini xohishi hisobga olinishi shart.
Qabul tibbiy ko'rik natijalari, ota-onalarini hamda maktab direktorini ruxsatidan so'ng, BO'SMning nizomi hamda boshqa instruktiv xujjatlar asosida, jismoniy tayyorgarlik testi yoki sport turi testi testi normalarini baja rishdagi natijalariga ko'ra tanlanadi.
Boshlang'ich tanlov sport murabbiyi tomonidan bolani musobaqalardagi, ishtiroki, maktab sport seksiyalarining mashg'ulotlari davomida, maktab jismoniy tarbiya darslarida ham yo'lga qo'yilishi mumkin. Qabul haqida asosiy to'xtamga kelish BO'SMda o'tkazilayotgan (qabuldan oldingi) o'quv-trenirovka mashg'ulotlarida hal qilinadi. Guruhlarga yakuniy qabul BO'SM nizomida ko'rsatilgan yo'riqlar asosida amalga oshiriladi.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4/2), April, 2023
Guruhdan guruhga o'tkazish ham dastur talab va normalarni bajargandan so'ng, maktabni bitirish esa 17 yoshda, sport tayyorgarligi daftari va guvohnoma berish bilan tugallanadi.
Yuqorida qayd qilingan sport maktablarini jismoniy madaniyat yoki pedagogikadan oliy ma'lumotli, bolalar bilan ishlash ish tajribasiga ega bo'lgan direktorboshqaradi va u barcha ishlarni tashkillashga ma'suldir.
Sport maktabidagi o'quv ishlari bo'limi mudiri(direktor o'rinbosari) lavozimiga jismoniy tarbiyadan oliy ma'lumoti bo'lgan malakali mutaxassis lardan tayinlanadi. U o'quv jarayonini tashkil qilishga, murabbiy-o'qituv chilarni malakasini oshirish, o'quv gruppalarini komplektlash, o'quv ishlarini rejalashtirish, o'quv gruppalari mashg'ulotlarining jadvalini, sport musoba qarining kalendarini tuzish, bo'limga tegishli hujjatlarni tasdiqlash shifokorlar ko'rigidan o'z vaqtida o'tkazish kabilarga mas'ul va qayd qilingan yo'nalishlarga javob beradi.
Sportning ma'lum turi bo'yicha tashkiliy, tarbiyaviy va metodik ish larni jismoniy tarbiyadan oliy ma'lumotli yo'riqchi - uslubchi muntazam ravishda bajarib boradi.
Tasdiqlangan reja bo'yicha o'quvchilarni tarbiyalash yuzasidan tad birlar ishlab chiqish, umumiy ta'lim maktablarida sinfdan tashqari sport ishlarini ta shkil qilish, murabbiy-o'qituvchilar bilan bolalar va o'smirlar sport maktabiga, olimpiya rezervlariga ixtisoslashgan sport maktablarida shug'ullanish uchun nomzodlarni tanlab olish, murabbiy-o'qituvchilar bilan ta'minlash, ular bilan metodik ishlarni olib borish yo'riqchi-uslubchining vazifasiga kiradi.
Katta yo'riqchi- uslubchi metodist jismoniy tarbiya bo'yicha ma'lumotga ega bo'lishi shart. Yo'riqchi-uslubchi uslubchilar, murabbiylar ishiga rahbarlik qiladi va ularning faoliyati ustidan nazorat olib boradi, uslubiy kabinet ishiga javob beradi, bolalar va o'smirlarning olimpiya zahira lariga ixtisoslashgan sport maktabi faoliyatini tumandagi (shahar dagi) metodik markaz rolini o'ynaydi, o'quvchilarni tarbiyalash bo'yicha umumaktab tadbirlarini o'tkazishga ma'suldir. Katta yo'riqchi-uslubchi ish yuzasidan maktab direktorga va o'quv ishlari bo'yicha bo'lim mudiri, direktor o'rinbosariga bo'ysunadi.
Maktabdagi murabbiy-o'qituvchilar tarkibi (trener) ham jismoniy tarbiya bo'yicha oliy ma'lumotli mutaxassislardan iborat bo'ladi.
Katta murabbiy-o'qituvchilarni to'g'ri komplektlash va sport mahoratini oshirib borishga, bo'lim (guruh)larda o'quv jarayonini tashkil qilish va rejalash tirish qabul qilingan va nazorat sinovlarini amalga oshirish belgilangan muddatda o'quvchilarni tibbiy ko'rikdan o'tkazish murabbiy-o'qituvchilarnint ishlarini va malakasini oshirish bo'yicha tadbirlar tashkil qilishni hisobga olishga ma'sul.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4/2), April, 2023
Murabbiy-o'qituvchi (trener)lar o'quv guruhlarini to'g'ri komplektlash, o'quv dasturini bajarilishi malakali yosh sportchilar, jamoatchi-instruktorlar, sport bo'yicha hakamlar tayyorlash, o'quvchilar bilan tarbiyaviy va o'quv-mashqlarini o'tkazish ishlariga javob beradilar.
REFERENCES
1. Abdullayev A.va boshqalar. "Jismonan barkamol avlod orzusi" Farg'ona, 2003 y.
2. "Barkamol avlod tarbiyasida sog'lom turmush tarzi jismoniy madaniyati" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. Farg'ona, 2011.
3. Sh.Xonkeldiyev, A.Abdullayev va boshqalar. "Kasb-hunar kollejlari o'quvchi yoshlarining sog'lom turmush tarzi jismoniy madaniyati" o'quv qo'llanmasi. "Farg'ona" nashriyoti, 2010.
4. Sh.Xonkeldiyev, A.Abdullayev va boshqalar. "Sog'lom turmush tarzining jismoniy madaniyati" o'quv qo'llanmasi. "Farg'ona" nashriyoti, 2010.
5. Hamrayeva, O. F. Q. (2023). OLIY TA'LIM MUASSASASI TALABALARINI KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING AYRIM JIHATLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(1), 537-544.
6. Hamrayeva, Oynisa Farxod Qizi (2023). OLIY TA'LIM MUASSASASI TALABALARINI KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING AYRIM JIHATLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3 (1), 537-544.
7. Sh, M. Z. The social role of folk traditions and rituals multinational people. Pedagogical education and science.-2019.
8. Shafoatovna, M. Z. (2021). Scientific and Theoretical Basis of Factors for Improving Family Education in a Multilingual Environment. World Bulletin of Management and Law, 1(1), 15-16.
9. Shafoatovna, M. Z. Factors That Improve Family Education in a Multilingual Environment. International Journal of Innovations in Engineering Research and Technology, 55-57.