Научная статья на тему 'YOSH FUTBOLCHILARNI TAYYORLASHDA VA QO’SHIMCHA JIHOZLARDAN FOYDALANISH USLUBLARI'

YOSH FUTBOLCHILARNI TAYYORLASHDA VA QO’SHIMCHA JIHOZLARDAN FOYDALANISH USLUBLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
104
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yosh futbolchilar / sport jihozlari / moddiy texnik baza / barkamol avlod / jismoniy tayyorgarlik. / young players / sports equipment / material and technical base / mature generation / physical training.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Isakov, Ruslan, Guldayev, Lochinbek Kelsinboyevich

Maqolada yosh futbolchilarni tayyorlashda va qo’shimcha jihozlardan foydalanish uslublari to‘g‘risida malumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODS OF USING ADDITIONAL EQUIPMENT AND TRAINING OF YOUNG FOOTBALL PLAYERS

The article provides information on the methods of training young players and the use of additional equipment.

Текст научной работы на тему «YOSH FUTBOLCHILARNI TAYYORLASHDA VA QO’SHIMCHA JIHOZLARDAN FOYDALANISH USLUBLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

YOSH FUTBOLCHILARNI TAYYORLASHDA VA QO'SHIMCHA JIHOZLARDAN FOYDALANISH USLUBLARI

Isakov Ruslan

Andijon davlat pedagogika instituti dotsenti Guldayev Lochinbek Kelsinboyevich

Andijon davlat pedagogika instituti 2- bosqich magistranti

ANNOTATSIYA

Maqolada yosh futbolchilarni tayyorlashda va qo 'shimcha jihozlardan foydalanish uslublari to 'g'risida malumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: yosh futbolchilar, sport jihozlari, moddiy - texnik baza, barkamol avlod, jismoniy tayyorgarlik.

ABSTRACT

The article provides information on the methods of training young players and the use of additional equipment.

Key words: young players, sports equipment, material and technical base, mature generation, physical training.

АННОТАЦИЯ

В статье представлена информация о методах тренировки юных игроков и использовании дополнительного оборудования.

Ключевые слова: юные игроки, спортивный инвентарь, материально-техническая база, зрелое поколение, физическая подготовка.

KIRISH

Davlatimiz va jamiyatimizning bugungi kuni, ayniqsa, kelajagi uchun g'oyat muxim bo'lgan sog'lom va barkamol avlodni tarbiyalash vazifasini o'z oldimizga qo'yar ekanmiz, avvalambor, biz yashayotgan XXI asr-intellektual boylik, yuksak bilim va salohiyat talab etiladigan, aynan shu qadriyatlar ustuvor axamiyat kasb etadigan asr, degan xayotiy haqiqatdan kelib chiqqan edik.

O'zbekiston Respublikasi rahbariyati va Oliy Majlisning talim jismoniy tarbiya va sport sog'lom avlodni tarbiyalash bo'yicha olib borilayotgan ishlar asosida yo'nalishni belgilab beruvchi hujjatlar bundan tashqari pedagogika sohasida ishlagan olimlarning ilmiy malumotlari qonun va qarorlarini tashkil qiladi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Futbolni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishda , avvalambor, uning moddiy - texnik bazasini mustaxkamlash, yangi o'quv muassasalari qurish va ularni zamonaviy uskunalar bilan jixozlash masalasiga e'tibor yanada kuchaytirildi.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va maktab ta'limini rivojlantirish davlat umum milliy dasturining amalga oshirilishi natijasida respublikamizdagi barcha talim muassasalari va bolalar o'smirlar futbol maktablari, olimpiya va miliiy sport turlariga ixtisoslashtirilgan maktab internatlarining deyarli hammasi, jixozlangan sport zali namunaviy loyixalar asosida barpo etildi yoki kapital rekonstruktsiya qilindi.

Ushbu o'quv muassasalarining moddiy - texnik bazasini muntazam yangilab borish, tizimli asosda zamonaviy komp'yuter texnikasi, o'quv - laboratoriya uskunalari, mebel' va o'quv sport anjomlari bilan qayta jixozlash, ularni talab darajasida saqlash hamda yaratilgan bu ulkan salohiyatdan samarali foydalanish maqsadida mutlaqo yangi bir tuzilma - Moliya vazirligi huzurida maxsus jamg'arma tashkil etildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bugungi kunda jismoniy tarbiya va sport soxasida, ayniqsa, yosh futbolchilarni tayyorlash maqsadida, bolalar sportini yanada rivojlantirish, har bir shaxar va qishloqda zamonaviy talabalarga javob beradigan, zarur anjomlar bilan jixozlangan sport maydonchalari, inshoot va majmualarni barpo etish bo'yicha amalga oshirayotgan ishlarimiz o'zining ijobiy samarasini bermoqda.

Shuni mamnuniyat bilan aytish kerakki, istiqlol yillarida yurtimizda 1 ming 200 dan ziyod yangi sporo inshooti barpo etilib, ularning mingdan ortiqi qishloq joylarida qurildi. Bu esa 260 ming nafardan ziyod bolalar sportning ko'plab turlari bilan muntazam shug'ullanishi uchun imkoniyat yaratdi.

Eng avvalo, qishloqdagi bolalarni futbol sport sport turi bilan shug'ulanishga jalb etishda joriy yilda sezilarli natijalarga erishildi. "Sport xayotidan hech kim chetda qolmasligi kerak" degan shiordan kelib chiqqan holda, kam taminlangan oilalarning 120 ming nafar yigit-qizlari uchun 3 milliard 500 million so'mlik sport kiyimi va jixozlari xarid qilindi.

Yana bir muxim xolatga e'tiboringizni qaratmoqchiman. Futbol bilan shug'ullanadigan qizlar soni shu yilning o'zida 6 - 7 barobar, ayrim viloyatlarda esa 10 - 12 barobar ortdi.

Zamonaviy futbolda yuqori natijalarga erishishda, yosh futbolchilarni tayyorlashda va qo'shimcha jihozlardan foydalanish yuqori samara keltiradi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Samarali o'yin ko'rsatish va yuqori natijalarga erishish faqat o'ta shakllangan jismoniy taryorgarlik evaziga amalga oshirish mumkin.

O'zbekiston aholisining jismoniy tayyorgarligi va salomatligi darajasini belgilab beruvchi "Alpomish " va "Barchinoy" maxsus test savollari joriy etilishi haqidagi qo'shma qarori va ularda belgilangan vazifalar Respublika Oliy va O'rta Maxsus , texnikumlar, kasb-hunar maktablari, akademik litseylar talaba va o'quvchi yoshlarni jismoniy tarbiya va sportni jahon standartlari talablari darajasida rivojlantirish hamda uning faoliyatini tubdan takomillashtirish to'g'risidagi masalalarni hal qilish zarurligini taqozo etmoqda va uni chora tadbirlarini amalga oshirish yo'llarini aniq va ravon ko'rsatib berdi. Tajribali va iqtidorli yosh tadqiqotchilar tomonidan futbol sport turidan, sport mashg'ulotlarini tashkil qilishning halqaro andozalarini etakchi murabbiylarning ish tajribalari bilan davr talablari asosidagi faoliyatilari izchillik bilan o'rganilmoqda. Yangidan tashkil etilayotgan litseylar, sport maktablari sport klublarining faoliyati jismoniy tarbiya va sport sohasidagi olimlarini diqqat markazida turibdi. Sportchilarimizning halqaro sport maydolaridagi erishayotgan yutuqlari, ayniqsa mahalliy millat xotin-qizlarining sportda jahonga tanilishiga, bu bilan esa yurtimiz shon-shuxratini oshirishdagi say-xarakatlari Vatanimizning bevosita g'amxo'rligining ulug'vor natijasidir. Bu jihatlarda ilmiy xodimlar va murabbiylarning o'zaro hamkorliklarini ta minlashni davr talab qilmoqda.

Yuqoridagi amaliy tadbirlarni takidlashdan maqsad shundanki, ularni tashkil qilish, amaliy va nazariy jiqatdan tashkil qilish asosida faoliyat ko'rsatishni ko'pincha ilmiy xodimlar tajribali mutaxassislar tomonidan amalga oshirilib boriladi. Shu sababdan ilmiy tadqiqotlar tashkiliy ishlarda faollik ko'rsatib kelayotgan mutaxassislarni ishga olish maqsadga muvofiqdir. Ular orasida professorlar T.S.O'smonxo'jaev, R.Salomov, J.Nurshin, F.Kerimov (Tshkent), T.X.Xoldorov, A.T.Sodiqov, X.A.Miliev, B.A.Buriboev, F.Axmedov, O.Y.Muqimov (Jizzax), Q.Rafiev, A.X.G'ulomov (Samarqand) Gapparov Z.G. Iseev SH.T. Iseev SH.T. Kachani L. Gorskiy L. Koshbaxtiev I.A. Kurbanov O.A. Nurimov R.I.va boshqalarining o'quv uslubiy qo'llanmalari ilmiy maqolalari, monografiyalari olqishga sazovordir.

R.N.Poliyani fikriga ko'ra 8-9 yoshli bolalarda tezkor-kuch va chaqqonlik sifatlarining o'sishi kuzatiladi. Tezkorlik va egiluvchanlik qobiliyati esa biroz susayadi. 14-15 yoshda egiluvchanlik va tezkorlik kuchini rivojlantirishga oid hajmini ko'tarish maqsadga muvofiq. Ushbu fikrni V.F.Bashkirov, V.P.Filinlar ham qullab-quvvatlaganlar. I.Arshavskiy, Ya.V.Vaynbaum, A.Tujalavskiy va boshqalar.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Yosh sportchilarning funktsional tayyorgarligini ilmiy tekshirish nitajasida jismoniy mashqlar organizmning rivojlanishida hal qiluvchi rol o'ynashi tasdiqlangan.

V.S.Daxnovenkiy va boshqalar tezkor kuch va maxsus chidamkorlik sifatlarini rivojlantirishga yo'naltirilgan mashqlar bilan uzoq muddat mabaynida muntazam shug'ullanish natijasida kurashchilarning texnik-taktik mahorati hamda boshqa qobiliyatlari qanchalik sezilarli darajada shakllanish mumkinligini tadqiqot asosida isbot qilib bergan.

Kuch va tezkorlikni chidamkorligi sportchilarni yosh sportchilarni juda extiyotkorlik bilan rivojlantirish zarurligi katta yuklamaga ega mashqlar bilan bu sifatlarni zo'rma-zo'raki o'stirishga intilish salbiy oqibatlarga olib kelish extimolidan xoli emasligi alohida takidlab o'tilgan (A.R.Akromov, M.A.Godip,

SH.T.Iseev, G.M.Sergeev, R.I.Nurimova, S.A.Savin va boshqalar). Maxsus jismoniy sifatlarni rivojlantirish masalalari ko'pgina tadqiqotchilar shularida va ilmiy adabiyotlarda o'z ifodasini topgan (Z.G.Gapparov, D.Jarnin, V.I.Samakov, G.M.Sergeev va boshqalar).

Takidlash lozimki Jismoniy tarbiya va sportning ilmiy va ijtimoiy pedagogik xususiyatlari hamda uning tarbiyaviy mohiyatlarini yurtimiz olimlari tomonidan ijobiy ravishda mukammal asoslab bergan.

O'zbekiston Respublikasi yosh futbolchilarni jismoniy qobili yatlarini rivojlantirish bo'yi cha olimlar tomonidan kam yoritilgan bo'lib adabiyotlar tahlili

shuni ko'rsatadiki yosh sportchilarni yoshi, jinsi, jismoniy tayyorgarligiga qarab yozilgan va jismoniy tarbiya darslarida futbol o'yinini o'rgatish uslublari to'g'risida metodik tavsiyanomalar topa olmadik. Tadqiqotning maqsadi. Futbolda

tanlash va yunaltirish asosida mashgulotlarni tashkil etishdi beriladigan mashg'ulotlar samaradorligini oshirish.

Ushbu maqsadga erishish quyidagi vazifalar yordamida amalga oshiriladi. l.Yosh futbolchilarning o'yinlaridan foydalanish samaradorligini aniqlash. 2.14-15 yoshli futbolchi o'quvchilarni umumiy va maxsus tayyorgarlik darajasini aniqlash.

3.Mashg'ulot jarayonida futbolchilarni tayyorlash yo'nalishga muvofiq qiladigan harakatli o'yinlarni tasniflash.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - T.: O'zbekiston, 1992.-44 b.

2. Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimi tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida O'zbekiston Respublikasi prezidenti farmoni № PF-5368 05.03.2018 y.

3. Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz T.: O'zbekiston, 2016 y.

4. Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz T.: O'zbekiston, 2017 y.

5. Mirziyoev SH.M. Qonun ustuvorligi va inson manfatlarini ta'minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi T.: O'zbekiston, 2016 y.

6. O'zbekiston respublikasi " Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida"gi Qonuni ( 2000.26 may), Xalq so'zi.- Toshkent 2000. 21 iyun.

7. Akramov R.A. Talipdjanov A.I. Podgotovka futbolistov v^sokoy kvalifikatsii. Uchebnoe posobie. Tashkent, 1994

8. Akramov R.A. Futboln^e universitet^ XVII Kubka mira, Tashkent, UzGIFK, 2004.

9. Akramov R. A. Futbol Toshkent 2006.

10. Iseev SH.T. Futbol jamoalarining g'alaba qozonishida futbolchilarning standart vaziyatlaridan samarali foydalanish. "Pedagogik ta'lim". J. 2, 2003.

11. Iseev SH.T.Analiz atakuyushix deystviy futbolistov vosokoy kvalifikatsii. J. Fan-Sportga 1, 2004,

12. Koshbaxtiev I.A. Upravlenie podgotovkoy futbolistov vosokoy kvalifikatsii. Tashkent, Groteks, 1998.

13. Kurbanov O.A. Futbol bo'yicha XVII jahon CHempionata o'yinlarida berilgan yakunmy zarbalarining samaradorligi tahlili. Pedagogik ta'lim, J., 5, 2003.

14. Nurimov R.I. Sovershenstvovanie takticheskix deystviy futbolistov vo'sokoy kvalifikatsii. Uchebnoe posobie, Tashkent, 2000.

15. Nurimov R.I. Texniko-takticheskaya fizicheskaya podgotovka kvalifitsirovannLix futbolistov. Uchebnoe posobie. Tashkent, 2001.

16. Nurimov R.I. YOsh futbolchilarni texnik va taktik tayyorlash. O'quv qo'llanma. Toshkent, 2005.

17. Romanenko A.N. Djus O.N. Dogadin M.N. Kniga trenera po futbolu. Kiev, Zdorovya, 1988.

18. Sarsaniya S.K., Seluyan B.N. Fizicheskaya podgotovka v sportivntix igrax. M.,

1991.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

19. Sergeev G.M. Texniko-takticheskie deystviya za^itnikov. V sbornike nauchnox trudov. Tashkent, 2000.

20. Sergeev G.M. Istoriya futbola v Uzbekistane. V sbornike nauchntix trudov. Tashkent, 2001.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.