Научная статья на тему 'SPORT TASHKILOTLARINING JAMOAT BIRLASHMALARI SIFATIDAGI ROLI VA O`RNINI YORITISH BILAN BOG‘LIQ MUNOSABATLAR'

SPORT TASHKILOTLARINING JAMOAT BIRLASHMALARI SIFATIDAGI ROLI VA O`RNINI YORITISH BILAN BOG‘LIQ MUNOSABATLAR Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
622
39
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Sport / tashkilot / jamoat birlashmalari / sport huquqi / jismoniy tarbiya / sport qoidalari hamda reglamentlari. / Sports / organization / public associations / sports law / physical culture / sports rules and regulations.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Otobolyaev, Dostonbek Mahmudjon O‘g‘li

Mamlakatimizda soʻnggi besh yillikda olib borilgan islohotlarning natijasida yurtimizda Yangi Oʻzbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-maʼrifiy asoslari yaratildi. Yoshlar hayotida sogʻlom turmush tarzi va jismoniy tarbiyani rolini oshirish, yosh avlodni sportning barcha turlariga keng jalb qilish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri boʻlib, mazkur maqsadga erishish uchun mavjud sport muassasalarida yetarli sharoitlarni yaratish, shuningdek bu boradagi ishlarni tizimli ravishda samarali tashkil etishni taqozo etadi. Bugungi kunda yosh avlodni sog`lom, ma`nan hamda jismonan tarbiyalash davlatimizning sport sohasida olib borayotgan siyosatining asosiy yo`nalishlaridan bo`lib hisoblanadi. Bejizga, “O`zbekiston Respublikasining Jismoniy tarbiya va sport to`g`risida”gi qonunida jismoniy tarbiylash jarayoniga yuksak madaniyatga ega bo‘lgan har tomonlama yetuk hamda jismonan sog‘lom insonni shakllantirish maqsadida shaxsni tarbiyalashga, insonning jismoniy imkoniyatlarini rivojlantirishga, uning jismoniy tarbiya va sport sohasida malaka va bilimlarini orttirishga qaratilgan jarayon sifatida qaralishi belgilab o`tilmagan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

RELATIONSHIP RELATED WITH THE ROLE AND PLACE OF SPORTS ORGANIZATIONS AS COMMUNITY ASSOCIATIONS

As a result of the reforms carried out in our country over the past five years, the necessary political, legal, socio-economic, scientific and educational foundations for the formation of a new Uzbekistan have been created in our country. Increasing the role of a healthy lifestyle and physical education in the life of young people, the widespread involvement of the younger generation in all kinds of sports is one of the most pressing issues today. Today, healthy, spiritual and physical education of the younger generation is one of the main directions of state policy in the field of sports. It is no coincidence that the Law of the Republic of Uzbekistan "On Physical Culture and Sports" does not define it as a process aimed at improving skills and knowledge.

Текст научной работы на тему «SPORT TASHKILOTLARINING JAMOAT BIRLASHMALARI SIFATIDAGI ROLI VA O`RNINI YORITISH BILAN BOG‘LIQ MUNOSABATLAR»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

SPORT TASHKILOTLARINING JAMOAT BIRLASHMALARI SIFATIDAGI ROLI VA ORNINI YORITISH BILAN BOG'LIQ MUNOSABATLAR

Otobolyaev Dostonbek Mahmudjon o'g'li

Toshkent davlat yuridik universiteti "Sport huquqi" kafedrasi [email protected]

Mamlakatimizda so 'nggi besh yillikda olib borilgan islohotlarning natijasida yurtimizda Yangi O'zbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma 'rifiy asoslari yaratildi.

Yoshlar hayotida sog'lom turmush tarzi va jismoniy tarbiyani rolini oshirish, yosh avlodni sportning barcha turlariga keng jalb qilish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bo'lib, mazkur maqsadga erishish uchun mavjud sport muassasalarida yetarli sharoitlarni yaratish, shuningdek bu boradagi ishlarni tizimli ravishda samarali tashkil etishni taqozo etadi. Bugungi kunda yosh avlodni soglom, ma^nan hamda jismonan tarbiyalash davlatimizning sport sohasida olib borayotgan siyosatiningasosiyyo^nalishlaridan bo^lib hisoblanadi.

Bejizga, "O^zbekiston Respublikasining Jismoniy tarbiya va sport to^g^risida"gi qonunida jismoniy tarbiylash jarayoniga yuksak madaniyatga ega bo'lgan har tomonlama yetuk hamda jismonan sog'lom insonni shakllantirish maqsadida shaxsni tarbiyalashga, insonning jismoniy imkoniyatlarini rivojlantirishga, uning jismoniy tarbiya va sport sohasida malaka va bilimlarini orttirishga qaratilgan jarayon sifatida qaralishi belgilab o^tilmagan.

Kalit so zlar: Sport, tashkilot, jamoat birlashmalari, sport huquqi, jismoniy tarbiya, sport qoidalari hamda reglamentlari.

В результате реформ, проведенных в нашей стране за последние пять лет, в нашей стране созданы необходимые политические, правовые, социально-экономические и научно-образовательные основы для становления нового Узбекистана.

Повышение роли здорового образа жизни и физического воспитания в жизни молодежи, широкое привлечение подрастающего поколения к занятиям всеми видами спорта является одним из наиболее актуальных вопросов на сегодняшний день. Сегодня здоровое, духовное и физическое воспитание

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

подрастающего поколения является одним из основных направлений государственной политики в области спорта.

Неслучайно Закон Республики Узбекистан «О физической культуре и спорте» не определяет как процесс, направленный на совершенствование навыков и знаний.

Ключевые слова: Спорт, организация, общественные объединения, спортивное право, физическая культура, спортивные правила и нормы.

ABSTRACT

As a result of the reforms carried out in our country over the past five years, the necessary political, legal, socio-economic, scientific and educational foundations for the formation of a new Uzbekistan have been created in our country.

Increasing the role of a healthy lifestyle and physical education in the life of young people, the widespread involvement of the younger generation in all kinds of sports is one of the most pressing issues today. Today, healthy, spiritual and physical education of the younger generation is one of the main directions of state policy in the field of sports.

It is no coincidence that the Law of the Republic of Uzbekistan "On Physical Culture and Sports" does not define it as a process aimed at improving skills and knowledge.

Keywords: Sports, organization, public associations, sports law, physical culture, sports rules and regulations.

KIRISH

Hozirgi kunda mamlakatimizda yuqori iqtidorga ega bo'lgan yosh futbolchilarni tanlash, saralab olish (seleksiya) tizimi va futbol infratuzilmasini yanada rivojlantirish, futbol bo'yicha sport maktablari faoliyatini yangi bosqichga ko'tarish, soha mutaxassislarini tayyorlash va ularni moddiy rag'batlantirish tizimini yaxshilash kabi ishlarning olib borilishini Ozbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5887-son farmonida[1] belgilanishi futbolni sport turini mamlakatimizda yanada rivojlantirish uchun qo'yilgan navbatdagi qadamlardan desak to'g'ri bo'lardi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish uchun zarur shart-sharoitlar va infratuzilmani yaratish, mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

etishini ta'minlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, jismoniy tarbiya va sportni tashkil etishda qator tizimli muammolar va kamchiliklarning mavjudligi ushbu sohada davlat siyosatini samarali olib borishga va mamlakatning mavjud sport salohiyatidan to'liq foydalanishga to'sqinlik qilmoqda.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Sportning rivojlanish uning faqat moddiy-texnik bazasi bilangina emas balkim mustahkam huquqiy asoslarining ham yaratilishi va ta'minlanishiga ham chambarchas bog'liqligini biz jaxon tajribasidan kuzatamiz. Xar bir sport turining rivojlanishi va bu sohaga raxbarlikni ta'minlanishi, sohaning bir maromda faoliyat yuritishi va takomillashib borishi uchun mazkur sohaga tegishli sport qoidalar hamda reglamentlarni ishlab chiqishga va o'rnatishga mas'ul bo'lgan sport tashkilotlari-jumladan sport federatsiyalarining tashkil etilishi juda muhimdir.

O'zbekiston Respublikasining Jismoniy tarbiya va sport to'g'risidagi qonunida[2] sport federatsiyasiga quyidagicha tarif berilgan, ya'ni sport federatsiyasi — "bir yoki bir nechta sport turini rivojlantirish, ommalashtirish, shuningdek sport tadbirlarini o'tkazishni tashkil etish hamda sportchilarni — O'zbekiston Respublikasining sport terma jamoalari a'zolarini sportning tegishli turi bo'yicha tayyorlash uchun a'zolik asosida tashkil etilgan va davlat ro'yxatidan o'tkazilgan nodavlat notijorat tashkilotidir".

Biroq Rossiya qonunchiligida ushbu atamaga boshqacha tarif ko'zda tutilgan. Rossiya Federatsiyasining "Rossiya Federatsiyasida jismoniy tarbiya va sport to,g,risida"gi Federal qonunining 2-moddasining 16-bandida[3] unga quyidagicha tarif berib o'tilgan: sport federatsiyasi - bir yoki bir nechta sport turlarini rivojlantirish, ularni targ'ib qilish, tashkil etish, shuningdek, sport tadbirlarini o'tkazish va sport terma jamoalariga a'zo sportchilarni tayyorlash bo'yicha a'zolik va maqsadlar asosida tashkil etilgan jamoat tashkiloti" bolib hisoblanadi.

Jamoat birlashmasi deganda uning mohiyatiga e'tibor berish kerak bo'ladi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 56-moddasiga asosan kasaba uyushmalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari jamoat birlashmasi sifatida e'tirof etilgan.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi jamoat birlashmalariga o'z ustavlarida nazarda tutilgan asosiy maqsad va vazifalarni bajarish imkonini kafolatlaydi. Bu kafolat fuqarolarning ixtiyoriy uyushishga bo'lgan huquqlarini ro'yobga chiqarish uchun huquqiy asos bo'lib xizmat qiladi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Ozbekiston Respublikasida jamoat birlashmalarining huquqiy asosi yaratilgan-Konstitutsiyaning XIII bobi hamda fuqarolarning jamiyat va davlatni boshqarishda ishtirok etish (32-modda), kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga, jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda qatnashish (34-modda) huquqi kafolatlangan

Ozbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan "Ozbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to'g'risida^gi Qonunida jamoat birlashmasi tushunchasi, maqsadi, shakllari, faoliyat doirasi va huquqlari, maqomi va ro'yxatga olinishi kabi normalar oz ifodasini topgan.

Oz huquqlari, erkinliklarini hamda siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish, fan, madaniyat, ekologiya va hayotning boshqa sohalaridagi qonuniy manfaatlarini birgalikda ro'yobga chiqarish uchun birlashgan fuqarolarning xohish-irodalarini erkin bildirishlari natijasida vujudga kelgan ixtiyoriy tuzilma jamoat birlashmasi hisoblanadi.

Jamoat birlashmalari ustavida belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun tashkil etiladi. "Jamoat birlashmalari to,g,risida"gi Qonunning 3-moddasiga ko'ra, "Jamoat birlashmalari fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar hamda erkinliklarni ro'yobga chiqarish va himoya qilish, fuqarolarning faolligi va tashabbuskorligini, davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ularning ishtirok etishini rivojlantirish kasbkor va havaskorlik qiziqishlarini qondirish; ilmiy, texnikaviy va badiiy ijodkorlikni rivojlantirish; aholining sihat-salomatligini saqlash, xayriya faoliyatida qatnashish; madaniy-ma'rifiy, fizkultura-soglomlashtirish va sport ishlarini o'tkazish; tabiatni, tarix va madaniyat yodgorliklarni muhofaza qilish; vatanparvarlik va insonparvarlik tarbiyasi; respublikalararo va xalqaro aloqalarni kengaytirish, xalqlar o'rtasida tinchlik va do'stlikni mustahkamlash; qonunda taqiqlanmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish maqsadida tuziladi"

Jamoat birlashmasi biron-bir shaxsni yoki oilani yoxud ayrim guruhlarning shaxsiy foyda olish istagini ifodalamaydi. Jamoat birlashmalari odatda g'oya, iroda bilan harakatga keladi, ularning yagona maqsadi-jamiyatni takomillashtirish. Ular oz oldiga nazorat qilish yoki foyda olish vazifasini qo'ymaydi, balki ular jamiyatni mukammallashtirish yo'nalishi va istagida faoliyat yuritadi. Demak, jamoat birlashmalari fuqarolarga o'zlariga ozlari yordam berishlari, oz hayotlarini jamiyatni takomillashtirish orqali yaxshilashlari imkonini beradi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Rossiya Federatsiyasining "Jamoat birlashmalari to'g'risida" gi qonunning 7-moddasiga muvofiq jamoat birlashmalari quyidagi tashkiliy-huquqiy shakllardan birida tuzilishi mumkin: jamoat tashkiloti; jamoat harakati; jamoat fondi; jamoat muassasasi; jamoat tashabbusi organi.

Insonning jismoniy tarbiya va sport faoliyatining asosiy rag'batlantiruvchi omillaridan biri uning jismoniy kamolotga bo'lgan ehtiyoji va uning asosida jismoniy tarbiya va sport manfaatlari shakllanishidir. Sport qiziqishlari-jismoniy mashqlar va sportga bo'lgan ehtiyojni, har qanday sport bilan shug'ullanish uchun maqsadli intilishni anglash shaklidir. Demokratik jamiyatda umumiy manfaatlarni himoya qilish uchun, albatta, aholining sport va jismoniy tarbiya manfaatlari, shuningdek, umumiy maqsadlarga erishish uchun turli xil jamoat birlashmalari tashkil etilmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport yo'nalishidagi jamoat birlashmalarining faoliyati "jamoat birlashmalari to'g'risida" va "notijorat tashkilotlar to'g'risida" Rossiya Federal qonunlari bilan tartibga solinadi.

Jamoat birlashmasining muassislari, a'zolari va ishtirokchilari va ularga qo'yiladigan talablar quyidagilarni o^z ichiga oladi:

Jamoat birlashmasining muassislari jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar -syezd (konferentsiya) yoki jamoat birlashmasi ustavi qabul qilingan umumiy yig'ilishni chaqirgan jamoat birlashmalari bo'lib, rahbar va nazorat-taftish organlari shakllantiriladi.

Jamoat birlashmasining a'zolari - jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar-mazkur uyushma vazifalarini uning ustavi normalariga muvofiq birgalikda hal etishdan manfaatdor bo'lgan jamoat birlashmalari tegishli shaxsiy arizalar yoki hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi.

Jamoat birlashmasining ishtirokchilari jismoniy va yuridik shaxslar - ushbu uyushmaning maqsadlarini va (yoki) uning muayyan harakatlarini qo'llab-quvvatlash istagini bildirgan, uning faoliyatida ishtirok etish shartlarini majburiy ro'yxatdan o'tkazmasdan ishtirok etgan jamoat birlashmalaridir.

Jamoat birlashmalarining muassislari, a'zolari va ishtirokchilari 18 yoshga to'lgan fuqarolar bo'lishi mumkin. 14 yoshga to'lgan fuqarolar yoshlar jamoat birlashmalarining a'zolari va ishtirokchilari bo'lishi mumkin. 8 yoshga to'lgan fuqarolar bolalar jamoat birlashmalarining a'zolari va ishtirokchilari bo'lishi mumkin.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Jamoat birlashmalari qonun bilan belgilangan ularning muassislari tashabbusi bilan - kamida uchta jismoniy shaxs tomonidan belgilangan tashkiliy shakllardan birida tuziladi.

Jismoniy tarbiya va sport yo'nalishidagi jamoat birlashmasini tashkil etish uchta usulda amalga oshirilishi mumkin. Birinchi usul - tashkil etilayotgan sport tashkilotini davlat ro'yxatidan o'tkazmasdan. Ikkinchi usul - sport organlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish. Uchinchi usul - Sport tashkiloti boshqa tashkilotning tarkibiy bo'linmasi sifatida ham faoliyat yuritishi mumkin.

Jamoat birlashmasini tashkil etish, uning ustavini tasdiqlash va rahbarlik va nazorat-taftish organlarini shakllantirish to'g'risidagi qaror syezd (konferentsiya) yoki umumiy yig'ilishda qabul qilinadi.

Xorij tajribasiga tayanadigan bo'lsak, jumladan, Rossiya Federatsiyasida butun Rossiya, mintaqalararo, mintaqaviy va mahalliy jamoat birlashmalari tashkil etilmoqda va faoliyat yuritmoqda. Sport jamoat birlashmalari davlat ro'yxatidan o'tkazish ma'muriy tartib xususiyatlarini tahlil etib, biz davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun ariza berigan kundan boshlab 30 kun ichida Rossiya Adliya vazirligi yoki uning hududiy organi, uning davlat ro'yxatidan o'tkazish yoki uni rad etish to'g'risida qaror qabul qilish va arizachiga yozma ravishda rad etishni talab qiladi[4].

Rossiya Adliya vazirligi yoki uning hududiy organi davlat Sport Jamoat birlashmasini ro'yxatidan o'tkazish to'g'risida qaror qabul qilingandan so'ng, vakolatli ro'yxatga olish organiga (FTS, uning hududiy organlari) ushbu organ tomonidan yuridik shaxslarning yagona davlat reestrini yuritish uchun zarur bo'lgan ma'lumot va hujjatlarni yuboradi. Federal soliq xizmati, ushbu ma'lumotlar va hujjatlar olingan kundan boshlab ko'pi 5 ish kun muddatda uning hududiy organlari, yuridik shaxslarning yagona davlat reestriga tegishli qaydni amalga oshiradi va bunday qayd etish kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay, jamoat birlashmasi davlat ro'yxatidan o'tkazish to'g'risida qaror qabul qilgan organga xabar beradi.

Shuningdek, Rossiya Federatsiyasining "Jamoat birlashmalari to'g'risida" gi va "Rossiya Federatsiyasida jismoniy tarbiya va sport to'g'risida"gi Federal qonunlari bilan belgilangan talablarga Sport jamoat birlashmasining ramzlarining nomuvofiqligi xolatlari bunga misol bola oladi. Nomuvofiqlik davlat hokimiyati va mahalliy o'zini o'zi boshqarish organlari nomlari, milliy yoki diniy mansubligini tan olish bo'yicha ko'rsatmalar, shuningdek, fuqaroning nomi va familiyasi nomida foydalanish taqiqini buzgan holda ifodalanishi mumkin. Nom bilan bog'liq ro'yxatdan o'tishni rad etish, shuningdek, intellektual mulkni himoya qilish to'g'risidagi Rossiya federatsiyasi qonunchiligini buzganda ham kuzatilishi mumkin.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Masalan, Nizomning 2-bandida ushbu Sport jamoat birlashmasining vazifalaridan biri sifatida "...Rossiya davlatining mudofaasi va milliy xavfsizligini mustahkamlashga ko'maklashish " deb ko'rsatilgandi. "Jamoat birlashmalari to'g'risida" gi Qonunning 17-moddasi[6], " davlat hokimiyati organlari va ularning mansabdor shaxslari faoliyatiga jamoat birlashmalarining aralashuvi yo'l qo'yilmaydi" deb belgilab qo'yilgan.

Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasida xam "Jamoat birlashmalari to'g'risida"gi qonuning 12-moddasida Jamoat birlashmalarini ustavini ro'yxatga olishni rad etish asoslari keltirib o'tilgan. Jamoat birlashmalari Ustavini ro'yxatga olish rad etilgan taqdirda bu haqda taqdim etilgan ustav qaysi qonunchilik qoidalariga zid ekanligi ko'rsatilib, ariza beruvchiga yozma ravishda xabar qilinadi. Jamoat birlashmasining ustavini ro'yxatdan o'tkazishning rad etilishi ustidan sudga shikoyat qilish mumkin hamda bu O'zbekiston Respublikasi fuqarolik protsessual qonunchiligida keltirilgan tartibda ko'rib chiqilishi mumkin[7].

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, bugungi kunda jamoat birlashmalari sifatida sport jamoat birlashmalarining faoliyati mamlakatlar milliy qonunchiligi bilan mustaxkamlab qo'yilgan. Sport jamoat birlashmalarining faoliyatini rivojlanishi, mavjud bo'lishi albatta tegishli qonunchilik hujjatlari bilan tartibga yetarlicha huquqiy tartibga solinishi, xar bir mamlakatda mustaxkam huquqiy asoslarni talab etadi. O'zbekiston hamda Rossiya qonunchiligi tahlili shuni ko'rsatadiki, Sport jamoat birlashmalarini faoliyatini huquqiy ta'minlash bo'yicha ushbu mamlakatlar keng qonunchlik bazasiga egadir.

ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida PF-5887-son farmoni, PF-5887-сон 04.12.2019. O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida (lex.uz).

2. O'zbekiston Respublikasi "Jamoat birlashmalari to'g'risida"gi qonuni, 223-XII-сон 15.02.1991. O'zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to'g'risida (lex.uz).

3. Rossiya Federatsiyasining "Rossiya Federatsiyasida jismoniy tarbiya va sport to'g'risida"gi Federal qonunining 2-moddasining 16-bandi, О физической культуре и спорте в Российской Федерации от 04 декабря 2007 - docs.cntd.ru.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

4. Особенности государственной регистрации общественных спортивных объединений (часть 3) (center-bereg.ru).

5. Аналитическая справка по регистрации общественных и религиозных организаций Саратовской области и по контролю за их уставной деятельностью с 1999 г. по 2009 г. // Общественные объединения Саратовской области: проблемы правового регулирования. Саратов: Мадригал, 2009. С. 119 — 122.

6. Ковв1уа Federatsiyasi "Jamoat ЬЫавктакп to,g,risida"gi допит, Об общественных объединениях от 19 мая 1995 - docs.cntd.ru

7. O,zbekiston Respublikasi "Jamoat Ыг^кта1ап to,g,risida"gi допит, 223-Х11-сон 15.02.1991. O'zbekiston Respublikasida jamoat Ыг^кта1ап to'g'risida (кх.ш).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.