Научная статья на тему 'TALABALAR SPORT TAYYORGARLIGINI TASHKIL QILISH VA BOSHQARISHNING IJTIMOIY OMILLARI'

TALABALAR SPORT TAYYORGARLIGINI TASHKIL QILISH VA BOSHQARISHNING IJTIMOIY OMILLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

CC BY
333
38
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sport / sport klublari / jismoniy madaniyat / jismoniy tayyorgarlik / boshqarish. / students / students / physical education / mass sports / theoretical and practical basis / training / recommendations

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — Hayitov Tursun Shomurodovich

Sport klublari sport faoliyatini tashkil qilish va o‘tkazishda muhim boshlang‘ich tashkiloti hisoblanadi. Maqola sport klublari ishidagi muammolar va ularni hal qilish yo‘llariga bag‘ishlangan bo‘lib, uning mazmunida jismoniy tarbiya va sport sohasida tadbirkorlik va aholiga xizmat ko‘rsatish, yangi ish o‘rinlari yaratish bilan bog‘liq ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOCIAL FACTORS OF ORGANIZATION AND MANAGEMENT OF STUDENT SPORTS TRAINING

This article reveals the social implications of physical education and mass sports. A different approach assesses the social essences of sports, points out ways to improve the organization, and conducts various activities among different segments of the population, including youth.

Текст научной работы на тему «TALABALAR SPORT TAYYORGARLIGINI TASHKIL QILISH VA BOSHQARISHNING IJTIMOIY OMILLARI»

Scientific Journal Impact Factor

О

TALABALAR SPORT TAYYORGARLIGINI TASHKIL QILISH VA BOSHQARISHNING IJTIMOIY OMILLARI

Hayitov Tursun Shomurodovich

Jizzax davlatpedagogika instituti, "Sport turlarini o 'qitish metodikasi" kafedrasi

Annotatsiya: Sport klublari sport faoliyatini tashkil qilish va o 'tkazishda muhim boshlang'ich tashkiloti hisoblanadi. Maqola sport klublari ishidagi muammolar va ularni hal qilish yo'llariga bag'ishlangan bo'lib, uning mazmunida jismoniy tarbiya va sport sohasida tadbirkorlik va aholiga xizmat ko'rsatish, yangi ish o'rinlari yaratish bilan bog'liq ma 'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: sport, sport klublari, jismoniy madaniyatjismoniy tayyorgarlik, boshqarish.

Аннотация: Спортивные клубы - важная первичная организация в организации и проведении спортивных мероприятий. Статья посвящена проблемам в работе спортивных клубов и путям их решения, а также содержит информацию о предпринимательстве и государственных услугах в сфере физической культуры и спорта, создании новых рабочих мест.

Ключевые слова: спорт, спортивные секции, физическая культура, физическая культура, менеджмент.

Abstract: This article reveals the social implications of physical education and mass sports. A different approach assesses the social essences of sports, points out ways to improve the organization, and conducts various activities among different segments of the population, including youth.

Keywords: students, students, physical education, mass sports, theoretical and practical basis, training, recommendations.

Oliy ta'lim muassasalari o'sib kelayotgan yosh avlodni voyaga yetkazish va ularni bo'lajak kasb bilan ta'minlashda ulkan tashkiliy va boshqaruv vazifalarini amalga oshiruvchi tashkiliy tuzilma hisoblanadi. Hozirgi jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bosqichi insonlardan, ayniqsa yoshlardan o'z hayotini namunali tashkil etish, boshqarish va hayot kechirish bilan bog'liq turli talablarni qo'yadi. Bular tibbiy-biologik, pedagogik-psixologik, ijtimoiy-iqtisodiy hamda huquqiy talabalar atrofida jamlanadi va odamning butun bir hayotini ta'minlashga qaratilgan

o 'qituvchisi

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

O

ehtiyojlar tizimini tashkil etadi. Hozirgi kunda oliy ta'lim muassasalarida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. [1].

Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik, obyektivlik usulidan foydalanilgan bo'lib, mavzuni yoritishda tavsifiy, qiyosiy metodlardan foydalanildi. Maqolada talabalar sport tayyorgarligini tashkil qilish va boshqarishning ijtimoiy omillari obyektiv yoritilgan holda, mavzuning dolzarbligini bayon qilishda O'zbekiston Respublikasining "Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida"gi qonuni metodologik manba sifatida olingan.

Yosh avlodni jismonan barkamol, aqliy yetuk inson qilib yetishtirishda jismoniy tarbiya va sportning hissasi beqiyosdir. Jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish maqsadida O'zbekiston Respublikasining "Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida"gi qonunini (2015 yil 4 sentabr, Yangi tahrir), "Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" (2017 yil 3 iyundagi 3031-sonli Prezident Qarori) qabul qilinib, unda belgilangan vazifalarni amalga oshirishning asosiy konseptual yo'nalishlari ishlab chiqildi.

Qonunda aholi jismoniy tarbiyasiga konseptual yondoshib, uzluksiz ta'lim tizimida jismoniy tarbiya va sport orqali madaniy-ma'rifiy, ijtimoiy- iqtisodiy vazifalarni bosqichma-bosqich hal qilish ko'zda tutilgan. [2]

Uning natijasi o'laroq sportchilarimiz ham jahon maydonida yildan-yilga yanada ulkan g'alabalarni qo'lga kiritib, mamlakatimizda sportni ommalashtirishga, uning ilmiy va uslubiy jihatdan yanada rivojlantirishga ulkan hissa qo'shmoqda. Sport tayyorgarligi erishilgan natijalarni mustahkamlash, ularni keyingi yillarda yanada rivojlantirish bilan bog'liq ulkan vazifalarni qo'yadi. 2016 yil Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo'lib o'tgan XXXI Yozgi Olimpiada va XV Paralimpiya o'yinlarida ishtirok etgan 69 ta O'zbekiston terma jamoasi a'zolari tarkibida 25 ta talaba sportchilar ham ishtirok etdi. Bu umum ishtirokchilar sonining 32.2 % ni tashkil etdi. Respublikamizda O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti va viloyatlardagi 15 ta jismoniy madaniyat fakultetlarida 18648 nafar talabalar tahsil olayotganligini hisobga olsak, olimpiadachi talabalar ularning 0.13 % nigina tashkil etishini guvohi bo'lamiz. Viloyatlardagi 15 jismoniy madaniyat fakultetlarining faqat 6 tasidan (UrganchDU, AnDU, SamDU, BuxDU, Qo'qon DPI, QarDU) vakillar olimpiada o'yinlarida ishtirok etdi. Qolgan 10 ta fakultetlardan biror vakil terma jamoa tarkibiga tusha olmagan. Bu holat ushbu fakultetlarda talabalar sport

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Scientific Journal Impact Factor

O

tayyorgarligini tashkil qilish va boshqarish qoniqarsiz ekanligidan dalolat beradi.Tabiiyki, bu ko'rsatkich bizni qoniqtirmaydi va ishlarni qayta ko'rib chiqish, muammoni hal qilish uchun boshqa, optimal yo'llarni qidirish zaruriyatini keltirib chiqaradi.

Bu zaruriyat viloyatlardagi Jismoniy madaniyat fakultetlari talabalari va professor-o'qituvchilaridan iborat ulkan zahira kuchni harakatga keltirish, ular ishini zamonaviy talablar darajasida tashkil etish va boshqarishni talab etadi. Albatta, aytib o'tganlarimiz, yuqori toifali sportchilar tayyorlash jarayoniga taalluqli.Chunki yuqori toifali sportchilar tayyorlash jarayoni katta muskul zo'riqishlari orqali kechadi. Masalan, yuguruvchilarning yillik yugurish hajmi 3000-3500 km dan 6500-7500 km ga yetdi. Alohida suzuvchilar yillik mashqda 3800 km, eshkak eshuvchilar 12000 km gacha, velospedchilar 40000 km gacha mashq masofalarini o'tamoqdalar.

Jahon miqiyosidagi musobaqalarda o'z darajasini tutib turadigan sportchilar kamida 7-8 yil mashaqqatli sport mehnatini o'taydilar. Chet el sport tajribasida yuqori toifali alohida bir sportchi uchun 8 kishi xizmat ko'rsatadi.Masalan, sportchining umumiy jismoniy tayyorgarligi bo'yicha murabbiy, maxsus jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy, psixolog, oshpaz, menedjer, massajist, shifokor va b.

Bular sport tayyorgarligi jarayonini shunchaki, intuisiya yoki o'zibo'larchilik bilan emas, balki ilmiy, nazariy va uslubiy tadqiqotlarning natijalari bilan isbotlangan tavsiyalarga mos ravishda tashkil etish va boshqarishni talab qiladi.

Shu o'rinda yuqori toifali sportchilar tayyorlash uchun, ulkan zahira kuch sifatida ommaviy sportning ham alohida o'rni borligini ta'kidlab o'tish zarur. Oliy ta'lim muassasalarida ommaviy sport, sport klublari orqali amalga oshiriladi. Sport klublarining ish holatiga bugungi kun talablari hamda ilmiy va uslubiy jihatdan yondoshadigan bo'lsak, ularning foydali ish koeffisentini aniqlashimiz uchun ma'lum ko'rsatkichlarga murojaat qilishimizga to'g'ri keladi. Hozirda Respublikamizda 60 oliy ta'lim muassasalari, 7 ta xorijiy filiallar va 13 ta respublika oliy ta'lim muassasalarining filiallari faoliyat ko'rsatmoqda. Hammasini qo'shib hisoblaganda ular 80 ta. Ularda 271 000 nafardan ziyod talaba va 9000 nafardan ziyod magistrantlar tahsil olmoqda. Bu oliy ta'lim muassasalaridagi sport klublari jamoatchilik asosida faolyat ko'rsatadi, ular moddiy mablag' manbaiga ega emas.

Shuning uchun ular aksari hollarda respublika va xalqaro miqyosda o'tkazilayotgan talabalar sport musobaqalarga qatnasha olmaydi. Bozor iqtisodiyoti talabalaridan kelib-chiqib, o'z-o'zini mablag' bilan ta'minlash maqsadida, xo'jalik sub'ektlari sifatida ba'zi oliy ta'lim muassasalarida yuridik asosda faoliyat

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

ko'rsatayotgan sport klublari ham mavjud. Lekin ularning soni juda kam, ular 10 -11 % ni tashkil etadi. Bu holat ham oliy ta'lim muassasalarida talabalar sport tayyorgarligini tashkil qilish va boshqarishning asosiy yadrosi bo'lgan sport klublarini xo'jalik sub'ektlari sifatida, yuridik maqom berib tashkil etishdek katta muammoni keltirib chiqarmoqda. [3]

Bugungi kunda mamlakatimizda barcha tarmoqlarda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishga berilayotgan katta e'tibor va imkoniyatlar, imtiyozlar ta'lim tizimidagi jismoniy tarbiya va sport tayyorgarligi jarayoniga ham ularni keng ko'lamda tadbiq etish ehtiyojini talab qilmoqda. [4] Taraqqiy etgan ilg'or mamlakatlar tajribasidan kelib, chiqadigan bo'lsak, tadbirkorlik va biznes ham o'z navbatida talabalar o'rtasida sport-sog'lomlashtirish ishlarini rivojlantirishga katta turtki beradi. Masalan, eng rivojlanib borayotgan Xitoy, Koreya singari davlatlarda jismoniy madaniyat va sport uchun sarflanayotgan mablag'ning 40 % gina davlat byudjetidan sarf qilinadi. Qolgan 60 % mablag' o'z-o'zini ta'minlash orqali ishlab topiladi. Bu AQShdek davlatda 100 % tashkil etadi, ya'ni davlat aholi o'rtasida mustaqil sportni rivojlantirish uchun deyarli mablag' sarflamaydi. [5]

XULOSA VA TAKLIFLAR Talabalar mustaqil sport tayyorgarligi jarayonini molyaviy-iqtisodiy hamda tashkiliy-huquqiy muammolarini hal qilish uchun Prezident va Vazirlar Mahkamasining ko'plab qarorlari sohada tadbirkorlik va biznes uchun muhim asos bo'lib xizmat qilishiga qaramasdan tizimda natijalar qoniqarsizligicha qolmoqda. Bularga qaramasdan, uch bosqichli tizim musobaqalari muntazam, har yili o'tkazilib turilsada, lekin mablag' yo'qligi sababli har bir bosqich oralig'idagi 2 -2,5 yilda sport tayyorgarligida o'ziga xos uzilish sezilmoqda. Bularning asosiy sabablariga quyidagilarni ko'rsatish mumkin.

Birinchidan, sport sohasi mutaxassislarida bozor iqtisodiyoti talablariga mos huquqiy bilim, malaka va ko'nikmalarning yetishmasligi.

Ikkinchidan, talabalar mustaqil sport tayyorgarligini tashkil qilish va boshqarish tizimining bugungi kun talabalariga javob bermasligi, ularni moddiy mablag' manbaini yo'qligi.

Uchinchidan, soha mutaxassislarda tashabbuskorlik va mustaqil sport tayyorgarligi orqali o'z iqtisodiy ahvolini yaxshilashga oid muhim hayotiy maqsadlarni yetishmasligi va b.

Talabalar mustaqil sport tayyorgarligi tizimida shart-sharoitlar yaratish, tayyorgarlik, musobaqalar va turli darajadagi yig'inlarni o'tkazish va ularda ishtirok

Scientific Journal Impact Factor

О

etish uchun moddiy mablag' manbaini topish katta muammolardan bo'lib kelgan. Shuning uchun oliy ta'lim muassasalarida tadbirkorlik va biznesga asoslangan yuridik maqomdagi sport klublarini ochish, ish o'rinlari yaratish, ular ishini tashkil qilish va boshqarish hukumatimiz tomonidan qo'yilgan muhim moddiy va ma'naviy vazifalarni hal qilishga, xususan, talaba-yoshlarni jismonan yetuk, sog'lom va uzoq yillar mustaqil sport faoliyatini davom ettirishlariga, sport orqali o'z biznesi va tadbirkorligini yo'lga qo'yishga katta imkoniyalar yaratadi. Bu bugungi kun mutaxassislari oldida turgan eng dolzarb muammolardan biridir.

1. O'zbekiston Respublikasining '^тошу tarbiya va sport to'g'risida"gi qonunini (2015 yil 4 sentabr, Yangi tahrir)Xalq so'zi gazetasi, 2015 уй 5 sentyabr soni.

2. '^тошу tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" (2017 yil 3 iyundagi 3031-sonli Prezident Qarori). Xalq so'zi gazetasi, 2017 yil 4 iyun soni.

3. Зубарев Ю.А. Маркетинг физической культуры и спорта: Курс лекций. Волгоградская государственная академия физической культуры. - Волгоград -2008 - 206 стр.

4. Васенков, Н.В. Динамика состояния физического здоровья и физической подготовленности студентов / Н.В. Васенков // Теория и практика физической культуры. - 2005. - № 5. - С. 91 - 92.

5. Дорошенко, С.А. Спортивно-видовой подход - путь к повышению эффективности процесса физического вос питания в вузе / С.А. Дорошенко // Журнал Сибирского Федерального Университета. - 2011. - № 9. - Т. 4. - С.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: (REFERENCES)

1334 - 1353.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.