Научная статья на тему 'BOLALAR VA O'SMIRLAR SPORT MAKTABLARIDA VOLEYBOLCHILARGA VOLEYBOL SPORT TEXNIKASINI O’RGATISHNING NAZARIY ASOSLARI'

BOLALAR VA O'SMIRLAR SPORT MAKTABLARIDA VOLEYBOLCHILARGA VOLEYBOL SPORT TEXNIKASINI O’RGATISHNING NAZARIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

1138
66
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bolalar va o„smirlar / o„smirlar sport maktablari / ijtimoiyiqtisodiy / ma‟naviy-axloqiy / madaniy-maishiy / jismoniy va psixofunksional / texnik va taktik jarayonlar. / children and adolescents / adolescent sports schools / socioeconomic / spiritual-moral / cultural-domestic / physical and psycho-functional / technical and tactical processes.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Shoxsanam Xolmurod Qizi Turapova

Ushbu maqolada bolalar va o'smirlar sport maktablarida voleybolchilarga voleybol sport texnikasini o‟rgatishning nazariy asoslari xaida so‟z borgan va uslubiy tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article discusses the theoretical foundations of teaching volleyball techniques to volleyball players in children and youth sports schools and provides methodological recommendations.

Текст научной работы на тему «BOLALAR VA O'SMIRLAR SPORT MAKTABLARIDA VOLEYBOLCHILARGA VOLEYBOL SPORT TEXNIKASINI O’RGATISHNING NAZARIY ASOSLARI»

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-1057-1062

BOLALAR VA O'SMIRLAR SPORT MAKTABLARIDA

VOLEYBOLCHILARGA VOLEYBOL SPORT TEXNIKASINI O'RGATISHNING NAZARIY ASOSLARI

Shoxsanam Xolmurod qizi Turapova

Jizzax Davlat pedagogika instituti Maktagacha ta'lim va boshlang'ich ta'limda

jismoniy tarbiya yo'nalishi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada bolalar va o'smirlar sport maktablarida voleybolchilarga voleybol sport texnikasini o'rgatishning nazariy asoslari xaida so'z borgan va uslubiy tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: bolalar va o'smirlar, o'smirlar sport maktablari, ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-axloqiy, madaniy-maishiy, jismoniy va psixofunksional, texnik va taktik jarayonlar.

ABSTRACT

This article discusses the theoretical foundations of teaching volleyball techniques to volleyball players in children and youth sports schools and provides methodological recommendations.

Keywords: children and adolescents, adolescent sports schools, socioeconomic, spiritual-moral, cultural-domestic, physical and psycho-functional, technical and tactical processes.

KIRISH

Mamlakatimizda har tomonlama soq'lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning o'z iqtisodiy va intelektual salohiyatini ro'yobga chiqarish, mamlakatimiz yigit qizlarini XXI asrga to'liq javob beradigan har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga etkazish uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlar uchun keng ko'lamda aniq yo'naltirilgan chora tadbirlar omalga oshirilyapti.

Sport musobaqalarning funkstiyalari faqatgina musobaqalashish bellashish bilangina chegaralanib qolmaydi. Sport insonning komil inson bo'lishiga, uning jismoniy va ma'naviy dunyoqarashining, tabiatini rivojlantirishga yordam beradigan samarali usullarni taklif etadi. Undan tashqari sport o'z-o'zini tarbiyalash uchun etakchi omil hisoblanadi. Sportdagi ko'rsatkichlarning oshishi me'yoriga qarab, sportchi nafaqat jismoniy, balki ruhiy, aqliy, axloqiy, ma'naviy va vatan tarbiyasi

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-1057-1062

jarayoniga kirib bormoqda. Bu borada jismoniy tarbiya va sport musobaqalaming pedagogik ahamiyati nihoyatda kattadir.

Jismoniy tarbiya va sport mashg'ulotlarida qo'yiladigan asosiy maqsad -sog'liqni mustahkamlash hamda yuqori sport natijalariga erishish avvalambor yoshlikdan boshlab umumiy jismoniy sifatlarni rivojlantirish muhimligiga e'tibor qaratadi. Aksariyat olimlarning ta'kidlashicha, muayyan sport turi bo'yicha muntazam o'tkazib boriladigan hamda hajm, shiddat va mazmun jihatdan to'g'ri tashkil qilingan mashg'ulotlar bolalar va o'smirlar organizmiga ijobiy ta'sir ko'rsatar ekan. Lekin, umumiy jismoniy tayyorgarlikka asoslangan va tor doirada ixtisoslashtirilgan mashg'ulotlar salbiy oqibatlarga olib kelishi kuzatilgan. Binobarin, dastlabki o'rgatish bosqichida jismoniy va texnik-taktik mashqlar nisbatini to'g'ri rejalashtirish bolalar sport mahoratini samarali shakllantirish imkoniyatini yaratadi.

ADABIYOTLAR TAXLILI VA METODOLOGIYA

Zamonaviy klassik voleybol XX asr oxirlari va XXI asrdan boshlab o'zining tabiiy taraqqiyoti tufayli hamda musobaqa qoidalarining keskin o'zgarishi evaziga yangicha mazmunga ega bo'ldi. O'yin qoidalarining tubdan o'zgarishi nafaqat g'oliblikka da'vogar jamoalar raqobati bilan belgilanadi, balki ma'lum darajada bozor munosabatlariga ham bog'liqdir.

Ma'lumki, yirik nufuzli musobaqalarni (Jahon, Osiyo chempionatlari, Olimpiada hamda boshqa yuqori reytingli halqaro turnirlar, Kubok musobaqalari) o'tkazishda ko'plab teleradiokompaniyalar, jurnalistlar ushbu musobaqalarni tele -translatsiya qilish, reportajlar olib borish uchun maxsus akkreditsion talablarni qondirishlari lozim.

Agar qayd etilgan musobaqalarda o'yin shiddati sust bo'lsa, «kuchli» zarbalar tufayli ochkolar tez-tez olinsa-yu, uzluksiz jarayon tez-tez uzilib, to'xtash holatlari ko'p bo'lsa, musobaqaga bo'lgan qiziqish so'na boshlaydi, akkreditsiya bozori chegaralanadi, tomoshabinlar doirasi toraya boshlaydi. Aynan shunday holatlar 1996-98-yillargacha davom etgan. Chunki eski qoidalarga muvofiq himoya zonalarida joylashgan "kuchli" hujumchilar hujum va yon chiziqlarini bosmasdan, shiddat bilan sakrab 4 yoki 2 zonalardan zarba berish natijasida ochko "ishlaganlar" Tananing oyoq va bel qismlarigacha to'p tegsa, o'yin to'xtatilgan. To'p maydondan uzoqqa tushsa, vaqt ketgan, boshqa to'p bilan o'ynash taqiqlangan, to'p kiritish "yo'qotilsa", raqib jamoaga ochko berilmagan, kiritilgan to'p to'rga tegib o'tsa, o'yin to'xtatilar edi va hokazo. Bunday vaziyatlar o'yinni tez-tez "to'xtab" qolishiga sabab bo'lib kelgan.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-1057-1062

Bugungi voleybol qoidalaridagi ko'plab prinsipial o'zgarishlar evaziga bunday "to'xtash" holatlariga barham berildi. Jumladan, o'yin 3 ta to'p (bir to'p o'yinda, 2 ta to'p zahirada) "ishtirokida" o'tkaziladigan bo'ldi. Yon chiziq bilan hujum chizig'ining kesishgan joyidan maydon tashqarisi tomon 1,75 m kesim chiziqlar bilan chegaralandi. Tananing istalgan qismi bilan to'pni o'ynashga ruxsat etildi. O'yin "tay-breyk" tarzida amalga oshirilishi yo'lga qo'yildi, ya'ni to'p kiritish "yo'qotilganda" ham raqib jamoaga ochko berilishi joriy etildi. "Birinchi" to'pni qabul qilish yoki uzatishga doir qoidaning "kuchi" keskin yumshatildi, kiritilgan to'p to'rga tegib o'tsa, "to'g'ri" deb baholanadigan bo'ldi.

Ushbu o'zgarishlar natijasida vujudga kelgan yangi o'yin elementlari, maxsus sifatlar, harakat usullari o'quv-mashg'ulot mashg'ulotlari mazmuniga yangicha yondoshish, tarkibiga yangi mashqlarni kiritish va mashg'ulot-musobaqa birligini ta'minlash muhimligini belgilaydi. Bunday zaruriyat so'nggi yillarda olingan rasmiy ma'lumotlarga asoslanadi. Chunonchi, O'zbekiston voleybol Federatsiyasi ekspertlari tomonidan o'tkazilgan ilmiy kuzatuvlar netijalariga ko'ra, zamonaviy voleybol borgan sari o'yin mazmuni jihatidan yangicha texnik usullar, taktik xususiyat va "eskicha" voleyboldan tubdan farq qiluvchi texnik-taktik yo'nalishlar hisobiga o'zgarib bormoqda. Yugurib kelib sakrab katta "portlovchi-inersion kuch" bilan to'p kiritish usulining keng joriy etilishi to'pni samarali qabul qilish imkoniyatini keskin chegaralab qo'ydi. Bu esa raqib jamoani maqsadli hujum uyushtirish unumdorligini tushirib yubordi.

NATIJALAR

Hozirgi davr taqdiri va uning istiqbolini ijobiy hal qilish qaysi sohada bo'lishidan qatiy nazar har tomonlama komil insonlarni tarbiyalashda, jismoniy sifatlarni rivojlantirish va albatda bu sifatlarni faol maqsadda shakillantirish kerak. Bu jismoniy sifatlar, texnik-taktik uslibiyotlar o'z-o'zidan vujudga kelmaydi, balki jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanish evaziga amalga oshiriladi, albatta bunday tadbirlar mutaxasislar maslahati, nazorati va ko'rsatmalari, umuman murabbiy rahbarligi ostida amalga oshiriladi. Aks holda maxsus bilimga ega bo'lmasdan jismoniy mashqlar bilan shug'ullanish ko'ngilsiz natijalarga olib kelishi mumkin.

Sport va jismoniy tarbiya bo'yicha malakali,oliy va o'rta ma lumotli murabbiylar tayyorlash dolzarb masalalardan biridir. Bizda yosh avlodni puxta bilim olishlari, har tomonlama rivojlanishlari uchun munosib sharoitlar yaratish, davlatimiz siyosati darajasiga ko'tarilgan.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-1057-1062

Hozirgi kunda Respublikamiz o'quv yurtlarida uslubiy hujjatlarni hududimiz iqlimi sharoitiga, mamlakatimiz ananalariga, urf odatlari, rasm-rusumlari, ajdodlarimiz meros maslahatlariga tayanib hayotga tadbiq etish zarurdir. Yuqori malakali mutaxasislar, murabbiy-o'qituvchilar tayyorlash ham bundan mustasno emas. Respublikamizni jismoniy tarbiya va sportida sport o'yinlarini o'rni beqiyosdir.Sport o'yinlari harakatli o'yinlarning rivojlangan yuqori bosqichi,har bir sport o'yinining o'ziga xos xususiyatlarga ega.

Sport o'yinlari ichida voleybol sport turini ham o'z o'rni, o'ziga hos xususiyatlari mavjud. Voleybolda turli-tuman harakatlar qo'llaniladi: yurish, yugirish, sakrash, kutilmaganda to'xtalish, epchillik va chaqqonlik, turli hil harakatlardan iboratdir. Voleybol turida ham boshqa sport turlariga o'xshab usullarni bajarib jamoadoshlari bilan birgalikda ustunlikga erishishga harakat qiladilar.Voleybolni tarbiyaviy ahamyati ham juda katta, u o'zaro hamjihatlikni tarbiyalaydi.Biroq voleybolda ham boshqa jismoniy sifatlar va texnika, taktikani rivojlantirish shart va shundagina yuqori natijalarga erishish mumkin.

MUXOKAMA

Yosh voleybolchilaning trenirovka jarayonida uchraydigan turli tanaffuslar sportchi va murabbiyning oldiga qo'ygan maqsadini yo'q qilishga olib keladi. Shuning uchun ham ko'p yillik trenirovka jarayonida muntazamlikni uzilishi, turli tanaffuslarni ro'y berishga yo'l qo'ymasdan, uni uzluksizligini ta'minlashi kerak. Lekin, ushbu uzluksizlik trenirovka nagruzkasini dam olish, ish qobiliyatini tiklash bilan almashinib turishi asosida amalga oshirilishi zarurdir.

Voleybol o'z mohiyati, mazmuni va xususiyati bilan boshqa sport o'yinlaridan farq qiladi. Voleybol o'yini nisbatan kichik bo'lgan, ya'ni o'rtasidan teng ikkiga bo'lingan 18x9 metrli to'g'ri burchakli to'rtburchak shaklidagi maydonchada amalga oshiriladi. Zamonaviy voleybol turli o'yin malakalari va taktik kombinatsiyalarga nihoyatda boy bo'lib, o'ta katta shiddat va tezlikda o'tadi. Binobarin, voleybolning yuqorida zikr etilgan o'ziga xos xususiyatlari o'yinchilardan mukammal takomillashgan texnik mahorat talab qiladi. Musobaqa o'yinlarida texnik mahorat qanchalik keng va tashqi ta'sirlarga nisbatan mukammal shakllangan bo'lsa, shunchalik g'alabani qo'lga kiritish imkoni ko'p bo'ladi.

O'yin texnikasi - bu bir vaqtning o'zida ketma-ket va muayyan maqsadli tartibda ijro etiladigan ixtisoslashgan harakat yoki harakatlar majmuasidir. O'yin texnikasi -harakatni aniq, tez, engil, vaziyatga muvofiq, kam kuch sarf etib yuqori samarada bajarishga mo'ljallangan bo'lishi lozim.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-1057-1062

"Texnika" atamasi yunoncha (tehnus) so'z bo'lib, juda keng ma'noda foydalaniladi va o'zbek tilida "san'at" tushunchasini anglatadi. Miloddan avvalgi 776-yildan boshlab har 4 yilda Yunonistondagi Olimp tog'larining etagida joylashgan Olimp qishlog'ida Xudo Zevs sharafiga o'tkaziladigan umumyunon bayram musobaqalari ishtirokchilari 2 g'ildirakli aravachada poyga, mushtlashish, beshkurash sporti bo'yicha o'z san'atlarini (texnikasini) namoyish etganlar. Qizig'i shundaki, har bir ishtirokchi musobaqadan oldin o'z qaddi-qomatini, mushaklarini shakllanganligi va boshqa shu sportga oid xislatlarni namoyish qilishi mazkur musobaqaning shartlaridan biri bo'lgan. Demak, muayyan sport turi bilan shug'ullanish natijasida odamning qaddi-qomati, mushaklari va organizmning jamiyki barcha organlari shakllanadi, binobarin sportchining texnik mahorati, san'atini takomillashishi ta'minlanadi. Voleybol o'yini texnikasi o'yinni olib borish uchun zarur bo'lgan harakat usullari majmuasidan iboratdir. Harakatlar texnikasi turli vaziyatlarda maqsadga muvofiq, samarali harakat qilish bilan baholanadi.

1. Voleybol o'yin texnikasi va uning tasnifi

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-1057-1062

XULOSA

Sport amaliyotida dastlabki o'rgatish jarayoni ko'p yillik sport mashg'ulotsining fundamental bosqichi bo'lib, ushbu bosqichda o'rgatish uslublari va vositalaridan to'g'ri foydalanish keyingi bosqichlarda sport mahoratini samarali shakllanishiga imkon yaratadi.

Dastlabki o'rgatish jarayonini rejalashtirish va tashkil qilishda bolaning ontogenetik hamda biopsixologik xususiyatlari e'tiborga olinishi zarur. Boshqacha qilib aytganda, dastlabki o'rgatish jarayonida o'tkaziladigan mashg'ulotlar yuklamalari shug'ullanuvchi bolalarning jismoniy va funksional imkoniyatlariga qarab me'yorlanishi va qo'llanilishi lozim.

Ma'lumki, harakat (yuklama) hajmi va shiddati inson salomatligi, uning jismon iy va funksional shakllanishida muhim ahamiyatga egadir. Lekin barcha harakat turlari, jumladan sport to'garaklarida ijro etiladigan jismoniy va texnik-taktik mashqlar hajmi hamda shiddati shug'ullanuvchining funksional imkoniyatlariga mos kelishi yoki xiyolgina yuqori bo'lishi lozim

REFERENCES

1. Ayrapetyans L.R., Voleybol. zar qalam, T. 2005 y. . L.R.Ayrapetyans, A.A.Pulatov.Voleybol nazariyasi va uslubiyoti Toshkent-2012 y

3. Г.И.ХАСАНОВА "Таълим жараёнида дастурлаштирилган укитиш технoлoгиясидан фoйдаланишнинг афзалликлари" Жиззах: 2020. 420 бет. 223-225б

4. .Хасашва, Г. (2021). Олий таълим муассасалари педагогларининг креатив ^билиятларини ривoжлантиришнинг мазмуни. Academic Research in Educational Sciences, 2(1), 778-782.

5.Norquzieva. MEnsuring professional stability of future teachers in pedagogical activity European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol. 8 No. 6, 2020

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.