Научная статья на тему 'TA’LIM-TARBIYA JARAYONIDA ASTRONOMIYA FANIDAN UYUSHTIRILADIGAN DARSDAN TASHQARI ISHLAR'

TA’LIM-TARBIYA JARAYONIDA ASTRONOMIYA FANIDAN UYUSHTIRILADIGAN DARSDAN TASHQARI ISHLAR Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
185
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
astronomiya / dars jarayoni / mashg‘ulot / didaktika / pedagogika / darsdan tashqari ishlar.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — O‘rinova Oysha Dilmurod Qizi, Hamidova Sarvinoz Ochil Qizi

Ushbu maqolada ta’lim-tarbiya jarayonida Astronomiya fanidan uyushtiriladigan darsdan tashqari ishlar va ularni o‘qitish metodikasi bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM-TARBIYA JARAYONIDA ASTRONOMIYA FANIDAN UYUSHTIRILADIGAN DARSDAN TASHQARI ISHLAR»

"Interpretation and researches"

International scientific journal volume 1 issue 2

TA'LIM-TARBIYA JARAYONIDA ASTRONOMIYA FANIDAN UYUSHTIRILADIGAN DARSDAN TASHQARI ISHLAR

O'rinova Oysha Dilmurod qizi, Hamidova Sarvinoz Ochil qizi

Fizika va astronomiya ta'lim yo'nalishi talabalari

Navoiy davlat pedagogika instituti Ilmiy rahbar: t.f.d. (DSc), prof.v.b. D.I.Kamalova https://doi.org/10.5281/zenodo.7586173

Annotatsiya. Ushbu maqolada ta'lim-tarbiya jarayonida Astronomiya fanidan uyushtiriladigan darsdan tashqari ishlar va ularni o'qitish metodikasi bayon etilgan.

Kalit so'zlar: astronomiya, dars jarayoni, mashg'ulot, didaktika, pedagogika, darsdan tashqari ishlar.

EXTRA CURRICULUM ACTIVITIES IN THE SCIENCE OF ASTRONOMY

IN THE EDUCATIONAL PROCESS

Hamidova Sarvinoz Ochil kizi, Urinova Oysha Dilmurod kizi Students of the department of the "Physics and astronomy" Navoi state pedagogical institute Research advisor: DSc, prof. D.I. Kamalova

Annotation. This article describes extracurricular activities in the field of Astronomy during the educational process and their teaching methodology.

Keywords: astronomy, teaching process, training, didactics, pedagogy, extracurricular activities.

O'quvchi (talaba) larga ta'lim va tarbiya berishda hamda ularning ma'nan sog'lom rivojlanishida Astronomiya fanidan tashkil etiladigan o'quv jarayonidan tashqari ishlar muhim ahamiyat kasb etadi.

Astronomiya fanidan darsdan tashqari ishlar deganimizda, darsdan xoli vaqtlarda, Astronomiya fani o'qituvchisining bevosita rahbarligida, oldindan belgilangan reja asosida ma'lum ilmiy va bilish maqsadlarini ko'zlagan holda, o'quvchilarning xohish-istaklarini inobatga olgan holda uyushtiriladigan dars mashg'uloti nazarda tutiladi.

Dars mashg'ulotlaridan tashqari ishlarni fan o'qituvchisi tomonidan uyushtirishda o'quvchilarning shaffof va mustaqil ta'lim olishi, tarbiyalanishi va ma'naviy rivojlanishiga alohida e'tibor qaratish zarur bo'ladi. Bu ishlarni tashkil etish

bir necha tashkiliy elementlar (maqsadi, vazifasi, mazmuni, shakli, xili, tashkil etish metodi) ni o'z ichiga olgan bo'ladi.

Quyida keltirilgan tamoyillar dars mashg'ulotidan tashqari ishlarni tashkil qilishda inobatga olinishi kerak: (1-sxema)

1. Xohishiylik, ya'ni ixtiyoriylik;

2. O'quvchilarning individual xususiyatlarini inobatga olish;

3. O'quvchilarning ijodiy rivojlanishlarini ta'minlash;

4. Bajariladigan ishlarning ijtimoiy foydali yo'naltirilganligi;

5. Bajariladigan ishlarning keng ommaviylashganligi;

6. Belgilangan ishlar va topshiriqlarning majburiy bajarilishi;

7. O'quv mashg'ulotlaridan tashqari ishlar o'quv ishlari bilan hamohang bo'lishi ta'minlanishi kerak.

Astronomiya fanidan dars (sinf) dan tashqari ishlarni tashkil etishning asosiy maqsadini belgilashda quyidagilarni inobatga olish zarur bo'ladi:

1. o' quvchi (talaba) larning egallagan bilim darajasini;

2. o'quvchi (talaba) larning bilim olishga qiziqishini;

3. o'quvchi (talaba) larning o'quv mehnat faoliyatidagi o'ziga xos xususiyatlarini;

4. o'quvchi (talaba) larning aqliy taraqqiyot darajasini;

5. o'quvchi (talaba) larning shaxs sifatidagi shakllanish darajasini;

6. o' quvchi (talaba) larni kasbga y o' naltirish.

Oldimizga qo'yilgan maqsadlardan kelib chiqqan holda vazifalar belgilanib olinishi kerak. Belgilangan vazifalar dars (sinf) dan tashqari tashkil etilgan ishlarning mazmuniga qarab quyidagilardan iborat bo'ladi:

1) o'quvchi (talaba) larning ilmiy tafakkurini rivojlantirishi;

2) o'quvchi (talaba) larning umumiy holda dastur asosida ta'lim olishi yo'nalishini rivojlantirishi;

3) o'quvchi (talaba) larning umumkasbiy va umumtexnikaviy rivojlanishini ta'minlashi;

4) o'quvchi (talaba) larning shaxsiy ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishi;

5) o'quvchi (talaba) larda amaliy kasbiy ko'nikma va malakalarini shakllantirishi;

6) o' quvchi (talaba) larni kasbga yo' naltirish vazifasi.

Ana shunday aniq vazifalar asosida dars (sinf) dan tashqari ishlarni olib borish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Albatta, dars (sinf) dan tashqari ishlarni olib borishda uning mazmunini tanlash ham o'quvchi (talaba) larga muhim hisoblanadi.

O'quvchi (talaba) larni mehnatga ongli munosabatda bo'lish ruhida tarbiyalash ta'lim-tarbiya jarayonining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu masalani hal

etishda dars (sinf) dan tashqari ishlarning ahamiyati muhimdir. Sinfdan tashqari mashg'ulotlar davomida uyushtiriladigan tajriba va kuzatishlar umumiy mehnat va amaliy ko'nikmalar hosil qilinishida katta imkoniyatga ega.

Darsdan tashqari uyushtiriladigan ishlarning qaysi turi bo'lishidan qat'iy nazar o'quvchilarda estetik didni rivojlantirish borasida ham o'qituvchi ish olib borishi zarur. Shuningdek, mashg'ulotlar jarayonida o'quvchi-talabalarni tabiatga, tabiat go'zalligiga muhabbat hissini uyg'otishni ham o'qituvchi yodidan chiqarmasligi kerak.

O'quvchi (talaba) larni vatanparvarlik va baynalminallik ruhida tarbiyalash borasida ham astronomiyadan uyushtirilgan sinfdan tashqari ishlar katta imkoniyatga ega. Buyuk mutafakkirlarimizdan Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulug'bek va boshqalarning qilgan ishlarini, ularning hayotlaridan lavhalarni yoki bo'lmasa XX-XXI asrlarda Astronomiya sohasida M.Mamadazimov, I.Sattorov, B.Axmedov va boshqa vatanimiz olimlari qilgan ishlarni sinfdan tashqari o'tkaziladigan tadbirlarda ko'rsatish, devoriy gazetalarda ma'lumotlar berish yaxshi samara beradi. Shuningdek, keyingi paytlarda vatanimiz astronomik olimlari boshqa mamlakatlar olimlari bilan hamkorlikda ishlab erishayotgan yutuqlari haqida, bu yutuqlar turli millat vakillarining hamkorlikdagi ishining natijalari ekanligini o'tkaziladigan tadbirlar orqali o'quvchi-talabalar ongiga yetkaza olsak maqsadga erishgan bo'lamiz.

Dars (sinf) dan tashqari tashkil etiladigan ishlar umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'quvchilarning umumiy o'rta ta'lim va politexnik ta'lim saviyasini oshirishga, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga, ularning ijodiy tashabbuskorligini oshirishda katta imkoniyat eshiklarini ochib beradi. Shuningdek, o'quvchilarning Astronomiya darsiga bo'lgan qiziqishini orttiradi. Sinfdan tashqari ishlar o'quvchilarning qiziqishlarini hisobga olgan holda tashkil qilinadi. Astronomiyadan tashkil etiladigan sinfdan tashqari ishlardan biri to'garaklardir. Astronomiyadan to'garaklarni nafaqat maktabda, shuningdek akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida ham tashkil etilsa, nur ustiga a'lo nur bo'ladi.

Astronomiyadan o'tkaziladigan to'garak ishining eng qimmatlisi shuki, bunda o'quvchi-talabalar o'z bilimlarini amalda qo'llashni o'rganadilar, hayotga ishlab chiqarish mehnatida ishtirok etishga tayyorlanadilar.

Astronomiya to'garagining mazmuni masalasi eng muhim hisoblanadi. Ko'pincha o'qituvchi to'garak uchun qandaydir qisqa, texnik sohalarni - aviamodel, radiotexnika, kinotexnika va hokazolarni tanlaydi. Astronomiya o'qituvchisi rahbarlik qiladigan to'garak ishi o'quvchi-talabalarning to'garakdagi ishini Astronomiyani o'qitish bilan to'laroq bog'lash imkoniyati bo'lishi uchun ko'proq Astronomiya va texnika tematikasi bo'yicha olib boriladi. Astronomiya fanidan STEM-astronomiya to'garagini tashkil etish bilan o'qituvchi o'quvchi (talaba) larning shaxsiy qiziqishlarini hisobga olishi, rejalashtirayotgan to'garak faoliyatini

ular bilan birga tashkillashtirishi, mavzularning zamonaviyligi katta ahamiyat kasb etishi bilan birga darslarning quvnoq tarzda bo'lishini ham ta'minlaydi. Ma'lumki, o'quvchi (talaba) larni elektronika, avtomatika, radiotexnika, mikro- va nanoelektronika, yarim o'tkazgichlar, raketa-texnikasi, kosmonavtika, axborot texnologiyalari kabi masalalar qiziqtiradi. Ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan to'garak ishlari o'quvchi (talaba) larni ayniqsa, qiziqtiradi.

To'garak - bu sinfdan tashqari ishning muntazam shaklidir. Unda avvaldan tayyorlangan dastur asosida o'quvchi (talaba) lar qo'shimcha ma'lumotlar to'plamini oladilar, mavjud bilim, malaka va ko'nikmalarini chuqurlashtiradilar hamda mustahkamlaydilar. Astronomiya to'garaklari tartibli ravishda o'tkaziladigan mashg'ulot hisoblanadi.

To'garak a'zolari o'zgarmas bo'lib, to'garak a'zolarining umumiy majlislarida qabul qilingan dastur va jadval bo'yicha ishlaydi.

O'qituvchiga darsga nisbatan sinfdan tashqari mashg'ulotni o'tkazish qiyinroq, chunki sinfdan tashqari ish o'qituvchidan katta ijodiy tashabbuskorlikni va amaliy tayyorgarlikni talab qiladi.

Astronomiya o'qitishdagi ilg'or metodlar, yangiliklar sinfdan tashqari mashg'ulotlarda paydo bo'lgani tasodifiy emas.

Frontal laboratoriya ishlari, astronomiyadan praktikum ishlari, eksperimental masalalar, o'quv filmlaridan foydalanish sinfdan tashqari mashg'ulotlar orqali kiritilgan, ya'ni Astronomiya xonasini elektr simlarini o'tkazib jihozlash, qo'ng'iroqlarni avtomatik chalish, magnitofonni o'chirish, ulashni avtomatik boshqarish, ta'lim muassasasini radiolashtirish, radiouzel orqali chiqib o'quvchi (talabalar) ga murojaat qilish va h.k.

Ta'lim muassasalarida tashkil etilgan Astronomiya to'garaklarining bosh mavzusi kelajagi bor, uzoqroq muddatga (bir necha yillarga) mo'ljallangan bo'lishi kerak, shunda o'quvchi (talaba) lar to'garakning ish rejasi va faoliyati bilan mukammal tanishib, o'rganib oladilar.

Astronomiyadan fan to'garaklari ta'lim muassasasi rahbarining buyrug'iga binoan tashkil etiladi.

O'quv yili boshida Astronomiya o'qituvchisi ta'lim muassasasida Astronomiyadan to'garak tashkil etilayotganligini, to'garakning bir necha tematikasi, o'tkazilish kuni, o'tkazilish vaqti, xonasi haqida bir necha kun avval e'lon yozib qo'yadi. To'garak a'zolari 10^15 kishidan iborat bo'lishi kerak. O'qituvchi o'quvchi-talabalar qiziqishini hisobga olib, mavjud bo'lgan to'garak dasturlaridan o'quvchi-talabalar xohishi bilan birini tanlaydi.

O'qituvchi o'quvchi (talaba) lar bilan to'garakni qaysi kuni qanday vaqt oralig'ida o'tkazilish kerakligini kelishib olishadi. To'garak texnikaning so'nggi yutuqlari asosida tashkil etilishi, shunga asosan Astronomiya va texnika to'garagi

si

nomi berilishi ham mumkin. Bu holda to'garak dasturi Astronomiya, kosmonavtika, informatika, radiotexnika, elektrotexnikaning so'nggi yutuqlari asosida tashkil etiladi va o' tkaziladi.

Astronomiya kechalari - bu ta'lim muassasasida sinfdan tashqari ishni avj oldirib borish uchun ko'p mehnat talab qiladigan samarali tadbirlardan biridir. Ular Astronomiyaning ko'p sohalari bo'yicha o'quvchi (talaba) lar bilimlarini chuqurlashtirish va kengaytirishga xizmat qiladi. Ko'pchilik o'quvchi (talaba) larni ishtirok etishi talab qilinadi. Ayrim o'quvchi (talaba) lar ma'ruzalar, boshqalari tajribalar tayyorlaydilar, uchinchilari devoriy gazeta chiqaradilar, to'rtinchilari kecha o'tkaziladigan zalni bezash bilan shug'ullanadilar, beshinchilari mehmonlarni kutish bilan va hokazolar bilan shug'ullanadilar. Kechani o'tkazishga o'quvchi (talaba) larning ko'p tayyorgarlik ko'rishi ularning jamoa bo'lib birlashishlariga yordam beradi. Bu jamoa sinfdan tashqari ishlarning yuqori shakli - astronomiya to'garaklarining yadrosi bo'lib qoladi.

Hamma ommaviy tadbirlar singari Astronomiya kechalari yaxshi o'ylab ko'rishni, aniq tashkil etishni talab qiladi. Kechaning mavzusi, uning ayrim bosqichlarining ketma-ketligi, davomiyligi, zalni bezatish, dokladlarning mazmuni, demonstratsion tajribalar, asboblar, modellar tanlash, devoriy gazetalar chiqarish -bularning hammasi aniq ishlangan va tayyorlangan bo'lishi kerak.

Astronomik fan kechalari fanning qandaydir bo'limiga yoki mavzusiga, fan va texnika sohasida erishilgan katta yutuqlarga, bayram sanalariga (radio kuni, kosmonavtika kuni), vatanimizdagi va chet eldagi ulug' astronom-olimlarning hayoti va ilmiy faoliyatiga, to'garak ishlarining natijalariga, shuningdek, tajribalarga, paradokslarga, qiziqarli astronomiyaga bag'ishlangan bo'lishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Kamalova Dilnavoz, Omonboyeva Meruyert, Abdisalomova Sanobar. Uzluksiz ta'lim tizimida astronomiya ta'lim standartining tutgan o'rni. "Science and innovation" International scientific journal. Volume 1. Issue 8. December. 2022. 1982-1985 бет.

2. Kamalova Dilnavoz, Omonboeva Meruert, Kamolov Ikhtiyor. Methodology of application of innovative educational technologies to the process of physics and astronomy education. "International Journal of Early Childhood Special Education". (INT-JECSE). DOI:10.9756/INTJECSE/V14I6.267 ISSN: 1308-5581 Vol 14, Issue 06 2022. pp. 2144-2146.

3. Kmalova D.I. va b. "Fizika va astronomiya fanlarini o'qitishda fanlararo integratsiya" electron o'quv qo'llanmasi. №DGU 19188. 10.11.2022.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.