INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
DARSDAN TASHQARI TADBIRLARDA O QUVCHILARNI EKOLOG-TARGIBOTCHILIKGA TAYYORLASH MASALALARI Xojanov Bahadir Keunimjaevich
Nukus davlat pedagogika instituti, Boshlang'ich ta'lim kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7348352 Annotatsiya. Mazkur maqolada yoshlar o'rtasida ekologik bilimlarni samarali targib etish, ularda tabiat va atrof -muhitga nisbatan ijobiy munosabatni qaror toptirish, umumiy o 'rta ta'lim maktablari oquvchilaridan ekolog- targ'ibotchilar tayyorlash o ta dolzarb muammo sifatida yoritib beriladi.
Kalit so^zlar: targibot, tashviqot, ekologik tashviqot-targibot, ekologik ongsizlik, ekologik idrok, ekologik tafakkur, ekologik ma'sullik, ekologik faollik, ekologik faoliyatsizlik, ekologik madaniyat, ekologik madaniyatsizlik ekologik ma 'naviyat.
ВОПРОСЫ ПОДГОТОВКИ СТУДЕНТОВ К ЭКОЛОГИЧЕСКОМУ ИССЛЕДОВАНИЮ ВО ВНЕУЧЕБНЫХ МЕРОПРИЯТИЯХ Аннотация. В данной статье в качестве актуальной проблемы выделены эффективное продвижение экологических знаний среди молодежи, формирование у них положительного отношения к природе и окружающей среде, подготовка экологов-пропагандистов из учащихся общеобразовательных школ.
Ключевые слова: пропаганда, поощрение, экологическая поощрения-пропаганда, экологическое бессознательство, экологическое восприятие, экологическое мышление, экологическое обязательство, экологическое активность, экологическое пассивность, экологическая культура, экологическое некультурность, экологическое духовность. ISSUES OF PREPARING STUDENTS FOR ENVIRONMENTAL RESEARCH IN
EXTRA-EDUCATIONAL EVENTS Abstract. This article highlights the effective promotion of environmental knowledge among young people, the formation of a positive attitude towards nature and the environment, the training of environmentalists-propagandists from students of secondary schools as an urgent problem.
Keywords: propaganda, encouragement, ecological promotion-propaganda, ecological unconsciousness, ecological perception, ecological thinking, ecological obligation, ecological activity, ecological passivity, ecological culture, ecological non-culture, ecological spirituality.
Bugungi kunda xalqaro miqyosda insoniyatning tabiat bilan uyg'unligi, o'quvchilarni tabiat, atrof-muxit bilan o'zaro munosabatda bo'lishni tarbiyalash bo'yicha kognitiv, texnologik, motivatsion, reaktiv, evristik mezonlar tahlili, texnologik yondashuvlarnining o'qitish samaradorligiga ta'sir etuvchi xossalarini tadqiq etishga qaratilgan ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, o'quvchilarning tabiat bilan uyg'unligi va bir butunligi haqidagi tasavvurlarini shakllantirish, o'quvchilarni tabiat, atrof-muhit bilan munosabatda bo'lishni, ekolog-targ'ibotchilik ishlarini olib borishga o'rgatishga va tashkil etish tizimini takomillashtirishga, atrof-muhitniga nisbatan g'amxo'rlikda bo'lishi, ularning ekologik tarbiyaga va ekolog-targ'ibotchilikga oid zarur tayanch va xususiy kompetentsiyalarini shakllatirishga ko'ra nazariy asoslarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Insoniyat paydo bo'lganidan to hozirgi kunga qadar tabiatga ta'sir etib, uni batamom o'zgartirib yubordi. Ayniqsa, so'nggi chorak asr mobaynida insoniyatning texnik-texnologik
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
mehnat faoliyati natijasida Er shari yuzasi, iqlimi, o'simligi, hayvonot dunyosi, atmosfera havosi ozgarib ketdi, suvning ifloslanishi, ormonlarning keragidan ortiq darajada qirqib yuborilishi, er yuzida tuproq nurashi, hayvonlar va baliqlarning koplab ovlanishi, yangi shahar, yo'l aeroportlarning qurilishi, harbiy urushlar natijasida inqiroz yuzaga keldi.
Ozbekiston Respulikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 maydagi 434-son "Ozbekiston Respublikasida ekologik talimni rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to,g,risida"gi qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, shuningdek, hozirgi davrning ekologik muammolari bu sohada ham tashviqot-targ'ibot olib boradigan kadrlar tayyorlashni ustivor vazifalardan biri qilib qo'ymoqda. Ayniqsa, umumiy orta talim oquvchilaridan ekologik tashviqotchi-targ'ibotchilar tayyorlash bu sohadagi kechiktirib bo'lmaydigan muammo hisoblanadi. Ekologik tashviqot-targ'ibot ma'naviy tarbiyaning muhim ko'rinishidir.
Ekologik tashviqot-targibotdan kozlangan maqsad nafaqat ekologik bilim orttirish, balki kishini biror-bir hatti- harakatga undovdan iboratdir. Bunda maktabda oqitilayotgan fanlarni DTS lari talablariga mos bolishi nazarda tutiladi.
«Targ'ibot» atamasining ozagini «rag'bat» sozi tashkil etgani bois u insonni biror harakatga ragbatlantirishni nazarda tutadi.
«Tashviqot» tushunchasi «shavq» sozidan olingan bolib u kishida biror narsaga shavq, ishonch tuyg'ularini o'yg'otishga yo'naltirilgan.
Ekologik tashviqot-targ'ibotda ekologik bilimlarni egallashga ehtiyoj tug'iladi hamda er, suv, to'proq, o'simliklar, hayvonot dunyosi, tarix, adabiyot shuningdek, ma'naviyat asoslari, siyosatshunoslik kabi bilim sohalarini puxta egallash talab etiladi. SHuning bilan birga bu sohadagi ishlar tabiiy va ijtimoiy fanlarni o'qitishning yangi texnologiyalarini ishlab chiqishni taqoza qiladi.
Targibotchilik jarayonining nazariy bayoni 6 ta ozaro bog'liq bo'lgan aspektlarga ajratiladi:
1). Kim xabar bermoqchi?- beriladigan malumot tahlili.
2). Nimani xabar qilmoqchi ?- mazmun tahlili.
3).Qaysi tarmoq bo'yicha? - vositalar tahlili (qanday xabar beruvchi vositalardan foydalanadi).
4). Kimga xabar bermoqchi ? - auditoriya tahlili.
5). Xabarni qalay berish kerak?- xabar berish sifatining tahlili.
6). Qanday yutuqlar bilan ? - olingan natijalar tahlili.
Oquvchilar bilan olib boriladigan targ'ibotchilik ishining yutuqlari ko'pgina psixologik faktlarga bogliq. Ulardan biri xabarda malumotlarning birlamchiligidir. CHunki, inson birinchi orinda ozining qarashlariga to'g'ri keladigan xabarlarni yaxshi va tez qabul qiladilar. Boshqalaridan esa, qabul qilishdan ozlarini olib qochishga xarakat qiladilar.
Targibot- tashviqot ishlarining muvofaqiyatli amalga oshishi uchun targ'ibot ishini olib boruvchi to'garaklarga ishonchning bo lishi va ularning qanday obruga ega ekanligiga va komponentligiga bogliq boladi. SHuning uchun ham maktabda tashkil etiladigan targibot-tashviqot ishlarini to'g'ri tashkil eta olish va ularga qabul qilingan azolarni kengroq malumotlar bilan qurollantirib, ularning obrularini oshirib borish kerak boladi.
YOshlar o rtasida ekologik bilimlarni samarali targ ib etish, ularda tabiat va atrof -muhitga nisbatan ijobiy munosabatni qaror toptirish, umumiy orta talim maktablari oquvchilaridan ekolog- targ ibotchilar tayyorlash o ta dolzarb muammo hisoblanadi._
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
Uzoq muddatli kishilik taraqqiyoti tarixi davomida tabiatga nisbatan mehr- muhabbatli munosabatda bo'lishi yoki aksincha, unga zarar etkazuvchi holatlarning barchasi ahloqiy me'yorlar yordamida tartibga solingan. Tabiat va inson manfaatlari kesishgan nuqtada shaxsning tarbiyalanganlik darajasi axloqiylik, axloqiy etuklik, axloqiy ong, axloqiy tafakkur hamda axloqiy madaniyatlik kabi mezonlar bilan o'lchangan.
Endilikda atrof muhitga ta'sir etayotgan inson faoliyati ekologik onglilik, ekologik ongsizlik, ekologik idrok, ekologik tafakkur, ekologik ma'sullik, ekologik faollik va ekologik faoliyatsizlik, ekologik madaniyat va ekologik madaniyatsizlik ekologik ma'naviyat, kabi tushunchalar asosida baholanmoqda. O'z - o'zidan ravshanki, mazkur tushunchalar mazmunida axloqiy asoslar ham alohida ahamiyat kasb etadi.
Bizning e'tiborimizni tortgan, jamiyat ijtimoiy hayoti hamda ekologik tizim doirasida o'ziga xos o'rin tutuvchi va shaxs xulq - atvori, xatti - harakati va faoliyatining etakchi sifat ko'rsatgichi bo'lgan ekologik ongning mazmuni nimadan iborat, u qachon va qanday holatda namoyon bo'ladi, uni shakllantirish yo'llari qanday, buning uchun qanday ekologik tashviqot-targ'ibot ishlarini olib borishimiz kerak va uni qanday amalga oshirish mumkin kabi savollar majmui tadqiqot ishimizni olib borish jarayonida o'z echimiga ega bo'lishi uchun harakat qildik. Ishning mazmunini ochib berish borasidagi dastlabki sayi harakat - "ekologik madaniyat" tushunchasini sharhlash, uning ilmiy - pedagogik asoslariga urg'u berish, so'ng esa ong, ongsizlik, ekologik ong haqida fikr yuritishidan iborat.
Tabiat va inson o'zaro muayyan qonuniyatlar asosida munosabatda bo'ladi. Bu qonuniyatlarni buzush o'nglab bo'lmas ekologik falokatlarga olib keladi. Bu muammolarni hal etish yoshlarning bilimi, ongi, aql zakovatiga bog'liqligini keltirib o'tadi.
Har bir maktab o'quvchisi ona tabiatni o'zi yashaydigan uy deb bilishi, uning komponent(havo, suv, tuproq)larini esa, yashashim, o'qishim va bilim olishim uchun zarur bo'lgan muqaddas manba deb hisoblashi zarur.
Tabiat va jamiyat borasida g'amxo'rlik ko'rsatiladigan jamiyatdagina inson va tabiat o'zaro munosabatlarining haqiqiy qulay-shakllari mavjud bo'la oladi. Bunday jamiyatda ijtimoiy ishlab chiqarish va tabiatni muhofaza etishga, erning sho'rlanishi, suvning ifloslanishi, o'lkaning flora, fauna sistemasining buzilishi, atrof-muhitni asrashga da'vat qilish maqsadlari o'rtasida hech qanday zarurat bo'lmaydi. Atrof-muhitni muhofaza etish uchun kurashishga da'vat etish, targ'ibot- tashviqot ishlarini olib borish so'zsiz, mustaqil respublikamizdagi har bir o'quvchining fuqarolik burchiga aylanmog'i lozim. SHuni alohida ta'kidlab o'tish lozimki, yoshlarning ekologik onggini shakllantirishning muhim yo'nalishlaridan biri - ularda tabiatga bo'lgan axloqiy munosabatlarni tarbiyalashdir.
Tabiatni sevish, suv, tuproq, olov va havoni e'zozlash, dunyodagi jamiki ezgu amallarni pok va bus-butun saqlashga da'vat etishi, insoniyat o'zi o'sib ulg'aygan ona - zaminni, atrof muhitni yuksak e'tiqod-ila ardoqlashga hozirgi avlodlarga o'tmish ajdodlardan qolgan merosdir. "Er, havo, suv va olov(Quyosh) Markaziy Osiyoda qadimdan e'zozlab kelingan, ajdodlarimizninig zardushtiylikdan tortib, to islomgacha bo'lgan barcha dinlar tomonidan munosib qadrlab kelingan" Maktab o'quvchilari avvalo, inson, uning madaniyatini, tabiat, tabiatni tashkil etuvchi (quyosh, havo, suv, tuproq) komponentlarini va tabiat muhofazasiga oid eng zarur tushunchalar mohiyatini bilishga harakat qilishlari kerak bo'ladi.
Ana shundagina, o'simliklarni payhon qilmaslik, gullarni yulmaslik, o'rmonlar, ko'chalarda yurganda shovqin chiqarmaslik; atrofga axlat to'kmaslik, yong'in chiqarmaslik,
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
daraxtlarni kesmaslik; tuproq, havo, suvni iflos qilmaslik, yirtqich hayvonlarni o'ldirish mumkin emasligi, energiya, Er va suvdan unumli foydalanish zarurligi anglab etadi. Bu esa, o'quvchida oz Vatani sharafini ongli ravishda himoya qilishga, uning qonun, qarorlarini sidqidildan bajaradigan inson sifatida tabiat va uning komponentlarini qo'riqlashga, uning eng yaqin ishonchli do'sti va himoyachisi bo'lishga da'vat etadi.
Oquvchi tabiat va uning qonuniyatlarini, sirlarini bilib olishga intiladi, har qanday sharoitda ham tabiat, atrof muhitni qoriqlash va uning boyliklaridan unumli foydalanish g'oyalarini qo'llab-quvvatlashga, shunga amal qilib ongli ravishda, faol targ'ib etishga harakat qiladi.
Bunday ishlarni amalga oshirish maktablarda tashkil etiladigan sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar jarayonida amalga oshiriladi. Ilgor o'qituvchilar maktablardagi mavjud imkoniyatlarni hisobga olib, maktab va darsdan tashqari vaqtlarda otkazilgan mashg'ulotlar mazmuniga ekologiyaga oid bilimlarning xilma-xil jihatlarini singdirishga harakat qilmoqdalar. Ayniqsa, biologiya, kimyo, fizika, mehnat talimi o'qituvchilari o'quvchilarni asosiy ekologik g'oyalar va tushunchalar bilan tanishtirishda ekologiyaga doir materiallar mazmuniga tayanib, ish olib boradilar.
Ekologik-targ'ibotchilik bo'yicha tashkil etiladigan sinfdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarga guruh rahbarlarining tarbiyaviy soatlari, suhbatlar, savol-javob, bahs yoki munozaralar, ogzaki jurnal, viktorina, turli hil ko'rgazmalar, to'garak yoki klublar faoliyati kiradi.
Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarning shakllari o'quvchilar soni va mashg'ulot o'tkazilishiga bog'liq holda har xil, ommaviy, guruhlarda va yakka tartibda bo lishi mumkin.
O quvchilarda ekologik ongni shakllantirishda maktablarda tashkil etiladigan ekolog-targ'ibotchilarni tayyorlovchi to'garaklarning orin behiyosdir.
Ekolog- targ'ibotchilarni tayyorlash uchun tashkil etiladigan togaraklarda olib boriladigan targ'ibot ishlarini quyidagi uchta: og'zaki, korgazmali va ommaviy axvorot vositalari orqali namoyon etish mumkin.
Korgazmali targ'ibot vositalariga: ekologik mavzuga bog'liq bo'lgan plakatlar, chaqiriqlar, fotogazetalar, devoriy gazetalar, karikaturalar, ilmominatsiyalar, ko'rgazmalar, memoral xonalarni tashkil etishni kiritish mumkin.
Ommaviy axborot vositalariga - ekologik masalalarni ko'rsatuvchi kinofiFmlar, gazetalar va jurnallarda maqolalar chop ettirish, radio eshittirishlar, televideniedan chiqishlar tayyorlash, magnitafondan foydalanish, bayram kechalarini tashkillashtirishlarni kiritishga boladi.
Ogzaki targ'ibot vositalariga- ekologik masalalarni ochib beruvchi dokladlar, chiqishlar, maruzalar, hisobotlar, viktorinalar, xabarlar, musabaqalar, suhbatlar, uchrashuvlar, diskussiyalar, gaplashishlar, dramalashtirilgan chiqishlar (badiiy asarlar oqib berish) va forklorli (ashulalar) turlarni kiritish mumkin. Masalan, «Zakovat klubi» musobaqasini otkazishni quyidagicha keltirish mumkin. Musobaqaning maqsadi quyidagicha belgilangan: Ekologik talim va tarbiyani o'quvchilar ongiga singdirish, oz Vatanini sevadigan va uni himoya qilishga tayyor, etiqodi but, sog'lom dunyoqarashli insonlar qilib tarbiyalash.
O quvchilarning musobaqaga qadar egallashi lozim bo lgan bilimlari doirasiga quyidagilar kiradi: Ekologiya haqida malumotlarga ega bo'lish, ekologiya fanining rivojlanish tarixi va uni o'rganish uchun zaruriyatning nima sababdan payda bo'lganligi, tabiat, atrof-muxit
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
muhofazasi to'g'risida qonunlarni bilish, tabiatni tashkil etuvchi (quyosh, havo, suv, tuproq) komponentlarini va tabiat muhofazasiga oid eng zarur tushunchalar bilish.
Tadbirni o'tkazishda quyidagi pedagogik shart-sharoit vujudga keltiriladi: Tadbir 40-50 o'quvchiga mo'ljallangan yigilish xonasida o'tkaziladi. Unda "Zakovat klubi" tipida o'quvchilar o'rtasida intellektual o'yin-musobaqa o'tkaziladi. Musobaqa sharti bo'yicha 1-turda o'quvchilarning ekologiya fanining rivojlanish tarixi va uni o'rganish uchun zaruriyatning nima sababdan payda bo'lganligiga oid bilimlari sinaladi. Bunda quyidagi savollardan foydalanish mumkin:
1. Ekologiya atamasi Kim tomonidan va qachon fanga kiritilgan?
2. O'quvchilar o'rtasida ekologik targ'ibot ishlarini olib borish kerakmi, nima uchun kerak deb o'ylaysiz?- kabi savollar.
2-tur musobaqada tabiat, atrof-muxit muxofazasi to'g'risidagi qonun bo'yicha tuzilgan masalan, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55 moddasi nima haqida? «O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 49- moddasida nima delingan?- kabi savollardan foydalaniladi.
3-tur shartida esa zakovat klubida ishtirok etayotgan raqib guruhlarning bir-biriga beradigan savol-topshiriqlari asosiy manba bo'lib xizmat qiladi. Har ikki guruh ishtirokchilari 3 tadan savol tayyorlab, konvertga joylaydilar. Raqib guruh qatnashchisi o'zi tanlab olgan konvert ichidagi savolga javob berishi lozim.
Musobaqani baholash o'quvchilar tomonidan belgilangan hay'at a'zolari hukmiga havola qilinadi.
Tadbirlarda qo'llaniladigan bu xildagi noan'anaviy tarbiya shakllari o'quvchilar faoliyatini rivojantirish, ularni mustaqil fikrlashga o'rgatish, avvalo, inson, uning madaniyatini, tabiat, tabiatni tashkil etuvchi (quyosh, havo, suv, tuproq) komponentlarini va tabiat muhofazasiga oid eng zarur tushunchalar mohiyatini anglashlariga yordam beradi.
Ekologik targ'ibot bo'yicha sinfdan tashqari sharoitda yo'lga qo'yilayotgan harakatlar muayyan jamoa faoliyat bilan chambarchas bog'liq. O'quvchilarning birgalikdagi ishlari mehnat faoliyati, tengdoshlar bilan muloqat ular o'rtasida o'rtoqlik, o'zaro yordam sifatlarini tarbiyalaydi, ekologik- targ'ibotchilik bilimlarini ushbu muhitda targ'ib etish esa ularda atrof-muhit tozaligi va inson salomatligini muhofazalash yo'lida birgalikda kurashish tuyg'usini qaror toptiradi. Sinfdan tashqari sharoitda amalga oshirilayotgan pedagogik ishlar o'quvchilarning dunyoqarashini kengaytirib qolmay, balki ularning ekologik va targ'ibotchilik bilimlari darajasini chuqurlashtiradi.
Mazkur masala yuzasidan olib borilgan tadqiqot jarayonida asosiy maqsadni amalga oshirishga xizmat qiluvchi tarbiyaviy soat, fakul'tativ va to'garak mashg'ulotlari rejalari tuzib olishga qaratildi.
Tarbiyaviy soat xaftaning shorshanba kuni birinchi soatda o'tkazildi. Mazkur mashg'ulotni muayyan sinf rahbari etib tayinlangan o'qituvchi tashkil etadilar. Mashg'ulot jarayonida o'rganiluvchi mavzular 5-6- sinflar uchun alohida tuzildi. Bu o'rinda sinf rahbarlari o'z ustida ishlash, mavzularni mahalliy sharoit va milliy qadriyatlarga bog'lash, o'quvchilarning qiziqishlari va yosh xususiyatlari hisobga olish talab etiladi. Mashg'ulot jarayonida o'quvchilar ekologik- targ'ibotchilik bilimlarini qo'shimcha adabiyotlar va ko'rgazmali qurollar, uchrashuv, baxs-munozara, davra suhbatlari asosida tushuntirishga alohida e'tibor qaratish lozim. Sinfdan
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
tashqari sharoitda tashkil etiluvchi ekologik- targ'ibot ishlariga umumiy orta talim maktablari rahbarlari, fan o'qituvchilari va sinf rahbarlari jalb etildi.
«YOsh ekolog- targ'ibotchilar» to'garagi ish rejasi maktab Pedagogik Kengashi tomonidan tasdiqlandi. Togarak ish rejasiga muvofiq talim muassasasi rahbari, fan o'qituvchilari, sinf rahbarlari amalga oshiriluvchi tadbirlar mohiyati borasida fikr almashib borildi. Muhokama jarayonida ilgari surilgan takliflar asosida faoliyat rejasi mazmunan boyitilib borildi.
«YOsh ekolog- targ'ibotchilar» to'garagida olib boriladigan ishlar mohiyatiga kora yakka tartibda, guruh asosida, shuningdek, ommaviy ravishda olib borilishi maqsadga muvofiq deb topildi. Togarak azolari tomonidan olib boriladigan ishlar yo'nalishi va g'oyasiga kora quyidagicha taqsimlandi.
1. Togarak azolari yakka tartibdagi faoliyat mazmuni:
- sinf xonalarida gullarning bo'lishiga e'tibor berish va uni parvarishlash.
-maktab er uchastkasidan mazkur sinf uchun ajratilgan maydonlarga mavsumga qarab ishlov berish ishlarida alohida mas'ulligini his qilish.
-sinf, maktab, mahallalarda shanbaliklarni tashkil qilish va faol ishtirok etish.
-ariqlardagi oqar suvlarning tozaligiga e'tibor berish,
- sinf rahbari bilan birgalikda ekskursiyalar tashkil etish va ularning natijalari haqida axborot tayyorlash,
- sinf rahbarlari boshchiligida ekologik- targ'ibot ishlari buyicha uchrashuvlar, kechalar va suhbatlar tashkil etish.
YAkka tartibda ish olib boruvchi o'quvchi albatta bu ishlarni sinf rahbari boshchiligida hamda oquvchilar yoki togarak azolari bilan birgalikda olib borishi maqsadga muvofiqdir.
2. Guruh bilan olib boriladigan tadbirlar mazmuni va yonalishi:
- Maktab va maktabdan tashqarida ekologik-targ'ibot ishlarini olib borish,
-Bolalar bog chalarida ham ekologik muammolar, ularning oldini olishga yordam berishdagi ularning ham o'z o rinlari bor ekanligi haqida ekologik-targ ibot ishlarini olib borish,
- maktab hamshirasi bilan birgalikda maktab uchastkasining ekologik tozaligi ozlarining salomatligiga tasiri haqida o'quvchilar orasida targ'ibot- tashviqot ishlarini olib borish.
3. Togarak azolari tomonidan ommaviy tarzda uyushtiriladigan tadbirlarning mazmuni va yo'nalishi:
-o'quvchilar ishtirokida ekologik targ'ibot-tashviqot ishlari yuzasidan sinflararo tadbirlar tashkil etish,
- xo jalik rahbarlari, mahalla faollari, tabiatni muhofaza qilish organlari xodimlari ishtirokida atrof muhit muhofazasi, ekologik muammolarning inson salomatligiga ta siri mavzularidagi davra suhbatlari, munozalar uchrashuvlar, suhbatlar, bahslar uyushtirish,
- boshlang'ich sinflar ortasida ekologik-targ'ibot ishlarini olib borishda sinf rahbarlariga yordam ko'rsatish,
-«YOsh ekolog- targ'ibotchilar» to'garagi organi bo'lgan gazetalar va fotolavhalar tayyorlab borish,
-«YOsh ekolog- targ'ibotchilar» to'garagida olib borilayotgan ishlarning yutuq va kamshiliklari haqida axborot tayyorlash.
Togarak mashg'ulotlarini tashkil etishda birqancha talablarga rioya qilish kerak boladi:
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
-mashg'ulotlarning psixologik yo'nalishi, pedagogik saviyasi va o'quvchilarning ma'naviy-ekologik tarbiyasiga beriladigan urg'uni, ekologik ongni shakllantirish bilan bir vaqtda kechadigan ekologik tarbiya saviyasini oshirish;
- tabiat vositalarini ekologiyaga bog'lagan holda to'garak a'zolarining ekologik-targ'ibotchilik tarbiyasi amaliy yo'nalishini kuchaytirish;
- mashg'ulotlar o'quvchilarni tabiat bilan yaqindan muloqatda bo'lishga, ona tabiatni kuzatish bilan bir vaqtda uni tushunishga, tabiatning birligini saqlash va uni kupaytirish bo'yicha faoliyatni rivojlantirishga, o'quvchilarning jismoniy va axloqiy sog'ligini mustahkamlashga xizmat qilishi kerak.
Ekolog- targ'ibotchilar jamoasida yuzaga kelgan sog'lom psixologik muhit, o'zaro hamjihatlik, bir-biriga bo'lgan ishonch va hurmat darsdan tashqari ekologik-targ'ibotchilik tadbirlarining samarali bo'lishida muhim omil bo'lib hizmat qiladi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, darsdan va maktabdan tashqari tadbirlar jarayonida o'quvchilarda ekologik-targ'ibotchilik bilimlarini o'zlashtirish hayotiy zaruriyat va uni boshqalarga targ'ib etish xavfsiz hayot tarzi garovi sanaladi, shuningdek, ularda ekologik-targ'ibotchilik borasidagi bilimlarini mustaqil ravishda o'zlashtirish ko'nikmasini tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respulikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 maydagi 434-son "O'zbekiston Respublikasida ekologik ta'limni rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi qarori.
2. Ergashev A. Umumiy ekologiya.-Toshkent: O'zbekiston, 2003
3. O'zbekiston ekologik harakati dasturi. Toshkent: «Chinor ENK» ekologik nashriyot kompaniyasi, 2009.
4. «Uzluksiz ekologik ta'lim: muammolar va echimlar», Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi materiallari, Toshkent, O'zPFITI, 2007 yil
5. Turdiqulov E.O. O'quvchilarda umumbashariy ekologik dunyoqarashni shakllantirish (I.A.Karimov asarlari vositasida): O'qituvchilar uchun qo'llanma; T.N.Qori Niyoziy nomidagi O'zPFITI. - Toshkent: Sharq, 2011. - 196 b.