Научная статья на тему 'GURUCH SARALASH MASHINASINING MAQBUL PARAMETRLARINI TAJRIBAVIY USULDA ANIQLASH'

GURUCH SARALASH MASHINASINING MAQBUL PARAMETRLARINI TAJRIBAVIY USULDA ANIQLASH Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mashina / kulachok / rezina / bikirlik / ekssentrisitet / guruch / saralash / yo‘qotilish / ish unumi / tajriba. / машина / кулачок / резина / неординарность / эксцентричность / рис / сортировка / потеря / производительность / опыт.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Djurayev Anvar Djurayevich, Turdaliyev Voxidjon Maxsudovich, Mamashayev Muzaffar Abdumalikovich

Maqolada guruch saralash mashinasini laboratoriya sharoitida o‘tkazilgan tajribaviy tadqiqotlari natijalari keltirilgan. Tadqiqotlarda mashinaning maqbul parametrlarini aniqlash uchun tajribalarni matematik rejalashtirish usulidan foydalanildi. O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida guruch donining saralanish va yo‘qotilish darajasini aniqlash imkonini beradigan regressiya tenglamalari olindi va ular asosida parametrlarni bog‘liqlik grafiklari qurildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Determination of the optimal parameters of a rice sorting machine by experimental method

В статье представлены результаты экспериментальных исследований рисосортировочной машины в лабораторных условиях. Для определения оптимальных параметров машины использовался метод математического планирования экспериментов. В результате проведенных исследований получены уравнения регрессии, позволяющие определить степень сортировки и потерь рисового зерна, и на их основе построены графики зависимости параметров.

Текст научной работы на тему «GURUCH SARALASH MASHINASINING MAQBUL PARAMETRLARINI TAJRIBAVIY USULDA ANIQLASH»

MEXANIKA

UDK 621

GURUCH SARALASH MASHINASINING MAQBUL PARAMETRLARINI TAJRIBAVIY USULDA ANIQLASH

Djurayev Anvar Djurayevich NamMQI, t.f.d., professor, anvardjuraev1948@mail. ru

Turdaliyev Voxidjon Maxsudovich NamMQI, t.f.d., professor, vox-171181@mail.ru

Mamashayev Muzaffar Abdumalikovich NamMQI, tayanch doktorant, mmamashayev89@gmail.com

Annotatsiya. Maqolada guruch saralash mashinasini laboratoriya sharoitida o'tkazilgan tajribaviy tadqiqotlari natijalari keltirilgan. Tadqiqotlarda mashinaning maqbul parametrlarini aniqlash uchun tajribalarni matematik rejalashtirish usulidan foydalanildi. O'tkazilgan tadqiqotlar natijasida guruch donining saralanish va yo'qotilish darajasini aniqlash imkonini beradigan regressiya tenglamalari olindi va ular asosida parametrlarni bog'liqlik grafiklari qurildi.

Аннотация. В статье представлены результаты экспериментальных исследований рисосортировочной машины в лабораторных условиях. Для определения оптимальных параметров машины использовался метод математического планирования экспериментов. В результате проведенных исследований получены уравнения регрессии, позволяющие определить степень сортировки и потерь рисового зерна, и на их основе построены графики зависимости параметров.

Annotation. The article presents the results of experimental studies of a rice sorting machine in laboratory conditions. To determine the optimal parameters of the machine, the method of mathematical planning of experiments was used. As a result of the research, regression equations were obtained that make it possible to determine the degree of sorting and loss of rice grains, and on their basis, graphs of the parameters were constructed.

Kalit so'zlar: mashina, kulachok, rezina, bikirlik, ekssentrisitet, guruch, saralash, yo'qotilish, ish unumi, tajriba.

Ключевые слова: машина, кулачок, резина, неординарность, эксцентричность, рис, сортировка, потеря, производительность, опыт.

Key words: machine, cam, rubber, originality, eccentricity, rice, sorting, a loss, productivity, experience.

KIRISH. Insoniyatning asosiy oziq-ovqatlari hisoblangan non va guruch mahsulotlari barchasi asosan donli ekinlardan tayyorlanadi. Shuning uchun qayta ishlash tarmoqlarining asosiy xomashyosi dondan iborat. Shu sababli aholining guruch mahsulotiga bo'lgan extiyojini qondirish uchun don yetishtirishni muttasil ko'paytirish davr talabidir [1-2]. Mutaxassislarining ta'kidlashicha, respublikada aholi sonining ko'payishi va turizmning rivojlanishi yil sayin guruchga bo'lgan talabni oshirib bormoqda. Agar 2013 -yilda mamlakatga yiliga 294 ming tonna guruch kerak bo'lgan bo'lsa, 2024-yilga kelib 358 ming tonna kerak bo'ladi. Talab 122% ga o'sdi va guruchga bo'lgan ehtiyoj o'sib boraveradi va 2030-yilga kelib u deyarli 400 ming tonnaga oshadi [3] . So'nggi yillarda qishloq xo'jaligida o'rim-yig'imdan so'ng donni qayta ishlash uchun mashina va uskunalarning tuzilishi tubdan o'zgartirishni taqozo etdi. O'rim-yig'imdan keyin donni qayta ishlash uchun texnik vositalarning zamonaviy ishlanmalari jahon andozalari talablariga muvofiq energiya tejovchi texnologiyalar tizimini joriy etishga qaratilgan

5-jild, 2-son, 2024

MEXANIKA

Yuqoridagilardan kelib chiqib, energiyatejamkor guruch saralash mashinasi ishlab chiqildi (1-rasm).

Har qanday texnologik mashina qandaydir texnologik jarayonni bajaradi va bu texnologik jarayonni sifatli bajarilishini ta'minlashi talab etiladi. Tavsiya etilayotgan guruch saralash mashinasi guruch donlarini saralash jarayonini bajarishini inobatga olsak, uning ishchi organlari parametrlarini tanlashda albatta texnologik ish jarayonining sifat ko'rsatgichlarini hisobga olish kerak. Shuning uchun tadqiqotlarimizda saralash mashinasining ish sifat ko'rsatkichlarini mashinaning parametrlariga bog'liqligini o'rganamiz. Laboratoriya sharoitidagi tajribaviy tadqiqotlar ko'p omilli tajribalarni rejalashtirish usulida amalga oshiramiz [8].

1-rasm. Guruch saralash mashinasi

Tajribalarni rejalashtirishda, birinchi navbatda guruch saralash mashinasining ish sifat ko'rsatkichlarini baholaydigan va jarayonga ta'sir etuvchi, boshqariladigan va bir-biriga bog'liq bo'lmagan omillar matematik bog'laydigan parametrlarni tanlash ko'zda tutildi.

Tadqiqot usuli. O'tkazilgan tadqiqotlarda guruch saralash mashinasi ish sifat ko'rsatkichlari sifatida guruch donlarini saralanish va yo'qatilish darajalari tanlab olindi. Jarayonga ta'sir etuvchi omillar sifatida esa quyidagilar tanlandi: kulachok tarkibidagi rezinaning bikirlik koeffitsiyenti; kulachok ekssentrisiteti; saralash mashinasining ish unumdorligi va kulachok valining aylanishlar soni.

Guruch saralash jarayoniga ta'sir etuvchi kiruvchi omillar quyidagicha kodlashtirildi:

Xi - kulachok tarkibidagi rezinaning bikirlik koeffitsiyenti, N/m;

X2 - kulachok ekssentrisiteti, mm;

X3 - saralash mashinasining ish unumdorligi, kg/h;

X4 - kulachok valining aylanishlar soni, ayl/min;

1-jadvalda ko'p omilli tajribalar o'tkazishda tanlab olingan kiruvchi omillarning nomlari, ularning belgilanishlari, o'zgarish oraliqlari va sathlari keltirilgan.

Ko'p omilli tajribalarni o'tkazishda chiquvchi omillar sifatida guruch donlarini saral anish darajasi Y1, % va yo'qatilish darajasi Y2, % qabul qilindi.

1-jadval

Tanlab olingan kiruvchi omillarning qiymatlari__

Omil nomi Kodlashtirilg Omilning xaqiqiy qiymati O'zgarish

an belgisi -1 0 1 oralig'i

Kulachok tarkibidagi rezinaning bikirlik Xi 0,25 0,375 0,5 0,125

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024

MEXANIKA

koeffitsiyenti, 104 N/m;

Kulachok ekssentrisiteti, mm; X2 22 28 34 6

Saralash mashinasining ish unumdorligi, kg/h X3 800 1000 1200 200

Kulachok valining aylanishlari soni, ayl/min; X4 150 200 250 50

Tajribalarda olingan ma'lumotlarga Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalashtirish ilmiy-tadqiqot institutning tajriba-sinov bo'limida ishlab chiqilgan "regression tahlillaf' dasturi asosida ishlov berildi [9]. Bunda dispersiyaning bir xilligini baholashda Koxren mezoni, regressiya koeffisiyentlarining qiymatini baholashda Styudent mezoni, regression modellarning adekvatligini baholashda Fisher mezonidan foydalanildi.

Tadqiqot natijalari.Tajriba natijalariga ko'rsatilgan tartibda ishlov berilib, baholash mezonlarini adekvat ifodalovchi quyidagi regressiya tenglamalari olindi: Guruch donining saralanish darajasi, %:

Y1=98,150-0,674X1-1,887X2-2,073X3 -1,207X12+0,368X1X2+0,380X1X4 -0,687X22+0,422X2X3 -0,883X32+0,000X3X4-1,505X42 Guruch donining yo'qotilish darajasi, %:

Y2=4,052+0,518X1-1,052X2+0,995X3+1,058X4+1,945X12--0,025XiX2+0,426XIX3+0,149XIX4-0,540X22-0,560X2X3-0,451X2X4-

-0,850X32-0,155X3X4-0,487X42

(1)

(2)

Ushbu olingan (1) va (2) regressiya tenglamalari va ular asosida qurilgan bog'liqlik grafiklari tahlilidan ko'rinadiki, kiruvchi omillardan kulachok tarkibidagi rezinaning bikirlik koeffitsiyenti hamda kulachok ekssentrisiteti chiquvchi omillarga sezilarli ta'sir ko'rsatadi (2 -rasm).

Kulachok tarkibidagi rezinaning bikirlik koeffitsiyenti guruch donining saralanish va yo'qotilish darajasiga bog'liqlik grafigi (2 a-rasm) da keltirilgan. Bunda kulachok tarkibidagi rezinaning bikirlik koeffitsiyenti c=0,25 104 N/m dan c=0,375 104 N/m ga ortganda guruch donining saralanish darajasi 97,6% dan 98,2% ga ortgan, kulachok tarkibidagi rezinaning bikirlik koeffitsiyenti c= 0,375 104 N/m dan c=0,5 10 N/m gacha ortganda esa guruch donining saralanish darajasi 98,2% dan 96,2% gacha kamayishi ko'rindi. Guruch donining yo'qatilish darajasi esa kulachok tarkibidagi rezinaning bikirlik koeffitsiyenti c= 0,25 104 N/m dan c=0,375 104 N/m oraliqda ortishi bilan guruch donining yo'qatilish darajasi 5,5% dan 4,1% gacha kamayib, kulachok tarkibidagi rezinaning bikirlik koeffitsiyenti c= 0,375 104 N/m dan c=0,5 104 N/m ga ortganda esa guruch donining yo'qatilish darajasi 4,1% dan 6,5% ga ortgani ko'rindi. Demak grafik botiq parobola qonuniyati bilan o'zgaryapti.

2 é-rasmda guruch donining saralanish va yo'qotilish darajasini kulachok ekssentrisitetiga bog'liqlik grafigi keltirilgan.

Bunda kulachok ekssentrisiteti 22 mm dan 34 mm gacha oshganda guruch donining saralanish darajasi 95,6% dan 99,3% ga ortib borishi hamda guruch donining yo'qotilish darajasi 4,5% dan 2,4% gacha kamayib borishi aniqlandi

3-rasmda bog'liqlik grafiklari tahlilidan ko'rinadiki, kiruvchi omil sifatida tanlangan saralash mashinasining ish unumdorligi hamda kulachok valining aylanishlar soni chiquvchi omillarga sezilarli ta'sir ko'rsatishini ko'rish mumkin.

3 a-rasmda saralash mashinasining ish unumdorligi guruch donining saralanish va yo'qotilish darajasiga bog'liqlik grafigi keltirilgan.

Bunda guruch donini saralash jarayonida saralash mashinasining ish unumdorligi 800 kg/s dan 1200 kg/s gacha ortganda, guruch donining saralanish darajasi 99,3% dan 95,2% gacha kamayishi ko'rindi. Guruch donining yo'qatilish darajasi esa 2,2% dan 4,2% gacha organini ko'rish mumkin.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 2-son, 2024

MEXANIKA

98.4

Yj, %

97,6

96,8

96,0

2 /

/

-1,0

-0,5

0,0 a

6,1 y2, %

5,7 4,7

3,7

0,5

X,

1,0

100,0

y¡, %

9 8,5

97,0

95,5

94,0

/2

\ 1

/ \

-1,0

-0,5

0,0 b

4,8

y„ %

4,1

3,4

2,7

2,0

0,5 X2 1,0

2-rasm. Guruch saralanish (1) va yo'qotilish (2) darajasiga Xi va X2 omillarga

bog'liqlik grafigi

3 é-rasmda Kulachok valining aylanishlar soni guruch donining saralanish va yo'qotilish darajasiga bog'liqlik grafigi keltirilgan.

Bunda kulachok valining aylanishlar soni 150 ayl/min dan 200 ayl/min gacha oshirilganda guruch donining saralanish darajasi 96,4% dan 98,2% gacha ortganini ko'rish mumkin. Ammo kulachok valining aylanishlar soni 200 ayl/min dan 250 ayl/min gacha oshirilganda esa guruch donining saralanish darajasi 98,2% dan 96,6% gacha kamayib borishi aniqlandi. Kulachok valining aylanishlar soni 150 ayl/min dan 250 ayl/min gacha oshirilganda guruch donining yo'qatilish darajasi 2,2% dan 4,2% gacha organini ko'rish mumkin.

100

Yj, %

98

96

94

-1,0

-0,5

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

0,0 a

0,5

X,

1,0

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 2-son, 2024

MEXANIKA

b

3-rasm. Guruch saralanish (1) va yo'qotilish (2) darajasiga X3 va X4 omillarga bog'liqlik

grafigi

(1) va (2) regressiya tenglamalari Y1 mezon, ya'ni guruch donining saralanish darajasi 95 % kam bo'lmasli hamda Y2 mezon, ya'ni guruch donining yo'qatilish darajasi minimal qiymatga ega bo'lishi shartidan yechildi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, guruch saralash mashinasining quyidagi maqbul parametrlarga ega bo'lishligi aniqlandi (2-jadval).

2-jadval

Gurich saragichning maq Jul qiymatlari

Omillar Х1 Х2 Х3 Х4

Kodlangan -0,17199 0,542809 0,129172 -0,48494

Natural 0,353502 31,25686 1025,834 175,75

Xulosa: Demak, guruch saralash mashinasi kam yo'qatilgan holda talab darajasida saralashi uchun rezinaning bikirlik koeffitsiyenti 0,35 104 N/m, kulachok ekssentrisiteti 31,25 mm, saralash mashinasining ish unumdorligi 1025,83 kg/soat va kulachok valining aylanishlar soni 175,75 ayl/min bo'lishi lozim ekan. Omillarning ushbu qiymatlarida guruch donining saralanish va yo'qatilish darajasi mos ravishda 96,03 va 2,86% larni tashkil etdi.

АДАБИЁТЛАР

1. Tursunov S., Muqimov Z., Karimov I. Donni saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi. - Toshkent, 2019. - 277-b

2. Mamashayev M., Akbarov A. Don saralash mashina g'alvirlarini joylashish sxemalarining tahlili // "Texnika va texnologiyalar rivojining istiqbollari: muammolar va yechimlar". Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ma'ruzalar to'plami. - Namangan: 2023. - 169171 b.

3. https://oz.sputniknews.uz/20240118/ozbekiston-guruch-talab-suv-42104260.html

4. Дринча В.М. Проблемы и перспективы использования агрегатов ЗАВ и комплексов КЗС / В.М. Дринча, В.С. Стягов, Б.И. Шахсаидов, С.В. Ратенков // Тракторы и сельскохозяйственные машины. - 2002. - № 3. - С. 31-33.

5. Зюлин А.Н. Перспективы механизации послеуборочной обработки и хранения зерна и семян / А.Н. Зюлин, А.Г. Чижиков // Механизация и электрификация сельского хозяйства. - 2002. - № 6. - С. 10-14.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024

MEXANIKA

6. Постшкова М.В. Енергозберiгаючi режими роботи електромехашчних систем обробки зерна на зернопунктах: автореф.дис. канд. техн. наук / Мел^ополь, 2011. - 22 с.

7. Прогноз развития техники для очистки зерна в сельском хозяйстве Советского Союза / ГСКБ. - Воронеж 1986. - 112 с.

8. Фирсов М.М. Планирование эксперимента при создании селскохозяйственной техники. - М.: Издателство МСХА. 1999. - 340 с.

9. Аугамбаев М., Иванов А.З., Терехов Ю.И. Основы планирования научно-исследователского эксперимента. - Тошкент: Укитувчи. 1993. - 336 с.

10. Turdaliev Voxidjon Maxsudovich, Qo'chqorov Sobirjon Karimjonovich, SHeraliev Ikromjon Ibroximovich, & Eksanova Santalatxon SHarobidinovna (2023). G'ALTAKLI EKISH APPAATINI O'G'IT SOLISHGA MOSLASHTIRISHNI NAZARIY TADQIQ ETISH. Mexanika i texnologiya, 3 (12), 120-126

11. Qo'chqorov Sobirjon Karimjonovich, & Akbarov SHerzod Botirovich (2022). ELASTIK BARMOQLI DISKLI ELEVATORNI PARAMETRLARINI MATEMATIK MODELLASHTIRISH USULI BILAN ANIQLASH. Mexanika i texnologiya, 1 (6), 76-82.

12. Байбобоев Набижон Гуломович, Кучкоров Собиржон Каримжонович, Гуломов Шукуржон Илхомжонович, & Тоштиллаев Шохрух Азаматович (2024). НОВАЯ РАБОЧАЯ ОРГАН КУЛЬТИВАТОРА ДЛЯ ВНЕСЕНИЯ МИНЕРАЛЬНЫХ УДОБРЕНИЙ. Механика и технология, 1 (14), 88-92.

13. Бокижонович, И. (2022). кучкоров Собиржон Каримжонович. Абдуназаров Элбек Элмуродович, and Ортиков Нозимжон Бокижон Угли. " Анор тупларини кумадиган машина уюмлагичининг конструкцияси" Механика и технология, 3(8), 98-102.

14. Кучкоров, С. К., & Меликулов, Н. (2023). ШР Яхшибоев Сравнение антисимметричных колебаний упругой трехслойной пластины. Механика и технология, (10).

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 2-son, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.