Научная статья на тему 'TARKIBLI MUSHTUMCHALI MEXANIZMNI LABORATORIYA SHAROITIDA TAJRIBAVIY TADQIQ ETISH NATIJALARI'

TARKIBLI MUSHTUMCHALI MEXANIZMNI LABORATORIYA SHAROITIDA TAJRIBAVIY TADQIQ ETISH NATIJALARI Текст научной статьи по специальности «Механика и машиностроение»

CC BY
7
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mashina / mushtumcha / burovchi moment / ekssentrisitet / rezina / bikirlik / tebranish / gorizontal / vertikal / val / tajriba. / machine / cam / torque / eccentricity / rubber / rigidity / vibration / horizontal / vertical / shaft / experiment.

Аннотация научной статьи по механике и машиностроению, автор научной работы — Djurayev Anvar Djurayevich, Turdaliyev Voxidjon Maxsudovich, Mamashayev Muzaffar Abdumalikovich

Maqolada guruch saralash mashinasini laboratoriya sharoitida o‘tkazilgan tajribaviy tadqiqotlari natijalari keltirilgan. tajribalarda mushtumcha ekssentrisiteti e=22, 28 va 34 mm hamda rezinaning bikirlik koyeffisiyenti c=(0,25÷0,5)·104 N/m etib tanlangan. O‘tkazilgan tadqiqotlarda guruch saralash mashinasining tarkibli mushtumchali mexanizmi rezinasining bikirlik koyeffisiyentini mushtumcha validagi burovchi moment hamda guruch saralash mashinasielagining vertikal va gorizontal yo‘nalishdagi tebranishlariga ta’siri o‘rganildi va qator ossilogrammalar qurildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

RESULTS OF EXPERIMENTAL RESEARCH OF COMPOSITE FIST MECHANISM IN LABORATORY CONDITIONS

The article presents the results of experimental studies of a rice sorting machine in laboratory conditions. In the experiments, the eccentricity of the cam was chosen to be e=22, 28 and 34 mm, and the rubber stiffness coefficient was chosen to be c=(0.25÷0.5)·104 N/m. In the conducted research, the influence of the rubber stiffness coefficient of the composite cam mechanism of a rice sorting machine on the torque of the cam shaft and vibrations of the sieve of the rice sorting machine in the vertical and horizontal directions was studied, and a series of oscillograms were constructed.

Текст научной работы на тему «TARKIBLI MUSHTUMCHALI MEXANIZMNI LABORATORIYA SHAROITIDA TAJRIBAVIY TADQIQ ETISH NATIJALARI»

UDK 621

TARKIBLI MUSHTUMCHALI MEXANIZMNI LABORATORIYA SHAROITIDA TAJRIBAVIY TADQIQ ETISH NATIJALARI

Djurayev Anvar Djurayevich NamMQI, t.f.d., professor, [email protected]

Turdaliyev Voxidjon Maxsudovich NamMQI, t.f.d., professor, [email protected]

Mamashayev Muzaffar Abdumalikovich NamMQI, tayanch doktorant, [email protected]

Annotatsiya. Maqolada guruch saralash mashinasini laboratoriya sharoitida o'tkazilgan tajribaviy tadqiqotlari natijalari keltirilgan. tajribalarda mushtumcha ekssentrisiteti e=22, 28 va 34 mm hamda rezinaning bikirlik koyeffisiyenti c=(0,25^0,5)104 N/m etib tanlangan. O'tkazilgan tadqiqotlarda guruch saralash mashinasining tarkibli mushtumchali mexanizmi rezinasining bikirlik koyeffisiyentini mushtumcha validagi burovchi moment hamda guruch saralash mashinasielagining vertikal va gorizontal yo'nalishdagi tebranishlariga ta'siri o'rganildi va qator ossilogrammalar qurildi.

Аннотация. В статье приведены результаты экспериментальных исследований рисосортировочной машины, проведенных в лабораторных условиях. В экспериментах эксцентриситет кулачка был выбран е=22, 28 и 34 мм, а коэффициент жесткости резины выбран с=(0,25^0,5)104 Н/м. В проведенных исследованиях изучено влияние коэффициента жесткости резины составного кулачкового механизма рисосортировочной машины, на крутящего момента вала кулачка и колебаний решета рисосортировочной машины в вертикальном и горизонтальном направлениях, а также построен ряд осциллограммы.

Annotation. The article presents the results of experimental studies of a rice sorting machine in laboratory conditions. In the experiments, the eccentricity of the cam was chosen to be e=22, 28 and 34 mm, and the rubber stiffness coefficient was chosen to be c=(0.25^0.5)104 N/m. In the conducted research, the influence of the rubber stiffness coefficient of the composite cam mechanism of a rice sorting machine on the torque of the cam shaft and vibrations of the sieve of the rice sorting machine in the vertical and horizontal directions was studied, and a series of oscillograms were constructed.

Kalit so'zlar. mashina, mushtumcha, burovchi moment, ekssentrisitet, rezina, bikirlik, tebranish, gorizontal, vertikal, val, tajriba.

Ключевые слова. машина, кулачок, крутящий момент, эксцентриситет, резина, жесткость, вибрация, горизонталь, вертикаль, вал, эксперимент.

Key words. machine, cam, torque, eccentricity, rubber, rigidity, vibration, horizontal, vertical, shaft, experiment.

Kirish. Qayd etilishicha, O'zbekistonda har yili 100 ming gektardan ortiq maydonlarda sholi ekib, yetishtiradi. Respublika sharoitida aholi jon boshiga o'rtacha yilga 9,8 kg dan guruch iste'moli talab etiladi. Ya'ni respublika aholisi to'liq guruch mahsulotlari bilan ta'minlash uchun 353 ming tonna guruch zaxirasi talab etiladi [1].

So'nggi yillarda qishloq xo'jaligida o'rim-yig'imdan so'ng donni qayta ishlash uchun mashina va uskunalarning tuzilishi tubdan o'zgartirishni hamda yangi texnologiyalarini yaratish bilan bir qatorda, yuqori ish sifati va unumiga ega don va urug'larni saralash mashinalarini ishlab

chiqish uchun texnik vositalarning zamonaviy jahon andozalari talablariga muvofiq energiya tejovchi texnologiyalar tizimini joriy etishga qaratilgan [2-5].

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, energiyatejamkor guruch saralash mashinasiishlab chiqildi (1-rasm).

Nazariy tadqiqotlarda olingan natijalarni tajribaviy tadqiqotlar bilan asoslash maqsadida, taklif etilgan guruch saralash mashinasi elagiga tebranma harakat beruvchi mushtumchali mexanizmni laboratoriya sharoitida tajribaviy usulda tadqiq etildi.

1-2-3-tenzodatchiklar 1-rasm. Guruch saralash mashinasining umumiy ko'rinishi

Tadqiqot maqsadi. Tajribaviy tadqiqotlarning maqsadi, guruch saralash mashinasi elagining vertikal va gorizontal yo'nalishdagi tebranishlariga mushtumcha ekssentrisiteti, uning tarkibidagi rezina bikirlik koeffitsiyentining ta'sirini hamda mushtumcha valdagi burovchi momentning o'zgarish qonuniyatlarini o'rganishdan iborat.

Laboratoriya sharoitidagi tajribaviy tadqiqotlarning vazifalari:

- tavsiya etilgan guruch saralash mashinasi elagiga tebranma harakat beruvchi mushtumcha validagi burovchi momentni uning aylanishlar soni va ish unumdorligiga bog'liq ravishda o'zgarish qonuniyatlarini o'rganish;

- rezinaning bikirlik koeffitsiyenti va mushtumcha ekssentrisitetiga bog'liq ravishda mushtumcha validagi burovchi momentni o'zgarish qonuniyatlarini o'rganish;

- rezinaning bikirlik koeffisiyenti va ekssentrisitetiga bog'liq ravishda guruch saralash mashinasi elagining vertikal va gorizontal yo'nalishdagi tebranishlarini o'rganish.

Belgilab olingan vazifalarni amalga oshirish uchun quyida qator tajribaviy tadqiqotlar o'tkazildi.

Tajribalar mushtumcha valining turli tezliklarida, ekssentrisiteti turlicha bo'lgan mushtumchalarda xamda mushtumcha tarkibidagi rezinaning turli bikirlik koeffitsiyentlarida o'tkazildi. Barcha tajribalarda guruch saralash mashinasining ish unimini 1000 kg/soat etib belgilandi. Tajriba natijalarida olingan ma'lumotlardan, ya'ni raqamlardan foydalanib kompyuterning Excel dasturi yordamida ossillogrammalar qurildi (2, 3, 4-rasmlar).

Tadqiqot usuli. Tajribalardan olingan natijalar matematik va statistik usulda qayta ishlandi va tahlil qilindi [6, 7, 8]. Ishchi valdagi burovchi momentlarni hamda saralash mashinasi elagidagi vertikal Y, gorizontal X o'qlardagi tebranishlarining aniqlangan qiymatlarini har bir rejim uchun o'rta arifmetiklari tanlandi. Ularning aniqlik darajalari G.V.Vedenyapin va R.Menli usullari yordamida hisoblandi [6, 9].

Tadqiqot natijalari. Tahlil natijalari shuni ko'rsatadiki, aylanishlar soni 150 ayl/min bo'lganda mushtumcha vali 1 sekundda 2,5 marta, 200 ayl/min bo'lganda 1 sekundda 3,3 marta, Qurilish va Ta 'lim ilmiy jurnali 3-jild, 3-son https://jurnal.qurilishtalim.uz

250 ayl/min bo'lganda esa 4,2 marta aylanar ekan. Shu boisdan 2 sekund vaqt oralig'idagi jarayonni o'rganish yetarli hisoblandi.

2-rasmda mushtumcha ekssentrisiteti e=22 mm bo'lgandagi guruch saralash mashinasi elagining tebranishlari va mushtumcha validagi burovchi momentni o'zgarish qonuniyatlarini ifodalovchi ossilogrammalari keltirilgan.

2 a-rasmdan ko'rinadiki, mushtumcha tarkibidagi rezinaning bikirlik koeffisiyenti c=0,25 104 N/m bo'lganda, mushtumcha validagi burovchi moment M=1,8^3,7 Nm oralig'ida hamda guruch saralash mashinasi elagining vertikal va gorizontal yo'nalishdagi tebranishlari mos ravishda X=21,6^22,5 mm, Y=2,7^8,5 mm oralig'ida bo'lishi aniqlandi.

2 b-rasmda mushtumcha tarkibidagi rezinaning bikirlik koeffisiyenti c= 0,375 104 N/m bo'lganda, mushtumcha validagi burovchi moment M=1,2^2,8 Nm oralig'ida hamda guruch saralash mashinasi elagining vertikal va gorizontal yo'nalishdagi tebranishlari mos ravishda X=21,7^22,3 mm, Y=2,7^8,5 mm oraliqda o'zgarar ekan.

а

б

в

а-с=0,25-104 N/m; б-с=0,375-104 N/m; в-с=0,5^ 104 N/m 2-rasm. Guruch saralash mashinasi elagining tebranishlari va mushtumcha validagi burovchi momentni o'zgarish qonuniyatlarini ifodalovchi ossilogrammalar (e=22 mm

bo'lganda)

2 v-rasmda mushtumcha tarkibidagi rezinaning bikirlik koeffisiyenti c= 0,5104 N/m bo'lganda, mushtumcha validagi burovchi moment M=2,7^4,3 Nm oralig'ida hamda guruch saralash mashinasi elagining vertikal va gorizontal yo'nalishdagi tebranishlari mos ravishda X=21,8-22,1 mm va Y=4,6-8,2 mm.

3-rasmda mushtumcha ekssentrisiteti e=28 mm bo'lgandagi guruch saralash mashinasi elagining tebranishlari va mushtumcha validagi burovchi momentni o'zgarish qonuniyatlarini ifodalovchi ossilogrammalari keltirilgan. Ossilogrammalardan ko'ridagiki, ushbu holatda mushtumcha validagi burovchi momentning o'zgarish oraliqlari nisbatan ortgan.

3 a-rasmda keltirilishicha, mushtumcha tarkibidagi rezinaning bikirlik koeffisiyenti c=0,25104 N/m bo'lganda, mushtumcha validagi burovchi moment M=3,K6,7 Nm oralig'ida hamda guruch saralash mashinasi elagining vertikal va gorizontal yo'nalishdagi tebranishlari mos ravishda X=27,3^28,6 mm, Y=2,4^7,2 mm li qiymatlarni tashkil etdi.

а

б

а-с=0,25-104 N/m; б-с=0,375-104 N/m; в-с=0,5-104 N/m 3-rasm. Guruch saralash mashinasi elagining tebranishlari va mushtumcha validagi burovchi momentni o'zgarish qonuniyatlarini ifodalovchi ossilogrammalar (e=28 mm

bo'lganda)

а-с=0,25^ 104 N/m; б-с=0,375^ 104 N/m; в-с=0,5^ 104 N/m 4-rasm. Guruch saralash mashinasi elagining tebranishlari va mushtumcha validagi burovchi momentni o'zgarish qonuniyatlarini ifodalovchi ossilogrammalar (e=34 mm

bo'lganda)

в

в

3 b-rasmda mushtumcha tarkibidagi rezinaning bikirlik koeffisiyenti c= 0,375 104 N/m bo'lganda, mushtumcha validagi burovchi moment M=2,9^7,1 Nm oralig'ida hamda guruch saralash mashinasi elagining vertikal va gorizontal yo'nalishdagi tebranishlari mos ravishda X=27,2^28,4 mm, Y=2,1^10,3 mm bo'lgan oraliqda o'zgarar ekan.

3 v-rasmda mushtumcha tarkibidagi rezinaning bikirlik koeffisiyenti c= 0,5104 N/m bo'lganda, mushtumcha validagi burovchi moment M=2,3^4,8 Nm oralig'ida hamda guruch saralash mashinasielagining vertikal va gorizontal yo'nalishdagi tebranishlari mos ravishda X=27,4-28,3 mm va Y=R11 mm.

4-rasmda mushtumcha ekssentrisiteti e=34 mm bo'lgandagi guruch saralash mashinasi elagining tebranishlari va mushtumcha validagi burovchi momentni o'zgarish qonuniyatlarini ifodalovchi ossilogrammalari keltirilgan. Ossilogrammalardan ko'ridagiki, ushbu holatda mushtumcha validagi burovchi momentning o'zgarish oraliqlari eng katta qiymatga erishar ekan. Masalan, 4 a-rasmda keltirilishicha, mushtumcha tarkibidagi rezinaning bikirlik koeffisiyenti c=0,25 104 N/m bo'lganda, mushtumcha validagi burovchi moment M=5,8^9,5 Nm hamda saralash mashinasi elagining vertikal va gorizontal tebranishlari mos ravishda X=33,K34,8 mm, Y=3,1^11,1 mm oralig'ida bo'lishini ko'rish mumkin.

4 b- rasmda mushtumcha tarkibidagi rezinaning bikirlik koeffisiyenti c= 0,375 104 N/m bo'lganda, mushtumcha validagi burovchi moment M=4,2^5,9 Nm oralig'ida hamda guruch saralash mashinasi elagining vertikal va gorizontal yo'nalishdagi tebranishlari mos ravishda X=33,4^34,4 mm, Y=0,1^10,8 mm bo'lgan oraliqda o'zgarar ekan.

4 v- rasmda mushtumcha tarkibidagi rezinaning bikirlik koeffisiyenti c= 0,5104 N/m bo'lganda, mushtumcha validagi burovchi moment M=3,7^6,8 Nm oralig'ida hamda guruch saralash mashinasi elagining vertikal va gorizontal yo'nalishdagi tebranishlari mos ravishda X=33,7^34,2 mm va Y=2,6^11,3 mm oraliqda o'zgarar ekan.

Xulosa: Tajriba natijalari shuni ko'rsatdiki, mushtumcha tarkibidagi rezinaning bikirlik koeffisiyenting o'zgarishi bilan mushtumcha validagi burovchi moment hamda guruch saralash mashinasi elagining vertikal va gorizontal yo'nalishdagi tebranishlari egri chiziqli qonuniyatda o' zgarar ekan.

АДАБИЁТЛАР

1 .https://www.gazeta.uz/uz/2023/07/25/rice/

2. Дринча В.М. Проблемы и перспективы использования агрегатов ЗАВ и комплексов КЗС // Тракторы и сельскохозяйственные машины. - 2002. - № 3. - С. 31-33.

3. Зюлин А.Н. Перспективы механизации послеуборочной обработки и хранения зерна и семян // Механизация и электрификация сельского хозяйства. - 2002. - № 6. - С. 10-14.

4. Постшкова М.В. Енергозберiгаючi режими роботи електромехашчних систем обробки зерна на зернопунктах: автореф.дис. канд. техн. наук / Мелггополь, 2011. - 22 с.

5. Прогноз развития техники для очистки зерна в сельском хозяйстве Советского Союза / ГСКБ. - Воронеж 1986. - 112 с.

6. Веденяпин Г.В. Общая методика экспериментального исследования и обработка опытных данных. М.: Колос. - 1973. - 199 б.

7. Менли Р. Анализ и обработка записей колебаний. М.: Машиностраение. - 1972. -

368 б.

8. Румшинский Л.З., Математическая обработка результатов эксперимента. М.: Наука. - 1971. - 192 б.

9. Немец И. Практическое примениние тензорезисторов. Пер. Счешского. М.:Энегрия. - 1970. - 144 б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.