Научная статья на тему 'GRIMYORNING MUHIM MAHORATI VA FAZILATLARI'

GRIMYORNING MUHIM MAHORATI VA FAZILATLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
7
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
grim / grimyor / postij / qahramon / gumoz / oxra / konifol / ton / soqol / mо‘ylov / ulama soch / baki / shinyon / yarim pariklar / lokon / kiprik / qosh / tress / krepe

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Dilafruz Tangriyeva

Ushbu maqolada grimyor qanday mutaxassis ekanligi, grim so‘zi nimani anglatishi, grimyorning teatr va kinodagi o‘rni, grimning usul va uslublari haqida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «GRIMYORNING MUHIM MAHORATI VA FAZILATLARI»

GRIMYORNING MUHIM MAHORATI VA FAZILATLARI

Dilafruz Tangriyeva O'zDSMI

Annotatsiya: ushbu maqolada grimyor qanday mutaxassis ekanligi, grim so'zi nimani anglatishi, grimyorning teatr va kinodagi o'rni, grimning usul va uslublari haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: grim, grimyor, postij, qahramon, gumoz, oxra, konifol, ton, soqol, mo'ylov, ulama soch, baki, shinyon, yarim pariklar, lokon, kiprik, qosh, tress, krepe

ESSENTIAL SKILLS AND QUALITIES OF THE GRIMMYOR

Dilafruz Tangriyeva UzSIAC

Abstract: This article talks about what a make-up artist is, what the word grim means, the role of a make-up artist in theater and cinema, and the methods and techniques of make-up.

Keywords: grime, make-up artist, postij, hero, gumoz, ocher, konifol, tone, beard, moustache, hair, bakkie, chignon, half wigs, lokon, eyelash, eyebrow, tress, crepe

Grimyorning oldida turgan vazifalar har doim boshqacha va nostandartdir. Grimni sifatli, ishonarli va ayni paytda qulay qilish uchun katta zukkolik va ijodkorlik talab etiladi chunki, aktyor nafaqat sahnada yoki kadrda yurishi, balki o'z rolini o'ynashi ham kerak.

Shuning uchun grimyorning pozitsiyasi keng ko'nikmalarga ega odamlarni talab qiladi:

- nur va shakl bilan ishlash qobiliyati;

- rasm va chizmachilikka ega bo'lish;

- grim materiallarini bilish;

- pariklar, soxta mo'ylovlar va soqollarni qo'llash texnikasiga ega bo'lish, chandiqlarni taqlid qilish, turli nuqsonlar va jarohatlar.

Grimyorning shaxsiy fazilatlar orasida quyidagilar qadrlanadi:

- ijodkorlik;

- grim detallar bilan ishlashda improvizatsiya qilish qobiliyati;

- yaxshi ko'z, sinchkovlik;

- rivojlangan vizual xotira;

- rassomlar bilan ishlashda muloqot qobiliyatlari va xayrixohlik;

- aniqlik.

Rejissor sahnada dramatik yoki musiqali asarlarni sahnalashtiruvchi teatrning ijodiy siymosidir. Uning vazifasi pyesa asosida sahnada hayot jarayonini aks ettirishdir. Rejissorning vazifasi, pyesani to'g'ri o'rganish, to'g'ri talqin qilish, rollarni to'g'ri taqsimlash va aktyorlar bilan ishlash emas. U teatrda ijodiy jarayonni tashkil etish uchun u teatrdagi boshqa ijodkorlarni hamkorlikda ishlashi va ularning ijodini o'z ijodiga oliy maqsadiga bo'ysundirishi kerak. Shuning uchun u rassom, kompozitor, grimyor, liboschi va boshqa teatr ijodkorlari bilan hamkorlikda bo'lishi kerak. Aktyor ijrosini to'g'ri-noto'g'riligini u xuddi oynadagidek ko'rib turadi.

Rejissorda ijodiy qobilyat bo'lib u kollektivga ijodiy rahbar bo'lishi kerak. Buning uchun unda V.I.Nemirovich-Danchenko ta'limotida aytilganidek uchqirra, tushuntirib beruvchi ko'zgu (oyna), tashkilotchi qobilyati mavjud bo'lishi kerak. Spektaklda elementlar birligini yaratish haqida gapirganda, K.S.Stanislavskiy shunday yozadi: "Bu katta birikkan va yaxshi qurollangan armiya bo'lib, bir vaqtda, umum birlikda harakatda, minglab insonlar qalbini birlikda bir vaqtda urishini ta'minlovchi kuchdir". [2. B.115.] Shunday armiyani kim tayyorlaydi, kim qurollantiradi va atakaga boshlaydi? Albatta, rejissor. U barcha harakatlarni birlashtiradi. Bu umummaqsad, g'oya sari bo'lib, u spektaklning oliy maqsadidir.

Aktyorlar teatr spetsifíkasini targ'ibotchisidir. Teatr san'atida xatti-harakat asosiy manbadir. Boshqacha qilib aytganda inson hayoti to'g'ridan-to'g'ri tasvirlanadi. U aniq, jonli inson xatti-harakatida ifodalanadi. Adabiyot inson xatti-harakatini hikoya qiladi, rassom xuddi shu xatti-harakatni, harakatsiz holatda tasvirlaydi. Teatr san'atida aktyor sahnada shu vaqtda real amalga oshiradi. Aktyor-ijodkor sifatida rejissor uchun haqiqiy materialdir. Aktyorning orzusi va fikri uning badiiy niyati, o'y-fikri, ijodiy fantaziyasi, hissiyoti, shaxsiy va ijtimoiy tajribasi, bilim va hayotiy kuzatuvlari, lazzati, temperamenti, yumori, aktyorlik jozibasi, sahnaviy xatti-harakati va sahnaviy rangbaranglik bular hammasini birgalikda olsak rejissor ijodi uchun materialdir. Aktyor va rejissorning ijodi hamkorligi teatr san'atida rejissor asosiy metodining asosidir.

Teatrning asosiy komponenti bu dramaturgiya. Teatr san'atida badiiy va mafkuraviy munosabatda asosiy rol o'ynaydi. Dramaturgiya, teatrni mafkuraviy mazmun bilan bo'lg'usi sahna asarini qurollantiradi va teatrni ifodaviy vositasi - badiiy so'z bilan ta'minlash orqali teatrning badiiy ahamiyatini ta'minlaydi. Pyesa spektakl asosi bo'lsa, dramaturgiya - teatrning asosidir.

Dramaturg hayotini pyesa orqali tasvirlaydi. Teatr ana shu manba asosida spektakl yaratadi. Ammo pyesada har xil qo'l harakatlar, mezan sahnalar, harakatlar, ovoz turi - tembri, kastyumlar va grim, ritm va tempo-ritmlar, xulq-atvor, obrazdagi o'ziga xos harakatlar, aktyor o'ylari ko'rsatiladimi? Bularning hammasini aktyorlar, rejissorlar, rassomlar orqali yaratiladi. Ana shu materialni qayerdan oladi borliq, hayotdan oladi.

Faqatgina dramaturg manbai bilan cheklanmay mustaqil (aktyor, rejissor, rassom) hayotdan oladi va haqiqiy teatr san'atini yaratadi. Hayotni shaxsiy bilishligi pyesadagilarni sahnaviy holatga keltiradi. Teatrda ham, dramaturgda ham hayotni, borliqni ifodalashida, ijodiy ifodalashda bir xil material asosida ishni olib borishidir. Ana shu asosida ular orasida ijodiy hamkorlik tuziladi. Bu ijodiy o'zaro teatr va dramaturg o'rtasida tuziladi.

Teatr sahnasida sahnaviy obrazli ifoda yaratuvchidir bu rassomdir. Rassom asar ishtirokchilarini ijtimoiy kelib chiqishi, ular kim qaysi tabaqadan, qanday liboslarda kabilarini rejissor bilan birgalikda dramaturgik manbalardan foydalanib yaratadi. Rassomning badiiy bezagi orqali spektaklda tashqi ifoda va ichki teranlikni ifoda etishi kerak. Rassom rejissor g'oyasini uyg'unligi yaxshi natijalarga olib keladi.

Ko'pincha rassom va rejissor hamkorligi eskiz va maketlardan boshlanadi. Liboslar ko'rinishi, nur bilan yoritilishi, sahnaning rang ifodasi, kartinalarning joylashishi, mezansahnalar yaratish, maket va eskizlarda o'ylab chiqiladi. Jihoz va ashyolarning joylashishi aktyor ijrosiga yordam berishi kerak. Rassomning barcha izlanishlari asarning mag'zini tasvirda ifodalashga yechimini topishga qaratiladi. Nemirovich Danchenko "bitta sholcha to'shab" [1.B.64.] tomosha ko'rsatish mumkin degan bo'lsa, rejissor Piter Brug "sahnaviy makon bo'shlig'i" [2. B.105] mo'jizalarga boy ekanligini qayd etadi. Mo'jizakor sahnaning imkoniyati keng. Rassom va rejissor hamkorligi mana shu imkoniyatlardan unumli foydalanib san'at asarini yaratishdir.

Mo'jizakor sahnaviy badiiy asarning yaxlitligini yaratishda grim ham katta ahamiyat kasb etadi. Grim - bu san'at va u barcha san'at turlari kabi grimda ham o'ziga xos ifodaviylik mavjud. Ammo unda kam ashyolar orqali maksimal ifodaviylik yaratiladi.

Grim ustida ishlash u portret chizuvchi rassom ijodi, tasviriy yoki skulptor ijodini eslatadi. Maqsadlar va vazifalar aynan bir xil: inson ichki dunyosiga kirabilish, tashqi xarakater orqali xususiyatlarini oydinlashtirishdir. Grimning asosiy maqsadi aktyorni tashqi qiyofa orqali ichki mohiyatini ochish uchun yordam berishdir.

Teatr san'atida aktyorni yaratayotgan obrazga moslab o'zgartirish grimning vazifalaridan biridir. Badiiy asar, pyesa, ssenariyning badiiy xususiyatlari, qahramonlarning fe'l-atvori, ko'rinishi, xarakteri, aktyor va rejissorning ijodiy maqsadiga qarab grim xilma xil bo'ladi.

Grim - dramaturg, ssenarist, rejissor, aktyor va rassomning badiiy g'oyasini ifoda vositalaridan biridir. Aktyor ijrosidagi obraz ma'suliyatli va murakkab bo'lsa, grim sodda bo'lib bir necha detal va shtrixlardan iborat bo'lishi kerak va obraz xarakteridan kelib chiqishi kerak. Bunday kerakli qirralarni jiddiy qidirish natijasida topish kerak. Bu jarayon pyesa o'qilishidan boshlab, rol ustida ishlash vaqtida topish kerak bo'ladi.

Grim - san'atini qaysidir ma'noda portretchi rassom asari bilan qiyoslash mumkin. Faqat portretchi-rassom inson yuzini yassi tekislikda mato yoki qog'ozda aks

ettirsa, grimyor jonli qiyofa, ma'lum hajmga ega bo'lgan rolga ega bo'lgan inson yuzi bilan ishlaydi.

Grim jarayoni qahramonni tashqi qiyofasi orqali uning ma'naviy qiyofasi qidiriladi. Bu qahramonning ichki mohiyatini ochilishiga yordam beradi. Tajriba shuni ko'rsatadiki, ko'zga birinchi tashlanganda ahamiyatsiz ko'ringan aktyorning yuzi, grim bilan tamoshabinga qahramon xarakteri haqida tasavvur beradi. Badiiy obraz yaratishda grimning ahamiyatini K.S.Stanislavskiy bir necha bor takidlagan."Ohirgi general repetitsiyaga yetib keldik, ammo men hali ham ikki stul oralig'ida o'tirardim, - deb yozadi, K.S.Stanislavskiy o'zining "San'atdagi hayotim" kitobida. Sotanvil roli ustida ish olib borilardi. Ammo baxtimga bexosdan "Apallondan sovg'a" oldim. Grim orqali berilgan (topilgan) yuzni kulgili ifodasi, meni o'zgartirib yubordi. Nimadir tushunarsiz bo'lsa tushunarli bo'ldi, zaminsiz bo'lgan unga erishdi, nimagadir ishonmasdim - endi ishondim. Nimadir ichdan uzilib ketdi, to'lib toshtirdi, oxir oqibat pishib yetildi. Bir bexosdan g'unchaga tegib ketilishi oqibatida, u yashnay boshladi, yosh gul barglari quyoshda o'z qanotlarini yoza boshladilar. Shunday qilib menda bexosdan, bo'yoq orqali qilingan grimning muvaffaqiyati g'unchani barg yozilishiga olib keldi. Rol o'zining gulbargi (qanotini) ni rampa nurida yoza boshladi" [2. B.113.]

Grimda topilgan nozik hislat K.S.Stanislavskiyga katta ijodiy quvonch bag'ishladi. Yana bir behosdan topilgan ixtiro ya'ni, grim ixtirosi haqida Obnavlenskiy roli (Fedotevning "So'm" pyesasi) ustida ish jarayonida shunday yozadi:

"Aynan Satvanvildagidek grimda bexosdan ixtiro qilindi. Sartarosh menga soqol yopishtirayotib, shoshilganidan o'ng taraf soqolimni chap soqolimga nisbatan teparoqqa yopishtirib qo'ydi. Ana shunday ifoda orqali yuzimda dog'uli, fribgar, surbetlikni ifodaladi. Yuz ifodamdan hamma tushundiki mening personajimni birov so'ziga ishonish mumkin emas, chunki men fribgar edim" [2. B.125.] Demak, grim badiiy obraz yaratishda uning ichki dunyosini ifodalovchi qiyofasini yaratishda ahamiyatga ega. Ma'lumki, teatr ta'limoti metadologiyasini yaratgan K.S.Stanislavskiy teatr rassomlarining, shu jumladan, grimyorlarning eskizlarni yaratishga, kollektiv bilan muloqatda bo'lishiga, repetitsiyada qatnashib, aktyorlarni kuzatishlariga katta e'tibor qaratgan. Zero aktyor o'z personajini talqin qilar ekan uning eng birinchi yordamchisi va hamkori grimyordir. Grimyor rassom bilan birga hamkorlikda ishlaydi. Shuning bilan birga u qo'yilayotgan asarni talqin qilishi va his qila bilishi kerak. Grimyor aktyorni har bir xatti-harakatlarini asar va davr muhitida his qila olishini repetitsiyalarda kuzatib borishi kerak.

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, rassom obraz va kastyumlar chizgilarini qog'ozda beradi. Ana shu chizgilarni ya'ni eskizlarni o'ziga xos grim yo'li bilan yaratish grimyor-rassomning vazifasidir. Bu vazifa o'ta murakkab, shu bois grimyordan katta bilimdon, kasbiy mahorat talab qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Djalilova F. Grim san'ati. -T.: Donishmand ziyosi, 2023.

2. Stanislavskiy K.S. Saylanma. 9-jild. -M.: Iskusstvo, 1989.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.