Научная статья на тему 'JAHON TEATRIDA GRIM SAN’ATINING ASOSIY TAMOYILLARI'

JAHON TEATRIDA GRIM SAN’ATINING ASOSIY TAMOYILLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
141
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
grim / rassom / badiiy obraz / dramaturg / ssenarist / rejissor / pyesa / xarakter

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Robiya Abduqahxor Qizi Rizayeva

Ushbu maqolada teatr san’atida grimning ahamiyati, teatr grimining ilk shakli va diniy marosimlar tadbirlari hamda Qadimgi grek teatri, Qadimgi Rim teatri, Hind teatri, Xitoy teatri grimi, No va kobuki Yapon teatri grimi haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «JAHON TEATRIDA GRIM SAN’ATINING ASOSIY TAMOYILLARI»

"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X Volume 4 Issue 2 / April 2023

JAHON TEATRIDA GRIM SAN'ATINING ASOSIY TAMOYILLARI

Robiya Abduqahxor qizi Rizayeva

O'zDSMI

Annotatsiya: Ushbu maqolada teatr san'atida grimning ahamiyati, teatr grimining ilk shakli va diniy marosimlar tadbirlari hamda Qadimgi grek teatri, Qadimgi Rim teatri, Hind teatri, Xitoy teatri grimi, No va kobuki Yapon teatri grimi haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: grim, rassom, badiiy obraz, dramaturg, ssenarist, rejissor, pyesa, xarakter

BASIC PRINCIPLES OF MAKE-UP IN THE WORLD THEATER

Robiya Abduqahxor kizi Rizayeva

UzSIAC

Abstract: This article discusses the importance of make-up in theater art, the early form of theatrical make-up and religious ritual events, and the make-up of Ancient Greek theater, Ancient Roman theater, Indian theater, Chinese theater makeup, No and kobuki Japanese theater make-up.

Keywords: make-up, artist, artistic image, playwright, screenwriter, director, play, character

Mo'jizakor sahnaviy badiiy asarning yaxlitligini yaratishda grim ham katta ahamiyat kasb etadi. Grim - bu san'at va u barcha san'at turlari kabi grimda ham o'ziga xos ifodaviylik mavjud. Ammo unda kam ashyolar orqali maksimal ifodaviylik yaratiladi.

Grim ustida ishlash u portret chizuvchi rassom ijodi, tasviriy yoki skulptor ijodini eslatadi. Maqsadlar va vazifalar aynan bir xil: inson ichki dunyosiga kirabilish, tashqi ko'rinish orqali xarakater xususiyatlarini oydinlashtirishdir. Grimning asosiy maqsadi aktyorni tashqi qiyofa orqali ichki mohiyatini ochish uchun yordam berishdir.

"Grim" frantsuzcha "grime", italyancha "grumo" so'zidan olingan bo'lib, lug'aviy inson yuzida ajin qilish ma'nosiga to'g'ri keladi. Teatr san'atida aktyorni yaratayotgan obrazga moslab o'zgartirishdir. Badiiy asar, pyesa, ssenariyning badiiy xususiyatlari, qahramonlarning fe'l-atvori, ko'rinishi, xarakteri, aktyor va rejissorning ijodiy maqsadiga qarab grim xilma xil bo'ladi.

Grim - dramaturg, ssenarist, rejissor, aktyor va rassomning badiiy g'oyasini ifoda vositalaridan biridir. Aktyor ijrosidagi obraz ma'suliyatli va murakkab bo'lsa, grim sodda bo'lib bir necha detal va shtrixlardan iborat bo'lishi kerak va obraz xarakteridan kelib chiqishi kerak. Bu jarayon pyesa o'qilishidan boshlab, rol ustida ishlash vaqtida aktyordan izlanishni talab etadi.

Grim - san'atini qaysidir ma'noda portretchi rassom asari bilan qiyoslash mumkin. Faqat portretchi-rassom inson yuzini yassi tekislikda mato yoki qog'ozda aks ettirsa, grimchi jonli qiyofa, ma'lum hajmga ega bo'lgan inson yuzi bilan ishlaydi.

Grim jarayoni qahramonni tashqi qiyofasi orqali uning ma'naviy qiyofasi qidiriladi. Bu qahramonning ichki mohiyatini ochilishiga yordam beradi. Tajriba shuni ko'rsatadiki, ko'zga birinchi tashlanganda ahamiyatsiz ko'ringan aktyorning yuzi, grim bilan tamoshabinga qahramon xarakteri haqida tasavvur beradi. Badiiy obraz yaratishda grimning ahamiyatini K.S.Stanislavskiy bir necha bor takidlagan. "Ohirgi general repetitsiyaga yetib keldik, ammo men hali ham ikki stul oralig'ida o'tirardim, - yozadi, K.S.Stanislavskiy o'zining "San'atdagi hayotim" kitobida. Sotanvil roli ustida ish olib borilardi. Ammo baxtimga bexosdan "Apallondan sovg'a" oldim. Grim orqali berilgan (topilgan) yuzni kulgili ifodasi, meni o'zgartirib yubordi. Nimadir tushunarsiz bo'lsa tushunarli bo'ldi, zaminsiz bo'lgan unga erishdi, nimagadir ishonmasdim - endi ishondim. Nimadir ichdan uzilib ketdi, to'lib toshtirdi, oxir oqibat pishib yetildi. Bir bexosdan g'unchaga tegib ketilishi oqibatida, u yashnay boshladi, yosh gul barglari quyoshda o'z qanotlarini yoza boshladilar. Shunday qilib menda bexosdan, bo'yoq orqali qilingan grimning muvaffaqiyati g'unchani barg yozilishiga olib keldi. Rol o'zining gulbargi (qanotini) ni rampa nurida yoza boshladi"[1].

Grimda topilgan nozik hislat K.S.Stanislavskiyga katta ijodiy quvonch bag'ishladi. Yana bir behosdan topilgan ixtiro ya'ni, grim ixtirosi haqida Obnavlenskiy roli (Fedotevning "So'm" pyesasi) ustida ish jarayonida shunday yozadi:

"Aynan Satvanvildagidek grimda bexosdan ixtiro qilindi. Sartarosh menga soqol yopishtirayotib, shoshilganidan o'ng taraf soqolimni chap soqolimga nisbatan teparoqqa yopishtirib qo'ydi. Ana shunday ifoda orqali yuzimda dog'uli, fribgar, surbetlikni ifodaladi. Yuz ifodamdan hamma tushundiki mening personajimni birov so'ziga ishonish mumkin emas, chunki men fribgar edim" Demak, grim badiiy obraz yaratishda uning ichki dunyosini ifodalovchi qiyofasini yaratishda ahamiyatga ega. Ma'lumki, teatr ta'limoti metadologiyasini yaratgan K.S.Stanislavskiy teatr rassomlarining, shu jumladan, grimchilarning eskizlarni yaratishga, kollektiv bilan muloqatda bo'lishiga, repetitsiyada qatnashib, aktyorlarni kuzatishlariga katta e'tibor qaratgan. Zero aktyor o'z personajini talqin qilar ekan uning eng birinchi yordamchisi

I icclT^^^^H http://oac.dsmi-qf.uz

va hamkori grimchidir. Grimchi rassom bilan birga hamkorlikda ishlaydi. Shuning bilan birga u qo'yilayotgan asarni talqin qilishi va his qila bilishi kerak. Grimchi aktyorni har bir xatti-harakatlarini asar va davr muhitida his qila olishini repetitsiyalarda kuzatib borishi kerak.

Rassom obraz va kastyumlar chizgilarini qog'ozda beradi. Anashu chizgilarni ya'ni eskizlarni o'ziga xos grim yo'li bilan yaratish grimchi-rassomning vazifasidir. Bu vazifa o'ta murakkab, shu bois grimchidan katta bilimdon, kasbiy mahorat talab qilinadi. Grim mutaxassisligidan katta bilimdon bo'lish uchun quyidagilarni grimchi muffassal egallashi joiz:

1) Grim tarixi;

2) Xalqlar tarixi, kiyinishi, turmush tarzi.

3) Makon va zamon, qaysi yurt, qaysi vaqtga oidligi;

4) Teatr taraqqiyoti;

5) San'at turlari;

6) Davr mafkurasi, siyosati va san'atdagi ifodasi;

7) Liboslar;

8) Soch turmaklari va hakozolar.

"Teatr grimining ilk shakli diniy marosimlar tadbirlari orqali "madhiya" bo'lib, unda badan bo'yalgan va marosimiy niqob kiyishgan diniy totemiz va animizdir. Ov niqoblari hayvonlarning qiyofalarini ifodalagan. Anashu ov qilishni tasvirlash teatrning tabiatidir. Chiqish uchun sahnaga o'xshagan qurilma qurilib uni maxsus parda bilan berkitilgan. Pakuas niqobi mistik ahamiyatga ega bo'lgan ammo u timsoliy gavdalanish elementi vazifasini bajargan. Bayramlarda niqobda ezgulik va yovuzlik timsolida chiqishlar qilishgan[2].

Urug'chilik jamiyatida teatr san'ati bilan shamanlar shug'ullanishgan. Shaman niqob va bosh kiyimi orqali Oliy ruhni tashqi qiyofasini yaratgan. Ular go'yoki yuklatilgan vazfalarni bajarishgan. Shaman va sehrgarlarning chiqishlari teatr xarakterida bo'lgan.

A.D.Avdeyev yozadi: "Tushunarli, aktyorlar niqobida o'ynagan teatr, niqob teatri deb nomlandi. Qachonki aktyor niqobini yechib, yuz mimikasiga o'tganda, teatr nomi haqida o'ylay boshlaydi"[3].

Qadimgi grek teatri - chorvachilik va uzumchilik xudosi Dionis sharafiga o'tkazilgan bayramlarda xor va raqslarda yuzlariga uzumlarni ezib surtishgan va bo'yalgan holda chiqishgan. Bu niqoblar sekin-asta grek teatridan o'rin olgan.

Eramizdan oldingi 5 asrdan eramizgacha grek teatrlarida faqat erkaklar ishtirok etishgan va ayollar rolini ham erkaklar bajargan. Tragik niqobni Fispis ixtiro qiladi. U boshni butunlay bekitgan. Esxil niqob uchun bo'yoqni ishlatadi. Fojiaviy niqob peshonasi kattaligi g'alati va g'amli yuzni ifoda etgan. Niqoblar bo'yalishi bilan farqlangan. Komik maskalar quloqqacha ochiq og'iz, yuqori manglay, qiyshiq burun

I icclT^^^^H http://oac.dsmi-qf.uz

bo'lib xunuk edi. Qishloq tadbirlarida ishtirok etuvchilar fantastik niqoblardan foydalanishgan. Aristofan komediyalari uchun individual niqoblardan foydalanilgan. Maskalar ikki va uch yuzli ham bo'lgan. Aktyor ijro vaqtida kerakli niqobni o'ziga to'g'rilab olib ijroni davom ettirganlar. Bulardan tashqari bir personaj uchun har xil holat uchun (mimika) niqoblar ishlatilgan. Satirik drama uchun xor echki soqoli va shoxi bor niqob kiyishgan. Teatr niqoblari bilan birgalikda teatr grimi paydo bo'la boshlaydi.

Qadimgi Rim teatri. Rim teatri ham grek teatri kabi qult marosimlarda bayram vositalari sifatida paydo bo'ladi. Sekin-asta bu diniy spektakl xalq marosimiga aylanadi, aktyor masxarabozga aylanadi. Rim aktyorlari niqoblardan foydalanmaganlar. Eramizgacha bo'lgan 1 asrga kelib greklar niqobiga o'xshagan niqoblardan foydalanishgan. Chunki teatr binosini kattalashuvi ovozni balandroq chiqarib bergani uchun niqoblardan (ganchli) foydalanilgan. Rimda maska marosimi ahamiyati o'qotadi va sahnaviy usulga o'l beriladi. Rimda bir necha niqoblar asosiy personajlar uchun saqlanib qolindi. Tez orada rim aristokratlari niqobni taqiqlab qo'yishadi. Endi ular grim va soch (pariklar) bilan shug'ullanishadi.

Hind teatri. Hindiston teatr san'ati tarixi uzoq o'tmishga borib taqaladi. Grim san'ati, niqob, yuzni bo'yash va hakozalar elementlari ibtidoiy jamiyatni boshlang'ich taraqqiyotiga borib taqaladi. Ayrim joylarda hozirda ham totemik tomoshalar mavjuddir. Shimoliy Hindistonda musiqiy raqs drama o'yinlari keng rivojlangan. Bu o'yin personajlari yovuz va ezgulik shayton bo'lib, qahramonlar hayvonlar, uning do'stlari va dushmanlaridir. Ularni tashqi qiyofasi an'anaviy va niqoblari chiroylidir. Aktyorlar yuzda hech qanday holatni aks ettirmasliklari uchun guruchli klesterni yuzlariga surtadilar, uni quriguncha kutib turiladi va istalgan tipajni bo'yaydilar. Katakali tipidagilar mif (afsona) obrazlarini ifodalashadi. Bunga hind dostonidagi "Ramayana" va "Mahabharat" dagi personajlar misol bo'ladi. Tipajlarni besh turga bo'lish mumkin. Qahramonlari xudojo'y ezgulik kuchiga ega, Ramayanadir. Bu qahramon grimi besh paral chiziqdan iborat bo'lib, guruch qorishmasi surtiladi, u bu quloqdan u quloqqacha olib boriladi, yashil rangda. Ko'z chiroyli bo'yaladi (surma). Oq tok boylik va baxt ramzidir - bu tipojlarning birinchi gruppasiga kiradi.

Ikkinchi guruhga kiruvchi tipojlar - salbiy qahramonlar bo'lib bular Ravana, Kamsa, Naraka va boshqalar. Ular xudolarning dushmanlaridir. Ularning grimlari guruch qorishmasidan bosh o'l bo'lib u iyakni aylanasiga, tepa labda va ko'z ostiga surtiladi. Burunga katta g'urra (shish) yopishtiriladi. Umumiy toni yashil, yanog'i qizil.

Uchinchi guruhning tipojlari - o'rmon vaxshiy hayvonlarining yarim jismi. Ularning grimlari kanob tolasidan qattiq oq yoki qizil rangli soqol.

To'rtinchi guruhga ayol tipajidagi shayton (demon). Ularning grimlari qora rangda umumiy ton bo'lib ikki so'yloq oq tishlari chiqib turadi.

Beshinchi guruhga xudojo'ylar, xudolar, malikalar, tabarruklar, taqvodorlar kiradi. Ular yuzlariga guruch qorishmasidan surtadilar, kanob tolasidan uzun soqol-mo'lov taqadilar [4].

Xitoy teatri grimi. Xitoy teatr san'ati xalq qo'shiqlari va raqslari orqali ifodalanganligi qadim kitoblardan bizgacha yetib kelgan. Ikki ming yil (eradan oldin) avval xalq marosimlarida ruxlarga ibodat qilish tomoshalari mavjud bo'lgan. Ijrochilari bu tomoshalarda shamanlar bo'lganlar. Klassik an'anaviy teatr, Xitoyda 8 asrda paydo bo'ladi. Xitoy teatridagi har bir rol an'anaviy ishlab chiqilgan holda bo'lgan. Imo-ishoralar, yurish, yuz harakati (mimika), grim kastyumlar bo'lib ular klassik tuzum o'ylagan kichik detallarigacha aniq ishlangan. Teatrda ayollar ishtirok etishmaydi. Ayol rollarini erkaklar bajargan. Xarakter va psixologik (ruhiy) mazmunga ega bo'lgan personajlarni shartli ravishda bo'yoqlar orqali ifodalashgan. Ana shunday shartli grimlari orqali ajabtovur natijaga erishishgan. Xitoy teatri tarixida 70 ga yaqin aktyorlar uchun bo'yalgan (yuzlari uchun) tipojlari bo'lgan. Bo'yashda asimmetriya va simmetriya katta rol o'ynagan. Asosan salbiy va ijobiy xarakterga ega bo'lgan personajlar rang orqali ajratilgan. Oq va qizil rang ijobiy tavsif bersa, bularga ya'ni oqqa qora, qizilga oq rang qo'shilsa salbiy tavsif bergan. Simvolik grim rang qo'shish bilan qiyinlashib borgan.

Ayollar uchun grim toni - umumiy yorqin ton (oppoq) ko'z va qosh qora bo'yoqda, lab yorqin bo'yalgan, qovog'i va yanoq qizartirilgan. Xitoy aksessuarida yasama soch (parik), soqol, qoshlar mavjud bo'lgan. Grim qilishda quruq bo'yoqlardan foydalanishgan. Ular zararsiz bo'lib, suvda eritilgan va bir necha tomchi o'simlik yog'idan qo'shilgan. Umumiy ton (suyuq grim) qo'l bilan, barmoqlar bilan yopishtirilgan. Lab, ko'z, qoshlarni bo'yash uchun o'tkir tayoqchalar yoki cho'tkalardan foydalanishgan. Grimni sovun bilan issiq suv orqali yuvib tashlashgan.

No va kobuki Yapon teatri. No yapon teatri, feodal dvaryanlar (samuraylar) teatri 14 asr ikkinchi yarmida shakllanadi. No teatri tashkil bo'lishiga aktyorlar ham (masjid) tomoshalarda qatnashgan edilar. Bu teatr o'ziga xos shartli dekaratsiya, sodda butafor, aktyorlar soni kamligi bilan ajralib turadi. Olib boruvchi aktyor butun tomoshani boshqargan va uni siti (ijrochi) deb atashgan. Maska doimiy taqilgan bo'lib personajning o'ziga xos maskasi-niqobi bo'lgan. Qolgan aktyorlar grimsiz, pariksiz, niqobsiz ijro etishgan. No teatrining o'ziga xos niqoblari 250 taga yetgan. Ular tipojga qarab ajratilgan bola niqobi, o'rta yoshdagilar, otboqarlar, erkaklar, yovuz ruxlar, qariyalar, kampirlar, iblis (demon) va yarim hayvonlar, xudolar, qahramonlar, maymun, qush, ilon, qurbaqa, tulki va hakozo maska (niqob) lar. Tulki personaji fars tomoshalarida ishlatilgan. U muqaddas hayvon hisoblangan.

16 asr o'rtalariga kelib, yapon klassik teatri Kabuki tarkib topadi. Bu teatr aktyorlari o'z mahoratlari orqali teatr grimida ulkan muvaffaqiyatga erishadilar. Bu maskani eslatuvchi grim bo'lib, kumodor deb ataladi. Qadimda xram a'zolari xudoga nisbat qilib, ularni istaklarini ro'yobga chiqaruvchi sifatida grim qilganlar va bayram tomoshalarida ishtirok etganlar. "Masume dodzyodz" pyesasida shunday deyiladi: "Nima uchun yanog'ingga qizil qo'yding va tishlaringni qora bo'yoq bilan bo'yading? Sevgilinga o'zingni yaxshi ko'rsatish uchunmi?" Qiziq, feodal davrida kasmetikani yuzdagi ifodasi bilan yuqori tabaqadagilar va kattalarga hurmat bildirilgan. Samuraylar knyazlarga va saroy imperatorlariga xunuk-dag'al grim ishlatish bilan hurmat bajo keltirganlar. O'z janobi va erlari oldida bo'yanmagan yuz bilan ko'rinish hurmatsizlik hisoblangan. Grimni bu holda tan olishlik teatrda o'z ifodasini topgan[5].

Aktyorlarni grim qilishda tayyorlash uchun qovoq tortiladi. Peshonada ajin qilish uchun uni qovoq tomonga har tomondan tortiladi. Ko'zning chekkasidan tortilgan. Parikni yopishtirish uchun uning boshiga bosh kiyim kiygizishgan. Shundan keyin yuz o'ziga xos ma'no kasb qiladi. Yuz uchun qo'rg'oshin rangli bo'yoq ishlatiladi. Yuzga juda ingichka va tekis surtiladi. Kabuki teatrida grim sahnani o'zida o'zgartiriladi. Aktyor hatti-xarakat vaqtida parik kiyadi va tomoshabinga bildirmagan holda yuziga ko'k chiziq tortadi. Bu kumador grimi bo'lib, yuzga chiziq tortish deyiladi. Bu holat Xitoy teatrining ta'siri bo'lsa kerak. Xitoy "Yan nu" (chiziqli-maska sifat) grimi ishlatilgan.

Kabuki teatri grimi niqob sifatdir. Uning xarakteri simvoldir. Masalan, aktyor qahramonona rollarda grim qilganda yuzda umumiy oq tonga qizil chiziqlar tortadi; yovuz rol ijrochisi oq tonga ko'k yoki jigarrang chiziq; jodugar ijrochisiga yashil umumiy tonga qora chiziq va hakoza tortiladi. M. Gudzi yozishicha: "Elektr toki paydo bo'lishi bilan hukumdor grimi o'z mavqeini o'qotdi. Shunday vaqtlar bo'lganki xira nurda o'ynalganda, aktyor yuziga chiroq yaqinlashtirilganda grim chiziqlari harakatga kelgan, so'zlar jonli. Bu tomoshabinda ta'sirli taassurot qoldirgan. Hozirgi Kabuki teatri bunday effektdan mahrum bo'ldi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. К.С.Станиславский Соб. Соч. Т. 1 . "Искуссетво" М 1954 113 bet

2. С. П. Школьников "Основы сценического грима". Минск 1976, 38 bet.

3. А.Д.Авдеев "Присхождение театра" М.Л. 1952, 232 bet

4. С. П. Школьников "Основы сценического грима". Минск 1976, 44-45 bet.

5. Гундзи М. Япониский театр Кабуки М. 1969. 151 bet.

6. Jalilova F. Grim. - O'zDSI, 2015

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.