Научная статья на тему 'GRIM SAN’ATI'

GRIM SAN’ATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
kino / teatr / sirk / grim san’ati / grimchi-rassom / sahna / obraz / aktyor

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Mamasoliyeva Muxtasar To‘Xtasin Qizi

Kino va teatr san’atining rivojida grim san’atining o‘rni beqiyosdir. Mazkur maqolada obrazning ichki dunyosini aktyorning tashqi kо‘rinishida aks ettirish, obrazning xarakterini ochib berish hamda rolga badiiylik bag‘ishlash kabi jihatlari bilan xarakterlanuvchi ushbu san’at turining tarixi borasida fikr yuritiladi. Grim san’atining turli davrlardagi o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «GRIM SAN’ATI»

GRIM SAN'ATI

Mamasoliyeva Muxtasar To'xtasin qizi

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti "Jahon tillari va adabiyoti" kafedrasi

o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11214648

Annotatsiya. Kino va teatr san'atining rivojida grim san'atining o 'rni beqiyosdir. Mazkur maqolada obrazning ichki dunyosini aktyorning tashqi ko'rinishida aks ettirish, obrazning xarakterini ochib berish hamda rolga badiiylik bag'ishlash kabi jihatlari bilan xarakterlanuvchi ushbu san'at turining tarixi borasida fikr yuritiladi. Grim san'atining turli davrlardagi o'ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi.

Kalit so 'zlar: kino, teatr, sirk, grim san'ati, grimchi-rassom, sahna, obraz, aktyor.

Аннотация. Роль исскуства грима в развитии кино и театрального искусства бесподобна. В данной статье рассматривается история этого вида искусства, для которого характерны такие аспекты, как отражение внутреннего мира персонажа во внешнем облике актера, раскрытие характера персонажа, придание роли артистизма. Анализируются особенности грима в разные периоды.

Ключевые слова: кино, театр, цирк, искусство грима, визажист, сцена, образ,

актёр.

Abstract. The role of the art of makeup in the development of cinema and theatrical art is incomparable. This article will examine the history of this art form, which is characterized by such aspects as reflection of the character's inner world in the actor's appearance, revealing the character, and imparting artistry to the role. The features of makeup in different periods will be analyzed.

Key words: cinema, theater, circus, makeup art, makeup artist, stage, image, actor.

Tomoshabin film yoki biror sahna asarini tomosha qilar ekan unda aktiyorlarning tashqi ko'rinishlari o'zgartirilganligini oddiy ko'z bilan payqay oladi, lekin bu jarayon ortida mashaqqatli mehnat va haqiqiy san'at yotganligiga e'tibor beravermaydi. Bu jarayon esa grim san'atiga borib taqaladi. Manbalarda berilishicha, Grim san'atining tarixi rivojlanishda uzoq yo'lni bosib o'tdi -ibtidoiy jamoada yuz va tana bo'yash, unga turli xildagi rasmlar chizish urf-odatidan boshlab tatuirovkagacha ko'p asrlarni qamrab olgan. [1]

Grim terminining asl kelib chiqishi fransuzcha "grime", italyancha "grumo" so'zlaridan olingan bo'lib, "ajinli" degan ma'noni anglatadi. Ma'lumki, aktyorlik san'atida qiyofa asosan, yuzni ijro etiladigan rolga moslab maxsus bo'yoq bilan bo'yash, sun'iy soch-soqol yopishtirish, sochni rolga moslab tarash va shu kabi o'zgartirish san'atidir. Obraz yaratishdagi muhim vositalardan biridir. Pyesa yoki ssenariyning badiiy xususiyatlari, bezaklari, qahramonning fe'l-atvori, aktyor va rejissyorning ijodiy maqsadiga qarab har xil bo'ladi. [2]

Grim san'ati tarixiga nazar tashlansa, grim vositalari haqidagi ilk belgilarni qadimgi Misr tarixiga oid manbalarda ko'rish mumkin, u davrda bo'yanish xudolarga yoqadigan boylik belgisi bo'lib xizmat qilgan. Misr san'atiga xos bo'lgan nozik ko'z-qovoqlarni bo'yoqlar orqali hosil qilish erkaklar va ayollarda mil.av. 4000-yillarda paydo bo'lgan. Yunon va Rim teatrida aktyorlarning niqoblardan foydalanishi bo'yanish zaruratini istisno qilgan, shu sababdan ular grim yoki pardozdan emas faqat niqoblardan foydalanishgan. Tespis (yunon shoiri, mil.av. VI asr) tomonidan niqob ixtiro qilinganligi haqidagi qadimiy ma'lumotlar, shuningdek, niqobning

bo'yanish o'rnini bosganligi haqidagi hikoya mavjud. Muallif Tespis va uning yosh zamondoshlari, shu jumladan Esxil yangiligining mohiyatini qanday tushunish mumkinligi haqida o'z talqinini beradi, biz ulardan teatr niqobi va grim san'ati tarixini kuzatamiz. Rim mualliflari va keyinchalik Vizantiya leksikograflari Tespis dastlab bo'yanish ya'ni grimdan foydalanganiga amin bo'ldilar, bu asosan uning tragedik obrazlarni sahnalashtirganda ko'zga tashlanadi. Keyin Esxilning o'zi fojiali niqobni ixtiro qildi, chunki u tragedik asarlarning otasi hisoblanib bunday asarlarni sahnada jonlantirish turli ko'rinishdagi niqoblarni talab qilgan. Tespis va Esxil davridan boshlab, qadimgi madaniyat niqob va teatr kostyumi nafaqat kulgili, balki jiddiy ertaklarni ham taqdim etish uchun vosita bo'lib xizmat qilganiga o'rganib qolgan. [3].

O'rta asrlardagi Yevropaning diniy spektakllarida Xudo yoki Masih rolini o'ynagan aktyorlar yuzlarini oq yoki ba'zan oltin rangga bo'yashgan, farishtalarning yuzlari esa yorqin qizil rangga bo'yalgan. Uyg'onish davrida fransuz teatrlarida esa mashhur qahramonlar qo'zichoq junidan yasama soqol taqib, yuzlarini un bilan oqartirganlar.

Teatr sahnasida esa Grim tarixi qadimgi xalq sayillari va o'yinlariga borib taqaladi. Xitoy, Hindiston, Yaponiya va boshqa Sharq mamlakatlarida ham grimdan keng foydalanilgan. Aktyor yuziga chizilgan rasmlar ko'rinish jihatidan niqobga yaqin bo'lib, ba'zan uning o'rnini bosgan. Lekin Grim niqobga nisbatan harakterliroq bo'lgani sababli keyinchalik aktyorlar faqat grimdan foydalanganlar.

Sahna yoritgichi texnologiyasidagi yutuqlar sahnaga mos bo'yanishning mukammallashuvini talab qildi. Bu borada, teatrlarda sham va moy lampalar ishlatilgan; bu ikki yorug'lik manbalari xira bo'lib, qo'pol, haqiqiy bo'lmagan bo'yanish qo'llanilishiga sabab bo'lgan. Teatrlarga gaz va elektr yoritgichlari kiritilgach, yangi bo'yanish materiallariga va yanada mohirona qo'llash usullariga ehtiyoj paydo bo'ldi. 1873-yilda Vagnerlik opera xonandasi Lyudvig Leyxner pardozni qo'llashni osonlashtirib, zaharli bo'lmagan yog'li bo'yoq tayoqchasini tijorat maqsadida ishlab chiqarishni boshladi. XVIII-XIX asrlarda ko'plab rus aktyorlari grimga obraz yaratishda milliy va tarixiy harakteristika vositasi deb qarashgan. Keyinchalik Stanislavskiy ham grimni qahramon psixologiyasini ochishga yordam beruvchi eng zarur vosita deb bilgan. Grim rejissyor g'oyasini amalga oshirishda eng muhim tarkibiy qismlardan bo'lgani sababli teatr rejissyori va rassomning eng yaqin yordamchisi bo'lib grimchi-rassom vazifasi yuzaga keldi.

Kinoda esa grim o'ziga xos xususiyatga ega. Grim operator texnikasi talabiga (plyonkaning rang yoki yorug'likka ta'sirchanligiga qarab) mos bo'lishi lozim. Grim qilishda salgina soxtalik, sun'iylikka yo'l qo'yilishi filmga nuqson bo'lib tushadi. Grim qilish murakkab jarayon bo'lib, u ssenariynavis, rejissyor fikri va operator ishi bilan bog'liq. Grimchi-rassom suratga olish jarayoni va kinotexnika imkoniyatlarini bilishi lozim. Agar aktyorning yuzi katta o'zgarishlarni talab qilsa, u holda plastik grim yopishtiriladi, yengil, yumshoq, rezina qo'llaniladi. Plastik Grim egiluvchan, elastik bo'lib, u kishi yuziga juda qulay joylashadi. Bu uslubni birinchi marta 1930-yilda Sankt-Peterburglik rassom Raugul qo'llagan. Rangli filmlarning takomillashib borishi grimchi-rassomlar oldiga yangi vazifalar qo'ymoqda, ular grimni kiyimning o'ziga xos xususiyatlari bilan uyg'unlashtirishga harakat qilib, grimdan foydalanish usullarini muntazam o'zgartirib bormoqdalar.

Grim sirk masxarabozlarining chiqishlarida va harakterli rollari bor yirik tomoshalarda qo'llaniladi. Sirk yuzaga kelgan davrdan boshlab masxarabozlar yuzlariga oq bo'yoqlar surib tomosha ko'rsatishgan. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Grim masxarabozlikning muhim belgisidan biriga aylandi. Zamonaviy sirkda hayotiy grim ko'proq qo'llanilmoqda. O'zbek xalq

masxaraboz va qiziqchilari — Yusufjjon qiziq Shakarjonov, Aka Buxor, Akrom Yusupov kabilar o'z ijodlarida grimdan foydalanishgan.

F.Jalilova o'zining "Grim" risolasida keltirishicha: Grim - bu san'at. Grim san'atini qaysidir ma'noda portretchi-rassom asari bilan qiyoslash mumkin. Faqat portretchi-rassom inson yuzini yassi tekislikda mato yoki qog'ozda aks ettirsa, grimchi ma'lum hajmiy relyefga ega bo'lgan jonli qiyofa bilan ishlaydi. Buyuk san'atkorlar tajribasi shuni ko'rsatadiki, grim qilishning siri o'z qiyofasini tanib bo'lmas darajada o'zgartirish (ozg'in yuzni to'la qilish, kichik og'izni kattalashtirish, taypoq burunni qanqaytirish)gina emas, balki aktyorga shu ijro etilayotgan obrazni talqin qilishda uni his qilish, tomoshabinga esa ko'z oldida shu qahramonni ko'ra olishini ta'minlashdadir.

Grim - dramaturg, rejissyor, aktyor va rassomning badiiy g'oyasini tomoshabinga yetkazib beruvchi asosiy ifoda vositalaridan biridir. Aktyor uchun grim ikki xil ahamiyatga ega. Birinchidan, obrazni ichki dunyosini aktyorning tashqi ko'rinishidagi aks ettirilishi bo'lsa, ikkinchidan, grim aktyorga ijro etilayotgan obrazni xarakterini ochib beradi, rolga badiiylik bag'ishlaydi. Grim qilish uslubiga grim bo'yoqlarini qanday qilib va qay holatlarda ishlatilishini, yuzning qaysi qismiga qaysi ranglarni surtishni bilish kabilar kiradi. Muallif, grim qutisida to'rt xil ton va sakkiz xil bo'yoq bo'lishini hamda grim ustasi shu tonlar va bo'yoqlar yordamida yangi ranglarni keltirib chiqara olishi kerakligini ta'kidlaydi. [6]

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, har bir san'atning o'ziga xos zavqli va qiziqarli tomonlari bilan bir qatorda uning qiyinchilik va mashaqqati ham bor. Grim san'ati ham boshqa san'at yo'nalishlaridan farqli o'laroq yetarlicha sabr va tirishqoqlik talab qiladi. Ko'p ming yillik tarixga ega bo'lgan mazkur san'at turi hozirgi davrda o'zining yangi qirralari bilan kino va teatr san'atining rivojiga katta hissa qo'shmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Encyclopedia Britannica. Volume IV, Retrieved 2021 -06-29

2. O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. Birinchi jild. -Toshkent, 2000.

3. TaraMaginnis. History of Theatre Makeup before 1920. 2008.

4. Corson, Richard Stage "Makeup", New Jersey: Prentice Hall 1986pp.16-18.

5. Westmore Michael G. The Art of Theatrical Makeup for Stage and Screen. - New York. 1973.

6. Jalilova F. Grim. O 'quv qo'llanma. - Toshkent, 2008. - 60 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.