Научная статья на тему 'GO‘SHT ISHLAB CHIQARISHNI KO’PAYTIRISH ORQALI OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH YO`LLARI'

GO‘SHT ISHLAB CHIQARISHNI KO’PAYTIRISH ORQALI OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH YO`LLARI Текст научной статьи по специальности «Животноводство и молочное дело»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Samaradorlik / ishlab chiqarish / fermer xo’jaliklari / dehqon xo’jaliklari / go’sht / oziq-ovqat xavfsizligi

Аннотация научной статьи по животноводству и молочному делу, автор научной работы — Ziyadullayev Ilhom Narkabilovich, Mirsobitova Nodira

Respublikamizda go’sht ishlab chiqarishi rivojlanishiga omillar ta'siri hamda mahsulot yetishtirish bilan bog‘liq xususiyatlari fermer va dehqon xo‘jaliklari faoliyati sharoitida tarmoqda xususiy sub'yektlarni tashkil qilish orqali chorvachilik sohasiga xizmatlar ko‘rsatish tizimini takomillashtirish yo‘nalishlari go’sht ishlab chiqarishini oshishi uchun xulosa va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «GO‘SHT ISHLAB CHIQARISHNI KO’PAYTIRISH ORQALI OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH YO`LLARI»

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

GO'SHT ISHLAB CHIQARISHNI KO'PAYTIRISH ORQALI OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH YOLLARI

1Ziyadullayev Ilhom Narkabilovich, 2Mirsobitova Nodira

1TDAU "Biznesni boshqarish" kafedrasi assistenti 2TDAU talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11439886

Annotatsiya. Respublikamizda go'sht ishlab chiqarishi rivojlanishiga omillar ta'siri hamda mahsulot yetishtirish bilan bog'liq xususiyatlari fermer va dehqon xo'jaliklari faoliyati sharoitida tarmoqda xususiy sub'yektlarni tashkil qilish orqali chorvachilik sohasiga xizmatlar ko'rsatish tizimini takomillashtirish yo'nalishlari go'sht ishlab chiqarishini oshishi uchun xulosa va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: Samaradorlik, ishlab chiqarish, fermer xo'jaliklari, dehqon xo'jaliklari, go'sht, oziq-ovqatxavfsizligi.

Аннотация. Влияние факторов на развитие мясного производства в нашей республике и особенности, связанные с производством продукции, разработаны выводы и рекомендации по увеличению выпуска продукции.

Ключевые слова: Эффективность, производство, фермы, фермы, мясо, безопасность пищевых продуктов.

Abstract. The influence offactors on the development of meat production in our republic and the features associated with production, conclusions and recommendations for increasing production output have been developed.

Keywords: Efficiency, production, farms, farms, meat, food safety.

Oziq-ovqat xavfsizligi tushunchasi birinchi bor 1974 yilda Jahon oziq-ovqat sammitida taklif qilingan bo'lib, "oziq-ovqat iste'molining barqaror o'sishini ta'minlash hamda ishlab chiqarish hajmi va narxlarning o'zgarishlarini qoplash uchun asosiy oziq-ovqatlarning dunyoda yetarli jamg'armalari har doim mavjudligini" anglatadi. Keyingi yillarda oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi va to'yimliligi hamda shaxsiy hohishlarni ham inobatga olish maqsadida oziq-ovqat xavfsizligi tushunchasi kengaytirildi. Mamlakatda eksport-import operatsiyalarini tartibga solish va soddalashtirish, talab yuqori bo'lgan oziq-ovqat tovarlarini import qilishda to'siq va cheklovlarni bartaraf etish, tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining huquqlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish bo'yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, nosog'lom raqobat, oziq-ovqat mahsulotlari importining ayrim xo'jalik yurituvchi subyektlar tomonidan monopollashtirilishi, sun'iy taqchillikni yuzaga keltirish va ba'zi tovarlar uchun narx-navoning asossiz oshirilishi, oqibatda, bu asosda qo'shimcha foyda olish uchun shart-sharoitlar yaratuvchi jiddiy tizimli muammolar saqlanib qolmoqda.

Bozorda ayrim import qiluvchilarning ustun mavqega ega bo'lishiga ular uchun individual imtiyoz va preferensiyalarning taqdim qilinganligi, ularning faoliyati uchun eksklyuziv sharoitlar yaratilganligi ko'maklashgan, bu esa boshqa tadbirkorlik subyektlarining bozorga kirish imkoniyatini cheklashga olib kelmoqda[1].

Oziq-ovqat xavfsizligi sohasida mavjud zamonaviy adabiyotda juda ko'p tushuncha va ko'rsatkichlar mavjud. Oziq-ovqat xavfsizligiga oid ko'p tushunchalar va ko'rsatkichlar mavjudligiga qaramay, mazkur g'oyaning o'ta muhimligini hamma e'tirof etgan. 1996 yilda Jahon

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

Oziq-ovqat xavfsizligi sammiti oziq-ovqat xavfsizligini shart sifatida belgiladi: "...barcha odamlar o'z oziqlanish ehtiyojlari va shaxsiy hohishlariga binoan hamda faol va sog'lom hayotni ta'minlash uchun yetarli miqdorda xavfsiz va to'yimli oziq-ovqat mahsulotlariga yetarli va iqtisodiy jihatdan ega bo'la olishi". 2001 yilda oziq-ovqat xavfsizligi g'oyasiga moddiy va iqtisodiy imkoniyatdan tashqari ijtimoiy imkoniyat tushunchasi ham qo'shildi. Hozirgi FAO belgilagan tushuncha mazkur qo'shimcha jihatni quyidagicha aks ettiradi: "barcha odamlar odamlar o'z oziqlanish ehtiyojlari va shaxsiy hohishlariga binoan hamda faol va sog'lom hayotni ta'minlash uchun ye tarli miqdorda xavfsiz va to'yimli oziq-ovqat mahsulotlariga ega bo'lishi uchun jismonan, iqtisodiy va ijtimoiy imkoniyatlari mavjudligi oziq-ovqat xavfsizligi ta'minlandi deganidir" .

Miqdoriy ko'rsatkichlar bir birlari bilan uzviy bog'liqlikda bo'ladi, jumladan umr ko'rish davomiyligi, minimal iste'molchilik savatchasi tarkibi va qiymatiga, o'rtacha kunlik rasionning quvvatlilik darajasiga va hududlardagi o'rtacha oylik ish haqiga bog'liq hisoblanadi.

Oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash ko'rsatkichlari

Miqdoriy ko'rsatkichlar Sifat ko'rsatkichlar

Minimal iste'mol savatchasi tarkibi va qiymati Uy-joy bilan ta'minlanganlik darajasi

Hududlardagi o'rtacha kunlik rasionning quvvatlilik darajasi Ish bilan bandlik va ishsizlik

O'rtacha oylik ish haqi darajasi Moliyaviy ta'minlanganlik

Aholining jon boshiga umumiy daromadlar miqdori Ta'limning ochiqligi

Umr ko'rish davomiyligi Sog'liqni saqlash xizmatlardan erkin foydalanish

Ta'lim olish imkoniyati va ta'lim darajasi Tinchlik va xavfsizlik

Asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining aholi jon boshiga iste'moli miqdori Ekologik vaziyat

O'zbekistonda chorva mollarining asosiy qismi - 76% qoramol, 78% echki va qo'y, 53% parranda boqiladi. 2022-yilda O'zbekistonga yetkazib beriladigan sutning 93 foizi, go'shtning 88 foizi va tuxumning 62 foizi ularning hissasiga to'g'ri keladi.

Bugungi kunda O'zbekiston qishloq xo'jaligi aholi bandligini ta'minlash va mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashda katta ahamiyatga ega. Bunda chorvachilik esa muhim o'rin tutadi. Keyingi yillarda chorvachilik tarmog'ini yanada rivojlantirish bo'yicha qato r qarorlar qabul qilinib, uning o'sish dinamikasini ta'minladi.

Keyingi yillarda mazkur sohada amalga oshirilgan islohotlar samarasida aholini chorvachilik mahsulotlari bilan ta'minlash sezilarli darajada yaxshilandi. Masalan, har oyda aholi jon boshiga go'sht yetishtirish 2,2 barobar, sut ishlab chiqarish esa 2,3 barobar oshdi. Shu bilan birga, O'zbekiston aholisi 1,4 barobardan ziyod ko'paydi.

2022-yilning yanvar-dekabr oylarida chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish 167711 milliard so'mni tashkil etib, 2021-yilning shu davriga nisbatan 103,4 foizga o'sdi. Qishloq xo'jaligida chorvachilik mahsulotlarining ulushi 48,2 foizga yetdi. Chorvachilik mahsulotlari yetishtirishda Samarqand (11,4 foiz), Qashqadaryo (11,4 foiz), Toshkent (9,9 foiz) va Buxoro (9,5 foiz) viloyatlari eng katta ulushga ega. 2017-2022-yillarda chorvachilik mahsulotlari nominal ko'rinishda 2,6 baravar oshdi [3].

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

Go'sht , ming tonna

2800 2700 2600 2500 2400 2300 2200 2100 2000

2017-2022-yillarda barcha toifadagi xo'jaliklarda go'sht ishlab chiqarish hajmining o'zgarishi

Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishda go'sht va sut mahsulotlarining bir-birlik hajmiga mehnat sarfini tejash, qoramollarning mahsuldorlik sifatini yaxshilash, chorva mahsulotlarini ishlab chiqarish va taqsimlashning har bir bosqichida xarajatlarni qisqartirish mexanizmi ta'sirida tashkiliy va iqtisodiy choralar bilan ta'minlash muhim rol' o'ynaydi.

Chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishni ko'paytirishda zahiralarni izlab topish iqtisodiy-statistik modellar asosida ko'p variantli hisob-kitoblarni amalga oshirish, podada bir nechta turdagi zotli qoramollarni parvarish qilish, zotlarni yagona yaxlit tizimiga keltirish, chorvachilikni ilmiy asosda boshqarish, chorva mollarining mahsuldorligini oshirish kabi jaryonlarni ko'zda tutadi.

Shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash omillarini pirovard oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi asosiy bo'g'in bo'lmish ASM ning rivojlanishiga va aholining ushbu mahsulotlarni iste'mol qilish imkoniyatlariga ko'rsatadigan ichki va tashqi omillarga tasniflangan holda ko'rib chiqish lozim [4].

Go'sht ishlab chiqarishi samaradorligiga ta'sir qiluvchi omillar tasnifi

Salbiy ta'sir qiluvchi omillar Ijobiy ta'sir qiluvchi omillar

Iqtisodiy yo'nalishda

xo'jalikning istiqbolda rivojlantirish bo'yicha uzoq muddatli rejalarning mavjud emasligi; xodimlar moddiy manfaatdorligini oshirish mexanizmlarining yo'qligi; ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va sotish bo'g'inlarining o'zaro manfaatli integratsiyasi mavjud emasligi; mahsulot tannarxini pasaytirish bo'yicha tarmoqda menejment va marketing uslublarini keng joriy etilishi; uzoq muddatli strategik rejalar tuzilganligi va prognoz ko'rsatkichlar mavjudligi; xodimlar mehnati yuqori darajada rag'batlantirilishi; tarmoqda kooperatsiya va klaster munosabatlarini joriy etilganligi va boshqalar.

2017 2018 2019 2020 2021 2022

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

tadbirlar amalga oshirilmasligi va boshqalar.

Tashkiliy yo'nalishda

korxona tashkiliy-boshqaruv tuzilmasining talab darajasida emasligi; malakali kadrlar bilan yetarli darajada ta'minlanmaganligi; mehnat qilish sharoitlarining yaxshi tashkil etilmasligi; korxonani ko'proq avtoritar usulda boshqarilishi va boshqalar. zamonaviy bilim va ko'nikmalarga ega bo'lgan malakali kadrlar bilan ta'minlanganlik; boshqarishning iqtisodiy metodlarini keng joriy etilganligi va demokratiyaga asoslanganligi; zamonaviy logistik tizim joriy etilganligi; mehnatni ilmiy asosda tashkil etilganligi va boshqalar

Mavjud resurslardan foydalanish yo'nalishida

mavjud texnika vositalaridan va uskunalardan oqilona foydalanmaslik; moddiy-texnik bazaning eskirganligi; mavjud resurslarning oqilona taqsimlanmasligi; xo'jalikda aylanma mablag'larning yetishmasligi; go'sht ishlab chiqarishida an'anaviy usullaridan foydalanish va boshqalar. moddiy texnik bazaning yetarli darajada shakllanganligi; suv tejovchi texnologiyalarning joriy qilinganligi; mavjud texnika va uskunalarning yangilanib borish darajasi yuqoriligi; mavjud resurslarning oqilona taqsimlanishi; mavjud yer maydonlaridan oqilona foydalanish va boshqalar

Innovatsion texnologiyalardan foydalanishyo'nalishida

go'sht ishlab chiqarishda an'anaviy usullarning ustuvorligi; zarur texnika vositalari yetishmasligi oqibatida mexanizatsiya darajasining pastligi; xo'jalikda innovatsion faollikning yetarli darajada emasligi; ilmiy-tadqiqot muassasalar bilan hamkorlikning yetarlicha darajada yo'lga qo'yilmaganligi va boshqalar. innovatsion texnologiyalarni keng joriy etilishi; ishlab chiqarish jarayonlarida "aqlli qishloq xo'jaligining" elementlarini tatbiq etilishi; maqbul mashinalar tizimini joriy etilishi natijasida mexanizatsiya darajasining yuqoriligi; ishlab chiqarishda diversifikatsiyalash tadbirlarining joriy etilishi va boshqalar

Ichki omillar qishloq xo'jaligining, ASM ning oziq-ovqat va qayta ishlash sanoatining, bevosita qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining va oziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqaruvchilarning rivojlanish darajasiga, uy xo'jaliklariga va muayyan odamlarning hayot faoliyatiga ta'sir ko'rsatadi.

Iqtisodiyotni modernizasiyalash bosqichida mamlakatimizda go'sht iste'molining fiziologik talablar darajasiga nisbatan sust rivojlanayotganligi, bu esa, aholining o'sish sur'atlaridan ortda qolayotganligi, turli xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning bozor kon'yunkturasiga moslashuvining qiyinchilik bilan kechayotganligi, oziq-ovqat ta'minotida sifat o'zgarishlariga erishish zaruriyati bevosita go'sht ishlab chiqarishning tashkiliy-iqtisodiy, ilmiy-nazariy usullarini chuqurroq o'rganish va mavjud tendensiyalarni aniqlash hamda ilg'or zootexnik va texnologik

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

usullarni tatbiq etish asosida go'sht ishlab chiqarish samaradorligi va aholining xarid qobiliyatini oshirish vazifalarini uyg'unlashtirishni taqozo etmoqda.

Oziq-ovqat xavfsizligi insoniyatning asosiy muammolaridan biri bo'lib, millatlarning salomatligini, rivojlanishi va farovonligini belgilaydi. Aholi iste'mol qiladigan oziq-ovqat sifati fuqarolar hayot kechirishining darajasi va sifatining muhim tarkibiy qi smi bo'lib, atrofmuhitni muhofaza qilishga, shuningdek, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va demografik holatiga ham jiddiy ta'sir ko'rsatadi.

Oziq-ovqat xavfsizligi tushunchasi birinchi bor 1974 yilda Jahon oziq-ovqat sammitida taklif qilingan bo'lib, "oziq-ovqat iste'molining barqaror o'sishini ta'minlash hamda ishlab chiqarish hajmi va narxlarning o'zgarishlarini qoplash uchun asosiy oziq-ovqatlarning dunyoda yetarli jamg'armalari har doim mavjudligini" anglatadi.

Oziq-ovqat xavfsizligi mamlakat aholisining sog'lig'ini saqlashga imkon beradigan demografik holatning ijobiy rivojlanishiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Xavfsiz oziqlanish hayot davomiyligini uzaytiradi, bolalarning barkamol o'sishi va rivojlanishiga yordam beradi, ko'pgina kasalliklarning oldini oladi, shu orqali millat salomatligini ta'minlaydi.

REFERENCES

1. Mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini taminlash tug'risida O'zbekiston respublikasi prezidenti 16.01.2018 yil PF 5303 son farmoni.

2. O'zbekiston Respublikasining Qonuni. Fermer xo'jaligi to'g'risida (Yangi tahrirda) // Xalq so'zi. 2004 yil 26 avgust.

3. Мирзаев М.У. Анализ потенциала сельско хозяйственных производителей в Республике Узбекистан. 2017 г. С. 1021-1024. EDN: ZTKLEF

4. Наринбоева Г.К., Мирзаев М.У., Бозоров Б.М., Роль инноваций в развитии экономики. 2013 г. С. 133-136 EDN: THFVGB

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.