Научная статья на тему 'HUDUDLARDA TO‘G‘RIDAN-TO‘G‘RI INVESTITSIYALAR KO‘LAMINI OSHIRISH ISTIQBOLLARI (BUXORO VILOYATI KESIMIDA)'

HUDUDLARDA TO‘G‘RIDAN-TO‘G‘RI INVESTITSIYALAR KO‘LAMINI OSHIRISH ISTIQBOLLARI (BUXORO VILOYATI KESIMIDA) Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Tojiyeva Aziza

Hududlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish dasturini ikkita sinfga ajratish mumkin: birinchisi, hududlararo xalqaro dasturlar; ikkinchisi, hududlardagi alohida tumanlar dasturi. Hududlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish dasturlari joylarda iqtisodiyotni rivojlantirish, ijtimoiy vazifalarni hal etishda muhim rol o‘ynaydi. Hududlarni xalqaro savdo aloqalarini rivojlantirishda investitsiyalarni kirib kelishi va rivojlanishi har bir hududda ishlab chiqilayotgan dasturlarning nechog‘li to‘g‘ri tuzilganligi bilan baholanadi. Hududlarda investitsiyalarni jalb etish tashqi savdo aloqalarni rivojlanganligi bilangina emas, balki unga ta’sir etuvchi boshqa omillar bilan ham baholanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «HUDUDLARDA TO‘G‘RIDAN-TO‘G‘RI INVESTITSIYALAR KO‘LAMINI OSHIRISH ISTIQBOLLARI (BUXORO VILOYATI KESIMIDA)»

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

HUDUDLARDA TO'G'RIDAN-TO'G'RI INVESTITSIYALAR KO'LAMINI OSHIRISH ISTIQBOLLARI (BUXORO VILOYATI

KESIMIDA)

Tojiyeva Aziza

2-kurs Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar ) magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11446230

Hududlarning to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalarni jalb etish dasturini ikkita sinfga ajratish mumkin:

birinchisi, hududlararo xalqaro dasturlar;

ikkinchisi, hududlardagi alohida tumanlar dasturi.

Hududlarning to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalarni jalb etish dasturlari joylarda iqtisodiyotni rivojlantirish, ijtimoiy vazifalarni hal etishda muhim rol o'ynaydi. Hududlarni xalqaro savdo aloqalarini rivojlantirishda investitsiyalarni kirib kelishi va rivojlanishi har bir hududda ishlab chiqilayotgan dasturlarning nechog'li to'g'ri tuzilganligi bilan baholanadi. Hududlarda investitsiyalarni jalb etish tashqi savdo aloqalarni rivojlanganligi bilangina emas, balki unga ta'sir etuvchi boshqa omillar bilan ham baholanadi.

Buxoro viloyatida to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishda ikkita usuldan foydalangan holda investitsiyalar jalb etildi. Buxoro viloyati Buxoro shahrida to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishda VOT (build-operate-transfer) usulidan foydalanish orqali Xitoyning "Urumqi kailingda international trade co ltd" va "Shanghai marjan industrial co ltd" kompaniyalarining 17800 ming AQSh dollari miqdoridagi to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalari kiritilgan. Ushbu investitsiyalar asosida mato bo'yash va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish tashkil etilib Buxoro shahrida 354 nafar ishchi o'rinlari yaratilgan. Gazlama va tayyor tikuv-trikotaj maxsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish (2-bosqich) maqsadida Buxoro shahridagi "BCT Agroklaster" MChJ xorijiy korxonasiga Xitoyning "Nanyang m&f industrial co ltd" korxonasi tomonidan 10 mln. AQSh dollari miqdoridagi to'g'ridan-to'g'ri investitsiya yo'naltirildi. Natijada korxonaning ishlab chiqarish quvvati 2018 yilda 28 840 mln. so'mni tashkil etgan.

Buxoro shahrida gazlama va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish (aralashma gazlama) maqsadida "Bahor Chance textile" MChJ ga 2 mln. AQSh dollari to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar jalb etildi. Korxona 2018 yil yakuniy holatiga ko'ra 15120 mln. so'mlik mahsulot ishlab chiqargan. Xitoyning "Tongxiang Juncheng imp & exp" co. ltd korxonasining 2 mln. AQSh dollari miqdoridagi to'g'ridan-to'g'ri investitsiyasi hisobiga Qorako'l tumanida 300 nafar aholini ish bilanta'minlash imkoniyatiga ega bo'lgan " Qorako'l Kumush kalava " MChJ tashkil qilingan. Buxoro viloyatining Jondor tumanida to'qimachilik kompleksi tashkil etish maqsadida 14600 ming AQSh dollari to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar hisobidan " WBM Romitex " MChJ o'z faoliyatini boshlagan.

Meva-sabzavotchilik sohasida klasterlar tashkil etish asosida to'g'ridan - to'g'ri xorijiy investorlarni jalb etish bo'yicha Buxoro viloyatining Jondor tumanida klaster asosida to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar miqdori 1,5 mln. AQSh dollar, 200 nafar ish o'ringa ega bo'lgan "Buxoro Agrocluster" MChJ tashkil etilgan. Shofirkon tumanida 500 ming AQSh dollari miqdoridagi to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar jalb qilish orqali 30 nafar ishchi o'ringa ega "Agro tour technovation" MChJ tashkil etilgan. To'g'ridan-to'g'ri investitsiyalashning "round-tripping" usulidan foydalanish bo'yicha Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi "Barchinoy tekstil"

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

m.chjning eksport hajmi 2023 yilda 2022 yilga nisbatan 23 foizga ortib 5,8 mln. AQSh dollarni tashkil etgan.

Buxoro viloyatida tashkil etilgan EIZ hududida muhandislik- kommunikatsiya, yo'l-transport va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish, shuningdek, uning hududida sifatli logistika xizmatlari ko'rsatish bo'yicha zamonaviy infratuzilmani shakllantirish masalalariga alohida e'tibor qaratish zarurati belgilab berilgan. Viloyatda tashkil etilgan ayrim kichik sanoat zoanalarda loyihalar amalga oshirilib faoliyat olib bormoqda. Jumladan, G'ijduvon tumani "G'ijduvon" kichik sanoat zonasida 24 ta loyiha, Buxoro shahar "Mustaqillik" kichik sanoat zonasida 28 ta loyiha, Buxoro shahar "Elektrodvigatel" kichik sanoat zonasida 27 ta loyiha amalga oshirilgan. Mazkur kichik sanoat zonalaridagi to'g'ridan-to'g'ri investitsilarning miqdori 1883,8 mlrd. so'mni tashkil etgan.

Ammo ayrim tashkil etilgan kichik zonalar to'liq faoliyat olib borayotgani yo'q. Jumladan, Qorako'l tumani kichik sanoat zonasi, Olot tumani kichik sanoat zonasi, Vobkent tumani kichik sanoat zonasi, Buxoro tumani "Galaosiyo" kichik sanoat zonasi ishlar talab daradasida tashkil etilmagan. 2022 yil 1 yanvar holatiga Buxoro viloyatida mavjud foydalanilmayotgan ishlab chiqarish ob'ektlari soni 284 tani tashkil etib, ularning umumiy yer maydoni 138,1 gani, bino va inoshoatlar maydoni 209588 kv.m tashkil etadi. Mazkur hududlarda investitsion loyihalarning amalga oshirilmayotligining sabablari ko'p. Avvalambor, to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalarni jalb qilishda hududlarning imkoniyatlari to'la o'rganilmayotganligini muammoning ildizi sifatida baholash mumkin. To'g'ridan to'g'ri investitsiyalarni jalb qilish, ularni ko'lamini oshirish qabul qiluvchi hududning innovatsion faoliyatiga, salohiyatiga bog'liq.

Hududlarni innovatsion faoliyatini baholash uchun, ularda yetarli darajada innovatsion salohiyat bo'lishi zarur. Shuning uchun hududlarni innovatsion salohiyatini baholashda to'g'ri usulni tanlash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bizning fikrimizcha, "innovatsion salohiyat" hududni iqtisodiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladigan va darajasini oshirish imkonini beradigan ko'rsatkichlar orqali baholash tushuniladi. Bundan kelib chiqib "hududni innovatsion salohiyati" bu hududni innovatsion faoliyati va iqtisodiy raqobatbardoshligini ta'minlashga xizmat qiluvchi ko'rsatkichlar, jumladan hududdagi ilmiy kadrlar, texnik holat, moliyaviy-iqtisodiy salohiyati, investitsiyalarni jalb etilishi va axborot- kommunikatsiyaon faoliyatlari tashkil etadi. Hududlarni innovatsion salohiyatini baholashda taklif etilayotgan model (INS-5)dan foydalanish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.

Hududlarni innovatsion salohiyatini kompleks baholashda ushbu universal model ularning natijasi asosida qaysi yo'nalishlarni rivojlantirishga e'tibor qaratish zarurligini aniqlash imkonini beradi.

1-jadval

Hududlarni innovatsion salohiyatini baholash ko'rsatkichlari

Guruh Ko'rsatkichlar Ko'rsatkichlar belgisi

Birinchi ko'rsatkich, hududning ilmiy salohiyati (IS) 1.Ilmiytadqiqot bilan shug'ullanayotganlarning iqtisodiyotda band bo'lganlardagi ulushi I1

2. Fan doktorlari va tadqiqotchilarning iqtisodiyotda band bo'lganlardagi ulushi I2

1.Oliy ma'lumotli xodimlarning iqtisodiyotda band bo'lganlardagi ulushi K1

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

Ikkinchi ko'rsatkich, kadrlar salohiyati(KS) 2.Oliy o'quv yurti talabalarining iqtisodiyotda band bo'lganlardagi ulushi K2

Uchinchi ko'rsatkich, texnik salohiyati (TS) 1. Asosiy fondlarni saqlanish koeffitsienti T1

2. Asosiy fondlarni yangilash koeffitsienti T2

To'rtinchi ko'rsatkich, iqtisodiy-moliyaviy salohiyati (IMS) l.Asosiy kapitalga jalb etilgan investitsiyalarning yalpi hududiy maxsulotga nisbati II1

2.Ilmiytadqiqot ishlari va innovatsiyallarga sarflanayotgan mablag'larning yalpi hududiy maxsulotga nisbati II2

Beshinchi ko'rsatkich, axborot- kommunikatsiya texnol ogiyal ari (AKT) l.Internetdan foydalanayotgan biznes sub'ektlarining axborotkommunikatsiyatexnologiyalaridan foydalanayotgan tashkilotlardagi ulushi AKT1

2. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarga sarflangan mablag'larning yalpi hududiy maxsulotga nisbati AKT 2

3. Smartfonlardan foydalanuvchilarning umumiy aholi sonidagi ulushi AKT 3

Beshta ko'rsatkichlar asosida hududlarni innovatsion salohiyatini hisoblash integral koeffitsienti quyidagi formula bo'yicha hisoblab topiladi:

ип = h п * кп *тп * ф:ш * икс:

Statistik ma'lumotlar asosida taqqoslash uchun, o'zaro qo'shni va raqobatdosh hisoblagan Buxoro, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarining iqtisodiy ko'rsatkichlari asosida ularning innovatsion salohiyatini baholanganida Buxoro viloyati 2021 yilda InS-5 ko'rsatkichi 5,1 birlikka teng bo'lgan bo'lsa, 2022 yilda 0,63 birlikka o'zgarganini kuzatish mumkin. 2023 yilda 5,94 birlikka teng bo'lib, Samarqand viloyatiga nisbatan 0,66 birlikka kam, Qashqadaryo viloyatiga nisbatan 0,6 birlikka ko'p bo'lgan.

2-jadval

Hududlarni innovatsion salohiyatini baholashning mezoni

№ Innovatsion salohiyat darajasi Hududlarni innovatsion salohiyatini baholash ko'rsatkichi, birlikda Hududlar

1. Juda past 3 gacha

2. Past 3 dan 5 gacha

3. O'rtacha 5 dan 7 gacha Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo

4. Yuqori 7 dan yuqori

Jadvalga e'tibor beradigan bo'lsak, Samarqandda joylashgan viloyatlarning innovatsion salohiyati 2023 yil yakuniga ko'ra o'rtacha darajada deb baholanmoqda. Ushbu tahlil natijasida shuni xulosa qilish mumkinki, kadrlar salohiyati, hududning ilmiy salohiyati ko'rsatkichlari bo'yicha juda pastligini kuzatish mumkin. Bundan tashqari iqtisodiy-moliyaviy salohiyatini baholashda asosiy kapitalga investitsiyalarni jalb etish ham ijobiy deb baholab bo'lmaydi.

Viloyatlarda yangi axborot-kommunikatsion texnologiyalardan tashkilotlarda foydalanish darajasi, umumiy tashkilotlarning soniga nisbatan 50 foiz atrofida baholangan. Bu sohada ham tegishli ishlarni zudlik bilan amalga oshirishni talab etadi. Innavatsion salohiyatni

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

baholash ko'rsatkichlari asosida shuni xulosa qilish mumkinki, Qashqadaryo viloyatida innovatsion salohiyatini oshirishdagi ularning imkoniyatlaridan to'liq foydalanilmagan, to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlari va yo'llari to'liq tahlil qilinmagan, qishloq xo'jaligini va sanoatni modernizatsiyalash ishlari to'liq amalga oshirilmagan Yuqoridagilardan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, mamlakatimiz hududlariga xorijiy hamda mahalliy investitsiyalarni jalb qilishda quyidagi ustuvor yo'nalishlarni belgilash maqsadga muvofiq:

- mamlakatimiz hududlarini iqtisodiy-ijtimoiy afzallik va tabiiy salohiyatini dunyo investorlariga yanada ko'proq ko'rsatishga qaratilgan tashviqot-targ'ibot, marketing ishlarini keng yo'lga qo'yish;

- mamlakat hududlarida mavjud tabiiy-resurs salohiyatini hisobga olgan holda, hududiy investitsiya siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish. Bunda tabiiy-resurs, iqtisodiy, investitsion salohiyati yuqori bo'lgan Toshkent shahri, Toshkent, Samarqand, Farg'ona viloyatlariga imtiyozlar nisbatan kam yoki umumiy bo'lgan qattiq investitsiya siyosatini, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo, Qoraqalpog'iston kabi hududlarga esa imtiyozlari nisbatan ko'proq bo'lgan yengilroq investitsiya siyosatini amalga oshirish;

- ishchi kuchiga talab yuqori hududlar va ish o'rinlari kam hududlarda alohida imtiyozlar joriy qilish (misol uchun, Farg'ona, Namangan va Andijon viloyatlarida ishchi kuchi soni ko'pligi va ish o'rni o'rtasida nomutanosibliklar mavjudligi bois yaratilgan har bir ish o'rni uchun imtiyozlar berish).

Yuqorida keltirilgan muammolarni hal qilish va tadbirlarni amalga oshirish hududlar rivojlanishini va shu asosda milliy iqtisodiyotning rivojlanishi va uning investitsiya salohiyatini ortishiga katta turtki bo'ladi.

REFERENCES

1. "Hududlarning investitsion jozibadorligi: aniqlashning uslubiy jihatlari va ta'sir ko'rsatadigan omillarning tasnifiy tahlili" Sh.I.Mustafakulov, Moliya va bank ishi elektron ilmiy jurnali 5-son oktabr, 2016 yil,

2. Almatova D. Mintaqalarda investitsiyalar jalb etishning muhim yo'nalishlari. "UZIA" -"EVU" 1/2012.

3. Sh.I.Mustafakulov, Investitsion muhit jozibadorligi: nazariya, metodologiya va amaliyot. Monografiya. BMA. 2017.

4. www.stat.uz - O'zbekiston davlat statistika qo'mitasining rasmiy sayti.

5. Xiaolan Fu, 'Foreign Direct Investment, Absorptive Capacity and Regional Innovation Capabilities: Evidence from China, Abstract, Department of International Development University of Oxford October 2007.

6. http://www.prezident.uz-O'zbekistonResbublikasi Prezidentining matbuot xizmati.

7. www.iqtisodiyot.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.