«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY
QISHLOQ XO'JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING IQTISODIY TAHLILI (MUAMMO VA YECHIMLAR)
G'ulomov Saidasror Sayidaxmedovich
Tashkent State Agrarian University, professor, TSAU, Uzbekistan https://doi.org/10.5281/zenodo.11422648
Annotatsiya. Maqolada qishloq xo'jaligini rivojlantirishning ob'ektiv sabablari asoslab berilgan, ushbu sohaga bo'lgan nazariy yondashuvlar o'rganilib, xorijiy mamlakatlarda "qishloq hududlari" atamasini aniqlashtiruvchi mezonlar umumlashtirilgan, ularningfunksiyalariyoritib berilgan, O'zbekistonda qishloq xojaligini rivojlantirishga ta'sir etuvchi omillar bir tizimga keltirilgan.
Kalit so'zlar: qishloq, qishloq hududlari, intensiv, agrobiznes, investitsiya, qishloq hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, qishloq hududlari tipologiyasi.
Аннотация. В статье обосновываются объективные причины развития сельского хозяйства, изучаются теоретические подходы к этой области, обобщаются критерии, определяющие термин «сельские территории» в зарубежных странах, объясняются их функции, поддержка развития сельского хозяйства в Приведены секретные факторы Узбекистана в одну систему.
Ключевые слова: село, сельская местность, интенсив, агробизнес, инвестиции, социально-экономическое развитие сельской местности, типология сельской местности.
Abstract. The article substantiates the objective reasons for the development of agriculture, studies theoretical approaches to this area, generalizes the criteria that define the term "rural areas" in foreign countries, explains their functions, supporting the development of agriculture in the Secret factors of Uzbekistan are presented in one system.
Keywords: village, rural area, intensive, agro-industrial complex, investments, socioeconomic development of rural areas, typology of rural areas.
Kirish. O'zbekiston meva-sabzavot yetishtirishda katta imkoniyatlarga ega. Aholi turmush tarzini doimo yaxshilab borishda tez natija beradigan yo'nalish - qishloq xo'jaligida yuqori daromadli intensiv ishlab chiqarishni tashkil etish hisoblanadi. Mavjud salohiyatdan to'laqonli foydalanish, qishloq ho'jaligi faoliyatidan yuqori daromad olish imkoniyatlarini inobatga olgan holda, so'nggi yillarda mamlakatimizda ushbu sohani rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Jumladan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan qulay agrobiznes muhitini va qo'shilgan qiymat zanjirini yaratish, sohada davlat ishtirokini kamaytirish, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish, yer va yer resurslaridan samarali foydalanish, qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat sanoati sohasida davlatlararo hamda xalqaro standartlarni qabul qilish, qishloq xo'jaligini rivojlantirish xalqaro jamg'armasi (IFAD) ishtirokida Orolbo'yi mintaqasida qishloq xo'jaligini diversifikatsiyalash va modernizatsiyalash kabi sohani rivojlantirishga qaratilgan bir qator muhim vazifalar 2020-2030 yillarga mo'ljallangan qishloq xo'jaligini rivojlantirish strategiyasi to'g'risidagi farmonda e'tirof etilgan.
Ta'kidlash joizki, 2022 yil yanvar-sentabr oylarida qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligi yalpi ichki mahsulot (YalM)dagi ulushi 24,8 foizni tashkil etgan bo'lsa-da, sohani rivojlantirish bo'yicha mamlakatimiz katta potensialga ega. Jumladan, mamlakatimiz qishloq ho'jaligi eksport salohiyatini oshirishda yangi o'zlashtirilmagan bozorlarni topish, xalqaro
«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY
standartlarga mos mahsulotlar bilan jahon bozoriga chiqish, logistik infratuzilmani rivojlantirish, agrar sektorda qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini maksimal darajada avtomatlashtirish, shuningdek, sohani rivojlantirishda innovatsion g'oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy qilish kabi bir qator vazifalar o'z navbatida yuqori ko'rsatkichlarga erishishda alohida ahamiyat kasb etadi.
Qishloq xo'jaligi sohasini suvsiz tasavvur qila olmaymiz. Zero, mamlakatimizda yetishtiriladigan aksariyat meva-sabzavot mahsulotlari, asosan, suvli maydonlarga to'g'ri keladi. Bu esa, o'z navbatida suv resurslaridan oqilona foydalanishni talab etadi. Tadqiqotlarga ko'ra, mamlakatimizda ekin maydonlariga yo'naltirilgan suvning 60 %igina yetib boradi, qolgan 40% suv esa sug'orish jarayonida yo'qotiladi. Yevropa mamlakatlarida esa suvdan samarali foydalanish ko'rsatkichi 80-85 % ni tashkil qiladi. Bu esa, qishloq xo'jaligida sug'orishning eng tejamkor usullaridan foydalanishni talab etadi. Jumladan, tomchilatib sug'orish texnologiyasi aynan tejamkor usullardan hisoblanadi. Albatta, hozirda qishloq ho'jaligida faoliyat yurituvchi ko'plab fermerlar ushbu texnologiya afzalligini anglab yetishgan. Tomchilatib sug'orish texnologiyasi jahonning ko'plab qishloq xo'jaligi rivojlangan mamlakatlar tajribasiga joriy qilingan bo'lib, ushbu texnologiya ilmiy jihatdan intensiv texnologiya deb tan olingan.
Umuman olganda, qishloq xo'jaligi mamlakatimiz rivojlanishida, aholi turmush darajasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababdan, sohani rivojlantirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish bugungi kunda qishloq xo'jaligi sohasida yuqori natijalarga erishishda dolzarb masalalardan hisoblanadi.
O'zbekistonning jami yer maydoni 44.3 mln. gektar (2022 y.) bo'lib, shundan 48,3 foizini turli xildagi qishloq xo jalik korxonalari, tashkilotlari hamda dehqon xo'jaliklari foydalanadilar: ularning yig indisi mamlakat qishloq xo'jaligini tashkil etadi. Uning asosiy maqsadi tarmoqda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan mamlakat aholisining iste'mol tovarlariga, qayta ishlash sanoatini esa xomashyoga bo'lgan talablarini qondirishdir. Maqsadni hal etish uchun:
- aholi birdaniga ya'ni qayta ishlanmasdan iste'mol qiladigan sifatli qishloq xo'jalik mahsulotlarini barcha talablarni qondiradigan darajada ishlab chiqarish;
-qayta ishlash sanoati korxonalarining qishloq xo'jalik mahsulotlariga, ya'ni xomashyoga bo'lgan talabini qondirishi lozim.
«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY
1-rasm. 1-jadval
Qishloq xo'jaligining asosiy ko'rsatkichlari
Nomi 2000 2001 2002 2018 2019 2020
Qishloq xo jaligi ekinlari ekin maydoni, ming gektar 3778,3 3444,5 3540,8 3396,0 3309,4 3373,1
Qishloq xojaligi mahsuloti, mlrd. som 1387,2 2104,8 3255,3 187425,6 216283,1 249754,5
shu jumladan:
dehqonchilik 696,8 1086,0 1648,8 98406,4 111904,8 123556,0
chorvachilik 690,4 1018,8 1606,5 89019,2 104378,3 126198,5
Qishloq xo jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish-ning o'sish surati, o'tgan yilga nisbatan foizda 103,1 104,2 106,0 100,2 103,3 102,8
Qishloq hududlarini barqaror rivojlantirishni ta'minlashda uning dasturiy-uslubiy jihatlari muhim rol o'ynaydi. Bu esa eng avvalo, qishloq hududlarining maqomini belgilashni taqozo etadi. Ammo bugungi kunda mamlakatimizda "qishloq hududi" tushunchasining mohiyatini yoritib beruvchi yagona qarash, uning miqdoriy va sifat mezonlari hamda tasniflari shakllanmagan. Qishloq joylarini identifikatsiyalashning aniq ko'rsatkichlari ham turlicha talqin qilinadi. Xorijiy manbalarni tadqiq etish natijalari shuni ko'rsatadiki, Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik tashkilotiga a'zo mamlakatlarida joylarning qishloq hududlari maqomiga mos kelishini aniqlashtiruvchi yondashuvlar ishlab chiqilgan. Bunda asosiy e'tibor aholi soni, zichligi, aholi punktlarining shahar markazlariga nisbatan joylashuviga qaratilgan. Shuni e'tiborga olish lozimki, har bir hududning rivojlanishi ikkita bosh tamoyilga bog'liq: funksional (yerlardan uning ichki, tabiiy xususiyatlari va resurs qiymatiga mos holda foydalanish) va pozitsiyali (boshqa ob'ektlarga nis- batan yerning hududiy va
«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY
ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatiy joylashuvi hisobi). Bu tamoyillar aso- sida hududlar qishloq joylariga, yuqori urba- nizatsiiyalashgan yoki sanoat zonalariga ajratiladi. Gohida inson uchun kirish man etilgan, xo'jalik faoliyati yuritish taqiqlangan, kam foy- dalaniladigan, inson oyog'i yetmagan yoki tabiat qo'riqxonalari hududlari sifatida foydalaniladigan hududlar ham ajratiladi.
Iqtisodiy geografiyada "qishloq joyi yirik shaharlar atrofida o'zining tabiiy sharoitlari va resurslari, qishloq aholisi hamda ushbu hududda asosiy ishlab chiqarish fondlari va moddiy madaniyatning turli xil unsurlariga ega bo'lgan aholi yashaydigan joy" sifatida talqin etiladi.
Xorijiy tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijalariga ko'ra, urbanizatsiya va shahar hayotiga xos bo'lgan mezonlar quyidagilardir: muloqotning anonimligi, mehnat taqsimoti, hayot tarzi differensiatsiyasi, munosabatlarning shaxssizlanishi, maqomlarning ajralishi.
Masalan, rossiyalik olimlar T.I.Zaslavskaya va R.V.Rivkina shaharni qishloqdan farqlash uchun quyidagi ko'rsatkichlar tizimini taklif etadilar:
S aholi soni, uning muvozanati, aholining tabiiy va mexanik harakati;
S ijtimoiy ishlab chiqarishning tarmoq va kasbiy tuzilmasi;
S ma'muriy birliklar zamonaviy boshqaruvining tashkiletilishi;
S xizmatlar doirasining rivojlanishi, ijtimoiy iste'molning tashkil etilishi;
S sanoat, transport tizimi, qurilishning rivojlanish darajasi;
S odamlarning hayot tarzi, joy aholisiga xos me 'yor va qadriyatlar;
S ma 'muriy birliklarning ijtimoiy funk- siyalari;
S shahar yoki qishloq sifatida ma'muriy birlikka bo'lgan munosabat.
Qishloq joylari xo'jalikning asosiy funksi- onal tizimlarining moslashuvi asosida shaklla-nadigan murakkab hududlar bo'lib, bu hududlar tabiiy muhit, aholining joylashishi bilan o'zaro harakatda shu bilan birga ma'lum bir ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmaga ega bo'ladi.
Zamonaviy sharoitda ishlab chiqarish kuch- larining hamda ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishi bilan qishloq joyi murakkab tabiiy-xo'jalik hududiy tizim sifatida yuzaga chiqadi. Uning rivojlanishi tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy muhitlar va boshqaruv organlarining o'zaro aloqasining yetilganlik darajasi bilan aniqlanadi. Uning uchun:
-I- butunlik (maqsadlar, funksiyalar, tuzilma birligi);
-I- avtonomlik (yana ham tartiblikka inti- lish);
-I- barqarorlik (ichki tuzilmaning saqlanishi va rivojlanishi).
boshqaruvning ikki o'lchamligi (umum rayon ustuvorliklarni aniqlash, markazning iqtisodiy me'yorlari va xo'jalik sub'ektlari manfaatlari hamda aholining mahalliy tashab- buslari differensiatsiyasi) kabi sifatlar xos. O'z navbatida, "qishloq" termini yerdan foydalanish usullaridan, iqtisodiy rivojlanish va iqtisodiy ixtisoslikdan qat'iy nazar hududiy aksentga ega. Qishloq har doim ham ma'muriy chegaralar yoki ma'lum bir iqtisodiy sektor ning doirasi bilan mos kelmasligi sababli ular to'g'risidagi statistik ma'lumotlarni yig'ishda qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.
O'zbekistonda qishloq hududlari O'zbekiston Respublikasi sub'ektlarining ma'muriy chega-ralari bilan chegaralangan. Shu sababli, ma'muriy bo'linishni hisobga olgan holda "qishloq hududlari", "qishloq rayonlari" atamalaridan foydalaniladi.
"Qishloq joylari" terminining qo'llanilishi ustida bahsli yondashuvlar mavjud. V.M.Bautin va V.V.Kozlovlar "qishloq joylari" terminining o'rniga, "shahar hududlari" terminiga monand "qishloq hududlari" terminining qo'llanilishi maqsadga muvofiq degan fikrni ilgari suradilar. Xorijlik va mahalliy olim- larning fikrlariga ko'ra, so'zlar morfologiya- sini chuqurlashtirmasdan "qishloq joylari" va "qishloq hududlari" terminlarini bir xil mazmunni bildiruvchi sinonimlar sifatida qabul qilsa bo'ladi.
«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY
A.V.Petrikovning fikriga ko'ra, "qishloq jamiyatning ijtimoiy-hududiy tizimosti tizimi bo'lib, u o'zida qishloq aholisi, qishloq hayot fao- liyati bilan bog'liq bo'lgan ijtimoiy munosabatlar yig'indisini qamrab olgan ijtimoiy- iqtisodiy, hududiy, tabiiy va tarixiy-madaniy majmuani, shu bilan birga, hududni undagi mod- diy ob'ektlarni aks ettiradi".
Shunday qilib, qishloq hududi (qishloq joylari)ni ko'pgina olimlar shahardan tashqarida mavjud bo'lgan qishloq aholi punktlari joylashgan hudud yoki hududlararo hudud sifatida tushunadilar. Lekin bir qator olimlar iqtisodiyotning zamonaviy rivojlanish bosqichida qishloq hududini bir qancha funksiyalarga ega bo'lgan qishloq joylarining, hududlararo joylarning o'ziga xos murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tizimi sifatida ko'rish kerakligini ta'kidlaydilar. Qishloq hududlarining yana bir o'ziga xos xususiyatlaridan biri shuki ular ko'pgina qulayliklar uchun manba bo'lib hisoblanadi.
Bizning fikrimizcha, qishloq hududlari - bu inson faoliyati yordamida o'zlashtirilgan qishloq joylari va qishloqlar aro hududlar bo'lib, inson hayot faoliyatini ta'minlash hamda ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan shahar chegara- laridan tashqaridagi yerlardir.
Qishloq joylari deganda bir yoki bir nechta qishloq aholi punktlari (qishloqlar, ovullar, qishloq mahallalari, tog' qishloqlari) joylashgan, saylangan mahalliy o'z-o'zini boshqarish organlari tomonidan boshqariladigan hududlarini tushunish mumkin.
Qishloq joylarining funksiyalari ko'p qirralidir. Ular umummilliy ahamiyatga molik bir qancha funksiyalarni bajaradi: ishlab chiqarish, demografik, mehnat resurslari, uy-joy, hududiy-kommunikatsiya va qishloq hududi ustidan ijtimoiy nazorat. Qishloq joyi qishloqlararo xo'jalikka va ijtimoiy aloqalarga ega. Bu esa qishloq hududini budjetga ega bo'lgan va rivojlanishi uchun moli-yaviy oqimlarni jalb qila oladigan va mustaqil tashkil eta oladigan xo'jalik sub'ekti - ma'muriy rayon (qishloq tumani) sifatida ko'rishni taqozo etadi. Qishloq hududida joylashgan har bir xo'jalik yurituvchi sub'ekt bozor sharo- itida resurslardan samarali foydalangan holda tarmoq va xo'jalik yuritishning ratsio- nal tizimi asosida mahsulot ishlab chiqarishi (ish bajarishi, xizmat ko'rsatish ishlab chiqarishni ta'minlashi shart.
Xulosa va takliflar. Milliy amaliyotda qishloq hududlarini barqaror rivojlantirishning mohiyatini ochib beruvchi yondashuvlar yetarlicha shakllantirilmagan. Shu sababli qishloq hududi terminining mazmunini ochib beruvchi umumqabul qilingan ta'rif mavjud emas. Bizning fikrimizcha, yaqin kelajakda yangi ko'p mezonli ilmiy yo'nalishni shakllantirish, unda qishloq hududlarini rivojlantirish siyosatini shakllantirishga asos sifatida xizmat qiluvchi terminologiya qonunlar bilan mustahkamlanishi lozim. Shu bilan birga bugungi kunda qishloq hayot tarzi jozibadorligini oshirish uchun qishloqqa agrar mahsulotlar manbai sifatida qaraydigan iqtisodiy determinizmdan voz kechish lozim. Ayni vaqtda qishloqqa aholi istiqomat qiladigan, inson kapitali shakllanadigan va rivojlanadigan hudud sifatida qarash maqsadga muvofiq.
Qishloq xo'jaligini rivojlantirish va undagi dehqon va fermer xo'jaliklari sub'ektlari faoliyati samaradorligini oshirishga yo'naltirilgan innovatsion siyosatning muhim yo'nalishlari quydagilardan iboratdir:
-I- asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarining tibbiy iste'mol me 'yorlariga mos bo'lishi;
i- hududlararo almashish va eksport ahamiyatiga ega bo'lgan istiqbolli mahsulotlarning ishlab chiqarilishi;
-I- qo'shilgan qiymatning ulushi va iqtisodiy samarasi yuqori bo'lgan mahsulotlarning ishlab chiqarilishi;
-I- mayda va yirik korxonlarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning bir-birini to'ldiruvchi maqbulnisbatda bo'lishi;
«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY
-I- ekotizimga antoropogen ta'sirni kamaytirish orqali resurslardan foydalanish
samaradorligining oshirilishi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5853-son Farmoni. 23.10.2019 y.
2. Ortiqov I. Agrar sohada innovatsiyaning ahamiyati. //O'zbekiston qishloq xo'jaligi. -Toshkent,2019. - №2. - B.29.
3. Safoevna, S. Z., & Juraevna, M. N. (2021). Analysis of economic efficiency of the use of irrigated land in agriculture and factors on them. Journal of Contemporary Issues in Business and Government Vol, 27(2), 4056.
4. Назарова Ф.У. Основные направления развития сельских территорий Узбекистана // Экономика и предпринимательство. - М.: 2020. - №10. - С.518-521.
5. Ускова Т.В. Теория и методология управления устойчивым социально-экономическом развитием региона: автореферат дис. док. эконом. наук. [Текст] - Вологда, 2021. - С.36.
6. Ломакин А. А. Стратегия устойчивого развития сельских территорий : на материалах Пензенской области : дис ... канд. экон. наук / А. А. Ломакин. - Пенза, 2021. - 202 с.