Научная статья на тему 'TRANSCHEGARAVIY SUV RESURSLARDAN SAMARALI FOYDALANISHNI BOSHAQARISH VA OZIQ OVQAT XAVFSIZLIGINI TA’MILASH'

TRANSCHEGARAVIY SUV RESURSLARDAN SAMARALI FOYDALANISHNI BOSHAQARISH VA OZIQ OVQAT XAVFSIZLIGINI TA’MILASH Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
samaradolik / suv resurslari / tomchilab sug‘orish / transchegaraviy / agromeliorativ / irigatsiya / strategiya / sug‘orish rejasi / limit

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Mirzayev M.U.

Maqolada qishloq xo‘jaligida globallashuv sharoitida transchegaraviy suvlardan samarali foydalanishni boshqarish, suv resurslaridan foydalanish samaradorligi, suv tanqisligini yumshatish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar, suv resurslarini еtkazib berish xizmatini samarali tashkil qilish yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TRANSCHEGARAVIY SUV RESURSLARDAN SAMARALI FOYDALANISHNI BOSHAQARISH VA OZIQ OVQAT XAVFSIZLIGINI TA’MILASH»

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

TRANSCHEGARAVIY SUV RESURSLARDAN SAMARALI FOYDALANISHNI BOSHAQARISH VA OZIQ OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MILASH

Mirzayev M.U.

ToshDAU "Biznesni boshqarish" kafedrasi katta o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11401909

Annotatsiya. Maqolada qishloq xo'jaligida globallashuv sharoitida transchegaraviy suvlardan samarali foydalanishni boshqarish, suv resurslaridan foydalanish samaradorligi, suv tanqisligini yumshatish bo'yicha amalga oshirilishi lozim bo'lgan chora-tadbirlar, suv resurslarini etkazib berish xizmatini samarali tashkil qilish yoritilgan.

Kalit so'zlar: samaradolik,suv resurslari, tomchilab sug'orish, transchegaraviy, agromeliorativ, irigatsiya, strategiya, sug'orish rejasi, limit.

Аннотация. В статье рассматриваются вопросы управления эффективным использованием трансграничных вод в условиях глобализatsiи в сельском хозяйстве, эффективности использования водных ресурсов, мер по смягчению дефицита воды, эффективной организatsiи служб доставки водных ресурсов.

Ключевые слова: эффективность, водные ресурсы, капельное орошении. трансграничный, агромелиоратив, ирригaция, стратегия, план орошения, лимит.

Abstract. The article deals with the issues of managing the effective use of transboundary waters in the context of globalization in agriculture, the efficiency of water resources use, measures to mitigate water scarcity, effective organization of water delivery services.

Keywords: efficiency, water, drip irrigation, transboundary, agromelioration, irrigation, strategy, irrigation plan, limit.

Jahon mamlakatlarida globallashuvni yuzaga kelishi va aholi sonining sezilarli darajada ko'payib borayotganligi va iqtisodiyot tarmoqlarining jadal sur'atlarda rivojlanayotganligi transchegaraviy suvlarga bo'lgan talabning keskin ortishiga sabab bo'lmoqda. Buning natijasida dunyoning ko'plab mintaqalarida suv tanqisligi kuzatilmoqda. Olimlarning ta'kidlashicha, «2030 yilga borib jahon axolisining 47 foizi suv tanqisligi sharoitida yashashga majbur bo'ladi»1. Hozirgi kunda jahon bo'yicha iste'mol qlinadigan suvning 70 foizi qishloq xo'jaligi hissasiga to'g'ri keladi. Aksariyat rivojlangan xorijiy davlatlarda suv ta'minotini tashkil etish, moliyalashtirish va boshqarishda bozor mexanizmlarini qo'llash ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida belgilangan. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda suv xo'jaligini boshqarish tizimi tubdan isloh qilindi, suv resurslaridan maqsadli va oqilona foydalanish ishlari amalga oshirildi hamda sug'oriladigan erlarning meliorativ holati yaxshilandi. Buning natijasida suvdan limit buyicha foydalanishga o'tilganidan keyin so'ngi 15 yil davomida bir gektar hisobiga suvni yuqotish hajmi 10-12 foizga kamaydi,2 suv xo'jaliklari faoliyatining miqdor va sifat ko'rsatkichlari yaxshilandi. Ushbu tadbirlar qishlok xo'jaligi ekinlari hosildorligi o'sishi va mazkur tarmoqning barqaror rivojlanishga asos yaratdi. Shu bilan birga, bugungi kunda qishloq xo'jaligida suv resurslaridan foydalanishni tashkil etish buyicha o'z echimini kutayotgan muammolar ham mavjud bo'lib, jumladan, suvni etkazib berish, suvdan foydalanish ishlarini samarali boshqarish va bozor mexanizmlarini qo'llash, suvga haq to'lash tartib-qoidalari hamda

1 www. un. org- Birlashgan Millatlar Tashkilotining rasmiy sayti,

2 www.agro.uz.- O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligining rasmiy saygi.

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

shartnoma majburiyatlarini bozor munosabatlariga moslashtirish dolzarb masalalardan hisoblanadi. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi buyicha Harakatlar strategiyasida «sugoriladigan erlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, melioratsiya va irrigatsiya ob'ektlari tarmoqlarini rivojlantirish, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarish sohasiga intensiv usullarni, eng avvalo, suv va resurslarni tejaydigan zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish»3 bo'yicha ustuvor vazifalar belgilangan. Ushbu vazifalarni samarali echim topishi qishloq xo'jaligida transchegaraviy suv reruslaridan samarali foydalanishni boshqarishda bozor mexanizmlarini qo'llash yo'llarini takomillashtirishni taqozo etadi.

Bugungi globallashuv va mintaqaviy integratsiyalashuv sharoitida O'zbekiston transchegaraviy suv resurslaridan oqilona foydalanish, bu borada qo'shni davlatlar bilan umumiy konsensusga erishish siyosatini yuritmoqda. Markaziy Osiyo davlatlari hamkorligi nuqtai nazaridan mintaqadagi tabiiy suv resurslaridan oqilona foydalanishni tashkil etish maqsadida har bir davlat qo'shni davlatlar bilan o'zaro manfaatli hamkorlikni yo'lga qo'yishga intiladi. Asosiy suv resurslarimiz transchegaraviy bo'lgan Amudaryo va Sirdaryo daryolarining zimmasiga to'g'ri kelishi va ularning yuqori oqimida joylashgan qo'shni davlatlarning suvni boshqarishdagi bir tomonlama xatti-harakatlari respublikamiz suv ta'minotiga jiddiy salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Jumladan, Tojikistonda va Qirg'izistonda qurilgan To'xtagul, Nurek va Qayroqum yirik suv omborlarining irrigatsiya rejimidan energetik rejimga o'tkazilishi daryolar suv oqimining o'zgarishiga sabab bo'ldi.

Qo'shni davlatlarning suv omborlarini energetik rejimda ishlashini quyidagi misollarda aniq ko'rishimiz mumkin. Sirdaryo havzasi bo'yicha: To'xtagul suv ombori Norin daryosida joylashgan bo'lib, 19,5 mlrd.m3 umumiy suv sig'imiga ega. Bu mazkur suv omborining suv sig'imi Norin daryosining yillik oqimidan 1,5 baravar ortiq, degani.

To'xtagul suv ombori avvallari irigatsion rejimda ishlagan, suv omboridan suv chiqarish sug'orish mavsumida, ya'ni yoz oylarida 73 foiz (8,5 mlrd.m3), kuz va qish oylarida esa 27 foiz (3,2 mlrd.m3) ni tashkil qilib, daryoning tabiiy rejimiga to'la mos kelgan. Biroq 1992 yildan boshlab, To'xtagul suv omborining ishlashini energetik rejimga o'zgartirilishi, natijada, sug'orish mavsumida suv omboriga tabiiy ravishda o'rtacha 9,4 mlrd.m3 suv kelgan bo'lsa, suv omboridan bor-yo'g'i, 5,3 mlrd.m3 suv chiqarilgan.

Aynan mana shu echimini kutayotgan masalalr hamda mahsulot etishtirish miqdorini oshirishda suv resurslari muhim ahamiyat kasb etadi, Respublikamiz hududida esa 11,5 mlrd.m3 suv shakllanib, shundan, Amudaryo havzasiga 4,8 mlrd.m3, Sirdaryo havzasiga esa 6,7 mlrd.m3 to'g'ri keladi. Milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlanishi hamda aholi turmush darajasining yuksalishi bevosita hududning tabiiy-iqlim sharoitiga va suv resurslari bilan ta'minlanganligiga bog'liq bo'ladi[5]. Respublikamizning suv resurslari esa Markaziy Osiyo suv resurslari bilan chambarchas bog'liq bo'lib, Markaziy Osiyoda hosil bo'ladigan suv resurslarining 12,6 mlrd.m3 er osti va oqova, 87,4 mlrd.m3 esa er usti suvlaridan tashkil topadi. Yer usti suvlarining 20 foiziginasi respublikamiz hududida hosil bo'lib, qolgan qismi qo'shni davlatlar hududidan oqib keladi[6].

3 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish buyicha harakatlar strategiyasi to'g'risida»gi farmonining I ilovasi «2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yunalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi». lex.uz

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

Jahon amaliyotida to'plangan ilg'or xorijiy tajribalardan kelib chiqqan holda, respublikamiz qishloq xo'jaligida suv resurslaridan oqilona foydalanishning ilmiy asoslarini takomillashtirish talab qilmoqda.

Transchegaraviy suv resurslarini taqsimlash ham jarayon, ham bir-birini inkor etmaydigan natijadir. Umuman olganda, suv resurslarini taqsimlashni rasmiylashtirishda ikkita asosiy yondashuv mavjud. Bir tomondan, u ko'pincha hajm, sifat yoki vaqtni taqsimlash uchun birgalikda kelishilgan va aniq belgilangan kvota shaklini oladi. Boshqa tomondan, suv resurslarini taqsimlash odatda ikki yoki undan ortiq davlatlar o'rtasida birgalikda rejalashtirish va muzokaralar olib borishning interaktiv jarayonini o'z ichiga oladi (1-rasm).

Siyosiy muzokaralar va qarorlar qabul qilish

Huquqiy va tashkiliy asos

Ijtimoiy va ekologik asoslar

1-rasm: Transchegaraviy suv resurslarini taqsimlash bo'yicha qaror qabul qilish mexanizmining soddalashtirilgan ko'rinishi

Suvni taqsimlash maqsadlari amalga oshirilishi va barqaror bo'lishi uchun ularni to'g'ri muhofaza qilishni hisobga olgan holda suv resurslarini optimal va barqaror taqsimlash maqsadlariga moslashtirish kerak. Amaliylikni ta'minlash uchun ushbu maqsadlar turli iqlim va ijtimoiy-iqtisodiy stsenariylarda qo'shimcha baholashni talab qiladi.

Markaziy Osiyoda transchegaraviy suv resurslarsan foydalanishda davlatlararo qabul qilingan hujjatlar muhim ahamiyat kasb etadi, shuning uchun ham hozirgi davrda markaziy osiyo davlatlarida transchegaraviy suv resurslardan foydalanishda Birlashgan millatlar tashkiloti doirasida transchegaraviy suv resurslardan foydalanish bo'yicha xalqaro darajada konvensiya ishlab chiqilishiga ehtiyoj sezilmoqda. Xalqaro darajadagi konvensiyani shlab chiqishda barcha Markaziy Osiyo davlatlari bilan kelishilgan holda Afg'onistonni ham bu konvensiyaga qo'shilishini nazarda tutilish maqsadga muvofiq. Lekin hozirgi paytdagi Afg'onistondagi vaziyat to'laligicha yaxshilanmaganini hisobga oladigan bo'lsak kelishuvni amalga oshirishda muammoli vaziyat judaham ko'p. Aynan muammoni samarali echimi sifatida Markaziy Osiyo davlatlari ya'ni Afg'oniston ham halqaro darajada ya'ni Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan birgalikda transchegaraviy suvlardan samarali foydalanish uchun konvensiya ishlab chiqishlari va kelishilgan holda bu konvensiyani qabul qilish orqali transchegaraviy suv resurslardan maqsadli foydalanish imkoniyatlarini amalga oshirish maqsadga muvofiq. Chunki Markaziy Osiyo davlatlarining iqtisodiy o'zish jarayonlari bir biriga bog'liq ligi aynan birgalikda faoliyat olib borish tizimini

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

yaratilishi maqsadga muvofiq. Birlashgan Millarlar tashkiloti doirasida qabul qilingan konvensiya barcha davlatlar belgilangan konvensiya doirasida faoliyat olib borishi natijasida suv transchegaraviy suv resurslardan foyadalanish hamda har bir respublika uchun limit asosida taqsimlanishi samaradorligi oshadi.

Hozirgi vaqtda yuz berayotgan suv muammosini qo'yidagi uchta yo'l bilan hal qilish mumkin:

Birinchidan, daryo suvini to'la tartibga solish kerak. Daryo suvi suv omborlari qurish yo'li bilan tartibga solinadi. Suv omborlari qurish ko'p maqsadlarni ko'zlaydi. Bu qurilish suv ta'minotini yo'lga qo'yishi daryolar suvini tartibga solishi, energiya resurslaridan foydalanishni ta'minlashi, sug'orish va suv chiqarishni rivojlantirish, transport magistrallarini yaratilishi, baliq xo'jaligini rivojlantirish hamda suv toshqinlari oldini olish kerak.

Ikkinchidan, bu qurilish suv havzalari o'rtasida suvni qayta taqsimlash yo'li bilan suv resurslari haddan ziyod bo'lgan rayonlardan ularning anchagina qismini suv xo'jalik rayonlarga olib borish imkonini beradi. Suv resurslarini xudud bo'yicha qayta taqsimlash ishlari mamlakatimizda ko'p vaqtdan buyon o'tkazib kelinadi. Hozirgi vaqtda Amudaryo suvining bir qismi Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlariga etkazib berilmoqda.

Uchinchidan, har bir havza ichida suvni tejab sarflashga qaratilgan suv xo'jaligi va tashkiliy-iqtisodiy tadbirlar amalga oshiriladi. Bu tadbirlarga suv xo'jaligi tizimlarini qayta tuzish, oqova suvlardan takroran foydalanish, yangi texnikani, suv xo'jaligi tashkilotlari bilan suv iste'molchilari o'rtasida bozor munosabatlarini joriy qilish kiradi.

To'rtichidan, suvga limit asaosida haq to'lashni bozor mexanizmlarini qo'llagan holda amalga oshirish.

Bundan tashqari suv tanqisligini yumshatish bo'yicha amalga oshirilishi lozim bo'lgan chora-tadbirlar

• Manbalarning suv ta'minotiga qarab suv limitini belgilash va uning asosida suv resurslarini operativ boshqarish

• Kanallardagi filtratsion, texnik va tashkiliy yo'qotishlarni oldini olish xamda ularning F.I.K. larini oshirish.

• Kanallar bo'yicha suvning aylanma grafiklarini ishlab chiqish va shu asosda suv taqsimotini amalga oshirish.

• Kollektor-drenaj, er osti, soy va buloqlardan qushimcha suv olish choralarini

ko'rish

• Suvdan foydalanish bo'yicha nazoratni kuchaytirish, suvning bexuda sarfiga yul qo'yganlarga nisbatan jazo choralarini kuchaytirish

Chora tadbirlarni maqsadli va inovatsion texnalogiyalarni qo'llagan holda amalga oshirilishi suv xizmatini etkazib berishda asos bo'lib xizmat qiladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi farmonining 1-ilovasi "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi"

2. O'zbekiston Respublikasining «Suv va suvdan foydalanish to'g'risida»gi qonuni. Toshkent shahri. 1993 y. 2 sentyabr.

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

3. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 21 iyuldagi «Suv resurslarini boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish to'g'risida»gi 320-sonli qarori

4. Мирзаев М.У. Оптимальное использование водных ресурсов и улучшение мелиоративного состояния земель в сельском хозяйстве Республики Узбекистан. 2017 г. С. 295-296. EDN: ZTKHRB

5. Мирзаев М.У. Анализ потенциала сельско хозяйственных производителей в Республике Узбекистан. 2017 г. С. 1021-1024. EDN: ZTKLEF

6. www.agro.uz

7. www.stat.uz

8. http://www.cawater-info.net

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.