Научная статья на тему 'QISHLOQ XO‘JALIGIDA RESURSTEJAMKOR SUG‘ORISH TEXNOLOGIYALARINI QOʻLLASHNING IQTISODIY SAMARADORLIGI'

QISHLOQ XO‘JALIGIDA RESURSTEJAMKOR SUG‘ORISH TEXNOLOGIYALARINI QOʻLLASHNING IQTISODIY SAMARADORLIGI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
global iqlim oʻzgarishlari / suv rtsurslari / sug‘orish texnologiyalari / iqtisodiyot / ekologiya / melioratsiya / qishloq xoʻjaligi / fermer va dehqon xo‘jaliklari / irrigatsiya tizimlari.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Xaydarov Baxtiyor

Maqolada bugungi kunda ro‘y berayotgan global iqlim oʻzgarishlari natijasida suv resurslaridan oqilona foydalanish, yildan-yilga chuqurlashayotgan suv tanqisligi sharoitida suvdan foydalanishni rejalashtirish, hududlarning ekologik-meliorativ holatini yaqin va uzoq kelajakda barqarorligini taʼminlaydigan zamonaviy agromeliorativ suv tejamkor sugʻorish texnologiyalarini ishlab chiqish, suvdan samarali foydalanish uchun ishlab chiqilgan sug‘orish texnologiyalari to‘g‘risida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QISHLOQ XO‘JALIGIDA RESURSTEJAMKOR SUG‘ORISH TEXNOLOGIYALARINI QOʻLLASHNING IQTISODIY SAMARADORLIGI»

QISHLOQ XO'JALIGIDA RESURSTEJAMKOR SUG'ORISH TEXNOLOGIYALARINI QOLLASHNING IQTISODIY

SAMARADORLIGI

Xaydarov Baxtiyor

Toshkent pedagogika va iqtisodiyot instituti Iqtisodiyot fakulteti https://doi.org/10.5281/zenodo.11208688

Annotatsiya. Maqolada bugungi kunda ro'y berayotgan global iqlim o'zgarishlari natijasida suv resurslaridan oqilona foydalanish, yildan-yilga chuqurlashayotgan suv tanqisligi sharoitida suvdan foydalanishni rejalashtirish, hududlarning ekologik-meliorativ holatini yaqin va uzoq kelajakda barqarorligini ta'minlaydigan zamonaviy agromeliorativ suv tejamkor sug'orish texnologiyalarini ishlab chiqish, suvdan samarali foydalanish uchun ishlab chiqilgan sug'orish texnologiyalari to'g'risida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: global iqlim o'zgarishlari, suv rtsurslari, sug'orish texnologiyalari, iqtisodiyot, ekologiya, melioratsiya, qishloq xo'jaligi, fermer va dehqon xo'jaliklari, irrigatsiya tizimlari.

Abstract. The article deals with the rational use of water resources as a result of the global climate changes that are occurring today, the planning of water use in the conditions of year-on-year deepening water scarcity, the development of modern agro-ameliorative water-saving irrigation technologies that ensure the stability of the ecological-ameliorative state of the regions in the near and long future, and the efficient use of water.

Key words: global climate changes, water resources, irrigation technologies, economy, ecology, land reclamation, agriculture, farmers and peasant farms. irrigation systems.

I.KIRISH

Bugungi kun global iqlim o'zgarishlari natijasida arid mintaqa zonasida suv resurslari tanqisligining paydo bo'lishi, chuchuk suv zahiralarining kundan-kunga kamayib borayotganligi, suv iste'molining yer sayyorasida bir necha o'n barobarga oshganligi kuzatilmoqda. Sug'oriladigan yerlar 307,955 mln. gektarni tashkil etib, bunda qishloq xo'jaligida yiliga 2,8 mln km3 chuchuk suv sarflanadi, yoki mavjud chuchuk suv iste'molining 70 foizidan foydalaniladi, bunda oziq - ovqat mahsulotlarining 40 foizi va boshoqli don ekinlarining 60 foizi sug'oriladigan yerlardan olinadi. Shundan kelib chiqib, bugungi kunda nafaqat respublikamizda balki dunyo bo'yicha sug'orish suvlarini tejash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Dunyoda yildan-yilga chuqurlashayotgan suv tanqisligi sharoitida suvdan foydalanishni rejalashtirish, hududlarning ekologik-meliorativ holatini yaqin va uzoq kelajakda barqarorligini ta'minlaydigan zamonaviy agromeliorativ suv tejamkor sug'orish texnologiyalarini ishlab chiqishga qaratilgan bo'lib, suv tanqisligini kamaytirish uchun suvni tejab foydalanishni, daryolar oqimini to'liq boshqarishni, irrigatsiya tizimlaridan foydalanishni va texnik ta'minotini takomillashtirishni hamda suv tejamkor usullarini qo'llash suv resurslarining tejalishiga olib keladi va bu borada salmoqli ilmiy izlanishlarni amalga oshirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash va iqtisodiyotni rivojlantirishda suv resurslaridan oqilona, samarali foydalanishda bugungi kunda qishloq xo'jaligi ekinlarini yetishtirishda tomchilatib, egatga plyonka to'shab va o'qariqlar o'rniga ko'chma egiluvchan

quvurlar yordamida sug'orish texnologiyalari keng joriy etilmoqda. Buning natijasida sug'orish suvlari tejalishi, yerlarning meliorativ holati yaxshilanishi, natijada qishloq xo'jaligi ekinlarining hosildorligi oshadi, sizot suvlarining sathi yaqin joylashgan maydonlar kamayishi va iqtisodiy samaradorlikning oshishiga olib keladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktyabrdagi PF-5853-son "Qishloq xo'jaligini rivojlantirishni 2020-2030-yillarga mo'ljallangan strategiyasining tasdiqlash to'g'risida"gi farmonida muhim vazifalardan biri qilib belgilab berilgan. Shu jihatdan, respublikamizda g'o'za va hamkor (kunjut) ekinlarni parvarishlash, ekinlarni sug'orishda suv tejovchi texnologiyasini takomillashtirish orqali daryo suvlarini tejash va yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo'yicha ilmiy izlanishlar muhim ahamiyat kasb etadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-noyabrdagi "2018-2019-yillar davrida irrigatsiyani rivojlantirish va sug'oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash davlat dasturi to'g'risida"gi, 2020-yil 11-dekabrdagi PQ-4919-son «Qishloq xo'jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada jadal tashkil etish chora - tadbirlari to'g'risida» gi qarorlari, 2022-yil 1-martdagi PQ-144 son "Qishloq xo'jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-fevraldagi PQ-3405-sonli "2018-yil mavsumida ekin maydonlarini suv bilan kafolatli ta'minlash va suv tanqisligini salbiy oqibatlarining oldini olishga qaratilgan kechiktirib bo'lmaydigan chora-tadbirlari to'g'risida"gi 74-son qarorlari hamda boshqa me'yoriy huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu hisobot ishiga muayyan darajada xizmat qiladi.

II. ASOSIY QISM

Bugungi kunda qishloq xo'jaligida suv resurslariga bo'lgan talab oshib bormoqda, biroq suvning keskin kamayishi hamda sug'orish tarmoqlarida suvning samarasiz yo'qolib ketishi, ya'ni suvning yerga singib ketishi, iirigatsiya tarmoqlarining beton qilinmaganligi, suvga bo'lgan talabning oshishiga olib kelmoqda. Qishloq xo'jaligida suvni tejovchi innovatsion texnologiyalarni qo'llash orqali suv tejamkorlikka erishish va texnologiyalardan foydalanish samaradorlikno jshirish katta amaliy ahamiyat kasb etadi. Oxirgi yillarda qishloq xo'jaligi ekinlarini yetishtirishda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishga alohida e'tibor qaratilib, bu davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanayotganligi natijasida bir necha ming gektar maydonda suvni tejaydigan texnologiyalar joriy etildi.

Biroq, tobora kuchayib borayotgan suv taqchilligi hamda suv resurslariga bo'lgan ehtiyoj o'sib borayotgani qishloq xo'jaligida suvdan foydalanish samaradorligini keskin oshirishni talab etmoqda. Ma'lumki, jahon tabiiy resurslar instituti - World Resources Institute va Britaniyaning "Economist Intelligence Unit" tashkiloti tadqiqotlariga ko'ra 2040 yilga borib, suv tanqisligiga eng ko'p uchrashi taxmin qilinayotgan 33 davlat orasida Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan, O'zbekiston Respublikasi ham borligi eng achinarli ahvol ekanligidan dalolatdir. Bu holat bugungi kunda yaqqol ko'zga tashlanmoqda.

Bu holat, o'z navbatida, ushbu davrga borib taxminlar qay darajada qaror topishidan qat'iy nazar, dunyo okeanidan uzoqda joylashgan O'zbekiston uchun mavjud resurslardan tejamkorlik bilan foydalanishga o'tish, bunga ayni paytdan boshlab ustuvorlik berishni talab qiladi. Shu nuqtai nazardan, suv taqchilligi muammosini oldini olish, iqlim o'zgarishlariga moslashish va qishloq xo'jaligini kafolatlangan suv bilan ta'minlashda suv tejamkor texnologiyalarni qo'llash va ulardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini oshirishda O''bekiston Respublikasi Prezidentining PF6024-sonli "O'zbekiston Respublikasi suv xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo'ljallangan kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi farmoni va "Qishloq xo'jaligida suvni

tejayjigan texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-144-sonli qarori hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.

Sug'orish ishlarini to'g'ri tashkil etish hamda uning iqtisodiy samaradorligini oshirish maqsadida quyida keltirilgan sug'orish texnologiyalari ishlab chiqilgan bo'lib, bularga quyidagilar kiradi:

1. "Qarama - qarshi sug'orish" texnologiyasi - egatning ikki tomonidan "qarama qarshi sug'orish", nishabligi past bo'lgan sug'oriladigan ekin maydonlari uchun tavsiya etiladi. "Qarama-qarshi sug 'orish" usuli - bu egatning har ikki tomondan, ya'ni uning boshi va oxiridan bir vaqtda suv yuborib egatlar oralig'ini suv bilan nisbatan tez vaqtda to'ldirishga asoslangan bo'lib, bunda suv sarfi 25% iqtisod qilinadi, ekinlardan ayniqsa g'o'zaning hosildorligi 35-38% yoki 7-8 tsentnerga oshadi va tuproqning mavsumiy sho'rini yuvish uchun har yili sarflanadigan qariyb 3000-4000 m3/ga miqdordagi suvni tajab qolinishiga, bu esa tuproqning sho'rlanishining 30% gacha kamayishiga olib keladi.

2. Yomg'irlatib sug'orish texnologiyasi - yomg'irlatib sug'orilganda asosan tuproq yuqori 0-20 sm qatlamlarida namligining ortishi kuzatiladi. Yomg'irlatib sug'orish vaqtida ekin dalasining 1 gektar maydoni sug'orish uchun odatdagi egatlab sug'orishdagiga nisbatan qariyb 40% kam suv sarflanadi. Kuzgi bug'doyni yomg'irlatib sug'orilgan dalada kuzgi bug'doy nihollarining soni egatlab sug'orilgandagiga nisbatan qariyib 50% ga ortiq bo'ladi. Yomg'irlatib sug'orish tizimlarini yirik nasos tizimlaridan suv yetkazib beriladigan hududlarda qo'llash yaxshi samara beradi. Bunda yomg'irlatib sug'orish tizimi yirik nasos tizimining suv yetkazib beruvchi quvurida shakllantirilgan bosimdan foydalanish asosida ishlaydigan qilib quriladi, ya'ni yomg'irlatib sug'orish tizimini ishlashi uchun alohida nasos qurilmasi talab qilinmaydi va u hech qanday energiya xarajatisiz, nasos tizimi quvuridagi bosim hisobiga ishlaydi. Yomg'irlatib sug'orish usuli qo'llanilganda sug'orish jarayoni to'liq mexanizatsiyalashtiriladi hamda suv tekis taqsimlanadi. Bu ayniqsa, sizot suvlari yaqin joylashgan yerlarda yaxshi natija berib, mehnat unumdorligini 3-4 martaga oshiradi. Yomg'irlatib sug'orish usulida suvdan unumli foydalanish imkoni yaratilib, paxta hosildorligi 3-4 ts/ga ga, bug'doy hosildorligi esa 10 ts/ga ga oshganligi tajribalarda aniqlangan va natijada sug'orish suvlari esa 35-45% ga tejaldi.

3. Tomchilatib sug'orish texnologiyasi - bir gektar g'o'za uchun suv sarfi tomchilatib sug'orishda 1,5-2,5 ming m3 yoki 35-40 foiz suv resurslari tejaladi; mehnat sarfi 2,5-3 marta, yonilg'i mahsulotlari sarfi 80-85 litrga tejaladi; mineral o'g'itlar 40-45 foizga tejaladi, hosildorlik 50-55 foizga yuqori bo'ladi.

4. Sug'orishning subirrigatsiya usuli - sizot suvlari sathini ko'tarish orqali sug'orish bo'lib, tuproqning o'simlik ildizi joylashgan qatlamiga sizot suvlari tuproq kapillyarlari orqali ko'tariladi. Afzalligi shundan iboratki, daryo suvi iqtisod qilinadi, qo'shimcha suv manbasi sifatida sizot suvlaridan foydalanish imkoni yaratiladi, qator oralari zichlanmaydi, irrigatsiya eroziyasi vujudga kelmaydi, tuproqning havo va ozuqa tartibi yaxshilanadi, atrof-muhit ifloslanmaydi.

5. Aerozolli sug'orish usuli - aerozol sug'orish usulida qishloq xo'jaligi ekinlari uchun qulay mikroiqlim sharoiti yaratiladi. Havoning yer usti qatlamining nisbiy namligi oshiriladi, o'simlik yer ustki organlarining harorati 6-120C ga pasaytiriladi. Bu usulda sug'orish me'yori 0,81,0 m3/ga bo'lib, kunning issiq paytida har ikki soatda amalga oshiriladi va suv maxsus moslamalar yordamida diametri 400-600 mmk (millimetr mikron) bo'lgan mayda tomchilarga aylantirilib beriladi. Bu usuldan havosi quruq va issiq shamollar yoki garmsellar bo'lib turadigan hududlarda bog'lar, sabzavot, yemxashak texnika ekinlarnii sug'orishda foydalaniladi. Aerozol sug'orish

usulining avfzalliklari, o'simliklarda fotosintez jarayonini yaxshilaydi, ekinlar hosildorligini oshiradi, yetishtirilayotgan mahsulot sifati yaxshilanadi, suv sarfi 40-50% ga kamayadi.

6. Diskret yoki pulsar sug'orish texnologiyasi - diskret yoki pulsar sug'orishda egatning uzunligi va egatlardagi suv sarfi doimiy oqim sug'orishiga qaraganda miqdori ko'p bo'ladi. Bunday ko'paytirilgan oqimlar egat oralig'i 90 sm bo'lgan chuqurligi 20-25 sm egatlarda qo'llanilishi mumkin. Pulsar sug'orish tizimi - respublikamiz qishloq xo'jalik ekinlarini suv bilan ta'minlashda zamonaviy avtomatlashtirilgan, yuqori samaradorlikka ega kompleks sugэorish tizimi hisoblanadi.

III. MUHOKAMA

Ushbu tizimda sug'orish manbasidan fermer xo'jaliklari dalasiga suv yetkazib berishda yaroqlik muddatini o'tab bo'lgan ichki sug'orish tarmoqlarida yo'qotiladigan suvni tejash hamda suv yer osti yopiq quvur tizimi orqali yetkazib berilishi hisobiga 30 foizgacha tejaladi va sug'orish samaradorligi ortadi. Bunda dalada yer osti va ustki quvurlar, gidrant, avtomatik boshqarish tizimi, nazorat o'lchov asboblari o'rnatilib, shuning bilan birga o'qariqlar o'rniga foydalaniladigan egiluvchan quvurlar hisobidan suv hamda suvchilar sonini qisqarishi evaziga iqtisodiy samradorlikka erishiladi.

Bugungi kunda O'zbekistonda iqtisodiyotning turli tarmoqlari ehtiyojlarini qonidirish maqsadida 50-60 kub km suv resurslari sarlanadi.Bu suv resurslarning deyarli 90 foizi qishloq xo'jaligi ekinlarini sug'orish uchun sarflanadi.

Qishloq xo'jaligi ekinlarini yetishtirishda suv tejamkor texnologiyalardan foydalanish, o'z navbatida suv resurslarini tejashga va suv isrofgarchiligi oldini olishga erishiladi, hamda tejalgan suv hisobidan takroriy ekinlarni yetishtirish orqali aholini oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan talabi qondirilib, fermer va dehqon xo'jaliklarining daromadlarini oshirishga imkon beradi. Bu esa o'z navbatida mamlakatninig iqtisodiy salohiyatini yanada oshishiga olib keladi.

IV. XULOSA

Sug'oriladigan yerlar hisobidan bog'dorchilik, uzumchilik va boshqa ko'p yillik daraxtzorlar hamda yengil tipdagi issiqxonalarni tashkil etish O'zbekiston Respublikasida qishloq xo'jaligini rivojlantirishda sug'oriladigan yerlar hisobidan bog'dorchilik, uzumchilik va boshqa ko'p yillik daraxtzorlar hamda yengil tipdagi issiqxonalarni tashkil etish katta amaliy ahamiyat kasb etib, mamlakatning iqtisodiy yuksalishini ta'minlab beradigan omillardan biridir. Fermer xo'jaliklari va suv iste'molchilari uyushmalari suvdan foydalanish joylarida suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan majburiy tarzda jihozlash sharti bilan tashkil etiladi. Yer maydonlaridan foydalanishda suvni tejovchi texnologiyalardan - tomchilatib, yomg'irlatib, tuproq ostidan tomchilab sug'orish va boshqalardan foydalangan holda amalga oshirish suv resurslarining tejalishiga va iqtisodiy samaradorlikning oshishiga olib keladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6024-sonli 2020-yil 10-iyunda qabul qilingan "O'zbekiston Respublikasi suv xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo'ljallangan kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi farmoni.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 - yil 1- martda qabul qilingan

"Qishloq xo'jaligida suvni tejayjigan texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-144-sonli Qarori.

3. Shoxo'jaeva Z. S. Qishloq xo'jaligida suvni tejovchi innovatsion texnologiyalardan foydalanishning asosiy yo'nalishlari. Samarkand branch of Tashkent State

4. Agrarian University Volume 4 | SamTSAU Conference | 2023. 51-59-betlar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.