G'O'ZANI TOMCHILATIB SUG'ORISHNING TEXNIKA ELEMENTLARINI TAKOMILLASHTIRISH VA TUPROQ MEXANIK TARKIBINI O'RGANISH 1Urazkeldiyev Abduvohid Baxtiyarovich, 2Erkinov Azamat Jamoldin o'g'li
1Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy tadqiqot instituti direktori q/x.f.n.
2Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy tadqiqot instituti tayanch doktaranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10933600
Annotatsiya. Yurtimizdagi suv tanqisligini oldini olish, hosildorlikni oshirish maqsadida suv tejamkor sug'orish texnologiyalarini qo'llash muhim omillardan biri bo'lib qolmoqda, shu ma'noda paxta ekinini sug'orishda tomchilatib sug'orish tizimini o'rnatish va undan to 'g'ri foydalanish muhim ahamiyatga ega. Shularni inobatga olib hozirda mamlakatimizda tejamkor sug'orish texnologiyalariga jiddiy e 'tibor qaratilmoqda. Bu vazifalarni amalga oshirishda fenologik kuzatuv, to'gri sug'orish tizimi, tomchilatib sug'orishning texnika elementlarini takomillashrirish, sizot suvlari sathining nazoratining to'g'ri monitoring qilish asosiy maqsad hisoblanadi.
Kalit so'zlar: fenologik kuzatuv, ball boniteti, chdns (chegaraviy dala nam sig'imi), tenziometr.
Abstract. In order to prevent water shortage in our country and increase productivity, the use of water-saving irrigation technologies remain one of the important factors, in this sence, the installation of a drip irrigation system in the irrigation of cotton crops and the correct use is important. Taking this into account, serious attention is now being paid to economical irrigation technologies in our country. In the implementation of these tasks, the main goal is phenelogical observation, proper irrigation system, improvement of technical elements of drip irrigation, proper monitoring of seepage water level control.
Keywords: phenological observation, credit score, marginal field wet capacity, tensiometr.
Аннотация. В целях предотвращения дефицита воды в нашей стране и повышения урожайности одним из важных факторов остается использование водосберегающих технологий орошения, в этом смысле установка системы капельного орошения при поливе посевов хлопка и правильное ее использование является важным фактором. Учитывая это, в нашей стране сейчас уделяется серьезное внимание технологиям экономичного орошения. При реализации этих задач основной целью является фенологическое наблюдение, правильная система орошения, совершенствование технических элементов капельного орошения, правильный контроль уровня инфильтрационных вод.
Ключевые слова: фенологическое наблюдение, бонитетный бал, предельная влагоемкость поля, тензиометр.
Kirish. Yurtimizda paxtachilik sohasi eng yetakchi sohalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun g'o'za o'zining hosildorligi bo'yicha potensiali eng yuqori bo'lgan o'simliklardan biridir. Bu sohada katta yutuqlar qo'lga kiritilmoqda. Shunga qaramasdan kamchiliklar ham yetarlicha. Buning sabablari ko'p bo'lib, ular tahlil qilinishi lozim. Keyingi yillarda mamlakatimizda suv tanqisligi muammosi vujudga kelib, ekinlar hosildorligiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Bunday sharoitda har bir qatra suvni e'zozlab, asrab-avaylab ishlatish lozim.
Hozirda olimlar tomonidan yuqori samarali suv tejovchi texnologiyalar ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilmoqda. Yer va sug'orish suvlaridan foydalanuvchilarning vazifasi shu texnologiyalarni o'z maydonlarida joriy etib, yer va suvdan unumli foydalanishdan iborat. Paxta hosilini keskin ko'paytirish uchun birinchi navbatda tuproq unumdorligi va sug'orish suvlari
samaradorligini oshiruvchi yangi agrotexnologiyalar ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilishi zarur. G'o'za parvarishidagi barcha agrotexnik tadbirlar o'z vaqtida va sifatli bajarilishi lozim.
Hozirda Respublikamiz qishloq xo'jaligida suv resurslaridan foydalanish mexanizmlarini tubdan isloh qilish, ulardan oqilona va samarali foydalanishni ta'minlash, iqtisodiyot tarmoqlarida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni qo'llab-quvvatlash, rag'batlantirish, shuningdek, sug'oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo'yicha chora-tadbirlar amalga oshirilib, yer, suv va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, tannarxi arzon, jahon andozalari talabiga javob beradigan mo'l va sifatli paxta hosili yetishtirishda resurstejamkor yangi texnologiyalarni ishlab chiqish hamda joriy etishni taqozo etmoqda. 2018 yil 27 dekabrdagi PQ-4087-son «Paxta xom ashyosini yetishtirishda tomchilatib sug'orish texnologiyalaridan keng foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid kechiktirib bo'lmaydigan chora-tadbirlar to'g'risida», 2019 yil 25 oktabrdagi PQ-4499-son «Qishloq xo'jaligida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni rag'batlantirish mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi, 2020 yil 11 dekabrdagi PQ-4919-son "Qishloq xo'jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada jadal tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida" gi hamda 2022 yil 1 martdagi PQ-144-son "Qishloq xo'jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorlarida qishloq xo'jaligi ekinlarini yetishtirishda suv tejovchi sug'orish texnologiyalarini joriy qilish bo'yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilib ishlab chiqaruvchi korxonalarga, fermer va klasterlarga bir qancha moliyaviy imtiyozlar berilmoqda [1]. Respublikamizda suv tejamkor texnologiyalari ayniqsa, tomchilatib sug'orish texnologiyasidan samarali foydalanib, ekinlarni yetishtirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 iyuldagi PF-6024-son "O'zbekiston Respublikasi suv xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo'ljallangan konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi Farmoniga ko'ra mamlakatimizda suv tejovchi sug'orish texnologiyalari qo'lanilayotgan maydonlarni 2030 yilgacha 2 mln. gektarga yetkazish, 2021 yil 24 fevraldagi PQ-5005-son "O'zbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2021-2023 yillarga mo'ljallangan strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi Qaroriga ko'ra tomchilatib sug'orish tizimi joriy qilinadigan ekin maydonlarini jadal kengaytirish va 2023 yilda 800 ming gektargacha yetkazish vazifalari belgilangan.
Mazkur berilgan imtiyozlar va yaratilgan imkoniyatlar asosida Respublikamizda davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash mexanizmlari zamon talablariga moslab borilayotganligi sababli suvni tejaydigan texnologiyalar 2021 yilning o'zida 433 ming gektar maydonda joriy etildi va ularning 13 umumiy ko'rsatkichi sug'oriladigan maydonlarning 17 foizini tashkil qilib, tomchilatib sug'orish texnologiyalari asosida sug'oriladigan maydonlar 290,3 ming, yomg'irlatib sug'orish 13,5 ming, diskret sug'orish texnologiyasi 10,6 ming, egiluvchan quvurlar yordamida sug'orish 299,7 ming, egatga plyonka to'shab sug'orish texnologiyasi 92 ming, lazer uskunasi yordamida yerlarni tekislash ishlari 185,8 ming gektarga yetkazildi [2].
Muammoning qo'yilishi. Mamlakatimizda g'o'za parvarishida yangi agrotexnik tadbirlarni qo'llanilishiga qaramasdan hosildorlik oshayotgani yo'q. Buning sabablari ko'p bo'lib, ular tahlil qilinishi lozim. Bizning fikrimizcha, eng asosiy sabab tuproq unumdorligini pasayib ketganligidadir. Keyingi yillarda bu muammoga suv tanqisligi muammosi ham qo'shildi. Mamlakatimizning turli hududlarida tuproq-iqlim sharoiti bir xil emas. Shuning uchun tadqiqotlar turli hududlarda olib borilib, shu hududlarga mos g'o'zaning yangi navlarini yaratish va ularning yetishtirish agrotexnologiyasi ishlab chiqilishi zarur.
Farg'ona viloyati misolida tuproq-iqlim sharoitida paxtachilik sohasini rivojlantirish uchun viloyat paxtachiligida yuz berayotgan kamchiliklar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish choralari ko'rilishi lozim. G'o'zani parvarishidagi agrotexnik ishlar, ilm-fan va ilg'or tajribalar yutuqlarini qo'llagan holda o'tkazilishi kerak, bunda yangi innovatsion usul va agrotexnologiyalar joriy etilishi lozim.
Tadqiqot uslubi. Ishning bajarilish uslubi dala, fenologik kuzatuvlar Farg'ona viloyati Rishton tumanida ekiladigan g'o'za navlarini parvarishlash agrotexnologiyasi (PSUEAITI 2017) "Dala tajribalarni o'tkazish uslublari" (O'zPITI 2007 yil) ga asosan olib borildi. G'o'zani 60 sm qator oralig'ida yetishtirish va Chigitni "qo'shqator" usulida ekish afzalliklari, g'o'zani tomchilatib sug'orish texnologiyalarini joriy qilish. G'o'zaning maqbul sug'orish texnika elementlarini takomillashtirish, tomchilatkichlar orasidagi masofa va sug'orish shlanglarini uzunliklarini to'g'ri tanlab sug'orish texnologiyalari ko'rib chiqiladi.
Tadqiqot natijalari. Farg'ona viloyatidagi klaster va fermer xo'jaligining dala maydoni tanlash belgilangan bo'lib, amalda Farg'ona viloyati Rishton tumani Dashtpandigon massivida joylashgan "Sultonbek Yunus Ali O'g'li" fermer xo'jaligi yer maydonining 3 konturda joylashgan 4,0 gektar paxta maydonini tanlandi.
Tajribada g'o'zaning "Namangan-77" navi tomchilatib sug'orish usulidan foydalangan holda maqbul sug'orish tartiblarini ishlab chiqish maqsadida turli xil sug'orish tartiblarida, sug'orisholdi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70-70-60 foiz, 75-75-65 foiz, 80-80-70 foiz sug'orish tartiblarida nazorat olib borildi. Nazorat variantlarda an'anaviy egatlab sug'orish usulidan foydalangan holda sug'orisholdi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 75-75-65 foiz sug'orish tartiblarida sug'orish tartiblarida sug'orildi. Shuningdek sug'orisholdi tuproq namligini aniqlashda va sug'orish muddatlarini belgilashda hisobiy qatlamdagi tuproqni labaratoriya sharoitida termostatda (1050C) 8 soat davomida quritish yo'li bilan hamda egatlab sug'orilgan nazorat variantlarida 40 va 80 sm lik qatlamda, tomchilatib sug'orilgan variantlarda 50 sm uzunlikdagi o'rnatilgan tenziometr ko'rsatkichlari asosida tashkil etildi.
G'o'zani qo'shqatorlab ekishni tuproqning ball boniteti 30-50 ballik, mexanik tarkibi yengil va o'rtacha bo'lgan och va tipik bo'z tuproqlarda, begona o'tlar kam uchraydigan dalalarda joriy etish yuqori samara beradi.
1-rasm. "Sultonbek Yunus Ali O'g'li" fermer xo'jaligi yer maydonining 3 konturda joylashgan tomchilatib su'g'orish sxemasi.
G'o'zani qo'shqatorlab ekishda yakka qatorga nisbatan tuplar soni tuproq unumdorligini hisobga olgan holda 20-30 foizga, yengil va shag'alli tuproqlarda 30-40 foizga ko'proq qoldiriladi.
Qo'shqator oralig'i 30 sm qilib ekilsa, g'o'zani birinchi va ikkinchi ishlov berishda qo'shqatorlar oralig'igiga kultivatorlarning maxsus ishchi organi o'rnatilib ishlov berilishi tuproqni yumshatadi, o'simliklarni o'sib rivojlanishiga qulay sharoit yaratadi va begona o'tlar kam bo'ladi.
Shuningdek sug'orisholdi tuproq namligini aniqlashda va sug'orish muddatlarini belgilashda hisobiy qatlamdagi tuproqni labaratoriya sharoitida termostatda (1050C) 8 soat davomida quritish yo'li bilan hamda egatlab sug'orilgan nazorat variantlarida 40 va 80 sm lik qatlamda, tomchilatib sug'orilgan variantlarda 50 sm uzunlikdagi o'rnatilgan tenziometr ko'rsatkichlari asosida tashkil etildi.
2-rasm. "Sultonbek Yunus Ali O'g'li" fermer xo'jaligida egatlab sug'orish va tomchilatib su'g'orish jarayoni.
O'simliklarni oziqa maydoni 60 sm qator oralig'ida ko'proq bo'ladi va g'o'zaning o'sishi va rivojlanishiga qulay sharoit yaratadi. Chigit 60 sm sxemada ekilganda, 90 sm sxemaga nisbatan paxta hosildorligi 10-12 s/ga oshadi. Bunda, g'o'za qator orasidagi mikroklimat yaxshilanadi. G'o'za joylashgan muhitning havo harorati erta tongda o'lchanganda 60 va 90 sm qator orasida yerdan 100 sm balandlikda deyarlik bir xil bo'ladi. Lekin, iyun oyi mobaynida 90 sm g'o'za qator orasidagi harorat 60 smli qatorga nisbatan 0,4-1,2 oC issiqroq bo'ladi. Demak, g'o'za 60 sm qator oralig'ida parvarishlanganda dalalardagi mikroklimat qulay bo'lib, o'simliklarning o'sishi va rivojlanishini jadallashtiradi.
Tomchilatib sug'orish texnika va texnologiyalaridan foydalanishda avvalo yerning meliorativ va tuproq sharoitlarini hisobga olish kerak. Farg'ona viloyati tumanlarida tarqalgan asosiy tuproq tip(xil)lari 11 xil turi aniqlandi. Bu hududda tabiiy georafik sharoitlar va antropogen omillar ta'siri natijasida sug'oriladigan och tusli bo'z va tipik bo'z tuproqlar tarqalgan. Tadqiqotlar olib borish jarayonida tuproqning dastlabki agrokimyoviy holatini aniqlash uchun tuproq namunalari olindi. Tomchilatib sug'orishdan oldin tuproq tarkibidagi gumus, umumiy azot va yalpi fosfor miqdorlarini aniqlash maqsadida bahorda 5 nuqtadan tuproqning haydov va haydov osti 0-30 va 30-50 sm qatlamlaridan namunalari olindi. Ekin dalasining ikki qismi bo'yicha tuproq gumusning tarkibi olingan na'munalarga ko'ra quydagicha:
I-bo'lak II-bo'lak
0-30 sm kesimda 1,42 %; 0-30 sm kesimda 1,65 %;
30-50 sm kesimda 1,25 % 30-50 sm kesimda 1,31 %
Tajriba maydonida g'o'zani sug'orish muddatlari va me'yorlarini aniqlash uchun tuproqning hisobga olinadigan qatlamida tomchilatib sug'orilgan tajriba variantida gullashiga qadar 0-50 sm, gullash-ko'saklash davrida 0-50 sm va pishish davrida 0-50 sm, qatlamdagi namlik miqdori bo'yicha sug'orish ishlari olib borildi.
Dalaning tuproq holati, sizot suvlari sathi, mineralizatsiyasi va joylashish chuqurligini inobatga olgan holda texnika va texnologilayalarni qo'llash maqsadga muvofiq bo'ladi. Har bir ekin dalasidan olingan vegetatsiya oldingi konvert usulidagi tuproq na'munamalari o'rgangan holatda tomchilatib sug'orish texnikasi bilan qo'llash eng maqbul usullardan biridir. An'anaviy usulda sug'oriladigan paxta maydonlarida mineral o'g'itlarning o'zlashtirilish darajasi o'rtacha 30 foizni tashkil etadi. Bu esa g'o'zani oziqlantirish uchun sarflayotgan mablag'ning 70 foizini suvga oqizamiz, deganidir. Ekinlar tomchilatib sug'orilganda esa, mineral o'g'itlarning o'zlashtirilish darajasi 90-95 foizni tashkil etadi. Maydonning barcha hududlarida o'simlik uchun maqbul namlik ta'minlanib, uning bir tekis rivojlanishi uchun sharoit yaratiladi.
1-Jadval.
1 m gacha bo'lgan tuproq xlor va quruq qoldiq miqdori
№ Chuqurlik, sm Quruq qoldiq Xlor
1 10 0,071 0,016
2 20 0,93 0,014
3 30 0,132 0,011
4 40 0,151 0,012
5 50 0,151 0,014
6 60 0,202 0,010
7 70 0,346 0,011
8 80 0, 434 0,011
9 90 0,451 0,014
10 100 0,522 0,008
Tajriba variantlari bir yarusda 4 qaytariqda joylashtirilgan. Variant maydoni egat uzunligi 100 m, eni 4,8 m. 100 x 4,8 m =480 m2 . Bo'lakcha maydoni 480 m2 x 5 = 2400 m2 . Tajriba dalasini umumiy maydoni. 2400 m2 x 4 = 9600 m2 yoki 1,15 ga. Har bir bo'lakcha 8 qatordan iborat bo'lib, 4 tasi hisobiy qatorlar, har ikki tomonidagi 2 tadan qatorlar himoya qatorlari hisoblandi.
Tomchilatib sug'orilgan variantlarda 50 sm uzunlikdagi o'rnatilgan tenziometr ko'rsatkichlari asosida tashkil etilgan. Birinchi sug'orishda gektariga 250 m3dan sug'orildi. Iyun oyida 4 marta sug'orildi 300 dan 1344 m3 gacha sug'orildi. Iyul oyida sug'orish ishlari 8 marta 1400 dan 2780 m3 gacha sug'orildi. Avgust oyida 4 marta gektariga 1200 m3 gacha sug'orildi
Xulosa
G'o'za parvarishidagi barcha agrotexnik tadbirlar har bir hududning tuproq-iqlim sharoitini hisob olgan holda, tabaqalashtirib o'tkazilishi lozim. Chunki, mamlakatimizning turli hududlarida tuproq-iqlim sharoitlari bir xil emas, ular orasida keskin farq kuzatiladi. Tomchilatib sug'orish usuli qo'llanilganda egatlab sug'orishga nisbatan g'o'zani tez-tez va kam me'yorlarda sug'orish lozim. Tuprog'i sho'rlanmagan va kam sho'rlangan maydonlarda g'o'za 8-10 marta, o'rtacha sho'rlangan yerlarda 10-12 marta sug'oriladi. Bunda har bir sug'orishda 250-300 m3/ga, mavsum davomida esa 2800-3200 m3 suv sarflanadi. Mexanik tarkibi yengil (qumli, qumloq) hamda suv o'tkazuvchanligi yuqori bo'lgan tuproqlarda va sho'rlanishga moyil bo'lgan maydonlarda suv me'yori 5-10 % ga yuqori belgilanadi. Har bir hududning sharoitiga mos g'o'zaning yangi navlarini yaratish va ularninig shu hududda yetishtirish agrotexnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish ishlariga etibor kuchaytirilishi lozim.
Tomchilatib sug'orish texnika va texnologiyalaridan foydalanishda avvalo yerning meliorativ va tuproq sharoitlarini hisobga olish kerak. Farg'ona viloyati tumanlarida tarqalgan asosiy tuproq tip(xil)lari 11 xil turi aniqlandi. Bu hududda tabiiy georafik sharoitlar va antropogen omillar ta'siri natijasida sug'oriladigan och tusli bo'z va tipik bo'z tuproqlar tarqalgan. G'o'za parvarishida asosan tomchilatib sug'orish usuli joriy qilishdan maqsad g'o'zani tomchilatib sug'orishda dalaning tuproq meliorativ holatlariga to'g'ri yondoshgan holda uning sug'orish texnika elementlarini takomillashtirish hisoblanadi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 1 martdagi PQ-144-son "Qishloq xo'jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori.
2. Sh.R.Xamraev. "Natijalar salmoqli, rejalar ulkan". "O'zbekiston qishloq va suv xo'jaligi" jurnali, №1. 10-11 Bet. 2022 blob:https: // web.telegram.org // da1917eb-df24-4669- 8807-6067e03a899 c
3. G'o'zani parvarishlashda zamonaviy tomchilatib sug'orish usulidan foydalanish bo'yicha tavsiyalar. -Toshkent: PSUEAITI, 2021
4. Farg'ona viloyatida ekilayotgan g'o'za navlarini yeishtirish agrotexnologisi. -Toshkent: PSUEAITI, 2017.
5. www.lex.uz
6. https://www.hydromelioration system/new technical/improving coefficient of channel in innovation systems/