Научная статья на тему 'XORAZM VILOYATI QISHLOQ XO’JALIGIDA SUG’ORISH ISHLARINI TABIIY-MELIORATIV SHAROITDAN KELIB CHIQIB AMALGA OSHIRISH'

XORAZM VILOYATI QISHLOQ XO’JALIGIDA SUG’ORISH ISHLARINI TABIIY-MELIORATIV SHAROITDAN KELIB CHIQIB AMALGA OSHIRISH Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
96
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
QISHLOQ XO’JALIK YERLARI / SUG’ORILADIGAN (OBIKOR) YERLAR / LALMI (BAHORIKOR) YERLAR / YER UNUMDORLIGI / SUG’ORISH / SHO’RLANISH / “SHO’R YUVISH” / “OZUQA ZANJIRI” / EGATLAB (YER USTIDAN) SUG’ORISH / TOMCHILATIB SUG’ORISH

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Allaberganova N.Sh.

Maqolada qishloq xo’jaligi yerlarini sug’orishda yuzaga keladigan ayrim kamchiliklar, yer resurslarini intensiv usulda yaxshilash va “tomchilab sug’orish”ning ayrim afzalliklari kabi masalalar Xorazm viloyati misolida ko’rib chiqilib, hududning sug’orilish va sho’rlanishi orasidagi munosabatlar xususida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVEMENT OF IRRIGATION WORKS IN THE AGRICULTURE OF KHORAZM REGION BASED ON NATURAL-MELIORATIVE CONDITIONS

The article examines some of the shortcomings of irrigation of agricultural land, intensive improvement of land resources, and some advantages of "drip irrigation" on the example of Khorezm region. relationships are discussed.

Текст научной работы на тему «XORAZM VILOYATI QISHLOQ XO’JALIGIDA SUG’ORISH ISHLARINI TABIIY-MELIORATIV SHAROITDAN KELIB CHIQIB AMALGA OSHIRISH»

Allaberganova N.Sh.

Urganch davlat universiteti talabasi

XORAZM VILOYATI QISHLOQ XO'JALIGIDA SUG'ORISH ISHLARINI TABIIY-MELIORATIV SHAROITDAN KELIB CHIQIB

AMALGA OSHIRISH

Annotatsiya. Maqolada qishloq xo'jaligi yerlarini sug'orishda yuzaga keladigan ayrim kamchiliklar, yer resurslarini intensiv usulda yaxshilash va "tomchilab sug'orish"ning ayrim afzalliklari kabi masalalar Xorazm viloyati misolida ko'rib chiqilib, hududning sug'orilish va sho'rlanishi orasidagi munosabatlar xususida fikr yuritiladi.

Kalitso'zlar: Qishloqxo'jalik yerlari, sug'oriladigan (obikor)yerlar, lalmi (bahorikor) yerlar, yer unumdorligi, sug'orish, sho'rlanish, "sho'r yuvish", "ozuqazanjiri", egatlab (yer ustidan) sug'orish, tomchilatib sug'orish.

Allaberganova N.Sh.

student

Urganch State University

IMPROVEMENT OF IRRIGATION WORKS IN THE AGRICULTURE OF KHORAZM REGION BASED ON NATURAL-MELIORATIVE

CONDITIONS

Abstract. The article examines some of the shortcomings of irrigation of agricultural land, intensive improvement of land resources, and some advantages of "drip irrigation" on the example of Khorezm region. relationships are discussed.

Key words: agricultural land, irrigated land, dry land, soil fertility, irrigation, salinity, "salt leaching", "food chain", egatlab (over the ground) irrigation, drip irrigation.

Bilamizki, hududlarda qishloq xo'jaligi geografiyasining shakllanishi uchun bir qancha omillar sabab bo'ladi. Ayniqsa, hududning mavjud yer fondi va uning tarkibiy qismlari qatorida turli agroiqlimiy resurslarning qishloq xo'jaligini tashkil etish uchun qulay tabiiy sharoit hosil qilishi yoki mehnat resurslarining ko'pligi yetakchi omillar sanaladi.

Qishloq xo'jaligi tarmoqlarining rivojlanishida esa, asosan, bu sohalarda bevosita foydalaniladigan yer va yer resurslarining sifatidan tashqari, yer foydalanuvchilarining hosildorlik bilan bir qatorda bu sifatni yaxshilash yoki saqlab qolishga qaratilgan meliorativ tadbirlari muhim ahamiyatga ega. Bunda hududda olib boriladigan turli tadbirlarning birinchi navbatda, ekin ekiladigan hududlarning sug'oriladigan (obikor) yoki lalmi (bahorikor)ligiga ko'ra

baholagach tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, yer unumdorligini oshirishda ko'proq intensiv metodlardan foydalanish va uning ta'sir doirasi, oqibatlarini to'g'ri prognoz (bashorat)lash, hudud yer resurslarining keskin qisqarib ketishini oldini olish darkor. Zero, yer (tuproq) - tugaydigan va qayta tiklanadigan resurslardan biri bo'lib, tegishli qulay sharoitda undan foydalanish imkoniyatlari cheksiz [7].

2011-yil 1-yanvar holatiga ko'ra, qishloq xo'jalik yerlari respublikamiz umumiy yer maydonining 57,5 foiziga teng bo'lib, uning nisbatan past darajasi bo'yicha Farg'ona, Toshkent, Namangan viloyatlari qatorida Xorazm viloyati ham sanab o'tilgan (45-55 %) [4]. Viloyat hududini Amudaryo ikkiga ajratgan bo'lib, viloyatning asosiy, daryo chap sohilidagi yer maydoni 4,5 ming km2ga teng [3]. Voha sug'orma (obikor) qishloq xo'jaligiga egaligi va yerdan foydalanishda qadimdan shug'ullanib kelinganligi uchun relyefi deyarli tekis. Bu esa suvdan ehtiyotkorona foydalanish zarurligini talab etadi.

Viloyatning Amudaryo quyi qismidaligi daryo o'zanining kengayib oqib, daryo yuqori va o'rta qismlaridagi turli yotqiziqlarning vohaga yotqizilishiga sabab bo'ladi. Bu yotqiziqlarning bir qismi foydali mineral moddalarga boy va unumdor bo'lsa, bir qismi tuproq va yerosti suvlarining sho'rlantiradi. Ya'ni, "Qashqadaryo, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatidagi yerlar sho'ri yuvilib, ifloslangan suvlar yana qayta daryoga tashlanishi" [3] yer unumdorligini pasaytiradi. Bu esa "sho'r yuvish" va sug'orish ishlarini tejamkor texnologiyalar asosida to'g'ri me'yorda tashkil etish kerakligining muhim asoslaridan biridir (1-jadval).

1-jadval

Xorazm viloyatida sho'r yuvish me'yorlari, soni va ko'rsatkichlari [2]

Tuproqlar Maydoni, Sho'r yuvishning Sho'r Sho'r yuvishning

ga umumiy me'yori, yuvish o'rtacha me'yori,

m3/ga soni m3/ga

Sug'oriladigan yerlar

Kuchsiz sho'rlangan 82 2000 1 2000

O'rtacha sho'rlangan 46 4000 2 2000

Kuchli sho'rlangan 18 6000 3 2000

O'zl ashtiriladigan yerlar

O'rtacha sho'rlangan 24 8000 4 2000

Sho'rxok 8 14000 7 2000

Ammo, bilamizki, Xorazm respublikadagi sholi va paxta yetishtiruvchi viloyatlardan biri va hozirda g'o'zani egatlab (yer ustidan) sug'orish viloyatning asosiy sug'orish usuli bo'lib turibdi [5]. Biroq bu usulda sug'orish yerosti suvlarining sho'rlanib, sathi ko'tarilishiga, ichimlik suvi ifloslanishi va tanqisligiga, tuproq yemirilishi va unumdorligining pasayishiga sabab bo'lmoqda (2-jadval). Bu esa tabiatdagi "ozuqa zanjiri" natijasida insoniyatga ham bevosita va bilvosita ta'sir etib qolmasdan, o'zining salbiy oqibatlarini ham ko'rsatgani

rost. Ya'ni, hudud o'troq aholisi organizmida tuz va tosh yig'ilishi boshqa hududlarga qaraganda ko'proq kuzatilib kelinmoqda. Bu hudud yerosti ichimlik suvi va ayrim qishloq xo'jalik mahsulotlari tarkibiga tabiiy ravishda qo'shilib ketgan eritmalar tufayli yuzaga keladi.

2-jadval

Ortiqcha suv sarfida ekin maydonida tuproqqa kelib tushadigan tuz miqdori va _suv sathi o'zgarishi [2]_

T/r Sug'orish suvining ortiqcha sarfi (m3) Sug'orish suvi bilan dalaga keladigan tuz miqdori (1,12 g/l)* Ortiqcha sug'orish natijasida sizot suvining ko'tarilishi (tuproq g'ovakligi 40 %)

1 500 560 kg/ga 0,2 m

2 1000 1120 kg/ga 0,4 m

3 1500 1680 kg/ga 0,6 m

4 2000 2240 kg/ga 0,8 m

5 2500 2800 kg/ga 1,0 m

*Tuyamo'yin posti o'rtacha yillik ma'lumoti

O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A. Karimov ham qishloq xo'jaligida foydalanadigan yerlarning eng muhimi sanalgan sug'oriladigan yerlarning sho'rlanganlik holatlari, meliorativ ahvolini o'rganar ekan, bu boradagi qoniqarsiz yerlarning katta qismi QR, Xorazm, Buxoro, Jizzax va Farg'ona viloyatlariga to'g'ri kelganini ta'kidlagan. Shu sababli uning "avvalo yerlarning unumdorligini oshirishga alohida e'tibor qaratish lozim" [1] degan jumlasi ham shundan, aslida.

Viloyatda aholi sonining o'sib borishi ham yer resurslaridan intensiv foydalanishni talab etayotgani bois yildan yilga ekin maydonlarini qisqartirib, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini oshirish, almashlab ekish, tomchilab sug'orish, issiqxonalar tashkil etib, kichik agroiqlimdan yuqori hosildorlikka erishish kabi qator choralar ko'rilmoqda, ilm-fan tadqiqotlari va yutuqlari amaliyotga joriy etilib, moddiy jihatdan ham qo'llab-quvvatlanmoqda. 2019-yil 12-avgustda "Meva mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning tomchilatib va yomg'irlatib sug'orish asosidagi suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishga ketgan xarajatlarini qoplab berish tartibi to'g'risidagi nizom"ning tasdiqlangani ham buning isbotidir [6].

Birgina "tomchilatib sug'orish" usuliga o'tkazilinib borilayotganining o'zi bir qancha afzalliklarni bermoqda. Suv sarfi va tuproq eroziyasining oldingidan sezilarli darajada kamayishi, o'g'itlar samaradorligi va hosildorlikning oshishi, yerosti va yerusti suvlari tartiboti va boshqalar shular jumlasidan.

Xulosa qilib aytganda, nafaqat Xorazm viloyati, balki har qanday hududning qishloq xo'jaligidagi meliorativ tadbirlarini faqat hosildorliknigina emas, tuproq unumdorligini yaxshilash va saqlab qolishni ko'zlab, atrof-muhitga ta'sirini o'rgangan holda, tabiiy sharoitidan kelib chiqib amaliyotga tatbiq etish maqsadga muvofiqdir. Zero, yer resurslarining "sog'ligi" va tabiiy hosildorligi inson salomatligiga ham ta'sir etadi!

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. И.А.Каримов. Барча режа ва дастурларимиз ватанимиз тараккиётини юксалтириш, халкимиз фаровонлигини оширишга хизмат килади. -Т.: Узбекистон, 2011.

2. Д.Рузметов, М.Матчанов, У.Кдландаров, А.Машарипов. "Куйи Амударё минтакасида кишлок хужалик айланмасидан чиккан худудлар мелиоратив-экологик шароитини яхшилаш масалалари" Урганч, 2015.

3. Курбонниёзов Р. Хоразм географияси. Урганч, "Хоразм", 1997.

4. Солиев А. Иктисодий география. Укув кулланма. -Т, 2013.

5. K.Durdiyev, M.Bekchanov, M.Matyoqubov, F.Qadirova. Xorazm viloyatining sho'rlangan tuproqlarida g'o'zani tomchilatib sug'orish istiqbollari. "O'zbekiston qishloq va suv xo'jaligi" j. N2. 2023.

6. Tajiyev Q.Q., Allaberganova N.Sh. Xorazm viloyati qishloq xo'jaligi sohalarini ilm-fan yutuqlaridan foydalanib rivojlantirish //»SCIENCE AND EDUCATION" scientific j. 4 (2). 2023.

7. Xolov Y.D. Tuproqni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish. //»SCIENCE AND EDUCATION" scientific j. 3 (6). 2022.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.