Научная статья на тему 'QISHLOQ XO’JALIK IQTISODIYOTI TARMOQLARIDA EKOLOGIYALASHUV DARAJASI TAHLILI'

QISHLOQ XO’JALIK IQTISODIYOTI TARMOQLARIDA EKOLOGIYALASHUV DARAJASI TAHLILI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
qishloq xo‘jaligi / tabiat / ekologik holat / yashil iqtisodiyot / investitsiya / resurslar / atrof-muhit / iqtisodiy faoliyat

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Sharapova Nigina Kadirovna, Baxshullaev Abdulaziz

Ushbu maqolada tabiatni asrab-avaylash, qishloq xo‘jaligida ekologik holatni yaxshilash, yashil iqtisodiyot, yashil iqtisodiy o‘sishni ta’minlash hamda inson hayoti va sog‘lig‘i uchun zarur bo‘lgan resurslarni, atrof-muhit va ekologiyani bir butun holda saqlab qolib, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalari bilan bog‘liq iqtisodiyotni yanada rivojlantirishni amalga oshirishga asoslangan iqtisodiy faoliyatning yangi yo‘nalishi va Dаvlаtning “yаshil” investitsiyаlаri haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QISHLOQ XO’JALIK IQTISODIYOTI TARMOQLARIDA EKOLOGIYALASHUV DARAJASI TAHLILI»

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

QISHLOQ XO'JALIK IQTISODIYOTI TARMOQLARIDA EKOLOGIYALASHUV DARAJASI TAHLILI

1Sharapova Nigina Kadirovna, 2Baxshullaev Abdulaziz

1Buxoro Davlat universiteti "Iqtisodiyot" kafedrasi o'qituvchisi 2Buxoro davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti 4-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11445458

Annotatsiya. Ushbu maqolada tabiatni asrab-avaylash, qishloq xojaligida ekologik holatni yaxshilash, yashil iqtisodiyot, yashil iqtisodiy o'sishni ta'minlash hamda inson hayoti va sog'lig'i uchun zarur bo'lgan resurslarni, atrof-muhit va ekologiyani bir butun holda saqlab qolib, ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohalari bilan bog'liq iqtisodiyotni yanada rivojlantirishni amalga oshirishga asoslangan iqtisodiy faoliyatning yangi yo'nalishi va Davlatning "yashil" investitsiyalari haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: qishloq xo'jaligi, tabiat, ekologik holat, yashil iqtisodiyot, investitsiya, resurslar, atrof-muhit, iqtisodiy faoliyat.

Kishilik jamiyati o'zining uzoq davom etgan tarixi mobaynida Yerning tashqi qiyofasini sezilarli darajada - geologik ta'sirga teng keladigan darajada o'zgartiradigan kuchga aylandi. Hozirgi davrda uning ta'siri ham miqyoslari, ham ayrim tabiat komponentlari va landshaftlarni o'zgartirishning chuqurligi bo'yicha tabora intensivlashib borayotir. Ekologiya iqtisodiyoti nuqtai nazaridan insonning umuman tabiatga va unga kechayotgan jarayonlarga ta'siri eng avvalo, qattiq massalarni mexanik aralashtirib yuborish va ko'chirishda, hududlarning suv issiqlik rejimini, biologik muvozanat va kimyoviy elementlar migratsiyasi rejimini buzilishida namoyon bo'ladi. Masalan, har yili Yer qa'ridan bir necha yuz milliard tonna tog' jinslari qazib olinadi va aralashtiriladi, ko'chiriladi; atmosferadan 16 mlrd. tonnagacha kislorod olinadi; xo'jalik va maishiy ehtiyojlar uchun 3,5 ming kub km suv sarflanadi; har yili 9 mlrd. t bio mahsulotlar ishlab chiqariladi; dunyoda yillik yog'och tayyorlash hajmi 2 mlrd tonnani tashkil etadi.

Qishloq xo'jaligi yerlariga antropogen faoliyatning ta'siri oqibatida sodir bo'ladigan eroziya, tuproqning suv bilan yuvilib ketishi va deflyasiya katta ziyon yetkazadi. Hozirgi vaqtda Yer shari quruqligining 1/3 ishlanadigan maydoni eroziyaga uchragan bo'lib, ular landshaftda shakllangan muvozanatning xo'jalik faoliyati ta'sirida buzilishi bilan bog'liq xolda paydo bo'lgan. Deflyasiya yiliga har gektar shudgardan tonnalab tuproq zarralarini uchirib ketadi. Suv eroziyasi haydashga yaroqli yer maydonlarini qisqartibgina qolmay, balki relefni parchalaydi, qishloq xo'jaligida mexanizatsiyani qo'llashni qiyinlashtiradi.

Suv omborlarini qurish oqibatida ko'plab daryolarning suv rejimlari tubdan o'zgartirildi. Suv omborlarini qurish ijobiy natijalari (yerlarni sug'orish, elektr energiya ishlab chiqarish, suv ta'minoti sharoitlarini yaxshilash va boshqalar)bilan bir qatorda tabiiy-geografik va iqtisodiy tartibdagi qator salbiy o'zgarishslarni ham keltirib chiqaradi. Suv omborlari yer osti suvlarining ko'tarilishiga va bu esa pastqam uchastkalarning botqoqlanishiga sabab bo'ladi. Suv omboridan boshlab ko'plab kilometr davomida gidrologik jarayonlar tubdan o'zgaradi. Sun'iy tartibga solingan daryolarning vodiylarida qishloq xo'jaligini yuritishning murakkab sharoiti yuzaga keladiki, ular salbiy tabiiy jarayonlar va hodisalarni (tuproq sho'rlanishi, yaylovlar va pichanzorlar hosildorligining kamayishi va boshqalar)bartaraf etish bo'yicha maxsus tabiiy - yer tuzilishi tartiblarini ishlab chiqib amalga oshirishni talab qiladi.

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

Inson qishloq joylari landshaftini o'zgartirishga ham katta hissa qo'shadi. Bunda pestitsidlar, gerbitsidlar, o'g'itlar, yerni haydash va boshqalarning hamma yoqqa tarqalib ketishi troposferani ifloslantiradi.

Inson xo'jalik faoliyati biotsenozlarining qayta qurilishiga sezilarli ta'sir ko'rsatib, ular qator landshaft - ekologik oqibatlarga olib keladi. Dunyoning turli tumanlarida ayrim hayvonot turlarining qirib yuborilishi, bir butun, yaxlit landshaftlar (masalan, dasht, o'rmon)yo'q qilinishining ko'plab faktlari ma'lum. Shu bilan bir qatorda insonning Yer shari aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlashga yo'naltirilgan, yaratuvchilik faoliyati ham buyukdir: madaniy o'simliklar, uy hayvonlari turlarini, parandalarni, qushlarni yaratish, baliq yetishtirish va boshqalar.

Tabiiy landshaftning barcha komponentlari insonning o'zgartiruvchi ta'siriga bir xil darajada berilmaydi. O'simlik va hayvonot olami, tuproq, suv rejimi, relfning mikro shakllari eng ko'p ta'sirga uchragan. Vaqt mobaynida har qanday landshaftda geologik fundament va iqlim jarayonlari barqaror bo'lib, ular kam o'zgarishga uchraydilar. Shuningdek, inson landshaftning zonal, geografik kenglik, azonal qonuniyatlarining umumiy kechishini ham o'zgartirishga qodir emas. Shuning uchun inson o'zgartirgan va barpo etgan landshaftlar tabiiy qonuniyatlarga muvofiq rivojlanishini, tashlab ketilgan landshaftlar o'zlarining dastlabki xolatiga qaytishga harakat qilishini unutish mumkin emas. Masalan, dasht zonasida tashlab yuborilgan shudgorlar bo'z yerga aylanadi, yillar o'tishi bilan (10-15 yildan keyin) bu yerlarda dasht qo'riqlaridan kam farq qiladigan ikkilamchi dashtlar shakllanadi. Dashtlarda ihota daraxtzorlar polosalari vaqt o'tishi bilan tipik o'rmon landshaftlari ko'rinishini oladi va boshqalar.

Tabiiy landshaftlardagi barcha buzilishlar ekinlar bilan band bo'lgan dalalar, bog'lar va uzumzorlar va boshqalarga bo'linadi. Inson o'zgartirgan barcha landshaftlar xo'jalik qiymati bo'yicha quyidagi ikki guruhga bo'linadi: madaniy va madaniy bo'lmagan. Madaniy landshaftlar ularga yuklangan xo'jalik, estetik va boshqa funksiyalarni optimal bajarish uchun (masalan, ihota o'rmon polosalari, gidroo'rmon parklar, qishloq xo'jaligi ekinlari dalasi va boshqalar)inson tomonidan doimiy qo'llab quvvatlab turiladi. Madaniy bo'lmagan antropogen landshaftlar esa, qoida tariqasida, noratsional xo'jalik yuritish oqibatida paydo bo'ladi (tashlandiq yerlar, jarliklar va boshqalar).

Hozirgi vaqtda inson landshaftni o'zgartiruvchi jarayonlarning qudratli tashqi omili bo'lib ishtirok etsa-da, uning ta'siri natijalari ko'p darajada landshaftning o'z tabiatiga va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi darajasiga bog'liqdir. Jamiyatning tabiiy landshaftni qayta o'zgartirishi darajasi qo'yidagi asosiy omillar bilan belgilanadi: 1) aholi soni ; 2) jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi; 3)ishlab chiqarish kuchlarining energitika bazasi; 4) odamlar tomonidan hududlarni o'zlashtirishning tarixiy davomiyligi muddatlari.

Landshaftda sodir bo'ladigan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni qo'yidagi yettita asosiy tiplarga ajratish mumkin

Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning asosiy tiplar ular barpo etadigan landshaft tiplari (A.M.Riyapchekov, 1972 y.)

№ Landshaftdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar tiplari Antropogen landshaftlar tiplari

1 Qo'rilish va foydali qazilmalarni qazib olish (texnogen j arayonlar) 1.1. Urbanizatsiyalashgan va sanoat landshaftlari 1.2. Qishloqlar va fermalar

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

1.3. Yer usti komunikatsiyalari

1.4. Sun'iy suv havzalari va kanallar

1.5. Tog'-kon sanoat landshaftlari

2

y

Yonbag'irlarni (zinapoyalash)

terrosalash

2.1. Tog' dehqonchilik landshaftlari

Melioratsiya

3.1. Sug'oriladigan yerlar

3.2. Quritilgan yerlar

Dehqonchilik

4.1. Dehqonchilik landshaftlari

4.2. Bog' va uzumzorlar

4.3. Ibtidoiy (primitiv) dehqonchilik landshaftlari

Chorvachilik chorvachiligi)

(yaylov

5.1. Sun'iy yaxshilangan yaylovlar landshaftlari

5.2. Tabiiy pichanzorlar

5.3. Kamhosil yaylovlar landshaftlari (tog', arktika, semiarid)_

O'rmon xo'jaligi

6.1. Ekspluatatsiya qilinadigan o'rmonlar

6.2. Tabiiy o'rmonlar

6.3. Ikkilamchi butazorlar (makvis, bush)

6.4. Monokulturalar (ekilgan o'rmonlar)

Rekreatsiya

7.1. Rekreatsiya landshaftlari

7.2. O'rmon parklari (shahar atrofidan olis zonalari)

7.3. Qo'riqxonalar va milliy parklar_

4

5

6

7

Tabiiy landshaftdagi barcha buzilishlar quyidagi uch guruhga bo'linadi: 1) tub; 2) bir komponentli; 3) ko'p komponentli.

Tub buzilishlar landshaft, oqim, biokomponenlar va mikroiqlimning geologik-geomorfologik asosining o'zgarishini bildiradi. Shaharlar, aholi yashash m anzillari, yirik suv omborlarini qurish, foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olish, o'rmonlarni kesish tabiiy landshaftlarga o'choqli tub o'zgartirishlar kiritadi. Bir komponentli va ko'p komponentli o'zgartirishlar qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi ta'sirida sodir bo'ladi. Masalan, tuproq, daryo oqimi, mikrorelef xossalarining o'zgarish darajasi dehqonchilik tizimi va dehqonchilik madaniyatitga bog'liqdir. Turli xo'jalik faoliyati shakllari yuzaga keltiradigan landshaft strukturasidagi bu o'zgarishlar antropogen landshaftning ayrim kategoriyalarining shakllanishiga olib keladi.

Landshaftning qaytarib bo'lmaydigan o'zgarishlari landshaftdagi tabiiy jarayonlarning xo'jalik ta'sirida (rejalashtirilgan yoki nomaqbul o'zgarishlar) sodir bo'lishining tezlashishi, masalan, batqoqlanish, tuproq sho'rlanishi, jarlikning paydo bo'lishi va boshqalar oqabatida yuz beradi. Inson ta'sirida landshaftning o'zgarishi darajasi va xarakteriga ko'ra ular o'zgarmagan (birlamchi), kam o'zgargan, kuchli o'zgartirilgan (buzilgan), ratsional qayta o'zgartirilgan

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

landshaftlarga bo'linadi. Ular mavjudligining davomiyligi bo'yicha o'z-o'zini tartibga soladigan uzoq yashovchi landshaftlar (tuproq ko'tarmalar, qo'rg'onlar, ba'zi suv hovzalari) ko'p yillik qisman tartibga solinuvchi landshaftlar (hovuzlar, o'rmonlar va boshqalar). Qisqa muddatli tartibga solinuvchi landshaftlarga (don va texnika ekinlari) bo'linadi.

Tabiiy resurslarning ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish omili sifatidagi rolining oshib borishi «tabiat-ishlab chiqarish" tizimi ishlashining samaradorligini oshirishda ishlab chiqarishni rotsional joylashtirishning ahamiyatini oshiradi. Ishlab chiqarishning joylashishi normal atrof-muhit shakllanishining asosiy sharoitiga, tabiatdan foydalanish masalalri esa ishlab chiqarishni hududiy tashkil etishning eng asosiy omillaridan biriga aylanayotir. Bu masalalarni to'g'ri hal etish uchun tarmoqlar, ishlab chiqarish va texnologiyalarni ularning tabiatga va uning komponentlari -o'simlik, yer, suv, havo, insonga munosabatlari bo'yicha klassifikatsiyalash zarur. Tarmoqlar va ishlab chiqarishni klassifikatsiyalashda eng avvalo ularning jonli tabiat va insonga zararli ta'siri har tomonlama to'la hisobga olinishi kerak.

Iqtisodiyot tarmoqlarining ekologik iqtisodiy klassifikatsiyasi (qisqartmalar: k -katta; o' - o'rta; p - past)

№ Xalq xo'jaligi tarmoqlari Resurs iste'moli bo'yicha Chiqindilar hosil bo'lishi bo'yicha Quyidagilarga salbiy ta'siri bo'yicha

yer haj- mi su v ha j- mi xoma shyo hajm i qa t-tiq su yu q chan g va gazla r ye r- ga su vga hav o- ga biosfera ga od am ga

1 Issiqlik energetikasi P k k P o' k o' o' k k -

2 Gidroenergetika o' k P - - - P p - p -

3 Neft va gaz qazib olish P o' P - p P P p P o' p

4 Ko'mir, slanets snoati o' P P O' p o' P p o' o' o'

5 Qora metallurgiya o' k k O' p o' o' o' o' o' k

6 Rangli metallaurgiya o' o' k K p o' k k k k k

7 Kimyo va neftkimyo P k o' O' o' o' o' o' k k k

8 Mashinasozlik va metalni ishlash P o' o' P p p P p p p o'

9 O'rmon va yog'ochni qayta ishlash o' o' o' o' p p o' p p o' o'

10 Selyulaza - qog'ozi P k k o' k o' o' o' o' o' k

11 Qurilish materiallari ishlab chiqarish o' P k k p k o' o' k k k

12 qurilish kostruksiyalari ishlab chiqarish P o' k P p p P p p p o'

13 Oyna va chinni -fayans P P k o' p o' P o' o' o' o'

14 Yengil sanoat P P o' P p p P o' o' o' o'

15 Oziq-ovqat, mikrobiologiya, omuxta yem sanoati P o' k P p o' P o' o' o' o'

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

16 Meditsina, matbaa sanoati va boshqalar p p o' p - p p p p p p

17 Qishloq xo'jaligi k k p o' o' p k o' p o' p

18 O'rmon xo'jaligi k p p - - - - - - - -

19 Transport o' p p - p k p p o' o' o'

20 Qurilish p p o' o' - p p p p p p

21 Uy - kommunal xo'jaligi o' k - p k o' o' k o' k o'

Jadvalda xalq xo'jaligi tarmoqlarining tabiiy resurslardan foydalanish darajasi va yo'nalishlari hamda tabiiy muhit elementlariga ta'siri bo'yicha har bir guruh tarmoqlar uchun o'rtacha ko'rsatkichlarga asoslangan klassifikatsiyasi berilgan. Bu guruhlar tarkibida o'rtacha ko'rsatkichlar qiymati va o'lchamidan farq qiladigan tarmoqlar mavjud va shuning uchun klassifikatsiya barcha tarmoq va ishlab chiqarishlar, xatto texnologiyalar uchun ham zarurdir. Korxonalar, ishlab chiqarish, texnologiyalarni joylashtirishda ularning resurslardan foydalanish va atrof-muhit uchun zararligining bir xil tipdagilari birikmalari (birga qo'shilishini) paydo bo'lishiga yo'l qo'yilmasligi kerak. Bular atrof-muhit, hovli ifloslanishi yoki hududlar ahlat va chiqindilar bilan ifloslanishining oldini olishga yordam beradi.

REFERENCES

1. Junaydullayevich, A. A., & Rasulovna, Q. N. (2024). SANOAT KORXONALARINING IQTISODIY SALOHIYATINI BAHOLASH USULLARINI ISHLAB CHIQISH. JOURNAL OF ECONOMY, TOURISM AND SERVICE, 3(2), 20-24.

2. Shoimardonkulovich, Y. D., Kadirovna, S. N., & Abdulaziz, R. (2024). Legal Framework for the Introduction of a Green Economy in Uzbekistan. Excellencia: International Multi-disciplinary Journal of Education (2994-9521), 2(4), 345-350.

3. Kadirovna, S. N. (2024). Importance of Foreign Experience for Uzbekistan in the Transition to a Green Economy. EUROPEAN JOURNAL OF BUSINESS STARTUPS AND OPEN SOCIETY, 4(4), 48-51.

4. Bayazovna, G. N. (2020). Marketing communication strategy and its essence. Вопросы науки и образования, (1 (85)), 18-21.

5. Kadirovna, S. N. (2024). YASHIL IQTISODIYOTGA O 'TISH IMKONIYATLARI (Buxoro viloyati misolida). Scientific Journal of Actuarial Finance and Accounting, 4(03), 439-446.

6. Muhammedrisaevna, T. M., Bakhriddinovna, A. N., & Rasulovna, K. N. (2021, March). Use of digital technologies in marketing. In E-conference Globe (pp. 281-284).

7. Niyozova, I. (2024). IMPROVING THE USE OF MARKETING STRATEGIES OF ENTERPRISES IN SOCIAL NETWORKS. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 45(45).

8. Dustova, A. (2022). ОСОБЕННОСТИ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ МАРКЕТИНГОВЫХ ИНСТРУМЕНТОВ В ЭКОНОМИЧЕСКОМ РАЗВИТИИ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 17(17).

9. Islamovna, X. S. (2024). AHOLINING O'ZINI O'ZI BANDLIGINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI. Scientific Journal of Actuarial Finance and Accounting, 4(03), 390-396.

10. Igamova, S. (2021). The Role Of The State In The Innovative Development Of Industrial Enterprises. Центр Научных Публикаций (Buxdu. Uz), 8(8).

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

11. Kadirovna, S. N., & Feruzabonu, Y. (2024). Mintaqa Iqtisodiyotini Yashillashtirish Zarurati. Miasto Przyszlosci, 47, 543-546.

12. https://n.ziyouz.com

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.