Научная статья на тему 'TABIIY LANDSHAFTLARNING ANTROPOGEN MODIFIKASIYALANISHI VA AGROLANDSHAFTLAR O’RGANILISH TARIXI'

TABIIY LANDSHAFTLARNING ANTROPOGEN MODIFIKASIYALANISHI VA AGROLANDSHAFTLAR O’RGANILISH TARIXI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
1053
55
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
landshaft / modifikatsiya / ma’daniy landshaftlar / o’zgartirilgan landshaftlar / atrof-muhit / antropogen landshaftlar / qishloq xo’jaligi.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Xasanov P.A.

Hozirgi kunda insoniyatning globallashuv jarayoni hisobiga tabiiy landshaftlarning maydoni qisqarib, o’zgarishlarga uchrab, yoki butkul yangi ko’rinishga ega bo’lmoqda. Qadimda inson qishloq xo’jalik faoliyati bilan bundan qariyb yetti ming yil ilgari ham shug’ullanganligi, yurtimizda esa besh ming yillik tarixga borib taqalishi arxeologik izlanishlar davomida aniqlangan. Yer landshaft qobig’ining qishloq xo’jalik maydonlari hisobiga o’zgarishga uchrashi ayniqsa XX asrda juda tez rivojlandi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TABIIY LANDSHAFTLARNING ANTROPOGEN MODIFIKASIYALANISHI VA AGROLANDSHAFTLAR O’RGANILISH TARIXI»

Xasanov P.A.

Termiz davlat universiteti Geografiya kafedrasi o'qituvchisi O'zbekiston, Termiz

TABIIY LANDSHAFTLARNING ANTROPOGEN MODIFIKASIYALANISHI VA AGROLANDSHAFTLAR O'RGANILISH

TARIXI

Annotatsiya. Hozirgi kunda insoniyatning globallashuv jarayoni hisobiga tabiiy landshaftlarning maydoni qisqarib, o'zgarishlarga uchrab, yoki butkul yangi ko 'rinishga ega bo 'Imoqda. Qadimda inson qishloq xo'jalik faoliyati bilan bundan qariyb yetti ming yil ilgari ham shug'ullanganligi, yurtimizda esa besh ming yillik tarixga borib taqalishi arxeologik izlanishlar davomida aniqlangan. Yer landshaft qobig'ining qishloq xo'jalik maydonlari hisobiga o'zgarishga uchrashi ayniqsa XX asrda juda tez rivojlandi.

Kalit so 'zlar. landshaft, modifikatsiya, ma 'daniy landshaftlar, o 'zgartirilgan landshaftlar, atrof-muhit, antropogen landshaftlar, qishloq xo jaligi.

Khasanov P.A. lecturer

Department of Geography Termez State University Uzbekistan, Termez

ANTHROPOGENIC MODIFICATION OF NATURAL LANDSCAPE AND HISTORY OF STUDYING AGROLANDSCAPES

Abstract. Nowadays, due to the process of human globalization, the area of natural landscapes is shrinking, undergoing changes, or getting a completely new look. During the archaeological researches, it was found out that in ancient times man was engaged in agricultural activities almost seven thousand years ago, and in our country it goes back to five thousand years of history. The transformation of the earth's landscape shell at the expense of agricultural areas developed very quickly, especially in the 20th century.

Key words. landscape, modification, cultural landscapes, modified landscapes, environment, anthropogenic landscapes, agriculture.

Kirish. Inson ehtiyojini tabiatdan oladi, jamiyat bunga muhtoj hamda tabiiy muhit esa bunga munosabatini albatta bildiradi. Landshaftlarning kichik bir qismini o'zgarishga uchrashi landshaft qobig'ining ham o'zgarishiga olib kelmoqda. Landshaft deb-o'zaro tasirda bolgan tabiiy va antropogen

komponentlarning nisbiy birligi ifodalanadigan, shuningdek kichik taksonomik birlikdagi komponentlar hamda inson tasirida bo4gan vujudga kelishiga ko'ra bir xil tabiiy geosistemasidir. Landshaft nafaqat ilmiy tadqiqot obyekti, balki inson faoliyatining obyekti ham hisoblanadi. Chunki, landshaftlar - tabiiy resurslar mavjud va resurslar qayta tiklanishi mumkin bo'lgan hamda genofond saqlanadigan tabiiy sistemadir. Insonning hayoti va faoliyati kechadigan muhit, tabiiy laboratoriya va estetik idrok qilish manbaidir.

Asosiy qism. Yer yuzida inson paydo bolganidan buyon tabiatga ta'sir ko'rsatgan holda, muayyan yo'nalishda o'zgartiradi va har hil landshaftlar ko'rinishi yuzaga keladi. Inson xojlik faoliyati tufayli tabiatga ta'sir ortib borarkan, antropogen ta 'sir ba'zi shakllarda esa antropogen yuk ham deb atala boshlandi. Landshafflarning o'zgarish darajasi ko'rsatkichi antropogen ta'sirning katta-kichikligi, ularning tabiiy xususiyatlari, morfologik shakllari kabilar bilan bog'liq hisoblanadi. Bugungi kunda antropogen omil, tabiiy landshaftlarning shakllanishi hamda o'zgarishida bosh omil hisoblanadi. Aholi sonining ko'payishi va ishlab chiqarish texnikalarining takomillashishi sababli uning roli ortib boradi.

Dastlab rus olimlaridan V.V. Dokucheyev, A.I. Voyeykovlar ilmiy izlanishlarida inson faoliyati ta'sirida tabiiy muhitning o'zgarishi haqida fikr yuritganlar. V.I. Vernadskiy insonning qudratli geologik kuchga aylanganligini ta'kidlaganda ham adashmagan edi. Yu.G. Saushkin, V.L. Kotelnikov, B.V. Bogdanov antropogen landshaftshunoslikning shakllanishiga turtki berdi. Ayniqsa Yu.G. Saushkinning (1946) ''Ma'daniy landshaftlarni o'rganish uchun geografiyaning alohida tarmog'i bo'lishi kerak'' deb aytgan fikri asos bo'ldi. Bir yildan so'ng (1947) o'zining monografiyasida qishloq xo'jalik landshaftlari haqida aniq fikrlarni bayon qilgan. Antropogen landshaftlar haqidagi dastlabki tusunchalar XX asr boshlarida V.P. Semyonov-Tyanshanskiy tomonidan asoslangan bo'lsa, antropogen landshaftlarni S.V. Kolesnik, N.A. Solnsev, A.G. Isachenko, F.N. Milkov, M.G. Sergeev, A.I. Perel'man, V.B.Sochava va boshqa bir qancha olimlar o'rganishgan.

F.N. Milkov dastlab yerda landshaft qobig'ining geoxronologik rivojlanishini uch bosqichga bo'lgan (1986) va uchinchi bosqichni antropogen bosqich deb atagan edi. F.N. Milkov 1990 yilda qator izlanishlardan so'ng antropogen bosqichni ham to'rt davrga ajratib, tabiat-jamiyat munosabatlarining uzoq tarixini ochib berdi.

1. Eng qadimgi davr - Yuqori paleolit, 30 ming yil davom etgan

2. Qadimgi davr - asosan mezolit (o'rta va yangi tosh asri, bronza asri)

3. Yangi davr (temir asri)

4. Eng yangi davr - XX asr o'rtalaridan buyon.

Shunga asosan inson dehqonchilik bilan ikkinchi bosqichdan tabiiy landshaftlarga ta'sir eta boshlaganligini ko'ramiz. F.N. Milkov o'zining ''Ландшафтная сфери земли'' (1970) nomli risolasida inson tomonidan o'zgartirilgan landshaftlar bilan antropogen landshaftshunoslik shug'ullanishini

aytgan edi. Oradan biroz yil o'tgach 1986 yilda ''antropogen landshaftlar tabiiy tizimdan iborat komplekslardir. Ularning eng asosiy xususiyati o'z-o'zidan rivojlanish belgilarining mavjudligidir" deb yozgan edi. Olim barcha antropogen landshaftlarni sinflarga bo'lib olishni tavsiya etadi. Asosiy belgi sifatida inson faoliyatining turi va landshaftlarda qay darajada aks etganini hisobga olishni tavsiya qiladi (1-jadval). Olimning tavsiya etgan antropogen landshaftlar haqidagi fíkrlarida ozgina kamchilik mavjud, chunki turlarga bo'lingunga qadar tasnif obyekti landshaft hisoblangan, keyingi bo'linishda joy va urochishe turlari ajratib ko'rsatilganidir. Vaholanki, landshaft ham, joy va urochishe ham o'z tasnifiga ega bo'lishi kerak.

AN TROPOGEN LANDSHAFTLARNING TURLARI

№ Antropogen landshaft sinflari Antropogen landshaft turlari

1 Qishloq xo'jalik landshaftlari Dehqonchilik, bog'dorchilik, o'tloq-yaylov, aralash

2 Sanoat landshaftlari Karyer va tashlamalar, terrikonlar, psevdokarst va boshq.

3 Chiziqli-yo'l landshaftlari Avtomobil yo'llari, temiryo'llar, neft va gaz quvurlari va boshq.

4 O'rmon antropogen landshaftlari Daraxtzorlar (ihotazorlar), kesilgan o'rmonlar o'rni dagi ikkilamchi o'rmonlar va boshq.

5 Suv antropogen landshaftlari Suv omborlar, kanallar, ko'llar, baliqchilik hovuzlari va boshq.

6 Rekreatsion landshaftlar Sanatoriylar, dam olish maskanlari atrof dagi bog'- daraxtzorlar va boshq.

7 Seliteb landshaftlar Shaharlar, qishloqlar

8 Belligerativ Qo'riqchilik tepalari, himoya qo'rg'onlari, devorlar, qal'alar, xandaqlar, okoplar va boshq

Umuman olganda, landshaftlar juda ko'p va turli-tuman omillar ta'sirida shakllanib, turli sifat va xususiyatlarning shakllanishida turlicha ahamiyat kasb etadi. Landshaftlarning rivojlanishida ma'lum bir turdagi omillar ahamiyati katta bo'lsa, ularning tabaqalanishida yoki rivojlanishida boshqa turdagi omillar, landshaftlarning o'zgarishida esa yana bir boshqa guruh omillar ahamiyatli bo'lishi mumkin. Tabiiy landshaftlarning antropogen landshaftlarga aylanishida antropogen omil asosiy kuch hisoblanadi. Ayni shuning uchun inson faoliyati ta'sirida o'zgarishga uchragan landshaftlarni antropogen landshaftlar deyishdan ko'ra, antropogen omil ta'sirida o'zgargan landshaftlar, deb atagan ma'qulroqdir. Antropogen omillar ta'sirida landshaftlarning o'zgarishi komponentlar orasida, landshaftlarning morfologik qismlari orasidagi modda va energiya almashinishi bilan ham bog'liq. Landshaftlardagi vertikal va gorizontal aloqadorlikning o'zgarib borishi oxir-oqibat landshaftlar strukturasining o'zgarishiga ham sabab bo'ladi. Antropogen landshaftlar tasnifini ishlab chiqish borasidagi ishlar amalga oshirilgan, biroq bu masala ancha murakkab ekanligi sababli o'z yechimini to'liq topmagan.

K.A. Drozdov (1988) O'rta Rossiya balandlik landshaftlaгini tasnifini beshta qoidaga amal qilgan holda tuzilishi kerak, deb hisoblagan.

N.I. Axtirseva esa landshaftlaming o'zgaгtiгilganlik darajasi va landshaftlaming antropogenlashish jaгayonining yo'nalish xususiyatlaгi asosida antropogen landshaftlaming besh turini ajratadi.

A.G. Isachenko inson faoliyatining landshaftlarga ta'sirini o'гgana tuгib tabiiy landshaftlarni turli tasnifiy biгliklaгga bo'lishni va o'zgartirilgan landshaftlarda sifat jihatdan yuksaltirilgan birliklarni aks ettiruvchi tasniflarni taklif etadi. A.G. Isachenko antropogen ta'sir sababli geotizimlarning qay daгajada o'zgaгganligini asos qilib oldi va barcha antropogen landshaftlami 4 guruhga ajratgan:

1. Shartli o'zgartirilmagan (ibtidoiy landshaftlaг) Bevosita inson ta'siriga va xo'jalikdagi faoliyatiga duchoг bo'lmagan landshaftlardir. Ularda inson faoliyatining kuchsiz va bilvosita ta'siri izlaгinigina ko'ramiz. Masalan, baland tog'laгdagi qoгmuzliklaг va o'rmonlar, qo'гiqxonalaг, va h.k.

2. Kuchsiz o'zgartirilgan landshaftlar. Bulaг, asosan, inson faoliyatining ekstensiv (ovchilik, baliqchilik kabi) xili ta'siriga duchor bo'lgan landshaftlar. Bunday landshaftlaTda inson faoliyati ayrim komponentlaгgagina ta'siг etib, tabiiy aloqadorliklar hali buzilmagan va avvalgi o'z holatini tiklab olishi mumkin;

3. Kuchli o'zgartirilgan (buzilgan) landshaftlar. Bu guruhdagi landshaftlar, asosan, inson faoliyatining jadal ta'sirida o'zgargan landshaftlardir. Ularning ko'p komponentlari o'zgarib, landshaftlar tuzilishining sezilarli darajada buzilishiga olib kelgan. Masalan, karyerlar, konchilik sanoati chiqindilari uyumlari va h.k.

4. Madaniy landshaftlar. Tuzilishi inson tomonidan jamiyat manfaatlarini ko'zlagan va ilmiy asoslangan holda oqilona o'zgartirilgan landshaftlar. Masalan, sifatli ishlov berilayotgan bog'lar, paxtazorlar, plantatsiyalar va h.k.

Antopogen landshaftlar 2 sinfga bo'linadi: 1. Tekislik landshaftlari; 2. Tog' landshaftlari; Mazkur landshaftlar tarkibi, o'zini-o'zi boshqarish darajasi bo'yicha bir-biridan farqlanishi sababli ular dala-bog' (aralash) va o'tloqi-yaylov sinfchalariga bo'linadi. Sinfchalar mintaqa kenglik tiplariga ajratiladi. Landshaftning dala sinfchasi yerni haydash, o'g'it solish, ekinlarni yetishtirish natijasida shakllanadi. Landshaftning o'tloqi-yaylov sinfchasi - yer yusining barcha landshaft iqlim mintaqalarida mavjud. Uning tarkibi, o'zgarishi mazkur maydonlardan yaylov sifatida mol boqish darajasiga bog'liq. Landshaftning bog' va bog'-dala sinfchasi - madaniy o'rmon majmuasiga o'xshash bo'lib, qayta tiklanish darajasi nisbatan past bo'ladi. Bog'lar ta'sirida landshaftda antropogen o'zgarishlar sodir bo'ladi. D.L.Armand ham shunga o'xshash qarashlarga ega fikrni aytadi.

I.M.Zabelinning fikricha: ma'daniy landshaft tabiiy sharoiti bir xil bo'lgan va ko'p yillar davomida xo'jalikning biror tarmog'ida foydalanilayotgan hududlardir, deb atadi. Qishloq xo'jalik landshaftlarini V.A.Nikolayev (1979-1984) yillarda o'rgana turib, agrolandshaft tizimlari yoki agrolandshaftlar deb ataydi.

Qishloq xo'jaligi qadimdan ananaviy uch yo'nalishda rivojlanib kelmoqda: ОЫ^г dehqonchilik, Ыт^г dehqonchilik, choгvachilik kabi qadimiy shakltoga ega. Bu yo'nalisЫaг ichida tabiiy landshaM^a eng ko'p ta'siг obi^ dehqonchilikdan o'tadi hamda antгopogen landshaftlaming o'ziga xos tipi shakllandi.

Mazkrn- agгolandshaftlaгni nomlashda O'zbekistonda L.N.Babushkin, N.A.Kogay 1964 yillaгda - sug 'oriladiganyerlar landshaftlari deb atagan bo'lsa, N.A.Gvozdetskiy - voha landshaftlari, F.N.Chalidze - irrigatsion landshaftlar deb atashni taklif qildi. Umumiy olib qaraganda ushbu qaгasЫaгning negizi biг, faqat nomlanishini mohiyati haг hil ko'rinishda, chunki baгcha fíkrlar agгolandshaftlaг va uning xususiyatlari haqida boгadi.

Tabiiy landshaftlaming antrapogen o'zgaгisЫaгi: antгopogen o^garishto o'zgaгmas landshaft stгuktuгasidan tashqaгiga chiqmaydigan, uto o'z-o'zini гivojlantiгish va o'z-o'zini tiklashga qoldiгilgan, ya'ni ketma-ket tiklanadigan landshaftlaгdiг. Agaг antгopogen o'zgaгisЫar maqsadli va qasddan bo'lmagan tuzilmalaming o'zgarishiga, biг o'zgaгmas stгuktuгadan ikkinchisiga o'tishga olib kelsa, hosilaviy landshaftto - tabiiy-antrapogen landshaftlaг hosil bo'ladi. Bunday landshafttoda sun'iy komponent - texnologik moddato aгtefaktlaг, madaniy qatlamlaг va boshqato paydo bo'ladi. Ulaг ham o'z-o'zini rivojlantirishga qoldiгiladi. Antгopogen landshaftlar o'z ichiga antгopogen o'zgaгisЫaг (maqsadli va tasodifiy) yuqorida aytib o'tilganidek, landshaft tuzilmalarining o'zgaгishiga olib keladigan hududlami o'z ichiga oladi. Uto blokli tuzilishga ega bo'lib, ulami tashkil etuvchi quyi tizimlaг tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqamvdn. Ulaming mavjudligi va faoliyatining eng muhim sharti antrapogen boshqamvdn. Boshqaгuv to'xtatilgach, quyi tizimto o'гtasidagi aloqalaг buziladi va antrapogen landshaftto tabiiy-antгopogen landshaftlaгga qayta aylanadi.

Qishloq xo'jalik sohasidagi asosiy maqsad bu albatta ko'p va mo'l hosil olish hisoblanadi. Shu maqsad yo'lida landshaftni o'zgartiradi. O'zgarishto qatoriga yemi haydash, o'g'itlash, ekin ekish, sug'orish, begona o'tlaгdan tozalash, gertitsed va pestitsedlaгdan foydalanish, zaxni qochirish va hokazo. Bunday jarayon yillaг davomida qaytalanaveгadi. Kuzatishlar shuni ko^satadiki obikoг yeгlaгda agгolandshaftlaгning holati muvozanatli emas, chunki ba'zi hududtodagi landshaftto qishloq xo'jaligining ma'lum bñ taгmog'i uchun mo'ljallangan bo'ladi. Sug'orna dehqonchilikning inson hisobga olmagan hodisa hamda jarayonlami boshlab beгadi masalan, yer osti suvlaгi sathi ko'tarilishi, dalalaгdan qaytgan oqova suvlaming taTkibida mineгal tuzlaming oгtishi, ikkilamchi sho'rianish, iггigatsiya eгoziyasi va b. ni keltirib chiqaгishi mumkin. Shu sababdan ham antгopogen гivojlanish bosqichida yuzaga keluvchi qaгamaqaгshiliklaгni oldini olish yoki juda bo'lmaganda ulaming ko'lamini kamaytirish uchun landshaftlaming tashqi ta'sñ kuchlariga nisbatan baгqaгoгligini aniqlash keгak bo'ladi.

V.S. Preobrajenskiy va L.I.Muxina (1984) landshaft qobig'ining tarkibiy qismi landshaftlarning kelib chiqishi bo'yicha ''tabiiy-antropogen geotizimlardir'' deb aytishgan.

V.I. Prokayev hududlarning tabiiy geografik bo'linishidagi antropogen omilning ahamiyatini hisobga olish va geologo-geomorfologik asosi inson tomonidan o'zgartirilgan geokomplekslarnigina antropogen geokompleks deb atash mumkin deydi. Landshaftlarning ayrim komponentlari inson tomonidan o'zgartirilgan bo'lsayu, ammo geologo-geomorfologik zamini o'zgarmay qolgan bo'lsa, ushbu landshaftlar inson ta'siri to'xtatilsa yana asliga qaytadi deb ta'kidlaydi hamda landshaftlarning antropogen modifikatsiyasi deb hisoblaydi. Agrolandshaft deb - peyzaj ko'rinishi qishloq xo'jaligi turlari quyidagicha: sug'oriladigan, bahorikor, bog', yaylov, o'zgargan litogen asosga ega landshaftlar va b. tushuniladi.

Hozirgi landshaft tariflaridan birida - o'zaro ta'sirda bo'lgan, tabiiy va antropogen komponentlarning nisbiy birligi ifodalanuvchi, kichik taksonomik birlikdagi komponentlarning hamda inson ta'siri ostidagi hosil bo'lishiga ko'ra bir xil tabiiy antropogen hosila deyiladi.

Bugungi kunda yer yuzining barcha katta - kichik hududlarida tarqalgan landshaftlar antropogen ta'sirga bevosita yoki bilvosita muayyan darajada uchragan. Quruqlik yuzining deyarli 70 % maydonida tabiiy landshaftlar insonning ta'siri ostida qisman yoki to'liq o'zgartirilgan.

Ms-Kloskey va J. Michael (1989) tomonidan topografik kartalar asosida olingan ma'lumotlarga ko'ra, jahondagi inson faoliyati tufayli juda kam o'zgartirilgan landshaftlarning maydoni 48 mln. km2 ni yoki quruqlik maydonining 32% dan ziyodrog'ini tashkil etadi [4;].

XX asrning 70 - yillaridan boshlab jamiyat xo'jalik faoliyatining inson ta'siri tufayli o'zgargan, tuzilishi va xususiyatlariga ko'ra tabiiy landshaftlardan farq qiladigan geosistemalar - antropogen landshaftlar sifatida o'rganila boshlandi. Antropogen landshaft - kishilik jamiyatining faoliyati tufayli o'zgartirilgan, strukturasi va xususiyatlariga ko'ra tabiiy landshaftdan farq qiluvchi landshaftlardir. Tabiiy sharoitdan kelib chiqib inson xo'jalik faoliyatining xilma-xilligi tufayli, landshaft qobig'ida antropogen landshaftlarning ko'pgina tur va hosilalari paydo bo'lgan. Hozirda ilmiy-texnika taraqqiyotiga mutanosib tarzda ularning yangicha shakllari paydo bo'lmoqda (qishloq xo'jaligi, sanoat, rekreatsion, aholi manzilgohlari landshaftlari va b.). Hozirgi davrda yer yuzida antropogen landshaftlar orasida eng katta ulushga ega maydonni tabiiy hamda qishloq xo'jalik bloklari, ya'ni geosistemalar - qishloq xo'jalik landshaftlari tashkil etadi.

Agrolandshaftlarning ilk ko'rinishlari sayyoramizda qariyb 16 ming yil ilgari insonning dehqonchilik va chorvachilik bilan shug'ullanishi hisobiga hosil bo'la boshlagan. Bugungi kunda agrolandshaftlar quruqlikning 35 % maydonini egallagan. Dehqonchilikda foydalaniladigan yerlar 20 mln. km2 dan ortiq maydonni ishg'ol qiladi. Mazkur landshaftlar hududiy joylashishiga ko'ra zonal

xususiyatga ega boTib, quruqlikning barcha landshaft zonalarida tabiiy landshaftlarni o'zgartirish evaziga paydo bo'ladi.

Agrolandshaftlar O'zbekiston, xususan Surxondaryo botig'i hududi uchun ham xarakterlidir. Hududning qishloq xo'jaligi qadimdan an'anaviy tarzda -sug'orma dehqonchilik, lalmikor dehqonchilik va chorvachilik yo'nalishlarida rivojlanib kelmoqda hamda tabiiy landshaftlarning "antropogenlashuvi" jadal sur'atlarda kechmoqda.

Qishloq xo'jalik landshaftlarini V.A. Nikolayev (1979-1984) yillarda o'rgana turib, agrolandshaft tizimlari yoki agrolandshaftlar deb ataydi. Ayni paytda fanda agrolandshaft nima degan masala yechimini topganicha yo'q. V.A. Nikolayev (1987) tomonidan taklif qilingan agrolandshaft konsepsiyasiga ko'ra, qishloq xo'jalik ishlab chiqarishiga jalb qilingan landshaft batamom yangi hosila sifatida inson tomonidan sun'iy shakllantirilgan va hududning katta qismida tabiiy fito va zoosenozlarni o'rnini egallagan jonli organizmlar turkumi (agrobiotsenozlar) ustivorlik qiladigan antropogen landshaft. Torroq ma'noda agrolandshaft deb katta qismida tabiiy o'simlik qishloq xo'jalik o'simliklarining ekinlari bilan almashtirilgan va tabiiy chegaralarini saqlab qolgan landshaft tushuniladi. Ushbu ta'rifga binoan agrolandshaftlar maqsadli yaratilgan o'simlikka nisbatan sifat jihatdan bir xil bo'lgan hudud bo'lib, unda inson tomonidan iqlim, relyef, tuproq va biotik sharoitlar o'zgartiriladi. Biroq shu yerda agfrolandshaftlarning maqsadli yaratilishi uchun o'simlikka nisbatan sifat jihatdan bir hil hudud hisoblanmaydi. Chunki har bir hududning o'zaro uyg'unlashgan xarakterga ega, komponentlari o'ziga xos bo'lgan, bir biridan nimasi bilandir farq qiluvchi shakllariga egadir.

Qishloq xo'jaligida ishlab chiqarish kuchlari, vositalari kabilarni qamrab olgan va mehnat predmeti bo'lgan agrolandshaft: ishlab chiqarish kuchlari bilan tabiat o'rtasidagi o'zaro munosabatlar rivojlanishining mahsulidir. Agrolandshaft antropogen landshaftning bir turi hisoblanib, insonning qishloq xo'jalikdagi faoliyati orqali rivojlanadi.

Agrolandshaft muayyan ko'rinish va tuzilmaga ega bo'lgan, o'zaro ta'sirdagi tabiiy komponentlar majmuasidan, va shuningdek qishloq xo'jalik mahsulotlari ishlab chiqarish tizim elementlaridan iborat bo'lgan murakkab uyushgan ko'p o'lchamli antropogen geosistemadir. Binobarin, agrolandshaft tuzilmasida hudud uyushuvidan va dehqonchilik tizimidan shakllangan uning elementlari ifodasini topishi lozim. "Agrolandshaft" tushunchasiga bo'lgan yangi yondoshuvlarni hisobga olgan holda agrolandshaft tuzilmasini tabiiy va ishlab chiqarish-sotsial kichik tizimlarga ajratish lozim [4;].

Agrolandshaftning antropogen landshaftlar singari quyidagi xususiyatlari orqali tabiiy geosistemalardan farq qiladi:

• agrolandshaftlar qishloq xo'jalik landshaftlari ta'sirida bo'ladi;

• agrolandshaft joylashgan hududning asosiy qismida agrofitosenoz hukmron bo'lishi;

• agrolandshaftlarda komponentlar insonning xo'jalik ta'sirida xususiyatlarini o'zgartirgan holda o'zaro muvofiqlashadi;

• landshaft qobig'ida ekosistemalar soddalashadi;

• tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy geosistemalar bir vaqtda mavjud bo'ladi;

• tabiiy jarayon, hodisa va sikllar tabiiy muhitdagiga nisbatan tezroq kechadi;

• jarayonlarning ritmliligi yo'q;

• agrolandshaftlarda kimyoviy muvozanat buziladi, mineral o'g'itlar va zararli kimyoviy moddalar top'lanishi hisobiga ortishi.

Hozirgi kunda agrolandshaftshunoslikda ko'pgina ilmiy izlanishlar olib borilganiga qaramasdan, ayni vaqtda agrolandshaftlarni tasniflash masalasi butunlay yechilmagan. Agrolandshaftlar haqidagi ancha mukammal taksonomik birliklar tizimi F.N. Milkov (1984) tomonidan taqdim etilgan. Mazkur tasnifga ko'ra makrorelyef asosida ikkita sinf: tog' va tekislik sinflari va ularning har birida dalachilik, bog'dorchilik, bog'-park va o'tloq-yaylovchilik kichik sinflari ajratiladi [15; 217-221 b].

Jamiyatda kishilarning qishloq xo'jalik faoliyati, yer resurslaridan foydalanish sharoitlari xilma-xil hisoblanadi. Bunga misol qilib lalmikor yerlarning agrolandshaftlari, bog'lar va tokzorlarning agrolandshaftlari, obikor yerlarning agrolandshaftlari va hokazo. O'rta Osiyoning qurg'oqchil, continental iqlim sharoitlarida obikor dehqonchilik, lalmikor dehqonchilik, yaylovlar, yem-hashak unadigan o'tloqlar va xar xil turdagi bog'larning agrolandshaftlar areali uchraydi. Qishloq xo'jaligida landshaft tadqiqotlari asosida ish yuritish, regional va mahalliy landshaft tadqiqotlarini kengaytirish zaruriyatini kun tartibiga qo'yishni taqozo etadi. Chunki ikkila tadqiqot turida ham o'zaro bir birisiz aniqlab bo'lmaydigan jihatlar mavjuddir. Qolaversa, landshaftlarning nafaqat mahalliy yoki regional, balki sayyoraviy miqyoslaridagi tadjiriy rivojlanishi va dinamikasida ham bosh omildir.

Binobarin O'zbekiston Respublikasi hududida ham qishloq xo'jaligining ilk shakllari bundan qariyb besh ming yilga borib taqalishini hisobga olinsa shu davrlardan buyon tabiiy landshaftlarimiz ozmi ko'pmi o'zgartirila boshlangan. XX asrning boshlarida yurtimiz hududi, jumladan Surxondaryo viloyati hududining tabiati, tabiiy resurslari to'g'risida ham ma'lumotlar ko'plab ilmiy ekspeditsiyalar davomida to'plangan bo'lib, 1930-1940 yillarda olib borilgan ekspeditsiyalarning xulosaviy natijasi har qanday xalq xo'jalik masalalari landshaft tadqiqot usullari yordamida aniqlansa samarali ekanligi ma'lum bo'ldi. Ayni shu davrlardan boshlab O'zbekiston hududining cho'l qismlari o'rganilib yangi ekin yerlari ochila boshlandi. O'zbekistonning juda ko'plab "yangi" hududlarining o'zlashtirilishi paxtachilik va dehqonchilikni rivojlantirish uchun, tog'oldi va tog'li hududlarda keng maydonlarning o'zlashtirilishi o'rmon xo'jaligini jadal rivojlantirish, bog' va uzumzorlar yetishtirish uchun sharoit yaratish ka'bi ishlar amalga oshirilgan. Surxondaryo botig'ining va butun viloyatning tabiiy landshaftlari, geologik, iqlimiy, qishloq xo'jalik landshaftlari

va tuproqlari, to'g'risidagi ma'lumotlarni G.D.Romanovskiy (1884-1890), V.N.Vebera (1909-), Ya.S.Edelshteyna (1909), I.V.Mushketova (1915), A.R.Buracheka (1934-1937), R.I.Abolin 1929, N.A.Merkulovich (193б), D.N.Koshkarov, E.I.Korovin (1938), V.P.Drobov (1951), N.A.Kogay (19611963-1965), L.N.Babushkin (1948-1964), O.Yu.Poslavskiya (1963-1966), G.A.Mavlonov (1963), A.S.Xasanov, I.F.Mamatov, R.Sh.Raxmatulina (1966), N.N.Xojiboev (1970, 1971), R.P.Kim (1970, 1971), S.S.Neustruev (1912, 1931), A.N.Rozanov (1931), A.Z.Zaychikov (1957), A.V.Bednyakov, M.M.Tukeev (1960), T.V.Zvonkova (1962, 1965), N.A.Butskova, N.G.Muravyova (1965), V.M.Chupaxin, K.Z.Zokirov (1939, 1951), Sh. Ergeshov (1968-1972), A.N.Ro'ziyev, A.A.Rafiqov, A.Abdulqosimov, H.Vahobov, A.N.Nig'matov, N.Q.Komilova, S.B.Abbasov, A.Rahmatullayev, N.I.Sabitova, V.A.Rafiqov, Sh.M.Sharipov, S.I.Abdullayev, Q.S.Yarashev kabi olimlar va boshqalarning izlanishlari asosida o'rganilgan. Mazkur olimlarning ilmiy izlanishlari hududni to'liq holatda yoritib berishga asos bo'lib xizmat qilsada izlanishlarning miqyosi jihatdan hali to'liq o'rganilmagan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Ш.С.Зокиров «Ландшафтшунослик асослари» Тошкент_2010. «Университет».

2. K.M.Boymirzayev "Geosestemalar nazariyasi" o'quv-uslubiy majmua. Namangan 2020.

3. Варшанина Т.П. //Интер Карто/Интер ГИС 11: Устойчивое развитие территорий: Теория ГИС и практический опыт. Ставропол, 2005. С 54.

4. «Особенности и функции агроландшафта» S.I.Abdullayev, I.H.Muqimova, "Life Sciences and Agriculture" 23-2020.

5.Лопырев, М.И. «Основы агроландшафтного земледилия»/М.И.Лопырев. -Воронеж: изд - во Воронежского ун-та, 1995. 339 с.

6. Agrolandshaftlarni o'rganishning nazariy va metodik asoslari "Geografiya: tabiat va jamiyat" № 1. 2021 yil. 2 jild. 1-son.

7. «Агроландшафтные исследования: теория и практика» научные ведомости серия Естественные науки. 2011. № 15(110). Выпуск 16. 217-221.

8. "Surxondaryo geografiyasi" Abdunazarov H.M., Umarova M.H. o'quv qo'llanma. Termiz - 2023. TerDU NNM nashriyoti.

9. A.R.Bobojonov, D.E.Haqberdiyev, M.X.Sulaymonova "Landshaftli yer tuzish" o'quv qo'llanma. Toshkent 2019.

10. U.A.Karabekov. "Qishloq xo'jaligi va landshaft kartalarini yaratishda GAT dasturlarini qo'llash tehnologiyasini takomillashtirish". "Science and education"/ISSN 2181 - 0842. 2022 February/Volume 3, issue 2.

11. "Surxon davlat qo'riqxonasi rekreatsion turistik obyekt sifatida" Xasanov P, Xushboqova M. "Экономика и социум" №6 (97) 2022.

12. TURAEV K. et al. OPPORTUNITIES FOR THE DEVELOPMENT OF CROSS-BORDER PILGRIMAGE TOURISM IN CENTRAL ASIA //GeoJournal of Tourism & Geosites. - 2023. - Т. 48.

13. Tagirovich T. K., Ugli N. F. E. Tourism Potential and Opportunities of Denov District //Central Asian Journal of Innovations on Tourism Management and Finance. - 2023. - Т. 4. - №. 12. - С. 51-55.

14. Tohirovich T. K., Mamarasulovna T. Z. The Issue of Studying Religious Tourism in Uzbekistan //International Journal on Integrated Education. - 2020. -Т. 3. - №. 8. - С. 43-47.

15. Umarova M. H. et al. The classification of the names of population settlements in Surkhandarya region by the historical factors //IEJRD-International Multidisciplinary Journal. - 2020. - Т. 5. - С. 4.

16. Umarova M. H. et al. The Recreation Importance of Nature Monuments of the Baysun Mountains //IEJRD-International Multidisciplinary Journal. - 2020. - Т. 5. - №. 9. - С. 4.

17. Tohirovich T. K. Religious tourist facilities of historical and geographical structure in Uzbekistan //IEJRD-International Multidisciplinary Journal. - 2020.

- Т. 5. - №. 3. - С. 5.

18. Tokhirovich T. K. The Role and Importance of Tourism in the Economy of Small Regions //International Journal of Culture and Modernity. - 2021. - Т. 9. -С. 62-66.

19. Hamroevna U. M., Tohirovich T. K. Phytotoponyms of Surkhandarya Region and their Characteristics //International Journal of Culture and Modernity. - 2021.

- Т. 9. - С. 59-61.

20. Menglievich A. H. et al. Demographic Characteristics of Population Growth in Uzbekistan. Middle European Scientific Bulletin, 17, 41-45. - 2021.

21. Mamarasulovna T. Z., Tohirovich T. K. Etymology Of Some Terms and Concepts Belong to Religious Tourism //Zien Journal of Social Sciences and Humanities. - 2021. - Т. 2. - С. 132-135.

22. Hamroevna U. M. et al. Names of the Plants in Surkhandarya Region //American Journal of Social and Humanitarian Research. - 2021. - Т. 2. - №. 4.

- С. 118-120.

23. Hamroevna U. M. et al. Names of the Plants in Surkhandarya Region //American Journal of Social and Humanitarian Research. - 2021. - Т. 2. - №. 4.

- С. 118-120.

24. Menglievich A. H. et al. Demographic Characteristics of Population Growth in Uzbekistan //Middle European Scientific Bulletin. - 2021. - Т. 17. - С. 41-45.

25. Abdunazarov H. M. et al. Using interactive methods in teaching the subject of geography of the world natural resources //European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. - 2019. - Т. 7.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

26. Tokhirovich T. K., Mamarasulovna T. Z., Maxmaniyozovich X. Z. The role and importance of tourism in the regions //Miasto przyszlosci. - 2022. - Т. 24. -С. 431-433.

27. Umarova M. H., To'Rayev Q. T. Din-ziyorat turizmi bilan bog'liq bo'lgan joy nomlari va ularning kelib chiqishi //Экономика и социум. - 2021. - №. 6-1 (85).

- С. 276-279.

28. Tohirovich T. K., Mamarasulovna T. Z. Perspectives for development of pilgrimage tourism for buddhist representatives in the Republic of Uzbekistan (On the example of the surkhandarya region) //International Journal of Psychosocial Rehabilitation. - 2020. - T. 24. - №. 6. - C. 437-442.

29. Tagirovich T. K., Ugli N. F. E. Tourism Potential and Opportunities of Denov District //Central Asian Journal of Innovations on Tourism Management and Finance. - 2023. - T. 4. - №. 12. - C. 51-55.

30. Turaev K. et al. OPPORTUNITIES FOR THE DEVELOPMENT OF CROSS-BORDER PILGRIMAGE TOURISM IN CENTRAL ASIA //GeoJournal of Tourism and Geosites. - 2023. - T. 48. - C. 774-781.

31. Hamroevna U. M. et al. Names of the Plants in Surkhandarya Region //American Journal of Social and Humanitarian Research. - 2021. - T. 2. - №. 4. - C. 118-120.

32. Hamroevna U. M. et al. SOME MIGRATION NAMES IN SURKHANDARYA REGION //American Journal of Social and Humanitarian Research. - 2021. - T. 2. - №. 4. - C. 112-114.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.